es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

Ir al canal en Telegram

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot veb-sayt: https://buxedu.uz Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb Murojaat uchun: @BVMMTB_Press

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal

El canal BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal (@bvmmtb) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 25 656 suscriptores, ocupando la posición 7 666 en la categoría Educación y el puesto 3 119 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 25 656 suscriptores.

Según los últimos datos del 15 octubre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -1 419, y en las últimas 24 horas de -88, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 5.57%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 4.51% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 1 429 visualizaciones. En el primer día suele acumular 1 158 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 3.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot veb-sayt: https://buxedu.uz Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb Murojaat uchun: @BVMMTB_P...”

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 16 octubre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

25 656
Suscriptores
-8824 horas
-2437 días
-1 41930 días
Archivo de publicaciones
#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang! 2026/2027-o‘
#rasmiy_xabar Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 1-noyabrga qadar uzaytirildi. Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli. Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim. 📌 Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz ❗️2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini qoplab berish tartibi joriy etilgan. 📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborish kerak.

#Kun_hikmati 🟢Buyuk muvafaqiyatlar qat’iyat va qunt-matonatning natijasidir. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi
#Kun_hikmati 🟢Buyuk muvafaqiyatlar qat’iyat va qunt-matonatning natijasidir. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi. Haydar Aliyev nomidagi xa
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi. Prezidentimiz Toshkentga joʻnab ketdi. — Рабочий визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Азербайджан завершился. В международном аэропорту имени Гейдара Алиева высокого гостя проводили заместитель Премьер-министра Азербайджанской Республики Шахин Мустафаев и другие официальные лица. Глава нашего государства отбыл в Ташкент. #Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlatimiz rahbari Bokuda Vyetnam vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. — Глава нашего государства провел в Баку встречу с вице-президентом Вьетнама. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Sammit doirasida Prezidentimiz Kambodja Bosh vaziri bilan uchrashdi. — В рамках саммита Президент нашей страны встретился с Премьер-министром Камбоджи. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston va Laos Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. — Состоялась встреча Президентов Узбекистана и Лаоса. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Jarayon 🟢VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH! 🔆Hududlarda “Jasorat sinfi” o‘quvchilarining tantanali va’da berish marosimlari b
+9
#Jarayon 🟢VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH! 🔆Hududlarda “Jasorat sinfi” o‘quvchilarining tantanali va’da berish marosimlari bo‘lib o‘tdi. ➡️Marosim davomida yoshlar Vatanga sadoqatli bo‘lish, milliy qadriyatlarni e’zozlash, bilim va salohiyati bilan yurt ravnaqiga xizmat qilishdek sharafli maqsadlar sari intilishlarini namoyon etdilar. 💠”Jasorat sinfi” — mardlik, intizom, fidoyilik va mas’uliyat maktabi. Ushbu sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilarni jismonan chiniqqan, ma’nan barkamol, vatanparvar va faol fuqarolar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📷Fotolavhalarda — hududlarda o‘tkazilgan tantanali marosimlardan taassurotli lahzalar. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram

#Yoshlar_kuni 🟢VILOYAT HOKIMI XALQARO OLIMPIADAGA TAYYORLANAYOTGAN IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHDI 🔆 Bugun, 15 oktyab
+4
#Yoshlar_kuni 🟢VILOYAT HOKIMI XALQARO OLIMPIADAGA TAYYORLANAYOTGAN IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN UCHRASHDI 🔆 Bugun, 15 oktyabr — Yoshlar kuni munosabati bilan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, xalqaro olimpiadada viloyat sharafini himoya qilishga tayyorlanayotgan iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi. ➡️Ma’lumot uchun, mazkur o‘quvchilar joriy yilda Xalqaro ingliz tili olimpiadasi saralashining respublika bosqichida katta yosh toifasida (Senior) ikkinchi bor muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Endilikda ular viloyat hokimligi ko‘magida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan xalqaro bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📎Samimiy muloqot davomida o‘quvchilarning erishgan yutuqlari, oldinga qo‘ygan maqsadlari va kelajak rejalari haqida so‘z bordi. Viloyat rahbari yoshlarning bilimga intilishi, izlanishi va o‘z salohiyatini namoyon etishga bo‘lgan harakatlarini e’tirof etib, ular mamlakatimizning ertangi kuni, yurtimiz tayanchi ekanini ta’kidladi. 💫Shuningdek, xalqaro maydonda ham munosib natijalar ko‘rsatib, Buxoro va O‘zbekiston nomini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdi hamda jamoaga omad tiladi. ⚡️Tashrif davomida Prezident maktabida ta’lim sifati, o‘quvchilar erishayotgan natijalar va ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram

photo content
+9

#bugun 📍Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi Prezident maktabida Xalqaro ingliz tili olimpiadasining (ELO)
+8
#bugun   📍Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi Prezident maktabida Xalqaro ingliz tili olimpiadasining (ELO) respublika bosqichida munosib ishtirok etib, xalqaro bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan uchrashdi.   💬Samimiy muloqot davomida o‘quvchilarning xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni, mavjud imkoniyatlar va oldinda turgan vazifalar muhokama qilindi.   ✔️Viloyat hokimi yoshlarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularning xalqaro maydonda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirdi.   🔼Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, xorijiy tillarni puxta o‘rganishi va xalqaro musobaqalarda o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday e’tibor iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.   📈Uchrashuvda o‘tgan yili 1 500 nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur xalqaro musobaqada Buxoro viloyati jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, 1 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritgani qayd etildi. Bu yil esa ushbu natijani yanada yaxshilash va birinchi o‘rinni egallash maqsadi qo‘yildi.   ⌛Viloyat hokimi o‘quvchilarga murojaat qilib, o‘z kuch va bilimlariga ishonish, astoydil tayyorgarlik ko‘rish hamda belgilangan maqsad sari qat’iyat bilan intilish muhimligini ta’kidladi.   📌Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, tayyorgarlik jarayoniga oid fikr va takliflarini bildirdilar. Viloyat hokimi ularning takliflarini tinglab, xalqaro bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit bila
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Laos Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Txonglun Sisulit bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. — Состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Лаосской Народно-Демократической Республики Тхонглуном Сисулитом. #Mirziyoyev #uchrashuv #Laos #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Prezidenti va Qatar Amiri Bokudagi sammitda uchrashdilar. — Президент Узбекистана и Эмир Катара провели встречу на Бакинском саммите. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Jasorat_maktablari “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi ✅ Bugun respublikamizning barc
+9
#Jasorat_maktablari “Jasorat maktablari” o‘quvchilarining “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi ✅ Bugun respublikamizning barcha hududlarida umumta’lim maktablari negizida tashkil etilgan “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali “Va’da berish” marosimlari bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar, ustozlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
➖ Marosim davomida o‘quvchilar Vatanga sadoqatli bo‘lish, yurt tinchligi va osoyishtaligini qadrlash, intizom va mas’uliyatga amal qilish hamda kelajakda mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishga va’da berdilar. 🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🔹Namangan viloyati 🔹Andijon viloyati 🔹Xorazm viloyati 🔹Toshkent viloyati 🔹Surxondaryo viloyati 🔹Samarqand viloyati 🔹Navoiy viloyati 🔹Farg‘ona viloyati 🔹Buxoro viloyati 🔹Jizzax viloyati 🔹Sirdaryo viloyati 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Jarayon 🟢VILOYATIMIZDAGI “JASORAT SINFI” O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH TADBIRI BO‘LIB O‘TDI 🔆Mazkur tadbirlar yosh avlod q
+6
#Jarayon 🟢VILOYATIMIZDAGI “JASORAT SINFI” O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
🔆Mazkur tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mardlik, intizom hamda yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
➡️Tantanali marosimda o‘quvchilar o‘z zimmasiga yuklatilgan mas’uliyatni chuqur anglagan holda, ona Vatanga sadoqatli bo‘lish, bilim va intilishlari bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shish yo‘lida va’da berdilar. ⚡️“Jasorat sinf”lari faoliyati o‘quvchilarning nafaqat bilim va jismoniy tayyorgarligini oshirish, balki ularni ma’naviy yetuk, intizomli, fidoyi va faol fuqarolar etib tarbiyalashga qaratilgan. ✔️Fotosuratlarda hududlarda o‘tgan tadbirlardan lavhalar aks etgan ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram

‼️‼️‼️ 📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim m
‼️‼️‼️ 📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi
✅ Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:
🔹26-oktabr (1 kun) Informatika va axborot texnologiyalari; 🔹 27-29-oktabr (3 kun) Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun); Oʻzbek tili (Davlat tili); ❗️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi. 🔹 30-31-oktabr (2 kun) Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim); Musiqa madaniyati; (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni bo‘lib o‘tadi). 🔹 2-7-noyabr (6 kun) Boshlangʻich taʻlim; 🔹 9-10-noyabr (2 kun) Matematika; 🔹 11-noyabr (1 kun) Fizika; 🔹 12-13-noyabr (2 kun) Tarix; Davlat va huquq asoslari; Tarbiya; 🔹 14-noyabr (1 kun) Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun); Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʻgʻil bolalar uchun); 🔹 16-17-noyabr (2 kun) Rus tili (milliy maktablarda); Rus tili va adabiyoti; Qozoq tili va adabiyoti; Qirg‘iz tili va adabiyoti; Tojik tili va adabiyoti; Turkman tili va adabiyoti; 🔹 18-20-noyabr (3 kun) Ingliz tili (Umumta'lim); Fransuz tili (Umumta'lim); Nemis tili (Umumta'lim); Xitoy tili; Yapon tili; Koreys tili; 🔹 21-noyabr (1 kun) Tasviriy sanʻat va chizmachilik; Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik; Geografiya; Iqtisodiy bilim asoslari; 🔹 23-24-noyabr (2 kun) Biologiya; Kimyo; 🔹 25-noyabr (1 kun) Psixolog; Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim); Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim); Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari: 2-smena Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno). 🔹 26-27-noyabr (2 kun) Ingliz tili (Maktabgacha); Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi; Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi; Jismoniy tarbiya (Maktabgacha); Musiqa xodimi (Musiqa rahbari); Nemis tili (Maktabgacha); O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha); O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha); Rus tili (Maktabgacha); Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari); 🔹 27-28-noyabr (2 kun) Qoraqalpoq tili (Davlat tili); Qoraqalpoq tili va adabiyoti; ❗️Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi. ➖ Sinov jarayonlari o‘tkazilish MANZILLARI *Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

OHIChK sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol
+3
OHIChK sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi. — В рамках саммита СВМДА Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Эмиром Государства Катар Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани. #Mirziyoyev #uchrashuv #Qatar #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida nutq so‘zladi. — Глава нашего государства выступил на саммите Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqi — Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на седьмом саммите Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии — Address by the President of the Republic of Uzbekistan at the Seventh Summit of the Conference on Interaction and Confidence Building Measures in Asia Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashn
+6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в седьмом саммите Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии, состоявшемся в городе Баку. #Mirziyoyev #sammit #OHIChK #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Jarayon #Vobkent_tumani 🟢ASOSIY FAN OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA 🔆Bugun, 15-oktyabr kuni Vobkent t
+5
#Jarayon #Vobkent_tumani 🟢ASOSIY FAN OLIMPIADASINING TUMAN BOSQICHI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA
🔆Bugun, 15-oktyabr kuni Vobkent tumanidagi 1-umumta’lim maktabida umumta’lim fanlari bo‘yicha Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi — tuman bosqichiga start berildi.
➡️15–27-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bilimlar bellashuvi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, kompyuterlarda onlayn shaklda, real vaqt rejimida tashkil etilmoqda. 📎Olimpiadaning dastlabki sinovlari geografiya fanidan boshlandi. Ushbu fan bo‘yicha 156 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan bo‘lib, bellashuvlar ishtirokchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida uch smenada o‘tkazilmoqda. 💻Jarayonlarda sinovlarning shaffofligi, xolisligi va adolatli o‘tishini ta’minlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish hamda ota-onalarga zarur qulayliklarni taqdim etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sahifalariga a’zo bo‘ling👇 ✅Telegram | ✅Facebook | 📱Instagram