cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Більше
Рекламні дописи
91 993
Підписники
-29324 години
-1 5257 днів
-5 98430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi Oʻquv metodik kengashlar tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda. ❌ 2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan "Rad etilgan" metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi. ➡️ 2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi. ❌ Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan "Rad etilgan" talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi. ➡️ Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi. ➡️ 2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 🎓Magistratura va Doktorantura uchun Turk tili sertifikati ham qabul qilinadi! 🇹🇷 Turk tili ona tilimizga yaqinligi sabab, boshqa tillarga nisbatan o'rganish ancha oson! ✅ Siz ham qisqa muddatda Turk tilini o'rganib, til sertifikati olishni xohlaysizmi❔ 📍"Hilol Edu" o'quv markazi sizni tez fursatda o'rganish mumkin bo'lgan Turk tili darslariga taklif etadi! ✅Hoziroq bizga murojaat qiling, biz sizni markazimizda kutib qolamiz! 📞 +998332878888 Telegram va instagram sahifalarimizga obuna bo'lishni unutmang 👇🏻 ✈️ Telegram 🌐 Instagram 📍Manzilimiz
Показати все...
⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi Muhokamalar portaliga joylashtirilgan qo‘shma qaror bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi. Loyihada ayrim sertifikatlar bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda: ➖GRE va GMAT sertifikatlarida faqat Quantitative Reasoning qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi; ➖Digital SAT) sertifikatida faqat matematika (math) qismi boʻyicha toʻplangan ballar inobatga olinadi; Ushbu sertifikatlar quyidagi pedagoglar uchun amal qiladi: ➖oʻzbek tili va adabiyot fani sertifikatini olgan ona tili va adabiyoti hamda oʻzbek tili (davlat tili) fanidan dars beruvchi pedagoglar uchun; ➖rus tili va adabiyoti fani sertifikatini olgan milliy hamda rus tili sinflarida dars beruvchi pedagoglar uchun; ➖TRKI sertifikati taʼlim tili rus tili boʻlmagan sinflarda dars beruvchi rus tili fani pedagoglari uchun amal qiladi; Avvalroq, ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/4647/Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga! 🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 28-iyun kuni “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda. 🔹 Maqolalarni 2024-yil 15-iyunga qadar @markaz_2024_bot telegram manziliga yuborishingiz mumkin. 🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
⚡️ Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yildi Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi. Hujjat bilan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 28-iyulda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori bilan 2023-2024 oʻquv yilida ustama toʻlanadigan Sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan edi. Loyihada ayrim sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarish va ayrim tillar bo‘yicha yangi sertifikatlar qo‘shish taklif etilmoqda, Muhokamada ishtirok etish👇 https://regulation.gov.uz/oz/d/98472Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi Ta'lim vazirlarining "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi. Hujjat bilan oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilmoqda. ✅ Barcha tillar (shu jumladan pushtu, dariy, urdu, hindiy, uygʻur, fors tillari) bo‘yicha ro‘yxatga Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha milliy sertifikatlarni qo‘shish rejalashtirilmoqda. ❌ Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborish taklif etilmoqda: Ingliz tili bo‘yicha ➖Test of English for International Communication (TOEIC)* Fransuz tiliTest de Connaissance du Francais (TCF) Itaylan tili bo‘yicha ➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) ➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) Yapon tili bo‘yicha ➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT) Nemis tili bo‘yicha ➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II) Arab tili bo‘yicha ➖The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL) Loyihaga ko‘ra mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. Avvalroq, magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirilishi haqida xabar bergan edik.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi. “Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi. “Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi. ❤️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti rasmiy kanali
Показати все...
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi 🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra: ✏️test sinovining yozma qismi — 11-12, 14-15 va 18-19-may kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari). 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-3 Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
👉 Magistratura va doktoranturaga xorijiy til bilish sertifikati talabi pasaytirildi 👉 O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi 👉 Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi 👉 Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi 👉 Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladiTa’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...
⚡️ Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda talabalar qabul qilishni kamaytirib, bo‘shagan kvotalarni muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlarga o‘tkazish taklif etilyapti. Shuningdek, kvotalarni oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi, qabul parametrlarini oliygohlarning o‘zi belgilaydi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Показати все...