cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Blogfolio

Grafik dizayn haqida blogcha Telegram, Twitter, Facebook, Instagram ― @SirojN1 Portfolio: @myartboard Behance: be.net/sirojn1 © 2018–2024

Mostrar más
Uzbekistán39 708El idioma no está especificadoArte y diseño14 669
Publicaciones publicitarias
612
Suscriptores
+824 horas
+47 días
+830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Unsplash endi illustratsiyalar ham taklif etadi Dizaynerlar orasida ancha mashhur hisoblangan, bepul fotosuratlar resursi bo'lmish unsplash.com saytida endi illustratsiyalar ham ko'chirib olish mumkin bo'libdi. Faqat Unsplash Plus obunasi bilan. Servis ushbu yangi bo'limni sifatli bo'lishini ta'minlash uchun dunyoga mashhur illustratorlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygani aytilmoqda. @blogfolio
Mostrar todo...
🔥 3👍 2
Repost from N/a
UI dizayningizni yaxshilash uchun tavsiyalar Interfeys dizaynida inobatga olinishi kerak bo'lgan ba'zi misollarga tavsiya berib ketishga harakat qildim. Kelgusi postlarda ham qo'shimcha tavsiyalar berishga harakat qilamiz, Xudo xohlasa) P.s. Suratlar telegramda sifatsiz bo'lib qolgani uchun, postdagi ma'lumotlarni qo'llanma (taqdimot) holatida ham pastda qoldiraman. @xurramovblog
Mostrar todo...
🔥 5 1
Apple Figma Community'ga ko'plab yangi manbalarni qo'shibdi • App Clips • Apple Pay • Live Activities • iMessage va stikerlar • Apple ID orqali kirish tugmalari • Siri va App Shortcuts • Tap to Pay • Wallet • Tip Kit https://figma.com/@apple @blogfolio
Mostrar todo...
3👍 2🔥 1
"Halokat chizig‘i" dizaynerni qutqaradi Dizaynerga ishni tugatish bo‘yicha ma’lum muddat belgilash, cheklov (deadline) o‘rnatish nafaqat zarur, balki foydali hamdir. Chunki buyurtma va uni amalga oshirish o‘rtasida cheksiz ijodiy maydon mavjud. Deadline esa erkinlikning ulkan maydonini aniq belgilaydi. ⚠️ Yana qancha cho‘zmoqchisiz? Tugating! @blogfolio
Mostrar todo...
🔥 7😁 7👍 2
Repost from Davra
🔥 Istalgan chegaradan chiqish, har qanday muammoni hal qilish mumkin #tizer Davra loyihasi yangilangan formatini – UIC Group rahbari Murodxoja Muratov bilan boshlaydi. 🎯 Zamonaviy biznes dunyosidagi yangi tendentsiyalar, muvaffaqiyat strategiyalari va asosiy qiyinchiliklar haqida qiziqarli suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qiling! To'liq podkastni 16:00 da ko'rishingiz mumkin. Youtube kanalimizga obuna bo'ling! @davrapodcast
Mostrar todo...
👍 3🔥 2
Dizayn bu san’at emasligi haqida "Eng yaxshi san’at asarlari miyangizni savollar bilan to‘ldiradi. Balki, aynan shu jihat dizayn va san’at o‘rtasidagi asosiy farqdir. Ajoyib san’at sizni o‘ylantiradi, ajoyib dizayn esa hammasini oydinlashtiradi". © Jon Maed, "Soddalik qonunlari. Dizayn. Texnologiyalar. Biznes. Hayot" @blogfolio
Mostrar todo...
🔥 7👍 5 5
Yuqorida tilga olingan Adobe Photoshop 1.0 versiyasining interfeysi. @blogfolio
Mostrar todo...
🔥 5👍 3
🖥 Photoshop’ni kim yaratgan? Grafik dizaynerlarning eng sevimli dasturi aka-uka Tomas (ilova qilingan 1-surat) va Jon (2-surat) Noll’lar tomonidan yaratilgan. Tomas Michigan universitetida muhandislik bo‘yicha o‘qigan va fotosuratlarga qiziqqan, Jon esa Industrial Light&Magic kompaniyasida maxsus effektlar bilan ishlagan. Photoshop’ni ishlab chiqishda ularning otasi Glen yordam bergan bo‘lib, u maktabda dars bergan va fotografiya hamda texnikaga ham qiziqqan. 1980-yil oxirida Tomas monoxrom tasvirlarni kulrangga aylantiradigan kichik dastur yozadi. Ukasi uning loyihasini ko‘rgach, dasturni to‘liq kompyuter muharriri qilib yakunlashni taklif qiladi. Tomasning dasturlash bo‘yicha bilimlari va Jonning dizayn qobiliyatlari bilan kod yanada takomillashtiriladi. Natijada ImagePro deb nomlangan dastur paydo bo‘ladi. 1988-yilda aka-ukalarning loyihalari yanada takomillashib o‘zining 0.63-versiyasi bilan Photoshop paydo bo‘ladi. Bu versiya Adobe Photoshop’ning eng birinchi versiyasi edi. Aytgancha Photoshop’ga Adobe so‘zining qo‘shilishi esa 1990-yil Adobe korporatsiyasi bilan hamkorlik boshlangandan so‘ng amalga oshgan. Shunday qilib, Adobe Photoshop 1.0 versiyasi 1990-yilda ommaga taqdim etilgan. @blogfolio
Mostrar todo...
🔥 7👍 3
Telegram UI (foydalanuvchi interfeysi) dizaynerlari uchun tanlov e'lon qilgan edi. Bosh sovrin $5000 va g'olib Telegram dizayn jamoasiga qo'shilish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Vazifa esa, qisqacha aytganda, hozirda rasmiy Telegram ilovalarida mavjud bo'lmagan xususiyatni yaratish. Bugun tanlovga yuborilgan ishlardan biri (postga ilova qilingan video) Telegram Designers kanalida taqdim etildi. Shunchaki ajoyib va qulay xususiyat. Tez orada rasman tadbiq etilsa ham kerak. @blogfolio
Mostrar todo...
👍 9🔥 5
Bu yerda yaxshi gaplar bo'lyapti: https://t.me/yavnodesign?livestream
Mostrar todo...