fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

رفتن به کانال در Telegram

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz ✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com ☏ +998712074012

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

کانال “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (@ykfoundation) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 28 153 مشترک است و جایگاه 6 861 را در دسته آموزش و رتبه 2 838 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 28 153 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 23 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 723 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -148 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 73.11% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 70.40% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 20 704 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 19 937 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 1 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
““Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz ✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com ☏ +998712074012”

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 24 اکتبر, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کرده‌اند.

28 153
مشترکین
-14824 ساعت
-1 2007 روز
-2 72330 روز
آرشیو پست ها
🚀 Muvaffaqiyat tasodif emas, balki to‘g‘ri strategiya natijasidir! “Millat Umidi” universiteti asoschisi Umidjon Ishmuhammed
🚀 Muvaffaqiyat tasodif emas, balki to‘g‘ri strategiya natijasidir! “Millat Umidi” universiteti asoschisi Umidjon Ishmuhammedov bilan o‘tkazilgan samimiy suhbat endi YouTube sahifamizda! “Mikrofon sizniki” podkastining ushbu soni biznes boshlash istagidagi va o‘z loyihasini yangi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lgan har bir yosh tadbirkor uchun haqiqiy yo‘l xaritasi bo‘la oladi! 📍 Suhbatni to‘liq tomosha qiling: 👉 YouTube’da ko‘rish Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

#Tadbirkorlik #Yoshlar #Mikroqarz 💲 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz beriladi Qarorga as
#Tadbirkorlik #Yoshlar #Mikroqarz 💲 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz beriladi Qarorga asosan, «Yoshlar biznesi» va «Kelajakka qadam» dasturlarining navbatdagi bosqichi amalga oshiriladi. ➡️ Batafsil Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🎓 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetida ham boʻlib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 💬 Un
+6
🎓 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi davlat universitetida ham boʻlib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 💬 Universitetda 14 mingdan ortiq talaba bakalavriat va magistratura bosqichlarida, kunduzgi, sirtqi va masofaviy shakllarda tahsil olmoqda. Bu yerda 579 nafar professor-oʻqituvchi mehnat qiladi. 💬 Talabalarning yashash sharoitlari yaxshilandi. Uchta yangi yotoqxona qurilishi natijasida 1 ming 300 dan ortiq qoʻshimcha oʻrin yaratilib, talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyoj toʻliq qoplangan. Universitet hududida 240 oʻrinli bolalar bogʻchasi, kutubxona, oshxonalar, yoshlar markazi va anjumanlar saroyi faoliyat yuritmoqda. Oliygoh qoshida “Lochin” futbol jamoasi tashkil etilib, uning mashgʻulotlari uchun zamonaviy maydon qurilgan. 💬 Prezidentimiz universitetning talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Shuning bilan davlatimiz rahbari Qashqadaryoga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

💬 Qashqadaryo yoshlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida 98 foiz natija bilan respublikada birinchi bo‘ldi. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari “Zakovat” turnirida g‘olib chiqdi. 💬 Kosonlik 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar ko‘pligini, ularga aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘rgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bo‘lishini taʼkidladi. Kelasi yildan barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida o‘qitish boshlanadi. 💬 Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Yil yakunigacha har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochilib, jihozlanadi. Har yili mart oyida o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkaziladi. Birinchi o‘rin egasiga 30 million, ikkinchi o‘ringa 20 million, uchinchi o‘ringa 10 million so‘m mukofot beriladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🇺🇿 Ayni daqiqalarda Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkaz
+2
🇺🇿 Ayni daqiqalarda Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. 💬 Yig‘ilishda davlatimiz rahbari Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi tajribasiga to‘xtaldi. Uning 32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oshirib qaytdi va hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda. 💬 Har yili 10-11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi mazkur texnikumda hunar o‘rganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga 1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda. 💬 Davlatimiz rahbari loyihaning birinchi bitiruvchilari bilan suhbatlashganini aytdi. Ularga Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari taklif qilinmoqda. 💬 Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilishning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga topshiriq berildi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

#Bilasizmi ⚡️Qonunchilikda o‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar: 🔹 Bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 🔹 Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi. 🔹 Pedagog xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi. 🔹 Maktabda o‘rnak ko‘rsatgan pedagog xodimlar rag‘batlantiriladi. 🔹 “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi. 🔹 O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi. 🔹 Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi. 🔹 Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi. 🔹 Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi. 🔹 Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi. 🔹 Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi. 🔹 Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foiz chegirma beriladi. 🔹 O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🇺🇿Davlatimiz rahbari Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida tashkil etilgan “Kasblar shaharchasi” fa
+6
🇺🇿Davlatimiz rahbari Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va uning negizida tashkil etilgan “Kasblar shaharchasi” faoliyati bilan tanishdi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🇺🇿Prezidentimiz “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butun
🇺🇿Prezidentimiz “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
📰Bolalar farovonligi haqida gapirganda, avvalo, ularning bugungi hayotini nazarda tutamiz. Har bir bola hozirning o‘zida mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va zarur tibbiy yordamga haqli. Uning qadri kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishi yoki qancha daromad keltirishi bilan o‘lchanmaydi. Bolaning sog‘lom o‘sishi va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan sharoit mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotiga ham mustahkam asos bo‘ladi. Shu bois bolalikka yo‘naltiriladigan mablag‘lar davlat siyosatida izchil va barqaror o‘rin egallashi zarur. Bola qaysi mamlakatda va qanday oilada tug‘ilishini tanlamaydi. Ammo uning xavfsiz o‘sishi, o‘z qobiliyatini kashf etishi va kelajagini qurishi uchun qanday sharoit yaratish bizning qarorlarimizga bog‘liq. Samarqandda boshlangan hamkorligimiz bolalarning bugungi hayotini yaxshilaydigan aniq ishlar bilan davom etishini tilayman. Barchangizga sihat-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyat, sammit ishiga samarali natijalar tilayman,
— deyiladi tabrikda. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

Repost from Xayrulla Sattarov
#OnaTilim #TilTarixi #MilliyMeros 🇺🇿O‘zbek tili — tarix va taraqqiyot ko‘zgusi! Asrlar davomida shakllanib, boyib va sayqallanib kelgan o‘zbek tili xalqimizning bebaho ma’naviy merosidir. Uni o‘rganish, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish esa barchamizning sharafli burchimizdir. O‘zbek tili — kechamiz, bugunimiz va kelajagimizdir! 💙 Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

🕊21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni! Til — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviyati va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik, unga e’tibor esa milliy qadriyatlarga e’tibor, kelajakka bo‘lgan mas’uliyat ifodasidir. 👨‍🎓 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan chin dildan muborakbod etadi! Ona tilimiz doimo e’zozda, nufuzi yuksak, kelgusi avlodlar qalbida esa unga bo‘lgan mehr va ehtirom bardavom bo‘lsin. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

💸 Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 875 dollargacha oylik stipendiya! Rotary Yoneyama stip
💸 Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 875 dollargacha oylik stipendiya!
Rotary Yoneyama stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.
💬 Stipendiya istalgan soha boʻyicha yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi. Har yili taxminan 10 nafar talabaga stipendiya ajratiladi. ⏺ Dastur imkoniyatlari: 💬 2 yil davomida 875 dollargacha oylik stipendiya. 💬 Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1564 dollargacha yordam puli. ✍️ Arizalar 2026-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Batafsil: Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🇺🇿Samarqandda O‘zbekiston va AQSh hamkorligi uchun ochilgan yangi imkoniyatlar ikki mamlakat kompaniyalarining qo‘shma korxonalar tashkil etishi, texnologiyalar almashishi va yangi bozorlarga birgalikda chiqishiga kuchli sur’at bag‘ishlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🎓Kelasi o‘quv yilidan oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi Bu haqda Prezidentimiz rahba
🎓Kelasi o‘quv yilidan oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi
Bu haqda Prezidentimiz rahbarligida yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan bo'lib o'tgan ochiq muloqotda ma'lum qilindi.
💬 Yangi energiya obyektlarining samarali ishlashi malakali kadrlarga bog‘liq. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda. 💬 Prezidentimiz boshqa investorlarni ham o‘z loyihalari uchun xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etishga chaqirdi. Bunday tashabbuslar uchun investorlarga joylardagi texnikumlarni boshqaruvga berishga tayyorlik bildirildi. 💬 Kelasi o‘quv yilidan mahalliy oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🌺 Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-s
🌺 Toshkent xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-son qarori bilan Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish belgilandi. Mazkur qaror mamlakatda yengil sanoat, dizayn va kreativ iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan taʼlim tizimini shakllantirish hamda milliy moda sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
💬 Qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi. Akademiya Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi (Achadémie internationale de choupe de Paris) oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida tashkil etiladi. 💬 Akademiyada oʻquv jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi. Qoʻshma taʼlim dasturlari bilan bir qatorda, oʻz taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Batafsil: Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

⚡️ Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘
⚡️ Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun 2026-yil 10-oktyabr kuni o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi.
🟡 Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlari bo‘yicha tashkil etildi. 🟡 Test natijalarini qayerdan ko‘rish mumkin? 🟡 Talabgorlar test sinovlari natijalari bilan my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin. 🟡 Apellyatsiya berish tartibi Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 20-oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin. 🟡 Apellyatsiya arizasida aynan qaysi fan va qaysi savol bo‘yicha natijadan norozi ekanlik aniq ko‘rsatilishi lozim. 🟡 Barcha talabgorlardan test natijalari bilan tanishish va zarur hollarda belgilangan muddatda apellyatsiya arizasini yuborish so‘raladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi ✅ Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi. ❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2026-yil 10-noyabrdan boshlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🎓O‘zbekistonda eng ko‘p talabalar 19 yoshda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida yilda O
🎓O‘zbekistonda eng ko‘p talabalar 19 yoshda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida yilda O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 mln nafarni tashkil etgan. 📊Talabalarning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
17 yosh va undan kichiklar — 37 074 nafar; 18 yosh — 200 578 nafar; 19 yosh — 220 598 nafar; 20 yosh — 207 146 nafar; 21 yosh — 179 230 nafar; 22 yosh — 116 890 nafar; 23 yosh — 81 400 nafar; 24 yosh — 60 409 nafar; 25 yosh — 49 377 nafar; 26–29 yosh — 136 855 nafar; 30–34 yosh — 122 742 nafar; 35–39 yosh — 69 224 nafar; 40 yosh va undan kattalar — 53 483 nafar.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish bo‘lishi kerak. Bu nizolarning oldini olish va o‘zaro maqbul qarorlarni topish imkonini beradi".
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

⚡️Pedagoglarning farzandlari uchun 30 foizlik kontrakt chegirmasiga ariza berish bo'yicha videoqo‘llanma Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt

❗️Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 1-noyabrgacha uzaytirildi 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi. Bu muddat: ➖bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; ➖oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; ➖oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli. 1-noyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt