es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Neomind

Neomind

Ir al canal en Telegram

Medical Doctor (MD) Polyglot Reader Science Communicator 🇩🇪🇨🇭🇲🇫🇧🇪🇪🇺 Science: @themantiq

Mostrar más
4 101
Suscriptores
+624 horas
+707 días
+16830 días

Cargando datos

Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
nov '26
noviembre '26
+222
en 8 canales
octubre '26
+267
en 4 canales
Get PRO
septiembre '26
+217
en 7 canales
Get PRO
agosto '26
+341
en 12 canales
Get PRO
julio '26
+334
en 15 canales
Get PRO
junio '26
+194
en 6 canales
Get PRO
mayo '26
+221
en 12 canales
Get PRO
abril '26
+221
en 9 canales
Get PRO
marzo '26
+141
en 12 canales
Get PRO
febrero '26
+137
en 11 canales
Get PRO
enero '26
+220
en 14 canales
Get PRO
diciembre '25
+229
en 26 canales
Get PRO
noviembre '25
+239
en 30 canales
Get PRO
octubre '25
+139
en 20 canales
Get PRO
septiembre '25
+117
en 19 canales
Get PRO
agosto '25
+177
en 26 canales
Get PRO
julio '25
+158
en 20 canales
Get PRO
junio '25
+198
en 13 canales
Get PRO
mayo '25
+173
en 11 canales
Get PRO
abril '25
+112
en 6 canales
Get PRO
marzo '25
+125
en 12 canales
Get PRO
febrero '25
+117
en 12 canales
Get PRO
enero '25
+175
en 14 canales
Get PRO
diciembre '24
+143
en 9 canales
Get PRO
noviembre '24
+255
en 14 canales
Get PRO
octubre '24
+465
en 10 canales
Get PRO
septiembre '24
+176
en 10 canales
Get PRO
agosto '24
+168
en 7 canales
Get PRO
julio '24
+277
en 4 canales
Get PRO
junio '24
+239
en 4 canales
Get PRO
mayo '24
+244
en 2 canales
Get PRO
abril '24
+300
en 7 canales
Get PRO
marzo '24
+301
en 6 canales
Get PRO
febrero '24
+293
en 4 canales
Get PRO
enero '24
+462
en 6 canales
Get PRO
diciembre '23
+386
en 3 canales
Get PRO
noviembre '23
+208
en 5 canales
Get PRO
octubre '23
+121
en 3 canales
Get PRO
septiembre '23
+73
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+95
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+114
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+88
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+87
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+117
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+105
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+138
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+96
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+271
en 0 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
26 noviembre+12
25 noviembre+9
24 noviembre+5
23 noviembre+8
22 noviembre+16
21 noviembre+23
20 noviembre+12
19 noviembre+11
18 noviembre+6
17 noviembre+3
16 noviembre0
15 noviembre+4
14 noviembre+5
13 noviembre+1
12 noviembre+6
11 noviembre+10
10 noviembre+1
09 noviembre+17
08 noviembre+7
07 noviembre+11
06 noviembre0
05 noviembre+6
04 noviembre+9
03 noviembre+9
02 noviembre+22
01 noviembre+9
Publicaciones del Canal
"I want to do everything, so I do nothing" "You can do almost anything, but you cannot do everything at the same time" “Hamma
"I want to do everything, so I do nothing" "You can do almost anything, but you cannot do everything at the same time" “Hammasini qilishni xohlayman, shuning uchun hech narsa qilmayman.” “Deyarli hamma narsaga erishish mumkin, lekin hammasiga bir vaqtning o‘zida emas.” Ba'zida muammo xohishning ko'pligida emas, balki bir vaqtning o'zida juda ko'p narsani xohlashda bo'ladi. Bir vaqtning o'zida xitoy tilini o'rganmoqchi, 100 ta kitob o'qimoqchi, yangi kasb egallamoqchi, ilm-fanni o'rganmoqchi va hayotida katta o'zgarishlar qilmoqchi bo'lasan. Bularning barchasi yaxshi, ammo ularni bir vaqtda qilishga harakat qilish muammo. Hammasiga qiziqasan. Hammasini boshlashni xohlaysan. Lekin qaysi biridan boshlashni bilmay, oxir-oqibat hech birini qilmay qo'yasan. Oldinlari TVda faqat ikkita kanal bor edi, albatta shu kanallarni ko'rgansan. Hozir esa kanal ko'pligidan biridan boshqasiga aylantiraverib, oxiri uxlab qolasan) Variantlar ko'paygani sari tanlov qilish ham qiyinlashib boradi Bunga yaqin tushuncha Analysis Paralysis deb ataladi. Ya'ni, haddan tashqari ko'p o'ylash, variantlarni solishtirish va mukammal qaror izlash natijasida harakat qila olmay qolish. Inson o'z oldiga juda ko'p maqsad qo'yib, diqqatini bir nechta yo'nalishga bo'lib yuborishi ham buning sababi. Natijada har bir ishga oz-ozdan vaqt ajratiladi, ammo hech birida sezilarli natija ko'rinmaydi. Aslida, hamma narsaga ulgurish shart emas. Hech bo'lmaganda hammasiga bir vaqtning o'zida ulgurish shart emas. Senga kerakli narsalar qat'iy tanlov qilib, harakatni boshlaganingda keladi. Motivatsiya ham. Bir narsani tanlash boshqa imkoniyatlardan butunlay voz kechish degani ham emas. Shunchaki, hozircha qolganlarini kutishga qo'yish demak. Hamma narsani bir vaqtda qilishga urinish esa oxir-oqibat hech narsa qilmaslikka olib kelishi mumkin. "Yes Man" (2008) filmida hammasiga "ha" deyish nimalarga olib kelishi mumkinligini ko'rish mumkin)
26 nov, 05:39

2
“The moment you are disturbed by insult or pleased by praise, you are still a slave.”
909
3
Germaniyada yakshanba ya'ni Sonntag biznikidan farq qiladi. Ko‘pchilik do‘konlar, supermarketlar va ko'plab xizmat ko‘rsatish
Germaniyada yakshanba ya'ni Sonntag biznikidan farq qiladi. Ko‘pchilik do‘konlar, supermarketlar va ko'plab xizmat ko‘rsatish joylari yopiq bo‘ladi. Odamlar bu kunni do'konlarga borish, xarid qilish yoki boshqa ishlarga emas, haqiqatda dam olishga ajratishadi. Yakshanba kuni uyda non tugab qolishdanda yomonrog'i yo'q) Sonntag'da ko‘chaga chiqishadi, parkda sayr qilishadi, tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazishadi. Hech qayerga shoshilishmaydi. Biror ishni bitirish, nimagadir ulgurish yoki navbatda turish haqida gapirmasa ham bo'ladi. O'zi asosiy seziladigan farqlar ham shunda, bizda hamma qayergadir shoshadi, juda tez ishlar bitadi. Rivojlanayotgan davlatga xos bo'lsa kerak bu. Yevropada esa odamlarning asosiy qismi shoshmaydi. Haftada hech qanday reja tuzmaydigan, o‘zimizni biror ish qilishga majburlamaydigan kun. Shunchaki sayr qilish, musiqa tinglash, tabiatni kuzatish yoki hech narsa qilmaslik. Ana shunday kun bo'lishi kerak haftada. Hech narsa qilmaslik ham hayotning bir qismi. Uni ham o‘rganish kerak.
1 038
4
Eng keng tarqalgan xatolardan biri - individual tajribani umumiy qonuniyat bilan adashtirish bo‘lsa kerak. Masalan, "Bobom 90
Eng keng tarqalgan xatolardan biri - individual tajribani umumiy qonuniyat bilan adashtirish bo‘lsa kerak. Masalan, "Bobom 90 yoshgacha chekdi, saraton bo‘lmadi" degan gapni tez-tez eshitamiz. Lekin bitta insonning tajribasi chekishning xavfliligini ko‘rsatuvchi statistik ma'lumotlarni rad eta olmaydi "Bir tanishim universitetni tashlab, millioner bo‘ldi" - bu universitetni tashlash muvaffaqiyat ehtimolini oshirishini anglatmaydi. "Men vaksina oldim, lekin baribir kasal bo‘ldim" - bu vaksina samarasiz degani emas. Statistika alohida insonning taqdirini bashorat qilmaydi. U katta guruhlardagi tendensiyalar, ehtimolliklar va xavf darajalarini ko‘rsatadi. Odamlar ko‘pincha o‘zlari ishonishni xohlagan xulosani tasdiqlaydigan misollarni eslab qolishadi, unga zid bo‘lganlarini esa e'tiborsiz qoldirishadi. Bu confirmation bias ya'ni tasdiqlash xatosi bilan ham bog‘liq. Agar sodda qilib tushuntirsam, tasavvur qiling, 100 ta chekadigan va 100 ta chekmaydigan odamni uzoq muddat kuzatdik. Faraz qilaylik, chekuvchilarning 70 tasida, chekmaydiganlarning esa 10 tasida o‘pka saratoni rivojlandi. Bunday vaziyatda ayrim odamlar chekuvchilarning saraton rivojlanmagan 30 nafariga e'tibor qaratadi, ammo saraton rivojlangan 70 nafarini unutadi. Ammo, umumiy statistik manzara aynan shu ikki guruhni birgalikda hisobga olgandagina ko‘rinadi. Yoki universitetni tashlab ketib, boyib ketgan insonlar hikoyasini olaylik. Bundaylar bor, albatta, lekin ular sanoqli. Xuddi shunday universitetni tashlab, muvaffaqiyatsizlikka uchragan, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan son-sanoqsiz odamlar haqida esa deyarli hech kim gapirmaydi. Bu yerda "omon qolganlar xatosi" ishlaydi. Bundan tashqari, oliy ta'lim olgan insonlar orasida ham juda ko‘p muvaffaqiyatli kishilar bor. Lekin bizning e'tiborimiz ko‘pincha bir nechta mashhur "omon qolganlar"ga qaratiladi. Yana bir misol, qarindoshingga uylanma yoki turmushga chiqma, desak, "Ana, qo‘shnimiz qarindoshiga uylangan, bolalari soppa-sog‘" degan javobni eshitamiz. Ha, bunday bo‘lishi mumkin. Lekin bir oilada sog‘lom farzandlar tug‘ilgani qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda genetik xavf yo‘qligini anglatmaydi. Yaqin qarindoshlar bir xil retsessiv genetik variantni tashish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi. Bu esa ayrim irsiy kasalliklarning farzandlarda namoyon bo‘lish xavfini oshiradi. Har bir oilaning individual holati boshqacha, ammo statistik xavfni bitta qo‘shnining tajribasi bilan inkor qilib bo‘lmaydi. Qo'shning statistik ehtimoldan omon qolganligi, sening ham omon qolishingni kafolatlamaydi. Vaksina masalasida ham xuddi shunday. "Qo‘shnimning bolasi vaksina olmagan, mana otday yuribdi" yoki "Qo‘shnimning bolasi vaksina olgandi, mazasi qochib qoldi, demak vaksina yomon" degan gaplarni eshitamiz. Ha, vaksinalar ham ba'zi holatlarda nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Lekin bu hammada shunday bo‘ladi degani emas. Muhimi, vaksinaning mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari bilan emlanmaslik natijasida kasallanish va uning asoratlariga duch kelish xavfini solishtirish kerak. Vaksina olmasdan kasal bo'lish ehtimoli ancha yuqori. Statistika aynan shunday ishlaydi. Alohida holatlarga emas, balki katta guruhlardagi umumiy manzaraga qarash kerak. Bitta insonning tajribasi statistik haqiqatni o‘zgartirmaydi. Istisnolar har doim bo‘ladi, lekin istisnolarni qoida deb qabul qilish katta xato. Shuning uchun biror hodisaga baho berayotganda umumiy statistik ma'lumotlar nima deydi? deb o‘ylashimiz kerak. Chunki haqiqat odatda bizga tanish bo‘lgan bir nechta misolda emas, balki butun manzarada yashiringan bo'ladi "Don't Look Up" filmini yana bir bor ko'rishga sabab bor endi)
1 255
5
Shaxmat - shunchaki 64 ta katak va 32 ta figura emas. Bu strategiya, sabr, psixologiya, raqibni tushunish. O'tgan hafta shaxm+7
Shaxmat - shunchaki 64 ta katak va 32 ta figura emas. Bu strategiya, sabr, psixologiya, raqibni tushunish. O'tgan hafta shaxmat haqida filmlarni ko'rdim. Film yaratuvchilar shaxmatchi desa hayoliga psixologik muammosi bor odamlar keladi menimcha. Deyarli hamma kinoda shu narsa tasvirlangan) Shulardan ko'rishga bir nechta tavsiyalar bermoqchiman 1. The Queen's Gambit (2020) Shaxmat dahosi Beth Harmonning bolalikdan jahon chempionligigacha bo‘lgan yo‘li. Psixologiya, intellekt, raqobat, yolg‘izlik va qaramlik haqida. Serial. 7 ta qism. 2. Pawn Sacrifice (2014) Bobby Fischer va Boris Spasskiy o‘rtasidagi tarixiy jahon chempionati. 3. Searching for Bobby Fischer (1993) Yosh shaxmat dahosining rivojlanishi. Iste'dod, bolalik, ota-ona bosimi va g‘alaba uchun yashash. Shaxmat dahosi bo'lgan Fisher hayoti haqida. Daholik, ruhiy bosim va paranoid fikrlash. Fisher oddiy shaxmatni shunchaki yodlash deb hisoblagan, shu sabab o'zining shaxmat usulini yaratgan. Unda donalar turli tartibda bo'ladi, hozir u Chess960 (Fischer Random Chess) deb ataladi 4.The Dark Horse (2014) Haqiqiy voqeaga asoslangan. Ruhiy muammolarga duch kelgan shaxmatchi bolalarga shaxmat o‘rgatib, ularning hayotini o‘zgartiradi. 5. The Dark Horse (2014) Haqiqiy voqeaga asoslangan. Ruhiy muammolarga duch kelgan shaxmatchi bolalarga shaxmat o‘rgatib, ularning hayotini o‘zgartiradi 6. Critical Thinking (2020) Mayamidagi kam imkoniyatli maktab o‘quvchilarining shaxmat orqali AQSh chempionatiga borish hikoyasi 7. Queen of Katwe (2016) Ugandalik qiz Phiona Mutesining haqiqiy hayoti. Qashshoqlikdan shaxmat olamigacha bo‘lgan ilhomlantiruvchi yo‘l 8. Final Boss'lar - Magnus va Kasparov haqida hujjatli filmlar ham Shaxmat olamiga yengil shung'ib olish uchun The Queen's Gambit'dan boshlagan yaxshi. Shaxmatda eng yaxshi yurish eng tezkor yoki eng tajovuzkor yurish emas. Muhimi bir necha yurish oldinni ko‘ra bilish)
1 326
6
Sin texto...
1 867
7
Hayotning qiziq uch paradokslari 1. Mashg'ulotlar seni charchatadi, lekin kuchliroq qiladi. Jismoniy mashqlar vaqtida mushakl
Hayotning qiziq uch paradokslari 1. Mashg'ulotlar seni charchatadi, lekin kuchliroq qiladi. Jismoniy mashqlar vaqtida mushaklar zo'riqadi, energiya sarflanadi, ayrim mushak tolalarida mikroskopik shikastlanishlar yuz beradi. Ammo tiklanish jarayonida organizm moslashadi va mushaklar kuchayadi. Bu adaptatsiya. Teskari ravishda, qanchalik ko'p energiya tejasang, tezroq charchaydigan bo'lasan, shuncha kuchsizlanib boraverasan. 2. Yangi narsalarni o'rganganingda o'zingni bilimsizroq, noqulay his qilasan, lekin aslida bilimliroq bo'lasan. Chunki biror sohani chuqurroq o'rgangan sari uning qanchalik murakkabligini va hali qancha narsani bilmasligingni anglay boshlaysan. Bilimsizlik chegarang kengaygandek tuyuladi, aslida esa bilim doirang kengayotgan bo'ladi) Bu holatni metakognitsiya ya'ni o'z bilim va fikrlash jarayonlarini anglash bilan ham tushuntirish mumkin 3. Qo'rquvga yuzlanganingda o'zingni ojiz his qilishing mumkin, ammo jasorat ortadi. Jasorat qo'rquvning yo'qligi emas. Qo'rquv mavjud bo'lsa ham, unga qaramay harakat qila olishdir. Qo'rqinchli vaziyatlarga bosqichma-bosqich duch kelish esa qo'rquvni boshqarishni o'rganishga yordam beradi. Rivojlanish har doim ham o'zingni yaxshi his qilishingni anglatmaydi. Ba'zan o'sish jarayonining o'zi noqulaylik, charchoq va o'z imkoniyatlaringga shubha bilan kechadi. Faqat har qanday azob yoki noqulaylik ham rivojlanish degani emas. Muhimi to'g'ri yo'nalishdagi, me'yoriy zo'riqish va undan keyingi moshlashish.
2 440
8
GTAning yangi versiyasi chiqibdi Bu vaqtda ming yildan buyon bir xil shaxmatni o'ynaydiganlar va har safar uni juda qiziqarli+1
GTAning yangi versiyasi chiqibdi Bu vaqtda ming yildan buyon bir xil shaxmatni o'ynaydiganlar va har safar uni juda qiziqarli deb hisoblaydigan odamlardan biri bo'l)
2 132
9
Cambridge Dictionary "Human" ya'ni "Inson" so'zini 2026-yil so'zi deb topibdi Bu yil uchun eng mos so'zlardan bir bo'lsa kera+1
Cambridge Dictionary "Human" ya'ni "Inson" so'zini 2026-yil so'zi deb topibdi Bu yil uchun eng mos so'zlardan bir bo'lsa kerak. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt matn yozish, rasm chizish, musiqa yaratish, ilmiy tadqiqotlarda qatnashish va hatto murakkab muammolarni hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ilgari faqat inson bajara oladi deb hisoblangan ko‘plab vazifalarni endilikda algoritmlar ham uddalayapti. Tabiiyki, ko'pchilikda savollar ham paydo bo'lgan. Cambridge Dictionary ta'kidlashicha sun’iy intellekt inson bo‘lish haqidagi tasavvurlarimiz va bu mavzuda ishlatadigan tilimizni ham o‘zgartirmoqda. Masalan, avvallari shunchaki "yozilgan matn" yoki "yaratilgan rasm" deyish yetarli edi. Hozir esa ularning inson tomonidan yaratilganini alohida ta’kidlash zarurati paydo bo‘lmoqda. Sun'iy intellekt asrida haqiqiy inson bo'lish nima ekanini tushunish, mustaqil fikrlash, his qilish va ijodkorlik nima ekanini anglash kerak
4 140
10
O'ngda AQSh tibbiy kitoblari, chapda esa rus tibbiy adabiyotidan misol Ikkalasini ham o'qigan odam sifatida aytaman, AQSh tib
O'ngda AQSh tibbiy kitoblari, chapda esa rus tibbiy adabiyotidan misol Ikkalasini ham o'qigan odam sifatida aytaman, AQSh tibbiy kitoblariga yetadigani yo'q. Illyutsratsiyalar bo'yicha ham, tushuntirishlar, qiziqtira olishlar bo'yicha ham. Nemislarni kitoblari ham yaxshi, ularda ham ancha qiziq illyustratsiyalarni o'qiyman, kitoblari ham ko'p. Rus adabiyotlari asosan yangi uvon olishni rejalashtirgan bir professorni qo'llanmasidek) U senga o'rgatish, tushunarli bo'lishi uchun emas, bilimini maqtanish uchun yozilgandek) Bizda esa haligacha shunday rus adabiyotlari oliygohlarda o'qitiladi Xullas, to'g'ri darslik tanlay olish ham juda muhim. Hozir tibbiyotda yana qaytadan o'qiganimda, hech ikkilanmasdan yana qaytadan AQSh yoki Nemis tibbiy kitoblarini o'qigan bo'lardim
2 343
11
O'zim ko'zoynak taqmayman. Ko'zimni ayamay o'qigan vaqtlarim ham bo'lgan) Lekin hozir ham ko'zim ancha yaxshi ko'radi. Ammo k
O'zim ko'zoynak taqmayman. Ko'zimni ayamay o'qigan vaqtlarim ham bo'lgan) Lekin hozir ham ko'zim ancha yaxshi ko'radi. Ammo kompyuterda ishlaganimda xohlamaymanmi-yo'qmi ko'zim baribir charchaydi. Kompyuter ko'k nuridan himoya qiluvchi maxsus ko'zoynaklarni reklamasida shu ko'z charchashini kamaytirishi, ko‘rish qobiliyatini himoya qilishi va hatto uyqu sifatini yaxshilashi aytishadi. Shu bo'yicha tadqiqotlarni qidirib ko'rgandim. Qisqa qilib aytsam, ilmiy tadqiqotlar ularni foydasiga ishonchli dalil topmagan. 2023-yilda Cochrane tashkiloti 17 ta klinik tadqiqotni tahlil qilgan. Natijalarga ko‘ra, blue-light filter ko‘zoynaklari oddiy linzali ko‘zoynaklarga nisbatan ko‘z charchashini sezilarli kamaytirmaydi. Ko‘rish qobiliyatini ekran nurlaridan himoya qilishi ham isbotlanmagan. American Academy of Ophthalmology ham kompyuter uchun maxsus blue-light ko‘zoynaklarini tavsiya qilmaydi. Aslida, ekran qarshisida uzoq vaqt o'tirganda ko‘z charchashining asosiy sababi ko‘k nur emas. Uzoq vaqt yaqin masofaga qarash, kamroq ko‘z qoqish va ko‘z yuzasining qurishi bunga ko‘proq sabab bo‘ladi. Qimmatga kompyuter ko'zoynak sotib olgandan ko'ra, yaxshisi mana bularni sinab ko'rish kerak: 1. Har 20 daqiqada 20 soniya davomida uzoqroq masofaga qarash 2. Ko‘zlarni tez-tez ochib yopib turish. Ekranga qaraganda ko'zimizni kamroq ochib yopamiz 3. Monitor yorug'imi xona yorug‘ligiga moslashtirish. Xonani qopqorong'u qilib, kompyuter o'ynash yaxshi emas. 4. Monitorni ko‘z darajasidan biroz pastroqda joylashtirish Xullas, chiroyli ramka va blue-light filter yozuvi bor ko‘zoynaklar har doim ham ko‘zlarimiz uchun foydali degani emas. Reklama va ilmiy dalillar orasida ancha katta farqlar ham bo‘ladi. Oddiy shishali ko'zoynaklarni moda qilib taqib yursanglar bo'ladi)
3 001
12
Oxirgi vaqtlarda ko'proq shaxmat o'ynayapman. Har holda maqsadsiz internetda o'tirishdan ancha yaxshi va foydaliroq mashg'ulo
Oxirgi vaqtlarda ko'proq shaxmat o'ynayapman. Har holda maqsadsiz internetda o'tirishdan ancha yaxshi va foydaliroq mashg'ulot) Shaxmat bizga asosiy hayotiy narsalarni o'rgata oladi. O'zi shaxmat aslida hayotning kichik bir modeli desa bo'ladi. Unda har bir qarorning oqibati bor. Ba'zan bitta e'tiborsizlik bilan uzoq vaqt davomida qurgan ustunligingni yo‘qotasan. Ba'zan esa vaziyat qanchalik umidsiz ko‘rinmasin, to‘g‘ri yurish bilan o‘yinga qaytish mumkin. Mag‘lubiyatni qabul qilish. Har doim ham g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Muhimi, yutqazganingdan keyin o‘zingni ayblash emas, xatolaringni tahlil qilish. Sabr-toqat. Shoshqaloqlik ko‘pincha xatoga olib keladi. Ba'zan eng yaxshi yurish - kutish va vaziyatni kuzatish. Oldindan o‘ylash. Har bir yurishdan oldin uning oqibatlarini, raqibning ehtimoliy javoblarini hisobga olish kerak. Mas'uliyat. O‘z yurishing uchun hech kimni ayblay olmaysan. Qarorni o‘zing qabul qilasan va uning oqibatini ham o‘zing ko‘tarasan. Moslashuvchanlik. Rejang har doim ham ishlamaydi. Vaziyat o‘zgarganda, sen ham strategiyangni o‘zgartirishing kerak. Kamtarlik. Qanchalik kuchli o‘yinchi bo‘lma, sendan kuchliroq raqib doim topiladi. O‘rganish esa hech qachon tugamaydi. Bu o'yinda nafaqat raqib bilan, balki o‘zing bilan ham kurashishga majbur bo'lasan. Xo‘sh, reytinglaringiz nechchi?)
2 889
13
O'lim, hayot, inson qadr-qimmati, oila va jamiyatdagi stereotiplar haqida juda yaxshi kino ko'rdim yaqinda. "Biz o‘lim haqida
O'lim, hayot, inson qadr-qimmati, oila va jamiyatdagi stereotiplar haqida juda yaxshi kino ko'rdim yaqinda. "Biz o‘lim haqida gapirishdan qochamiz, lekin u hayotning ajralmas qismi. Uni anglash tirikligimizning qadriga yetishga yordam beradi" Film Oscar mukofotiga sazovor bo'lgan. iMDb - 8/10 Filmni shoshilmasdan, imkon qadar sokin muhitda tomosha qilishni maslahat beraman. Ayniqsa, uning musiqasi va sokin sahnalari juda ta'sirli.
1 975
14
1. "Jismoniy harakat psixologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi." - Robert Greene 2. "Ishonch hech qachon ishonchsiz holatd+5
1. "Jismoniy harakat psixologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi." - Robert Greene 2. "Ishonch hech qachon ishonchsiz holatda qolishga tayyor bo‘lmasak, rivojlana olmaydi" - Dr Julie Smith 3. "Biz ko‘proq ma’lumot iste’mol qilish orqali emas, balki o‘zimizni sinab ko‘rish orqali o‘rganamiz" - Ali Abdaal 4. "Agar butun e’tiboringizni faqat Everest cho‘qqisiga qaratsangiz, unga hech qachon yetib bora olmaysiz" - Dr Yusuf Sahar 5. "Odatni mukammallashtirishdan oldin, avvalo uni shakllantirish kerak" - James Clear 6. "Tayyor bo'lishingizdan oldin boshlang" - Marie Forleo
2 923
15
Agar men har hafta bittadan kitob o‘qisam, butun umrim davomida atigi bir necha mingta kitob o‘qiy olaman. Bu esa katta kutub
Agar men har hafta bittadan kitob o‘qisam, butun umrim davomida atigi bir necha mingta kitob o‘qiy olaman. Bu esa katta kutubxonadagi kitoblarning hatto bir foiziga ham yetmaydi. Demak, qoladigan eng yaxshi yo‘l - qaysi kitoblarni o‘qishni to‘g‘ri tanlash. Iskandariya kutubxonasi tashkil etilganiga 2300 yil bo‘ldi. Shu vaqt ichida yuzga yaqin avlod tug‘ilib, yashab, hayotdan ko‘z yumdi. Agar bilimlar faqat og‘zaki tarzda avloddan avlodga o‘tganida, biz o‘tmish haqida juda kam narsani bilgan bo‘lardik va taraqqiyotimiz ancha sekin kechardi. Chunki og‘zaki uzatiladigan ma'lumotlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi va oxir-oqibat yo‘qolib ketadi. Insoniyat Yer yuzida mavjud bo‘lgan vaqtining 99 foizida odamlar na o‘qishni, na yozishni bilishgan. Bu buyuk ixtiro hali amalga oshirilmagan edi. O‘z tajribamizdan tashqari, biz biladigan deyarli barcha narsalar og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan. O‘nlab, hatto yuzlab avlodlar davomida ma'lumotlar asta-sekin o‘zgarib, buzilib va oxir-oqibat yo‘qolib borardi. Kitoblar esa bularning barchasini o‘zgartirdi. Arzon va hammabop kitoblar bizga o‘tmishni ancha yuqori aniqlikda o‘rganish, insoniyat to‘plagan donishmandlikdan foydalanish imkonini berdi. Ular orqali nafaqat hokimiyatga ega insonlarning, balki jamiyatning boshqa qatlamlari vakillarining ham dunyoqarashini tushunishimiz mumkin. Kitoblar butun sayyoramiz va tariximiz davomida yashab o‘tgan eng buyuk aqllarning tabiatni anglash yo‘lida mashaqqat bilan qo‘lga kiritgan bilimlari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Menimcha, sivilizatsiyamizning sog‘lomligi, tafakkurimizning ravshanligi va kelajakka bo‘lgan qiziqishimizni kutubxonalarimizni qanday asrashimizga qarab baholash mumkin. Oddiy bir taom narxiga sen Rim imperiyasining qulashini va qayta tiklanishini boshdan kechirishing mumkin. Kitoblar istalgan joyda bizga hamroh bo‘la oladi. Biz tushunishga qiynalayotgan joylarda esa sabr bilan kutadi. Murakkab boblarni xohlaganimizcha qayta-qayta o‘qishimiz mumkin Kitob - naqadar hayratlanarli narsa. U daraxtdan yasalgan oddiy, yassi buyum bo‘lib, uning egiluvchan varaqlariga juda ko‘p g‘aroyib qora belgilar bosilgan. Ammo kitobga bir nazar tashlashingiz bilan boshqa bir insonning ovozini eshitasiz va uning xayolot olamiga sayohat qilasiz. Ehtimol, bu inson bundan ming yillar oldin vafot etgandir. O‘qish - vaqt bo‘ylab sayohat qilishdir. Ming yillar oldin yashagan muallif sizning ongingizda go‘yo bevosita siz bilan gaplashadi. Yozuv, ehtimol, insoniyat yaratgan eng buyuk ixtirolardan biridir. U bir-birini hech qachon tanimagan, turli davrlarda yashagan insonlarni o‘zaro bog‘lay oladi. Kitoblar vaqt va makon chegaralarini buzadi. Kitoblar - genlardan miyaga, miyadan kitoblarga qadar davom etgan uzoq evolyutsion sayohatimizning guvohi. Genlardan miyaga, miyadan esa kitoblarga qadar bo‘lgan sayohatimiz hali ham davom etmoqda. - Karl Sagan, Cosmos
2 934
16
Shifokorlar va tibbiyot talabalari ko‘rishi kerak bo‘lgan 10 ta film Tibbiyot universitetida bizga tibbiy bilimlarni o‘rgatis+5
Shifokorlar va tibbiyot talabalari ko‘rishi kerak bo‘lgan 10 ta film Tibbiyot universitetida bizga tibbiy bilimlarni o‘rgatishadi. Ammo yaxshi shifokor bo‘lish faqat kasalliklarni bilish bilan cheklanmaydi. Bemorni tushunish, unga hamdard bo‘lish, murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va inson qadr-qimmatini hurmat qilish ham juda muhim. Bu filmlar tibbiyotga biroz boshqacha nuqtayi nazardan qarashga yordam beradi. Ba'zilarini Stanford Medicine ham tibbiyot va bioetika nuqtayi nazaridan tavsiya qilgan. 1. Awakenings (1990) - Nevrologiya, Parkinsonizm, L-DOPA va tibbiyot imkoniyatlarining chegaralari haqida. Real voqealarga asoslangan. 2. Something the Lord Made (2004) - Yurak jarrohligi tarixidagi muhim kashfiyotlar, innovatsiya va ilmiy hamkorlik haqida. Kardioxirurguyaga qiziquvchilar uchun juda qiziqarli bo'ladi. 3. Wit (2001) - Saraton kasalligi bilan kurashayotgan bemor, uning shifokorlar bilan munosabati va og‘ir vaziyatlarda insoniylikni yo‘qotmaslik haqida. 4. The Doctor (1991) - Bir shifokorning o‘zi bemorga aylanganidan keyin tibbiyotga va bemorlarga munosabati qanday o‘zgarishi haqida. 5. The Diving Bell and the Butterfly (2007) - Locked-in syndrome bilan yashayotgan insonning hayoti, ong va tana o‘rtasidagi murakkab munosabat haqida. 6. Contagion (2011) - Epidemiologiya, viruslarning tarqalishi, pandemiyaga qarshi kurash va jamoat salomatligi haqida. 7. The English Surgeon (2007) - Neyrojarrohning faoliyati, murakkab operatsiyalar va tibbiy imkoniyatlar cheklangan sharoitda qabul qilinadigan qarorlar haqida hujjatli film. 8. The Father (2020) - Demensiya bilan yashayotgan inson dunyoni qanday qabul qilishi, xotira va shaxsiyatning o‘zgarishi haqida. Bemorning holatini uning nuqtayi nazaridan his qilishga yordam beradi. 9. Lorenzo’s Oil (1992) -- Juda kam uchraydigan genetik kasallik, ilmiy izlanishlar va davolash yo‘lida taslim bo‘lmaslik haqida. 10. And the Band Played On (1993) - OIV/OITS epidemiyasining dastlabki yillari, ilmiy hamjamiyat, epidemiologiya va sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar haqida. 11. Patch Adams (1998) - film haqiqiy shifokor Hunter Doherty “Patch” Adams hayotidan ilhomlangan. Unda bemor bilan muloqot, empatiya, hazil-mutoyiba va davolash jarayonida insoniy munosabatlarning ahamiyati ko‘rsatiladi. 12. Gifted Hands: The Ben Carson Story (2009) - film mashhur amerikalik neyrojarroh Ben Carson hayoti haqida. Unda uning og‘ir bolaligi, ta'lim yo‘lidagi qiyinchiliklari va dunyoga mashhur neyrojarrohlardan biriga aylanishigacha bo‘lgan yo‘li tasvirlangan. Bunday filmar kasallikni ortida ham his-tuyg‘ulari, qo‘rquvlari va umidlari bor inson turganini ko'rsatadi. Tibbiyot bilan shug‘ullanadigan har bir inson vaqti-vaqti bilan shunday filmlarni ham ko'rib turishi kerak. Neomind
4 339
17
Bugun tibbiyot xodimlari kuni ekan. Ikki marta bayram qilishga arziydigan kun ekan. Meni oilamda shifokorlar juda ko'p. Bobom
Bugun tibbiyot xodimlari kuni ekan. Ikki marta bayram qilishga arziydigan kun ekan. Meni oilamda shifokorlar juda ko'p. Bobom mashhur jarroh bo'lgan, Moskvada o'qib kelgan. Ilmiy ish yoqlagan. Uyimizda shaxsiy klinikasi ham bor edi. Esimda, ishdan kelib uyda qo'shnilarni ko'rib qo'yardi. Ko'pincha pul ham olmasdi. Buvim ham shifokor. Amakimlar, ammalarim va ikkita tog'am ham kuchli shifokorlar. Yana kimlardir bor. Onamni ham birinchi diplomi hamshiralik, keyin o'qituvchilikka o'qigan. Xullas, meni oilamizdagi yagona shifokor deb o'rnilaridan turib kutib olishmaydi) Bunaqa muhitda tug'ilib o'sganimdan keyin shifkorlikdan boshqa variantni tanlash ham qiyin edi Endi bugun oilaviy guruhimizda nimalar bo'layotganini tasavvur qilaveringlar. Hamma bir-birini tabriklagan. Bir dunyo narsalar yozgan. Shu munosabat bilan men ham barcha shifkorlarni va bo'lajak shifkorlarni tabriklayman. Hozir silarga ko'rish uchun yanxshi kinolardan yozaman)
1 669
18
Bugun tibbiyot xodimlari kuni ekan. Ikki marta bayram qilishga arziydigan kun ekan. Meni oilamda shifokorlar juda ko'p. Bobom mashhur jarroh bo'lgan, Moskvada o'qib kelgan. Ilmiy ish yoqlagan. Uyimizda shaxsiy klinikasi ham bor edi. Esimda, ishdan kelib uyda qo'shnilarni ko'rib qo'yardi. Ko'pincha pul ham olmasdi. Buvim ham shifokor. Amakimlar, ammalarim va ikkita tog'am ham kuchli shifokorlar. Yana kimlardir bor. Onamni ham birinchi diplomi hamshiralik, keyin o'qituvchilikka o'qigan. Bunaqa muhitda tug'ilib o'sganimdan keyin shifkorlikdan boshqa variantni tanlash ham qiyin edi) Endi bugun oilaviy guruhimizda nimalar bo'layotganini tasavvur qilaveringlar. Hamma bir-birini tabriklagan. Bir dunyo narsalar yozgan. Shu munosabat bilan men ham barcha shifkorlarni va bo'lajak shifkorlarni tabriklayman. Hozir silarga ko'rish uchun yanxshi kinolardan yozaman)
1
19
Bugun yana bir yoshga ulg‘aydim. Hali o‘zim yoshman, oldinda o‘rganishim, ko‘rishim va anglashim kerak bo‘lgan narsalar juda
Bugun yana bir yoshga ulg‘aydim. Hali o‘zim yoshman, oldinda o‘rganishim, ko‘rishim va anglashim kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p. Lekin shu paytgacha hayot, insonlar va o‘zim haqimda tushungan ayrim narsalarim bilan bo‘lishmoqchiman. Balki kim uchundir foydasi tegar. 1. Hech qachon o‘rganishdan to‘xtama. Diplom, lavozim yoki yosh insonning qanchalik bilimli ekanini belgilamaydi. Qiziquvchanlikni yo‘qotish esa haqiqiy yo‘qotish. 2. Ko‘p kitob o‘qish aqlli bo‘lib qolganingni anglatmaydi. O‘qiganlaring haqida mustaqil fikrlash, savol berish va o‘z xulosangni chiqarish juda muhim. 3. Hamma bilan yaxshi munosabatda bo‘lish mumkin, lekin hammani hayotingda saqlab qolish shart emas. 4. O'zingni boshqalar bilan solishtirishni kamaytir. Har kimning sharoiti, imkoniyati, boshlang‘ich nuqtasi va hayot yo‘li har xil. Bu poygada faqat kechagi, bugungi va ertangi sen bor. 5. Sog‘liqni yo‘qotmaguningcha uning qadriga yetmasliging mumkin. Uyqu, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va ruhiy xotirjamlikni keyinga qoldirma. 6. Xato qilishdan qo‘rqma. Lekin bir xil xatoni qayta-qayta takrorlab, uni tajriba deb atama. 7. Odamlarni gaplariga qarab emas, ko‘proq harakatlariga qarab bahola. Insonning asl xarakteri qulay vaziyatlarda emas, qiyin paytlarda ko'rinadi. 8. Yolg‘iz qolishdan qo‘rqma. Ba'zan inson o‘zini, nimani xohlashini va qayerga ketayotganini aynan yolg‘izlikda yaxshiroq tushunadi. 9. Har doim ham o‘zingni haq ekaningni isbotlashga urinma. Ba'zan fikring noto‘g‘ri ekanini tan olish yoki o'z haqligingni isbotlashga o'rinmaslik - intellektual yetuklik belgisi bo'ladi. 10. Pul hamma narsani hal qilmaydi, lekin uning yetishmasligi ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun pul bilan munosabatni ham o‘rgan. 11. Ota-onang bilan ko‘proq vaqt o‘tkaz. Ular bilan birga o‘tkazish mumkin bo‘lgan vaqt cheksiz emas. 12. Biror narsaga haqiqatda qiziqib qolgan bo‘lsang, ayaman shuni chuqurroq o‘rgan. Yuzaki bilim ko‘p narsani bilgandek his qildiradi, ammo chuqur bilim qanchalik kam bilishingni ko‘rsatadi. 13. Hamma narsaga munosabat bildirishing shart emas. Ba'zi bahslar, tortishuvlar va vaziyatlardan shunchaki uzoqlashish yaxshiroq. 14. Bizni katta maqsadlarimizdan chalg'itadigan narsalar ko'pincha kichik yutuqlar bo'ladi. Kichik ovunchoqlar uchun katta potensialingni ko'rsatishdan voz kechma. 15. Hayotni faqat kelajakdagi maqsadlar bilan ham bog‘lab qo‘yma. Yaxshi universitetga kirish, ish topish, pul topish yoki boshqa marraga yetish muhim. Ammo shu yo‘lda yashashning o‘zini unutib qo‘yma. 16. Fikringni o‘zgartirishdan uyalma. Yangi dalillar va bilimlar asosida avvalgi qarashlaringdan voz kecha olish zaiflik emas. 17. Odamlarga yaxshilik qil va iloji bo'lsa buning evaziga doimo nimadir kutma. Biroq yaxshilik qilish bilan o‘zingni boshqalarning manfaatlari uchun qurbon qilishni adashtirma. 18. Hayotda hamma narsani nazorat qila olmaysan. Lekin vaziyatlarga qanday munosabatda bo‘lishingni va keyingi qadamingni tanlashing mumkin. 19. O‘zingga tegishli hayotni boshqalarning kutilmalari asosida qurma. Bu hayotda sen yashaysan, ular emas. 20. San'at, musiqa, adabiyot, tarix va tabiatga vaqt ajrat. Inson faqat ishlash, pul topish va kundalik vazifalarni bajarish uchun yashamaydi. Aynana shu vaqtda haqiqiy tiriklikni his qilish mumkin 21. Shoshilma. Ba'zi narsalar vaqt talab qiladi. O‘zing hali erta deb hisoblagan paytingda ham boshqalar bilan bellashishga majbur emassan. 22. Faqat o‘zingga yoqadigan fikrlarni o‘qima. Senga zid qarashlarni ham o‘rgan. Haqiqatni izlash o‘z e'tiqodlaringni himoya qilishdan muhimroq. 23. Insonning qadrini uning kasbi, daromadi, diplomi yoki ijtimoiy mavqeyi bilan o‘lchama. Har bir inson hurmatga loyiq 24. Ko‘proq yoz. Fikrlaringni qog‘ozga tushirish ularni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Ba'zan yozish orqali o‘zing bilmagan narsalaringni ham kashf qilasan 24. Eng muhimi, hayotning ma'nosini faqat katta yutuqlardan izlama. Ba'zan yaxshi suhbat, o‘qilgan kitob, yangi o‘rganilgan narsa, yaqinlaring bilan o‘tkazilgan oddiy kun ham yashashga arziydigan hayotning bir qismi bo'ladi.
1 888
20
"Men doim insoniyat tarixidagi eng go‘zal hikoyalarni sayyor yozuvchilar yoki dramaturglar emas, balki ilm-fan hikoya qiladi,+1
"Men doim insoniyat tarixidagi eng go‘zal hikoyalarni sayyor yozuvchilar yoki dramaturglar emas, balki ilm-fan hikoya qiladi, deb o‘ylaganman. Ilm-fan so‘zlab beradigan voqealar har qanday adabiy asardan ko‘ra ulug‘vorroq, ko‘lamdorroq, qiziqarliroq, teranroq, g‘aroyibroq, dahshatliroq, sirliroq va hatto ta’sirchanroqdir. Faqat bu hayratomuz hikoyalar ko‘pchilik o‘qiy olmaydigan sovuq tenglamalar satrlari orasiga yashiringan. Turli xalqlar va dinlar yaratgan olamning paydo bo‘lishi haqidagi afsonalar Katta portlashning hayratlanarli manzarasi oldida kuchsizlanib qoladi. O‘z-o‘zini ko‘paytira oladigan molekulalardan boshlab butun boshli sivilizatsiyagacha bo‘lgan tirik mavjudotlar evolyutsiyasining uch milliard yillik tarixi shunday voqealar va kutilmagan burilishlarga boyki, hech bir doston unga teng kelolmaydi. Nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasining g‘aroyib subatom olami ham makon va zamon haqida o‘ziga xos bir she’riyatni hikoya qiladi. Kitob: "The Three-Body Problem" Lyu Cixin Bugun ikki karra Nobel mukofoti sohibi, ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan Mariya Kyurining tavallud kuni. Shu munosabat bilan "Radioaktiv" filmini ko'ramiz
2 797