"El-yurt umidi" Foundation
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram "El-yurt umidi" Foundation
El canal "El-yurt umidi" Foundation (@elyurtumidifoundation) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 32 157 suscriptores, ocupando la posición 5 890 en la categoría Educación y el puesto 2 461 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 32 157 suscriptores.
Según los últimos datos del 03 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -398, y en las últimas 24 horas de -2, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 18.77%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 10.73% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 6 037 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 452 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 33.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali
Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation
Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation
www.eyuf...”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 04 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 04 septiembre | +13 | |||
| 03 septiembre | +11 | |||
| 02 septiembre | +9 | |||
| 01 septiembre | +8 |
Uchrashuvlar davomida dastlab UTS va UTS College faoliyati, taʼlim dasturlari, xalqaro talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda zamonaviy mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlov va akademik yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, “El-yurt umidi” Jamgʻarmasining faoliyati, xorijning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida istiqbolli kadrlarni tayyorlashga qaratilgan stipendiya dasturlari, xorijiy universitetlar bilan yoʻlga qoʻyilgan akademik hamkorlik, shuningdek, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish, malaka oshirish va professional stajirovka imkoniyatlari haqida maʼlumot taqdim etildi. Uchrashuv doirasida olib borilgan muzokaralar natijasida, Sidney Texnologiya Universitetida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari uchun chegirmalar taqdim etilishi boʻyicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, UTS Collegeʼda mavjud boʻlgan bakalavriatning birinchi yiliga tenglashtirilgan “International Year One” diplom dasturida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari uchun maxsus chegirma asosida tahsil olish imkoniyati yaratildi. Mazkur dastur talabalarga universitetdagi bakalavriatning birinchi yiliga tenglashtirilgan taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagach, bakalavriatning 2-kursiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkonini beradi. Ushbu kelishuvlar oʻzbekistonlik iqtidorli yoshlarning Avstraliyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida sifatli taʼlim olishi, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashi hamda xalqaro akademik muhitda professional salohiyatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
| 2 | #Oxford_yozgi_maktab
⚡️Qoʻlyozmalarda yashayotgan tarix
“Oksford oʻzbekshunoslik dasturi” doirasida tashkil etilgan Yozgi maktab ishtirokchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondiga tashrif buyurdilar.
Oksford universiteti talabalari qoʻlyozmalarni taʼmirlash ustaxonasida qadimiy manbalarni asrab-avaylash jarayoni bilan yaqindan tanishib, institut fondida saqlanayotgan nodir asarlarni koʻzdan kechirdilar. Asrlar osha bizgacha yetib kelgan ushbu bebaho manbalar ularga oʻzbek xalqining boy ilmiy, adabiy va maʼnaviy merosini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.
Yozgi maktab davom etmoqda.
🌐 Eslatib oʻtamiz, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti koʻmagida amalga oshirilmoqda.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 2 479 |
| 3 | ⚡️Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
Joriy yil 6-sentabr kuni Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
Ma’lumot oʻrnida: 1912-yilda meʻmor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 2 652 |
| 4 | #Xorijiy_stajirovkalar
⚡️Xorijiy stajirovkalarga tayyorgarlik: ikkinchi bosqich sinovlari oʻtkazilmoqda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda tegishli idoralar hamkorligida harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini xorijiy stajirovkalarga tayyorlash boʻyicha ikkinchi bosqich sinovlari oʻtkazilmoqda.
Davlat rahbarining 2026-yil 13-yanvardagi topshirigʻi ijrosi doirasida nomzodlar xorijiy til va maxsus kurslar boʻyicha onlayn oʻzlashtirgan bilimlari yuzasidan yakuniy imtihonlarni topshirmoqdalar. Muvaffaqiyatli natijalarni qayd etgan nomzodlar xorijiy stajirovkalarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi. ishlari mumkin.
Mazkur tayyorgarlik — istiqbolli xodimlarni saralash va ularning kasbiy salohiyatini izchil rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikning amaliy bosqichidir. Kelishuvlar boshlangʻich tayyorgarlik, ixtisoslashtirilgan malaka oshirish dasturlari va xorijiy amaliyotlarni oʻzaro bogʻlaydigan bosqichma-bosqich — kaskadli taʼlim tizimini joriy etishni nazarda tutadi.
Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlaridan biri — nufuzli xorijiy universitetlar va ilmiy markazlarda maqsadli stajirovkalarni tashkil etish. Bunda kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt, robototexnika va dron texnologiyalari boʻyicha bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Xalqaro tajriba, zamonaviy texnologiyalar va idoralararo hamkorlikka tayangan ushbu yondashuv huquqni muhofaza qilish sohasida yangi avlod kadrlarini tizimli tayyorlash uchun asos yaratadi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 2 933 |
| 5 | #OAV_biz_haqimizda
⚡️Kichik yuraklar uchun katta islohotlar
“Oʻzbekiston 24” telekanalining lavhasida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, bolalar kardiojarrohi Bobur Turaevning kasbiy yoʻli, xorijda orttirgan bilim va tajribasi hamda Oʻzbekistonda bolalar tibbiyotini rivojlantirishga qaratilgan maqsadlari haqida hikoya qilingan.
Bu — shunchaki bir shifokorning muvaffaqiyat tarixi emas. Bu — dunyoning ilgʻor tajribasini oʻrganib, uni Vatan ravnaqi va kichik yuraklarning sogʻlom kelajagi yoʻlida qoʻllashga intilayotgan fidoyi mutaxassisning hikoyasi.
Videoni tomosha qilish 👉https://youtu.be/vm96RTxwWnk
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 289 |
| 6 | #Oxford_yozgi_maktab
Nikolas Kontovas, Oksford universiteti turkolog-olimi, Bodleian kutubxonasi Sharq qo‘lyozmalari bo‘limi kuratori:
— Oʻzbek tili boʻyicha ilk darsimizga 25–26 nafar talaba kelgani meni hayratga soldi — hatto barchamiz sinfxonaga sigʻmay, kattaroq joyga koʻchishga majbur boʻldik. Dastlab bu kursga koʻpi bilan besh-olti kishi qiziqadi, deb oʻylagan edim, ammo semestr davomida 15–16 nafar talaba darslarda muntazam qatnashdi.
Oksforddek universitetda yangi, ayniqsa imtihon bilan yakunlanmaydigan kursni yoʻlga qoʻyish nihoyatda murakkab, shu bois bunday qiziqish men uchun alohida ahamiyatga ega boʻldi. Talabalarni bu darsga turli sabablar yetakladi: kimdir Markaziy Osiyoda tadqiqot olib borgan, kimdir fors tilidan keyin yana bir mintaqaviy tilni oʻrganishni istagan, boshqalar esa turkiy tillarga qiziqqan. Ayrim talabalar esa darslarimizdagi samimiy muhit tufayli oʻqishni davom ettirishga qaror qildi.
Bir-ikki yil avval Oksfordda oʻzbek tiliga bunday katta qiziqish uygʻonishini va dasturimiz bu qadar muvaffaqiyatli boʻlishini tasavvur ham qila olmasdim.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 033 |
| 7 | #Oxford_yozgi_maktab
“Oksford oʻzbekshunoslik dasturi” doirasida tashkil etilgan Yozgi maktab ishtirokchilari oʻzbek tilini oʻrganish bilan birga, Oʻzbekistonning boy madaniyati, anʼanalari va tarixi bilan ham tanishmoqda.
Dasturning muhim yoʻnalishlaridan biri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif boʻldi. Bu yerda ishtirokchilar buyuk ajdodlarimizning ilmiy va maʼnaviy merosi hamda Oʻzbekistonning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi haqida chuqurroq bilimga ega boʻldilar.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 306 |
| 8 | #Oxford_yozgi_maktab
Nikolas Kontovas, Oksford universiteti turkolog-olimi, Bodleian kutubxonasi Sharq qo‘lyozmalari bo‘limi kuratori:
— O‘zbekiston — yosh davlat, lekin uning madaniyati va ma’naviy ildizlari ko‘p asrlik tarixga ega. Bu merosning eng yorqin timsollaridan biri — o‘zbek tilidir.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 055 |
| 9 | ⚡️Avstraliyada “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonladi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi delegatsiyasining Avstraliyaga xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan stipendiatlar bilan bayramona uchrashuv oʻtkazildi.
Yosh yurtdoshlarimizni Mustaqillik kuni bilan tabriklar ekan, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari Davron Abdurashidov mustaqillik nafaqat buyuk tarixiy qadriyat, balki har bir fuqaroning Vatan buguni va kelajagi uchun kundalik masʼuliyati ekanini taʼkidladi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida bilimli, tashabbuskor va oʻz yurtiga sodiq yoshlarning oʻrniga alohida eʼtibor qaratildi. Bugungi kunda oʻzbekistonlik yigit-qizlarning nufuzli xorijiy universitetlarda taʼlim olayotgani inson kapitalini rivojlantirish va yoshlar salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan izchil davlat siyosatining samarasidir.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida davom etdi. Stipendiatlar oʻqishlari va ilmiy faoliyatlari haqida soʻzlab, oʻz yutuqlari, gʻoyalari hamda rejalari bilan oʻrtoqlashdi, shuningdek, kasbiy rivojlanish va Vatanga qaytgach, orttirilgan bilimlarni amalda qoʻllash masalalarini muhokama qildi.
Vatandan minglab kilometr olisda boʻlsalar-da, stipendiatlar mamlakatning bosh bayramini oʻzgacha birlik va iftixor tuygʻusi bilan qarshi oldi. Zero, mustaqillik dunyoning barcha nuqtalaridagi oʻzbekistonliklarni umumiy xotira, umumiy masʼuliyat va oʻz yurtining ravnaqiga xizmat qilishdek yagona maqsad yoʻlida birlashtiradi.
#Bayram_muborak #mustaqillik35
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 330 |
| 10 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Shaxzod Bosimov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Pensilvaniya davlat universiteti (AQSh) talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 016 |
| 11 | #ElYurtUmidiSuccessStory
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatı “Study UK Alumni Awards 2026” mukofoti finalistlari qatoriga kirdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatı Mushtariy Madrahimova Britaniya Kengashi tomonidan taʼsis etilgan nufuzli “Study UK Alumni Awards 2026” mukofotining global finalistlari qatoridan joy oldi.
U Buyuk Britaniya universitetlari bitiruvchilarining ijobiy ijtimoiy oʻzgarishlarga va odamlar hayotini yaxshilashga qoʻshgan ulkan hissasini eʼtirof etuvchi “Social Action Award” nominatsiyasida Oʻzbekiston va Kengroq Yevropa (Wider Europe) mintaqasi nomidan ishtirok etdi.
Mushtariy Madrahimova “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati sifatida 2023-yilda Oksford universitetini tamomlagan. Uning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, halollik tamoyillarini mustahkamlash va fuqarolar imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi faoliyati xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan.
Taʼkidlanishicha, M. Madrahimova Adliya vazirligi tomonidan yaratilgan umummilliy bepul huquqiy yordam tizimi — “Madad” loyihasining koordinatorlaridan biri boʻlgan. Tizim xizmatlaridan toʻrt milliondan ortiq kishi, jumladan, olis hududlar aholisi ham foydalangan. Shuningdek, Mushtariy korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari va korporativ transformatsiya loyihalarida ishtirok etgan, bugun esa hududlardagi yoshlarga oʻz kuchlariga ishonishga va jahon darajasidagi taʼlim olishga intilishlariga yordam bermoqda.
Oʻzbekiston vakilasining global finalga chiqqani nafaqat uning shaxsiy yutuqlari, balki oʻzbekistonlik mutaxassislarning milliy va xalqaro darajadagi ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishga qoʻshayotgan hissasi ortib borayotganining ham eʼtirofidir.
Maʼlumot uchun: 2026-yilda global hakamlar hayʼati toʻrtta — “Business and Innovation”; “Culture, Creativity and Sport”; “Science and Sustainability”; “Social Action” nominatsiyalari boʻyicha Buyuk Britaniyaning 26 ta universitetini tamomlagan 19 mamlakatdan 28 nafar finalistni saralab oldi.
“Social Action Award” nominatsiyasida BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi huzurida maslahatchi maqomiga ega boʻlgan Xitoyning birinchi dengiz tabiatini muhofaza qilish tashkiloti — “Better Blue” asoschisi, xitoylik Miao Van gʻolib deb topildi.
Mushtariy Madrahimova bilan bir qatorda finalchilar orasidan Qirol Faysal universiteti prorektori, professor Abdulrahmon al-Lili (Saudiya Arabistoni), xalqaro huquqshunos Kola Alapinni (Nigeriya), huquq himoyachisi, tenglik va kamsitishlarga qarshi kurashish boʻyicha ekspert Loik Shav (Fransiya), ijtimoiy himoyaga muhtoj va taʼlim bilan yetarlicha qamrab olinmagan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratuvchi taʼlim loyihalari rahbari Mishel Puga Sarubbi (Braziliya) hamda taʼlimda inklyuzivlik boʻyicha xalqaro ekspert Pavan Kumar Shriram (Hindiston) oʻrin olgan.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 250 |
| 12 | O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 732 |
| 13 | #Xalqaro_hamkorlik
⚡️Avstraliyaning navbatdagi universiteti bilan hamkorlik bitimi imzolandi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari Davron Abdurashidov boshchiligidagi delegatsiyaning Avstraliyaga amalga oshirgan xizmat safari doirasida QS jahon reytingida 19-oʻrinda, shuningdek, Avstraliyada yetakchi oʻrinlardan birida turgan Yangi Janubiy Uels universiteti (University of New South Wales — UNSW) rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida Jamgʻarmaning faoliyati, erishilgan natijalari, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar hamda Jamgʻarma stipendiatlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan UNSWning ilmiy-tadqiqot salohiyati, mavjud ustuvor taʼlim yoʻnalishlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etildi. Tomonlar, xususan, Jamgʻarma stipendiatlari sonini universitetda oshirish hamda Oʻzbekistonning strategik va drayver sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.
UNSW tomonidan sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, muhandislik, konchilik va foydali qazilmalar, qayta tiklanuvchi energetika, robototexnika, biotibbiyot, saraton tadqiqotlari, iqlim oʻzgarishi va suv resurslari kabi ustuvor yoʻnalishlarda Oʻzbekiston uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirishga tayyor ekanligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida Jamgʻarma stipendiatlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi va bitim orqali stipendiatlar oʻquv toʻlovi uchun 20 % chegirma beriladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 103 |
| 14 | Oksford talabalari O‘zbekistonda
👉 O'zbekiston 24 | Live | 4 186 |
| 15 | ⚡️🇺🇿 Xorijiy talabalardan O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabriklar
#Bayram_muborak #mustaqillik35
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 352 |
| 16 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Rahmatilla Ubayev, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Tyubingen universiteti (Germaniya) magistratura bosqichi talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 938 |
| 17 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Avstraliyada ta’lim olayotgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 092 |
| 18 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Islombek Eshonqulov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Kardiff universiteti (Buyuk Britaniya) talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 693 |
| 19 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Behzod Musurmonqulov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya) talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 523 |
| 20 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Dilmurod Ergashev, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Strathclyde universiteti (Buyuk Britaniya) talabasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 408 |
