en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Channel Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (@uzedu) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 108 426 subscribers, ranking 1 258 in the Education category and 510 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 108 426 subscribers.

According to the latest data from 26 October, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 3 711 over the last 30 days and by -28 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 32.04%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 19.90% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 34 742 views. Within the first day, a publication typically gains 21 583 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 24.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“YouTube: youtube.com/@UzEdu1”

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 27 October, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

108 426
Subscribers
-2824 hours
-3527 days
+3 71130 days
Posts Archive
#Söragan_edingiz #Malaka_toifasi ❓ Mening malaka toifam mutaxassis, navbatdan taşqari malaka sinovlarida qatnaşyapman. Agar test sinovida belgilangan eng yuqori natijani qayd etsam, oliy toifaga ega bölişim mumkinmi? ✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan ötkaziş tartibi töğrisida”gi nizom talablariga köra: ➖ malaka sinovlari natijalariga binoan belgilangan miqdordagi ballga ega bölgan pedagoglarning malaka toifasi faqat bir poğonaga oşiriladi. Xususan: ➖ mutaxassis lavozimidagi pedagog kadr 60 ball va undan yuqori körsatkiçga ega bölsa, attestasiyadan ötgan hisoblanadi va unga ikkinçi malaka toifasi beriladi. 55 balldan 59 ballgaça körsatkiçga ega bölsa, attestasiyadan ötgan hisoblanadi va mutaxassis lavozimi saqlanib qolinadi (ammo malaka toifasi oşirilmaydi). 👉 Şuningdek, nizomga asosan: oliy malaka toifali pedagog kadr: ➖ 80 ball va undan yuqori körsatkiçga ega bölsa — attestasiyadan ötgan va oliy malaka toifasi saqlangan; birinçi malaka toifali pedagog kadr: ➖ 80 ball va undan yuqori körsatkiçga ega bölsa — attestasiyadan ötgan va oliy malaka toifasi berilgan, 70 balldan 79 ballgaça körsatkiçga ega bölsa — attestasiyadan ötgan va birinçi malaka toifasi saqlangan; ikkinçi malaka toifali pedagog kadr: ➖ 70 ball va undan yuqori körsatkiçga ega bölsa — attestasiyadan ötgan va birinçi malaka toifasi berilgan, 60 balldan 69 ballgaça körsatkiçga ega bölsa — attestasiyadan ötgan va ikkinçi malaka toifasi saqlangan hisoblanadi.

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi ✅ Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun
Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi ✅ Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi. ❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2026-yil 10-noyabrdan boshlanadi.

📢 Vazirlik rasmiy sahifalari manzili yangilandi! Hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari! Prezident farmoniga muvofiq, Oliy ta’lim
📢 Vazirlik rasmiy sahifalari manzili yangilandi! Hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari! Prezident farmoniga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi birlashtirilib, Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Shu munosabat bilan vazirlikning rasmiy sahifalari nomi va manzillari yangilandi. Yangiliklar, e’lonlar va rasmiy axborotlarni endilikda quyidagi manzillarda kuzatib borishingiz mumkin: 🌐 Veb-sayt: https://gov.uz/eduuz 🔵 Facebook: https://www.facebook.com/eduuzofficial 📸 Instagram: https://www.instagram.com/eduuzofficial/ ▶️ YouTube: https://youtube.com/c/eduuz ✈️ Telegram: https://t.me/eduuz Ushbu kanalda boshqa ma’lumot joylashtirilmaydi. Yangi rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Repost from Saida Mirziyoyeva
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar. Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim. Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi. Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi. Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman. Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman! — Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике. Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях. Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы. Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка. Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 Jahon sammiti: matbuot markazida ish jarayonlari qizg‘in Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Bolalar farovonligi bo‘yicha Jahon sammiti doirasida tashkil etilgan matbuot markazida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyat olib bormoqda. Jurnalistlar sammitning muhim voqealarini tezkor yoritish, xalqaro ekspertlar va ishtirokchilar fikrlarini jamoatchilikka yetkazish, intervyular, yangiliklar hamda foto va videoreportajlar tayyorlash ustida ishlamoqda. Matbuot markazi — sammitdagi muhim axborotlar jamlanadigan, jurnalistlar o‘zaro hamkorlik qiladigan va xalqaro muloqot natijalari keng jamoatchilikka yetkaziladigan muhim axborot maydoni. Bu yerda tayyorlanayotgan har bir xabar, intervyu va reportaj bolalar farovonligiga qaratilgan tashabbuslar, xalqaro tajriba va muhokamalar mazmunini keng auditoriyaga yetkazishga xizmat qilmoqda. Samarqanddagi Jahon sammiti — dunyo OAVlari e’tiborida! Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Davlatimiz rahbari “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Butu
Davlatimiz rahbari “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Butunjahon Sammiti ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
➖ O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, maktabgacha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy xizmatlarni oilalarga yaqinlashtirish bo‘yicha islohotlarni davom ettirmoqdamiz. Nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’limda ishtirok etishi, bolalarni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Keng qamrovli islohotlarimiz natijasida tug‘ruq jarayonida onalar o‘limi, bolalarning o‘sishdan ortda qolishi ikki barobar qisqardi, maktabgacha ta’lim qamrovi 27,7 foizdan 78 foizga oshirildi, olti yoshli bolalarning qariyb 100 foizi maktabga tayyorlovga jalb etildi, oliy ta’lim bilan qamrov 5 barobar – 9 foizdan 45 foizga oshdi. Biz mamlakatimizda yaratilgan oila va bola ehtiyojini barvaqt aniqlab, yordam beradigan ijtimoiy himoya tizimi orqali so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb 4 baravarga qisqardi. Shu bilan birga keyingi ikki yildagi islohotlar orqali inklyuziv maktablar soni 5 barobar ortib, nogironligi bo‘lgan bolalarning 85 foizdan ortig‘i ta’lim xizmatlariga jalb etildi,
— deyiladi tabrikda. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

✅ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, t
✅ Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohalarida hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlash tadbirida ishtirok etish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Ona_tilim_faxrim Ona tili qanday til?
Ona tili — qalbimizga eng yaqin, ilk bor mehrni, muhabbatni, ezgulikni anglatgan til. U millatning ruhi, xalqning tarixi, ma’naviyati va o‘zligini aks ettiruvchi bebaho boylikdir. Ona tili — ona allasi bilan qalbimizga singadigan, ilk so‘zlarimiz bilan hayotimizga kirib keladigan, mehr va muhabbatni anglashga o‘rgatadigan til. Biz bu tilda ilk bor «ona» deymiz, dunyoni taniymiz, qalbimizdagi eng samimiy tuyg‘ularni ifoda etamiz.
➖ Uni ardoqlash, sofligini asrash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning burchimizdir.
Bizni kuzating:
❤Telegram         🌐 Facebook 🌐Youtube           🌐Instagram 🔎Veb-sayt          😄 Linkedin

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va boy tariximizning bebaho ti
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy qadriyatlarimiz va boy tariximizning bebaho timsolidir. Asrlar davomida xalqimizning orzu-intilishlari, tafakkuri va hayot tajribasini o‘zida mujassam etgan o‘zbek tili bugun ham milliy birligimiz va ma’naviy yuksalishimizning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish har birimiz uchun sharafli burchdir. Zero, ona tiliga e’tibor — milliy qadriyatlarimizga e’tibor, uning ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlar esa ma’naviy taraqqiyotimiz va kelajagimizga qo‘yilgan mustahkam poydevordir. O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin! Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Ta’lim va ilm-fan vaziri o'rinbosarlari jamoaga tanishtirildi ✅ Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov rahbarligida tashk
+9
Ta’lim va ilm-fan vaziri o'rinbosarlari jamoaga tanishtirildi ✅ Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov rahbarligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq vazirlik rahbariyatida kadrlar tayinlovlari amalga oshirilgani ma‘lum qilindi.
🔺 Shuningdek, yig‘ilishda ijro intizomi masalalari ham muhokama qilinib, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, mas’uliyatni oshirish hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-f
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan v
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovl
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli taʼlim ekotizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi ✅ Taqdimotda raqamli
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli taʼlim ekotizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi ✅ Taqdimotda raqamli iqtisodiyotning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish hisobiga 2030-yilga qadar yana 500 mingta ish oʻrni yaratish masalasi ko’rib chiqildi. 🔺Shuninhdek, maktab oʻquvchilari uchun “Al-Xorazmiy vorislari” va “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihalarini kengaytirish, oliy taʼlim muassasalari hamda xususiy oʻquv markazlari imkoniyatlarini birlashtirish nazarda tutilmoqda. 📊 Davlatimiz rahbari robototexnika, kompyuter oʻyinlarini yaratish, startaplar va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda yiliga 1 million nafar yoshni oʻqitish vazifasini qoʻydi. 🌐 Taqdimotda oliy taʼlimda tayyorlanayotgan kadrlar malakasini texnologiyalar va mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga moslashtirish masalalari ham koʻrib chiqildi. 🔹 Shuningdek, informatika oʻqituvchilarining sunʼiy intellekt boʻyicha bilimlarini oshirish va ularni sertifikatlash, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun xalqaro raqamli taʼlim kurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni taʼlim bilan bogʻlashga ham eʼtibor qaratildi. Raqamli taʼlimga global texnologik kompaniyalarni keng jalb qilish zarurligi qayd etildi. ⏰ Oʻtgan yili ushbu yoʻnalishda 22 million dollar grant jalb qilingan. Tizimli hamkorlik orqali mazkur koʻrsatkichni shu yil yakunigacha 60 million dollarga, 2030-yilga borib esa yiliga 100 million dollarga yetkazish topshirildi. 🔰 Prezidentimiz raqamli taʼlimda qamrov bilan birga oʻqitish sifati va uning bandlikka taʼsiri ham asosiy mezon boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

💬 “Siz mamlakatingizni dunyoga ochdingiz” — Marko Rubio Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlariga yuksak baho berdi Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

#Сўраган_эдингиз #Malaka_toifasi ❓Pedagog kadrlar malaka toifasini olish uchun necha ball to‘plashi zarur? ✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorining 1-bob 44-bandida quyidagicha belgilab qo‘yilgan:
Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra: ➡️80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlangan; ➡️80 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, birinchi malaka toifasiga (yetakchi oʻqituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra: ➡️80 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilgan; ➡️70 balldan 79 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlangan; ➡️70 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, ikkinchi malaka toifasiga (katta oʻqituvchi lavozimiga) tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra: ➡️70 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) berilgan; ➡️60 balldan 69 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlangan; ➡️60 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilgan (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);
Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr ikkita bosqich natijalariga koʻra: ➡️60 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilgan; ➡️55 balldan 59 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan; ➡️55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.  
🔰Eslatma:Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 Sammit doirasida: UNICЕF mintaqaviy direktori Samarqanddagi
+6
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 Sammit doirasida: UNICЕF mintaqaviy direktori Samarqanddagi maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi ✅ Xabaringiz bor, Samarqand shahri 21-22-oktabr kunlari “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammitiga mezbonlik qiladi.
Mazkur sammitda qatnashayotgan xorijiy delegatsiyalar vakillari, xususan UNICEFning Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Eduard Begbeder hamda tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari Samarqand shahridagi 67-sonli DMTTda bo‘lishdi.
➖ Jarayonlar davomida mehmonlar tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishishdi. 🔹 Shuningdek, SmartED loyihasi doirasida joriy etilayotgan yangi maktabgacha ta’lim o‘quv dasturi, jumladan, «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amalga oshirilayotgan zamonaviy va inklyuziv ta’lim yondashuvlari mehmonlarga taqdim etildi. 🌐 Ma‘lumot o‘rnida: bugungi kunda 67-sonli MTTda 360 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Shundan 3 nafari alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bo‘lib, ular inklyuziv guruhlarda tarbiyalanmoqda. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 Samarqand jahon sammiti: ikki kun, beshta ustuvor yo‘nalish
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 Samarqand jahon sammiti: ikki kun, beshta ustuvor yo‘nalish va bolalar kelajagi uchun muhim qarorlar 21–22-oktabr kunlari Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi ekspertlarni bolalar farovonligi bilan bog‘liq beshta ustuvor yo‘nalish atrofida birlashtiradi: ✅ Bolalarga investitsiya — ularning farovon kelajagi uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish. ✅ Ijtimoiy himoya — bolalar manfaatlarini hisobga oluvchi yangi avlod ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish. ✅ Bolalarni himoya qilish — integratsiyalashgan himoya tizimlarini mustahkamlash. ✅ Sog‘liqni saqlash — bolalar salomatligini ta’minlovchi adolatli va barqaror tizimlarga investitsiya kiritish. ✅ Ta’lim va erta rivojlanish — sifatli, inklyuziv ta’lim hamda teng imkoniyatlarni kengaytirish. ❗️ 21-oktabr — sammitning birinchi kuni. Rasmiy ochilish marosimi, yuqori darajadagi yalpi yig‘ilishlar, bolalarga keng ko‘lamli investitsiyalar, ijtimoiy himoya va bolalarni himoya qilishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkaziladi. ❗️ 22-oktabr — sammitning ikkinchi kuni. Bolalar salomatligi, erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim masalalari muhokama qilinadi. Yakuniy yalpi yig‘ilishda bolalar farovonligiga investitsiyalar to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, sammit doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi, mavzuli muhokamalar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi. Samarqand ikki kun davomida bolalar kelajagiga investitsiya kiritish, xalqaro tajriba almashish va amaliy yechimlarni ilgari surish bo‘yicha muhim muloqot maydoniga aylanadi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

+2
#Xorijiy_tillar
"Rostini aytsam 1600 ball olganimga o'zimniyam ishongim kelmagan" — xalqaro sertifikat imtihonlari yuqori natijalar qayd qilgan o'quvchilar bilan REPORTAJ
✅ Bugun o‘quvchilarimizning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va xalqaro imtihonlardagi yutuqlari tobora ortib bormoqda. 📊Xususan, so‘nggi👌 yilda xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni qariyb 3,6 barobarga oshib, 90 424 nafarga yetdi. 2023-yilda esa bu ko‘rsatkich 24 619 nafarni tashkil etgan. ➖ Videolavhalarda xalqaro imtihonlarda yuqori natijalar qayd etgan o'quvchilarimiz fikriga quloq tutdik. 🔹Ilham Abillaev — Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahridagi 1-sonli maktabning o‘quvchisi — IELTS imtihonida 7,5 ballik natija; 🔹Qalligul Abdireymova — Nukus shahridagi 1-sonli maktabi o‘quvchisi — IELTS imtihonida 7,5 ball, SAT —1410 ball; 🔹Xalimov Murodjon — Qashqadaryo viloyati, Koson tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi — xalqaro SAT imtihonida maksimal — 1600 ball; 🔹Ismatillo Raimjonov — Andijon shahar 31-maktab 11-sinf oʻquvchisi — CEFR C1 va xalqaro SAT imtihonida 1290 ball. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

👋😊 Barchaga salom! ⚠️ "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablar diqqatiga! Bizda sizlar uchun ajoyib yangilik! 🏫
👋😊 Barchaga salom! ⚠️ "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablar diqqatiga! Bizda sizlar uchun ajoyib yangilik! 🏫 Loyihaga a'zo maktablar uchun Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Ta'lim va ilm-fan vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2026-yil 20–30-oktabr kunlari "Green School" respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi. 📈 Unda loyihaga a'zo maktablarning "7 qadam" metodologiyasi doirasidagi faoliyati, atrof-muhit uchun qilgan ijobiy o‘zgarishlari hamda o‘quvchilarning ekologik tashabbuslari va yechimlari hududiy, so‘ng respublika miqyosida baholanadi. 🏆 Har bir hududdan baholash mezonlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan bitta maktab respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. Respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktablar pul mukofoti va sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 📝 Hududiy bosqich uchun arizalar 20-oktabr kunidan 25-oktabr 23:59 gacha @qabul_eco_schools manzili orqali qabul qilinadi. 🖥 Tanlov nizomi, baholash mezonlari, yo‘riqnoma va ariza shabloni havola orqali mavjud. ☝️ Shoshiling, o‘zingizning yorqin faoliyatingizni namoyon eting! ~~~ 👋😊 Всем привет! ⚠️ Вниманию школ — участников программы Eco-Schools Uzbekistan! У нас для вас отличная новость! 🏫 С 20 по 30 октября 2026 года Национальный комитет по экологии и изменению климата, Министерство образования и науки и Агентство по делам молодёжи проводят республиканский конкурс Green School среди школ — участников программы Eco-Schools Uzbekistan. 📈 В рамках конкурса на региональном, а затем и республиканском уровне будут оцениваться деятельность школ по методологии «7 шагов», их вклад в улучшение состояния окружающей среды, а также экологические инициативы и практические решения учащихся. 🏆 От каждого региона в республиканский этап пройдёт одна школа, набравшая наибольшее количество баллов по установленным критериям оценки. Школы, занявшие 1-е, 2-е и 3-е места на республиканском этапе, будут награждены денежными премиями и подарками. 📝 Приём заявок на региональный этап продлится с 20 октября до 23:59 25 октября 2026 года через @qabul_eco_schools. 🖥 Положение о конкурсе, критерии оценки, инструкция и шаблон заявки доступны по ссылке. ☝️ Не упустите возможность продемонстрировать достижения своей школы и внести ещё больший вклад в развитие экологической культуры! 😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook