cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

© gulomov design

Jahongir G'ulomov 8 yillik sohaviy tajriba → Grafik dizayner/mentor → Logotype & brend design → Insta brandify https://www.behance.net/jakhongirgulomov

Mostrar más
Uzbekistán15 929El idioma no está especificadoArte y diseño4 880
Publicaciones publicitarias
3 430
Suscriptores
+124 horas
+137 días
+16030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
😁 33💯 3🔥 2
Ushbu kelayotgan shanba kuniga grafik dizaynerlar malaka oshirish bo'yicha online workshop tayyorlab qo'ymoqdaman. Qiziqarli mavzu, tez orada e'lon qilib qoldiraman. @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
61🔥 25👍 16🆒 4
Photo unavailableShow in Telegram
Zamonga moslashib borish kerak Buning uchun esa o'zingizni avvalgi zamonlarga nisbatana yanada ko'proq rivojlantirib borishingiz kerak. Tahlil qilishlarni o'rganing, qiymatlar hosil qilishlarni o'rganing. Sizga muammo keltirayotgan bariyerlaringizni hal qilish choralarini izlang. Rus tilini bilmaysizmi, o'rganishni boshlang, odamlar bilan gaplasha olmaysizmi, gaplashishni boshlang, sohaviy kitoblar o'qishni boshlang, tajribali insonlar bilan muloqot qilishni boshlang. @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
👍 32🔥 14 5🆒 3😎 1
O'z yo'nalishingizda zo'r mutaxassis bo'lsangiz = ishni o'zi sizni topib keladi degan zamonlar ortda qolmoqda Zo'r mutaxassis bo'lib, lekin sizni kerakli auditoriya bilmasa. Sohangizdan tashqari boshqa hech qanday umumiy yaxshi ko'nikma va sifatlaringiz bo'lmasa = sizga sabr tilayman. Grafik dizaynerlar kariyera faoliyatlarini iloji boricha 2 fazaga ajratib borishlari kerak. 1-faza: Yaxshi ishlaydigan portfolio shakllantirish, biror yirikroq, zamonaviyroq kompaniyaga ishga kirish. 2-faza: (Bunga ko'p vaqt ketadi) Ishdan tashqari outsource loyihalar bilan ishlash muhitini yaratib borish kerak. @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
👍 16💯 9🔥 5❤‍🔥 2
Tajribali grafik dizayner Jo'rayev Og'abek hozirda to'liq ta'tilga chiqibdilar. Ukamiz dizayn yo'nalishda aynan print va digital yo'nalishlarda yaxshi tajribaga egalar. https://t.me/jurayev_portfolio Kanalda turli agentlik va kompaniyalar menejerlari borlar. Sizlarni yaxshi kadr mavjud ekanligi bilan xabardor qilib qo'yaverdim. @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
🔥 33👍 11 5💯 2
Nega optimist bo'lish kerak? Shu mavzuni oxirgi vaqtlar jiddiy izlanib o'rgangan edim. Ushbu savolni keng javobi mavjud. Lekin eng qisqa uslubda yozib qoldiraman.
Hayotni o'zi odamlarni avtomatik pessimist qilib borish xususiyatiga ega. Pessimistlik - mag'lubiyat, xalok bo'lish, unutilishga olib boruvchi aniq yo'ldir. Optimistlar esa kuchli dinamik hayotni yashab o'tish imkoniyatiga egadirlar. Biz dizaynerlar ham - pessimistga aylanib qolishga ko'proq moyil bo'lgan soha vakillari hisoblanamiz. Shu sababli ham depressiya bizga juda tez yetib keladi. Bizni biror dushman insonimiz bo'lishi ham shart emas, depressiv va pessimistik fikrlashimizni o'zi ham bizni psixologik cho'ktirish, xalok qilishga bemalol yetadi.
Sohamizda samarador ishlashimiz, kariyera qila olishimiz uchun - ushbu psixologik jarayonlarni o'rganib borish bizga ancha foydasi tegadi @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
🔥 27👍 13 7 5❤‍🔥 2🫡 2💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Adaptatsiya/moslashuvchanlik Sunʼiy intelektni dizaynda qanday qo'llash yo'llari, uslublari haqida ushbu dizaynerimizning bloglarida tanishib borishingiz mumkin. Sherbek Ergashov ko'p dizaynerlar orasida AI funksiyalarni birinchilardan o'rgana boshlagan va turli loyihalarda amaliy qo'llab kelayotgan dizaynerlardanlar. https://t.me/sherbek_safariy Ertami-kechmi, ozmi-ko'pmi baribir sun'iy intelekt taqdim qilayotgan imkoniyatlardan amaliyotda foydalanib borishimizga to'g'ri kelish ehtimoli yuqori. Shu sababli hali juda ham kech bo'lmasdan, oz-ozdan bo'lsa ham o'rganib turishimiz o'zimizga foyda bo'ladi. @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
🔥 20 7👍 3 1
Mentorlikni (ustoz-shogird metodikasini) astalik bilan ko'pchilik middle dizaynerlar boshlashlari kerak deb hisoblayman Pedogogik tajribangiz yo'q bo'lgani qo'rqinchli emas. Iloji bo'lsa kamida 1 dona shogird olib, ishlaringizni ularga o'rgatishni boshlang. O'rgatish amaliyoti sizni ham yangi pog'onaga, yangi sifatlaringiz shakllanishiga sababchi bo'ladi. Ushbu jarayondan eng asosiysi - hozirgi vaqtlarda kompaniyalarga hatto shogird bo'lib qo'shilish ham murakkablashib bormoqda ekanligidir. Sababini o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Kompaniyalarga ishni eplay oluvchi kadrlar kerak. Bozorda turli leveldagi kadrlar to'lib yotibdi. Lekin kompaniyalar hali hamon kadr topa olmaslik muammosi bilan kurashishmoqda. Sababi bozorda rostan ham - ishlarni, loyihalarni ma'romida eplab bera oluvchi, jamoa bilan yaxshi ishlay oluvchi kadrlar juda kam. Shaxsiy kuzatuv va tajribalarimdan kelib chiqib ayta olamanki - biror dizayn kursni yakunlagan o'quvchi kamida 1-2 yilda, muntazam amaliyot natijasida o'z potensialini yaxshi darajada namoyish qila oladi. Sodda qilib aytganda bitta yaxshi grafik dizayner yetishib chiqishi uchun o'qish davrlari bilan hisoblaganda 2-3 yil kerak bo'lmoqda. Lekin endilikda ushbu amaliyot o'tash jarayonlar ham murakkablashib borayotgan davrda yangi uka va singil dizaynerlarimiz ushbu eng birinchi bosqichdan ham o'ta olmasliklari mumkin. Sababi ko'p ish beruvchilarga strong junior va middle dizaynerlar kerak bo'lmoqda. Ushbu holatda yechim - biz o'zimiz yangi bo'lajak hamkasblarimizga yordam berib yuborish bo'ladi. Ishxonangiz bilan suhbatlashib ko'ring. Mayli bepulga bo'lsa ham ushbu taklifga rozi bo'lsalar bu juda yaxshi natija. Ertaga siz ham mentorlik amaliyotdan o'zingizni sohaviy levelingizni oshirishingiz, yaqin kelajakda biror kompaniyada asosiy dizayner/art direktor bo'lish imkoniyatlariga ham amaliy tayyorlanishga qadam qo'ygan bo'lasiz. @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
👍 33🔥 7
#savol dizaynerlar - ishxonangizda rahbariyatga o'zingizni taklif bilan yoningizga shogird dizayner olish taklifini berib ko'rganmisizlar? @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
👍 13 3🔥 3
Ushbu mentorlik kursning unikallik tarafi - nasib qilsa kurs ichida bironta ham photoshop dasturi, posterlar tayyorlash, dizayn texnologiyasi yoki qanday logo chizishga oid bironta ham hard bilim va tajribalar bo'lmaydi. @gulomovdesignblog
Mostrar todo...
🫡 21 9😁 4🆒 2 1