ar
Feedback
Milliy markaz (AKIS) RASMIY

Milliy markaz (AKIS) RASMIY

الذهاب إلى القناة على Telegram

O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi" Rasmiy telegram kanali Murojaat uchun: @AKISBOT_BOT

إظهار المزيد
1 892
المشتركون
+224 ساعات
-47 أيام
-1330 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+4
في 7 قنوات
يونيو '26
+62
في 10 قنوات
Get PRO
مايو '26
+62
في 7 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+56
في 11 قنوات
Get PRO
مارس '26
+26
في 5 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+45
في 12 قنوات
Get PRO
يناير '26
+33
في 8 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+48
في 12 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+63
في 8 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+28
في 12 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+61
في 9 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+51
في 12 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+50
في 10 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+63
في 7 قنوات
Get PRO
مايو '25
+102
في 11 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+80
في 11 قنوات
Get PRO
مارس '25
+1 254
في 16 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+770
في 14 قنوات
Get PRO
يناير '25
+105
في 14 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+80
في 9 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+1 121
في 11 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+97
في 8 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+102
في 9 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+73
في 11 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+68
في 12 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+64
في 9 قنوات
Get PRO
مايو '24
+60
في 9 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+94
في 9 قنوات
Get PRO
مارس '24
+1 045
في 14 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+291
في 18 قنوات
Get PRO
يناير '24
+515
في 7 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+98
في 5 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+28
في 5 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+26
في 6 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+99
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+155
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+48
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+16
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+39
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+9
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+36
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+16
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+26
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+414
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+42
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+1 022
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+15
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+39
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+29
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+1 055
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+92
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+1 255
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
03 يوليو+1
02 يوليو+3
01 يوليو0
منشورات القناة
✨✨✨✨ 🌱 Mahalliy seleksiya yutug‘i: ko‘sak qurti va glifosatga chidamli "Ravnaq-1 Bt” yangi  g’o’za navi yaratildi ✅O‘zbekiston olimlari paxtachilikda yana bir muhim ilmiy yutuqqa erishdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan mahalliy "Ravnaq-1" g‘o‘za naviga ko‘sak qurtiga chidamlilikni oshiruvchi Bt geni kiritilib, yangi Bt-genli g‘o‘za navi yaratildi.
🟢Uch yil davom etgan ilmiy tadqiqotlar va laboratoriya sinovlaridan so‘ng ushbu nav joriy yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi "Sanjarbek Jo‘rayev" fermer xo‘jaligining 4 gektar maydonida ochiq dala sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda. Mazkur ishlanma g‘o‘za hosilini zararkunandalardan himoya qilish samaradorligini oshirish, pestitsidlar qo‘llanilishini kamaytirish hamda mahalliy seleksiya salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
➡️ Eng muhimi, Bt-genli g‘o‘za navlarining mahalliy sharoitda yaratilishi kelgusida xorijdan g‘o‘za urug‘larini import qilish hajmini qisqartirish, ichki ehtiyojni milliy seleksiya mahsulotlari hisobidan ta’minlash va mamlakatning urug‘chilik sohasida mustaqilligini yanada mustahkamlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi
🔗Urug'chilikni rivojlantirish markazining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
📱WWW    📱Facebook 📱Instagram   📱Telegram    📱Youtube

2
Oqdaryodagi paxta dalalarida jiddiy kamchiliklar aniqlandi Samarqand viloyatiga ishchi tashrifim davomida Oqdaryo tumanidagi+6
Oqdaryodagi paxta dalalarida jiddiy kamchiliklar aniqlandi Samarqand viloyatiga ishchi tashrifim davomida Oqdaryo tumanidagi "Kumushkent" MMTP tarkibidagi "Beshterak lochin" fermer xo‘jaligi hamda "Zarafshon" MMTP tarkibidagi "Akbar Qurbonov" fermer xo‘jaligining paxta maydonlarini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdim. O‘rganishlar davomida dalalarda bir qator jiddiy kamchiliklarni aniqladim. Xususan, maydonlarda begona o‘tlar keng tarqalganini, agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda va ilmiy tavsiyalar asosida olib borilmaganini, natijada ekinlarda o‘rgimchak kana zararkunandasi keng yoyilganini kuzatdim. Bu holat hosildorlikka jiddiy xavf tug‘dirayotganini alohida qayd etdim. Bunday mas'uliyatsizlik va loqaydlik hosildorlikni oshirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish uchun barcha sharoitlar yaratilayotgan bir paytda, dalalarda eng oddiy agrotexnik talablarga rioya etilmasligi mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Shuningdek, paxta maydonlarini o‘z vaqtida parvarish qilmaslik, zararkunandalarga qarshi kurash choralarini kechiktirish va nazoratning sustligi nafaqat bitta xo‘jalik, balki butun hududdagi hosil taqdiriga salbiy ta’sir ko‘rsatishini alohida qayd etdim. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan mas'ullar hamda nazoratga mas’ul shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida qat’iy choralar ko‘rilishini belgiladim. Ayrim holatlarda shu joyning o‘zida intizomiy choralar ham qo‘lladim. Albatta, qishloq xo‘jaligida natija faqat urug‘ ekish bilan emas, balki har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida va ilmiy asosda bajarish orqali erishiladi. Har bir kechikish va e’tiborsizlik oxir-oqibat hosilning kamayishi va iqtisodiy zararga olib keladi. Shu bois barcha hududlarda paxta parvarishi, zararkunandalarga qarshi kurash hamda agrotexnik tadbirlar ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, mas’ullardan esa shaxsiy javobgarlikni oshirish zarurligini yana bir bor ta’kidladim.
269
3
🟦🟦🟦 Milliy markaz tizimiga yana 5 ta ilmiy muassasa qo‘shildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi
🟦🟦🟦 Milliy markaz tizimiga yana 5 ta ilmiy muassasa qo‘shildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–40-son Farmoni ijrosi doirasida agrar ilm-fanni takomillashtirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan tegishli ishchi guruhlar va komissiyalar shakllantirildi. Ular tomonidan ilmiy tashkilotlarni belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Natijada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar, Chorvachilik va parrandachilik, Baliqchilik, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Milliy markaz tizimiga o‘tkazildi. Mazkur o‘zgarishlar agrar ilm-fan salohiyatini yanada mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish hamda sohada yagona ilmiy boshqaruv tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
474
4
🟦🟦🟦🟦🟦 Amalda davom etayotgan tanlovlar: 📥 Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalari
🟦🟦🟦🟦🟦 Amalda davom etayotgan tanlovlar: 📥 Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovi Muddat: 04.07.2026 📥 “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi Muddat: 04.07.2026 📥 “EcoStatPro” amaliy tadqiqot loyihalari tanlov Muddat: 20.07.2026 📥 Ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida yangi texnologiyalar Muddat: 21.07.2026 📥“Maqsadli fundamental” tadqiqotlar tanlovi Muddat: 22.07.2026 📥“Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovi Muddat: 23.07.2026 📥“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi Muddat: 25.07.2026 📥 Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥 “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026 📥Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang Muddat: 30.07.2026 📥 Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar boʻyicha “Oʻzbekiston-Yaponiya” xalqaro qoʻshma tanlovi Muddat: 05.09.2026 Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
315
5
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Zig‘ir yetishtirish bo‘yicha ilmiy hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda 🏢Qishloq xo'jaligida bilim va innovats
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 Zig‘ir yetishtirish bo‘yicha ilmiy hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda 🏢Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari “O‘zbekiston va Belarus zig‘ir germoplazmasida yuqori hosildorlik va tola chiqimining genetik asoslarini tadqiq etish” mavzusidagi loyiha doirasida Belarus Respublikasida xizmat safarida bo'lishdi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
413
6
#25_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy
#25_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🌍Biz bilan kuzatib boring! 🕊Telegram | 📸Instagram
440
7
📢 “2026 yil 3 iyul kuni soat 10.00 da Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi" 📌Majlisda Oliy sud Plenumining
📢 “2026 yil 3 iyul kuni soat 10.00 da Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi" 📌Majlisda Oliy sud Plenumining 🟢 “Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida", 🟢 "Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida", 🟢 “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari loyihalari ko‘rib chiqiladi. 🟢 Birinchi marotaba Plenum majlisi Oliy sudning Interaktiv xizmatlari portali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
485
8
🟦🟦🟦 Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etishga doir Farmon ijrosi muhokama markazida 🏢Qishloq xo‘jaligida bi+4
🟦🟦🟦 Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etishga doir Farmon ijrosi muhokama markazida 🏢Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF–40-son “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ✍️Milliy markaz direktori o‘rinbosari Azizbek Bahodirov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Farmonda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Xususan, Farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi doirasida bajarilayotgan ishlar, belgilangan topshiriqlarning ijro holati hamda kelgusi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi. ❗️Yig‘ilishda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va mas’ul ijrochilar o‘zlariga biriktirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berib, Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi faoliyatini tashkil etish, sohada fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etdilar. ✅Muhokamalar davomida ilmiy muassasalar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga o‘z vaqtida erishish, ijro intizomini mustahkamlash hamda mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 📎Yig‘ilish yakunida Farmon ijrosini ta’minlash har bir mas’ulning ustuvor vazifasi ekani ta’kidlanib, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalarni tezkor va tizimli yoritib borish, shuningdek, jamoatchilikni islohotlar mazmun-mohiyatidan muntazam xabardor qilib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
479
9
🌾🌾🌾🌾🌾🌾 🇺🇸AQSh Fermerlar kengashi rahbari, doktor Kater Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning g‘
🌾🌾🌾🌾🌾🌾 🇺🇸AQSh Fermerlar kengashi rahbari, doktor Kater Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning g‘o‘za yetishtirish bo‘yicha dehqonlarga bergan ilmiy-amaliy tavsiyalarini yuksak baholab, ularni zamonaviy paxtachilikda yuqori hosildorlik va sifatli hosil yetishtirishning eng muhim omillaridan biri sifatida e'tirof etdi. ℹ️Doktor Kater o‘z murojaatida Ibrohim Abdurahmonov ilgari surgan asosiy tamoyillar – ekishni va g‘o‘za rivojlanishini kechiktirmaslik, o‘simlikda quruq modda hamda oziqa elementlarining to‘g‘ri taqsimlanishini boshqarish, shuningdek, mavsum yakunida hosilning bir maromda pishishini ta'minlash bo‘yicha fikrlarga to‘liq qo‘shilishini bildirdi. 🔸Uning ta'kidlashicha, qisqa vegetatsiya davrida har bir kunning ahamiyati beqiyos. Shu bois fermerlar g‘o‘zaning rivojlanishidagi eng kichik o‘zgarishlarni ham erta aniqlashni bilishi lozim. Xususan, birinchi pozitsiyadagi shona va ko‘saklarning yo‘qotilishi, bo‘g‘im oralig‘i uzunligi, oq gul ustidagi tugunlar soni kabi ko‘rsatkichlarni muntazam kuzatish hosil taqdirini belgilovchi muhim omillardandir. "Telekommunikatsiyadagi 'oxirgi milya' tamoyili singari, paxtachilikda ham fermerning o‘zi daladagi jarayonlarni birinchi bo‘lib baholaydigan va zarur choralarni ko‘radigan 'oxirgi chaqirim' hisoblanadi. Shu sababli uni zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirish eng muhim vazifadir", – deya ta'kidladi Doktor Kater. 📌 Shuningdek, u ayni paytda Italiyada xizmat safarida ekanini ma'lum qilib, AQSHga qaytgach, Ibrohim Abdurahmonovning tavsiyalariga bag‘ishlangan batafsil ilmiy tahlillarini hamda Janubiy Osiyo fermerlarini qisqa muddatli g‘o‘za yetishtirish texnologiyalariga o‘qitish dasturi bo‘yicha materiallarni taqdim etishini bildirdi. 🗣"Sizning g‘o‘zaga oid chuqur bilim va tajribangizni fermerlar bilan baham ko‘rayotganingiz tahsinga sazovor. Siz ilgari surayotgan ilmiy yondashuvlar nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning boshqa paxtakor mamlakatlari fermerlari uchun ham katta ahamiyat kasb etadi", — deydi AQSH Fermerlar kengashi rahbari doktor Kater. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
355
10
Agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish – yuqori hosildorlik gavoridir 🇺🇿Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov+6
Agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish – yuqori hosildorlik gavoridir 🇺🇿Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jizzax viloyatiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi doirasida Zafarobod tumanidagi Sobir Rahimov FXXU "Toshtemir ota" fermer xo‘jaligiga qarashli 101,7 gektar maydondagi ekinlarni ko‘zdan kechirdi. ☁️ Mazkur maydonning 58 gektariga g‘alla, 42,1 gektariga esa paxta ekilgan. Hozirda ekinlarni parvarishlashda zamonaviy agrotexnologiyalar va tizimli agrotexnik tadbirlar izchil qo‘llanilmoqda. ✅ Tashrif davomida vazir tumanda faoliyat yuritayotgan 120 nafardan ortiq fermer hamda soha mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazdi. Unda zamonaviy paxtachilikda agrotexnik talablarni to‘liq va sifatli bajarishning ahamiyati muhokama qilinib, ishtirokchilarga bevosita dalada amaliy tavsiyalar berildi. 📊Xususan, vazir paxta ekinlarining rivojlanish ko‘rsatkichlari belgilangan agrotexnik me'yorlarga mos bo‘lishi lozimligini ta'kidlab, g'o'za bo‘yi 90–95 santimetrni tashkil etishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishning afzalliklari hamda joriy yildan boshlab rangli plyonkalardan foydalanishning ilmiy va amaliy asoslari haqida batafsil ma'lumot berdi. ℹ️Seminar davomida hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish bugungi kunning muhim talabi ekani alohida ta'kidlandi. Bundan tashqari, ekinlarni oziqlantirish va sug‘orish ishlarini olimlar tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmaga monand tashkil etish zarurligi aytib o'tildi. ✅Shuningdek, seminar yakunida hosildorlikni oshirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, fermerlar o‘rtasida hamjihatlik, mas'uliyat va intizomni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
382
11
🟦🟦🟦 Sholi pirikulyariozi: qanday kurash chorasi mavjud? Pirikulyarioz – sholining eng zararli kasalliklaridan biri bo'lib,
🟦🟦🟦 Sholi pirikulyariozi: qanday kurash chorasi mavjud? Pirikulyarioz – sholining eng zararli kasalliklaridan biri bo'lib, hosildorlikka jiddiy zarar yetkazadi. Yo'qotish 15-40% gacha yetishi mumkin." Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
476
12
🟦🟦🟦🟦🟦 “Yosh akademik” shunchaki unvon emas, u yangi avlod olimlarini shakllantiradi 🏢Qishloq xo‘jaligida bilim va innov+6
🟦🟦🟦🟦🟦 “Yosh akademik” shunchaki unvon emas, u yangi avlod olimlarini shakllantiradi 🏢Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar ishtirokida Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Muzrob Bo‘ronov bilan erkin muloqot ruhidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. ✅Rasmiy yig‘ilishdan ko‘ra ochiq muloqotni eslatgan uchrashuvda yosh olimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni erkin o‘rtaga tashladilar. Suhbat esa faqat agrar ilm-fan yoki ilmiy tadqiqotlar haqida emas, balki olimning dunyoqarashi, intellektual salohiyati, kitobxonlik madaniyati, liderlik va katta maqsad bilan yashashi haqida kechdi. ✍️Muzrob Bo‘ronov mamlakatimizda agrar ilm-fanni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlarga to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF–40-sonli “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarga alohida e’tibor qaratdi. Farmonda nazarda tutilgan “Yosh akademik” instituti ana shu islohotlarning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri ekani ta’kidlandi. “Farmonga ‘Yosh akademik’ degan tushuncha bejiz kiritilmagan. Bu shunchaki unvon emas. Akademiya deganda faqat akademiklar emas, balki yangi navlar, yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar yaratadigan olimlar bo‘lishi kerak. Biz ustozlar tajribasini o‘rganamiz, ammo bugungi zamon yangi bilim va yangi yondashuvlarni talab qilmoqda.” ❗️Davra suhbati davomida zamonaviy olimning eng katta boyligi nima, degan savolga ham javob izlandi. Maslahatchi bu borada moddiy imkoniyatlardan ham muhimroq omil — intellekt ekanini ta’kidladi. “Bizning asosiy vazifamiz — intellektni rivojlantirish. Ilm-fanning chegarasi yo‘q. U izlanish, innovatsiya va yangilik bilan yashaydi. Agar olim har kuni o‘z ustida ishlamasa, u ilmda ham oldinga yurolmaydi.” 📚 Mutolaa madaniyati haqidagi fikrlar esa uchrashuvning eng ta’sirli qismiga aylandi. Muzrob Bo‘ronov buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosini eslab, ularning buyukligi uzluksiz izlanish va kitob bilan yashagan hayot tarzi samarasi ekanini ta’kidladi. “Insonni shakllantiradigan eng muhim omil — kitob o‘qishdir. Internet va ijtimoiy tarmoqlar mutolaaning o‘rnini bosa olmaydi. Kitob insonning tafakkurini, tahlil qilish qobiliyatini va intellektual salohiyatini rivojlantiradi.” 🤝 Uchrashuv davomida yosh olimlar o‘z ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari, startap tashabbuslari hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga oid takliflarini bildirdilar. 📎Davra suhbati yakunida bir fikr yana bir bor yangradi: mamlakat taraqqiyotining eng katta boyligi zamonaviy laboratoriyalar yoki texnologiyalar emas, balki o‘qiydigan, fikrlaydigan, tashabbus ko‘rsatadigan va Vatan kelajagi uchun mas’uliyatni his qiladigan yosh olimlardir. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
833
13
#TAJRIBA Poliz ekinlari uchun qaysi rangdagi plyonka samaraliroq? Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot
#TAJRIBA Poliz ekinlari uchun qaysi rangdagi plyonka samaraliroq? Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari poliz ekinlarini yetishtirishda an'anaviy shaffof va qora rangli plyonkalar bilan bir qatorda turli rangdagi plyonkalardan foydalanish samaradorligini ham o‘rganmoqda. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tajribalarning dastlabki natijalari haqida institut laboratoriya mudiri Rafiqjon Hakimov ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, rangli plyonkalar tuproq harorati, namlik rejimi va o‘simliklarning o‘sish-rivojlanishiga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Shu bois ularning qaysi turlari muayyan poliz ekinlari uchun eng samarali ekanini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar davom ettirilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
576
14
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Bugun mamlakatimiz hayotidagi muhim sanalardan biri. Bundan
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun Bugun mamlakatimiz hayotidagi muhim sanalardan biri. Bundan 34 yil avval, 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan. Davlat gerbi — xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, tinchliksevarligi va mustaqil taraqqiyot yo‘lining yorqin timsolidir. U Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va birlik tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzlaridan biridir. Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
726
15
Sirdaryoda g‘o‘za va jut maydonlarida agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi Avval xabar berilganidek, men ishchi tashrif bila+9
Sirdaryoda g‘o‘za va jut maydonlarida agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi Avval xabar berilganidek, men ishchi tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibman. Tashrif doirasida Sayxunobod tumanidagi “Daxpolitex” MChJning paxta maydonida bo‘lib, g‘o‘zalarning vegetativ holati bilan tanishdim. Ma’lum qilinishicha, joriy yilda Sayxunobod tumanida jami 8 ming gektar maydonga g‘o‘za ekilgan bo‘lib, shundan 6 ming gektariga Shinjon agrotexnologiyasi asosida urug‘ ekilgan. “Daxpolitex” MChJ ga qarashli 4 ming gektar maydondagi g‘o‘za ham to‘liq mazkur texnologiya asosida, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan holda parvarish qilinmoqda. G‘o‘zalarni ko‘zdan kechirib, hozirgi rivojlanish bosqichida kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligini ta’kidladim. Xususan, o‘simlikning vegetativ o‘sishini me’yorlash, parvarish ishlarini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng ishchi guruh bilan yondosh hududda joylashgan jut ekilgan dalani ham ko‘zdan kechirdik. Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 200 gektar maydonda jut yetishtirilmoqda. Shundan 50 gektari “Daxpolitex” MChJ hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur xo‘jalikdagi 14 gektarlik konturda jut ekinining holatini ham o‘rgandim. Ta’kidlanganidek, jut sanoat uchun muhim xomashyo hisoblanadi. Shu bois ushbu ekinni yetishtirishda agrotexnik talablarga qat’iy rioya qilish, parvarish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma hamda amaliy tavsiyalar berildi.
537
16
Sirdaryoda paxta parvarishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi Ayni vaqtda ishchi tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib tu+6
Sirdaryoda paxta parvarishi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi Ayni vaqtda ishchi tashrif bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibman. Tashrifimizning dastlabki manzili Mirzaobod tumanidagi "Arslon ibn Rahmon" fermer xo‘jaligiga qarashli 37 gektarlik paxta maydoni bo‘ldi. Mazkur dalada paxta "Shinjon" agrotexnologiyasi asosida ochiq usulda ekilgan. Dalani ko‘zdan kechirish jarayonida ekinning rivojlanish holati, agrotexnik tadbirlarning sifati va ularning o‘z vaqtida bajarilishini atroflicha tahlil qildik. Har bir agrotexnik jarayonning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, yuqori hosildorlikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berdim. Tashrif davomida dalaning o‘zida Mirzaobod tumani fermerlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. Unda bugungi kunda paxta parvarishida eng dolzarb vazifalar, vegetatsiya davrida bajarilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar hamda hosildorlikni oshirishning zamonaviy usullari batafsil tushuntirildi. Seminarda alohida ta'kidlanganidek, bugungi qishloq xo‘jaligi eskicha qarashlar bilan emas, ilm-fan va innovatsiyalarga tayangan yondashuv bilan rivojlanadi. Yuqori natijaga erishish uchun zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, har bir qarorni ilmiy tavsiyalar asosida qabul qilish bugunning eng muhim talabidir. Shuningdek, paxtani innovatsion usulda yetishtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma barcha fermerlarga tarqatildi. Unda ekinni parvarishlashning har bir bosqichi sodda va tushunarli tarzda izohlangan. Biroq nazariy tavsiyalar bilangina cheklanmay, dalaning o‘zida amaliy misollar orqali agrotexnik tadbirlarni qanday tashkil etish lozimligini batafsil ko‘rsatib berdim. Ta'kidlanganidek, ushbu seminar faqatgina unda ishtirok etgan fermerlar uchun emas, balki ular orqali hududdagi barcha paxtakorlarga zamonaviy tajribalarni yetkazish, ilg‘or yondashuvlarni ommalashtirish va innovatsion agrotexnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
514
17
Sirdaryoda dron texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi 🇺🇿Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazida qishl+7
Sirdaryoda dron texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi 🇺🇿Sirdaryo viloyati Agroxizmatlar markazida qishloq xo‘jaligida zamonaviy dron texnologiyalarini joriy etish va agroxizmatlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. ✅Tadbirda soha mutaxassislari, fermer va klaster vakillari, shuningdek mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 📈 Seminar davomida ishtirokchilar qishloq xo‘jaligida dron texnologiyalarining afzalliklari, agrotexnik jarayonlarni raqamlashtirish va zamonaviy agroxizmatlar tizimini kengaytirish bo‘yicha amaliy tajribalar bilan tanishdilar. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Drone service” korxonasi qishloq xo‘jaligida dron texnologiyalari asosidagi zamonaviy agroxizmatlarni keng joriy etib kelmoqda. Korxona tomonidan Xitoyning “DJI” kompaniyasidan 54 ta zamonaviy dron olib kelingan, xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish maqsadida esa 30 ta avtomobil xarid qilingan. ℹ️Shuningdek, korxona tarkibida “DJI Academy”ning O‘zbekistondagi filiali tashkil etilib, qishloq xo‘jaligida dron operatorlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. ✅Hozirgi kunga qadar “Drone service” tomonidan Toshkent, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida urug‘ sepish, begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlov berish kabi agrotexnik xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
392
18
🟦🟦 G'o'zaning resurs tejamkor navlarini yaratishda yangicha yondashuvlar 🏢Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar mill
🟦🟦 G'o'zaning resurs tejamkor navlarini yaratishda yangicha yondashuvlar 🏢Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining G‘o‘za biotexnologiyasi laboratoriyasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Abrorjon Qurbonov boshchiligida g‘o‘zaning genetik salohiyatini oshirish, seleksiya jarayonlarini jadallashtirish hamda zamonaviy biotexnologik usullar asosida yangi istiqbolli navlarni yaratish borasida keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 📺 "O‘zbekiston" telekanalining "Taraqqiyot yo'li" ko'rsatuvining navbatdagi soni shu mavzuga bag'ishlandi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
602
19
🟦🟦🟦 O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi agrar soha ilm-fanida qanday o‘zgarish yasaydi? – Q+1
🟦🟦🟦 O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi agrar soha ilm-fanida qanday o‘zgarish yasaydi? – Qishloq xo‘jaligi, bu – nafaqat yer va suv bilan bog‘liq soha, balki ilm, bilim va innovatsiya bilan boyitilishi lozim bo‘lgan taraqqiyot maydonidir, – deya fikrini boshladi qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov. – Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega tashabbusdir. Akademiya Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining huquqiy vorisi sifatida faoliyat yuritadi va sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi. Akademiya a’zolariga beriluvchi ilmiy unvonlar tizimi ham e’tiborga molik. Yosh akademiklardan tortib, professorlar, muxbir a’zolar va haqiqiy akademiklar sirasida ilmiy maktablar faoliyati rivojlanadi. Bu tizim “ustoz–shogird” tamoyili asosida iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqotlar jarayoniga jalb qilish imkonini beradi. Shu orqali ilmiy yondashuv nafaqat so‘zda, balki amaliyotda ham shakllanadi. Unga xorijiy va faxriy a’zolarni jalb qilish esa global hamkorlik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir. Shuningdek, “Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi ta’sis etilib, u orqali ilmiy tadqiqotlar uchun moddiy va moliyaviy kafolat mustahkamlanadi. Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusidan Intervyuni to‘liq o‘qish uchun havolani bosing. ⬇️ 🔗 https://uza.uz/uz/posts/qishloq-xozhaligida-amaliyot-va-ilm-uygun-bolsa-har-bir-don-va-goya-barakaga-aylanadi_876391 Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
1 180
20
🟦🟦🟦 🎉30-IYUN — YOSHLAR KUNI 🏢Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Akademik M. Mirzayev+2
🟦🟦🟦 🎉30-IYUN — YOSHLAR KUNI 🏢Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida "30-iyun — Yoshlar kuni" munosabati bilan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. 📱WEB | 📱Telegram | 📱 Instagram | 📱Facebook |📱 Youtube
601