O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi
Ir al canal en Telegram
O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'zbekiston qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasining Rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @anvarhakberdiyev
Mostrar más2 281
Suscriptores
-1524 horas
-1087 días
-1 13830 días
Archivo de publicaciones
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
+9
O‘zbekiston–Eron: agrar sohada uzoq muddatli hamkorlik sari muhim qadam tashlandi
🇺🇿🇮🇷Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi doirasida ikki mamlakat ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🌱Unda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud aloqalarni tizimli asosda rivojlantirish hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
📋 Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida uzoq muddatli dastur ishlab chiqish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va biznes vakillari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov eronlik tadbirkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilayotganini ta’kidlab, ularni mamlakatimizda faoliyat yuritishi va yangi loyihalarni amalga oshirishi uchun vakolat doirasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.
🇮🇷O‘z navbatida, Eron Islom Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri G‘ulomrizo Nuri bugungi biznes-forum ikki mamlakat vakillari uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim muloqot maydoni ekanini ta’kidladi.
✅Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Eron Islom Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida ishchi guruh yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi. Shuningdek, bir qator yo’nalishlarda hamkorlik bitimlari imzolandi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Repost from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
+9
O‘zbekiston–Eron biznes-forumi: qishloq xo‘jaligida hamkorlik mustahkamlanmoqda
🇺🇿🇮🇷Ayni paytda poytaxtimizdagi “Azimut” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston–Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
👥 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Eron Islom Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri G‘ulomrizo Nuri boshchiligidagi rasmiy delegatsiya, shuningdek, tegishli vazirlik va tashkilotlar vakillari hamda 100 nafardan ortiq yirik tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etmoqda.
🗣Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov nutq so‘zlab, agrar sohani rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ularni mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish va amaliyotga joriy etish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
✍️Shuningdek, Eronning qishloq xo‘jaligi sohasida to‘plagan tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va amaliy yechimlaridan foydalanish ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.
“Bugungi biznes-forum ikki davlat ishbilarmon doiralari uchun tajriba almashish, yangi loyihalarni muhokama qilish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon”, — deya ta’kidladi Ibrohim Abdurahmonov.📌 Forumda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilinmoqda. ✅ Jumladan, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksportini rivojlantirish, logistika infratuzilmasini takomillashtirish, urug‘chilik va chorvachilik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
+2
🟦🟦🟦
Hozir "to‘qsonbosti" ekkan dehqonning hamyoni bahorda pulga to'ladi!
📍Bugun Navoiy viloyatining Karmana tumanida to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Milliy markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Navoiy ilmiy-tajriba stansiyasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.
✔️Tadbir davomida ishtirokchilarga to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyasi, ekinlarni joylashtirish, ekish muddatlari, urug‘lik me’yorlari, parvarishlash, oziqlantirish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi.
➡️Shuningdek, seminar qatnashchilariga to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish agrotexnologiyasiga oid ilmiy-uslubiy qo‘llanma materiallar tarqatildi.
🤝Seminar yakunida fermer xo‘jaliklari va soha mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashilib, to‘qsonbosti usulini hududlarda keng joriy etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
+1
🟦🟦🟦
2027-yil g'alla hosili uchun ekish ishlari boshlandi
🏢Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida 2027-yil hosili uchun g‘alla ekinlarining maqbul agrotexnologiyalarini aniqlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar boshlandi.
📌Tadqiqotlar doirasida, avvalo, hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, g‘alla urug‘larini ekishning optimal me’yorlarini ilmiy jihatdan asoslashga e’tibor qaratilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
+3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Urugʻmevali bogʻlarni fitopatogenlardan himoyalash bo'yicha Belorus tajribasi!
🔬Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda Belarus Respublikasining ilmiy tashkilotlari hamkorligida urug‘mevali bog‘larda fitopatogen mikroorganizmlarni o‘rganish va ulardan himoyalanishning samarali agrotexnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan qo‘shma ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.
✔️Mazkur xalqaro hamkorlik fitosanitar xavfsizlikni mustahkamlash, ilg‘or ilmiy tajribalarni o‘zaro almashish va urug‘mevali bog‘larni kasalliklardan himoyalashning zamonaviy yondashuvlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
+2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Chorvachilikdan mexanizatsiyagacha: O‘zbekiston va Eron agrar hamkorlikni kengaytirmoqda
🇺🇿🇮🇷Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston–Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Ikki mamlakat agrar soha vakillari, tadbirkorlar va biznes doiralari ishtirokidagi forum qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni muhokama qilish hamda mavjud kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
ℹ️Forumda ishtirok etish uchun Eron Islom Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri G‘ulomrizo Nuri O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
✍️Forum arafasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov eronlik hamkasbi bilan uchrashdi. Unda ikki mamlakat agrar sohadagi hamkorligini rivojlantirish, istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
🟦🟦
📰"Yangi O'zbekiston" gazetasida Qishloq xo'jaligi vazirligi departamenti direktori Jamoliddin Boboxonovning "Ilm-fan kelajak hosiliga aylanmoqda" sarlavhali maqolasi chop etildi.
✔️Maqolada, paxta g‘uzapoyasidan samarali foydalanishning yangi imkoniyatlari, qishloq xo‘jaligi chiqindilarini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlab, ulardan foydali mahsulotlar olish, xususan, piroliz jarayoni orqali biochar ishlab chiqarish va undan tuproq unumdorligini oshirishda foydalanish istiqbollari yoritilgan.
Batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:⬇️⬇️⬇️
https://online.pubhtml5.com/pzptp/mpso/
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
+3
🟦🟦🟦
Tozalik — umumiy ma'suliyat!
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan atrof-muhit tozaligini saqlash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan o‘ziga xos tashabbus amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbusda Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
🟦🟦🟦
Innovatsion texnologiyalar asosida mevali payvantaglar yetishtirish va payvandlash bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar
📍 Milliy markaz tizimidagi akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasining "Hosildor Zamin" zamonaviy bog‘dorchilik majmuasida "Innovatsion texnologiyalarda mevali payvantaglar yetishtirish va payvand qilish texnalogiyasi" mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida mevali payvandtaglarning intensiv bog‘dorchilikdagi ahamiyati, ularni yetishtirishning zamonaviy usullari hamda payvandlash texnologiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi.
🧬 Mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasining imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilib, o‘simlikning kurtak va to‘qima qismlarini maxsus steril oziqa muhitida ko‘paytirish, hosil bo‘lgan nihollarni issiqxona sharoitiga moslashtirish jarayonlari haqida tushuntirishlar berildi. Mazkur yondashuv qisqa muddatda sog‘lom va sifatli ko‘chat materiallari yetishtirish imkonini berishi alohida ta'kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘iston hududining atigi 20 foizida geologiya ishlari o‘tkazilgan. Yirik investorlar kelayotgan bir paytda xomashyo zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Xitoylik investor Qorao‘zakdagi “Urusoy” koniga 33 million dollar sarmoya va texnologiya olib kirib, 200 gektarda 4 tonna oltin zaxirasini aniqlagan. Bu yerda 320 ta ish o‘rni yaratilgan.
Bir oyda investorlar ko‘targan masalalarni hal qilib, 1 ming ish o‘rniga ega oltin qazib olish va qayta ishlash klasterini tashkil etish, kompleks geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqib, konlar zaxiralarini qayta baholash topshirildi.
Qo‘ng‘irotdagi “Borsa kelmas” konidan har yili 1 million tonna texnik tuz qayta ishlanmasdan sotilmoqda. Bo‘zatovdagi “Kuskanatau” konida mirabilitni qayta ishlab, yiliga 45 ming tonna natriy sulfat, astraxanitdan esa magniy sulfat olish mumkin.
Germaniya kompaniyasi Beruniydagi kvarsit koniga 30 million dollar kiritib, kristall kremniy ishlab chiqarish va yiliga 25 million dollarlik eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Jahon bozorida bir tonna kristall kremniy 5,5 ming dollar turadi.
Kimyo sanoati mutasaddilariga dastlabki 400 million dollarlik rejaga qo‘shimcha 200 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish va 5 ming ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Iqlim o‘zgarishi sharoitida havoga chiqariladigan issiqxona gazlarini kamaytirish dolzarb masala ekani ta’kidlandi.
“Yashil” energiyani “karbon kredit”ga aylantirish Qoraqalpog‘istonga yiliga kamida 50-100 million dollar daromad olib kelishi mumkin.
Mutasaddilarga bir oyda “karbon kredit” mexanizmini Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yish, Yaponiya, Koreya, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Avstraliya kabi yirik importyor davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi.
“Karbon kredit” eksportidan tushadigan mablag‘lar infratuzilma uchun ajratilayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘ladi va Qoraqalpog‘istonning o‘zida qoladi.
Yirik xorijiy kompaniyalar “o‘rmon karbon krediti” tizimi orqali ekologik vaziyati og‘ir hududlarda daraxt ekishni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar bildirmoqda.
Yil yakunigacha Orolning 50 ming gektar maydonida “o‘rmon karbon krediti” dasturini boshlash vazifasi qo‘yildi.
Facebook|Instagram|X
+2
🟦🟦🟦
Andijonda serhosil piyoz navlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy tajribalar o‘tkazilmoqda
🏢Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida hudud iqlimiga mos, serhosil hamda kasalliklarga chidamli piyoz yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda.
✅Tajribalar davomida ekinni parvarishlashning maqbul agrotexnologiyalari sinovdan o‘tkazilib, hosildorlikni oshirish va sifatli urug‘chilikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Qoraqalpog‘istonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va To‘rtko‘lda har biri 2 ming o‘rinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi.
Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 million dollar hisobiga A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplamaga o‘tkazildi. Kecha yo‘lning To‘rtko‘l, Ellikqal’a va Beruniydan o‘tgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati 233 million dollar.
Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. To‘rtko‘lga kirgan yuklar Qozog‘iston chegarasiga bir sutka o‘rniga 10 soatda yetib boradi.
Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.
“Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p.
Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.
2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi.
Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.
So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.
Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Rasmiy axborot
❗️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
+9
🟦🟦🟦
Milliy markazda navbatdagi ma’rifat soati o‘tkazildi
📆 Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida markaz xodimlari hamda tizim tashkilotlari vakillari ishtirokida navbatdagi ma’rifat soati tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, olimlar va tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
✔️Kun tartibidan Milliy istiqlol g'oyasi, prezidentimizning Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifi hamda qishloq xo‘jaligining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan g‘o‘za yetishtirishning 8 ta asosiy qonuniyati bilan bog‘liq masalalar o‘rin oldi.
🗣Tadbirni Milliy markaz ilmiy kotibi Suhrob Matyoqubov kirish so‘zi bilan ochib, ma’rifat soatining asosiy maqsad va vazifalari, unda muhokama qilinadigan masalalarning bugungi kun uchun dolzarbligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ilm-fan, ma’rifat va amaliy tajriba almashinuvi xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidladi.
🌱Ma'rifat soati avvalida Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor O. Ostonov tomonidan Mustaqillik bayrami munosabati bilan tayyorlangan maxsus taqdimot ishtirokchilarga namoyish etildi. Taqdimot davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fan, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan natijalar hamda xalqimiz hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🇺🇿🇰🇷Taqdimotning asosiy mavzusi Prezidentimizning Janubiy Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi va qishloq xo'jaligi sohasida O‘zbekiston–Koreya munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan hamkorlik kelishuvlari bo'ldi.
📌Ma'naviyat soati davomida g‘o‘za yetishtirishning 8 ta asosiy qonuniyati haqidagi mavzu yuzasidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Bahodir Holiqov va Feruza Xasanovalar so‘zga chiqib, g‘o‘za yetishtirish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan muhim agrotexnik talablarni batafsil tushuntirib berdi.
📎Bunday ma’rifiy uchrashuvlar fuqarolik jamiyatining shakllanishida, ijtimoiy faollikni oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Xalqaro ilmiy hamkorlik: Qozog‘istonda “Dala kuni” seminari
🇰🇿Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida Paxtachilik va polizchilik qishloq xo‘jaligi tajriba stansiyasi tomonidan tashkil etilgan “Dala kuni” xalqaro ilmiy-amaliy seminarida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari Abror Qurbonov ishtirok etdi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
+2
🟦🟦🟦
Ko‘chma mashg‘ulotlar ishtirokchilari laboratoriyaga tashrif buyurdi
✔️O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamkorligida "Agrokimyo, raqamli monitoring va o‘g‘itlashda zamonaviy yondashuvlar moduli"bo‘yicha ko‘chma mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
➡️Ana shunday mashg'ulotlardan navbatdagisi "Tuproq tahlil markazi" davlat muassasida tashkil etildi. Mashg'ulot qatnashchilari sinov laboratoriyadagi zamonaviy texnologiyalarning imkoniyatlari va tuproq tahlil jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
📱WEB | 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook |📱Youtube
