en
Feedback
Ekspluatatsiya agentligi

Ekspluatatsiya agentligi

Open in Telegram

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi rasmiy sahifasi Savollar bo‘lsa @umidjon_mamarasulov ga murojaat qiling!

Show more
Uzbekistan6 215The category is not specified

📈 Analytical overview of Telegram channel Ekspluatatsiya agentligi

Channel Ekspluatatsiya agentligi (@suvobekt) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 644 subscribers, ranking in the Other category and 6 215 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 644 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -483 over the last 30 days and by -12 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 3.32%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 2.51% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 420 views. Within the first day, a publication typically gains 317 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 2.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi rasmiy sahifasi Savollar bo‘lsa @umidjon_mamarasulov ga murojaat qiling!

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.

12 644
Subscribers
-1224 hours
-847 days
-48330 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '260
in 2 channels
August '260
in 7 channels
Get PRO
July '260
in 8 channels
Get PRO
June '260
in 11 channels
Get PRO
May '260
in 5 channels
Get PRO
April '260
in 2 channels
Get PRO
March '260
in 5 channels
Get PRO
February '26
+46 782
in 11 channels
Get PRO
January '260
in 15 channels
Get PRO
December '25
+20
in 3 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
10 September0
09 September0
08 September0
07 September0
06 September0
05 September0
04 September0
03 September0
02 September0
01 September0
Channel Posts
Saida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiy
Saida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi. Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi. U kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi va rais qatnashmagan majlislarga raislik qiladi. Shuningdek, boshqaruvchi Markaz nomidan xalqaro tashkilotlar, investorlar va hamkorlar bilan munosabatlarda vakillik qiladi, kadrlar bo‘yicha qarorlarda ishtirok etadi, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube

2
ISHTIXON VA URGUTDAGI SUV XO‘JALIGI OB’EKTLARI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tizi+3
ISHTIXON VA URGUTDAGI SUV XO‘JALIGI OB’EKTLARI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDA Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tizimidagi suv xo‘jaligi obyektlarini 2026–2027 yillar kuzgi-qishki mavsumiga tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, hududlardagi irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlash, texnik holatini yaxshilash hamda kelgusi sug‘orish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Ishtixon tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi balansidagi "Mingjamalak" kanalida joylashgan gidrotexnik inshootlarda ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar inshootlarning texnik holatini ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqda. Bu kanal orqali suvni boshqarish va taqsimlash jarayonini yaxshilash, inshootlarning kelgusi mavsumda ishonchli ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, muassasa balansidagi "Saryazko‘l" kollektorida ham ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Kollektorning texnik holatini yaxshilash yer osti suvlarini tartibli chiqarish va hududdagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini barqaror saqlashda muhim ahamiyatga ega. "Darg‘om" irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tasarrufidagi "Yangi Urgut" kanalining PK220+00 qismida joylashgan Suvchilar uyi ham kuzgi-qishki mavsumga tayyorlanmoqda. Ayni paytda binoning eskirgan tom qismi yangilanib, suv xo‘jaligi xodimlari uchun zarur sharoitlar yaxshilanmoqda. Mavsumiy ta’mirlash va tiklash ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi suv xo‘jaligi obyektlarining texnik ishonchliligini oshirish, nosozliklarning oldini olish hamda kelgusi sug‘orish davrida suvni iste’molchilarga barqaror yetkazib berish imkonini yaratadi. ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
434
3
Suvni tejashda eng muhim qadam nima? O‘zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi o
Suvni tejashda eng muhim qadam nima? O‘zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori - Zokir Ishpulatov "O'zbekiston-2030" strategiyasining 62-maqsadi haqida! ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
625
4
Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей
Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
310
5
Dunyodagi eng baland to‘g‘onda uchta gidroagregat ish boshladi Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Shua
Dunyodagi eng baland to‘g‘onda uchta gidroagregat ish boshladi Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Shuanszyankou gidroelektrostansiyasida birinchi bosqich uchun rejalashtirilgan uchta gidroagregatning barchasi foydalanishga topshirildi. Dadu daryosida barpo etilgan mazkur GES Xitoyning yirik milliy energetika loyihalaridan biri hisoblanadi. Uning to‘g‘oni balandligi 315 metr bo‘lib, manbada dunyodagi eng baland to‘g‘on sifatida qayd etilgan. Stansiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 2 GVtni tashkil etadi. Loyiha bo‘yicha har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan radial-o‘qli turbinalarga ega to‘rtta gidroagregat ishlashi ko‘zda tutilgan. Suv omborining hajmi esa 2,9 milliard kubometrga yetadi. GESning birinchi gidroagregati iyun oyida ishga tushirilgan, keyinchalik yana ikkita agregat bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilgan. Shu tariqa, birinchi bosqichda rejalashtirilgan uchta agregat ishlay boshladi. Qo‘shimcha quvvatlarning ishga tushirilishi elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lgan yoz mavsumida Chendu—Chunsin iqtisodiy mintaqasini energiya bilan ta’minlash imkoniyatini oshirgan. Shuanszyankou GES hozirga qadar qariyb 500 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Shuanszyankou nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, balki Dadu daryosining yuqori oqimida suvni tartibga solish va hududlarni toshqinlardan himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Loyiha to‘liq quvvatga chiqishi uchun to‘rtinchi gidroagregat ham ishga tushirilishi kerak. Barcha agregatlar foydalanishga topshirilgach, GES yiliga qariyb 7,7 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Shuningdek, suv oqimining tartibga solinishi Dadu daryosining quyi qismida joylashgan GESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini yiliga qo‘shimcha 6,6 milliard kilovatt-soatga oshirishi mumkin. ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
485
6
KUZGI-QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA Samarqand viloyatida 2026–2027-yillar kuzgi-qishki mavsumiga m+8
KUZGI-QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA Samarqand viloyatida 2026–2027-yillar kuzgi-qishki mavsumiga mo‘ljallangan chora-tadbirlar doirasida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini kelgusi sug‘orish mavsumiga tayyorlash ishlari izchil olib borilmoqda. Jumladan, Pastdarg‘om tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi balansidagi «R-6» kanalida maxsus texnika va mexanizmlar yordamida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, «Miankal–Tos» irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tasarrufidagi irrigatsiya tarmoqlarida ham ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Xususan, Xazara kanalining PK124+00 qismida joylashgan «Gigirdak» gidropostida tozalash, MXKning PK340+00 qismidagi 4-sonli uzel inshootida bo‘yash ishlari bajarilmoqda. Oqdaryo tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi balansidagi Narkiskent kanalining PK150+00 qismida joylashgan «Charkas» gidrouzelida ham kuzgi-qishki mavsum doirasida navbatdagi mavsumiy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar kanallarning suv o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash, gidrotexnik inshootlarning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash, shuningdek, kelgusi sug‘orish mavsumida suv iste’molchilariga suv resurslarini o‘z vaqtida va belgilangan hajmda yetkazib berishga xizmat qiladi. ✍️ Zarafshon ITHB matbuot xizmati ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
513
7
Infografika O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-aprelda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchil
Infografika O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-aprelda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-68-son Farmonida suv resurslaridan foydalanishda yangi talablar belgilangan. Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
474
8
2027-YILDAN BOSHLAB SHOLI YETISHTIRISHDA SEPMA USULDAN TO‘LIQ VOZ KECHILADI Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishl
2027-YILDAN BOSHLAB SHOLI YETISHTIRISHDA SEPMA USULDAN TO‘LIQ VOZ KECHILADI Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmonida belgilangan. Farmonda yerdan foydalanish ixtisosligini oldindan belgilab, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan va uzoq davrdan beri sotilmay turgan 117,6 ming gektar yer uchastkalarini yangi tizim asosida qaytadan auksion savdolariga chiqarish mexanizmlari ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, yer uchastkalarining suv ta’minoti masalalari ham nazarda tutilgan. Masalan, suv ta’minoti og‘ir va foydalanishdan chiqqan yer uchastkalarini ularning suv ta’minoti yaxshilanib, tuman (shahar) hokimliklari va boshqa subyektlar tomonidan yangidan o‘zlashtirilgan va qayta foydalanishga kiritilganidan so‘ng yoki yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarish amaliyoti joriy etiladi. Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan holda suv ta’minoti yaxshilangan, yangidan o‘zlashtirilgan va qayta foydalanishga kiritilgan yer uchastkalari yangi tizim asosida auksion savdolariga chiqariladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri oqibatida sifati yomonlashuvi tufayli yuzaga keladigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga tushadigan mablag‘lar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi. Bunda nobudgarchilik to‘lovlarini undirishdan tushadigan mablag‘lar quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi: - yerlarni yangidan o‘zlashtirish, qayta foydalanishga kiritish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish; - kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanish darajasini oshirish. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-oktyabrga qadar nufuzli xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda O‘zbekistonda iqlimga asoslangan qishloq xo‘jaligiga o‘tish konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar Germaniyaning «Green Central Asia» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan «Modsnow» tizimi orqali manbadagi (muzliklar, daryo, soy va boshqa) mavjud suv zaxiralarini real vaqt rejimida kuzatib borishni yo‘lga qo‘ysin va ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun xorijiy grant mablag‘larini jalb etish va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish choralarini ko‘radi. Milliy statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-martga qadar 1 metr kub suv sarfidan qishloq xo‘jaligida yaratiladigan iqtisodiy qiymatni (Water productivity) hisoblash metodologiyasini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qiladi. Farmonga asosan, 2027-yildan boshlab sholi yetishtirishda an’anaviy (sepma) usuldan to‘liq voz kechib, sholini faqat lazerli tekislangan maydonlarga ko‘chat usulida hamda zamonaviy don ekish seyalkalari orqali ekish tartibi joriy etiladi; yer uchastkalarini yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritishga ushbu tadbirlar uchun zarur bo‘lgan suv hajmi shu hududdagi mavjud suv resurslari balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi to‘g‘risida Suv xo‘jaligi vazirligining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.| Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
273
9
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
1 529
10
Qachon suv solig‘i 2 baravar hisoblanadi? (Infografika) ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Te
Qachon suv solig‘i 2 baravar hisoblanadi? (Infografika) ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
580
11
💧 Suv alifbosi: P — piezometr Piezometr — suv bosimi yoki yerosti suvlari sathini o‘lchash va kuzatish uchun ishlatiladigan
💧 Suv alifbosi: P — piezometr Piezometr — suv bosimi yoki yerosti suvlari sathini o‘lchash va kuzatish uchun ishlatiladigan asbob. U to‘g‘onlar, kanallar, drenaj tizimlari va boshqa gidrotexnika inshootlarida suv bosimi hamda sizib chiqish jarayonlarini nazorat qilishda qo‘llaniladi. 📌 Qiziq fakt: piezometr yordamida inshoot ichida yoki uning tagida suv bosimining ortishi erta aniqlansa, xavfli holatlarning oldini olish choralarini vaqtida ko‘rish mumkin. #SuvAlifbosi #Piezometr #SuvXo‘jaligi ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
724
12
#Biz_OAV_nigohida "Nurafshon" telekanalining "Fursat" dasturida Toshkent viloyati Bekobod tumanida kanallarni betonlash va re
#Biz_OAV_nigohida "Nurafshon" telekanalining "Fursat" dasturida Toshkent viloyati Bekobod tumanida kanallarni betonlash va rekonstruksiya qilish ishlari haqida lavha efirga uzatildi. ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
474
13
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | YER OSTI SUVLARI QANDAY MUHOFAZA QILINADI? 📖 Suv kodeksining 22-moddasida Tog‘-kon sano
#SuvKodeksi 🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | YER OSTI SUVLARI QANDAY MUHOFAZA QILINADI? 📖 Suv kodeksining 22-moddasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining yer osti suvlariga doir vakolatlari belgilangan. 🔎 Vazirlik yer osti suvlari zaxiralarini aniqlaydi, ulardan oqilona foydalanishni nazorat qiladi, davlat monitoringi va hisobini yuritadi. 🛡 Shuningdek, yer osti suvlarini ifloslanish va kamayib ketishdan muhofaza qilish choralarini ishlab chiqadi. 📝 Quduqlarni burg‘ilash va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar beradi, gidrogeologik xulosalar taqdim etadi hamda sohaga investitsiyalar jalb qiladi. Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
907
14
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
483
15
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
340
16
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoi+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями. #Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
516
17
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda+4
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir. 📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi. ⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi. ✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda. ✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
406
18
Izboskanda 650 ta xonadon tomorqasining suv ta’minoti yaxshilanmoqda Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Toshloq mahallasida+6
Izboskanda 650 ta xonadon tomorqasining suv ta’minoti yaxshilanmoqda Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Toshloq mahallasida aholi tomorqalarini oqar suv bilan barqaror ta’minlash maqsadida irrigatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha Toshloq MFYdagi 650 ta xonadonga qarashli 22 gektar tomorqa yer maydonini qamrab oladi. Uning doirasida: 🔹 “Yangi yo‘l” kanalining 855 metr qismiga lotok tarmog‘i o‘rnatiladi; 🔹 “Yangi yo‘l–1” kanalining 440 metr qismi betonlanadi; 🔹 “Yangi yo‘l–2” kanalining 208 metr qismida lotok tarmog‘i barpo etiladi; 🔹 tomorqa yerlarini sug‘orish uchun quduq quriladi. Shu tariqa, jami 1,5 kilometrdan ortiq irrigatsiya tarmog‘i yangilanadi. Loyihaning umumiy qiymati 734,1 million so‘mni tashkil etadi. Ishlar yakunlangach, suvning aholi tomorqalariga barqaror yetib borishi ta’minlanib, ekinlarni o‘z vaqtida va sifatli sug‘orish imkoniyati kengayadi. Bu tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va oilalar uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
511
19
#hikmat #suv ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
#hikmat #suv ✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
453
20
YOSHLARGA IMKONIYAT BERISH — KELAJAKKA SARMOYA Bugun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev sohada me+7
YOSHLARGA IMKONIYAT BERISH — KELAJAKKA SARMOYA Bugun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev sohada mehnat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar va rahbarlar ishtirok etdi. Muloqotda yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni egallashi, tashabbuslarini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida 6 ming nafardan ziyod yoshlar mehnat qilmoqda. Joriy yil boshidan tizim tashkilotlariga 1 000 nafar oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi ishga qabul qilindi. Yosh xodimlarning 3 792 nafari oliy ma’lumotli bo‘lib, 314 nafari rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. Iqtidorli xodimlarni vazirlikda stajirovkadan o‘tkazish va ularni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash amaliyoti davom ettiriladi. Shuningdek, Prezident topshirig‘i asosida 100 nafar suv xo‘jaligi innovatorini Avstraliya, Ispaniya, Turkiya, Xitoy va Koreya Respublikasiga tajriba almashish uchun yuborish rejalashtirilgan. Vazir yosh mutaxassislar suv tejamkorligi, energiya sarfini kamaytirish, raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishda faol bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish, o‘z biznesini boshlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, belgilangan tartibda chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik yoki baliqchilik yo‘nalishida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yoshlar qo‘llab-quvvatlanishi aytib o‘tildi. Ularning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishi, zarur mablag‘ va kredit resurslarini jalb qilishiga amaliy ko‘mak beriladi, albatta. Suv xo‘jaligida kelgusi sug‘orish mavsumining taqdiri aynan kuz-qish oylarida hal bo‘ladi. Shu sababli vazir yoshlarni kuzgi-qishki tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirdi. -  Men sizlardan har bir obyektga yangicha nigoh bilan qarashni, kamchilikka befarq bo‘lmaslikni, “bu mening ishim emas” degan qarashdan butunlay voz kechishni so‘rayman. Chunki suv xo‘jaligida har bir kilometr kanal, har bir gidrotexnik inshoot, har bir nasos va har bir kub metr suv uchun mas’uliyat bor, - dedi vazir. Rahbarlarga sohada yoshlar ulushini hozirgi 19 foizdan yil yakuniga qadar 30 foizga yetkazish, har payshanba “Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqotlar o‘tkazish, intellektual va sport musobaqalarini tizimli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni rahbarlikka tayyorlash vazifalari belgilandi. Ochiq va samimiy o‘tgan muloqotda vazirlik yoshlar yetakchisi Nurmuhammad Xolmurodov, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Dilafro‘z Alikulova so‘zga chiqdi. Toshkent viloyati Bekobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasi Suv resurslaridan foydalanish shu’basi mutaxasisi,  “Eng yaxshi suvchi kitobxon” tanlovining  viloyat bosqichi g‘olibi Sitora Abdusamatova, Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasi Suv resurslaridan foydalanish shu’basi mudiri, “Mustaqillik kubogi - 2026” musobaqalarida shaxmat bo‘yicha respublika bosqichi g‘olibi Hamroz Boymurotov va boshqalar fikrlarini bildirdi. Vazir yoshlarni doimiy izlanish, kitob o‘qish, bilim olish va tashabbuskor bo‘lishga chaqirib, ularning yutug‘i suv xo‘jaligi sohasi taraqqiyoti va xalq farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.   Axborot xizmati Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
469