Ekspluatatsiya agentligi
Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi rasmiy sahifasi Savollar bo‘lsa @umidjon_mamarasulov ga murojaat qiling!
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Ekspluatatsiya agentligi
Channel Ekspluatatsiya agentligi (@suvobekt) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 644 subscribers, ranking in the Other category and 6 215 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 644 subscribers.
According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -483 over the last 30 days and by -12 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 3.32%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 2.51% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 420 views. Within the first day, a publication typically gains 317 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 2.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi rasmiy sahifasi
Savollar bo‘lsa @umidjon_mamarasulov ga murojaat qiling!”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Other category.
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
ISHTIXON VA URGUTDAGI SUV XO‘JALIGI OB’EKTLARI MAVSUMGA TAYYORLANMOQDAZarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tizimidagi suv xo‘jaligi obyektlarini 2026–2027 yillar kuzgi-qishki mavsumiga tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, hududlardagi irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini ta’mirlash, texnik holatini yaxshilash hamda kelgusi sug‘orish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Ishtixon tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi balansidagi "Mingjamalak" kanalida joylashgan gidrotexnik inshootlarda ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar inshootlarning texnik holatini ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmoqda. Bu kanal orqali suvni boshqarish va taqsimlash jarayonini yaxshilash, inshootlarning kelgusi mavsumda ishonchli ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, muassasa balansidagi "Saryazko‘l" kollektorida ham ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Kollektorning texnik holatini yaxshilash yer osti suvlarini tartibli chiqarish va hududdagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini barqaror saqlashda muhim ahamiyatga ega. "Darg‘om" irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tasarrufidagi "Yangi Urgut" kanalining PK220+00 qismida joylashgan Suvchilar uyi ham kuzgi-qishki mavsumga tayyorlanmoqda. Ayni paytda binoning eskirgan tom qismi yangilanib, suv xo‘jaligi xodimlari uchun zarur sharoitlar yaxshilanmoqda. Mavsumiy ta’mirlash va tiklash ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi suv xo‘jaligi obyektlarining texnik ishonchliligini oshirish, nosozliklarning oldini olish hamda kelgusi sug‘orish davrida suvni iste’molchilarga barqaror yetkazib berish imkonini yaratadi.
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori - Zokir Ishpulatov "O'zbekiston-2030" strategiyasining 62-maqsadi haqida!
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
Dunyodagi eng baland to‘g‘onda uchta gidroagregat ish boshladiXitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Shuanszyankou gidroelektrostansiyasida birinchi bosqich uchun rejalashtirilgan uchta gidroagregatning barchasi foydalanishga topshirildi. Dadu daryosida barpo etilgan mazkur GES Xitoyning yirik milliy energetika loyihalaridan biri hisoblanadi. Uning to‘g‘oni balandligi 315 metr bo‘lib, manbada dunyodagi eng baland to‘g‘on sifatida qayd etilgan. Stansiyaning umumiy o‘rnatilgan quvvati 2 GVtni tashkil etadi. Loyiha bo‘yicha har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan radial-o‘qli turbinalarga ega to‘rtta gidroagregat ishlashi ko‘zda tutilgan. Suv omborining hajmi esa 2,9 milliard kubometrga yetadi. GESning birinchi gidroagregati iyun oyida ishga tushirilgan, keyinchalik yana ikkita agregat bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilgan. Shu tariqa, birinchi bosqichda rejalashtirilgan uchta agregat ishlay boshladi. Qo‘shimcha quvvatlarning ishga tushirilishi elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lgan yoz mavsumida Chendu—Chunsin iqtisodiy mintaqasini energiya bilan ta’minlash imkoniyatini oshirgan. Shuanszyankou GES hozirga qadar qariyb 500 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Shuanszyankou nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, balki Dadu daryosining yuqori oqimida suvni tartibga solish va hududlarni toshqinlardan himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Loyiha to‘liq quvvatga chiqishi uchun to‘rtinchi gidroagregat ham ishga tushirilishi kerak. Barcha agregatlar foydalanishga topshirilgach, GES yiliga qariyb 7,7 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Shuningdek, suv oqimining tartibga solinishi Dadu daryosining quyi qismida joylashgan GESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini yiliga qo‘shimcha 6,6 milliard kilovatt-soatga oshirishi mumkin.
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
KUZGI-QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDASamarqand viloyatida 2026–2027-yillar kuzgi-qishki mavsumiga mo‘ljallangan chora-tadbirlar doirasida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini kelgusi sug‘orish mavsumiga tayyorlash ishlari izchil olib borilmoqda. Jumladan, Pastdarg‘om tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi balansidagi «R-6» kanalida maxsus texnika va mexanizmlar yordamida tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, «Miankal–Tos» irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tasarrufidagi irrigatsiya tarmoqlarida ham ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Xususan, Xazara kanalining PK124+00 qismida joylashgan «Gigirdak» gidropostida tozalash, MXKning PK340+00 qismidagi 4-sonli uzel inshootida bo‘yash ishlari bajarilmoqda. Oqdaryo tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi balansidagi Narkiskent kanalining PK150+00 qismida joylashgan «Charkas» gidrouzelida ham kuzgi-qishki mavsum doirasida navbatdagi mavsumiy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar kanallarning suv o‘tkazish qobiliyatini yaxshilash, gidrotexnik inshootlarning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash, shuningdek, kelgusi sug‘orish mavsumida suv iste’molchilariga suv resurslarini o‘z vaqtida va belgilangan hajmda yetkazib berishga xizmat qiladi. ✍️ Zarafshon ITHB matbuot xizmati
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
InfografikaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-aprelda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-68-son Farmonida suv resurslaridan foydalanishda yangi talablar belgilangan.
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
2027-YILDAN BOSHLAB SHOLI YETISHTIRISHDA SEPMA USULDAN TO‘LIQ VOZ KECHILADIBu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmonida belgilangan. Farmonda yerdan foydalanish ixtisosligini oldindan belgilab, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan va uzoq davrdan beri sotilmay turgan 117,6 ming gektar yer uchastkalarini yangi tizim asosida qaytadan auksion savdolariga chiqarish mexanizmlari ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, yer uchastkalarining suv ta’minoti masalalari ham nazarda tutilgan. Masalan, suv ta’minoti og‘ir va foydalanishdan chiqqan yer uchastkalarini ularning suv ta’minoti yaxshilanib, tuman (shahar) hokimliklari va boshqa subyektlar tomonidan yangidan o‘zlashtirilgan va qayta foydalanishga kiritilganidan so‘ng yoki yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarish amaliyoti joriy etiladi. Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan holda suv ta’minoti yaxshilangan, yangidan o‘zlashtirilgan va qayta foydalanishga kiritilgan yer uchastkalari yangi tizim asosida auksion savdolariga chiqariladi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri oqibatida sifati yomonlashuvi tufayli yuzaga keladigan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga tushadigan mablag‘lar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi. Bunda nobudgarchilik to‘lovlarini undirishdan tushadigan mablag‘lar quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi: - yerlarni yangidan o‘zlashtirish, qayta foydalanishga kiritish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish; - kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanish darajasini oshirish. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-oktyabrga qadar nufuzli xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda O‘zbekistonda iqlimga asoslangan qishloq xo‘jaligiga o‘tish konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar Germaniyaning «Green Central Asia» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan «Modsnow» tizimi orqali manbadagi (muzliklar, daryo, soy va boshqa) mavjud suv zaxiralarini real vaqt rejimida kuzatib borishni yo‘lga qo‘ysin va ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun xorijiy grant mablag‘larini jalb etish va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirish choralarini ko‘radi. Milliy statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-martga qadar 1 metr kub suv sarfidan qishloq xo‘jaligida yaratiladigan iqtisodiy qiymatni (Water productivity) hisoblash metodologiyasini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qiladi. Farmonga asosan, 2027-yildan boshlab sholi yetishtirishda an’anaviy (sepma) usuldan to‘liq voz kechib, sholini faqat lazerli tekislangan maydonlarga ko‘chat usulida hamda zamonaviy don ekish seyalkalari orqali ekish tartibi joriy etiladi; yer uchastkalarini yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritishga ushbu tadbirlar uchun zarur bo‘lgan suv hajmi shu hududdagi mavjud suv resurslari balansiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi to‘g‘risida Suv xo‘jaligi vazirligining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.| Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
💧 Suv alifbosi: P — piezometrPiezometr — suv bosimi yoki yerosti suvlari sathini o‘lchash va kuzatish uchun ishlatiladigan asbob. U to‘g‘onlar, kanallar, drenaj tizimlari va boshqa gidrotexnika inshootlarida suv bosimi hamda sizib chiqish jarayonlarini nazorat qilishda qo‘llaniladi. 📌 Qiziq fakt: piezometr yordamida inshoot ichida yoki uning tagida suv bosimining ortishi erta aniqlansa, xavfli holatlarning oldini olish choralarini vaqtida ko‘rish mumkin. #SuvAlifbosi #Piezometr #SuvXo‘jaligi
✅Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram 📱YouTube
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Izboskanda 650 ta xonadon tomorqasining suv ta’minoti yaxshilanmoqdaAndijon viloyati Izboskan tumanidagi Toshloq mahallasida aholi tomorqalarini oqar suv bilan barqaror ta’minlash maqsadida irrigatsiya tarmoqlari rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha Toshloq MFYdagi 650 ta xonadonga qarashli 22 gektar tomorqa yer maydonini qamrab oladi. Uning doirasida: 🔹 “Yangi yo‘l” kanalining 855 metr qismiga lotok tarmog‘i o‘rnatiladi; 🔹 “Yangi yo‘l–1” kanalining 440 metr qismi betonlanadi; 🔹 “Yangi yo‘l–2” kanalining 208 metr qismida lotok tarmog‘i barpo etiladi; 🔹 tomorqa yerlarini sug‘orish uchun quduq quriladi. Shu tariqa, jami 1,5 kilometrdan ortiq irrigatsiya tarmog‘i yangilanadi. Loyihaning umumiy qiymati 734,1 million so‘mni tashkil etadi. Ishlar yakunlangach, suvning aholi tomorqalariga barqaror yetib borishi ta’minlanib, ekinlarni o‘z vaqtida va sifatli sug‘orish imkoniyati kengayadi. Bu tomorqalardan samarali foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish va oilalar uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
Rasmiy sahifalar👇 🇺🇿Web-site | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
