"El-yurt umidi" Foundation
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام "El-yurt umidi" Foundation
تُعد قناة "El-yurt umidi" Foundation (@elyurtumidifoundation) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 32 157 مشتركاً، محتلاً المرتبة 5 890 في فئة التعليم والمرتبة 2 461 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 32 157 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 03 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -398، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -2، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: غير موثّقة
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 18.77%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 10.73% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 6 037 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 3 452 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 33.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali
Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation
Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation
www.eyuf...”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 04 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.
جاري تحميل البيانات...
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 03 سبتمبر | +11 | |||
| 02 سبتمبر | +9 | |||
| 01 سبتمبر | +8 |
— Oʻzbek tili boʻyicha ilk darsimizga 25–26 nafar talaba kelgani meni hayratga soldi — hatto barchamiz sinfxonaga sigʻmay, kattaroq joyga koʻchishga majbur boʻldik. Dastlab bu kursga koʻpi bilan besh-olti kishi qiziqadi, deb oʻylagan edim, ammo semestr davomida 15–16 nafar talaba darslarda muntazam qatnashdi. Oksforddek universitetda yangi, ayniqsa imtihon bilan yakunlanmaydigan kursni yoʻlga qoʻyish nihoyatda murakkab, shu bois bunday qiziqish men uchun alohida ahamiyatga ega boʻldi. Talabalarni bu darsga turli sabablar yetakladi: kimdir Markaziy Osiyoda tadqiqot olib borgan, kimdir fors tilidan keyin yana bir mintaqaviy tilni oʻrganishni istagan, boshqalar esa turkiy tillarga qiziqqan. Ayrim talabalar esa darslarimizdagi samimiy muhit tufayli oʻqishni davom ettirishga qaror qildi. Bir-ikki yil avval Oksfordda oʻzbek tiliga bunday katta qiziqish uygʻonishini va dasturimiz bu qadar muvaffaqiyatli boʻlishini tasavvur ham qila olmasdim.🔗 Website: El-yurt.uz Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
| 2 | #Oxford_yozgi_maktab
“Oksford oʻzbekshunoslik dasturi” doirasida tashkil etilgan Yozgi maktab ishtirokchilari oʻzbek tilini oʻrganish bilan birga, Oʻzbekistonning boy madaniyati, anʼanalari va tarixi bilan ham tanishmoqda.
Dasturning muhim yoʻnalishlaridan biri Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif boʻldi. Bu yerda ishtirokchilar buyuk ajdodlarimizning ilmiy va maʼnaviy merosi hamda Oʻzbekistonning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi haqida chuqurroq bilimga ega boʻldilar.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 672 |
| 3 | #Oxford_yozgi_maktab
Nikolas Kontovas, Oksford universiteti turkolog-olimi, Bodleian kutubxonasi Sharq qo‘lyozmalari bo‘limi kuratori:
— O‘zbekiston — yosh davlat, lekin uning madaniyati va ma’naviy ildizlari ko‘p asrlik tarixga ega. Bu merosning eng yorqin timsollaridan biri — o‘zbek tilidir.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 594 |
| 4 | ⚡️Avstraliyada “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonladi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi delegatsiyasining Avstraliyaga xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan stipendiatlar bilan bayramona uchrashuv oʻtkazildi.
Yosh yurtdoshlarimizni Mustaqillik kuni bilan tabriklar ekan, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari Davron Abdurashidov mustaqillik nafaqat buyuk tarixiy qadriyat, balki har bir fuqaroning Vatan buguni va kelajagi uchun kundalik masʼuliyati ekanini taʼkidladi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida bilimli, tashabbuskor va oʻz yurtiga sodiq yoshlarning oʻrniga alohida eʼtibor qaratildi. Bugungi kunda oʻzbekistonlik yigit-qizlarning nufuzli xorijiy universitetlarda taʼlim olayotgani inson kapitalini rivojlantirish va yoshlar salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan izchil davlat siyosatining samarasidir.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida davom etdi. Stipendiatlar oʻqishlari va ilmiy faoliyatlari haqida soʻzlab, oʻz yutuqlari, gʻoyalari hamda rejalari bilan oʻrtoqlashdi, shuningdek, kasbiy rivojlanish va Vatanga qaytgach, orttirilgan bilimlarni amalda qoʻllash masalalarini muhokama qildi.
Vatandan minglab kilometr olisda boʻlsalar-da, stipendiatlar mamlakatning bosh bayramini oʻzgacha birlik va iftixor tuygʻusi bilan qarshi oldi. Zero, mustaqillik dunyoning barcha nuqtalaridagi oʻzbekistonliklarni umumiy xotira, umumiy masʼuliyat va oʻz yurtining ravnaqiga xizmat qilishdek yagona maqsad yoʻlida birlashtiradi.
#Bayram_muborak #mustaqillik35
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 921 |
| 5 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Shaxzod Bosimov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Pensilvaniya davlat universiteti (AQSh) talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 665 |
| 6 | #ElYurtUmidiSuccessStory
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatı “Study UK Alumni Awards 2026” mukofoti finalistlari qatoriga kirdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatı Mushtariy Madrahimova Britaniya Kengashi tomonidan taʼsis etilgan nufuzli “Study UK Alumni Awards 2026” mukofotining global finalistlari qatoridan joy oldi.
U Buyuk Britaniya universitetlari bitiruvchilarining ijobiy ijtimoiy oʻzgarishlarga va odamlar hayotini yaxshilashga qoʻshgan ulkan hissasini eʼtirof etuvchi “Social Action Award” nominatsiyasida Oʻzbekiston va Kengroq Yevropa (Wider Europe) mintaqasi nomidan ishtirok etdi.
Mushtariy Madrahimova “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati sifatida 2023-yilda Oksford universitetini tamomlagan. Uning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, halollik tamoyillarini mustahkamlash va fuqarolar imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi faoliyati xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan.
Taʼkidlanishicha, M. Madrahimova Adliya vazirligi tomonidan yaratilgan umummilliy bepul huquqiy yordam tizimi — “Madad” loyihasining koordinatorlaridan biri boʻlgan. Tizim xizmatlaridan toʻrt milliondan ortiq kishi, jumladan, olis hududlar aholisi ham foydalangan. Shuningdek, Mushtariy korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari va korporativ transformatsiya loyihalarida ishtirok etgan, bugun esa hududlardagi yoshlarga oʻz kuchlariga ishonishga va jahon darajasidagi taʼlim olishga intilishlariga yordam bermoqda.
Oʻzbekiston vakilasining global finalga chiqqani nafaqat uning shaxsiy yutuqlari, balki oʻzbekistonlik mutaxassislarning milliy va xalqaro darajadagi ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishga qoʻshayotgan hissasi ortib borayotganining ham eʼtirofidir.
Maʼlumot uchun: 2026-yilda global hakamlar hayʼati toʻrtta — “Business and Innovation”; “Culture, Creativity and Sport”; “Science and Sustainability”; “Social Action” nominatsiyalari boʻyicha Buyuk Britaniyaning 26 ta universitetini tamomlagan 19 mamlakatdan 28 nafar finalistni saralab oldi.
“Social Action Award” nominatsiyasida BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi huzurida maslahatchi maqomiga ega boʻlgan Xitoyning birinchi dengiz tabiatini muhofaza qilish tashkiloti — “Better Blue” asoschisi, xitoylik Miao Van gʻolib deb topildi.
Mushtariy Madrahimova bilan bir qatorda finalchilar orasidan Qirol Faysal universiteti prorektori, professor Abdulrahmon al-Lili (Saudiya Arabistoni), xalqaro huquqshunos Kola Alapinni (Nigeriya), huquq himoyachisi, tenglik va kamsitishlarga qarshi kurashish boʻyicha ekspert Loik Shav (Fransiya), ijtimoiy himoyaga muhtoj va taʼlim bilan yetarlicha qamrab olinmagan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratuvchi taʼlim loyihalari rahbari Mishel Puga Sarubbi (Braziliya) hamda taʼlimda inklyuzivlik boʻyicha xalqaro ekspert Pavan Kumar Shriram (Hindiston) oʻrin olgan.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 021 |
| 7 | O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 496 |
| 8 | #Xalqaro_hamkorlik
⚡️Avstraliyaning navbatdagi universiteti bilan hamkorlik bitimi imzolandi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktorining birinchi oʻrinbosari Davron Abdurashidov boshchiligidagi delegatsiyaning Avstraliyaga amalga oshirgan xizmat safari doirasida QS jahon reytingida 19-oʻrinda, shuningdek, Avstraliyada yetakchi oʻrinlardan birida turgan Yangi Janubiy Uels universiteti (University of New South Wales — UNSW) rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida Jamgʻarmaning faoliyati, erishilgan natijalari, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar hamda Jamgʻarma stipendiatlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan UNSWning ilmiy-tadqiqot salohiyati, mavjud ustuvor taʼlim yoʻnalishlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etildi. Tomonlar, xususan, Jamgʻarma stipendiatlari sonini universitetda oshirish hamda Oʻzbekistonning strategik va drayver sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.
UNSW tomonidan sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, muhandislik, konchilik va foydali qazilmalar, qayta tiklanuvchi energetika, robototexnika, biotibbiyot, saraton tadqiqotlari, iqlim oʻzgarishi va suv resurslari kabi ustuvor yoʻnalishlarda Oʻzbekiston uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirishga tayyor ekanligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida Jamgʻarma stipendiatlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi va bitim orqali stipendiatlar oʻquv toʻlovi uchun 20 % chegirma beriladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 932 |
| 9 | Oksford talabalari O‘zbekistonda
👉 O'zbekiston 24 | Live | 3 925 |
| 10 | ⚡️🇺🇿 Xorijiy talabalardan O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabriklar
#Bayram_muborak #mustaqillik35
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 222 |
| 11 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Rahmatilla Ubayev, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Tyubingen universiteti (Germaniya) magistratura bosqichi talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 799 |
| 12 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Avstraliyada ta’lim olayotgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 982 |
| 13 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Islombek Eshonqulov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Kardiff universiteti (Buyuk Britaniya) talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 545 |
| 14 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Behzod Musurmonqulov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya) talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 376 |
| 15 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Dilmurod Ergashev, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Strathclyde universiteti (Buyuk Britaniya) talabasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 287 |
| 16 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Mohinur Saydakbarova, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Sinsinnati universiteti (AQSh) talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 112 |
| 17 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
🇺🇿 Murodjon Rustamov, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Lucerne University of Applied Sciences and Arts universiteti talabasi:
— Mustaqillik — bu, avvalo, oʻz taqdirimizni oʻzimiz belgilash, milliy oʻzligimiz va qadriyatlarimizni asrab, kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etish huquqidir.
Oʻtgan 35 yil davomida yurtimiz hayotining turli jabhalarida katta oʻzgarishlar va yangilanishlar amalga oshirildi. Bugun esa mustaqillikning mazmunini nafaqat kechagi kunimiz, balki ertangi kunimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlarda ham koʻramiz.
Ayniqsa, biz, yoshlarning taʼlim olishi, dunyo tajribasini oʻrganishi va zamonaviy bilimlarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kelajak avlodiga boʻlgan eʼtiborning muhim ifodasidir.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham buning yorqin namunasidir. Xorijda taʼlim olish, yangi bilim va tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻlganimdan behad mamnunman. Bu imkoniyat katta ishonch bilan birga, katta masʼuliyat ham yuklaydi.
Bildirilayotgan ishonchni munosib oqlash, egallayotgan bilim va tajribamizni Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qildirish eng katta burchlarimizdan biridir.
Men kabi yoshlarga yaratilayotgan ana shunday keng imkoniyatlar uchun, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak boʻlsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Oʻzbekistonimizning kelajagi yanada porloq boʻlsin! ✨
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 012 |
| 18 | #Bayram_muborak #mustaqillik35
Zarnigor Xolboyeva, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Bonn universiteti (Germaniya) magistratura bosqichi talabasi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan video tabrik yoʻlladi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 2 877 |
| 19 | Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
—
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины!
Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость!
Слава нашему народу – созидателю независимости!
С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан.
Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток!
Да здравствует Республика Узбекистан!
Да здравствует народ Узбекистана!
Шавкат Мирзиёев,
Президент Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 958 |
| 20 | #Axborot24 | 31.08.2026
Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda yozgi maktab tashkil etildi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter) | 3 043 |
