MAKTAB️
Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام MAKTAB️
کانال MAKTAB️ (@maktab_e) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 160 412 مشترک است و جایگاه 672 را در دسته آموزش و رتبه 252 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 160 412 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 16 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 24 416 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 1 583 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 28.77% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 15.82% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 46 145 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 25 371 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 67 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 17 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 17 سپتامبر | +239 | |||
| 16 سپتامبر | +1 608 | |||
| 15 سپتامبر | +1 414 | |||
| 14 سپتامبر | +1 394 | |||
| 13 سپتامبر | +2 911 | |||
| 12 سپتامبر | +895 | |||
| 11 سپتامبر | +307 | |||
| 10 سپتامبر | +819 | |||
| 09 سپتامبر | +540 | |||
| 08 سپتامبر | +276 | |||
| 07 سپتامبر | +431 | |||
| 06 سپتامبر | +2 118 | |||
| 05 سپتامبر | +829 | |||
| 04 سپتامبر | +221 | |||
| 03 سپتامبر | +1 017 | |||
| 02 سپتامبر | +920 | |||
| 01 سپتامبر | +522 |
| 2 | ⚡️MAKTABLARDAGI “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBLARINING KOORDINATORIGA PUL MUKOFOTI BERILADI.
Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarorida shunday yozilgan
🔹"taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo'lgan pedagoglarga direktor jamg'armasi hamda oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari jamg'armalari hisobidan bir oylik mehnatga haq to'lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to'lab beriladi."
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida ham quyidagicha qayd etilgan
🔹"umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo'lgan o'qituvchilarga ularning taʼrif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik to'lov to‘lash"
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 21 872 |
| 3 | ⚡️️O‘QITUVCHILARNING FORMASI BO‘YICHA QUYIDAGI TALABLAR MAVJUD.
- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi
erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi
ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi (Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)
- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi.
Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:
- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi
ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 30 000 |
| 4 | ⚡️MAKTABDAGI KUZATUV KENGASHI QUYIDAGI TARIBDA YURITILADI.
Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh sonli buyrug‘iga ko‘ra maktablarda kuzatuv kengashi quyidagi tarkibda tuziladi va u bir qancha huquq vakolatlarga egadir.
Kengash 7 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga o‘quvchilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kiritiladi. Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.
Kengashning birinchi yig‘ilishida oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zolari tomonidan saylanadi.
Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.
Kengash yig‘ilishlarini tashkillashtirilishi va o‘tkazilishi hamda hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.
Maktab rahbari Kengash ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, maktab faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va kanselyariya jihozlari bilan ta’minlash) uchun mas’ul hisoblanadi.
❗️Kengashning huquq va vakolatlari
🔹maktabning tegishli davridagi faoliyati bo‘yicha maktab direktoridan ma’lumotlarni so‘rash va olish;
🔹maktabning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
🔹homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi hamda sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
🔹maktab pedagoglarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.
🔹maktab direktori va direktor o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etilishi hamda o‘quvchilar, ularning ota-onalaridan noqonuniy pul yig‘imlari undirilmasligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi;
🔹maktabning umumiy yig‘ilishlarida qatnashadi, o‘quvchilar va ota-onalarning manfaatlarini himoya qiladi;
🔹maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitning buzilishi, ta’lim sifatining pasayib ketishi, tizimli muammolarning kelib chiqishi, pedagoglar bilan ma’muriyat o‘rtasida yoki ota-onalar bilan ma’muriyat o‘rtasida nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda, maktab direktorini lavozimidan ozod etish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga taklif kiritadi.
☝️Kengash a’zolariga yuqorida belgilanmagan vakolatlariga ega bo‘lishlariga, maktab direktorining qonunda belgilangan vakolatlariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 25 065 |
| 5 | ❗️❗️❗️❗️
Attestasiya va milliy sertifikat imtihonlariga oz vaqt qoldi
Biz sizga Tayyor dastur, tushunarli tushuntirish, muntazam nazorat testlari taqdim etamiz
❌Kechikkanlar emas, ❌
boshlamaganlar mag'lub bo'ladi.
Bugun boshlagan odam 1.5 oydan keyin natija bilan, "keyin boshlayman" degan odam esa yana bir bahona bilan qoladi.
Bizda mavjud kurslar
✅Ona tili milliy sertifikat guruhimiz
✅Boshlang’ich ta’lim milliy sertifikat kuchaytirilgan
guruh
✅Boshlang’ich ta’lim attestatsiya kuchaytirilgan guruh
✅ Oson Matematika matematika milliy sertifikat guruhi
✅Pedagogik mahorat guruhi
Murojaat uchun @Nasibabdullayeva ga yozing
Spam bo’lsangiz
@Chatdaqatnashish_bot botga yozing
Har kuni bepul darslar shu kanalda
2️⃣1️⃣:0️⃣0️⃣ da bepul darslar
👇👇👇👇
@AttestatsiyaNasiba | 22 405 |
| 6 | ⚡️MAKTABDA TADBIRLARNI O‘TKAZISHDA QUYIDAGILARGA ETIBOR BERISH KERAK.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 6-avgustdagi 288-son buyrug‘iga ko‘ra
Tadbirni tasdiqlashdan oldin uning xavf darajasi ishtirokchilarning yoshi va soni, oʻtkazish joyi va davomiyligi, transportdan foydalanish, jismoniy faollik, texnik va sahna jihozlari, tashqi mehmonlar ishtiroki, ob-havo sharoiti hamda boshqa xavf omillari asosida baholanadi.
Tadbirning davomiyligi bolalarning yoshi, kun tartibi, taʼlim yuklamasi va dam olish ehtiyojlarini hisobga olgan holda quyidagicha belgilanadi.
1-4-sinf oʻquvchilari uchun – 45 daqiqadan;
5-9-sinf oʻquvchilari uchun – 60 daqiqadan;
10-11-sinf oʻquvchilari uchun – 90 daqiqadan oshmasligi lozim.
Bolani sahnaga chiqishga, rol ijro etishga, shaxsiy fikri yoki maʼlumotini omma oldida bildirishga, shuningdek, unga psixologik noqulaylik tugʻdiradigan topshiriqni bajarishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
❗️Bolaning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan, uni uyaltiradigan, mazax qilish yoki notoʻgʻri talqin etishga sabab boʻladigan foto, video va montaj materiallarini tayyorlash yoki tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan materiallar yuzasidan bolaga nisbatan haqorat, kamsitish yoki kiberbulling holatlarining oldini olish choralari koʻriladi.
Ushbu Tartib talablariga rioya etilishini taʼminlash direktor zimmasiga yuklanadi.
Tadbirni tashkil etishda ishtirok etgan pedagog, psixolog, tibbiy xodim va boshqa masʼul shaxslar oʻz vazifalari doirasida Tartib talablariga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi.
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 30 293 |
| 7 | ⚡️O‘QUVCHILARGA MAKTAB HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI.
❌taʼlim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan oʻgʻil bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq koʻrsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda boʻyni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi;
❌oʻzaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo soʻzlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zoʻravonlikni (bulling) koʻrsatishi;
❌bir guruh bolalar yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga yoki bolalarga nisbatan haqoratli laqablardan foydalanish u (ular) bilan har qanday muloqotni cheklab qoʻyishi yoki cheklab qoʻyishga urinishi;
❌tengdoshlarning yoki boshqa shaxslarning mol-mulkini olib qoʻyish va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazish, ularning oʻziga xos jismoniy, psixologik yoki
intellektual xususiyatlarini ommaviy muhokama qilishi;
❌qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos boʻlmagan yoki taʼlim muassasasining faoliyatiga tegishli, shuningdek, taʼlim muassasasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning obroʻsini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli gʻarazli maqsadlar yoʻlida foydalanishi;
❌dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali tasvirga olishi;
❌taʼlim muassasasi kompyuterlarida taʼlim muassasasiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos boʻlmagan turli videomateriallar, taqiqlangan diniy maʼlumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlashi, saqlashi, foydalanishi va targʻib etishi;
❌har qanday kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish va boshqa tengdoshlarni jalb qilishi;
❌taʼlim muassasasi hududida tugʻilgan kun, Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan turli bayram tadbirlarini nishonlashi.
Asos: MMTV vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 50 265 |
| 8 | ⚡️UY TA’LIMIGA DARS O‘TUVCHI PEDAGOGLARNING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA
(Buni barcha pedagoglar bilishi kerak)
o‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash;
o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;
o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash;
o‘quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;
dars mashg‘ulotlari rejasini tuzish;
dars mashg‘ulotlariga oid bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida yuritish hamda o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha baholash daftariga qo‘yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.
O‘qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 32 226 |
| 9 | ⚡️DARSGA HALAQIT BERIB, DARSNI BUZADIGAN O‘QUVCHILARGA QANDAY CHORA KO‘RISH MUMKIN?
Assalomu alaykum. O‘quvchi darsda xulqi yomon. Dars jarayonini buzadi. Boshqa o‘quvchi va o‘qituvchi bilan janjallashadi. Shu xodisaga qanday qonun doirasida chora ko‘rish mumkin
YURIST JAVOBI:
O'quvchiga nisbatan biror ta'sir chorasi qo'llanilmaydi, aksincha bunday vaziyatda uning ota-onasiga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo'llaniladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 18-sonli buyrugʻi 4-ilovada tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 14-bandiga asosan o'quvchi dars mashg'ulotlarida:
🔹tеgishli darslik va zarur o'quv qurollari bilan ishtirok etish;
🔹darslarda o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ishlarga chalg'imaslik;
🔹o'qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bеrmoqchi bo'lganda qo'lini ko'tarib ruxsat so'rash;
🔹sanitariya-gigiеna va tеxnika xavfsizlik qoidalariga to'liq amal qilishi shart.
Mana shu qoidaga binoan o'quvchi yuqoridagilarni bajarishi talab etiladi.
Agar u mazkur majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlasa, unda ota-onaga nisbatan ta'sir chorasi ko'rilishi mumkin.
Bunday holatda ota-onaga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodеks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo'llaniladi. Ya'ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan kеyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa: bazaviy hisoblash miqdorining bеsh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 65 876 |
| 10 | ⚡️TEKSHIRUV BO‘LMASDAN OLDIN HUJJATLARINGIZNI TO‘G‘RILLAB OLING.
Sizlarga o‘zimiz tayyorlagan hujjatlarni tavsiya qilamiz.
Hujjatlarimiz amaldagi qarorlar asosida tuzilgan boʻlib, oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlar chiqarib tashlangan. Hujjatlarimiz yangi baholash tizimiga (BSB, CHSB) oʻtgan maktablar uchun ham, oʻtmagan maktablar uchun ham mos keladi.
🔹Pedkengash hujjatlari
🔹Metodbirlashma hujjatlari
🔹Rahbar xodimlarning yillik ish rejasi
🔹Maktabning yillik ish rejasi
Hujjatlarni sotib olish uchun quyidagi tugmalarni bosing:
👉@hujjatlar_mutahasisi | 32 420 |
| 11 | ⚡️️KAMIDA B+ DARAJADAGI MILLIY SERTIFIKATGA, CHET TILI BO’YICHA C1 DARAJALI SERTIFIKATGA EGA PEDAGOGLARGA TOIFA TESTIDA MAKSIMALL BALL BERILADI. ☝️BIROQ…..
Kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili yoki kamida B+ (avvalgi tizimda 80 ball yoki undan yuqori) darajadagi sertifikatga ega fan o‘qituvchilariga (boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bundan mustasno) sertifikatning amal qilish davrida navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha malaka sinovidan maksimal ball beriladi hamda ular ushbu o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan ozod etiladi. Bunda sertifikatga ega pedagoglar ikkinchi bosqich sinovida ishtirok etishlari majburiy hisoblanadi. (ped mahorat testida)
⚠️Ushbu berilgan ballar 70% lik ustama uchun amal qilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori.
💰Moliyachi bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 39 054 |
| 12 | ⚡️UY TA’LIMI UCHUN JURNAL QUYIDAGICHA YURITILADI.
Uy ta’limida tahsil olayotgan o’quvchilarga olgan baholari haqida har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftari yuritiladi va qayd etib boriladi.
O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga (kundalik.com ga) kiritib boriladi.
Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi.
O‘quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg‘ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
BAHOLASh DAFTARI quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi
Sana➡️Mavzu nomi➡️O‘quvchiga qo‘yilgan baho➡️Uy vazifasi➡️Ota-onasining imzosi
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 42 589 |
| 13 | ⚡️TEXNOLOGIYA FANI DARS JADVALIGA QANDAY TARTIBDA JOYLASHTIRILISHI KERAK?
Ma’lumki, texnologiya fani 5-6-7-sinflarda haftasiga 2 soatdan o‘tiladi. Ushbu fanni dars jadvaliga ketma-ket holda (juft qilib) joylashtirish kerak. Chunki, texnologiya fani o‘quv rejasidagi mavzular amaliy xususiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilar dars mashg‘ulotlarini ketma-ket 2 soat dars davomida o‘rganadi va mustahkamlaydi.
Bu haqida Xalq ta’limi vazirligining 2006-yil 20-maydagi 131-sonli “Maktablarda dars jadvali tuzishning pedagogik, psixologik va gigiyenik asoslari hamda me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyurig‘ida qayd etilgan.
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 39 823 |
| 14 | ⚡️BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA!
O‘quvchilaringiz bilimini nazorat qilish, mavzularni mustahkamlash uchun ularni ushbu botga aʼzo qiling. O‘quvchilar ishlagan test natijalari, baxolari reyting ko‘rinishida sizda ko‘rinadi.
Respublikadagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mavzularni mustahkamlash va takrorlash uchun Aqlvoy botidan foyidalanmoqda.
Bu juda ham qulay, o‘quvchilarga motivatsiya beruvchi bot.
🔹"Aqlvoy bot"
┏━━━━━————━━━━┓
彡 🏃♀BOTGA KIRISH🏃彡
┗━━━━————━━━━━┛ | 38 005 |
| 15 | ⚡️9-SINFLARGA QIZIL SHAHODATNOMA VA 11-SINFLARGA OLTIN, KUMUSH MEDALLARINI BERISH TARTIBI QUYIDAGICHA.
9-sinflarga qizil shahodatnoma berish:
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma — umumta’lim muassasasining 9-sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan, 7-sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo hamda namunali xulqqa ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan.)
⚠️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori.
11-sinflarga oltin, kumush medallarini berish:
Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan)
Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yillik baholari a’lo bo‘lgan)
⚠️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 49 014 |
| 16 | ⚡️O'QITUVCHI TOMONIDAN QO'YILGAN BAHOGA OTA-ONALAR ARALASHISHGA HAQQI BORMI?
@Yurist_Xizmati 4401-savol:
Assalomu alaykum, o‘qituvchini o‘quvchiga qo‘ygan bahosiga, ota-ona aralashishi mumkinmi? O‘qituvchi o‘zini bu xolatda qanday ximoya qilishi kеrak?
YURIST JAVOBI:
⚠️Agar o'qituvchi yoki boshqa shaxs darsingizga halal bеrsa, yoki o'quvchilarni baholashingizga aralashsa, ular uchun ma'muriy javobgarlik bor.
Ma'muriy javogarlik to'g'risdagi kodеksning 197-5-moddasiga muvofiq ta'lim muassasasi pеdagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta'lim oluvchilar bilimini to'g'ri va xolis baholashiga ta'sir ko'rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta'lim muassasasi pеdagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish:
👉 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha;
👉 mansabdor shaxslarga esa — 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Bu holatda o'qituvchi ota-onaning harakatlari ustidan tuman IIBga murojaat qilish kеrak.
💰Moliyachi bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 53 271 |
| 17 | ⚡️Senat alifboga tuzatish kiritish to’g’risidagi qonunni ma’qulladi
Qonun bilan, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi oʻrniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishiga toʻsqinlik qilinmasligi belgilanmoqda.
Davlat organlari va tashkilotlarining ayrim ramziy belgilari, peshlavha va koʻrsatkichlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 56 278 |
| 18 | ⚡️BAYRAMGA MUKOFOT PULI QANCHA CHIQADI?
“1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan umum ta’lim maktablarida ishlayotgan xodimlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga asosan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizi hozirda 1 mln 20 ming so‘mni tashkil etmoqda. Demak, mukofot puli 1 mln 20 ming so‘m.
⚠️Ammo, lekin,biroq. Ushbu summa direktor jamg‘armasi hisobida yetarli mablag‘lar bo‘lganda to‘lanadi. Agar mablag‘ ozriq bo‘lsa mukofot puli ham ozroq to‘lanishi mumkin.
Shuningdek, 1-sentabrdan buydjet xodimlarining oyligi 7% ga oshirilgan.
✔️Yangi dars taqsimoti, 7% oshgan narxda va mukofot pulini ham qo‘shgan holda sizga qancha oylik chiqishini o‘zingiz mustaqil hisoblab ko‘ring. Buning uchun Moliyachi botga kirib amallarni bajaring va yakunda plastikka tushadigan summa kelib chiqadi.
💰Oylik bot
🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 68 243 |
| 19 | ⚡️KUNDALIK COMDA (emaktab) SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA
1⃣ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;
2⃣ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;
3⃣ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;
4⃣sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;
5⃣o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;
6⃣umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.
💰Moliyachi bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e | 53 547 |
| 20 | ⚡️YANGI BAHOLASH TARTIBI BO‘YICHA RAHBAR VA PEDAGOGLARGA USTAMA TAYINLASHDA METODBIRLASHMALARNING QUYIDAGI ISHLARI O‘RGANILADI.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qaroriga asosan yangi baholash tartibi joriy etilgan maktablarning rahbar va pedagog xodimlariga ustama tayinlashda metodbirlashmalarning quyidagi ishlari tahlil qilinadi va har bir band uchun 5 balldan jami 20 ball beriladi.
🔹Uslubiy birlashma yigʻmajildida BSB tahlillari xulosalarining mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida)
🔹Hulosalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar mavjudligi (elektron yoki qogʻoz shaklida)
🔹Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mavjudligi (elektron yoki model shaklida)
🔹Fanlar kesimida oʻquvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlarining mezon asosida baholanganligi
Metodbirlashmalarning tayyor hujjatlari kerak bo‘lsa quyidagi lichkaga yozing
@hujjatlar_mutahasisi
@hujjatlar_mutahasisi
💰Oylik bot
O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat | 1 |
