Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi
Mazkur kanal Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining rasmiy telegram kanali bo‘lib, bu yerda Olmazor tumanida sog‘liqni saqlashga oid voqea va xodisalar, shuningdek tizimdagi kunlik yangiliklar berib boriladi.
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi
تُعد قناة Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi (@olmazorttb) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 20 413 مشتركاً، محتلاً المرتبة 1 116 في فئة الطب والمرتبة 3 926 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 20 413 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 13 يوليو, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 2 190، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -109، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 1.13%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 0.85% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 231 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 175 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 2.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Mazkur kanal Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining rasmiy telegram kanali bo‘lib, bu yerda Olmazor tumanida sog‘liqni saqlashga oid voqea va xodisalar, shuningdek tizimdagi kunlik yangiliklar berib boriladi.”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 14 يوليو, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الطب.
❗️ Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar va Olmazor Kengashi deputatlari tomonidan namunaviy doimiy komissiya qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hududlarda tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlar "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlari hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 17-martdagi VII-20-26-14-0-K/26-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilmoqda. 🏥 Dastlab deputatlar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Poliklinika bosh shifokori tomonidan deputatlarga tibbiyot muassasasida bemorlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarni tashkil etish mexanizmi, zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari, laboratoriya hamda instrumental diagnostika xizmatlari, kunduzgi statsionar faoliyati, elektron boshqaruv tizimlari va raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tor mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, profilaktik ko‘riklar, skrining tadbirlari hamda oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarni chuqurlashtirilgan tekshiruv va davolash tizimi bilan tanishtirildi. 📊 Ta’kidlanganidek, Olmazor tumanida 11 ta birlamchi tibbiyot muassasasi faoliyat yuritib, ular orqali 400 ming nafardan ortiq aholi birlamchi tibbiy xizmat bilan qamrab olingan. Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika esa mazkur tizimning ixtisoslashtirilgan bo‘g‘ini sifatida oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarga malakali tor mutaxassislik xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Muassasada elektron navbat tizimi, elektron tibbiy karta, tibbiy menejer instituti, bemorlar oqimini boshqarish (patient routing) tizimi hamda keksa va imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun alohida xizmat ko‘rsatish mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida e’tirof etildi. 🤝 O‘rganish davomida deputatlar fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, shifokorlar qabuli, diagnostika xizmatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflarini tingladilar. Shu bilan birga, deputatlar va mutasaddilar ishtirokida tizimni yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qator takliflar bildirildi. ⚖️ O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda deputatlar o‘z vakolatlari doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zarur masalalarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Jumladan, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar vaqtida tibbiy xizmatlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida poliklinikani zaxira elektr generatorlari bilan ta’minlash masalasi dolzarb taklif sifatida ilgari surildi va uni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish zarurligi qayd etildi. 🔎 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarida olib borilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Tibbiy ko‘rik - insonlar salomatligini saqlash, kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlardir. Tibbiy ko‘rikning ahamiyati shundaki, o‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik doimo sog‘lom bo‘lib yurish imkoniyatini yaratadi.➕ Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi: «Sebzor», «Yuqori sebzor» hamda «Kaykovus» MFYlar aholisi uchun "TIBBIY KO’RIK" tashkil etildi. 🩺 Tibbiy ko‘rik davomida: ✅ pediatr ✅ terapevt ✅ jarroh-ortoped ✅ ginekolog ✅ oftalmolog ✅ nevrolog ✅ stomatolog ✅ endokrinolog mutaxassislari ishtirok etdilar. Barcha diagnostik tekshiruvlardan va tor soha mutaxassislar ko‘rigidan umumiy: ✅ qon; ✅ siydik; ✅ qon bosimi tahlili o‘tkazildi. Olmazorttb | Facebook | Instagram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan tumandagi 20-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.🏥 Tashrif davomida poliklinikadagi sanitariya-gigiyena holati, xonalarning tozaligi va tartib-intizomi, tibbiy jihozlarning ishlash holati hamda xodimlarning zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy malakasi ko‘zdan kechirildi. 💉 Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i tomonidan poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash jarayonlari hamda mavjud taklif va mulohazalar tinglandi.
Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amaliyotda samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.Olmazorttb | Facebook | Instagram
Однако если вам все же нужно выйти на улицу в это время, старайтесь защищать открытые участки тела от попадания солнечных лучей.💦 В жару нарушается водный баланс в организме и теряется много влаги. Поэтому нужно пить не менее 3 литров жидкости в день. 🧃 В летний день хорошо утоляют жажду натуральные соки из вишни, яблок и кислых фруктов, айран на сюзьме и лимонад. ☕️⛔️ В жару лучше воздержаться от кофе, поскольку в жаркие летние дни кофе усиливает чувство усталости. 🥫❌ Не рекомендуется также употребление сладких и газированных напитков. 🍺 То же самое касается и алкогольных напитков. Olmazorttb | Facebook | Instagram
Ammo tashqariga chiqishga zarurat bo‘lsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan asrashga harakat qilish kerak.💦 Issiq ob-havoda organizmda suv balansi buziladi hamda ko‘p namlik yo‘qotiladi. Shuning uchun jaziramada kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. 🧃 Yoz kunlari chanqoqni olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar bosadi. ☕️⛔️ Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan maʼqul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi. 🥫❌ Shirin va gazlangan ichimliklar ham tavsiya etilmaydi. 🍺 Issiq ob-havoda spirtli ichimliklardan tiyilish kerak. Olmazorttb | Facebook | Instagram
☀️ “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari hamda 13-17-iyulda havo issiq bo‘ladi. Harorat 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44-46 darajagacha ko‘tariladi.📎 Bunday ob-havo sharoitida inson organizmi qizishi, suvsizlanishi, qon bosimi o‘zgarishi, yurak-qon tomir tizimiga ortiqcha yuklama tushishi, issiq urishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. 📝 Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga qat’iy amal qilishni tavsiya qiladi. ❓Kimlar issiq havoda salomatligiga yanada e'tiborli bo‘lishlari kerak? Jaziramadan organizmni qanday asrash lozim? 🗣 Bu savollarga SSV bo‘lim boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov batafsil javob beradi.
— 65 yoshdan oshgan keksalar, chaqaloqlar va yosh bolalar, homilador ayollar, yurak-qon tomir, qandli diabet, buyrak, nafas yo‘llari va boshqa surunkali kasalliklari bo‘lgan bemorlar, yuqori qon bosimi yoki yurak dorilarini, “suv haydovchi”, allergiyaga qarshi yoki psixotrop preparatlarini qabul qiluvchilar issiqlik ta’siriga nisbatan, ayniqsa, zaif hisoblanadi, — deydi A. To‘xtaqulov.😥 Bu insonlarda chanqoqlik hissi kech paydo bo‘lishi, tana haroratini nazorat qilish qobiliyati pasayishi yoki surunkali kasalliklar zo‘rayishi mumkin. Shuning uchun ularning holatidan muntazam xabar olib turish lozim. 💧 Issiqda organizm terlash orqali ko‘p miqdorda suyuqlik va mineral moddalarni yo‘qotadi. Chanqoqni kutmasdan, kun davomida oz-ozdan va tez-tez suv ichish zarur. Katta yoshli sog‘lom insonlar uchun odatda kuniga 2–3 litr atrofida suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Yurak, buyrak kasalliklari yoki shishga moyilligi bor bemorlar esa suyuqlik miqdorini shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilashi kerak. ☀️ Yengil, keng, havo o‘tkazuvchan va och rangli kiyimlar kiyish tavsiya etiladi. Paxta va zig‘ir kabi tabiiy matolar tananing nafas olishiga yordam beradi va terning bug‘lanishini yengillashtiradi. Ko‘chaga chiqqanda keng qirrali bosh kiyim, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va zarur hollarda oftobdan himoyalovchi kremdan foydalanish maqsadga muvofiq. 🥗 Og‘ir, yog‘li, qovurilgan, achchiq va hazm bo‘lishi qiyin ovqatlar organizmga ortiqcha yuklama beradi. Shuning uchun sabzavotli salatlar, yengil sho‘rvalar, qatiq, ayron, tvorog, tuxum, tovuq yoki baliq go‘shti, mevalar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kun davomida 5-6 marta oz-ozdan ovqatlanish maqsadga muvofiq. 🔎 Taxminan soat 11:00 dan 17:00 gacha ochiq quyosh ostida yurishni cheklash kerak. Zarur ishlarni ertalab yoki kechki salqin vaqtlarga qoldirish maqsadga muvofiq. Agar ko‘chaga chiqish zarur bo‘lsa, soya yo‘laklardan yurish, bosh kiyim kiyish, yoningizda suv olib yurish va har 15–20 daqiqada oz-ozdan suv ichish tavsiya etiladi. 🚙 Hech qachon bolalarni, keksalarni yoki hayvonlarni avtomobil ichida yolg‘iz qoldirmang. Quyosh ostida turgan avtomobil ichida harorat bir necha daqiqada hayot uchun xavfli darajagacha ko‘tarilishi mumkin. 📌 Esda tuting: issiq havoda eng muhim qoidalar — salqin joyda bo‘lish, yetarli suv ichish, yengil kiyinish, og‘ir ovqat va og‘ir jismoniy mehnatni cheklash, xavf guruhidagi yaqinlar holidan xabar olish va xavfli belgilarda tez tibbiy yordamga murojaat qilishdir. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.Olmazorttb | Facebook | Instagram
