cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
90 218
Suscriptores
-16624 horas
-2907 días
-3 30730 días
Distribuciones de tiempo de publicación

Carga de datos en curso...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Análisis de publicación
MensajesVistas
Acciones
Ver dinámicas
01
Joriy yilda abituriyentlarga maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi. Chet tilidan ijodiy imtihon savollari B1 darajada bo‘ladi. Jami 2 soat 45 daqiqada 4 bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar beriladi: ➖ 1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol); ➖ 2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol); ➖ 3-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq / 30 ball); ➖ 4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball). Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul 10-iyulda tugaydi (boshqa OTMlar qabuli 20-iyulgacha). Abituriyent yo‘nalishlarni tanlayotganda faqat ijodiy imtihon olinadiganlarni tanlashi mumkin. Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
14 569191Loading...
02
👍👍👍👍👍 👍 Rasman: “University of Business and Science”da 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi! UBS talabasi bo‘lish Sizga nima beradi? — Oliy ma’lumot; — Grant kvotalari; — Kunduzgi-sirtqi ta’lim; — Quvnoq ijtimoiy muhit; — Zamonaviy o‘quv binolari; — Hamyonbop kontrakt narxlari; — Ta’limga yangicha nazar. 👉 UBSda bakalavriat yo‘nalishlari 👉 Magistratura mutaxassisliklari Orzungizdagi talabalikka bir qadam qoldi. UBS bilan kelajak liderlariga aylaning! 🌐 qabul.ubsu.uz ☎️ +998781132626, +998907894242 👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching! 👍 Telegram | 👍 Instagram
8 81123Loading...
03
⚡️Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan 8 ta OTMda bu amaliyot bekor bo‘ldi 2024-yilda chet tili birinchi fan bo‘lgan mutaxassisliklarida ijodiy imtihon o‘tkaziladigan 8 ta OTMda kirish imtihoni sifatida test olinadi. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov Kun.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qildi. Joriy yilgacha 8 ta OTMning chet tili birinchi mutaxassislik fan bo‘lgan yo‘nalishlarida abituriyentlardan test emas, ijodiy imtihon olinardi. Bu yilgi qabulda mana shu OTMda ham ijodiy imtihon o‘rniga test bo‘ladi va bu OTMga topshiradigan abituriyentlar ham o‘tgan yildagi kabi faqat shu OTM doirasida emas, respublikadagi barcha OTMdan o‘z yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan 5 tasini tanlashi mumkin bo‘ladi. 2024-yilda ushbu ro‘yxatdagi OTMda ham boshqa chet tili yo‘nalishi bor OTM kabi test imtihoni o‘tkaziladi: ➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ➖Samarqand davlat chet tillar instituti; ➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; ➖Toshkent davlat pedagogika universiteti; ➖Qo‘qon davlat pedagogika instituti; ➖Nukus davlat pedagogika instituti; ➖Andijon davlat chet tillar instituti; ➖Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari. “Prezident farmonida 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, deyilgan. Bu keyingi yildan chet tili birinchi fan bo‘lgan barcha yo‘nalishlarga hujjat topshiruvchi abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo‘lishini anglatadi. Agar keyinchalik qaysidir yo‘nalishga chet tili birinchi fanga aylantirilsa ham, shu yo‘nalishga topshiruvchi abituriyent uchun sertifikat talabi majburiy bo‘ladi. Bu haqida bir yil oldindan abituriyentlarni ogohlantiryapmiz: keyingi yildan chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarga topshiruvchi abituriyentlar hozirdan harakat boshlashi kerak”, deb tushuntirdi Abduvali Xoliqov. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
15 651175Loading...
04
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlardagi 3395 ta bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi Respublika bo‘ylab 200 taga yaqin ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlardagi 3395 ta bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi. Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda topshirish mumkin. Hukumat qarori (27.05.2023, №214) bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi: 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematika (30 ta ), ingliz tili (15 ta) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq); ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebra (12 ta ), geometriya (8 ta ), fizika (10 ta ) va ingliz tili (15 ta ) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi. 🧬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (sceince) fan (30 ta ) va ingliz tili (15 ta ) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq); ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi. ✅ @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
26 282584Loading...
05
​​⚡️RASMAN: Maktab o'quvchilari va abituriyentlar uchun maxsus onlayn test tashkil etilmoqda! 💰 Yutuq: 1.000.000 so'm 🏢 Homiy: Perfect university 📲 Ro‘yxatdan o‘tish BEPUL va shart! 📆 Seshanba, 4-iyun kuni Perfect University, Imtihon Markazi hamda OLIYGOH.UZ taʼlim platformasi hamkorligida onlayn test tashkil etiladi. ✅Testlar sifatiga 100% javob beriladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart! 📚Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Boshqa yo‘nalish tanlash 👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash ✅ Perfect university - Toshkent shahridagi nufuzli oliygohlardan biri bo'lib, 2024-2025 o'quv yilida 50 nafar abituriyentga GRANT ajratmoqda. 🔖Test yakunida ishtirokchilarga sertifikat beriladi. 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 👉 Ro‘yxatdan o‘tish
9 98887Loading...
06
⚡️Prezident maktablari bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish uchun qabul davom etmoqda Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin. Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Qabul tartibi batafsil:👉 https://talimxabarlari.uz/4910/ ✅ @piimatestbot agentlik matbuot xizmati eʼlon qilgan testlar joylashtirilgan bo‘lib, ularni o‘zingizga qulay vaqtda yechishingiz mumkin. Ayni paytda botda matematika, fizika va ingliz tiliga oid fanlar mavjud boʻlib, keyinchalik yangi testlar qoʻshib boriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
19 232215Loading...
07
Abituriyentlar diqqatiga: Osiyo Xalqaro Universitetida 2024—2025-o’quv yili uchun qabul boshlandi! 🤗 Zamonaviy va jahon standardlariga javob beruvchi o’quv binolarimiz va professional akademik jamoamiz ilmga chanqoq talabalarni kutmoqda! Shuningdek, bakalavr bilan bir qatorda magistratura bosqichi uchun ham qabul davom etmoqda. Universitetdagi barcha 27 ta ta’lim yo’nalishini ko’rish uchun quyidagi havolani bosing: Ta’lim yo’nalishlari Hoziroq ro’yxatdan o’ting: qabul.oxu.uz 📂 Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022-y) 📞 Qo’shimcha ma’lumot va savollar uchun: +998553050009 📌 www.oxu.uz Telegram | Instagram | Facebook |
17 20538Loading...
08
❗️Xorijiy til oʻqituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak! 2024/2025-oʻquv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515) 1-ilovasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning biridan kamida B2 darajasiga ega boʻlishi lozim. ❌ Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar roʻyxatdan chiqarib yuborilgan: ➖ APTIS for teachers, ➖ Linguaskill, ➖Test of English for International Communication (TOEIC) 🗓 Agar oʻqituvchilar qaror kuchga kirgunga qadar (2024-yil 29-mayga qadar) roʻyxatdan chiqarib yuborilgan sertifikatlarni olgan boʻlsalar ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi. ❗️Quyidagi sertifikatlar bilan xorijiy tillarni bilish darajasi emas, balki xorijiy tillar boʻyicha malaka va koʻnikmalar aniqlanadi: ➖Teaching Knowledge Test (TKT), ➖ Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), ➖ Teaching English as a Foreign Language (TEFL), ➖ Teaching English as a Second Language (TESL), ➖ Certificate in English Language Teaching to Adults (CELTA), ➖ Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages (DELTA) Shu sababli ular ushbu roʻyxatga kiritilmagan. 2024-yil 29-maydan keyin faqat yangi qarorda koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlar amal qiladi. Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi. Eslatib oʻtamiz, pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
30 284697Loading...
09
❓Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi? Yangi qarorga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga milliy sertifikat imtihonlarida C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi. Boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika, oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
24 841311Loading...
10
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 🥰Yoz kelishi bilan boshqa talaba yotoqxonalari yopilgan bo’lsa-da, STARS International University talabalar turar joyi yoz davomida ham xizmat ko’rsatishni davom ettiradi! 🥰STARS International University PREMIUM CLASS Talabalar Turar Joyi (TTJ) Toshkentda o‘qiyotgan barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ochiq🥰 🚀Fursatdan foydalaning va quyidagi havola orqali tezda ro’yhatdan o’ting ⬇️ 🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun havola 🥰Bizning TTJ da quyidagi qulayliklar mavjud: • 🗄 Shaxsiy javonlar • 💳 Shaxsiy elektron kalit • 📺 Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000dan ortiq filmlar (quloqchinlari bilan) • 👨‍💻Co-working xonasi • 📚 Kutubxona • 👨‍💻Kompyuter xonasi • 🏖 Dam olish hududi • 🎮 PlayStation 5 • 📶 Bepul Wi-Fi Unifi tezligi 6G /500 mb/s • ❄️ Muzlatgichlar • 🔥 Mikroto’lqinli pechlar • 🧺 Kir yuvish mashinalar • 🚿 24/7 issiq va sovuq suvi • 🚾 Zamonaviy hojatxonalar • 🛁 Zamonaviy alohida yuvinish xonalari • ⚡️ 24/7 to‘xtovsiz elektr energiyasi (shaxsiy generator) 🧺 Bepul xizmatlar: • Talabalarning kiyimlari va choyshablari BEPUL yuviladi va dazmol qilinadi! 💵 TTJ narxi: 1 500 000 so’m. To’lovni 3 kun oldin amalga oshirsangiz, 100 000 so’m chegirma mavjud! 🏃 Shoshiling! Joylar soni cheklangan❕ 📞 Qo’shimcha ma’lumot uchun: +998-93-222-24-49, +998-94-634-23-38
23 00462Loading...
11
⚡️ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli davom etmoqda Joriy yilning 30-may ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlangan edi. 📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari: 👉 https://t.me/uztdi/6770 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23 291186Loading...
12
⚡️Rasman: maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun ONLAYN TEST boshlandi! 🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm! 📆 Ertaga yakshanba, 2-iyun kuni Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda! 📆Test vaqti: 2-iyun (09:00 dan 23:59 gacha) 💳Ishtirok etish narxi: BEPUL 👉Ro'yxatdan o'tish shart! Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun! Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting! 👉 Rus tili 👉 Nemis tili 👉 Fransuz tili 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH; 👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish: 👉 Ro'yxatdan o'tish 👉 Ro'yxatdan o'tish 🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
11 342129Loading...
13
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi. Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
30 776372Loading...
14
Ertaga, 1-iyun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar topshirishning oxirgi kuni Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi); ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak); ➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi. ▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma; ➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom. ▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi. ❗️2022-hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2024-yilda ham amal qiladi. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/4496/ ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
83 294902Loading...
15
❓ Abituriyentmisiz? Qaysi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga topshirishni bilmay qiynalyapsizmi? Tanlagan yoʻnalishingiz va oʻtgan yilgi kirishi ballariga qiziqyapsiz, ammo ishonchi maʼlumotlarni topa olmayapsizmi? 🤓 Unda, Sizga @mandat_javobbot'ni tavsiya qilamiz! 🔹 Ushbu bot orqali oʻzingiz istagan oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishishingiz mumkin! 🔹 Shu bilan birga menyudagi oʻqishni koʻchirish boʻlimi orqali baholash mezonlari, super kontrakt miqdorlari va boshqa maʼlumotlarni tez va oson topasiz. ✔️ @mandat_javobbot'dan foydalanib, vaqtingiz va imkoniyatlaringizni tejang. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23 402104Loading...
16
❗️TKT va TESOL bilan ustama olish uchun CEFR tizimining B2 sertifikati talab qilinadi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov pedagoglarning takliflariga asosan TKT va TESOL sertifikatlari yangi qarorda ham ustama to‘lanadigan ro‘yxatiga kiritilganini ma‘lum qildi. Biroq yangi qarorga ko‘ra, TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari bilan ustama olish uchun pedagoglardan Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati ham talab qilinadi. Eslatib o‘tamiz, Hukumat qaroriga asosan 2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozim. Qaror ushbu sertifikatlarga tegishli 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan (29-may) e’tiboran ikki oydan keyin (29-iyul) kuchga kiradi. Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
42 065939Loading...
17
⚡️Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. ❌ Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborildi: Ingliz tili bo‘yicha ➖Test of English for International Communication (TOEIC)* Fransuz tili ➖Test de Connaissance du Francais (TCF) Itaylan tili bo‘yicha ➖Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI) ➖Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS) Yapon tili bo‘yicha ➖Japanese Language Proficiency Test (JLPT) Nemis tili bo‘yicha ➖Deutsches Sprachdiplom (DSD II) Arab tili bo‘yicha ➖The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL) Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
30 126465Loading...
18
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga! 🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2024-yil 28-iyun kuni “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda. 🔹 Maqolalarni 2024-yil 15-iyunga qadar @markaz_2024_bot telegram manziliga yuborishingiz mumkin. 🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
22 20094Loading...
19
#xushxabar #rasmiy ⚡️Pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi: TKT va TESOL ham ro'yxatda bor Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. ✅ Ro'yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi. Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur. Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
64 3002 389Loading...
20
#xushxabar ⚡️Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515) Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
110 7293 460Loading...
21
O‘quvchi maktab darsligini yo‘qotib qo‘ysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi? Nizomga ko‘ra (28.04.2014 ro‘yxat raqami 2577) darsliklar yoki OʻMQlardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki OʻMQlar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlaydi: ➖birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning bir baravari miqdorida; ➖2-4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning ikki baravari miqdorida; ➖5-9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
42 740593Loading...
22
⚡️Rasman: 4 milliard so’mlik GRANT eʼlon qilindi 🇺🇿 Respublika miqyosida Millat Umidi Universiteti va Oliygoh.uz platformasi hamkorligida, maktabning 11-sinf hamda akademik litseylarning 2-bosqich bitiruvchilari, talabalar va abituriyentlar uchun 4 MILLIARD so’mlik “MILLAT UMIDI” grantiga start berildi. 🏅Tanlov 3 bosqichdan iborat bo’lib, g’oliblar esdalik sovg’alari va Millat Umidi Universitetida tahsil olish uchun GRANT bilan taqdirlanadilar. — Hujjatlar shu yilning 3-iyuniga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi. 🔗Ro’yxatdan o’tish: https://t.me/millatumidibot 👉Batafsil ma’lumot; @BahoIashUz✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari!
22 038184Loading...
23
⚡️Endi foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan xotin-qizlarga beriladi Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi. ❓Kredit kimlarga beriladi? ➖ Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari); ➖ Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.). ❓Qaysi taʼlim shakliga beriladi? ➖ Kunduzgi; ➖ Sirtqi; ➖ Kechki. Masofaviy taʼlimga berilmaydi.🙅🏻‍♀️ ❓14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti? ✅ Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. ❓Toʻlash qachondan boshlanadi? 📈 Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. ❓Qanday hujjatlar kerak? ➖ bankka ariza; ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat; ➖ taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi; ➖ talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. ❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
26 575251Loading...
24
Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo'nalishi uchun 4 yillik 40% grant e'lon qilindi 💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo‘nalishiga o‘qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda! Prezidentimiz tashabbusi asosida tashkil etilgan ushbu davlat oliygohida, Kimyo va materialshunoslik muhandisligi yo'nalishi talabalarining barchasiga 4 yillik 40% grant ajratiladi. ⚡️ Bundan tashqari siz 50%, 70%, va 100% lik grantlarni ham qo'lga kiritishingiz mumkin. 👉 Oʻqishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply 🎗 Darslar xorijlik va mahalliy professor-o'qituvchilar tomonidan olib boriladi. Batafsil: @newuzbekistanuniversity
18 32644Loading...
25
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
24 333256Loading...
26
“UBSda o‘qimoqchiman!” — UBS fan olimpiadasi qanday o‘tdi? Vodiy bo‘ylab o‘tkazilgan “University of Business and Science” fan olimpiadasining 2-mavsumi sovrin jamg‘armasi 4 mlrd so‘mni tashkil qildi! O‘tgan yili 10 mingga yaqin o‘quvchilarini jalb qilgan olimpiada bu yil 15 mingdan ziyod maktab bitiruvchilarini qamrab oldi. 🏆 G‘oliblar UBS tomonidan 4-yilgacha beriladigan grant va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. “University of Business and Science”da qabul boshlanishiga 2️⃣ kun qoldi. 🌐 ubsu.uz veb-sayti ☎️ +998781132626, +998907894242 Telegram | Instagram
26 73230Loading...
27
⚡️9-sinflar uchun matematika fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi namunaviy test variantlari aniqlandi 🔰 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur'a tashlandi. ☑️ Bunda o‘quvchilar 5- va 7- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma'lum bo‘ldi. ❗️Ayrim telegram kanallarda e‘lon qilingan savollar to‘plamidagi 5- va 7-variantlardagi savollar beriladi deb noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Vazirlik tomonidan e‘lon qilingan savollar asosida 9- va 11-sinflar yakuniy attestatsiyasi uchun variantlar qayta shakllantiriladi. Ya’ni 9-sinf matematika uchun baholash mezoniga ko‘ra 10 ta mavzuning har biridan bittadan savol tanlab olinadi. Barcha savollar avval e’lon qilingan to‘plamdan olinadi, biroq o‘quvchi imtihonda aynan qaysi savolga javob berishini avvaldan bila olmaydi. Eslatma: Shu bilan birga, bu yildan boshlab har bir o‘quvchiga A4 formatdagi 3 dona qog‘oz blankalar tarqatiladi. Avval har bir o‘quvchi 12 varaqli daftarga yozgan bo‘lsa endi bunday holatga ehtiyoj qolmaydi. ↗️ Yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish va baholash mezonlari hududiy boshqarmalar orqali barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktablariga yetkaziladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
76 3572 136Loading...
28
⚡️TKT va TESOL sertifikatlarini nima uchun ro‘yxatdan chiqarish taklif etilayotganiga izoh berildi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan TKT va TESOL sertfikatlarini nima uchun ro‘yxatdan chiqarish taklif etilayotganiga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, avvaloq pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati muhokamaga qo‘yilgan edi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
35 698569Loading...
29
Hurmatli taʼlim ishtirokchilari, ustozlar va ota-onalar, 🗂 Ayni kunlarda umumiy oʻrta taʼlimda baholash jarayonining joriy holati va mavjud muammolarni oʻrganish hamda davlat taʼlim standartlari talablarini bajarilishiga erishish, bunda taʼlim oluvchilar va taʼlim beruvchilarning hisobdorligini oshirish maqsadida amaliyotchi oʻqituvchilar, soha mutaxassislari va ota-onalar fikri oʻrganilmoqda. ❇️ Endilikda Siz ham umumiy oʻrta taʼlimda baholash talablarini takomillashtirish boʻyicha takliflaringizni taqdim etishingiz mumkin.  📤 Buning uchun soʻrovnomada ishtirok etib, takliflaringizni yuborishingizni soʻraymiz. ✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/NxieaCJBrmA5GKXT9 📌 Har bir murojaat mutaxassislar va olimlar tomonidan oʻrganib chiqiladi va baholash tizimini takomillashtirishda foydalaniladi. Sizning fikringiz biz uchun muhim! Kanalga ulanish:👇 https://t.me/trm_metodika
20 44622Loading...
30
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi! Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi. ✅ Bakalavriat yo‘nalishlari: ➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil; ➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil; ➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil; ➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil. ✅ Magistratura mutaxassisliklari: ➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish; ➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya; ➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi; ➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi; ➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi. O‘qish muddati 2 yil. Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi. 👉 Hujjat topshirish Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.) Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka) 📍Lokatsiya 👉 Batafsil ma'lumot ☎️ Murojaat uchun telefonlar: +998 97 139-00-50 +998 97 189-00-50 +998 71 202-05-50 +998 71 203-05-50 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi
27 299103Loading...
31
⚡️Endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalarga ajratiladi Prezident farmoniga asosan 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi. birinchi bosqich talabalari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida; ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) ajratiladi. Taʼlim krediti ajratish uchun talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlishi lozim. Oʻz dasturiy taʼminotiga ega boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim kreditini olish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar barcha oliy taʼlim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi “kontrakt.edu.uz“ va ”prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantiriladi. 2024/2025 oʻquv yili boshlangunga qadar taʼlim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
38 609469Loading...
32
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi. Prezident Farmoni ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
23 780102Loading...
33
⚡️Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda ayrim shtatlar qisqartirilishi mumkin Muhokamalar portaliga “Akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qoʻshma qaror loyihasi joylashtirildi. Loyihaga koʻra, 2018-yil 29-dekabrdagi qarorga (Adliyadan roʻyxatdan oʻtgan raqami 3119) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Xususan, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda quyidagi shtat birliklar qisqartirilishi mumkin: ➖direktorning moliya-iqtisod ishlari boʻyicha oʻrinbosari ➖yuriskonsult ➖yoshlar yetakchisi ➖hamshira ➖laborant ➖ustaxona mudiri Loyiha bilan tasdiqlanadigan mazkur shtat birliklarini 2024-yil 1-sentyabrdan joriy etish taklif etilmoqda. Avvaloq ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi ayrim shtatlar qisqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
27 752271Loading...
34
📢 O‘quv markazlari rahbarlari uchun ajoyib yangilik: ta'lim muassasangizni rivojlantirish uchun noyob imkoniyat! Agrobank va UDEA universiteti o‘quv markazlari rahbarlari uchun maxsus tadbir tashkil etmoqda. Tadbir ularning faoliyati rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Ishtirokchilar tajriba almashishlari, qimmatli bilimlarga ega bo‘lishlari va o‘z tashkilotlarini rivojlantirishning yangi usullarini topishlari mumkin bo‘ladi. Davra suhbatida bank xodimlarining oʻquv markazlarida malakasini oshirish va ularning biznesini rivojlantirish uchun kreditlar ajratish imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. 📆 29 May, soat 15:00 📍 UDEA kampusi —  Yakkasaroy tumani, Boshliq 3
23 59621Loading...
35
⚡️Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi ✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi. ➖ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan. ❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishi maʼlum qilamiz. ✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. 👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
47 550638Loading...
36
⚡️ Keyingi yildan chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda muhokamalar portalida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘qishga kirishda tan olish rejalashtirilayotgan sertifikatlar ro‘yxati (yuqoridagi rasmda) e’lon qilingan edi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
47 220526Loading...
37
⚡️Endi nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin Prezident farmoniga asosan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan tartib va shartlar boʻyicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi. Bunda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bir talaba uchun ajratiladigan mablagʻ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarida bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi. Davlat granti kvotalarining oliy taʼlim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning tanlovi va toʻplagan ballariga koʻra amalga oshiriladi. Oliy taʼlim tashkilotlari moddiy-texnika bazasi, professor-oʻqituvchilari tarkibi va oʻquv-metodik taʼminotiga muvofiq, keyingi oʻquv yili uchun oʻz qabul parametrlarini shakllantiradi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi. Vazirlik oliy taʼlim tashkilotlari qabul parametrlari asosliligini oʻrganadi hamda ularni davlat komissiyasiga kiritadi. Davlat komissiyasi qabul parametrlarini davlat granti va toʻlov-kontraktga ajratgan holda oliy taʼlim tashkilotlari va tillar kesimida tasdiqlab, Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etadi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
34 344110Loading...
38
⚡️Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Endi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli testdan so‘ng tanlanadi Prezident Farmoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 🗓birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; 📝 o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi; ✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
41 248515Loading...
39
⚡️Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirildi Prezidentining Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi: ➖xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida; ➖gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida; ➖boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
27 513181Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yilda abituriyentlarga maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi. Chet tilidan ijodiy imtihon savollari B1 darajada bo‘ladi. Jami 2 soat 45 daqiqada 4 bo‘lim bo‘yicha topshiriqlar beriladi: ➖ 1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol); ➖ 2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol); ➖ 3-bo‘lim: Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq / 30 ball); ➖ 4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball). Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul 10-iyulda tugaydi (boshqa OTMlar qabuli 20-iyulgacha). Abituriyent yo‘nalishlarni tanlayotganda faqat ijodiy imtihon olinadiganlarni tanlashi mumkin. Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
00:18
Video unavailableShow in Telegram
👍👍👍👍👍 👍 Rasman: “University of Business and Science”da 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
UBS talabasi bo‘lish Sizga nima beradi? — Oliy ma’lumot; — Grant kvotalari; — Kunduzgi-sirtqi ta’lim; — Quvnoq ijtimoiy muhit; — Zamonaviy o‘quv binolari; — Hamyonbop kontrakt narxlari; — Ta’limga yangicha nazar.
👉 UBSda bakalavriat yo‘nalishlari 👉 Magistratura mutaxassisliklari Orzungizdagi talabalikka bir qadam qoldi. UBS bilan kelajak liderlariga aylaning! 🌐 qabul.ubsu.uz ☎️ +998781132626, +998907894242 👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching! 👍 Telegram | 👍 Instagram
Mostrar todo...
VN05208.mp45.72 MB
⚡️Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan 8 ta OTMda bu amaliyot bekor bo‘ldi 2024-yilda chet tili birinchi fan bo‘lgan mutaxassisliklarida ijodiy imtihon o‘tkaziladigan 8 ta OTMda kirish imtihoni sifatida test olinadi. Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov Kun.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qildi. Joriy yilgacha 8 ta OTMning chet tili birinchi mutaxassislik fan bo‘lgan yo‘nalishlarida abituriyentlardan test emas, ijodiy imtihon olinardi. Bu yilgi qabulda mana shu OTMda ham ijodiy imtihon o‘rniga test bo‘ladi va bu OTMga topshiradigan abituriyentlar ham o‘tgan yildagi kabi faqat shu OTM doirasida emas, respublikadagi barcha OTMdan o‘z yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan 5 tasini tanlashi mumkin bo‘ladi. 2024-yilda ushbu ro‘yxatdagi OTMda ham boshqa chet tili yo‘nalishi bor OTM kabi test imtihoni o‘tkaziladi: ➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ➖Samarqand davlat chet tillar instituti; ➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; ➖Toshkent davlat pedagogika universiteti; ➖Qo‘qon davlat pedagogika instituti; ➖Nukus davlat pedagogika instituti; ➖Andijon davlat chet tillar instituti; ➖Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.
“Prezident farmonida 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi, deyilgan. Bu keyingi yildan chet tili birinchi fan bo‘lgan barcha yo‘nalishlarga hujjat topshiruvchi abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo‘lishini anglatadi. Agar keyinchalik qaysidir yo‘nalishga chet tili birinchi fanga aylantirilsa ham, shu yo‘nalishga topshiruvchi abituriyent uchun sertifikat talabi majburiy bo‘ladi. Bu haqida bir yil oldindan abituriyentlarni ogohlantiryapmiz: keyingi yildan chet tili birinchi fan bo‘lgan yo‘nalishlarga topshiruvchi abituriyentlar hozirdan harakat boshlashi kerak”, deb tushuntirdi Abduvali Xoliqov.
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlardagi 3395 ta bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi Respublika bo‘ylab 200 taga yaqin ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlardagi 3395 ta bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi. Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda topshirish mumkin. Hukumat qarori (27.05.2023, №214) bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi: 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:5 — 7-sinflar uchun matematika (30 ta ), ingliz tili (15 ta) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq); ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebra (12 ta ), geometriya (8 ta ), fizika (10 ta ) va ingliz tili (15 ta ) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi. 🧬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:7-sinflar uchun tabiiy (sceince) fan (30 ta ) va ingliz tili (15 ta ) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq); ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi. ✅ @piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Ixtisoslashgan maktabdagi bo‘sh o‘rinlar.pdf4.26 KB
Repost from Abituriyent OFF | Rasmiy
⚡️RASMAN: Maktab o'quvchilari va abituriyentlar uchun maxsus onlayn test tashkil etilmoqda! 💰 Yutuq: 1.000.000 so'm 🏢 Homiy: Perfect university 📲 Ro‘yxatdan o‘tish BEPUL va shart! 📆 Seshanba, 4-iyun kuni Perfect University, Imtihon Markazi hamda OLIYGOH.UZ taʼlim platformasi hamkorligida onlayn test tashkil etiladi. ✅Testlar sifatiga 100% javob beriladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart! 📚Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Boshqa yo‘nalish tanlash 👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlashPerfect university - Toshkent shahridagi nufuzli oliygohlardan biri bo'lib, 2024-2025 o'quv yilida 50 nafar abituriyentga GRANT ajratmoqda. 🔖Test yakunida ishtirokchilarga sertifikat beriladi. 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 👉 Ro‘yxatdan o‘tish
Mostrar todo...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Prezident maktablari bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish uchun qabul davom etmoqda Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin. Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Qabul tartibi batafsil:👉 https://talimxabarlari.uz/4910/@piimatestbot agentlik matbuot xizmati eʼlon qilgan testlar joylashtirilgan bo‘lib, ularni o‘zingizga qulay vaqtda yechishingiz mumkin. Ayni paytda botda matematika, fizika va ingliz tiliga oid fanlar mavjud boʻlib, keyinchalik yangi testlar qoʻshib boriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Abituriyentlar diqqatiga: Osiyo Xalqaro Universitetida 2024—2025-o’quv yili uchun qabul boshlandi! 🤗 Zamonaviy va jahon standardlariga javob beruvchi o’quv binolarimiz va professional akademik jamoamiz ilmga chanqoq talabalarni kutmoqda! Shuningdek, bakalavr bilan bir qatorda magistratura bosqichi uchun ham qabul davom etmoqda. Universitetdagi barcha 27 ta ta’lim yo’nalishini ko’rish uchun quyidagi havolani bosing: Ta’lim yo’nalishlari Hoziroq ro’yxatdan o’ting: qabul.oxu.uz 📂 Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022-y) 📞 Qo’shimcha ma’lumot va savollar uchun: +998553050009 📌 www.oxu.uz Telegram | Instagram | Facebook |
Mostrar todo...
❗️Xorijiy til oʻqituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak! 2024/2025-oʻquv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515) 1-ilovasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning biridan kamida B2 darajasiga ega boʻlishi lozim. ❌ Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar roʻyxatdan chiqarib yuborilgan: ➖ APTIS for teachers, ➖ Linguaskill, ➖Test of English for International Communication (TOEIC) 🗓 Agar oʻqituvchilar qaror kuchga kirgunga qadar (2024-yil 29-mayga qadar) roʻyxatdan chiqarib yuborilgan sertifikatlarni olgan boʻlsalar ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi. ❗️Quyidagi sertifikatlar bilan xorijiy tillarni bilish darajasi emas, balki xorijiy tillar boʻyicha malaka va koʻnikmalar aniqlanadi: ➖Teaching Knowledge Test (TKT), ➖ Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), ➖ Teaching English as a Foreign Language (TEFL), ➖ Teaching English as a Second Language (TESL), ➖ Certificate in English Language Teaching to Adults (CELTA), ➖ Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages (DELTA) Shu sababli ular ushbu roʻyxatga kiritilmagan. 2024-yil 29-maydan keyin faqat yangi qarorda koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlar amal qiladi. Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi. Eslatib oʻtamiz, pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
Sertifikatlar ishga kirish uchun 2024.pdf7.85 KB
❓Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi? Yangi qarorga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga milliy sertifikat imtihonlarida C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi. Boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika, oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi. Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi: “70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja; 65 — 69,9 ball olganlarga A daraja; 60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja; 55 — 59,9 ball olganlarga B daraja; 50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja; 46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Mostrar todo...
05:15
Video unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 🥰Yoz kelishi bilan boshqa talaba yotoqxonalari yopilgan bo’lsa-da, STARS International University talabalar turar joyi yoz davomida ham xizmat ko’rsatishni davom ettiradi! 🥰STARS International University PREMIUM CLASS Talabalar Turar Joyi (TTJ) Toshkentda o‘qiyotgan barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ochiq🥰 🚀Fursatdan foydalaning va quyidagi havola orqali tezda ro’yhatdan o’ting ⬇️ 🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun havola 🥰Bizning TTJ da quyidagi qulayliklar mavjud: • 🗄 Shaxsiy javonlar • 💳 Shaxsiy elektron kalit • 📺 Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000dan ortiq filmlar (quloqchinlari bilan) • 👨‍💻Co-working xonasi • 📚 Kutubxona • 👨‍💻Kompyuter xonasi • 🏖 Dam olish hududi • 🎮 PlayStation 5 • 📶 Bepul Wi-Fi Unifi tezligi 6G /500 mb/s • ❄️ Muzlatgichlar • 🔥 Mikroto’lqinli pechlar • 🧺 Kir yuvish mashinalar • 🚿 24/7 issiq va sovuq suvi • 🚾 Zamonaviy hojatxonalar • 🛁 Zamonaviy alohida yuvinish xonalari • ⚡️ 24/7 to‘xtovsiz elektr energiyasi (shaxsiy generator) 🧺 Bepul xizmatlar: • Talabalarning kiyimlari va choyshablari BEPUL yuviladi va dazmol qilinadi! 💵 TTJ narxi: 1 500 000 so’m. To’lovni 3 kun oldin amalga oshirsangiz, 100 000 so’m chegirma mavjud! 🏃 Shoshiling! Joylar soni cheklangan❕ 📞 Qo’shimcha ma’lumot uchun: +998-93-222-24-49, +998-94-634-23-38
Mostrar todo...
IMG_2056.MP461.90 MB