ar
Feedback
Yetim dasturchi kundaligi

Yetim dasturchi kundaligi

الذهاب إلى القناة على Telegram

Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir. https://manu.uz/ https://diary.manu.uz/ Bog'lanish uchun: @yetim_robot

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Yetim dasturchi kundaligi

تُعد قناة Yetim dasturchi kundaligi (@yetimdasturchi) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 33 934 مشتركاً، محتلاً المرتبة 3 823 في فئة التكنولوجيات والتطبيقات والمرتبة 2 269 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 33 934 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 07 أكتوبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -2 350، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -110، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 18.72‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 7.10‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 6 356 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 2 409 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 87.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Murakkablik - avvalgisidan unchalik yaxshi bo'lmagan voqeligingizni qabul qilishingizdir. https://manu.uz/ https://diary.manu.uz/ Bog'lanish uchun: @yetim_robot”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 08 أكتوبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التكنولوجيات والتطبيقات.

33 934
المشتركون
-11024 ساعات
-5727 أيام
-2 35030 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
أكتوبر '26
أكتوبر '26
+2
في 2 قنوات
سبتمبر '26
+14
في 4 قنوات
Get PRO
أغسطس '26
+130
في 2 قنوات
Get PRO
يوليو '26
+171
في 3 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+60
في 3 قنوات
Get PRO
مايو '26
+22
في 15 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+254
في 2 قنوات
Get PRO
مارس '26
+2 242
في 3 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+2 872
في 7 قنوات
Get PRO
يناير '26
+3 877
في 5 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+4 661
في 4 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+2 637
في 13 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+3 004
في 5 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+4 419
في 19 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+6 106
في 4 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+6 622
في 3 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+6 075
في 7 قنوات
Get PRO
مايو '25
+2 484
في 4 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+3 431
في 1 قنوات
Get PRO
مارس '25
+3 852
في 13 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+2 941
في 15 قنوات
Get PRO
يناير '25
+2 823
في 8 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+3 071
في 5 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+4 555
في 19 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+5 838
في 6 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+3 707
في 12 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+5 057
في 4 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+6 786
في 8 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+1 416
في 13 قنوات
Get PRO
مايو '24
+1 061
في 11 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+697
في 4 قنوات
Get PRO
مارس '24
+1 356
في 11 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+2 052
في 5 قنوات
Get PRO
يناير '24
+6 697
في 5 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+1 287
في 8 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+155
في 10 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+85
في 4 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+177
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+98
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+345
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+34
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+28
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+639
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+1 997
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+2 195
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+4 778
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+52
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+263
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+351
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+351
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+117
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+811
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+262
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+28
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+17
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+8
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+5
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '22
+26
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '21
+33
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '21
+32
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '21
+107
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '21
+328
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '21
+64
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '21
+339
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
07 أكتوبر0
06 أكتوبر+2
05 أكتوبر0
04 أكتوبر0
03 أكتوبر0
02 أكتوبر0
01 أكتوبر0
منشورات القناة
Cyberkentdagi STM32 challengeni nega hech kim yecha olmadi? Kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Cyberkent 4.0 — O‘zbekiston
Cyberkentdagi STM32 challengeni nega hech kim yecha olmadi? Kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Cyberkent 4.0 — O‘zbekiston Milliy Kiberxavfsizlik Musobaqasida STM32 firmwaresiga oid bir topshiriqni hech kim yecha olmaganini aytishdi. Qiziqib firmwareni biroz titkilab ko‘rdim. Boshida unchalik dahshatli ko‘rinmaydi, lekin ichkariga kirgan sari topshiriq ancha puxta o‘ylanganini sezadi odam. Eng qizig‘i, bir joyini yechganingizda masala tugamaydi, aksincha keyingi bosqichda butunlay boshqa muammo chiqadi. Shu tariqa boshida oddiy ko‘ringan topshiriq oxiriga borib nega hech kim yecha olmagan darajada qiyinlashib ketganini quyida qisqacha ko‘rib chiqamiz 👇 https://telegra.ph/Cyberkentdagi-STM32-challengeni-nega-hech-kim-yecha-olmadi-10-07 @yetimdasturchi

2
Selom hozirdan o'rgangan yaxshi. AI ishimizni olib qo'ysa shunaqa dehqonchilik bilan shug'ullanaveramizda)
2 409
3
Faqat qishlaqda aerofobiyasi bor odamni tepaga olib chiqib uzum ham tervor deb paqir uzatishsa kerak)
2 395
4
رسالة فيديو
2 373
5
Windowsda .exeni debug qilyapsan, bir qarasang allaqachon qandaydir DLL ichida yuribsan. Linuxda GDB bilan bunaqa adashib ket
Windowsda .exeni debug qilyapsan, bir qarasang allaqachon qandaydir DLL ichida yuribsan. Linuxda GDB bilan bunaqa adashib ketganim esimda yo‘q. Balki Windows debugging muhiti menga hali ham begonadir. Aslida Linuxda ham .solar ichiga tushib ketish mumkin, faqat GDB odatda source-level debugging bilan ishlashga o‘rgatgan. Albatta, stepi bilan instruction level yursang, manzara unchalik farq qilmaydi. Demak, masala qaysi muhit murakkabroq ekanida emas, qaysi birining murakkabligiga ko‘zing o‘rganib qolganida.
2 906
6
Bugun reverse engineering bo‘yicha o‘z rekordimni yangiladim. Bir dasturni buzib ko‘rishga atigi bir soatcha vaqt ketdi. Tabi+1
Bugun reverse engineering bo‘yicha o‘z rekordimni yangiladim. Bir dasturni buzib ko‘rishga atigi bir soatcha vaqt ketdi. Tabiatan x86_64 assemblyni uncha yoqtirmayman. ARM va turli mikrokontrollerlarning assemblysi menga ancha qiziqroq tuyuladi. Lekin strukturani tushunsangiz, aslida ularning hech biri katta muammo emas. Mantiqan qaraganda, assembly va boshqa low-level tillar ko‘p high-level tillardan ham sodda. Abstraksiya kam, hamma narsa deyarli ko‘z oldingizda. Muammo ularning qiyinligida emas detallarining cheksizligida. Shuning uchun low-levelni o‘rganish qiyin emas, uni to‘liq o‘rganishga va unda ishlashga shunchaki umr kamlik qiladi ))
2 823
7
Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozirgi aksiya orqali uni 18 oyga atigi
Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozirgi aksiya orqali uni 18 oyga atigi 10$ evaziga olish mumkin. (Ishonchli to'lovni obuna muvaffaqiyatli olingandan keyin qilasiz, xohlasangiz.) ‼️ Linklar soni atigi 15 ta qoldi. Obuna sizning rasmiy Google akkauntingizga olinadi. Google AI tarkibida: • Gemini Pro • Video yaratish • Rasm yaratish • Coding • Antigravity • 5 TB bulutli xotira • +20 Imkoniyatlar Olib berish narxi bir martalik 10$. To'lovni obuna muvaffaqiyatli olinganidan keyin qilishingiz mumkin. Kimga kerak bo'lsa @javohircoder ga «Gemini PRO» deb yozing.
2 919
8
Manabuyerda matematikaka oid shunaqa boshqotirma emas bosh og'riq bo'ladigan qiziq narsalarni yana topsangiz bo'ladi: https://t.me/otabekmath
3 131
9
Odatda asabiy bo‘lsam, miyamni qiynab ko‘radigan odatim bor. Bir-biriga umuman o‘xshamagan narsalarni chatishtirib ko‘raman.+2
Odatda asabiy bo‘lsam, miyamni qiynab ko‘radigan odatim bor. Bir-biriga umuman o‘xshamagan narsalarni chatishtirib ko‘raman. Albatta, bu qo‘chqor bilan echki bo‘lmaydi hech qachon. Turli algoritmlar, metodlar yoki yondashuvlar bo‘lishi mumkin, xolos. Harna, odam shu bilan chalg‘iydi. Xullas, videodagi dasturni yasaganimga 10 yil bo‘libdi. O‘sha davrda trendda bo‘lgan Object Pascalda qilingan. Lekin undagi metodlarni eslab, qiziq bir narsani eksperiment qilib ko‘rdim. Odatda Rubik kubigini dasturiy yechishda Two-Phase (Kociemba) algoritmi ishlatiladi. Judayam mazoxist bo‘linsa yoki buning tagida nima yotganini chuqurroq tushunishni xohlaganlar uchun Group Theory va CSP ham qo‘l keladi. To‘g‘ri, bular algoritm emas. Biri matematik struktura, ikkinchisi esa masalani cheklovlar orqali ifodalash modeli. Lekin Rubik kubigini tushunishda ikkalasi ham juda qiziq nuqtai nazar beradi. Men esa bularni morfologiya bilan ozgina chatishtirib ko‘rish haqida o‘ylab qoldim. Rubik kubigida barcha mumkin bo‘lgan holatlarni bazaga yozib chiqmaymiz. Boshlang‘ich holat bor, ruxsat etilgan transformatsiyalar bor va kerakli holatga olib boradigan yo‘l hisoblanadi. Morfologiyada ham bunga biroz o‘xshash manzara bor. Masalan: kitob > kitoblar > kitoblarimiz > kitoblarimizni Bularni alohida-alohida tayyor so‘z sifatida saqlash mumkin. Yoki kitobni boshlang‘ich holat deb olib, ko‘plik, egalik va kelishik kabi operatsiyalarni hamda ularning qaysi tartibda ishlashi mumkinligini saqlash mumkin. Shunda masala bazadan kitoblarimizni degan qatorni topishdan, kitob holatidan berilgan grammatik xususiyatlarga olib boradigan to‘g‘ri yo‘lni topishga aylanadi. Teskari yo‘nalishda esa kitoblarimizni > kitob > PL > POSS.1PL > ACC. Ya’ni morfologik analiz ham ma’lum ma’noda state-space search bo‘lib qoladi. CSP esa masalaga boshqa tomondan qaraydi. Unda yechim tayyor variantlar orasidan qidirilmaydi, balki o‘zgaruvchilar, ularning mumkin bo‘lgan qiymatlari va ular orasidagi cheklovlar beriladi. Morfologiyada ham so‘zning turkumi, soni, egaligi, kelishigi yoki boshqa grammatik xususiyatlarini shunday o‘zgaruvchilar sifatida ko‘rish mumkin. Masalan, ot uchun kelishik mavjud bo‘lishi mumkin, fe’l uchun esa zamon va shaxs boshqa qoidalar asosida ishlaydi. Shu cheklovlarning barchasini qanoatlantirgan kombinatsiya to‘g‘ri morfologik holatga aylanadi. Shunda ikki fikr bir joyda uchrashadi. Transformatsiyalar mumkin bo‘lgan holatlar orasida yurish imkonini beradi, CSP esa qanday holat va kombinatsiyalar umuman mumkinligini belgilaydi. Qidiruv esa shu variantlardan kerakli yechimni topadi. Bunga ko‘ra lemma, transformatsiyalar, cheklovlar va qidiruv birgalikda morfologik analiz va generatsiyani hosil qiladi. Xullas, eksperimentning maqsadi yuz minglab generatsiya qilingan so‘z shakllarini bazada tayyor saqlash qanchalik zarurligini tekshirish edi. Ularning qanchasini faqat lemma, transformatsiya qoidalari va cheklovlar orqali qayta tiklash mumkin? Va bundan ham qiziqrog‘i, shu yondashuvda db hajmi qanchaga kichrayadi, qidirish tezligiga qanday ta’sir qiladi va aniqlikdan yutamizmi yoki yo‘qotamizmi? Hozircha gemoroyga uchradik xolos. Rubik kubigi bilan o‘zbek morfologiyasining qarindoshligi yo‘q, albatta. Lekin ba’zida bir sohada ishlaydigan fikrlash usulini boshqa sohaga olib o‘tib ko‘rishning o‘zi qiziq natija beradi yoki yo‘l ochadi. Natija bermasa ham, hech bo‘lmasa asabni buzgan narsadan chalg‘ib, asabni buzadigan boshqa narsa topilib keladi. @yetimdasturchi
3 251
10
Katta maqsad qo‘yib, uning ortidan harakat qilishning foydasi faqat o‘zingizga tegmasligi mumkin. Ba’zida bir odamning maqsad
Katta maqsad qo‘yib, uning ortidan harakat qilishning foydasi faqat o‘zingizga tegmasligi mumkin. Ba’zida bir odamning maqsadi, mehnati va harakati uning atrofidagi joyni ham, odamlarni ham o‘zgartiradi. Behruzning o‘zi bunga yaxshi misol. Chekka bir tumandan chiqqan oddiy bola milliy terma jamoagacha, Jahon chempionatigacha va Yevropa klubigacha yetib bordi. Menimcha, uning eng katta yutuqlaridan biri faqat futbol maydonidagi natijalari ham emas. U shu yerdagi ko‘plab bolalar va ularning ota-onalariga “demak, bizdan ham chiqishi mumkin ekan” degan ishonchni bera oldi. Oldin katta futbol, terma jamoa yoki Yevropa klublari bu yerdagi bola uchun juda uzoq narsadek tuyulgan bo‘lsa, bugun mahalladagi bir bola Behruzga qarab buning imkoni borligini ko‘radi. Ota-ona ham bolasini mashg‘ulotga olib borayotganda uning oldida haqiqiy misol borligini biladi. Menimcha, bir odamning yutug‘i boshqalarning imkoniyat haqidagi tasavvurini o‘zgartira olsa, bu ham juda katta natija. Masalan, buning yana bir ko‘rinadigan natijasi bu stadion. Uni xalq orasida “Eski stadion” deb atashardi. Sababi tumanimizda ikkita katta stadion bor, bunisi esa juda ko‘p yillar davomida deyarli qarovsiz qolgan edi. Bolaligimdan eslayman, bu stadionning sigir boqish, vertolyot qo‘nishi va bekinmachoq o‘ynashdan boshqa narsaga foydasi tekkanini deyarli ko‘rmaganman. Aslida mening bolaligimning bir qismi ham shu yerda o‘tgan. Kech tushishi bilan butun mahalla bolalari stadionga chiqardik. Qorong‘i tushguncha o‘ynardik, shu vaqt ichida qorovuldan yer yuzida mavjud bo‘lgan so‘kinish va qarg‘ishlarning katta qismini eshitib ulgurganmiz. Menimcha, so‘kinish bo‘yicha boshlang‘ich tajribam ham aynan shu yerda shakllangan)) Men futbolga o‘zi unchalik qiziqmayman. Lekin Behruz Karimov va uning ustozining katta maqsadlari ortidan qilayotgan harakatlari sabab bugun shu stadionning yaxshilanayotgani, uning ortidan mahallamiz ham asta-sekin chiroyliroq joyga aylanayotgani meni xursand qiladi. Shunda katta maqsadning natijasi faqat o‘zing bilan tugamasligini yana bir bor tushunasan. Sen o‘zing uchun nimadir qurayotgandirsan, biror natijaga erishishga harakat qilayotgandirsan. Lekin shu yo‘lda yaratgan narsalaring, qilgan ishlaring va ortingdan qoladigan o‘zgarishlar boshqa odamlarga ham foyda berishi mumkin. Menimcha, hozirdanoq shunaqa maqsadlar haqida o‘ylash kerak. Faqat “men nimaga erishaman?” emas, “men erishsam, atrofimda yana nima yaxshi tomonga o‘zgaradi?” degan savolni ham o‘zimizga berib turish foydali. Albatta, chetdan qaraganda bularning hammasi chiroyli ko‘rinadi. Aslida esa katta natijaning ortida ko‘p mehnat, vaqt, sabr va ko‘p narsadan voz kechish turadi. Havas qiladigan natijaga yetib kelish, odatda, havas qiladigan darajada oson bo‘lmaydi. Balki katta maqsadlarning eng yaxshi tomoni ham shudir. Unga erishish uchun qilgan mehnating oxir-oqibat faqat sening hayotingni emas, atrofingdagi odamlar hayotini ham oz bo‘lsa-da yaxshilashi mumkin. https://youtu.be/-upxUllX_A0
3 280
11
Bazan ichim to'lib ketsa shuyerga kirib ko'z yoshlarimni to'kib chiqaman. Bu Linux Mint distrosi uchun donat sahifasi. Uyerda
Bazan ichim to'lib ketsa shuyerga kirib ko'z yoshlarimni to'kib chiqaman. Bu Linux Mint distrosi uchun donat sahifasi. Uyerda donation statistikasi ham bor qiziq tomoni. Bizda odatda Maryam opa samolyot olaman desa butun tarmoq shunga yopisha oladi. Lekin opensource yoki boshqa turdagi dasturiy ta'minotlarni qo'llash uchun emas. O'zbek open source segmentida ham juda ko'p foydali narsalar bor, ammo buni orqasidan ko'kargan biror dastur muallifini bilmayman. https://www.linuxmint.com/donors.php
3 281
12
Dasturlar uchun foydalanish shartlarini yozgan aka bilan raqobat qilmoqchiman) P.S: Kimdir macbook sovg'a qilsa relizga chiqa
Dasturlar uchun foydalanish shartlarini yozgan aka bilan raqobat qilmoqchiman) P.S: Kimdir macbook sovg'a qilsa relizga chiqarib qo'ysa ham bo'ladi hamma os uchun)
4 077
13
Odatda O‘qituvchilar kunida ko‘pchilik ustozlarimni tabriklashga harakat qilardim. Kecha esa ustozimning xonadonida farzandlari vafot etgani bilan bog‘liq noxush holat bo‘ldi. Telefon qilishganida miyamga kelgan birinchi narsa o‘zlari yaxshimikan? degan o‘y bo‘ldi. Yuraklari bilan muammosi bor edi, bunaqa holatni qabul qilish esa oson emas. Borganimda rostdan ham ahvollari yaxshi emas ekan, tez yordamni endigina chaqirishgan edi. Oramizdagi yosh farqi juda katta bo‘lsa ham, munosabatimiz faqat ustoz-shogirdlik bilan cheklanmagan. Oilaviy yaqinligimiz azaldan bor, keyinchalik esa ustoz-shogird bo‘lish bilan birga ulfat ham bo‘lib ketganmiz. Ustoz sifatidagi hurmat o‘z joyida, lekin oramizda yosh farqini sezdirmaydigan, do‘stlardek erkin munosabat ham bor. Ba’zan gap orasida hazillashib hali ko‘p muvaffaqiyatlarni birga yuvishimiz kerak. Siz ham bir betayinni odam qilganman deb faxrlanib yurasiz, derdim. Hazil bo‘lsa ham, tagida rost gap bor edi. Chunki bugun nimagadir erishayotgan bo‘lsam, buning ichida u kishidan olganlarim ham ko‘p. Elektronika bo‘yicha menga ko‘p narsani aynan shu inson o‘rgatgan. Lekin bergan bilimlaridan tashqari, o‘rganganlarimni amalda sinab ko‘rishim uchun juda katta erkinlik va sharoit ham yaratib berganlar. Biror narsani buzib qo‘yishimdan qo‘rqib tajribalarimga to‘sqinlik qilmas, aksincha, sinab ko‘r deb qo‘llab-quvvatlardilar. Uskuna yoki detal kerak bo‘lsa, topib berishga harakat qilardilar. Bir safar shoshilinch boshqa shahardagi tanlovga borishim kerak bo‘lib qolgandi. O‘shanda yonlaridagi bor pulni chiqarib sen borib, yutib kelaver, qolganini bir amallab hal qilamiz, deganlari hali ham esimda. Adashmasam, bergan pullari o‘sha paytda o‘zlarining uch-to‘rt kunlik xarajatiga yetadigan pul edi. Shunga qaramay, bir soniya ham ikkilanmay menga tutqazganlar. Hozir o‘ylasam, gap pulning o‘zida ham emas ekan, gap mening imkoniyatimni o‘zlarinikidan ustun qo‘ya olganlarida ekan. Shu sabab juda yoshligimdan elektronikani faqat nazariy o‘rganib qolmay, sxemalarni o‘z qo‘lim bilan yig‘ib, ishlamasa sababini izlab, buzib, qaytadan qilib ko‘rib o‘rganganman. Hozir ham yangi narsalarni qo‘rqmay sinab ko‘rishimda o‘sha paytda olgan bilimlarim, yig‘gan tajribam va menga bildirilgan ishonchning o‘rni katta. Sen uchun shuncha narsa qilgan, hayotingda katta iz qoldirgan insonni bunaqa holatda ko‘rish og‘ir. Ayniqsa unaqa ahvolda ko‘rganingda nima deyishni va qilaringni ham bilmaysan. Men kasallik, o‘lim va yo‘qotishlarga nisbatan ancha sovuqqon odamman. To‘g‘rirog‘i, bunaqa vaziyatlarda o‘zimni nazorat qila olaman. O‘sha paytda hissiyotga berilmay, nima qilish kerak bo‘lsa, shuni qilishga harakat qilaman. Keyinroq yolg‘iz qolganimda portlasam ham, lekin vaziyatning o‘zida o‘zimni ushlab turaman. Balki shuning uchun ham kimningdir yaqini olamdan o‘tganda ko‘p gapirishni xohlamayman. Sabr tilab, bo‘lgan voqeani qayta-qayta eslatish ham menga to‘g‘ri tuyulmaydi. Chunki o‘sha paytda odamning o‘z o‘ylari, o‘z og‘rig‘i bo‘ladi. Sen nima desang ham, uning ichida kechayotgan narsani o‘zgartirib qo‘ya olmaysan. Shunaqa paytda ba’zan gapirishdan ko‘ra, shunchaki yonida bo‘lish muhimroqdek tuyuladi. Bugun O‘qituvchilar kuni. Ustozimni qanday tabriklashim, nima tilashim haqida o‘yladim, lekin odatda aytiladigan gaplarning hech biri hozir o‘rniga tushmaydigandek. Hozir chin dildan xohlayotganim tezroq o‘zlariga kelib, sog‘ayib ketishlari. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, vaqt o‘tib bu og‘ir yo‘qotishni ko‘tara olishlari. Bu yil ustozimga eng katta tilagim shu.
5 265
14
Xato yozilgan kod ❌ Operativka ishlatish emulyatori ✅ Matizni yarim puli 💀
Xato yozilgan kod ❌ Operativka ishlatish emulyatori ✅ Matizni yarim puli 💀
5 432
15
Бу хамма компанияда тез тез учраяпти. Янги кучадан келган одамни сухбат килиб олинади. Катта ойликка. Ва унга аввалдан ишлаб келаётган ходим, кайсики ундан паст ойликка ишлаетган ходим иш ургатади. Уни фикри эшитилмайди. Аммо ёкимли, янги мутахассис ишининг фундаменти, эски ходим базаси булади. Агар эски ходим ургатмаса рахбар ва жамоа олдида гнида, яни куролмайдиган ходим булиб колади. Ургатса, унинг тан олинмаган, эшитилмаган фикрлари муаллифи узгариб, бошка шахс учун олкишлар олиб келади. Мен тушунмайман, сурашга уяламан. Янги, катта ва яхши маошли лавозимга келган ходимни олдикку, уни профессионалрок деб олган булсак, натижасини шунга яраша бериши керакми? Агар бермаса, ва кам натижага рози булсак, уни нега олдик. Бу купчиликни кийнайди. Айникса отни калласидек ойлик оладиган экспатинг булсаю, уни кизикарди ва жозибадор слайдига хамма курсаткични сенинг мехнатларинг натижасида килиб берсанг. Охир окибат карсаклар унга булса.... Бу нозик туйгу. Гап карсакларда эмас. Карсаксиз хам индамай киммат ишларни жим килиб юрган мутахассисларимизнинг этибор ва хурмат, тан олинишдан четда колиб кетаётганида... ⚠️ Post muallifi men emasman, post qanday bo‘lsa, shundayligicha joylangan.
7 170
16
C qiziquvchanlikni o‘ziga xos tarzda mukofotlaydi. Tilni qanchalik chuqur bilsangiz, noto‘g‘ridek ko‘rinadigan, lekin mutlaqo
C qiziquvchanlikni o‘ziga xos tarzda mukofotlaydi. Tilni qanchalik chuqur bilsangiz, noto‘g‘ridek ko‘rinadigan, lekin mutlaqo valid bo‘lgan kod yozish shunchalik osonlashadi. Tashqaridan qaraganda noto‘g‘ridek. Compilerga esa baribir hammasi OK. Masalan bu kichik misolda bir nechta cursed C usullari bir joyga yig‘ilgan: — 2[a] - a[2] bilan bir xil, chunki a[b] aslida *(a + b) sifatida ishlaydi. a + 2 bilan 2 + a pointer arifmetikasida bir xil manzilga olib boradi. — case 'A' ... 'Z' - bu GCCning range extensioni. Compiler buni 'A' dan 'Z' gacha bo‘lgan qiymatlarni bitta case diapazoni sifatida qabul qiladi. — switch(c) while(0) - switch body sifatida while statement ishlatilgan. switch mos case labeliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakragani uchun while(0) sharti boshida tekshirilmay qoladi va uning bodysi bajarilib ketadi. — continue - switchga emas, eng yaqin loop bo‘lgan while(0)ga tegishli. continuedan keyin boshqaruv while shartiga qaytadi, 0 tekshiriladi va loop shu yerda tugaydi. Xullas, C o‘zingizga muammo yaratish uchun yetarlicha erkinlik beradigan til. P.S. Bu lo‘licha usullarni productionda ishlatish tavsiya qilinmaydi. Compiler kechiradi, hamkasblar emas 😄
5 619
17
Menimcha, bu loyihani yozishni boshlagandagi homilador bo‘lgan ayol keyingi oy tug‘sa kerak 🙃 Bunday o‘xshatishdan boshlagan+2
Menimcha, bu loyihani yozishni boshlagandagi homilador bo‘lgan ayol keyingi oy tug‘sa kerak 🙃 Bunday o‘xshatishdan boshlaganim bejiz emas. Katta loyihani boshlashdan oldin odatda birinchi savollardan biri “qancha vaqtda bitadi?” bo‘ladi. Masalan 9 oy desangiz, albatta kimdir “unda 9 ta odam qo‘shsak, bir oyda bitadimi?” deb so‘raydi. Bu xuddi 9 ta homilador ayolni olib kelsak, bolani bir oyda tug‘dirib bera olasizlarmi? degandek. Bunday paytda odatda tabassum qilib, ishni davom ettirish kerak. Chunki katta loyihalarda vaqtning hammasi kod yozishga ketmaydi va muddat o‘sha rejalangan kunga borib qoladi. Ba’zan bir necha qator kodning ortida kunlab eksperiment qilish, dokumentatsiya o‘qish, yangi narsalarni o‘rganish, turli yechimlarni sinab ko‘rish, xato qilish, qaytadan boshlash va oxirida hammasini barqaror ishlaydigan holatga keltirish yotadi. Dasturchilar orasida bir dasturchi bir oyda qiladigan ishni ikki dasturchi ikki oyda qiladi degan gap bor. Hazil, albatta. Lekin gap tagida muhim haqiqat bor, odam sonini ko‘paytirish har doim ham muddatni qisqartirmaydi. Ba’zan aksincha kommunikatsiya, koordinatsiya va bir birining ishiga moslashishning o‘zi qo‘shimcha vaqt talab qiladi. Xullas, bu muddatning katta qismi aynan shunday jarayonlar bilan o‘tdi. O‘rganish, eksperimentlar, ishlamagan variantlar, qayta yozishlar, debug va yana debug... Shunga qaramay, ortga qarab hisoblasam, natijada 230 ming qatordan ortiq multi stack kod yig‘ilibdi. Bugun esa nihoyat oxirgi deployni qildim. Albatta, buni mutlaq oxirgisi deb bo‘lmaydi. Hali ko‘zga tashlanmagan kamchiliklar bor, ishlatish jarayonida yangi xatolar chiqishi va ular uchun yana bugfixlar qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Muhandislikda tamom degan so‘zning o‘zi nisbiy. Lekin eng asosiysi hozir yelkadan bir tog‘ ag‘darilgandek. Shuncha oy arxitektura, kod, eksperiment, debug, nega ishlamayapti?, endi nega ishlayapti?lardan keyin tizim nihoyat productionda. Menimcha bugungi deploydan keyin relif mazdan surib potolokka qarab tirjayib uxlasam bo‘ladi. Uxlashdan avval kimdir yelkalarimni massaj qilib qo'ysayam yo'q demasdim))
6 744
18
Agarda kelajakda robotlar qo'zg'oloni bo'lsa birinchi qasosni men va meni jamoamdagilardan olishsa kerak. Robot korpusiga qar+1
Agarda kelajakda robotlar qo'zg'oloni bo'lsa birinchi qasosni men va meni jamoamdagilardan olishsa kerak. Robot korpusiga qarab kelgan fikrlar: - Откуда этот шрам? - Это не шрам, а п*зда!
6 247
19
Bizning xalq olimlarga ergashmaydi. Chunki olimlarning bitta katta muammosi bor ular haddan tashqari aqlli. Bizning odamlarga esa aql negadir unchalik jozibali tuyulmaydi. Aqllilarni na kundalik hayotda, na ishxonada uncha xushlashadi. Qizlar ham kitobdan bosh ko‘tarmaydigan yigitlarni ko‘rib hushidan ketmaydi, ularning to‘shagiga o‘zini otmaydi. Ba’zan shu botaniklar qanday qilib naslini davom ettirayotganiga hayron qolaman. Ustiga-ustak, olimlarning nima qilayotganini tushunishning o‘zi alohida masala. Bugungi ilm-fan, shubhasiz, mo‘jizalar yaratyapti. Lekin ko‘pchiligimiz bu mo‘jizalarning qanday yaratilishini ham, natijasi nimani anglatishini ham tushunmaymiz. Kollayderni yoqdik, ikkita bozonni to‘qnashtirdik, natijada erkin neytrino hosil bo‘ldi. Zo‘r! Lekin aksariyatimiz uchun bu xuddi shahzoda Ivan qurbaqani o‘pdi, qurbaqa esa malikaga aylandi degan ertakdek eshitiladi. Nimadir g‘aroyib ish sodir bo‘lgani aniq, lekin bundan menga qanday foyda tushunarsiz. Shuning uchun Shvetsiyada moddaning topologik fazalarini kashf etganlik uchun millionlik Nobel mukofoti topshirilayotganini ko‘rsang, o‘zingni egasining shaxmat o‘ynashini kuzatayotgan itdek his qilasan, muhim bir ish bo‘layotganini sezasan, lekin nimaligini tushunmaysan. Insoniyat oldinga ketayotganidan xursandsan, ammo bu taraqqiyotga qo‘sha oladigan yagona hissang dumingni likillatish.
8 191
20
Startup g'oyalarni rahmatli qiladigan eng legendalaridan: - Word excel va kompyuterni yaxshi bilasanu konspektlar qilib sotsang bo'lmaydimi?)
8 056