Ta'lim nazorati
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Ta'lim nazorati
El canal Ta'lim nazorati (@uztdi) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 178 110 suscriptores, ocupando la posición 581 en la categoría Educación y el puesto 216 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 178 110 suscriptores.
Según los últimos datos del 31 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 33 025, y en las últimas 24 horas de -217, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 19.98%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 13.01% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 35 582 visualizaciones. En el primer día suele acumular 23 176 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 0.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)
Savollar bo‘yicha: @Uztdibot
Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 01 agosto, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 01 agosto | +5 242 |
| 2 | ❗️Bugundan Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi
➡️Hujjatlar 1-avgustdan 15-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali elektron shaklda topshiriladi.
Tanlovda oliy taʼlim muassasasining birinchi bosqich saralashidan muvaffaqiyatli oʻtgan iqtidorli bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.
🎓Prezident davlat stipendiyasiga nomzodlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari faqat “aʼlo” (5) baholardan iborat boʻlishi talab etiladi.
Respublika nomdor davlat stipendiyalari uchun esa “4” baholar ulushi 25 foizdan oshmasligi, shuningdek, “3” bahosi mavjud talabalar tanlovda ishtirok eta olmasligi belgilangan.
📌Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
— akademik maʼlumotnoma (transkript);
— dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
— ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
— ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxalari;
— tarix hamda chet tillari boʻyicha suhbat natijalari haqidagi maʼlumotnomalar.
✈️ Eslatma: Prezident davlat stipendiyasiga hujjat topshirayotgan bakalavriat talabalari uchun ilmiy maqola, tezis va boshqa ilmiy ishlar boʻyicha kamida ikkita eʼlon qilingan ilmiy-tadqiqot ishi mavjud boʻlishi talab etiladi.
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 19 270 |
| 3 | 💎 Yo‘nalish tanlayotganlar uchun muhim tavsiya
To‘g‘ri tanlangan yo‘nalish — muvaffaqiyatli kelajakning ilk qadami. DTM natijangiz past bo‘lsa ham, bu talaba bo‘lish imkoniyati tugadi degani emas. Siz uchun hali ham ko‘plab imkoniyatlar bor. Kelajagingiz aynan bugungi tanlovingizga bog‘liq.
Sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:
— imtihonsiz talaba bo’lish;
— stipendiya asosida o’qish imkoniyati;
— chet elda bepul amaliyot o’tash;
— zamonaviy auditoriyalar, sport zallari va kutubxonalar;
— 90 dan ortiq ta’lim yo’nalishlari;
— 70 dan ortiq xalqaro hamkor universitetlar.
Shunday imkoniyatlarni taqdim etayotgan universitet qaysi ekaniga qiziqyapsizmi?
Bu — Osiyo Xalqaro Universiteti.Hozirda qabul davom etmoqda. O’rinlar soni cheklangan.
Ro’yxatdan o’tish uchun: qabul.oxu.uz
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📍Buxoro filiali: 553050009|Online murojaat
📍Xorazm filiali: 553100009|Online murojaat | 15 424 |
| 4 | ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
❓Nima o‘zgardi?
Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi!
Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi.
Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi.
Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 16 022 |
| 5 | Natijangiz 60+ ball bo‘lsa — siz allaqachon talabasiz. Shunchaki hali bilmaysiz. 🎓
BMBA natijalari e’lon qilinmoqda — va bu yakun emas, boshlanish. Tashkent Metropolitan University sizga bu yil talaba bo‘lishning ikkinchi imkoniyatini beradi:
✅ BMBA testidan 60 ball va undan yuqori — kirish imtihonisiz qabul
✅ Har yo‘nalishda 100 ta o‘rin
✅ 25% dan 100% gacha GRANT yutib olish imkoniyati
🔥 IELTS 6.5+ sertifikatingiz bormi? Birinchi semestr — 100% GRANT!
✅ Kunduzgi ta’lim
📚 Yo‘nalishlar: Yurisprudensiya • Kompyuter injiniringi • Buxgalteriya va moliya • Menejment • Marketing • Xalqaro biznes • Iqtisodiyot • Ingliz filologiyasi • Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
O‘rinlar cheklangan — hujjatlar hozir qabul qilinmoqda!
👉 Hujjat topshirish: t.me/tmuqabulbot
📞Murojaat uchun: +998712000123
💾 Saqlab qo‘ying va BMBA testini topshirgan do‘stingizga yuboring — balki aynan shu post uning talabalik yo‘lini ochar. | 15 272 |
| 6 | ❗️Malaka sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish boshlanmoqda
📌2026-yil 1-avgust kuni — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarida pedagog kadrlarning ishtirok etishi uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.
Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
👉 Murojaatlar:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi sayt orqali bajarishingiz mumkin: 👉https://sinovtest.uz/
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 24 699 |
| 7 | #Ajoyib yangilik: KIUTda yangi yo‘nalishlar ochildi!
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 10 ta yangi bakalavriat yo‘nalishi va 12 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi bakalavriat yo‘nalishlari:
🔹Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔹Barqaror transport
🔹Biotexnologiya
🔹Dasturiy injiniring
🔹Jismoniy madaniyat
🔹Kompyuter injiniringi
🔹Sanoat muhandisligi va menejmenti
🔹Sun’iy intellekt
🔹Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili)
🔹Xalqaro munosabatlar
Shuningdek, mavjud ikkita bakalavriat yo‘nalishining nomi o‘zgartirildi:
Chiroy estetikasi — Kosmetologiya
Rus filologiyasi — Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
Yangi magistratura mutaxassisliklari:
🔸Amaliy matematika
🔸Arxitektura tarixi va nazariyasi
🔸Atrof-muhit muhandisligi
🔸Dasturiy injiniring
🔸Jahon iqtisodiyoti
🔸Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
🔸Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)
🔸Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (xitoy tili)
🔸Maxsus pedagogika (surdopedagogika)
🔸Rangtasvir
🔸Tarix
🔸Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish
💡https://admission.kiut.uz/
+ +998 78 129 40 40 | 18 099 |
| 8 | ❗️Bog‘cha pedagoglarini dual ta'limda o‘qitish bo‘yicha nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi
📃Loyihaga ko‘ra, dual ta’lim 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 321-son qarorida belgilangan pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida joriy etiladi.
✅Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar, jumladan, tarbiyachi yordamchilari ham to‘lov-kontrakt asosida “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida dual ta’lim shaklida tahsil olishi mumkin bo‘ladi.
O‘quv jarayoni haftasiga bir kun oliy ta’lim muassasasida, besh kun esa maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladi. O‘qish muddati 4 yil etib belgilanmoqda.
📂Loyihaga ko‘ra, dual ta’limni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasasi, maktabgacha ta’lim tashkiloti va talaba o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
Nazariy mashg‘ulotlarning bir qismi LMS platformasi orqali masofaviy shaklda tashkil etiladi. Talabalar hafta davomida videodarslar va elektron o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtiradi, shanba kunlari esa oliy ta’lim muassasasida seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.
📌Loyihada yana bir muhim norma nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, talaba ishlayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan mehnat shartnomasi bekor qilinsa, u 60 kun ichida boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotiga ishga joylashgan taqdirda, o‘qishini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
➡️Talabalarga o‘quv sessiyasida qatnashishi uchun ish joyidan 7 kalendar kungacha o‘rtacha ish haqi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi. Kursda qoldirilgan talabalarga esa haq to‘lanmaydigan ta’til uchun taklif xabarnomasi rasmiylashtiriladi.
Bundan tashqari, dual ta’lim bitiruvchilariga yakuniy davlat attestatsiyasi hamda bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun 14 kalendar kungacha o‘rtacha ish haqi saqlangan qo‘shimcha ta’til berilishi nazarda tutilgan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 23 149 |
| 9 | DTM (UzBMB) imtihoni natijasi bilan ZARMED Universiteti talabasi bo‘lish mumkinmi?
Javob: Ha, mumkin!
Davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun minimal o‘tish balli 56,7 ballni tashkil etsa, ZARMED Universitetida qabul balli ta’lim yo‘nalishiga qarab 60 balldan boshlanadi.
⚡️ Lekin muhim jihati — minimal o'tish 60 ballni to‘plagan abituriyent super-kontrakt asosida emas, balki odatiy to‘lov-kontrakt asosida o'qish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, oliygohda 120+ imtihon natijasi, IELTS, SAT yoki boshqa turdagi xalqaro va milliy sertifikat natijalari bilan grant o'qish imkoniyati ham bor.
Yo‘nalishlar va kontrakt narxlari bilan yuqoridagi dizayn orqali tanishing hamda ariza qoldiring.
@zarmeduni | 55-704-70-70 | 16 628 |
| 10 | ⚡️Abituriyentlar nechanchi o‘rinda turganini ko‘rish imkoniyati bu yil ham yaratiladi — BMBA
Kecha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlarini tanlash bosqichiga bag‘ishlangan ovozli chat o‘tkazildi.
📌Unda 2026-yilgi qabul jarayonida ishtirok etgan abituriyentlar o‘zining fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini yaqin kunlarda bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi aytildi.
Agentlik xodimining taʼkidlashicha, xuddi o‘tgan yillardagi kabi mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ishga tushiriladi.
✈️Hozircha mazkur xizmat mavjud emas. Ayni paytda texnik ishlar olib borilmoqda va u tez orada foydalanuvchilar uchun ishga tushiriladi.
Shundan so‘ng abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yo‘nalishi, taʼlim shakli hamda taʼlim tili kesimida o‘zining reytingdagi o‘rnini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
❗️Shuningdek, abituriyentlar mazkur imkoniyat ishga tushirilgach @mandat_javobbot Telegram boti orqali ham o‘z o‘rnini koʻrishi mumkin bo‘ladi.
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 22 211 |
| 11 | 🎯 O'qishga kirish uchun IELTS'dan yuqori ball kerakmi?
IELTS'dan yuqori natijaga har kuni qilinadigan kichik qadamlar orqali erishiladi. 💯
Cambridge o'quv markazida o'quvchilar darsdan tashqari Ikkinchi ustoz, Mock Imtihonlar, Speaking Club'lar va Cambridge App orqali muntazam tayyorlanadi. Ana shu tizim ularning IELTS'da yuqori natija olishiga xizmat qiladi. 🚀
🎓 Siz ham IELTS sertifikati bilan universitetga kirishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, bepul sinov darsiga yoziling.
🔥 Birinchi 200 nafar o'quvchiga iyul oyi uchun 10% chegirma.
Ro‘yxatdan o'ting 👈
📞 78 777 77 74 | 16 557 |
| 12 | ⚡️Eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan brifingda abituriyentlar va ota-onalarni qiziqtirayotgan eng dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Jumladan:
❓1-savol.
👉 00:10 — Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun ajratilgan 10 foizlik qo‘shimcha grant kvotalari qanday tartibda taqsimlanadi?
❓2-savol.
👉 01:34 — Men o‘tgan o‘quv yilida bakalavriatning 1-kursini davlat granti asosida tamomlaganman. Hozir menda 1440 balllik amaldagӣ SAT sertifikati bor. Agar yangi ta’lim yo‘nalishiga kontrakt asosida qabul qilinsam, SAT imtiyoziga ko‘ra 2-kursdan davlat grantiga avtomatik o‘ta olamanmi? Keyingi kurslar uchun grant ajratiladimi?
❓3-savol.
👉 02:47 — Kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan abituriyent ikkinchi marta aynan shu ta’lim bosqichiga hujjat topshirsa, davlat granti uchun tanlovda ishtirok etib, grantga da’vogar bo‘la oladimi?
❓4-savol.
👉 03:43 — Ijtimoiy reestr imtiyozi asosida davlat grantiga qabul qilingan talabalar grant asosida butun ta’lim davrida o‘qiydimi yoki grant faqat birinchi o‘quv yili uchun amal qiladimi?
❓ 5-savol.
👉 04:20 — Talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayonida SAT sertifikati ham inobatga olinadimi?
❓6-savol.
👉 05:05 — Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida tanlov ustuvorligini qanday mezonlar asosida belgilash tavsiya etiladi? Shuningdek, maqsadli qabul tizimi qanday ishlaydi va uni tanlash abituriyentga qanday imkoniyat hamda majburiyatlarni yuklaydi?
✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 18 068 |
| 13 | 🎓 Yaxshi universitetni u yoshlar uchun yaratayotgan imkoniyatlardan bilsa bo‘ladi
49 & 70.
Bu raqamlar UBSliklar va aynan sizning kelajagingizga qanday aloqasi borligini bilishni istasangiz, videoni diqqat bilan tomosha qiling.
🔘Barcha yoʻnalishlar xalqaro akkreditatsiyalangan (ECAQA);
🔘49 ta bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari;
🔘300 ta grant o’rinlari;
🔘IELTS sertifikati uchun imtiyozlar;
🔘Milliy sertifikat uchun imtiyozlar;
🔘Family va Friends dasturi boʻyicha 10% imtiyoz;
🔘Xorijiy universitetlarda almashinuv va amaliyot dasturlarini taklif etadi.
Asosiysi, qaror qabulini uzoqqa cho‘zmang: 2026/2027-o‘quv yili uchun ajratilgan kvotalar soni cheklangan.
💎 Hujjatlarni uydan chiqmay qabul.ubsu.uz bot orqali topshiring!
💎 Batafsil maʼlumot uchun: +998555202626, @ubsuzbekistan_bot
💎 qabul ofislari
💎 Litsenziya (№ 1008764)
🏛 UBS bilan talabalikka yo‘l oching!
Rasmiy sahifalar:
Telegram | Instagram |Facebook | YouTube | 18 061 |
| 14 | ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 29 698 |
| 15 | 🎙 TANLOVGA OID SAVOLLAR – OVOZLI CHAT
📅 Bugun, soat 19:00da
📍 @talimxabarlari kanalida
"Tanlovga oid savollar" mavzusidagi ovozli suhbatda ishtirok eting!
👉 Savolingiz bormi? Marhamat, ovozli chatda ishtirok eting va mutaxassislardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oling!
Savollaringizni @talimxabarlariga_bot telegram bot manziliga #savol heshtegi ostida yozib qoldiring.
⏰ Boshlanish vaqti: 30-iyul, soat 19:00
🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari | 8 979 |
| 16 | ⚡️Huquqshunoslik va 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra:
🔹 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi joriy etiladi.
🔹 Huquqshunoslik bo‘yicha test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlari asosida shakllantiriladi.
🔹 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab yana 11 ta chet tilidan (xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pusht-u, urdu, hindiy va uyg‘ur) ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.
🔹 Imtihon kunlari va o‘rinlar soni Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti va YAIDXP orqali oldindan e’lon qilinadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 22 149 |
| 17 | ❗️1-avgustdan boshlab 1-sinfga qabulning ikkinchi bosqichi boshlanadi
Bu bosqichda ota-onalar farzandini o‘z mikrohududiga biriktirilmagan boshqa maktabga joylashtirish uchun my.gov.uz portali orqali yangi ariza yuborishi mumkin.
📌Birinchi bosqichda yuborilgan arizani bekor qilish yoki o‘chirish talab etilmaydi. Ikkinchi bosqich uchun yangi ariza mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Buning uchun ota-onalar "1-sinfga qabul" xizmati orqali farzandini tanlab, ariza topshirish jarayonini qaytadan boshlashi lozim.
✈️Ariza to‘ldirilayotganda "Ariza topshirishning hududiy darajasi" bo‘limida "Tuman doirasida qabul" bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdan tashqaridagi bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi.
Yangi ariza tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda maktabga hujjat topshirish vaqti haqida bildirishnoma yuboradi.
📑Shuningdek, ikkinchi bosqich arizasi bo‘yicha ijobiy javob olgan ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borib topshirishi shart.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 1 |
| 18 | ❗️1-avgustdan boshlab 1-sinfga qabulning ikkinchi bosqichi boshlanadi
Bu bosqichda ota-onalar farzandini o‘z mikrohududiga biriktirilmagan boshqa maktabga joylashtirish uchun my.gov.uz portali orqali yangi ariza yuborishi mumkin.
📌Birinchi bosqichda yuborilgan arizani bekor qilish yoki o‘chirish talab etilmaydi. Ikkinchi bosqich uchun yangi ariza mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Buning uchun ota-onalar "1-sinfga qabul" xizmati orqali farzandini tanlab, ariza topshirish jarayonini qaytadan boshlashi lozim.
✈️Ariza to‘ldirilayotganda "Ariza topshirishning hududiy darajasi" bo‘limida "Tuman doirasida qabul" bandini tanlash kerak. Shundan so‘ng tizim mikrohududdan tashqaridagi bo‘sh o‘rin mavjud maktablarni tanlash imkoniyatini beradi.
Yangi ariza tasdiqlangach, tizim avtomatik ravishda maktabga hujjat topshirish vaqti haqida bildirishnoma yuboradi.
📑Shuningdek, ikkinchi bosqich arizasi bo‘yicha ijobiy javob olgan ota-onalar farzandining hujjatlarini tanlangan maktabga shaxsan olib borib topshirishi shart.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 25 769 |
| 19 | ⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq!
🌏 Japan Digital University o'z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etmoqda!
Zamonaviy va eng talabgir yo'nalishlardan o'zingizga mosini tanlang:
🛡 Kiberxavfsizlik;
💻 Muhandis-dasturchi;
🤖 Sun'iy intellekt;
🎨 Grafik dizayn va qo'shimchasiga hech bir oliygoh taklif etmagan imkoniyatlarga ega bo'ling!
🌟 Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas!
🌟 UZBMB (DTM) imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin.
📄 Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!
➡️HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
⚡️ Universitetga qabul jarayonlari haqida ma'lumot olish uchun onlayn seminarda qatnashing!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site | 24 465 |
| 20 | ❗️Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
📄 Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
✔️Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga:
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oy 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.
🏛 Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
📌 Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:
⚫️70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
⚫️65–69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
⚫️60–64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
⚫️55–59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
⚫️ 50–54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
⚫️46–49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
✈️ Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi.
Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi.
Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR-kodli sertifikatning elektron shakli YAIDXP (my.gov.uz) orqali yuboriladi.
➖ Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida YAIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tartibi joriy etilishi belgilandi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali | 33 995 |
