ch
Feedback
Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi

Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi

前往频道在 Telegram

Mazkur kanal Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining rasmiy telegram kanali bo‘lib, bu yerda Olmazor tumanida sog‘liqni saqlashga oid voqea va xodisalar, shuningdek tizimdagi kunlik yangiliklar berib boriladi.

显示更多

📈 Telegram 频道 Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi 的分析概览

频道 Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi (@olmazorttb) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 20 336 名订阅者,在 医学 类别中位列第 1 116,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 3 926

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 20 336 名订阅者。

根据 14 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 190,过去 24 小时变化为 -137,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 1.15%。内容发布后 24 小时内通常能获得 0.84% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 234 次浏览,首日通常累积 171 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 2

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Mazkur kanal Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining rasmiy telegram kanali bo‘lib, bu yerda Olmazor tumanida sog‘liqni saqlashga oid voqea va xodisalar, shuningdek tizimdagi kunlik yangiliklar berib boriladi.

凭借高频更新(最新数据采集于 15 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 医学 类别中的关键影响点。

20 336
订阅者
-13724 小时
+3577
+1 19030
帖子存档
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustgacha o‘z loyihalarini “Openbudget.uz” portalida ilgari surishlari mumkin. ☑️ Shuningdek, tashabbuskorlar 3-avgustga qadar sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham taqdim etishlari mumkin. 🏆 Eslatib o‘tamiz, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi. Mavsum reja-kalendari bilan mazkur post orqali tanishishingiz mumkin. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating! Olmazorttb | Facebook | Instagram

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 2-mavsumi boshlandi Bugun, 15-iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustgacha o‘z loyihalarini “Openbudget.uz” portalida ilgari surishlari mumkin. ☑️ Shuningdek, tashabbuskorlar 3-avgustga qadar sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ham taqdim etishlari mumkin. 🏆 Eslatib o‘tamiz, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi. Mavsum reja-kalendari bilan mazkur post orqali tanishishingiz mumkin. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

👩‍⚕️ “Assalom tong” sog‘lomlashtirish mashqlarini Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot qizlari tomonidan namoyish etiladi. 🫴 Ko‘ring, siz ham birgalikda bajaring. ☀️ Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli. Olmazorttb | Facebook | Instagram

💉 Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida deputatlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi 👩 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva hamda kotibiyat mudiri A. Xasanov Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif buyurdi. Tashrif ishtirokchilarini Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.K.Nizamov kutib olib, muassasa faoliyati bilan tanishtirdi. 🏥 Tashrif davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish hamda davolash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. ✍ Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, sohada mavjud masalalar, ularni bartaraf etish choralari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi. 🤝 Tashrif yakunida tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Olmazorttb | Facebook | Instagram

Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazida deputatlar ishtirokida o‘rganish ishlari davom etdi 👩 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari hamda Kengash kotibiyati xodimlari Toshkent shahar 2-tumanlararo Perinatal markazi akusherlik qabul bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🏥 Tashrif davomida homilador ayollarni qabul qilish tizimi, shoshilinch akusherlik-ginekologik yordamni tashkil etish, tug‘ruq va reanimatsiya bo‘limlari faoliyati, zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tibbiy xizmatlar sifati, patronaj tizimi, raqamlashtirish jarayonlari, moddiy-texnik ta’minot va tizimni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
💬 Deputatlar markazga murojaat qilgan fuqarolar va ularning yaqinlari bilan ham suhbatlashib, tibbiy xizmat sifati hamda yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr-mulohazalarini tingladilar.
Tashrif yakunida bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Olmazorttb | Facebook | Instagram

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish #Namunaviy_komissiya_qarorlari ❗️ Olmaz
+9
#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish #Namunaviy_komissiya_qarorlari
❗️ Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Toshkent shahar va Olmazor Kengashi deputatlari tomonidan namunaviy doimiy komissiya qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan hududlarda tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlar "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimizning tegishli farmon va qarorlari hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 17-martdagi VII-20-26-14-0-K/26-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglarida tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilmoqda. 🏥 Dastlab deputatlar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Poliklinika bosh shifokori tomonidan deputatlarga tibbiyot muassasasida bemorlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlarni tashkil etish mexanizmi, zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari, laboratoriya hamda instrumental diagnostika xizmatlari, kunduzgi statsionar faoliyati, elektron boshqaruv tizimlari va raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tor mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, profilaktik ko‘riklar, skrining tadbirlari hamda oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarni chuqurlashtirilgan tekshiruv va davolash tizimi bilan tanishtirildi. 📊 Ta’kidlanganidek, Olmazor tumanida 11 ta birlamchi tibbiyot muassasasi faoliyat yuritib, ular orqali 400 ming nafardan ortiq aholi birlamchi tibbiy xizmat bilan qamrab olingan. Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika esa mazkur tizimning ixtisoslashtirilgan bo‘g‘ini sifatida oilaviy poliklinikalardan yuborilgan bemorlarga malakali tor mutaxassislik xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Muassasada elektron navbat tizimi, elektron tibbiy karta, tibbiy menejer instituti, bemorlar oqimini boshqarish (patient routing) tizimi hamda keksa va imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun alohida xizmat ko‘rsatish mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida e’tirof etildi. 🤝 O‘rganish davomida deputatlar fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, shifokorlar qabuli, diagnostika xizmatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflarini tingladilar. Shu bilan birga, deputatlar va mutasaddilar ishtirokida tizimni yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qator takliflar bildirildi. ⚖️ O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda deputatlar o‘z vakolatlari doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish, zarur masalalarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Jumladan, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar vaqtida tibbiy xizmatlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida poliklinikani zaxira elektr generatorlari bilan ta’minlash masalasi dolzarb taklif sifatida ilgari surildi va uni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish zarurligi qayd etildi. 🔎 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarida olib borilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

#24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda 🏥 Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat A. Ismailov Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya asosida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish maqsadida Olmazor tumanidagi 16-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi. Tashrif davomida Xislat mahalla fuqarolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik jarayonida fuqarolarning salomatlik holati malakali shifokorlar tomonidan tekshirilib, zarur tibbiy tavsiyalar berildi hamda ehtiyoj mavjud fuqarolar qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tegishli mutaxassislarga yo‘naltirildi. Deputat tomonidan tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi. ✅ Bunday tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi. #Olmazor #XDP #DeputatFaoliyati #24Tavsiya #TibbiyKo‘rik #XislatMFY Telegram 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐You tube

🏥🏥🏥🏥🏥🏥
Tibbiy ko‘rik - insonlar salomatligini saqlash, kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlardir. Tibbiy ko‘rikning ahamiyati shundaki, o‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik doimo sog‘lom bo‘lib yurish imkoniyatini yaratadi.
➕ Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi: «Sebzor», «Yuqori sebzor» hamda «Kaykovus» MFYlar aholisi uchun "TIBBIY KO’RIK" tashkil etildi. 🩺 Tibbiy ko‘rik davomida: ✅ pediatr ✅ terapevt ✅ jarroh-ortoped ✅ ginekolog ✅ oftalmolog ✅ nevrolog ✅ stomatolog ✅ endokrinolog mutaxassislari ishtirok etdilar. Barcha diagnostik tekshiruvlardan va tor soha mutaxassislar ko‘rigidan umumiy: ✅ qon; ✅ siydik; ✅ qon bosimi tahlili o‘tkazildi. Olmazorttb | Facebook | Instagram

☀️ “Assalom tong” sog‘lomlashtirish mashqlarini Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot qizlari tomonidan namoyish etiladi. ❗️ Ko‘ring, siz ham birgalikda bajaring. ✅ Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli. Olmazorttb | Facebook | Instagram

O‘ZBЕKISTON TIBBIYOTI 📌📌📌📌📌 UCHUN 🚑 Aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini aholiga yanada yaqinlashtirish hamda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish asosiy maqsadlardan biridir.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati tomonidan tumandagi 20-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
🏥 Tashrif davomida poliklinikadagi sanitariya-gigiyena holati, xonalarning tozaligi va tartib-intizomi, tibbiy jihozlarning ishlash holati hamda xodimlarning zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy malakasi ko‘zdan kechirildi. 💉 Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i tomonidan poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash jarayonlari hamda mavjud taklif va mulohazalar tinglandi.
Mazkur o‘rganishlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amaliyotda samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.
Olmazorttb | Facebook | Instagram

❗️ В жаркую погоду лучше воздержаться от кофе ☀️ С каждым годом средняя температура воздуха летом повышается. Безусловно, на это влияет ряд глобальных техногенных и природных факторов. Исходя из этого людям придется привыкать жить в условиях аномально жаркой погоды. Как же пережить самый жаркий период лета? 💉 В жаркую погоду следует носить легкую одежду светлых тонов из натуральных тканей, например хлопчатобумажных и льняных, — говорит начальник Алмазарского районного медицинского объединения Азизбек Низамов. Одежда из натуральных материалов позволяет коже дышать, не допуская повышение температуры тела. 👒 Старайтесь избегать попадания прямых солнечных лучей и носите головной убор. ⏰ Пик солнечной активности приходится на период с 12:00 до 16:00 часов. Поэтому желательно не выходить на улицу в этот промежуток времени.
Однако если вам все же нужно выйти на улицу в это время, старайтесь защищать открытые участки тела от попадания солнечных лучей.
💦 В жару нарушается водный баланс в организме и теряется много влаги. Поэтому нужно пить не менее 3 литров жидкости в день. 🧃 В летний день хорошо утоляют жажду натуральные соки из вишни, яблок и кислых фруктов, айран на сюзьме и лимонад. ☕️⛔️ В жару лучше воздержаться от кофе, поскольку в жаркие летние дни кофе усиливает чувство усталости. 🥫❌ Не рекомендуется также употребление сладких и газированных напитков. 🍺 То же самое касается и алкогольных напитков. Olmazorttb | Facebook | Instagram

#Ibrat Katta shaxsiyat. ⚽️ Ekrani singan telefondan foydalanadigan futbol yulduzi. Olmazorttb | Facebook | Instagram

​❗️Jazirama kunlarda qahva ichishdan voz kechgan maʼqul ☀️Yildan yilga yoz mavsumida havo harorati yuqorilab bormoqda. Albatta, bunga qator texnogen va tabiiy omillar taʼsir qilyapti. Bunday sharoitda insonlar anomal issiq ob-havoda yashashga ko‘nikishiga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, yoz chillasini qanday o‘tkazish kerak? 💉 Issiq havoda tabiiy, yorqin rangdagi, paxta matosidan bo‘lgan kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiq, — deydi Olmazor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Azizbek Nizamov — Mavsumga mos bunday liboslar terining nafas olishiga imkon yaratadi, tana qizib ketishining oldini oladi. 👒 Iloji boricha to‘g‘ri tushayotgan quyosh nuridan saqlanishga harakat qilish va bosh kiyim kiyib yurish lozim. ⏰ Quyosh nuri soat 12:00 dan 16:00 gacha juda faol holatda bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqt oralig‘ida ko‘chaga chiqishni rejalashtirmagan maʼqul.
Ammo tashqariga chiqishga zarurat bo‘lsa, tananing ochiq joylarini quyosh nuridan asrashga harakat qilish kerak.
💦 Issiq ob-havoda organizmda suv balansi buziladi hamda ko‘p namlik yo‘qotiladi. Shuning uchun jaziramada kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. 🧃 Yoz kunlari chanqoqni olcha, olma va nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar, ayron hamda limonli suvlar bosadi. ☕️⛔️ Jazirama kunlarda qahvadan voz kechgan maʼqul. Chunki u issiq kunda charchoqni oshiradi. 🥫❌ Shirin va gazlangan ichimliklar ham tavsiya etilmaydi. 🍺 Issiq ob-havoda spirtli ichimliklardan tiyilish kerak. Olmazorttb | Facebook | Instagram

🏥🏥🏥🏥🏥🏥 Olmazor tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi tibbiy brigada xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida tibbiy ko‘
+4
🏥🏥🏥🏥🏥🏥 Olmazor tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi tibbiy brigada xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida tibbiy ko‘rik va kuzatuv tadbirlari tashkil etildi. 📌 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash hamda profilaktika ishlarini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. 🏥 Xususan, qon bosimi, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa surunkali xastaliklar bo‘yicha diagnostika ishlari olib borildi. Shuningdek, aholiga sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tibbiy maslahatlar berildi. 👩‍⚕️ Olmazor tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi tomonidan aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bunday tibbiy-profilaktik tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Olmazorttb | Facebook | Instagram

👩‍⚕️ “Assalom tong” sog‘lomlashtirish mashqlarini Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi tibbiyot qizlari tomonidan namoyish etiladi. 🫴 Ko‘ring, siz ham birgalikda bajaring. ☀️ Har kuni emas, kunora 30-60 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, sog‘lom bo‘lishingiz uchun yetarli. Olmazorttb | Facebook | Instagram

Bolalar qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvishi nima uchun muhim?Bu odatni shakllantirish uchun yurtimizda qanday choralar amalga oshirilmoqda? 🖥 SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "DOKTOR AI" medialoyihasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan navbatdagi videorolikda ushbu savollarga javob topasiz. @TShSSBB