es
Feedback
Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi

Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi

Ir al canal en Telegram

Mazkur kanal Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining rasmiy telegram kanali bo‘lib, bu yerda Olmazor tumanida sog‘liqni saqlashga oid voqea va xodisalar, shuningdek tizimdagi kunlik yangiliklar berib boriladi.

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi

El canal Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi (@olmazorttb) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 20 413 suscriptores, ocupando la posición 1 116 en la categoría Medicina y el puesto 3 926 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 20 413 suscriptores.

Según los últimos datos del 13 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 2 190, y en las últimas 24 horas de -109, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 1.13%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 0.85% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 231 visualizaciones. En el primer día suele acumular 175 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 2.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Mazkur kanal Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining rasmiy telegram kanali bo‘lib, bu yerda Olmazor tumanida sog‘liqni saqlashga oid voqea va xodisalar, shuningdek tizimdagi kunlik yangiliklar berib boriladi.

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Medicina.

20 413
Suscriptores
-10924 horas
+1 3447 días
+2 19030 días
Archivo de publicaciones
#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish #Namunaviy_komissiya_qarorlari ❗️ Olmaz
+9
#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish #Namunaviy_komissiya_qarorlari
❗️ Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar va Olmazor Kengashi deputatlari tomonidan namunaviy doimiy komissiya qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hududlarda tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlar "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlari hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 17-martdagi VII-20-26-14-0-K/26-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilmoqda. 🏥 Dastlab deputatlar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Poliklinika bosh shifokori tomonidan deputatlarga tibbiyot muassasasida bemorlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarni tashkil etish mexanizmi, zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari, laboratoriya hamda instrumental diagnostika xizmatlari, kunduzgi statsionar faoliyati, elektron boshqaruv tizimlari va raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tor mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, profilaktik ko‘riklar, skrining tadbirlari hamda oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarni chuqurlashtirilgan tekshiruv va davolash tizimi bilan tanishtirildi. 📊 Ta’kidlanganidek, Olmazor tumanida 11 ta birlamchi tibbiyot muassasasi faoliyat yuritib, ular orqali 400 ming nafardan ortiq aholi birlamchi tibbiy xizmat bilan qamrab olingan. Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika esa mazkur tizimning ixtisoslashtirilgan bo‘g‘ini sifatida oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarga malakali tor mutaxassislik xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Muassasada elektron navbat tizimi, elektron tibbiy karta, tibbiy menejer instituti, bemorlar oqimini boshqarish (patient routing) tizimi hamda keksa va imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun alohida xizmat ko‘rsatish mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida e’tirof etildi. 🤝 O‘rganish davomida deputatlar fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, shifokorlar qabuli, diagnostika xizmatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflarini tingladilar. Shu bilan birga, deputatlar va mutasaddilar ishtirokida tizimni yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qator takliflar bildirildi. ⚖️ O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda deputatlar o‘z vakolatlari doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zarur masalalarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Jumladan, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar vaqtida tibbiy xizmatlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida poliklinikani zaxira elektr generatorlari bilan ta’minlash masalasi dolzarb taklif sifatida ilgari surildi va uni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish zarurligi qayd etildi. 🔎 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarida olib borilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda 🏥 Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat A. Ismailov Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya asosida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish maqsadida Olmazor tumanidagi 16-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi. Tashrif davomida Xislat mahalla fuqarolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida fuqarolarning salomatlik holati malakali shifokorlar tomonidan tekshirilib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi hamda ehtiyoj mavjud fuqarolar qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tegishli mutaxassislarga yo‘naltirildi. Deputat tomonidan tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi. ✅ Bunday tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi. #Olmazor #XDP #DeputatFaoliyati #24Tavsiya #TibbiyKo‘rik #XislatMFY Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐You tube

🏥🏥🏥🏥🏥🏥
Tibbiy ko‘rik - insonlar salomatligini saqlash, kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlardir. Tibbiy ko‘rikning ahamiyati shundaki, o‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik doimo sog‘lom bo‘lib yurish imkoniyatini yaratadi.
➕ Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi: «Sebzor», «Yuqori sebzor» hamda «Kaykovus» MFYlar aholisi uchun "TIBBIY KO’RIK" tashkil etildi. 🩺 Tibbiy ko‘rik davomida: ✅ pediatr ✅ terapevt ✅ jarroh-ortoped ✅ ginekolog ✅ oftalmolog ✅ nevrolog ✅ stomatolog ✅ endokrinolog mutaxassislari ishtirok etdilar. Barcha diagnostik tekshiruvlardan va tor soha mutaxassislar ko‘rigidan umumiy: ✅ qon; ✅ siydik; ✅ qon bosimi tahlili o‘tkazildi. Olmazorttb | Facebook | Instagram

☀️ “Assalom tong” sog‘lomlashtirish mashqlarini Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot qizlari tomonidan namoyish etiladi. ❗️ Ko‘ring, siz ham birgalikda bajaring. ✅ Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli. Olmazorttb | Facebook | Instagram

O‘ZBЕKISTON TIBBIYOTI 📌📌📌📌📌 UCHUN 🚑 Aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini aholiga yanada yaqinlashtirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish asosiy maqsadlardan biridir.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan tumandagi 20-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
🏥 Tashrif davomida poliklinikadagi sanitariya-gigiyena holati, xonalarning tozaligi va tartib-intizomi, tibbiy jihozlarning ishlash holati hamda xodimlarning zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy malakasi ko‘zdan kechirildi. 💉 Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i tomonidan poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash jarayonlari hamda mavjud taklif va mulohazalar tinglandi.
Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amaliyotda samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.
Olmazorttb | Facebook | Instagram

❗️ В жаркую погоду лучше воздержаться от кофе ☀️ С каждым годом средняя температура воздуха летом повышается. Безусловно, на это влияет ряд глобальных техногенных и природных факторов. Исходя из этого людям придется привыкать жить в условиях аномально жаркой погоды. Как же пережить самый жаркий период лета? 💉 В жаркую погоду следует носить легкую одежду светлых тонов из натуральных тканей, например хлопчатобумажных и льняных, — говорит начальник Алмазарского районного медицинского объединения Азизбек Низамов. Одежда из натуральных материалов позволяет коже дышать, не допуская повышение температуры тела. 👒 Старайтесь избегать попадания прямых солнечных лучей и носите головной убор. ⏰ Пик солнечной активности приходится на период с 12:00 до 16:00 часов. Поэтому желательно не выходить на улицу в этот промежуток времени.
Однако если вам все же нужно выйти на улицу в это время, старайтесь защищать открытые участки тела от попадания солнечных лучей.
💦 В жару нарушается водный баланс в организме и теряется много влаги. Поэтому нужно пить не менее 3 литров жидкости в день. 🧃 В летний день хорошо утоляют жажду натуральные соки из вишни, яблок и кислых фруктов, айран на сюзьме и лимонад. ☕️⛔️ В жару лучше воздержаться от кофе, поскольку в жаркие летние дни кофе усиливает чувство усталости. 🥫❌ Не рекомендуется также употребление сладких и газированных напитков. 🍺 То же самое касается и алкогольных напитков. Olmazorttb | Facebook | Instagram

#Ibrat Katta shaxsiyat. ⚽️ Ekrani singan telefondan foydalanadigan futbol yulduzi. Olmazorttb | Facebook | Instagram

​❗️Jazirama kunlarda qahva ichishdan voz kechgan maʼqul ☀️Yildan yilga yoz mavsumida havo harorati yuqorilab bormoqda. Albatta, bunga qator texnogen va tabiiy omillar taʼsir qilyapti. Bunday sharoitda insonlar anomal issiq ob-havoda yashashga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, yoz chillasini qanday o‘tkazish kerak? 💉 Issiq havoda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bo‘lgan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq, — deydi Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Azizbek Nizamov — Mavsumga mos bunday liboslar terining nafas olishiga imkon yaratadi, tana qizib ketishining oldini oladi. 👒 Iloji boricha to‘g‘ri tushayotgan quyosh nuridan saqlanishga harakat qilish va bosh kiyim kiyib yurish lozim. ⏰ Quyosh nuri soat 12:00 dan 16:00 gacha juda faol holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqishni rejalashtirmagan maʼqul.
Ammo tashqariga chiqishga zarurat bo‘lsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan asrashga harakat qilish kerak.
💦 Issiq ob-havoda organizmda suv balansi buziladi hamda ko‘p namlik yo‘qotiladi. Shuning uchun jaziramada kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. 🧃 Yoz kunlari chanqoqni olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar bosadi. ☕️⛔️ Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan maʼqul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi. 🥫❌ Shirin va gazlangan ichimliklar ham tavsiya etilmaydi. 🍺 Issiq ob-havoda spirtli ichimliklardan tiyilish kerak. Olmazorttb | Facebook | Instagram

🏥🏥🏥🏥🏥🏥 Olmazor tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi tibbiy brigada xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida tibbiy ko‘
+4
🏥🏥🏥🏥🏥🏥 Olmazor tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi tibbiy brigada xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida tibbiy ko‘rik va kuzatuv tadbirlari tashkil etildi. 📌 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda profilaktika ishlarini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. 🏥 Xususan, qon bosimi, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa surunkali xastaliklar bo‘yicha diagnostika ishlari olib borildi. Shuningdek, aholiga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tibbiy maslahatlar berildi. 👩‍⚕️ Olmazor tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi tomonidan aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bunday tibbiy-profilaktik tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Olmazorttb | Facebook | Instagram

👩‍⚕️ “Assalom tong” sog‘lomlashtirish mashqlarini Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot qizlari tomonidan namoyish etiladi. 🫴 Ko‘ring, siz ham birgalikda bajaring. ☀️ Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli. Olmazorttb | Facebook | Instagram

Bolalar qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvishi nima uchun muhim?Bu odatni shakllantirish uchun yurtimizda qanday choralar amalga oshirilmoqda? 🖥 SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "DOKTOR AI" medialoyihasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan navbatdagi videorolikda ushbu savollarga javob topasiz. @TShSSBB

‼️ O‘zbekiston semizlik bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda 🌎 JSST maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 64 f
‼️ O‘zbekiston semizlik bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda 🌎 JSST maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholining 64 foizi ortiqcha vaznga ega. Mamlakat dunyo reytingida 59-o‘rinni egalladi. 📋 Qariyb 3 million bola va o‘smir, shuningdek, 15–49 yoshdagi ayollarning 40%dan ortig‘i semizlik muammosiga duch kelgan. 🍔 Mutaxassislar asosiy sabablar sifatida noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha tuz isteʼmoli va kamharakat turmush tarzini ko‘rsatmoqda. 2060-yilga borib iqtisodiy zarar 21,6 mlrd dollarga yetishi mumkin. Olmazorttb | Facebook | Instagram

👩‍⚕️ Umumiy amaliyot hamshirasi – birlamchi tibbiy yordamning muhim bo‘g‘ini Umumiy amaliyot hamshirasi nafaqat shifokorning
👩‍⚕️ Umumiy amaliyot hamshirasi – birlamchi tibbiy yordamning muhim bo‘g‘ini Umumiy amaliyot hamshirasi nafaqat shifokorning yordamchisi, balki kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va aholiga sifatli birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim o‘rin tutuvchi mutaxassisdir. 🏥U profilaktik ko‘riklar va skrininglarni tashkil etadi, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni kuzatadi, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tavsiyalar beradi hamda bemorlarni shifokor qabuliga tayyorlaydi. 📌 Umumiy amaliyot hamshirasi faoliyati aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Olmazorttb | Facebook | Instagram

🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Dam olish kunlari va kelgusi haftada kutilayotgan jaziramadan qanday saqlanish kerak? ☀️ “O‘zgidromet” ma’lu
🔴 🟦🟦🟦 ❗️SSV: Dam olish kunlari va kelgusi haftada kutilayotgan jaziramadan qanday saqlanish kerak?
☀️ “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari hamda 13-17-iyulda havo issiq bo‘ladi. Harorat 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
📎 Bunday ob-havo sharoitida inson organizmi qizishi, suvsizlanishi, qon bosimi o‘zgarishi, yurak-qon tomir tizimiga ortiqcha yuklama tushishi, issiq urishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. 📝 Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga qat’iy amal qilishni tavsiya qiladi. ❓Kimlar issiq havoda salomatligiga yanada e'tiborli bo‘lishlari kerak? Jaziramadan organizmni qanday asrash lozim? 🗣 Bu savollarga SSV bo‘lim boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov batafsil javob beradi.
— 65 yoshdan oshgan keksalar, chaqaloqlar va yosh bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak, nafas yo‘llari va boshqa surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar, yuqori qon bosimi yoki yurak dorilarini, “suv haydovchi”, allergiyaga qarshi yoki psixotrop preparatlarini qabul qiluvchilar issiqlik ta’siriga nisbatan, ayniqsa, zaif hisoblanadi, — deydi A. To‘xtaqulov.
😥 Bu insonlarda chanqoqlik hissi kech paydo bo‘lishi, tana haroratini nazorat qilish qobiliyati pasayishi yoki surunkali kasalliklar zo‘rayishi mumkin. Shuning uchun ularning holatidan muntazam xabar olib turish lozim. 💧 Issiqda organizm terlash orqali ko‘p miqdorda suyuqlik va mineral moddalarni yo‘qotadi. Chanqoqni kutmasdan, kun davomida oz-ozdan va tez-tez suv ichish zarur. Katta yoshli sog‘lom insonlar uchun odatda kuniga 2–3 litr atrofida suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Yurak, buyrak kasalliklari yoki shishga moyilligi bor bemorlar esa suyuqlik miqdorini shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilashi kerak. ☀️ Yengil, keng, havo o‘tkazuvchan va och rangli kiyimlar kiyish tavsiya etiladi. Paxta va zig‘ir kabi tabiiy matolar tananing nafas olishiga yordam beradi va terning bug‘lanishini yengillashtiradi. Ko‘chaga chiqqanda keng qirrali bosh kiyim, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va zarur hollarda oftobdan himoyalovchi kremdan foydalanish maqsadga muvofiq. 🥗 Og‘ir, yog‘li, qovurilgan, achchiq va hazm bo‘lishi qiyin ovqatlar organizmga ortiqcha yuklama beradi. Shuning uchun sabzavotli salatlar, yengil sho‘rvalar, qatiq, ayron, tvorog, tuxum, tovuq yoki baliq go‘shti, mevalar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kun davomida 5-6 marta oz-ozdan ovqatlanish maqsadga muvofiq. 🔎 Taxminan soat 11:00 dan 17:00 gacha ochiq quyosh ostida yurishni cheklash kerak. Zarur ishlarni ertalab yoki kechki salqin vaqtlarga qoldirish maqsadga muvofiq. Agar ko‘chaga chiqish zarur bo‘lsa, soya yo‘laklardan yurish, bosh kiyim kiyish, yoningizda suv olib yurish va har 15–20 daqiqada oz-ozdan suv ichish tavsiya etiladi. 🚙 Hech qachon bolalarni, keksalarni yoki hayvonlarni avtomobil ichida yolg‘iz qoldirmang. Quyosh ostida turgan avtomobil ichida harorat bir necha daqiqada hayot uchun xavfli darajagacha ko‘tarilishi mumkin. 📌 Esda tuting: issiq havoda eng muhim qoidalar — salqin joyda bo‘lish, yetarli suv ichish, yengil kiyinish, og‘ir ovqat va og‘ir jismoniy mehnatni cheklash, xavf guruhidagi yaqinlar holidan xabar olish va xavfli belgilarda tez tibbiy yordamga murojaat qilishdir. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from Saida Mirziyoyeva
Toshkent | 10.07.2026 — Ташкент | 10.07.2026

☀️ “Assalom tong” sog‘lomlashtirish mashqlarini Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot qizlari tomonidan namoyish etiladi. ❗️ Ko‘ring, siz ham birgalikda bajaring. ✅ Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli. Olmazorttb | Facebook | Instagram

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olmazor tuman tibbiyot birlashmasida 🤩 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Omonov Olim Muradullayevich Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif buyurdi. 💉 Tashrif davomida vazir o‘rinbosariga tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.K. Nizamov hamrohlik qildi. Muassasada olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari va joriy etilgan axborot tizimlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Olmazorttb | Facebook | Instagram