Ekspluatatsiya agentligi
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi rasmiy sahifasi Savollar bo‘lsa @umidjon_mamarasulov ga murojaat qiling!
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Ekspluatatsiya agentligi
Channel Ekspluatatsiya agentligi (@suvobekt) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 637 subscribers, ranking in the Other category and 6 215 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 637 subscribers.
According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -483 over the last 30 days and by -12 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 3.32%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 2.51% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 420 views. Within the first day, a publication typically gains 317 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 2.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi rasmiy sahifasi
Savollar bo‘lsa @umidjon_mamarasulov ga murojaat qiling!”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.
Sun’iy intellekt sug‘orish suvini 15,7 foizgacha tejash imkonini beradiOlimlar dalalarni qachon va qancha sug‘orish kerakligini oldindan aniqlaydigan sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi. Amaliy sinovlar davomida yangi texnologiya sug‘orish suvi sarfini 12,3–15,7 foizga kamaytirgan. Shu bilan birga, hosildorlik ham 3,5–4,2 foizga oshgan. Tadqiqot natijalari Scientific Reports ilmiy jurnalida e’lon qilindi. Qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanish uchun ekinning suvga bo‘lgan ehtiyojini aniq bilish muhim. Biroq bu ehtiyoj doim bir xil bo‘lmaydi. U havo harorati, yog‘ingarchilik, shamol, quyosh nuri, tuproq namligi va o‘simlikning rivojlanish bosqichiga qarab o‘zgarib turadi. Amaliyotda ekinlar ko‘pincha oldindan tuzilgan jadval yoki fermerning tajribasiga asosan sug‘oriladi. Bunda yaqin kunlarda yomg‘ir yog‘ishi yoki tuproqning pastki qatlamlarida yetarli namlik saqlanib turgani har doim ham hisobga olinmaydi. Natijada ayrim holatlarda dala ehtiyojdan ortiq sug‘oriladi, ba’zan esa ekinga suv kechikib beriladi. “AI-STGNN deb nomlangan yangi tizim ana shu muammoni hal qilishga qaratilgan. U tuproq namligi, havo harorati, yog‘ingarchilik, namlik darajasi, shamol tezligi, quyosh radiatsiyasi va ekinning holatiga oid ma’lumotlarni birgalikda tahlil qiladi. Tuproqning faqat ustki qismi emas, 100 santimetrgacha bo‘lgan turli qatlamlaridagi namlik ham hisobga olinadi”,- deydi olimlar. Tizim so‘nggi 14 kun davomidagi ma’lumotlarni o‘rganib, keyingi yetti kunda tuproq namligi qanday o‘zgarishi va ekinga qancha suv kerak bo‘lishini prognoz qiladi. Shundan so‘ng sug‘orishni boshlash vaqti va beriladigan suv miqdori bo‘yicha tavsiya tayyorlaydi. Tadqiqotda AQSHning Nebraska, Ayova va Kanzas shtatlaridagi 15 ta sug‘oriladigan xo‘jalik ma’lumotlaridan foydalanilgan. Ushbu xo‘jaliklarda asosan makkajo‘xori va soya yetishtiriladi. Olimlar 2015–2022-yillar davomida to‘plangan 43 ming 800 ta kunlik kuzatuv ma’lumotini tahlil qilgan. Dastlab 2015–2019-yillarga oid ma’lumotlar sun’iy intellektni o‘qitish uchun ishlatilgan. 2020 yilgi ko‘rsatkichlar orqali tizimning ishlashi tekshirilgan, 2021–2022-yillar ma’lumotlari asosida esa yakuniy sinov o‘tkazilgan. Yangi texnologiyaning natijalari suvga ehtiyoj va tuproq namligini prognoz qilishda ishlatiladigan bir nechta mavjud kompyuter modellari bilan taqqoslangan. AI-STGNN ularning barchasidan aniqroq natija ko‘rsatgan. Jumladan, u eng yaqin raqobatchi modelga nisbatan prognoz xatosini 7,2 foizga, keng qo‘llanadigan boshqa sun’iy intellekt modeliga nisbatan esa 16,7 foizga kamaytirgan. Texnologiyaning kuchli yog‘ingarchilik va uzoq davom etadigan quruq ob-havo sharoitida ishlashi ham tekshirilgan. Kuchli yog‘in paytida boshqa modellarning xatosi 59–70 foizga oshgan bo‘lsa, yangi tizimda bu ko‘rsatkich 45 foizni tashkil etgan. Tajriba davomida 32 millimetr yog‘in tushgan kun alohida misol sifatida keltirilgan. An’anaviy jadval asosida boshqarilgan maydonga yomg‘irdan bir kun oldin 35 millimetr suv berilgan. Yog‘ingarchilikdan keyin tuproq me’yoridan ortiq namlanib, suvning bir qismi dala yuzasidan oqib ketgan. Sun’iy intellekt boshqargan maydonda esa tizim yog‘ingarchilikni oldindan hisobga olib, rejalashtirilgan sug‘orishni bekor qilgan. Shu tariqa suv tejalgan va ortiqcha oqova hosil bo‘lishining oldi olingan. Boshqa bir holatda tizim yog‘ingarchilik sabab sug‘orishni uch kunga kechiktirib, keyin tuproqdagi haqiqiy namlikka qarab kamroq suv berishni tavsiya qilgan. Qurg‘oqchilik davrida esa texnologiya boshqacha ishlagan. 2022-yildagi 12 kunlik quruq davrni oldindan aniqlab, ekinda suv tanqisligi boshlanishidan avval sug‘orish o‘tkazishni belgilagan. Natijada tuproq namligi xavfli darajaga tushmagan va hosil yo‘qotilishi bir foizdan kam bo‘lgan. An’anaviy usul qo‘llangan maydonda esa suv kechroq berilishi tufayli hosilning taxminan 2,5 foizi yo‘qotilgan. Batafsil: https://gov.uz/oz/suvobekt/news/view/214335
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
YEVROPADA O‘QIGAN XORAZMLIK BIRINCHI IRRIGATORMuhammad Aminaddinov 1873-yilda Xonqa hokimi Aminaddin oilasida tug‘ilgan. Xivadagi Arabxon madrasasi va Petro-Aleksandrovskdagi rus-tuzem maktabida tahsil olgach, 1893–1897-yillarda Fransiyaning Tuluza irrigatsiya kollejida o‘qigan. U yerda suv xo‘jaligi, yer va suv resurslaridan foydalanish, qurg‘oqchilik va suv toshqinlariga qarshi kurash bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egalladi. 1897-yilda Yevropa diplomini olib Vatanga qaytdi va Amudaryo flotiliyasi o‘quv kursiga rahbarlik qildi. 1900-yildan qariyb yigirma yil Xonqa hokimi bo‘lib ishladi. Uning davrida ariq va zovurlarni tozalash, dehqonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi, paxta tozalash, yog‘ va un korxonalari ishga tushirildi. Shu bilan birga, u jadid maktablarini qo‘llab-quvvatlab, ilm-ma’rifat va taraqqiyparvar g‘oyalarni targ‘ib qildi. 1920-yilda Xorazm Xalq Respublikasi tashkil etilgach, Muhammad Aminaddinov irrigatsiya va dehqonchilik noziri, keyinchalik irrigatsiya boshqarmasi rahbari bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan dambalarni mustahkamlash, kanal va zovurlarni tozalash ishlari kengaytirildi. 1922-yilda Hazoraspdan Xo‘jayligacha bo‘lgan 220 kilometr hududda suv inshootlarini tiklash ishlari amalga oshirildi. 1930-yillardagi qatag‘on siyosati uning taqdirini ham chetlab o‘tmadi. Mas’ul lavozimlardan chetlatilgan tajribali irrigator oddiy mirob bo‘lib ishlashga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, 1934 yilgi Amudaryo toshqini paytida uning tajribasidan yana foydalanildi. 1937-yil 19-oktyabrda Muhammad Aminaddinov «xalq dushmani» degan soxta ayb bilan hibsga olinib, 10-yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Qatag‘on azoblari oqibatida u qamoqda vafot etdi. Muhammad Aminaddinov Xorazm suv xo‘jaligi tarixida zamonaviy bilim va amaliy tajribani uyg‘unlashtirgan, yurt taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan irrigator sifatida munosib iz qoldirdi. Ma’lumotlar Sizga yog‘gan bo‘lsa, taniqli ijodkor Umid BEKMUHAMMADning “YEVROPADA O‘QIGAN XORAZMLIK BIRINCHI IRRIGATOR” asarini ushbu havola orqali o‘qish mumkin. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/matnazar-abdulhakim-koprik-umid-bekmuhammad-yevropada-oqigan-xorazmlik-birinchi-irrigator.html
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilanBugun yurtimiz bo‘ylab barcha umumta’lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga start berildi. Ayniqsa, mustaqilligimizning 35-yillik bayrami bilan uyg‘un ravishda nishonlanayotgan Bilimlar kuni o‘quvchilar, ustoz-murabbiylar va ota-onalar uchun quvonchli va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 226-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham Bilimlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ilhom Jo‘rayev, o‘quvchilar, ota-onalar, ustoz va murabbiylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining o‘quvchilari, ustoz va murabbiylariga yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Tabrikda yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallash, ilm-fan va texnologiyalarni o‘rganish, xorijiy tillarni o‘zlashtirish, doimiy izlanish va harakatdan to‘xtamaslikka da’vat etilgani ta’kidlandi. Ilhom Jo‘rayev o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan qutlab, bugungi kunda har bir sohada chuqur bilimli, zamonaviy texnologiyalarni egallagan va mustaqil fikrlay oladigan yosh kadrlarga ehtiyoj ortib borayotganini qayd etdi. Shuningdek, yoshlarda tabiat va suv resurslariga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish muhimligi, suvni tejash madaniyati oila va maktabdan boshlanishi lozimligi ta’kidlandi. Bayram tadbirida maktab o‘quvchilari tomonidan Vatan, istiqlol va tinchlikni madh etuvchi she’rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. O‘quvchilarning chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilari uchun bu kun alohida quvonch va hayajonga boy bo‘ldi. Tadbir yakunida “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangrab, 2026/2027 o‘quv yiliga start berildi.
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
MAKTAB — KELAJAK BOSHLANADIGAN MUQADDAS DARGOHBilimli farzand — faqat oilaning emas, butun Vatanning eng katta boyligidir Bugun Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 219-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar, ota-onalar, ustoz va murabbiylar, faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Zokir Ishpulatov ham qatnashdi. Marosim avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarining o‘quvchilari, ustoz va murabbiylariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Davlatimiz rahbari tabrigida yoshlarni bilim olishga, yangi ilm-fan, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb-hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimizni puxta egallashga, xorijiy tillarni o‘rganishga da’vat etdi. “Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang”, degan da’vat yoshlarga bildirilgan yuksak ishonchning ifodasi bo‘ldi. 1974-yilda tashkil etilgan 219-maktabda bugun 1600 nafardan ziyod o‘quvchi tahsil olmoqda. Ta’lim muassasasida aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda xorijiy tillarni o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, koreys tili qo‘shimcha yo‘nalish sifatida o‘qitilib, Koreya Respublikasidan kelgan o‘qituvchi va mutaxassislar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda. Maktab o‘quvchilarining xalqaro maydondagi yutuqlari ham e’tiborga molik. Ilyosbek Komiljonov Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan matematika olimpiadasida kumush, Baxtiyor Jabborov esa Angliyada o‘tkazilgan ingliz tili olimpiadasida oltin medalga sazovor bo‘lgan. Joriy yilda maktabni bitirgan 104 nafar o‘quvchining 68 nafari oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘ldi. Tadbirda Zokir Ishpulatov yoshlarga murojaat qilib, bugun dunyoda iqlim o‘zgarishi va suv resurslari taqchilligi tobora dolzarb muammoga aylanayotganini ta’kidladi. Suvni asrash — faqat suvchilarning vazifasi emas. Suvni asrash — Vatanni, tabiatni va kelajakni asrash demakdir. Qayd etilganidek, zamonaviy suv xo‘jaligi sohasiga raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, “aqlli” suv hisoblagichlar, sun’iy intellekt elementlari va masofadan boshqarish texnologiyalari jadal kirib kelmoqda. Shu bois sohaga muhandislar bilan bir qatorda dasturchilar, energetiklar, ekologlar, gidrologlar va raqamli texnologiyalarni puxta egallagan yosh kadrlar zarur. Suv xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Suv xo‘jaligi vaziri stipendiyasi joriy etilgani, yoshlarni amaliyot va stajirovkalarga jalb etish, munosib kadrlarni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ham ta’kidlandi. — Yaxshi o‘qing, matematika va fizikani puxta egallang, xorijiy tillarni o‘rganing, zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafas bo‘ling. Kelajak kasbingizni tanlayotganda suv xo‘jaligi sohasini ham o‘ylab ko‘ring. Balki, orangizdan kelajakda yirik suv inshootlarini boshqaradigan muhandislar, bir tomchi suvdan ham samarali foydalanishning yangi usullarini yaratadigan olimlar yetishib chiqar, — dedi Zokir Ishpulatov. Birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, sinfxonalarda darslar boshlandi. Axborot xizmati
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti —
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Facebook|Instagram|X
– Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz! O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q,– dedi mamlakatimiz yetakchisi. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi. Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi. Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi. Facebook|Instagram|X
