cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Blogfolio

Grafik dizayn haqida blogcha Telegram, Twitter, Facebook, Instagram ― @SirojN1 Portfolio: @myartboard Behance: be.net/sirojn1 © 2018–2024

Більше
Рекламні дописи
614
Підписники
-124 години
+27 днів
+630 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Repost from Nuruddin Blogs
Bugun Apple 2023/2024 yildagi eng chiroyli dizaynga ega App Storedagi ilovalarni finalistlarini e'lon qilibdi. Bir ish qilganda uni e'tirof etishsa, ayniqsa katta kompaniyalar e'tirof etsa bu albatta boshqacha, balki keyingi yillarda O'zbekistonliklar ham shu ro'yxatlarga kirib qolsa ajab emas. Hozircha finalistlar bilan tanishib turamiz: http://apple.co/ADAF24 @nuruddinblogs
Показати все...
2024 finalists - Apple Design Awards - Apple Developer

Meet the finalists for the 2024 Apple Design Awards

👍 2🔥 2
00:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📱 Dizaynerlar uchun Telegram'ning sirli xususiyati Bilamizki, Telegram orqali fotosurat yubormoqchi bo'lsak bizda siqilgan yoki siqilmagan (fayl) ko'rinishda yuborish tanlovlari mavjud. Siqilgan holatda Telegram bizga HD (1280x720) o'lchamni taqdim etadi. Agar yuborayotgan rasmingizda mayda hajmli tasvir ma'lumotlari bo'lsa buni ko'rish sizga muammo bo'lishi mumkin. Siqilmagan ko'rinishda yuborsangiz esa, uni avval yuklab olib, keyin ochish kerak. Qolaversa xotiradan ham ko'p joyni band qiladi. Umuman olganda, "fayl" qilib yuborish zarur bo'lmagan holatlarda bu shunchaki noqulaylik. Sirli xususiyat shundan iboratki, sozlamar orqali siz siqilgan tasvirlar ruxsatini 2 barobarga oshirishingiz mumkin. Ya'ni, siqilgan holatda 2K (2560x1440) o'lchamda yuborish imkoniyatini qo'shishingiz mumkin. Bu imkoniyat hozircha faqatgina Telegram'ning Windows Desktop ilovasida ishlaydi. Sozlash uchun yo'l quyidagicha: Settings → Advanced → Experimental settings → Send large photos @blogfolio
Показати все...
👍 8🔥 5
Repost from Qurib ketsin
Nega bizda dizayn juda sekin rivojlanmoqda? Quyidagilarning barchasi shaxsiy fikr hisoblanib, unga qo'shilishingiz yoki o'z fikringizni bildirishingiz mumkin. Birinchi va asosiy muammo bu dizaynni jiddiy qabul qilmaslik. Dizayn bu oson pul. Dizayn bu yengil ofisdagi ish. Dizayn bu mijozni rozi qilish. Shu sababdan bizda juniorlar ko'p, seniorlar ko'rinmas yopinchiq ostida. Shu sababdan odamlar 1-2 yil ishlab, dizayndan marketingga o'tib ketishadi. Shu sababdan ko'plab dizayn ishlari fundamental xatoliklar ega. Bilasizmi jiddiy xalqaro loyihadagi o'zimizning o'g'lonlar qilgan ishning sifati pastligi sababli, shunday gaplarni eshtishga to'g'ri kelmoqda: — Ishlar juda sayoz. Bizda dizaynerlar ilmiy ishlar qilishadi. Asta-sekin ikkinchi muammo: ilmiy asosning yo'qligi. Biror bir universitetni dizayn bo'yicha yetakchi deya olamizmi? Yo'q. Ha, diplom bu asosiy narsa emas. Lekin bizda ko'plab universitetlar tajribali mutaxassislarni ishga jalb qilish o'rniga, faqat nazariy ilm bilan cheklangan kadrlarga yo'l berishadi. Mayli, diplomi ham kerak emas. Atrof-muhitdan, kinolar, musiqa va tasviriy san'atdan ko'plab narsalarni o'rgansa bo'ladi. Ammo bu qismga katta to'siq birinchi muammo. Xullas, hamma gap o'zimizda. Rivojlanishni xohlasak, eng kamida xalqaro hakamlari bor O'rta Osiyo festivallarida qatnashishimiz (chunki tanish-bilish qonimizga singib ketgan, tashqaridan nigoh zarur), vaqti kelsa (har doim emas, mijoz yo'qoting demayman) mijozga uning tanlovi xato ekanligini uqtirishimiz kerak. Bir kun biz ham Kann Festivalining Dizayn yo'nalishida yutuqlarga erishamiz. Hozircha esa o'z ustimizda ishlashimiz, sifatli dam olishimiz, ayrim narsalarga jiddiyroq qarashimiz kerak. @qurib_ketsin
Показати все...
🔥 7👍 3
🦌 "GAZ" yangi firma uslubi va yangilangan dizaynda "Volga" avtomobilini taqdim etdi GAZ (Го́рьковский автомоби́льный заво́д) Rossiyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo'lib, yuk mashinalari, avtobuslar va yengil avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya Getbrand agentligiga sotuv samaradorligini oshirish uchun avtomobil ehtiyot qismlarining qadoqlarini qayta dizayn qilish bo'yicha murojaat qilgan. Yana bir yangilik esa zamonaviy dizaynga ega Volga avtomobil modellari ham taqdim etilganidir. Bular, Volga С40 (sedan va krossover) hamda Volga К30 (krossover) modellari. @blogfolio
Показати все...
👍 7 3🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Oʻzbekistonda oʻtadigan FIFA Futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasining rasmiy logotipi e’lon qilindi “Turnir logotipi juda yorqin ranglarda, jozibador va zamonaviy qilib ishlangan. Unda haqiqiy sharqona va o‘zbekona koloritni his etish, shuningdek, O‘zbekistonning madaniy merosi va tarixiy qadriyatlari uyg‘unligi ham aks ettirilganini ko‘rish mumkin” – deya ta’kidladi O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov. Rasmiy brend Samarqandning Registon maydonida 26-may kuni jamoatchilikka taqdim etilishi rejalashtirilgan. @blogfolio
Показати все...
👍 6🔥 4 2
Bugungi tadbir haqida nima deya olaman? Umuman olganda syujet yaxshi, chiqish qilgan spikerlarga savollarim bor. (c) @blogfolio
Показати все...
😁 9👍 3🔥 3 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Xudo xohlasa, bugungi yomgʻirli kunda shu yerda boʻlamiz. @blogfolio
Показати все...
🔥 6👍 3
00:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
📱 Figma'dan kichik ammo foydali yangilik Endi loyihangizdagi sahifalarni tartiblash yanada yaxshilandi. Sahifalarni ajratish oldinlari qo'lbola usulda amalga oshirilgan bo'lsa endi siz ajratmoqchi bo'lgan joyingizga yangi sahifa ochib, uni yulduzcha (*), bo'sh joy, defis (-), qisqa tire (–), tire (—) kabi belgilardan istaganingiz bilan nomlasangiz kifoya. Perfeksionistlar maza qiladigan bo'ldi ) @blogfolio
Показати все...
👍 5🔥 2
Repost from Mirzo Zominiy
Фото недоступнеДивитись в Telegram
"Eslab qoling, dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan kompaniya taqdimotini shunday qilyapti. Vaqtingizni Canva va ppt dizaynlariga ortiqcha sarflab yubormang", deb yozyapti X (Twitter) foydalanuvchilaridan biri. Siz biror ish yoki loyihangiz taqdimotiga, odatda, qancha vaqt sarflaysiz? 🎨 Minimalizm yoqadimi yoki rang-baranglik? #MarketingvaPR @mirzo_zominiy
Показати все...
🔥 9👍 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Unsplash endi illustratsiyalar ham taklif etadi Dizaynerlar orasida ancha mashhur hisoblangan, bepul fotosuratlar resursi bo'lmish unsplash.com saytida endi illustratsiyalar ham ko'chirib olish mumkin bo'libdi. Faqat Unsplash Plus obunasi bilan. Servis ushbu yangi bo'limni sifatli bo'lishini ta'minlash uchun dunyoga mashhur illustratorlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygani aytilmoqda. @blogfolio
Показати все...
🔥 5👍 2