cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: http://surxondaryo.uz/ Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: [email protected] Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @surxondaryouz_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
25 349
Suscriptores
-1824 horas
-367 días
+16630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Jarqo‘rg‘onda "Yangi O‘zbekiston" massivi, Termiz tumanida sanoat zonasi loyihalari va issiqxona, Muzrabotda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan tanishildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 14 2👏 2
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040 #Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 27 2👎 2👏 2🙏 1
📢 Muzrabot tumani aholisi diqqatiga! 📆 Bugun, 11-may kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Muzrabot tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi. 📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin. ☎️ Murojaat uchun telefonlar: (76) 223-54-58; (76) 223-54-67 📲 Telegram: (99) 482-00-77 📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 24 2👏 2
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda M41 “Bishkek—Dushanbe—Termiz” avtomobil yo‘liga parallel yo‘nalishda 171 kilometr uzunlikdagi, barcha zamonaviy sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan pulli avtomagistral qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar davomida yo‘l qurilishining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirish, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi. Yakunda tomonlar mutasaddi tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda loyihani qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni boshlashga kelishib oldi. Ma’lumot uchun, “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” Xitoyning yirik kompaniyalaridan birib bo‘lib, o‘zining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yuqori sifatli pulli yo‘llarni qurgan. #Surxondaryo #Xitoy #pulliavtomagistral #loyiha #muzokara Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 34🔥 2👏 2🎉 2👎 1
Sanoat zonasida loyihalar taqdimoti, IES qurilishi, ishlab chiqarish hamda mahsulot yetishtirish korxonalari faoliyati bilan tanishuv Kuni-kecha viloyat rahbari Termiz shahri va Angor tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 19🔥 2👏 2
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Tinchlik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatdagi mavjud konlar, geologiya qidiruv ishlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi. Shuningdek, Angor tumanida “Stone City Energe B.V” kompaniyasi tomonidan 1500-1600 MVt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi, “Durdona Asila Angor” MChJning polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihasi hamda “Tanovar Surxon” MChJning 13,5 gektarlik issiqxonasida mahsulot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2039 #Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #IES #ishlabchiqarish #issiqxona Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 35👏 3👎 2🙏 2🕊 1
Davlatimiz rahbari "Sayxunobod" tajribasi doirasidagi ishlar hamma hududlarda ham birdek tashkil qilinmayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Masalan, 7 ta tuman o‘rganilganda, 17 ta mahallada ishlar sustligi aniqlandi. Yoki, ishga tushgani aytilgan 1 mingdan ziyod xonadondagi mikro-loyihalar joyida o‘rganilganda, 76 tasi yoki 7 foizi o‘z tasdig‘ini topmadi. Shu bois, sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ullar ishdan olingan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 16 2👏 2🕊 1
Pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi Prezident pillani xarid narxi pastligi uchun pillakorlarda manfaatdorlik past ekanligini ta’kidladi. Shuning uchun ipakchilikni rivojlantirish bo‘yicha kuni kecha imzolangan Prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oshirilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uchun yer solig‘ining 10 foizi to‘lanadi. Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar tashkil qilsa bo‘ladigan 105 ming gektar yer ajratish topshirildi. Bu yerlar lotlarga bo‘linib, auksionda beriladi, auksiondagi yerning boshlang‘ich narxi 10 foiz etib belgilanadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 25🔥 3 1👏 1
Ekologiyaga javob beradigan suv tozalash inshooti va bino qurish uchun 40 million dollar arzon resurs yo‘naltiriladi. Bu yerdagi tayyor loyihalarga 7 yilda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tabiiy va sun’iy charmdan mahsulot chiqaruvchi xorijiy brendlar joylashtiriladi. Xorijiy brend jalb qilgan har bir korxonaga sorsing kompaniyalari uchun sarflangan xarajatni 30 ming dollargacha qismini qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 14 ta kichik sanoat zonasida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash, 11 ta chorva klasteriga ozuqabop ekin ekish uchun yer masalasini to‘liq hal qilish vazifasi qo‘yildi. 〰️〰️〰️ Prezidentimiz gilam ishlab chiqaruvchilarning xom ashyo muammosidan xabari borligini ta’kidladi. O‘tgan yili gilam korxonalariga markazlashgan holda polipropilen olib kelish tizimi yo‘lga qo‘yilgani o‘z samarasini berdi. Bu yil ham shu tajriba davom ettirilib, mablag‘ ikki karra ko‘paytiriladi. Gilam ishlab chiqarish, sotish va valyuta tushishigacha bo‘lgan vaqtni inobatga olib, tadbirkorga polipropilen 1 yilgacha muddatga beriladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Жорий йилда Шароф Рашидов ва Оҳангарон туманларида биттадан йирик чарм кластерини ташкил этиш муҳимлиги таъкидланди. Бунда экологияга жавоб берадиган сув тозалаш иншооти ва бино қуриш учун 40 миллион доллар арзон ресурс йўналтирилади. Бу ердаги тайёр лойиҳаларга 7 йилда бўлиб-бўлиб тўлаш шарти билан табиий ва сунъий чармдан маҳсулот чиқарувчи хорижий брендлар жойлаштирилади. Хорижий бренд жалб қилган ҳар бир корхонага сорсинг компаниялари учун сарфланган харажатни 30 минг долларгача қисмини қоплаб бериш тизими йўлга қўйилади. Шунингдек, 14 та кичик саноат зонасида 100 миллион долларлик лойиҳаларни бошлаш, 11 та чорва кластерига озуқабоп экин экиш учун ер масаласини тўлиқ ҳал қилиш вазифаси қўйилди. Facebook|Instagram|X

👍 16🔥 2👏 1
Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmog‘idagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Uchta muhim soha – charm, gilam va pillachilik sanoatida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar borligi ta’kidlandi. 〰️〰️〰️ Respublikadagi jami terining 40 foizini beradigan Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning charmsanoatdagi ulushi ularning imkoniyatiga mos emasligi qayd etildi. 〰️〰️〰️ Davlatimiz rahbari ikki yil oldin 155 gektar joy ajratilib, charmga ixtisoslashgan 16 ta kichik sanoat zonasi qilinganini qayd etdi. Sohada yangi loyihalar uchun 40 million dollar arzon resurs ajratilgani, xalqaro kredit liniyalaridan 100 million dollar jalb etilganiga qaramay, mutasaddilar bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 〰️〰️〰️ Sohada eng asosiy masalalardan biri, bu – xom ashyo. Klasterlarda qoramolni ko‘paytirish bilan birga, aholi xonadonlari va terini qayta ishlash korxonalari bilan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil qilingan. Lekin, yer ajratish va kredit masalasi to‘liq hal qilinmagani uchun barcha klasterlarning ham faoliyati hali yurib ketgani yo‘q. Masalan, 19 ta klasterga yetarli yer maydonlari ajratilmagan. Aytilgan muammoli masalalardan kelib chiqib “Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Президент раислигида маҳаллий саноат тармоғидаги ички имкониятларни сафарбар этиш орқали аҳолини ишли ва даромадли қилиш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди. Ҳозирда амалга оширилаётган йирик инвестиция лойиҳалари билан бирга тез фурсатда маҳаллада юзлаб иш ўрни ва экспортбоп маҳсулот яратадиган, юқори даромад келтирадиган кичик ва ўрта корхоналар кераклиги таъкидланди. Бу борада энг катта захира маҳаллий саноат тармоқлари ҳисобланади. Шу муносабат билан учта муҳим соҳа – чарм, гилам ва пиллачилик саноатида ҳал қилиниши лозим бўлган муаммолар бор. Facebook|Instagram|X

👍 17🔥 2👏 1