Suv xo'jaligi vazirligi
Open in Telegram
Suv xo'jaligi vazirligining rasmiy kanali Vazirlikning ishonch telefoni: +99871 2024700 Manzil: 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv mavzesi-4, 11-uy Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/suvchi
Show moreUzbekistan12 300The category is not specified
5 561
Subscribers
-924 hours
-477 days
-27430 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+16
in 9 channels
August '26
+34
in 10 channels
Get PRO
July '26
+24
in 13 channels
Get PRO
June '26
+14
in 6 channels
Get PRO
May '26
+39
in 10 channels
Get PRO
April '26
+2
in 16 channels
Get PRO
March '260
in 15 channels
Get PRO
February '26
+4 886
in 17 channels
Get PRO
January '26
+39 953
in 17 channels
Get PRO
December '25
+54
in 14 channels
Get PRO
November '25
+75
in 14 channels
Get PRO
October '25
+65
in 13 channels
Get PRO
September '25
+68
in 8 channels
Get PRO
August '25
+50
in 10 channels
Get PRO
July '25
+110
in 15 channels
Get PRO
June '25
+41
in 5 channels
Get PRO
May '25
+63
in 6 channels
Get PRO
April '25
+1 382
in 12 channels
Get PRO
March '250
in 7 channels
Get PRO
February '25
+121
in 9 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | +1 | |||
| 07 September | +12 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
Suv resurslarini asrashning yangi yo‘li
📱Batafsil YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin!
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori - Zokir Ishpulatov "O'zbekiston-2030" strategiyasining 62-maqsadi haqida!📱Bizga obuna bo'lishni unutmang! Bizni 📱Instagram |📱Facebook | 📱YouTube manzillarda ham topishingiz mumkin!
| 2 | MINGBULOQDA BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MUHIM MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Mingbuloq tumanida baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumanda faoliyat yuritayotgan 300 nafardan ortiq baliqchilik xo‘jaligi tadbirkorlari ishtirok etdi. Shuningdek, Baliqchilikni rivojlantirish markazi direktori O. Musayev, Mingbuloq tumani hokimi, Norin–Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi rahbariyati hamda Suv xo‘jaligida xavfsizlikni nazorat qilish inspeksiyasining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Yig‘ilishda baliqchilik xo‘jaliklarining bugungi faoliyati, ularning suv ta’minoti, mavjud suv resurslaridan tejamkor va samarali foydalanish, intensiv usullarni keng joriy etish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal etish, zamonaviy texnologiyalar va samarali boshqaruv usullarini amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
Ta’kidlanganidek, baliqchilik tarmog‘ining barqaror rivojlanishi aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlar daromadini oshirish hamda hudud iqtisodiyotiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yig‘ilish yakunida suv resurslaridan oqilona foydalanish, baliq yetishtirish samaradorligini oshirish va sohadagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Norin–Sirdaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 425 |
| 3 | #suv_fondi_yerlari
#auksion #uchastka #turistik_xizmatlar #Andijon
❗️Andijon viloyatida yangi turistik loyihalar uchun imkoniyat!
⏺Uchastka "E-auksion" savdo platformasiga joylashtirildi
📍 Andijon viloyati Andijon shahri “Soy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Andijon soy kanali mintaqa maydonida turistik xizmatlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan suv fondi yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion orqali realizatsiya qilinmoqda.
⏺ Savdo sanasi: 2026-yil 24-25-sentyabr.
⏺Lotlar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting:
23-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176136
24-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176132
31-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176135
42-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176139
43-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176130
44-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176133
45-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176137
47-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176134
48-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207259
51-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176131
🔴 Turizm infratuzilmasini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing va yangi investitsiya imkoniyatlaridan foydalaning.
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐Web-sayt | 📹Telegram | 📹You Tube | 397 |
| 4 | SAMARQANDDA BALIQCHILIKDA SUVDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Suv resurslarining har bir kub metridan samarali foydalanish bugun baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, suv ta’minoti cheklangan sharoitda mahsuldorlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mavjud suv havzalaridan oqilona foydalanish tarmoq oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi «Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida baliqchilik xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan real ehtiyojini aniqlash, suv olish hajmlarini asoslangan hisob-kitoblar asosida belgilash va suv ta’minotida tartib-intizomni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, suv yetkazib berish shartnomalarini elektron tarzda rasmiylashtirish, suv sarfini zamonaviy o‘lchov va raqamli nazorat vositalari orqali kuzatib borish zarurligi ta’kidlandi. Bu, o‘z navbatida, suvdan foydalanishda hisobdorlik va shaffoflikni oshirish imkonini beradi.
Yig‘ilishda an’anaviy usullar bilan bir qatorda, sun’iy suv havzalarida intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirishni kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Bunday yondashuv kam suv sarflagan holda yuqori hosildorlikka erishish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va sohaga investitsiyalar jalb etishda muhim omil bo‘lishi qayd etildi.
Baliqchilikning barqaror rivojlanishi aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hudud iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi.
Yig‘ilish yakunida baliqchilik xo‘jaliklariga suv yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, suvning behuda sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik, intensiv texnologiyalarni keng tatbiq etish hamda baliq yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 408 |
| 5 | BALIQCHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi «Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–122-sonli Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda Suv xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi B. Sharofov, Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i M. Turdiboyev, boshqarmaning markaziy apparati xodimlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, Jizzax viloyati baliqchilik tashkilotlari, viloyat statistika boshqarmasi hamda «Turonbank» ATB vakillari ishtirok etdi.
Seminarda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, suv obyektlarini ijaraga berishning shaffof mexanizmlarini kengaytirish, ishlab chiqarish, hisob va monitoring jarayonlarini raqamlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, baliqchilik tarmog‘i uchun berilayotgan imtiyozlar, quyosh panellarini o‘rnatishga ajratiladigan kredit va subsidiyalar, yopiq suv aylanma tizimlarini joriy etish, aylanma mablag‘lar uchun imtiyozli kreditlar ajratish, naslli ona baliqlarni import qilish, kredit foizlarini kompensatsiya qilish hamda kreditlar bo‘yicha kafillik berish tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida «Baliqchilikni rivojlantirish markazi» tashkil etilishi, ushbu tuzilmaning tarmoqni ilmiy-amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishdagi o‘rni haqida ham tushuntirishlar berildi.
Tadbirda Jizzax viloyatida baliq yetishtirish hajmini 2026-yilda 30 ming tonnaga, 2027-yilda esa 40 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha belgilangan maqsad va vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud suv obyektlaridan oqilona va samarali foydalanish, baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish hamda intensiv texnologiyalarni keng tatbiq etish yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida Farmon ijrosini to‘liq ta’minlash, suv obyektlaridan samarali foydalanish, baliqchilik xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va hududda baliq yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 415 |
| 6 | ANDIJON VILOYATIDA BALIQCHILIK TARMOG‘INI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILANDI
Prezidentimizning 2026-yil 2-iyuldagi PF–122-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda suv resurslari cheklangan sharoitda baliqchilikni samarali tashkil etish, tarmoqda yagona boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, yetishtirilayotgan baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish hamda zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ayniqsa, mavjud suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suvning har bir tomchisidan yuqori natija olish, baliq yetishtirish hajmini oshirish hamda sohadagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish davomida tarmoq subyektlarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, intensiv usulda baliq yetishtirishni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali mahsuldorlikni oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Asosiy maqsad — suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalangan holda baliq yetishtirish samaradorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini ko‘paytirishdan iborat.
Baliqchilik tarmog‘ining izchil rivojlanishi, o‘z navbatida, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi farovonligini yuksaltirish hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 461 |
| 7 | NASOS STANSIYALARIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Andijon viloyatida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari izchil olib borilmoqda.
Xususan, Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufidagi nasos stansiyalarining barqaror ishlashini ta’minlash, agregatlarning texnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni paytda Andijon tumanidagi «Raish Xakent-1» nasos stansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Nasos agregatlari va yordamchi uskunalarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur qismlari ta’mirlanmoqda.
Shuningdek, boshqarmaning markaziy ta’mirlash sexlarida ham nasos agregatlari va boshqa texnik jihozlarni ta’mirlash ishlari jadal davom etmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar nasos stansiyalarining ishonchli va uzluksiz faoliyatini ta’minlash, texnik nosozliklarning oldini olish hamda kelgusi sug‘orish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 408 |
| 8 | XORAZMDA BALIQCHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Bog‘ot tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–122-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish respublika inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Irisboyev, soha mutasaddilari hamda baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, baliqchilik xo‘jaliklarida suv va yer resurslaridan oqilona hamda samarali foydalanish, suv hisobi va nazoratini kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda baliq yetishtirish hajmini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, soha vakillariga Farmon talablari va ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Savol-javob shaklida o‘tgan muloqot davomida baliqchilik xo‘jaliklari vakillarini qiziqtirgan masalalarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Chapqirg‘oq-Amudaryo ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 496 |
| 9 | https://uza.uz/oz/posts/suv-tejamkor-texnologiyalar-asosida-baliqchilik-rivojlantiriladi_906470 | 490 |
| 10 | #SuvKodeksi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🌊 SUV KODEKSIGA SHARH | SUV OBYEKTIDAN KIM VA QANDAY FOYDALANISHI MUMKIN?
📖 Suv kodeksining 9-moddasiga ko‘ra, suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishga, shuningdek, bitta yoxud bir nechta maqsad uchun berilishi mumkin.
📇 Tanho foydalanishda suv obyekti yuridik yoki jismoniy shaxsga vakolatli davlat organi tomonidan to‘liq yoxud qisman beriladi.
Birgalikda foydalanishda esa suvdan foydalanuvchilar:
🔹 o‘zaro manfaatlarni hisobga olishi;
🔹 bir-birining huquqlarini cheklamasligi;
🔹 boshqa foydalanuvchilarga zarar yetkazmasligi shart.
🌊 Oqova suvlarni suv obyektiga oqizishga faqat ekologiya va sanitariya talablariga qat’iy rioya etilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X | 1 |
| 11 | SUV XO‘JALIGI VAZIRI TERMIZ TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI
Mamlakatimizda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida aholi murojaatlarini eshitish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyati tomonidan hududlarda fermer, dehqon va boshqa suv iste’molchilari uchun muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev rahbarligida Surxondaryo viloyati Termiz tumanida o‘tkazildi. Unda vazirlik va tizim tashkilotlarining mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul avvalida tumanda yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Mutasaddilar bu borada erishilgan natijalar va rejalashtirilgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng vazir fermer va dehqonlarning murojaatlarini birma-bir tingladi. Ular tomonidan suv ta’minotini yaxshilash, suvni belgilangan muddatlarda yetkazib berish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va sohada uchrayotgan boshqa masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlarni qonuniy va adolatli hal qilish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Qabulda ko‘tarilgan har bir masala e’tiborga olinib, ularning ijrosi nazoratga olindi. Birorta ham murojaat javobsiz qolmasligi va belgilangan muddatlarda amaliy yechim topishi zarurligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida fermer va dehqonlarning suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirish, suv yetkazib berish xizmatlari sifatini oshirish hamda suvdan samarali foydalanishga doir takliflari ham tinglandi.
Axborot xizmati.
Rasmiy sahifalar👇
📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Feysbuk |📱 Instagram | 578 |
| 12 | "QARSHI" MAGISTRAL KANALI VA UNDAGI INSHOOTLARNING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI
Suvni iste’molchilarga o‘z vaqtida va kerakli hajmda yetkazib berish ko‘p jihatdan magistral kanallar hamda ulardagi gidrotexnik inshootlarning soz ishlashiga bog‘liq. Kanalda yoki suvni boshqaradigan inshootlarda yuzaga kelgan kichik nosozlik ham vaqt o‘tishi bilan suv yo‘qotilishining ortishi va suv taqsimotida muammolar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu bois Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo mintaqaviy markazi olimlari "Qarshi" magistral kanalida dala tadqiqotlarini olib bordi. Kanal va unda joylashgan gidrotexnik inshootlarning bugungi holati joyiga chiqib, batafsil o‘rganildi.
Mutaxassislar kanal bo‘ylab joylashgan inshootlarning beton va temir-beton qismlarini ko‘zdan kechirdi. Ularda yoriq, yemirilish, cho‘kish yoki boshqa o‘zgarishlar bor-yo‘qligi tekshirildi. Suv sizishi va filtratsiya bilan bog‘liq belgilar ham e’tibordan chetda qolmadi.
Shuningdek, suv o‘tadigan qismlar, zatvorlar va suv oqimini boshqarishga xizmat qiladigan boshqa qurilmalarning ishlash holati o‘rganildi. Inshootlarning asosiy o‘lchamlari joyida aniqlandi, mavjud kamchiliklar qayd etildi va ular bo‘yicha kerakli ma’lumotlar jamlandi.
Bunday o‘rganishlar mavjud muammolarni erta aniqlash imkonini beradi. Chunki o‘z vaqtida bartaraf etilmagan yoriq, yemirilish yoki boshqaruv qurilmasidagi nosozlik keyinchalik inshootning ishlashiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Natijada suv o‘tkazish imkoniyati pasayib, suv yo‘qotilishi ortadi.
Dala tadqiqotlarida to‘plangan ma’lumotlar asosida kanal va inshootlarning texnik holatiga yanada aniq baho beriladi. Qaysi joylarda qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish, qaysi inshootlarni birinchi navbatda ta’mirlash hamda texnik xizmatni qanday tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Mazkur tavsiyalar "Qarshi" magistral kanali va undagi gidrotexnik inshootlarning xavfsiz hamda ishonchli ishlashini ta’minlash, suv yo‘qotilishini kamaytirish va iste’molchilarga suvni belgilangan tartibda yetkazib berishga xizmat qiladi.
Axborot xizmati. | 558 |
| 13 | PAXTAOBODDA SUG‘ORISH TIZIMINI YAXSHILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari va aholi tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda. Ayni paytda tumanda yangi lotok tarmoqlarini qurish va nasos agregatlarini o‘rnatish ishlari olib borilyapti.
Loyiha Prezidentning 2026-yil 5-fevraldagi "2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar orqali Andijon massividagi 1 194 gektar qishloq xo‘jaligi yeri, shuningdek, "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1 000 ta xonadon tomorqasining suv ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Buning uchun jami 3,5 kilometr lotok tarmog‘i qurilib, ikkita nasos agregati o‘rnatiladi.
Bugungi kunga qadar obyektda 192 metr lotok tarmog‘i yotqizildi. Qolgan qismlarda ham qurilish-montaj ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.
Loyiha yakuniga yetkazilgach, suvni ekin maydonlari va aholi tomorqalariga yetkazib berish imkoniyati kengayadi. Lotok tarmoqlari suvning yo‘lda yo‘qolishini kamaytirishga, nasos agregatlari esa suv ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.
Norin-Qoradaryo ITHB matbuot xizmati.
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 589 |
| 14 | NAVBAHORDA INTENSIV BALIQCHILIK RIVOJLANTIRILADI
Navoiy viloyati Navbahor tumanida Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev ishtirokida Prezidentimizning 2026-yil 2-iyuldagi "Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarning tumandagi ijrosi, suv resurslari cheklangan sharoitda baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, baliqchilik xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan ehtiyojini aniq hisoblash, ular uchun suv olish limitlarini belgilash, suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni elektron platforma orqali rasmiylashtirish va suv sarfini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sun’iy suv havzalarida intensiv usulda baliq yetishtirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda tarmoqqa tadbirkorlarni keng jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida har bir tomchi suvdan unumli foydalanish, baliq yetishtirish hajmini oshirish va mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Quyi Zarafshon ITHB matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 582 |
| 15 | MO‘YNOQDA "SHAG‘IRLI" KANALI BETONLASHTIRILMOQDA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida suv xo‘jaligi obyektlarini kuzgi-qishki davrda ta’mirlash va kelgusi sug‘orish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Ayni kunlarda tumandagi irrigatsiya tarmoqlarini texnik jihatdan soz holatga keltirish, kanallarning suv o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, "Shag‘irli" kanalida betonlashtirish ishlari olib borilyapti. Kanal o‘zanini betonlashtirish orqali suvning tuproqqa singib yo‘qolishini kamaytirish, suv oqimini yaxshilash hamda uni iste’molchilarga barqaror yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Mo‘ynoq tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi direktori Nursultan Babanazarovning ta’kidlashicha, obyektdagi ishlarni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash uchun zarur texnika hamda ishchi kuchi jalb etilgan.
— Mutaxassislar har bir bosqichda bajarilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilib bormoqda. Shu bilan birga, kanallar va ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash, gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash hamda ularning suv o‘tkazish imkoniyatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilyapti, — deydi Nursultan Babanazarov.
Tumandagi boshqa suv xo‘jaligi obyektlarida ham ta’mirlash, tozalash va texnik holatini yaxshilash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
✍️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 512 |
| 16 | SUV XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISHDA YOSHLAR VA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI
Samarqand shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan "Ma’lumotlar va texnologiyalardan amaliyotga" mavzusida suv xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi.
Tadbir YEXHTning suv resurslarini boshqarishda yoshlar ishtiroki va xotin-qizlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mintaqaviy faoliyati doirasida tashkil etildi. Unda Shveysariya va Italiya elchilari, YEXHT vakillari, Markaziy Osiyodagi akademik hamda ilmiy muassasalar mutaxassislari, shuningdek, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyoning yosh mutaxassislari uchun tajriba va bilim almashish imkonini beradigan transchegaraviy ta’lim platformasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti professori Malika Ikramova "O‘zbekiston suv xo‘jaligini raqamlashtirishda fan, ta’lim va muhandislik sohalari integratsiyasi: xotin-qizlar va yoshlarning asosiy roli" mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimotda suv xo‘jaligini raqamlashtirishda olimlar, muhandislar va yosh dasturchilar hamkorligining ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Xususan, suv harakatini ilmiy modellashtirish, gidrotexnik inshootlarga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish va ularni mobil axborot tizimlariga joylashtirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni suv xo‘jaligidagi mavjud muammolar yechimiga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.
Muloqotlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi ilm-fan, raqamli ma’lumotlar, zamonaviy texnologiyalar va inson kapitalini o‘zaro uyg‘unlashtirishga bog‘liq ekani qayd etildi. Ilmiy natijalarni algoritmlarga, ma’lumotlarni amaliy qarorlarga, istiqbolli g‘oyalarni esa tayyor startap loyihalariga aylantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Axborot xizmati.
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 438 |
| 17 | Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligi obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar izchil davom etmoqda.
Ayniqsa, Mo‘ynoq tumanida bu boradagi ishlar qizg‘in tus olgan. Tumandagi mavjud irrigatsiya tarmoqlarini texnik jihatdan soz holatga keltirish, suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda.
Mo‘ynoq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori Nursultan Babanazarovning ta’kidlashicha, kuz-qish davridagi ta’mirlash va tiklash ishlari kelgusi mavsumda suvni iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shag‘irli kanalida olib borilayotgan betonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlarni sifatli yakunlash uchun zarur texnika va ishchi kuchlari jalb etilgan.
Batаfsil: 👇
https://krminwater.uz/08/09/2026/4752/
✅Vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!
🌐Veb-sayt 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 418 |
| 18 | SUV XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISHDA YOSHLAR VA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI
Samarqand shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan "Ma’lumotlar va texnologiyalardan amaliyotga" mavzusida suv xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi.
Tadbir YEXHTning suv resurslarini boshqarishda yoshlar ishtiroki va xotin-qizlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mintaqaviy faoliyati doirasida tashkil etildi. Unda Shveysariya va Italiya elchilari, YEXHT vakillari, Markaziy Osiyodagi akademik hamda ilmiy muassasalar mutaxassislari, shuningdek, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyoning yosh mutaxassislari uchun tajriba va bilim almashish imkonini beradigan transchegaraviy ta’lim platformasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti professori Malika Ikramova "O‘zbekiston suv xo‘jaligini raqamlashtirishda fan, ta’lim va muhandislik sohalari integratsiyasi: xotin-qizlar va yoshlarning asosiy roli" mavzusida taqdimot qildi.
Taqdimotda suv xo‘jaligini raqamlashtirishda olimlar, muhandislar va yosh dasturchilar hamkorligining ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Xususan, suv harakatini ilmiy modellashtirish, gidrotexnik inshootlarga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish va ularni mobil axborot tizimlariga joylashtirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni suv xo‘jaligidagi mavjud muammolar yechimiga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.
Muloqotlar davomida Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi ilm-fan, raqamli ma’lumotlar, zamonaviy texnologiyalar va inson kapitalini o‘zaro uyg‘unlashtirishga bog‘liq ekani qayd etildi. Ilmiy natijalarni algoritmlarga, ma’lumotlarni amaliy qarorlarga, istiqbolli g‘oyalarni esa tayyor startap loyihalariga aylantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Axborot xizmati.
Rasmiy sahifalar👇
🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 384 |
| 19 | #suv_fondi_yerlari
#auksion #uchastka #Samarqand
#qishloq_xojaligi_mahsulotlarini_yetishtirish
❗️Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi loyihalari uchun yangi imkoniyat!
⏺Uchastkalar "E-auksion" savdo platformasiga joylashtirildi
📍 Samarqand viloyati Nurobod tumani “Ittifoq” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sobirsoy suv ombori, Bulung’ur tumani “Dehqonobod” MFY hududidan oqib o‘tuvchi O‘ng-Qirg‘oq kanali, “Oqtosh”, “Olmazor”, “Fozil Yo’ldosh”, “Changal” MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi Bedona kollektori, Payariq tumani “Qirqovul”, “Beshcho‘rosh” MFYlari hdudidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kollektori, Urgut tumani “Xo’jabaland” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Yangi Urgut kanali hamda “Beshkon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qoratepasoy soyi mintaqa maydonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mo‘ljallangan suv fondi yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion orqali realizatsiya qilinmoqda.
⏺ Savdo sanasi: 2026-yil 24-25-28-sentyabr.
⏺ Lotlar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting:
120-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207253
131-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207271
132-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207241
133-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207257
135-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207272
136-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207242
137-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207258
138-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207273
139-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207243
140-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207307
141-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207279
142-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207274
143-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207293
144-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207308
145-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207275
146-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207280
147-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207294
148-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207276
149-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207309
150-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25176118
151-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207281
152-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207277
153-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207295
154-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207310
155-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207278
156-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207282
157-uchastka:https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207296
158-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207283
159-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207297
160-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207311
161-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227855
162-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207298
163-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25207284
164-uchastka: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25227869
🔴 Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshiring va ushbu investitsiya imkoniyatlaridan samarali foydalaning.
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐Web-sayt | 📹Telegram | 📹You Tube | 366 |
| 20 | #TomchilatibSugorish
TOMCHILATIB SUG‘ORISHNI QACHON TO‘XTATISH KERAK?
🌱 Sug‘orishning asosiy maqsadi — suvni o‘simlikning ildiz zonasiga yetkazish.
💧 Suv ildiz qatlamidan ortiqcha chuqurlikka o‘tib ketsa, uning bir qismi o‘simlik tomonidan samarali foydalanilmasligi mumkin.
📌 Shu sababli sug‘orish davomiyligi tuproq turi, ekinning rivojlanish bosqichi va suvga bo‘lgan ehtiyojiga qarab belgilanadi.
🌤 Hududingizdagi sug‘orish me’yorlarini kanalimizda muntazam berib boriladigan #Meteopost ma’lumotlaridan ko‘rishingiz mumkin.
💡 Ko‘proq suv — har doim ham yaxshiroq sug‘orish degani emas.
😎 TELEGRAM|📱"TOMCHI" MI|😎 YOUTUBE | 😎 FACEBOOK |🤑 SAVOLLAR |📱 INSTAGRAM | 642 |
