"El-yurt umidi" Foundation
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation www.eyuf.uz
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу "El-yurt umidi" Foundation
Канал "El-yurt umidi" Foundation (@elyurtumidifoundation) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 32 791 підписників, посідаючи 5 774 місце в категорії Освіта та 2 443 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 32 791 підписників.
За останніми даними від 16 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -673, а за останні 24 години на -30, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Не верифікований
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 17.83%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 11.16% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 5 853 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 3 665 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 37.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasining rasmiy Telegram kanali
Fb: https://www.facebook.com/eyufoundation
Inst: https://www.instagram.com/elyurtumidifoundation
www.eyuf...”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 17 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Освіта.
Триває завантаження даних...
| Дата | Залучення підписників | Згадування | Канали | |
| 17 липня | +3 | |||
| 16 липня | +5 | |||
| 15 липня | +3 | |||
| 14 липня | +4 | |||
| 13 липня | 0 | |||
| 12 липня | +6 | |||
| 11 липня | +8 | |||
| 10 липня | +9 | |||
| 09 липня | +7 | |||
| 08 липня | +18 | |||
| 07 липня | +3 | |||
| 06 липня | +4 | |||
| 05 липня | +14 | |||
| 04 липня | +4 | |||
| 03 липня | +3 | |||
| 02 липня | +2 | |||
| 01 липня | +3 |
| 2 | #uzb_vaqti_bilan | 17.07.2026
Ibrohim Asadullayev — “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiati bilan jonli suhbat
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x | 1 463 |
| 3 | #Studiya_tok_shou24 | 17.07.2026
Kelajak liderlari: iqtidorlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi
mtrk.uz| Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x | 2 390 |
| 4 | #Axborot24 | 16.07.2026
Kelajak liderlari: iqtidorlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi
mtrk.uz| Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x | 2 785 |
| 5 | #Intervyu_24 | 16.07.2026
Kelajak liderlari: iqtidorlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x | 2 978 |
| 6 | #Ахборот24 | 16.07.2026
Меры по выявлению и отбору талантливых управленцев, лидеров и руководителей нового поколения, а также поддержке одарённой молодёжи по линии фонда «Эл-юрт умиди»
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x | 3 132 |
| 7 | #Axborot24 | 16.07.2026
“El yurt umidi” jamg‘armasi orqali bugungi kunda 700 dan ortiq stipendiatlar xorijda ta`lim olmoqda
mtrk.uz| Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x | 3 305 |
| 8 | #OAV_biz_haqimizda #Fakt24
Yoshlar istiqboli uchun yuksak sharoitlar
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 703 |
| 9 | #OAV_biz_haqimizda
Yangi avlod rahbarlarini tayyorlash boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 217 |
| 10 | #uzb_vaqti_bilan | 16.07.2026
Gulnoza Ismoilova — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori bilan jonli suhbat
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x | 4 134 |
| 11 | ⚡️ Yigʻilishda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Oʻtgan yili jamgʻarma transformatsiya qilingani natijasida dunyoning eng nufuzli 100 ta oliygohi talabasi boʻlgan stipendiatlar ulushi 30 foizdan 80 foizga yetdi.
Jamgʻarma dasturlarini hudud va tarmoqlarning aniq ehtiyojlariga bogʻlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Iqtidorli yoshlarni xorijiy universitetlarda manzilli tayyorlash, oʻqish xarajatlarini yirik korxonalar bilan birgalikda moliyalashtirish, nufuzli xorijiy oliygohlar bilan qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, bitiruvchilarning ilmiy tadqiqotlari, startaplari va islohotlarga qaratilgan tashabbuslarini kichik grantlar orqali qoʻllab-quvvatlash, yuqori boʻgʻin rahbarlari uchun Singapur, Malayziya, Buyuk Britaniya va Yaponiya tajribasi asosida liderlik dasturlarini tashkil etish rejalari koʻrib chiqildi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 483 |
| 12 | Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli boshqaruvchilar, liderlar va yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по выявлению и отбору талантливых управленцев, лидеров и руководителей нового поколения, а также поддержке одаренной молодежи по линии фонда «Эл-юрт умиди».
#Mirziyoyev #taqdimot #kadrlar #tanlov
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 3 949 |
| 13 | #Stipendiatlar_hayotidan #OAV_biz_haqimizda
“Enterprise Uzbekistan” va TIFC: nima uchun aynan ingliz huquqi tanlandi?
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) Shohruxbek Tillaboyev oʻz intervyusida Enterprise Uzbekistan xalqaro raqamli texnologiyalar markazi hamda Toshkent xalqaro moliya markazini (TIFC) tashkil etishning huquqiy asoslari haqida batafsil soʻzlab berdi.
Intervyuda:
➖ ingliz umumiy huquqi unsurlarining joriy etilishi nega milliy huquqiy tizimdan voz kechishni anglatmasligi;
➖“Enterprise Uzbekistan” va TIFC oʻzaro farqi va bu loyihalar nega bir-birini toʻldirishi;
➖ investitsiyaviy va tijoriy munosabatlar uchun aynan ingliz huquqi nima sababdan xalqaro standart hisoblanishi;
➖yangi huquqiy mexanizmlar xalqaro investorlar ishonchini oshirishga va Oʻzbekistonning raqamli iqtisodiyot, moliya va innovatsiyalar boʻyicha mintaqaviy markaz sifatidagi mavqeyini mustahkamlashga qanday yordam berishi kabi masalalarga oydinlik kiritildi.
Batafsil 👉 https://uza.uz/uz/posts/enterprise-uzbekistan-va-tifc-nima-uchun-aynan-ingliz-huquqi-tanlandi_882353
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 084 |
| 14 | #OAV_biz_haqimizda #Xalqaro_hamkorlik
⚡️Oʻzbekistonning taʼlim diplomatiyasi – Diplomatic Watch xalqaro nashri sahifalarida
Diplomatic Watch nashrida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori, professor Gulnoza Ismailovaning “Uzbekistanʼs Education Diplomacy in Action” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.
Maqolada inson kapitalini rivojlantirish Oʻzbekiston davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanib borayotgani, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi esa stipendiya dasturidan taʼlim diplomatiyasining muhim vositasiga oʻsib, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirayotgani va mamlakatni global bilimlar makoniga integratsiya qilayotgani haqida soʻz boradi.
Maqolada Jamgʻarmaning transformatsiyasiga, yetakchi xorijiy universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirishga, shuningdek, Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar, jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan uzoq muddatli strategik hamkorligini mustahkamlashda taʼlimning oʻrniga alohida eʼtibor qaratilgan.
Batafsil 👉 https://diplomaticwatch.com/uzbekistans-education-diplomacy-in-action/
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 3 940 |
| 15 | #Stipendiatlar_hayotidan
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari oʻqish davomida Oʻzbekistonda amaliyot oʻtamoqda
Bugungi kunda xorijda taʼlim olish nafaqat dunyoning yetakchi universitetlari auditoriyalaridagi maʼruzalar, balki oʻqish davridayoq olingan bilimlarni amalda qoʻllash imkoniyatidir. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi doirasida aynan shunday yondashuvni izchil joriy etmoqda.
Oʻtgan yildan boshlab stipendiatlar uchun davlat organlari va mamlakatning strategik muhim muassasalarida sohaviy stajirovkalarning tashkil etilishi asosiy yangiliklardan biri boʻldi. Ularning bosh maqsadi — xalqaro tajriba xorijdagi oʻqish yakunlanmasdanoq Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qila boshlashini taʼminlashdir.
Jumladan, Glazgo universitetida tahsil olayotgan stipendiat Mushtariy Muxiddinova hamda Lester universiteti talabasi Sabina Toxirova yozgi taʼtil paytida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida amaliyot oʻtamoqda.
Boʻlajak mutaxassislar dori vositalarining sifati, xavfsizligi va samaradorligini nazorat qilish tizimi, zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishmoqda, biologik sinovlarni oʻtkazish, bakterial endotoksinlar va toksikologik koʻrsatkichlarni tadqiq etishda ishtirok etmoqda, shuningdek, laboratoriya tadqiqotlarini tashkil etish va ularning natijalarini rasmiylashtirishga oid xalqaro talablarni oʻrganmoqda.
Yana bir misol — AQSHning Pensilvaniya davlat universitetida “Siyosatshunoslik” (Political Science) yoʻnalishida tahsil olayotgan Jamgʻarma stipendiati Jasmina Tursunaliyevadir. U yozgi amaliyotini Sirdaryo viloyati hokimligida oʻtamoqda.
Amaliyot davomida Jasmina ijro etuvchi hokimiyat organlarining ish mexanizmlarini, davlat boshqaruvini raqamlashtirish jarayonlarini, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish va boshqaruv qarorlarini tayyorlash tizimini oʻrganmoqda.
U universitetda olgan bilimlaridan foydalanib, davlat organlari faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashmoqda, professional elektron axborot platformasi konsepsiyasi ustida ishlamoqda hamda raqamli hukumatning davlat va jamiyat oʻzaro munosabatlariga taʼsirini tadqiq qilmoqda.
“Amaliyot davomida davlat boshqaruvi jarayonlarini amaliy jihatdan tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, tahliliy fikrlash va loyiha ishlab chiqish boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarimni mustahkamladim. Ayniqsa, davlat boshqaruvida raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarning oʻrni haqidagi amaliy tajriba men uchun juda qiziqarli boʻldi”, — dedi Jasmina.
Bunday amaliyotlar boʻlajak mutaxassislarga nafaqat Buyuk Britaniya va AQSHning yetakchi universitetlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, balki eng ilgʻor xalqaro tajribalarni milliy davlat boshqaruvi tizimiga qanday moslashtirish mumkinligini koʻrish imkonini ham beradi.
Bugungi kunda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xorijda taʼlim olish diplom olish bilan yakunlanadigan modeldan kadrlar tayyorlashning yangi falsafasiga izchil oʻtib bormoqda. U “oʻrganish – qoʻllash – qaytish – mamlakatni rivojlantirish” tamoyiliga asoslanadi.
Bunday yondashuv akademik tayyorgarlik va amaliy faoliyat oʻrtasidagi tafovutni sezilarli darajada qisqartirishga, yosh mutaxassislarning kasbiy moslashuvini tezlashtirishga hamda davlat boshqaruvi, sogʻliqni saqlash, fan va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlariga zamonaviy xalqaro bilimlarni tezroq joriy etishga imkon beradi.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 408 |
| 16 | ⚡️“Rahbar ayollar” taʼlim dasturining yangi mavsumiga start berildi
Bugun, 13-iyul kuni Toshkentda “Rahbar ayollar” taʼlim dasturining yangi mavsumi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Dastur xotin-qizlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, zamonaviy kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning kasbiy yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Ochilish marosimida “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ijrochi direktori, professor Gulnoza Ismailova nutq soʻzlab, inson kapitalini rivojlantirish va xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratish Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.
Professor G. Ismailovaning soʻzlariga koʻra, zamonaviy davlat xizmatiga strategik fikrlash qobiliyatiga, yetakchilik fazilatlariga, xalqaro tajribaga ega boʻlgan hamda shiddatli global oʻzgarishlar sharoitida ishlashga tayyor yangi avlod ayol rahbarlarni jalb qilish muhim. Bu borada soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning kasbiy yuksalishi uchun imkoniyatlar sezilarli darajada kengaygan.
Agar yaqin oʻtmishda xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarini ancha kam egallagan va boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturlarida kamdan-kam qatnashgan boʻlsa, bugungi kunda ular davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, fan va taʼlimni modernizatsiya qilish jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylanmoqda.
Misol uchun, joriy yilda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan 250 nafardan ziyod nomzod orasidan saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 50 nafar eng salohiyatli xotin-qiz dastur tinglovchisi sifatida tanlab olindi.
Taʼlim dasturi davomida tinglovchilar Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida zamonaviy boshqaruv yoʻnalishlari boʻyicha tahsil oladi, vazirlik va idoralarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida stajirovka oʻtaydi, xorijiy tajribani oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladi hamda yakunda loyiha ishlarini himoya qiladi.
Tadbir doirasida dasturning oʻtgan yillardagi amalga oshirilish natijalari ham taqdim etildi. Bitiruvchilar oʻz kasbiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar va dasturdagi ishtirok ularning mansab pogʻonalaridan koʻtarilishi hamda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishga qanday hissa qoʻshgani haqida soʻzlab berdilar.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 5 168 |
| 17 | #OAV_biz_haqimizda
Bugun Yangi Oʻzbekistonda ilm-fan va taʼlim sohasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Ayniqsa, mamlakatimiz yoshlarining dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olishi, xalqaro maydonlarda oʻz iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar oʻzining yuksak samarasini bermoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilib, yuzlab iqtidorli yoshlarning orzularini roʻyobga chiqarishga, ularning jahon ilm-fani choʻqqilarini zabt etishiga keng yoʻl ochib bermoqda.
Bugun ana shunday iqtidorli yoshlardan biri — buxorolik olim Farmon Asadovning navbatdagi yuksak yutugʻi nafaqat Buxoro ahli, balki butun mamlakatimiz ilm ahli uchun katta gʻurur va iftixor manbaiga aylandi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati boʻlgan Farmon Asadov Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri sanalgan Lankaster universitetida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Batafsil 👉 https://uza.uz/uz/posts/britaniyadagi-tarixiy-muvaffaqiyat_882069
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 711 |
| 18 | ✨Buyuklar haqida 100 ta dalil — yangi formatda!
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʻshgan ulugʻ mutafakkirlar, olimlar va arboblarga bagʻishlangan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” nomli qisqa videoroliklar turkumini taqdim etdi.
Navbatdagi video buyuk mutafakkir, maʼnaviy ustoz va eng mashhur tasavvufiy oqimlardan biri – naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshbandga bagʻishlangan.
“Dil ba yoru, dast ba kor” degan mashhur tamoyil bugungi kunda ham maʼnaviyat va bunyodkorlik mehnati uygʻunligining ramzi boʻlib qolmoqda.
➡️ Videoni tomosha qiling va buyuk ajdodlarimiz hayotiga oid qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻling.
📍Ingliz tilida 📍Qoraqalpoq tilida 📍Rus tilida
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 5 879 |
| 19 | ⚡️ Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integratsiyasida yangi bosqich
📝 Prezident tomonidan "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb o‘n yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarimizning mantiqiy natijasidir,- deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Ushbu hujjat mamlakatimizda xalqaro standartlarga mos moliyaviy infratuzilmani shakllantirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va O‘zbekistonning xalqaro kapital bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim institutsional islohot hisoblanadi.
Toshkent xalqaro moliya markazi hududida investorlar va moliyaviy tashkilotlar uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi. Markazda mustaqil moliyaviy regulyator, Toshkent xalqaro tijorat sudi va nizolarni hal etishning zamonaviy mexanizmlari faoliyat yuritadi. Bu esa xalqaro investorlar uchun huquqiy kafolatlar va barqaror biznes muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yangi markaz bank va investitsiya xizmatlari, kapital bozori, sug‘urta, islom moliyasi, fintex, raqamli aktivlar, aktivlarni boshqarish, yuridik va konsalting xizmatlarini qamrab olgan zamonaviy moliyaviy ekotizim sifatida rivojlantiriladi.
2030- yilgacha mazkur tashabbus orqali 20–25 mlrd AQSH dollarigacha qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish, iqtisodiyotning yillik o‘sishiga qo‘shimcha hissa qo‘shish, 15 minggacha yuqori malakali ish o‘rni yaratish va 10 ming nafar mutaxassisning malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Bu esa xususiy sektorni rivojlantirish, innovatsion moliyaviy xizmatlarni kengaytirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Toshkent xalqaro moliya markazining tashkil etilishi – O‘zbekistonning ochiq, raqobatbardosh va xalqaro moliyaviy tizimga chuqur integratsiyalashgan iqtisodiyotni barpo etish yo‘lidagi muhim strategik qadamidir.
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 4 952 |
| 20 | #Taqdirlash_marosimi
⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi xodimlari “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishonini bilan taqdirlandi
Bugun bir guruh “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xodimlariga — Ijro-nazorati xizmati bosh inspektori Baxtiyor Xushmurodov, Tanlovlarni tashkil etish va akademik qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Elbek Iskandarov va yetakchi inspektori Azizbek Niyazmetovga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni topshirildi.
Koʻkrak nishonining topshirilishi ularning kasbiy yutuqlari, masʼuliyati va oʻz ishiga fidoyiligining eʼtirofidir.
Jamgʻarma jamoasi ularni yuksak mukofot bilan tabriklab, mamlakatimiz inson kapitalini rivojlantirish yoʻlidagi xizmatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi! ✨
🔗 Website: El-yurt.uz
Telegram | Facebook |Instagram| YouTube | 6 852 |
