es
Feedback
Milliy markaz (AKIS) RASMIY

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

Ir al canal en Telegram

O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi" Rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @AKISBOT_BOT

Mostrar más
2 915
Suscriptores
+124 horas
+77 días
+1 02230 días

Carga de datos en curso...

Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
julio '26
julio '26
+1 092
en 11 canales
junio '26
+62
en 10 canales
Get PRO
mayo '26
+62
en 7 canales
Get PRO
abril '26
+56
en 11 canales
Get PRO
marzo '26
+26
en 5 canales
Get PRO
febrero '26
+45
en 12 canales
Get PRO
enero '26
+33
en 8 canales
Get PRO
diciembre '25
+48
en 12 canales
Get PRO
noviembre '25
+63
en 8 canales
Get PRO
octubre '25
+28
en 12 canales
Get PRO
septiembre '25
+61
en 9 canales
Get PRO
agosto '25
+51
en 12 canales
Get PRO
julio '25
+50
en 10 canales
Get PRO
junio '25
+63
en 7 canales
Get PRO
mayo '25
+102
en 11 canales
Get PRO
abril '25
+80
en 11 canales
Get PRO
marzo '25
+1 254
en 16 canales
Get PRO
febrero '25
+770
en 14 canales
Get PRO
enero '25
+105
en 14 canales
Get PRO
diciembre '24
+80
en 9 canales
Get PRO
noviembre '24
+1 121
en 11 canales
Get PRO
octubre '24
+97
en 8 canales
Get PRO
septiembre '24
+102
en 9 canales
Get PRO
agosto '24
+73
en 11 canales
Get PRO
julio '24
+68
en 12 canales
Get PRO
junio '24
+64
en 9 canales
Get PRO
mayo '24
+60
en 9 canales
Get PRO
abril '24
+94
en 9 canales
Get PRO
marzo '24
+1 045
en 14 canales
Get PRO
febrero '24
+291
en 18 canales
Get PRO
enero '24
+515
en 7 canales
Get PRO
diciembre '23
+98
en 5 canales
Get PRO
noviembre '23
+28
en 5 canales
Get PRO
octubre '23
+26
en 6 canales
Get PRO
septiembre '23
+99
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+155
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+48
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+16
en 0 canales
Get PRO
mayo '23
+39
en 0 canales
Get PRO
abril '23
+9
en 0 canales
Get PRO
marzo '23
+36
en 0 canales
Get PRO
febrero '23
+16
en 0 canales
Get PRO
enero '23
+26
en 0 canales
Get PRO
diciembre '22
+414
en 0 canales
Get PRO
noviembre '22
+42
en 0 canales
Get PRO
octubre '22
+1 022
en 0 canales
Get PRO
septiembre '22
+15
en 0 canales
Get PRO
agosto '22
+39
en 0 canales
Get PRO
julio '22
+29
en 0 canales
Get PRO
junio '22
+1 055
en 0 canales
Get PRO
mayo '22
+92
en 0 canales
Get PRO
abril '22
+1 255
en 0 canales
Fecha
Crecimiento de Suscriptores
Menciones
Canales
29 julio+6
28 julio+7
27 julio+6
26 julio+1
25 julio+2
24 julio+2
23 julio+2
22 julio+5
21 julio+12
20 julio+3
19 julio0
18 julio+1
17 julio+1
16 julio+1 005
15 julio+1
14 julio+3
13 julio+1
12 julio0
11 julio0
10 julio+3
09 julio+2
08 julio+5
07 julio+2
06 julio+14
05 julio+1
04 julio+2
03 julio+2
02 julio+3
01 julio0
Publicaciones del Canal
🟦🟦 Suv tanqisligi sharoitida qurg‘oqchilikka chidamli sholi navlari yaratilmoqda Suv tanqisligi bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Ana shunday sharoitda asosan suvda yetishtiriladigan sholi ekinini suv tejamkor texnologiyalar asosida parvarish qilish bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan muhim ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Sholi genetikasi va seleksiyasi laboratoriyasi olimlari mahalliy va xorijiy 50 dan ortiq sholi navlarini o‘rganib, qurg‘oqchilikka chidamli yangi navlarni yaratish ustida izlanishlar olib bormoqda. Mazkur tadqiqotlar haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Sanjar Toshpo‘latov agentlikning YouTube sahifasi uchun maxsus videolavha tayyorladi. 📹 Ko‘rsatuvni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://uza.uz/uz/posts/qurgoqchilikka-mos-sholi-navi-yaratilmoqda-video_888355 Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube

2
🟦🟦🟦 💡Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti “Resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish” laboratoriyasining taj
🟦🟦🟦 💡Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti “Resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish” laboratoriyasining tajriba maydonida hosildorlikni oshirish bo‘yicha yangi innovatsion usullardan foydalanmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
430
3
Qo‘shni davlatlar agrar sohada hamkorlik ufqlarini kengaytirmoqda 🇰🇬🇺🇿Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘+5
Qo‘shni davlatlar agrar sohada hamkorlik ufqlarini kengaytirmoqda   🇰🇬🇺🇿Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Qirg‘iziston biznes-forumi ikki mamlakat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. 🌱Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan mazkur tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, ilm-fan va investitsiyalar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi. 📰Biznes-forum doirasida o‘tkazilgan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida kooperatsiyani rivojlantirish” mavzusidagi panel sessiyasida urug‘chilik, kartoshkachilik, sholichilik, zamonaviy agrotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✍️Forumning eng muhim natijalaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Jumladan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda “Qirg‘iz Agroxolding” o‘rtasida urug‘chilik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qirg‘izistonning K. K. Azikov nomidagi dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. 📈 Mazkur hujjatlar yuqori sifatli urug‘lik materiallari almashinuvini kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, yangi navlarni sinovdan o‘tkazish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish uchun mustahkam asos yaratadi. ✅Forum yakunida tashkil etilgan B2B uchrashuvlari esa ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni shakllantirish uchun muhim maydonga aylandi. Bu esa O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasining agrar sohadagi strategik sherikligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
404
4
G‘o‘za hosili bugungi parvarishga bog‘liq: Qashqadaryoda ilmiy yondashuvga asoslangan amaliy seminar o‘tkazildi 🌱Xabar berga+9
G‘o‘za hosili bugungi parvarishga bog‘liq: Qashqadaryoda ilmiy yondashuvga asoslangan amaliy seminar o‘tkazildi 🌱Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishchi tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, hududlardagi g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishmoqda. 📍Tashrif dasturiga muvofiq, Qarshi tumanidagi "Bahodir Nuriddin baraka" fermer xo‘jaligi dala maydonida olimlar, agronomlar, agrar soha mutasaddilari, agroklasterlar vakillari, fermerlar hamda dehqonlar ishtirokida keng qamrovli amaliy seminar tashkil etildi. 🌾 Seminarda ayni kunlarda g‘o‘za parvarishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, sug‘orish va oziqlantirish tizimini to‘g‘ri tashkil etish, shuningdek, "Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni" asosida hosildorlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 🔬 Mutaxassislar har bir dala maydonining tuproq-iqlim sharoiti va g‘o‘zaning rivojlanish fazasidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, o‘simlikni ilmiy asosda parvarishlash hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdilar. Seminar qatnashchilari dala sharoitida olib borilayotgan agrotexnik jarayonlarni bevosita kuzatib, mutaxassislar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🎙Seminarda so‘z olgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bugungi kunda har bir kun va har bir agrotexnik tadbir kelgusi hosil taqdirini belgilashini alohida ta’kidladi. "G‘o‘za yuqori hosilni tasodifan bermaydi. U ilmga asoslangan parvarish, intizom va mehnat natijasida hosil beradi. Bugun dalada yo‘l qo‘yilgan har bir xato kuzda hosilda o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir fermer agronom tavsiyalariga tayanib ishlashi, har bir qarorni ilm asosida qabul qilishi zarur", — dedi vazir. 🗣Shuningdek, vazir bu kabi amaliy seminarlarning asosiy maqsadi faqat nazariy bilim berish emas, balki fermerlarning har bir maydonda to‘g‘ri qaror qabul qilishiga ko‘maklashish, ilmiy ishlanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarishga joriy etish ekanini ta’kidladi. ✅Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga olimlar va mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Ta’kidlanganidek, bunday amaliy muloqotlar fermerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish hamda joriy yilda paxtadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishga xizmat qiladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
352
5
Hosilni saqlash madaniyati — oziq-ovqat xavfsizligining muhim bo‘g‘ini 🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxo+5
Hosilni saqlash madaniyati — oziq-ovqat xavfsizligining muhim bo‘g‘ini 🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyatidagi ishchi tashrifini yakunlab, Qashqadaryo viloyatiga yetib keldi. 📍 Tashrif dasturiga muvofiq vazir Qarshi tumanidagi "Karvon omad savdo" MCHJ tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan sovutgichli ombor faoliyati bilan tanishdi. 📦Ayni paytda omborda 360 tonna sabzi va 400 tonna kartoshka saqlanmoqda. Vazir omborda yaratilgan sharoitlar, mahsulotlarni saqlash jarayonlari hamda ularning sifatini uzoq muddat saqlab qolishga qaratilgan texnologik yechimlarni ko‘zdan kechirdi. 🌡O‘rganishlar davomida mahsulot sifatini saqlash va tabiiy yo‘qotishlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahsulotlarni ortiqcha bosim tushiradigan tarzda taxlamaslik, ular orasida havo erkin aylanishini ta’minlash, ventilyatsiya tizimidan samarali foydalanish hamda harorat va namlik ko‘rsatkichlarini doimiy nazorat qilish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi. ❄️Shuningdek, mavjud saqlash quvvatlaridan samarali foydalanish, zamonaviy saqlash texnologiyalarini keng joriy etish, energiya tejamkor uskunalardan unumli foydalanish hamda barcha saqlash jarayonlarini texnologik talablar asosida tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. 📰 Albatta, hosilni sifatli saqlash — dehqonning mehnatini qadrlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va eksport salohiyatini oshirishning muhim omillaridan biridir. 🟦 Har bir kilogramm mahsulotni isrof qilmasdan iste’molchiga yetkazish va saqlash infratuzilmasini yanada rivojlantirish oldimizdagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
353
6
🟦🟦🟦 Dala o‘quv seminari 💡Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent ilmiy tajriba+1
🟦🟦🟦 Dala o‘quv seminari 💡Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent ilmiy tajriba stansiyasida "Dala o‘quv seminari" bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda Respublika agroxizmatlar markazi Toshkent viloyati mutaxassislari, mahalliy fermerlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari faol ishtirok etmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
485
7
🟦🟦🟦 Istiqbolli yangi kartoshka klonlari baholandi ✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi+1
🟦🟦🟦 Istiqbolli yangi kartoshka klonlari baholandi ✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi 51-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Xalqaro kartoshkachilik markazi – CIP (International Potato Center) bilan hamkorlikda mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, serhosil, ertapishar va kasalliklarga chidamli kartoshka klonlarini yaratish hamda baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. ❗️Mazkur tadqiqotlar doirasida CIPdan keltirilgan 18 ta kartoshka kloni ertagi muddatlarda ekilib, ularning hosildorligi, ertapisharligi, tovarbopligi, tuganak sifati va boshqa muhim xo‘jalik belgilari kompleks ravishda baholandi. 🌱Hosil yig‘ib olingach, institut olimlari va mutaxassislari ishtirokida klonlarning iste’mol sifati bo‘yicha degustatsiya o‘tkazildi. Jarayonda ularning tashqi ko‘rinishi, ta’mi, pishish darajasi, tuzilishi hamda iste’molchilik xususiyatlari atroflicha o‘rganildi. 💡Dastlabki natijalarga ko‘ra, V-6, V-9, C-5 va C-16 klonlari yuqori hosildorligi, ertapisharligi va tovarbop tuganaklari bilan alohida ajralib turdi. Mazkur klonlar mahalliy tuproq-iqlim sharoitida istiqbolli namunalar sifatida e’tirof etildi. 🧪Tadqiqot yakunlari asosida istiqbolli klonlar kartoshka seleksiyasining keyingi bosqichlarida boshlang‘ich seleksiya materiali sifatida tanlab olindi. Kelgusida ular asosida mahalliy sharoitga mos, yuqori hosilli va raqobatbardosh yangi kartoshka navlarini yaratish ishlari davom ettiriladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
465
8
#AGRO_TAVSIYA 1-avgustdan barcha g‘o‘za maydonlariga etefon sepiladimi? Bu yil 1-avgustdan boshlab g‘o‘zaga etefon preparati
#AGRO_TAVSIYA 1-avgustdan barcha g‘o‘za maydonlariga etefon sepiladimi? Bu yil 1-avgustdan boshlab g‘o‘zaga etefon preparati bilan "qaritish" signali berish rejalashtirilgan. Ushbu preparat g‘o‘zadagi yetuk ko‘saklarning tezroq pishib yetilishiga yordam beradi, vegetatsiyani to‘xtatadi va hosilni ertaroq yig‘ib olish imkonini yaratadi. Ammo fermerlarni bir savol o‘ylantirmoqda: 1-avgustdan barcha g‘o‘za maydonlariga yoppasiga etefon bilan ishlov beriladimi yoki har bir maydonning holati inobatga olinadimi? Ushbu muhim savolga qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov aniq javob berdi. 📹 Videoni albatta tomosha qiling va uni tanish fermerlar bilan ham ulashing. Bu ma'lumot ko‘pchilikning xatoga yo‘l qo‘ymasligiga yordam beradi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
672
9
Agrar sohadagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda 🇰🇬🇺🇿Ayni paytda amaliy tashrif bilan Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib tur+2
Agrar sohadagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda 🇰🇬🇺🇿Ayni paytda amaliy tashrif bilan Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi mamlakatimiz agrar soha mutasaddilaridan iborat delegatsiya Qirg‘iz Respublikasi Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari Mirbek Duysheev boshchiligidagi rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. ℹ️Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida shakllangan samarali hamkorlikning bugungi holati tahlil qilinib, uni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. 🥔Xususan, kartoshkachilik tarmog‘ini rivojlantirish, yuqori reproduksiyali urug‘lik materiallarini yetishtirish va o‘zaro yetkazib berish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 🗣Shuningdek, sholichilik sohasida tajriba almashish, O‘zbekiston seleksiyasiga mansub navlarni Qirg‘iz Respublikasi hududlarida sinovdan o‘tkazish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, shuningdek, "Do‘stlik bog‘i" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududni obodonlashtirish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va mevali daraxt ko‘chatlarini ekishga tayyorgarlik jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida tomonlar agrar sohadagi hamkorlikni yanada faollashtirish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni kengaytirish hamda qo‘shma tashabbuslarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishdilar. Bu esa O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
472
10
“Ispaniya–S5+Ozarbayjon” xalqaro forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi 🇺🇿🇪🇸Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi+4
“Ispaniya–S5+Ozarbayjon” xalqaro forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi 🇺🇿🇪🇸Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Ispaniya Qirolligining mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. ❕Muloqot chog‘ida joriy yil poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ispaniya–S5+Ozarbayjon” xalqaro forumiga tayyorgarlik ishlari hamda uni yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi. 🤝 Ta’kidlanganidek, mazkur forum agrar sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, investorlar va ishbilarmon doiralar uchun yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, investitsiya loyihalarini ilgari surish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni jalb qilishda muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. 🗣Shuningdek, uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasiga ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish, suv tejamkor texnologiyalar, intensiv bog‘dorchilik, oziq-ovqat sanoati hamda agrar ta’lim yo‘nalishlarida Ispaniyaning ilg‘or tajribasini o‘rganishda mazkur forumning ahamiyati xususida ham  fikr almashildi. Tomonlar mazkur forum O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida agrar sohadagi sheriklikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
452
11
🟦🟦🟦 🌻KUNGABOQARDA GETEROZISGA ASOSLANGAN YANGI DURAGAYLAR YARATILMOQDA 🏛Milliy markaz tizimidagi O'simliklar genetik res
🟦🟦🟦 🌻KUNGABOQARDA GETEROZISGA ASOSLANGAN YANGI DURAGAYLAR YARATILMOQDA 🏛Milliy markaz tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan kungaboqar (Helianthus annuus L.) seleksiyasida serhosil va istiqbolli geterozis duragaylarini yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
586
12
O‘zbekiston va Eron agrar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi 🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshidjo+4
O‘zbekiston va Eron agrar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi 🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshidjon Abduzuxurov Eron Islom Respublikasi Qishloq xo‘jaligi jihodi vazirining o‘simlikchilik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Majid Anjafiy bilan video-konferensiya shaklida muloqot o‘tkazdi. 🕊 Uchrashuv avvalida Eron tomoniga minnatdorlik bildirilib, Eron xalqiga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tilandi. 📰 Muloqot davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi agrar hamkorlik, mavjud loyihalar hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. 🚜 Tomonlar o‘simlikchilik, urug‘chilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, baliqchilik, shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi texnikalari va innovatsion yechimlar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar. 🔬 Shuningdek, ilmiy tajriba almashinuvi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar va ilg‘or texnologiyalar almashinuvini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 📌 Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
494
13
🟦🟦 📹 "Oʻzbekiston 24" telekanalida "Prezidentimiz ixtiro qilgan paxta terish mashinasi haqida eksklyuziv kadrlar va 100 yi
🟦🟦 📹 "Oʻzbekiston 24" telekanalida "Prezidentimiz ixtiro qilgan paxta terish mashinasi haqida eksklyuziv kadrlar va 100 yillik "paxta qulligi"ga nuqta" sarlavhasi bilan maxsus koʻrsatuv efirga uzatildi. 📺Koʻrsatuvda Prezidentimiz tomonidan paxta yakkahokimligiga barham berish, qoʻl mehnatini kamaytirish maqsadida paxta terish mashinasini takomillashtirish boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar, paxtani faqat tola sifatida emas, balki tayyor mahsulot sifatida jahon bozoriga olib chiqish, qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, shuningdek, mamlakat tarixida ilk bor xorijiy serhosil gʻoʻza navlarini ekishga ruxsat berilgani va bu islohotlarning bugungi natijalari haqida hikoya qilinadi. 📱Ushbu koʻrsatuvni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
763
14
🟦🟦🟦🟦🟦 O‘zbekiston tuproqshunos olimlari Xitoydagi nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etmoqda 🗓 Shu kunlarda+2
🟦🟦🟦🟦🟦 O‘zbekiston tuproqshunos olimlari Xitoydagi nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etmoqda 🗓 Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Agroekologik atrof-muhitni muhofaza qilish instituti tashabbusi bilan "Voha qishloq xo'Jaligining iqlim o'zgarishiga chidamliligi va barqaror rivojlanishi" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tyapti. Ushbu nufuzli anjumanda Milliy markaz tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh olimlari ham faol ishtirok etmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
591
15
Xazarbog‘ tajriba maydoni: kelajak hosili bugun yaratilmoqda 📌 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo vil+6
Xazarbog‘ tajriba maydoni: kelajak hosili bugun yaratilmoqda 📌 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrifi davomida Denov tumanida joylashgan Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining Xazarbog‘ tajriba uchastkasida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan tanishdi. 🌲 98,3 gektar maydonni egallagan tajriba uchastkasida paxtachilikda yuqori natijalarga erishishga qaratilgan yangi yondashuvlar, zamonaviy agrotexnologiyalar va istiqbolli navlar sinovdan o‘tkazilmoqda. 🌿 Uchastkaning 25 gektar maydonida Shinjon texnologiyasi asosida xorijiy paxta navlari yetishtirilmoqda. Mutaxassislarning ma’lumot berishicha, g‘o‘zaning rivojlanish holati yaxshi bo‘lib, mavsumiy agrotexnik tadbirlar belgilangan tartibda olib borilmoqda. 🧪 Jumladan, g‘o‘za pishishini boshqarish maqsadida 1-avgustdan Etefon qo‘llash, hosilni sifatli yetishtirish jarayonining keyingi bosqichida esa Aguron preparati bilan ishlov berish rejalashtirilgan. 📚 Tajriba uchastkasida “Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 qonuni” tamoyillari asosida agrotexnik tadbirlar tashkil etilgan. Mazkur yondashuv o‘simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda parvarish ishlarini olib borish, mavjud resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. 🤝 Tashrif davomida vazir ilmiy xodimlar va olimlar bilan uchrashib, paxtachilikda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, tajriba natijalarini ishlab chiqarishga keng tatbiq qilish hamda hosil sifati va samaradorlikni oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. 💬 Albatta, ilmiy izlanishlar natijasini dalada ko‘rsatishi, amaliyot esa yangi ilmiy yechimlar uchun asos bo‘lishi kerak. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
511
16
Ilmiy muassasalar agroklasterlar va fermer xo‘jaliklariga namuna bo‘la olyaptimi? Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovats+8
Ilmiy muassasalar agroklasterlar va fermer xo‘jaliklariga namuna bo‘la olyaptimi? Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda aynan shu savol kun tartibidagi eng dolzarb masalaga aylandi. Milliy markaz rahbari raisligida o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 341-sonli qarori ijrosi doirasida ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-tajriba stansiyalarining ishlab chiqarish faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Institutlar va ilmiy-tajriba stansiyalari direktorlari hamda ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining hisobotlari eshitilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Muhokamalarda boshoqli don hosildorligi asosiy mezonlardan biri sifatida ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda respublikadagi ilg‘or fermer xo‘jaliklari gektaridan 90–100 sentner va undan ortiq hosil olayotgan bir paytda, ayrim ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ilmiy-tajriba stansiyalarida hosildorlikning 45–50 sentner atrofida qolayotgani keskin tanqid qilindi. Qayd etilganidek, agrar soha rivojiga ilmiy asos yaratishi lozim bo‘lgan ilmiy muassasalar nafaqat ilmiy izlanishlar olib borishi, balki yangi agrotexnologiyalarni amaliyotda namoyish etadigan, agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun ilg‘or tajriba maktabiga aylanishi zarur. Ilm-fan ishlab chiqarishdan ortda emas, uning oldida yurishi kerakligi alohida ta’kidlandi. Milliy markaz rahbari ilmiy muassasalar faoliyatiga, eng avvalo, amaliy natija asosida baho berilishi lozimligini qayd etdi. “Bugun fermer xo‘jaliklari 90–100 sentner hosil olayotgan bir paytda, agrar soha rivojiga ilmiy asos yaratishi kerak bo‘lgan ilmiy muassasalarda 45–50 sentner hosildorlik qayd etilayotganini qanday izohlash mumkin? Ilmiy muassasa fermer ortidan emas, uning oldida yurishi, o‘z dalasidagi natijasi bilan ishonch uyg‘otishi va agroklasterlar hamda fermer xo‘jaliklari uchu namuna bo‘lishi kerak.” Hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar amaldagi natijalar bilan taqqoslanib, ayrim muassasalarda yer maydonlaridan samarali foydalanilmagani, agrotexnik tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilmagani, ishlab chiqarishni tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani hamda buning hosildorlikka salbiy ta’siri keskin tanqid qilindi. Shu bilan birga, ilmiy muassasalar faoliyatida yashirin iqtisodiyotga, norasmiy hisob-kitoblar va moliyaviy intizom buzilishlariga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik zarurligi alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, har bir gektar yer, yetishtirilgan har bir kilogramm mahsulot va olingan har bir so‘m daromad to‘liq, shaffof hamda qonuniy hisobga olinishi shartligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
619
17
Dalada ilm gapirdi: Jarqo‘rg‘onda fermerlar uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi 🌱Avval xabar berganimizdek, ishchi tashrif bi+9
Dalada ilm gapirdi: Jarqo‘rg‘onda fermerlar uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi 🌱Avval xabar berganimizdek, ishchi tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Abduxalil Faz Baraka" fermer xo‘jaligining dala shiyponida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda fermer va dehqonlar, agrar soha mutaxassislari hamda olimlar qatnashdi. 📚Seminarning asosiy mavzusi "Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni" bo‘lib, unda paxtadan yuqori va sifatli hosil olishning ilmiy asoslangan yondashuvlari atroflicha muhokama qilindi. 🔬 Tadbir davomida har bir qonunning mazmun-mohiyati mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirilib, ularning ilmiy asoslari, amaliyotda qo‘llash usullari hamda hosildorlikka ko‘rsatadigan ta’siri aniq misollar bilan izohlab berildi. Shuningdek, mavjud dala sharoiti asosida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. 🌍 Seminarda nafaqat paxtachilikka oid ilmiy yondashuvlar, balki bugungi kunda butun dunyo uchun dolzarb bo‘lgan ekologik va global muammolar ham muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, dalalarda qoldirilayotgan plastik chiqindilarning vaqt o‘tishi bilan mikroplastiklarga aylanishi, ularning tuproq unumdorligiga salbiy ta’siri, suv va oziq-ovqat zanjiri orqali inson salomatligi uchun tug‘diradigan xavflari haqida atroflicha ma’lumot berildi. 🟡Shu bilan birga, antibiotiklarga chidamlilik kabi jahon miqyosidagi dolzarb masalaga ham alohida e’tibor qaratildi. Seminar ishtirokchilariga mahalliy olimlar tomonidan g‘o‘za parvarishida kremniyli o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi ilmiy tavsiyalar taqdim etildi. Qayd etilganidek, ilgari asosan meva-sabzavot ekinlarida qo‘llanilgan mazkur texnologiyaning paxtachilikda ham yuqori samara berishi ilmiy tadqiqotlar orqali isbotlangan. 🚜 Seminarning eng muhim jihati nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘unlashganida namoyon bo‘ldi. Ishtirokchilar fermer xo‘jaligining paxta maydonlarini bevosita ko‘zdan kechirib, seminarda bildirilgan ilmiy tavsiyalarning amaldagi natijalari bilan tanishdilar. Mutaxassislar har bir agrotexnik jarayon yuzasidan amaliy tushunchalar berib, fermerlarni qiziqtirgan savollarga joyida javob qaytardilar. ✅Paxta maydonida to‘g‘ri amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar vazirga ma’qul keldi. Shunday bo‘lsa-da, etefon va aguron bilan o‘z vaqtida ishlov berish lozimligi alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, bugungi kunda qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishishning asosiy omili faqat mehnat hajmini oshirish emas, balki ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy agrotexnik yechimlarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etish hisoblanadi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
492
18
🟦🟦🟦🟦🟦 Iordaniyada yer va suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha xalqaro seminar 🗓Shu kunlarda Iordaniya Hoshimiy+3
🟦🟦🟦🟦🟦 Iordaniyada yer va suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha xalqaro seminar 🗓Shu kunlarda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligida Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) tomonidan “Ekotizim xizmatlarini baholash, yomg‘ir suvlarini yig‘ish va yerlarni qayta tiklash monitoringi” mavzusida mintaqaviy salohiyatni oshirish seminari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur seminar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalanish va yerlarni tiklash bo‘yicha ta’sir dasturi” doirasida tashkil etilgan. 📌Seminarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo‘lim boshlig‘i, biologiya fanlari doktori O'lmasboy Sobitov va Markaz tizimidagi ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan bir guruh olimlar ham ishtirok etmoqda. O‘quv dasturi davomida ishtirokchilar ekotizim xizmatlarini baholash, yomg‘ir suvlarini yig‘ish va ulardan samarali foydalanish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, tabiiy resurslar monitoringini tashkil etish hamda iqlim o‘zgarishi sharoitida qurg‘oqchil hududlarda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha ICARDAning ilg‘or tajribalari bilan tanishmoqda. 🗣Mazkur xalqaro seminar davomida olingan bilim va amaliy tajribalar O‘zbekistonda yer va suv resurslarini barqaror boshqarish, yer degradatsiyasining oldini olish hamda iqlim o‘zgarishiga mos innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
620
19
🟦🟦🟦 Malakasini oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi 🌱Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqa+2
🟦🟦🟦 Malakasini oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi 🌱Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tashkil etilgan "Asosiy ekinlar dehqonchiligi va agrotexnologiyalarini rivojlantirish" yo‘nalishidagi bir haftalik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi. 🌱O‘quv dasturi davomida tinglovchilar asosiy ekinlarni yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalari, resurslarni samarali boshqarish, innovatsion yondashuvlar, ilg‘or agrotexnik tadbirlar hamda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladi. 👨‍🏫Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi. O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarning o‘zlashtirish darajalari baholandi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi malaka oshirish sertifikatlari topshirildi. ✅Mazkur malaka oshirish kurslari qishloq xo‘jaligi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda sohada yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
772
20
Paxtachilikda sifat, intizom va ilmiy yondashuv — yuqori hosildorlik garovi 🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov+9
Paxtachilikda sifat, intizom va ilmiy yondashuv — yuqori hosildorlik garovi 🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, paxta parvarishi holati hamda agrotexnik tadbirlarning borishini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. ✅Tashrif davomida vazirga Paxtachilik kengashi a’zolari, vazirlikning tizim tashkilotlari rahbarlari hamrohlik qilmoqda. 📰 Dasturga muvofiq, dastlab Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” hamda “Qoraxon Paxtakor” fermer xo‘jaliklarining paxta dala maydonlari ko‘zdan kechirildi. 🌲 Dalalarda g‘o‘zaning rivojlanish holati, agrotexnik tadbirlarning sifati, sug‘orish, oziqlantirish va zararkunandalarga qarshi kurash ishlari joyida tahlil qilindi. 🟦 Vazir o‘z navbatida, Surxondaryo vohasida paxtachilikning boy tajribasi va an’analari mavjudligini ta’kidlab, bugungi iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka erishish uchun agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda va o‘z vaqtida bajarish muhimligini qayd etdi. 🌱 Ayniqsa, g‘o‘zaning har bir rivojlanish bosqichida o‘simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda parvarish yuzasidan amaliy tavsiyalarini berdi. 🟦 Shundan so‘ng “Qoraxon Paxtakor” fermer xo‘jaligi dala maydonida tuman fermerlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. ➡️ Seminar davomida vazir bevosita daladagi g‘o‘za namunalarini tahlil qilib, o‘simlikning hozirgi holati, hosil elementlari, vegetativ va generativ rivojlanish jarayonlari xususida tushuntirish berdi. 📰 Shuningdek, "Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni"ning mazmun-mohiyati fermerlarga amaliy misollar orqali tushuntirildi. 🔸 Mazkur tamoyillarga qat’iy amal qilish o‘simlikning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash, oziqa moddalari va suvdan samarali foydalanish, kasallik hamda zararkunandalar xavfini kamaytirish, natijada esa yuqori va sifatli hosil olishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 💬Seminar yakunida fermerlarning savollariga javob berildi, mavjud muammolar yuzasidan tavsiyalar bildirildi hamda har bir dala sharoitidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlarni ilmiy tavsiyalar asosida tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
495