CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿
الذهاب إلى القناة على Telegram
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun... Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada Xizmatlar: www.canadali.net Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
إظهار المزيد8 783
المشتركون
+324 ساعات
-297 أيام
-7230 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+73
في 0 قنوات
يونيو '26
+137
في 2 قنوات
Get PRO
مايو '26
+112
في 1 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+147
في 1 قنوات
Get PRO
مارس '26
+133
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+281
في 2 قنوات
Get PRO
يناير '26
+881
في 44 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+200
في 2 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+227
في 1 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+191
في 1 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+164
في 1 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+223
في 1 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+196
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+295
في 2 قنوات
Get PRO
مايو '25
+307
في 2 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+289
في 4 قنوات
Get PRO
مارس '25
+266
في 1 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+191
في 1 قنوات
Get PRO
يناير '25
+236
في 1 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+158
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+232
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+300
في 3 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+318
في 1 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+400
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+318
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+245
في 1 قنوات
Get PRO
مايو '24
+603
في 2 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+432
في 1 قنوات
Get PRO
مارس '24
+577
في 2 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+753
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '24
+794
في 2 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+614
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+541
في 2 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+464
في 2 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+1 550
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+1 142
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+932
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+1 153
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+222
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+125
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+553
في 0 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 17 يوليو | +1 | |||
| 16 يوليو | +5 | |||
| 15 يوليو | +1 | |||
| 14 يوليو | +2 | |||
| 13 يوليو | 0 | |||
| 12 يوليو | +2 | |||
| 11 يوليو | +5 | |||
| 10 يوليو | +3 | |||
| 09 يوليو | +7 | |||
| 08 يوليو | +5 | |||
| 07 يوليو | +8 | |||
| 06 يوليو | +6 | |||
| 05 يوليو | +9 | |||
| 04 يوليو | +9 | |||
| 03 يوليو | +8 | |||
| 02 يوليو | +2 | |||
| 01 يوليو | 0 |
منشورات القناة
Nega bu yerda hamma narsa bunchalik sodda? Nahotki odamlarning bir-biriga ishonchi shunchalik kuchli? 🇨🇦🤔
Videoda ham shuni ko'rsatdim.
Kanada davlatida (masalan Yukon viloyatida) avtomobil sotish va xarid qilish jarayoni biz o‘rgangan "o'zbekcha" tizimga qaraganda ancha sodda.
Avtomobil egasi registratsiya hujjatining tegishli qismini imzolab xaridorga beradi. Bundan tashqari, sotuvchi va xaridor avtomobilning narxi, sana va tomonlarning ma’lumotlari ko‘rsatilgan bill of sale, ya’ni oldi-sotdi hujjatini (oq-qora 1 varaqli qog'oz) to‘ldiradi.
Buning uchun notariusga borish, hujjatga muhr bostirish yoki murakkab shartnoma tayyorlatish talab qilinmaydi. Xaridor avtomobilni sug‘urta qiladi va kerakli hujjatlar bilan Motor Vehicles ofisiga borib, uni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Bu yerdagi registratsiya hujjati biz bilgan texpasportga o‘xshamaydi. Oddiy oq-qora qog‘oz. Shunchaki shtrix kodi bor. Unda katta muhrlar yoki rangli himoya belgilarining yo‘qligi dastlab g‘alati tuyuladi.
Kanadaga yangi kelganimda ko‘plab hujjatlarda nega muhr yoki qo‘lda qo‘yilgan imzo yo‘q, deb hayron bo‘lardim. Go‘yo qo‘limga oddiy qog‘oz nusxasi berilgandek tuyulardi. Keyinchalik tushundimki, hujjatning ishonchliligi uning tashqi ko‘rinishiga emas, balki davlatning elektron bazasidagi ma’lumotlarga bog‘liq.
Ba'zan o'ylab qolaman, qanday qilib bu davlatda odamlar bir-biriga bunchalik ishonadi. Nega bunday sodda tizim firibgarlikka keng yo‘l ochib bermaydi? Nega bir-birini aldab "kiydirib" ketmaydi odamlar deb. Qiziq, balki ko'zi to'q bo'lgani uchun, balki madaniyatida birovni haqiga xiyonat qilish tabiati yo'q bo'lgani uchundir.
Menimcha, bu faqat odamlarning bir-biriga ishonishi sababli emas. Tizim elektron ma’lumotlar bazasi va yolg‘on ma’lumot berganlik uchun qonuniy javobgarlikka tayanadi. Ya’ni qog‘ozlar sodda ko‘rinsa ham, ularning ortidagi nazorat tizimi unchalik sodda emas.
Xullas, davlat tizimining qulay va sodda bo‘lishi nazorat yo‘q degani emas. Balki haqiqiy qulaylik - odamni ortiqcha muhr, notarius va qog‘ozbozlik bilan qiynamasdan, kerakli nazoratni elektron tizim orqali amalga oshirishdir.
Sizningcha, bu kabi soddalik jamiyat uchun foydalimi yoki firibgarlik xavfini oshiradimi? 🤔
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli
| 2 | 🇨🇦Kanadaning Vancouver shahri yashash uchun dunyoning 10 ta eng yaxshi shaharlari reytingidan o'rin olibdi.
Economist Intelligence Unit (EIU) tashkiloti tomonidan e'lon qilingan reytingda ushbu shahar top 10 talik orasida Shimoliy Amerikadagi yagona shahar bo'lib ro'yxatga kirgan.
Ekspertlar jaxonning 170 dan ortiq shaharlari orasidan ushbu reytingni tibbiyot sifati, ta'lim sifati, xavfsizlik, ekologiya, infrastruktura, madaniy imkoniyatlar kabi faktorlarga tayanib tuzishgan.
🤔Ha, bu bir qarashda juda jozibador ma'lumot. Lekin masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Yashash uchun eng qulay ekanligi omili tufayli bu kabi shaharlarga talab oshiadi va o'z-o'zidan uy-joy narxi va yashash xarajatlari yuqorilashib borishiga ham sabab bo'ladi.
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli | 1 871 |
| 3 | 🇨🇦Kanada anchadan beri o’ylab yurgan, lekin qilishga hech vaqt topa olmayotgan hobbilarni qilish uchun juda qulay davlatda! 😎🎣🐠
Baliq ovi uchun litsenziya kerak Kanada davlatida. Shuni oldim yaqinda. 1 yilga amal qiladi. 18 dollar to'ladim. Shunchaki pulini to'lab sotib olish kerak ekan xolos. Maxsus saytga kiriladi, ma'lumotlar to'ldiriladi va hujjat yuklab olinadi to'lovdan so'ng.
Avvallari o'ylardimki, qandaydir ma'lumotlarni o'qib o'rganib test topshirish zarur bo'lsa kerak deb. Yo'q, unday emas ekan. Rasmiyatchilik uchun zarur bu hujjat. Lekin bu hujjatsiz baliq ovlasangiz va sizni tabiatni himoya qiluvchi ofitser ko'rib qolsa 100-200 dollar jarima to'lashingizga to'g'ri keladi. Shuning uchun Kanada davlatida baliq ovlasangiz, risk qilmasdan albatta litsenziyani olib qo'yavering.
Baliq ovlash gashtini esa faqat erkak kishilar tushunadi, chunki bir necha soat suvga tikilib, asablarga dam berish mazasini ayol kishi baribir tushunmasa kerak...😄
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli | 3 341 |
| 4 | Agar nasib qilgan bo’lsa 🇨🇦 Kanadaga O’zbekistonlik oilalar kelishda davom etaveradi. Biz esa jamoamiz bilan bu borada qo’ldan kelganicha yordam berib kelmoqdamiz.
Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉 @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
👉 www.canadali.net
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli | 4 284 |
| 5 | Biz davom etamiz. O’zbekistonliklar safini Kanada davlatida yanada oshirishga hissa qo’shishdan mamnunmiz. 🛫🇨🇦😎
Har bir keys bo’yicha o’qib ko’rsangiz batafsilroq ma’lumot berishga harakat qildik.
Barcha nomzodlar O’zbekistondan hujjat topshirgan vizaga. Kelgusi natijalarni ham kutyapmiz.
Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉 @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
👉 www.canadali.net
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli | 3 965 |
| 6 | Kanadada "och qolish" mumkin emas desam ishonasizmi?
Ishi yo'q, uyi yo'q odam ham och qolib ketmaydi. Qanday qilib?
"Foodbank" deyilgan maxsus tashkilot bor. Kanadaning barcha katta-kichik shaharlarida. Aynan shu tashkilot binosiga borib, yashash uchun eng muhim oziq-ovqatlar (sabzavotlardan tortib sut mahsulotlarigacha, tuxumdan tortib mevalargacha, sariyog', non, shakar, guruch, makaron, un, baliq, pishloq va xokazolar)ni mutlaqo bepulga olish mumkin.
Ayrim food banklarda odamlar tayyor qutini olish o'rniga kichik supermarketga o'xshash zalga kirib, mavjud mahsulotlardan o'z oilasi uchun keraklilarini tanlab olishlari mumkin. Bu insonlarning qadr-qimmatini saqlash va isrofni kamaytirishga yordam beradi.
Food bank nima?
Food bank - bu notijorat tashkilot bo'lib, vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan odamlarga bepul oziq-ovqat beradi.
Kimlar foydalanishi mumkin?
Ishsizlar, yangi immigrantlar, talabalar, yolg'iz ota-onalar, kam daromadli oilalar, nogironligi bor shaxslar, kutilmagan moliyaviy qiyinchilikka uchragan har qanday odam.
Bu tizim faqat uysizlar uchun emas, istalgan odam borsa bo’ladi. Hech kim sizdan pul so'ramaydi. Bu yordam mutlaqo bepul.
Nimalar beriladi?
To’liq ro’yxat: Sut, tuxum, sariyog', pishloq, yog', non, guruch, makaron, un, shakar, kartoshka, sabzi, piyoz, salat barglari, mavsumiy sabzavotlar va mevalar, dukkakli mahsulotlar, choy, kofe, sharbat, konserva mahsulotlari, tunets yoki losos konservasi, go'sht (muzlatilgan), bolalar ovqati, pampers, gigiyena vositalari va xokazo.
Bu mahsulotlar food bankning zaxirasi va xayriyaga qarab o'zgaradi, ammo ko'plab food banklar yangi (fresh) mahsulotlar bilan birga konservalangan mahsulotlarni ham beradi.
Oziq-ovqat qayerdan keladi?
Supermarketlar, fermerlar, restoranlar, oddiy fuqarolar, kompaniyalar, xayriya aksiyalari. Ko'plab do'konlar sotilmay qolgan, ammo iste'mol qilish uchun mutlaqo yaroqli mahsulotlarni tashlab yuborish o'rniga food banklarga beradi.
Aholini o’zi qanday yordam beradi?
Kassada xarid qilayotganda $2, $5 yoki $10 xayriya qilishadi, maxsus oziq-ovqat yig'ish aksiyalari bo'ladi, maktab o'quvchilari ham mahsulot yig'ishadi, ko'ngillilar minglab soat bepul ishlab berishadi.
Faqat oziq-ovqat emas:
Ba'zi food banklarda ish topishga yordam, soliq deklaratsiyasini to'ldirish, moliyaviy maslahat, yangi immigrantlarga yo'l-yo'riq, oshpazlik kurslari, til kurslariga yo'naltirish kabi xizmatlar ham mavjud.
Foydalanish tartibi:
Odatda: 1-marta foydalanganda ro'yxatdan o'tiladi. Ism va manzil tasdiqlanadi. Oilada nechta odam yashashi aytiladi. Shunga qarab mahsulot miqdori beriladi.
Har kuni borsa bo'ladimi?
Ko'p food banklarda yordam: haftasiga bir marta, yoki ikki haftada bir, yoki oyiga bir marta beriladi. Bu tizim odamni to'liq boqish uchun emas, qiyin davrni yengib o'tishga yordam berish uchun yaratilgan.
Qiziqarli fakt:
Kanadada ko'plab universitetlarning ham o'z food banklari mavjud. Talabalar hech qanday uyalmasdan undan foydalanishadi.
Yana bir qiziqarli ma'lumot:
Ko'plab supermarketlarda "Buy one, donate one" yoki oziq-ovqat yig'ish qutilarini ko'rish mumkin. Bayramlar arafasida esa minglab odamlar food banklar uchun mahsulot hadya qiladi.
Muhim jihat:
Food bankdan foydalanish: immigratsion maqomga salbiy ta'sir qilmaydi va kelajakda doimiy yashash (PR) arizasiga avtomatik ravishda zarar yetkazmaydi.
Xulosa:
Kanadada hayot qimmat bo'lishi mumkin. Ishsiz qolish yoki vaqtinchalik qiyinchilikka duch kelish ham hech gap emas. Ammo bu davlatda odamlarning och qolib ketmasligi uchun butun boshli xayriya tizimi shakllangan. Eng muhimi - yordam so'rashdan uyalmaslik. Chunki bugun siz yordam olishingiz mumkin, ertaga esa o'zingiz boshqalarga yordam beradigan inson bo'lishingiz ehtimoldan xoli emas.
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli | 5 437 |
| 7 | Kanadaga kelgandа, birinchi bo'lib qilish kerak bo'lgan muhim jarayonlar qaysilar. 🍁🇨🇦✍️
Mazkur maqolada Kanadaga uzoq muddatga yashash uchun kelgandan keyin dastlabki kunlarda qilish zarur bo'lgan muhim vazifalarni yoritib o'tdim shaxsiy tajribamdan. O'ylaymanki, bu tavsiyalar yangi davlatga tezda moslashib ketishingizda ancha foydali bo'ladi. Quyida o’qishingiz mumkin maqolani.
👉Batafsil👈
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli | 5 202 |
| 8 | Mana pasport so’rovlari ham kelishni boshladi! 🥳🇨🇦👏
Boshqalarga ham nasib qilsin! 🤝
https://t.me/CanadAli | 4 768 |
| 9 | Bizda juda yaxshi xabarlar! 🤗🥳👏
3 ta keys bo’yicha "medical request" keldi. Bu vizaga 1 qadam degani. 🛫🇨🇦
Barcha nomzodlar O’zbekistondan topshirgan vizaga.
2 ta bo’ydoq student, bittasi magistratura va ikkinchisi baklavr. 1 ta oilaviy student viza, turmush o’rtog’iga ishchi viza va farzandiga visitor viza.
Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉 @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
👉 www.canadali.net
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli | 6 757 |
| 10 | Xullas Kanada yana pul berdi “shunchaki”, beg’araz. 👏😆 Bu safar bolalar sporti uchun. 1000 dollar miqdorida. 🇨🇦
Bu summaga sayohat uchun bolalar kolyaskasi, shuningdek "picnic" va "camping"ga chiqish uchun palatka sotib oldik. Chunki bu buyumlar ham sport buyumlari qatoriga kirar ekan.
Bolalar rivojlanishi uchun kichik e'tibor yoxud nega Kanada 🇨🇦 1000 dollarni bizga shunchaki berdi?
Xabaringiz bor, Kanada davlatida tug'ilish darajasi yuqori emas. Shuning uchun ham farzandingiz bo'lsa davlat ularga har taraflama g'amxo'rlik qilishni o'z burchi deb biladi. Ya’ni, bola ota-onasi uchun “moddiy yuk” bo’lmasligini xohlaydi.
Aynan yosh avlod uchun turli darajadagi imtiyozlardan biri haqida aytib bermoqchiman, lekin ular son-sanoqsiz aslida. Xattoki xabarimiz ham yo'q ba'zilaridan. Sekin sekin bilib boryapmiz va foydalanishga harakat qilyapmiz.
Yaqindagina Yukon viloyatida mavjud bo'lgan(balki boshqa provinsiyalarda ham bor bo’lishi kerak) va mahalliy hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan kichik bir dasturga ariza berib ko'rdim. "Kids Recreation Fund" deb nomlanadigan bu loyiha 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Mazkur loyiha maqsadi bolaning sport bilan shug'ullanishi uchun har bir farzandga har yili bir martalik 500 dollardan mablag' ajratish ekan. Mazkur mablag'ni faqatgina sport jihozlari yoki qandaydir sport to'garagi uchun a'zolik badaliga sarflash mumkin. Chunki kvitansiya talab qilishadi, mablag' to'g'ri maqsadda sarflanganini nazorat qilish uchun.
Ariza berganim ertasi kuni natijasi tasdiqlandi va mablag' o'tkazib berishdi. Hech qanday ortiqcha qog'ozbozliksiz va byurokratiya to'siqlarisiz. Bundan tashqari har bir bola uchun har oylik to'lov usulida to'lab beriladigan "bola puli" ham bor. Xullas, farzandi bor oilalar uchun farzand bilan bog'liq xarajatlarning katta qismi davlat tomonidan qoplab berilishi ham dunyo bo'ylab ko'plab insonlarning aynan shu davlatga intilishi uchun sabablardan biri bo'lsa kerak.
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli | 7 384 |
| 11 | Bu sohadagi eng ijobiy hislar har safar natijalar va minnatdorchiliklardan keyin paydo bo'ladi. To'g'ri, hujjatbozlik asabni o'ynatadi, sabrni sinaydi. Ammo, kimnidir hayotida ozgina bo'lsada o'zgarish qila olsak hamma qiyinchiliklarni yuvib ketadi.
Ba'zida esga kelganda yoki motivatsiyani ko'tarish uchun ham bo'layotgan natijalarga misollarni sizlar bilan bo'lishib turamiz. Lekin har bir natijani ulashib bora olmaymiz, ba'zan mijoz iltimos qiladi sir saqlashni, ba'zan esa vaqtimiz yetmaydi. To'g'ri tushunasiz.
Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami R531671 bo’lgan immigratsion konsultant Reynaldo Concepcion boshchiligidagi jamoa tomonidan ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (case specialist) bo’lib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉 @Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
👉 www.canadali.net
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli | 5 578 |
| 12 | Eng ko'p uchraydigan 10 ta xatoni bilasizmi, Kanadaga immigratsiya qilishda. Bularni aslo qila ko'rmang, bu davlatga yashash uchun kelmoqchi bo'lsangiz.
Kanadaga "doimiy yashash huquqi"ni olish anchagina murakkab jarayon bo'lib, ba'zida bitta xato sababli barcha qilingan mehnatlar zoye ketishi va ariza rad qilinib, natijada qayta topshirishga to'g'ri kelishi mumkin. Odatda, quyidagi xatolar sababli ofitser qo'shimcha hujjat so'rash yoki izohlashni talab qilish o'rniga, arizani shunchaki rad etib qo'yaqoladi. Ushbu xatolarni qilmaslik PR uchun beriladigan arizani "silliq" o'tib ketishida muhim rol o'ynaydi.
Demak ushbu xatolar quyidagilar:
1. Ish tajribani asoslashda NOC kodni xato tanlash.
Kanada davlatida har qanday kasb nomi maxsus kodlashtirilgan. Ish tajribani ko'rsatishda faqatgina lavozim nomi mos kelgani uchun emas, qilingan ishlar ham ushbu kodga mos ekanligini to'g'ri ko'rsatmaslik eng katta xato.
2. Oldin boshqa davlatlardan olingan vizadan "otkaz"lar, ya'ni rad javoblarini yashirish.
10 yil oldin AQSHdan olgan "otkaz"ni Kanadaga aytib o'tirishim shart emas deb o'ylash juda katta xato. Kanada va yana 4 ta davlat (AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yangi Zellandiya) bu borada ma'lumot almashadi va agarda "otkaz" berkitilsa buni osongina bilib olishadi va arizangiz nafaqat rad etiladi, shuningdek 5 yillik ta'qiq ham qo'yiladi.
3. Shaxsiy hayotidagi tushuntirib berilmagan bo'shliqlar va manzillar tarixi.
18 yoshingizdan boshlab (yoki oxirgi 10 yildan boshlab) hozirgi kunga qadar bo'lgan shaxsiy tarixingizni har bir yil va oyda nima bilan band bo'lganingiz va qaysi manzillarda yashaganingizni ochiqlash talab qilinadi. Xattoki 1-2 oy hayotingiz ham bo'sh ko'rsatilmasligi shart, hech nima qilmagan bo'lsangiz ham "ishsiz", "ta'tilda", "shaxsiy rivojlanish", "davolanish" kabi sabablarni ko'rsatish zarur.
4. Moliyaviy holatni isbotlashda yetarlicha mablag' borligini asoslay olmaslik.
Kimdandir kattaroq summa olib, hisob raqamga qo'yilsa ushbu summaning kelib chiqish manbasini isbotlay olmaslik. Katta summa hisob raqamga qo'yilgan bo'lsa, uning qaysi manbadan kelganini, masalan qandaydir kattaroq mol-mulk sotilgani, hadya qilinganini hujjat bilan asoslamaslik ham rad etilishiga sabab bo'lishi mumkin.
5. Moliyaviy holatni ko'rsatganda amalda ishlatish mumkin bo'lgan summani ko'rsatmaslik.
Faqat mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli buyumlarnigina asosiy moliyaviy manba sifatida ko'rsatish qabul qilinmaydi. Mablag' istalgan paytda ishlatish mumkin bo'lgan hisob raqamda ko'rsatilishi muhim.
6. Muddati o'tgan hujjat taqdim qilish.
Masalan, muddati o'tgan til sertifikati, muddati eskirgan sudlanmaganlik ma'lumotnomasi. Agarda xorijiy davlatda 6 oydan ko'p yashagan bo'lsangiz, o'sha davlatdan ham sudlanmaganlik ma'lumotnomasi siz o'sha davlatni butunlay tark etganingizdan keyingi davrda olingan bo'lishi lozim.
7. Hujjat topshirishga taklif olgandan keyin hayotidagi muhim o'zgarishlar bo'yicha xabar bermaslik.
Masalan turmush qurish, farzand ko'rish, ishdan bo'shash kabi masalalar taklif olinganidan keyin yuz bersa bu haqda xabar berish lozim. Chunki qaysidir holat sizning umumiy to'plagan balingizga ta'sir qilishi mumkin.
8. Tarjima qilinmagan hujjat yoki xato tarjima qilingan hujjat taqdim etish.
Masalan, hujjatlar tarjima qilish vakolati bo'lmagan shaxslar xizmatidan foydalangan holda, o'zi yoki do'sti tomonidan tarjima qilinmasligi kerak. Notarial tasdiqlangan va tarjima vakolatiga ega shaxs tomonidan tarjima qilinishi zarur hujjat.
9. Hujjatlarga imzo qo'ymaslik, ayniqsa blankalarga.
Ba'zi elektron blankalarga imzo qo'yish shart emas, lekin ism familya yozib qo'yilmasa, demak imzolanmagan hisoblanadi.
10. Sifatsiz skaner qilingan xira holatdagi hujjatlarni taqdim etish. Kanadaga hujjatlar elektron shaklda topshirilishi inobatga olinsa, hujjatni to'g'ri shaklda pdf holatga keltirish muhim. Ayniqsa muhr, QR kod va boshqa asosiy parametrlarini buzilgan holatda taqdim qilish hujjatlarga shubha uyg'otadi.
🇨🇦 👉 @CanadAli | 4 854 |
| 13 | Xullas Kanada yana pul berdi shunchaki. Bu safar bolalar sporti uchun. Mana 1000 dollar miqdorida.
Bu summaga sayohat uchun bolalar kolyaskasi va piknik va campingga chiqish uchun palatka olsak bo'ladi. Chunki bu buyumlar ham sport buyumlari qatoriga kirar ekan. | 1 |
| 14 | O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari haqida Kanadaliklar iliq fikrlarni yozib chiqmoqda.
Jumladan, 1-iyunda bo'lib o'tgan Kanada-O'zbekiston o'rtoqlik o'yinida o'yindan so'ng O'zbekistonliklar mag'lub bo'lganiga qaramasdan kiyinish xonasidagi doskaga mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik so'zlarini va Kanadaga jaxon chempionatida omad tilaklarini yozib ketishibdi.
Shuningdek, o'zlaridan keyin kiyinish xonasini toza va ozoda qilib yig'ishtirib ketgani uchun O'zbekistonlik futbolchilar nomiga Kanadaning turli ijtimoiy tarmoqlarida olqishlar yozilmoqda ayni paytda.
Mana shu jihatdan yurtdoshlarimizning boshqa davlatlarda iliq taassurot qoldirishlari tahsinga sazovor albatta. Ayniqsa Kanada kabi mehmondo'st davlatlarga borganda. 👏
Manba: 👉 dailyhive.com
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli | 4 370 |
| 15 | Ertalab yo'lga chiqyapmiz.
O'zbekiston va Kanada milliy terma jamoalari o'rtasidagi futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvini stadiondan tomosha qilib kelamiz. Ushbu videolarda o'yin oldidan fikrlarni ko'rishingiz mumkin. Stadiondagi muhit va boshqa videolarni borganda joylaymiz.
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli | 6 436 |
| 16 | Mana yil boshidan beri nechta inson Kanadaga immigratsiya uchun taklif olgan. Siz esa haliyam qanday qilib ketsam bo'ladi bu davlatga deb o’ylab yuribsizmi? 🇨🇦
Ha, to’g’ri, ingliz tili Kanadaning asosiy tili. Lekin aynan fransuz tili eshik ochyaptida immigratsiya uchun. Mana bitta yap-yangi misol.
Ba'zilar bu usulga shubha bilan qarashadi. Qiyin bo'lsa kerak, ancha vaqt ketadi, qo'limizdan kelmaydi deb. Lekin mana 37 yoshda ham hammasini noldan boshlab natijagacha yetib olish mumkin ekan.
Odamzot qilaman dedimi, shashti baland bo‘lsa, albatta qila oladi. Va albatta qobiliyat ham kerak, ko'r-ko'rona o'zini olovga tashlamaslik ham zarur.
Rivojlangan davlatlarda ozgina muddat yashab ko‘rganlar u yerdagi sharoit qanday ekanini yaxshi biladi. Chet elda kamida 2-3 yil yashab vatanga qaytganlar negadir yana borgisi kelaveradi doimiy yashash uchun. Bilmadim, erkinlik hissiyotimi, moliyaviy imkoniyatlarmi, ekologiyami yoki infrastrukturami, xullas o'ziga ohangraboday tortaveradi.
Kimdir o'zida yaxshi imkoniyat bor bo'lsa-da, ortga tashlab yuraveradi harakat qilishni. Kimdir esa imkoniyati past bo'lsa-da tinimsiz harakat qilaveradi chet elga ketishga.
Kanadaga kelish oson emas, tan olaylik. Lekin bu davlatga kelib o'z o'rnini topganlarni yoki kelish uchun qattiq kurashayotganlarni ko'rsam boshqalarga qo'ldan kelgancha yordam qilish uchun motivatsiyam oshaveradi. Qaniydi, hammasi bizga bog'liq bo'lsa-yu, yana ham ko'proq insonlar orzusi ushalishiga yordam bera olsak.
Nima ham deya olardim. Fransuz tili Kanadaga eshik ochayotgan ekan, demak bu imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Balki bu siz uchun ham mo'jizaviy kalit bo'lar uzoq paytdan beri erishmoqchi bo'lgan maqsadingiz uchun.
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli | 5 875 |
| 17 | Chet elda yashashni bitta zo'r tarafi borda! 😎
O'zbekistonda oddiy bir insonning drondan foydalanishiga ta'qiq qo'yilgan. Xavfsizlik maqsadida deyishadimi? Lekin 🇨🇦 Kanada kabi rivojlangan davlatlarda bunga hech qanday ta'qiq mavjud emas. Uydan turib buyurtma qilasiz, 3-5 kunda yetib keladi. Ungacha transport tashkiloti saytiga kirib parvoz xavfsizligi bo'yicha maxsus qo'llanmani o'qib chiqasiz va test topshirasiz. Testdan o'tish qiyin emas, o'tgandan keyin sertifikat berishadi. Dronni esa onlayn tarzda ro'yxatdan o'tkazib qo'yasiz va marhamat, uchiravering.
Muhimi boshqalarga halaqit bermaslik, odamlardan uzoqroq uchirish va aeroport yaqinida boshqarmaslik zarur. Bu ham bir erkak kishini "o'yinchog'i" desak ham bo'laveradi. 😄Ko'ramiz, qani qachongacha zerikmas ekanmiz. Kanada manzaralarini yuqoridan tomosha qilishning gashti borda baribir. Lekin yaxshilab o'rganib olish kerak endi qanday qilib mahorat bilan boshqarishni. Tez orada drondan olinadigan tasvirlarni mana bu Instagram sahifamdan joylab boraman. 👉https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli | 4 897 |
| 18 | 🇨🇦Kanadaga kelganlar hammasi "qora ishchi"mi? 🤔
"Hammasi qora ishchi bo'lib qolgan, men chet davlatlariga borib, qora terga botib, g'arbliklar yaxshi yashashi uchun qo'l mehnatini qilishni xohlamayman", deb yozib qoldi bir kuni kuzatuvchilarimizdan biri.
Kanadaga borganlar faqat qo'l mehnati bilan shug'ullanib yuribdi, o'zini sohasida ishlamayapti deb o'ylaydiganlar ham bor.
Lekin aslida unday emas. Hozirgi kunda Kanada hududida o'z sohasida yutuqlarga erishgan, karyerasida yo'lini topib olgan O'zbekistonlik yurtdoshlarimiz ro'yxatini shakllantirdik. Ularning LinkedIn sahifasidan to'plangan ma'lumotlarni bitta fayl holatiga keltirib kanalimizda joylayapman mana.
Kanadaga borish niyatida yurganlar uchun, yurtdoshlarimizning bu davlatda erishgan yutuqlari va ular bosib o'tgan yo'l motivatsiya bo'ladi degan umiddamiz. Ushbu pdf fayldagi ro'yxatni bir ko'rib chiqing. Balki siz uchun qandaydir ilhom manbasi bo'lar. Lekin ro'yxat to'liq emas, biz faqat o'zimiz taniydigan shaxslarni ro'yxatga kiritdik.
Ochiq manbalardan tuzildi, agarda ro'yxatdagi biror bir shaxs bundan xabar topib norozi bo'lsa, olib tashlaymiz, muammo yo'q. 🤝
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli | 6 113 |
| 19 | "O'zbekistonliklar Kanadaga kelishda davom etmoqda! Bu yo'lda ularga qaysi usul eng ko'p qo'l kelyapti?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.
Atigi 3 yarim minutlik video davomida holatni to'liq yoritib berishga harakat qildik. Ancha foydali bo'ldi deb umid qilamiz. Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🤝
Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:👇
https://youtu.be/fWVG_dDV6n8?si=F0gTV55-KreBfi6j
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli | 5 926 |
| 20 | Xullas 1-marta jarima to'laydigan bo'ldim Kanada davlatida. 🇨🇦
(birinchi va oxirgisi bo'lsin endi... 😆)
Kuni kecha mashinani ruxsat etilmagan joyga "parkovka" qilganim uchun jarima qog'ozini qistirib ketishibdi "lobovoy"ga.
"UZBEK" deb nomlangan avtoraqam taqib olganman mashinaga "kotta bollar"ga o'xshab.🤣
O'zi ko'nglim sezdi, noto'g'ri joyga qo'yyapman-ov deb. Lekin boshqalar ham qo'yib ketibdiku deb ahamiyat bermabman. Sariq rang bilan belgilangan "bordyur" qarshisida mashinani qo'ygansiz deb yozishibdi jarima qog'oziga.
Jarimada yozilishicha 26-iyun sudga borib bu holat bo'yicha javob berishim zarur ekan. Agar sudga bormaslikni xohlasam 29-maygacha 125$ jarima to'lashim kerak ekan va shunda aybimni tan olgan bo'laman, shuningdek sudga ham borib yurmas ekanman.
Agar aybimni tan olmasam jarimani to'lamas ekanman va holatni qayta o'rganib chiqishar ekan. Shunda baribir aybdorligim isbotlansa, qolaversa sudga ham bormasam jarima miqdori 2 baravarga oshirilar ekan.
Aybdorligim aniq! 🤷♂️
Tinchgina jarimani to'laganim ma'qul.
Aytgancha Kanadada jarimani ertaroq to'lab yuborilsa, qandaydir "skidka" berilmas ekan. 😄
Masalan 30-50 foiz kamroq to'lash imkoniyati yo'q ekanda ehh...
Jarimani maqsadi haqiqatda aybing uchun jazolash ekan, xatoni pul bilan hal qilib ketaverishga imkoniyat qoldirishmabdi. "Eee bo'mapti" bularni tizimi, sal kechirimli bo'lish kerakda...🥲
Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉 https://t.me/CanadAli | 6 201 |
