Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
El canal Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (@uzedu) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 108 426 suscriptores, ocupando la posición 1 258 en la categoría Educación y el puesto 510 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 108 426 suscriptores.
Según los últimos datos del 26 octubre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 3 711, y en las últimas 24 horas de -28, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: Verificado (confirmado oficialmente por Telegram)
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 32.04%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 19.90% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 34 742 visualizaciones. En el primer día suele acumular 21 583 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 24.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“YouTube: youtube.com/@UzEdu1”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 27 octubre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
➖ O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, maktabgacha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy xizmatlarni oilalarga yaqinlashtirish bo‘yicha islohotlarni davom ettirmoqdamiz. Nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’limda ishtirok etishi, bolalarni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Keng qamrovli islohotlarimiz natijasida tug‘ruq jarayonida onalar o‘limi, bolalarning o‘sishdan ortda qolishi ikki barobar qisqardi, maktabgacha ta’lim qamrovi 27,7 foizdan 78 foizga oshirildi, olti yoshli bolalarning qariyb 100 foizi maktabga tayyorlovga jalb etildi, oliy ta’lim bilan qamrov 5 barobar – 9 foizdan 45 foizga oshdi. Biz mamlakatimizda yaratilgan oila va bola ehtiyojini barvaqt aniqlab, yordam beradigan ijtimoiy himoya tizimi orqali so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb 4 baravarga qisqardi. Shu bilan birga keyingi ikki yildagi islohotlar orqali inklyuziv maktablar soni 5 barobar ortib, nogironligi bo‘lgan bolalarning 85 foizdan ortig‘i ta’lim xizmatlariga jalb etildi,— deyiladi tabrikda. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Ona tili — qalbimizga eng yaqin, ilk bor mehrni, muhabbatni, ezgulikni anglatgan til. U millatning ruhi, xalqning tarixi, ma’naviyati va o‘zligini aks ettiruvchi bebaho boylikdir. Ona tili — ona allasi bilan qalbimizga singadigan, ilk so‘zlarimiz bilan hayotimizga kirib keladigan, mehr va muhabbatni anglashga o‘rgatadigan til. Biz bu tilda ilk bor «ona» deymiz, dunyoni taniymiz, qalbimizdagi eng samimiy tuyg‘ularni ifoda etamiz.➖ Uni ardoqlash, sofligini asrash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning burchimizdir.
Bizni kuzating:❤Telegram 🌐 Facebook 🌐Youtube 🌐Instagram 🔎Veb-sayt 😄 Linkedin
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq vazirlik rahbariyatida kadrlar tayinlovlari amalga oshirilgani ma‘lum qilindi.🔺 Shuningdek, yig‘ilishda ijro intizomi masalalari ham muhokama qilinib, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, mas’uliyatni oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra: ➡️80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlangan; ➡️80 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, birinchi malaka toifasiga (yetakchi oʻqituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra: ➡️80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilgan; ➡️70 balldan 79 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlangan; ➡️70 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, ikkinchi malaka toifasiga (katta oʻqituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra: ➡️70 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) berilgan; ➡️60 balldan 69 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlangan; ➡️60 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra: ➡️60 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilgan; ➡️55 balldan 59 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan; ➡️55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.🔰Eslatma:Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mazkur sammitda qatnashayotgan xorijiy delegatsiyalar vakillari, xususan UNICEFning Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Begbeder hamda tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari Samarqand shahridagi 67-sonli DMTTda bo‘lishdi.➖ Jarayonlar davomida mehmonlar tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishishdi. 🔹 Shuningdek, SmartED loyihasi doirasida joriy etilayotgan yangi maktabgacha ta’lim o‘quv dasturi, jumladan, «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshirilayotgan zamonaviy va inklyuziv ta’lim yondashuvlari mehmonlarga taqdim etildi. 🌐 Ma‘lumot o‘rnida: bugungi kunda 67-sonli MTTda 360 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Shundan 3 nafari alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bo‘lib, ular inklyuziv guruhlarda tarbiyalanmoqda. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
"Rostini aytsam 1600 ball olganimga o'zimniyam ishongim kelmagan" — xalqaro sertifikat imtihonlari yuqori natijalar qayd qilgan o'quvchilar bilan REPORTAJ✅ Bugun o‘quvchilarimizning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va xalqaro imtihonlardagi yutuqlari tobora ortib bormoqda. 📊Xususan, so‘nggi👌 yilda xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni qariyb 3,6 barobarga oshib, 90 424 nafarga yetdi. 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich 24 619 nafarni tashkil etgan. ➖ Videolavhalarda xalqaro imtihonlarda yuqori natijalar qayd etgan o'quvchilarimiz fikriga quloq tutdik. 🔹Ilham Abillaev — Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahridagi 1-sonli maktabning o‘quvchisi — IELTS imtihonida 7,5 ballik natija; 🔹Qalligul Abdireymova — Nukus shahridagi 1-sonli maktabi o‘quvchisi — IELTS imtihonida 7,5 ball, SAT —1410 ball; 🔹Xalimov Murodjon — Qashqadaryo viloyati, Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi — xalqaro SAT imtihonida maksimal — 1600 ball; 🔹Ismatillo Raimjonov — Andijon shahar 31-maktab 11-sinf oʻquvchisi — CEFR C1 va xalqaro SAT imtihonida 1290 ball. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
