"Yosh Ma'rifatchilar" Ilmiy tadqiqotlar markazi
Open in Telegram
🎓"Yosh ma'rifatchilar" ilmiy tadqiqotlar markazining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! 📞 Ishonch raqami:
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
505
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-3230 days
Posts Archive
+9
"Taraqqiyot fidoyisi" esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi!
"Yosh ma’rifatchilar" ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan yosh olimlar, tadqiqotchilar va ilm-fan sohasida faollik ko‘rsatayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan "Taraqqiyot fidoyisi" esdalik nishonlarining tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘qon universitetida tashkil etilgan ushbu tadbirda ilm-fan va ma’rifat yo‘lida alohida namuna ko‘rsatgan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar munosib taqdirlandilar.
📌 Tadbirdan asosiy lahzalar: 🔹Markaz rahbariyati va soha vakillari ishtirokida yoshlarning kelgusi ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilandi; Faol a’zolarga maxsus guvohnoma va 🔹"Taraqqiyot fidoyisi" esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi; 🔹Uchrashuv davomida yosh tadqiqotchilarning keyingi maqsadlari va yangi loyihalari atroflicha muhokama qilindi.Bizning sahifalarimiz: 🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
⚡️ 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan munosib eʼtirof!
Qoʻqon universitetida “Taraqqiyot fidoyisi” konferensiyasi doirasida tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda jamiyat hayotida, oʻqish va ilmiy faoliyatda oʻzining faolligi hamda tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh fidoyi va faol yoshlar “Taraqqiyot fidoyisi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Universitet rahbariyati yoshlarni bayram bilan qutlab, ularning kelgusi ulkan maqsadlariga zafarlar tiladi. Yoshlarimizning intilishi va mehnati hamisha yuksak eʼtirofga loyiq!
Barcha mukofotlangan va eʼtirof etilgan tengdoshlarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz! Kelajak yoshlarniki!
Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
Simbank🦁 дарит бонус 200 сом за подписку на канал🖤
😎Не упускай возможность получить бонус от Simbank🦁☑️
⭐️ "TARAQQIYOT FIDOYISI" – Yoshalar uchun navbatdagi imkoniyat!
⚡️📑30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan "Taraqqiyot fidoyisi" esdalik nishonining 2-mavsumiga arizalar qabuli boshlandi!
✏️O‘z sohasi va jamiyat rivojiga hissa qo‘shayotgan faol yoshlarni Farg‘ona shahrida estradamiz yulduzlari, OAV vakillari, faxriy mehmonlar ishtirokida gʻoliblarga nishon va sertifikatlar tantanali marosimda topshiriladi.
👧G‘oliblarni nimalar kutmoqda? 🎖 Esdalik nishoni va maxsus sertifikat; 📑 Nomdor stipendiyalar; 🎓 Magistratura va ilmiy faoliyat uchun yangi imkoniyatlar.🔛 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Munosib nomzodlar safidan joy oling. Bizning sahifalarimiz: 🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
🇺🇿 Xotira — millatning tirik tarixi, qadrlash — yuksak ma’rifat belgisidir!
🎗 Qadrli ilm-fan fidoyilari va yosh tadqiqotchilar!
9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz.
⚡️ Ilm va ma’rifat yo‘lida odimlayotgan yoshlar uchun tarix — shunchaki o‘tmish emas, balki kelajakni qurish uchun xizmat qiluvchi buyuk tajriba maktabidir. Bugungi osoyishta kunlarimiz uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz matonati biz uchun nafaqat faxr, balki milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlikning eng oliy namunasidir.
🔺 O'tganlar yodi hamisha qalbimizda, tiriklarning qadri esa e’zozimizda bo‘lsin.
🔺 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
#9may #XotiraVaQadrlash #YoshMa_rifatchilar
#Galaba81 #IlmVaTarix
Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
🔬 Bugungi kunda ilm bilan shug‘ullanish — bu trendda bo‘lish demakdir.
💙 Ilon Mask va Bill Geyts kabi zamonamizning eng boy va nufuzli insonlari nafaqat tadbirkor, balki doimiy izlanishdagi tadqiqotchilardir. Ular bugun "trend"da bo'lish — bu shunchaki mashhurlik emas, balki dunyoni o'zgartira oladigan bilimlarga ega bo'lish ekanligini isbotlamoqda.
👉 Muvaffaqiyatga erishishning zamonaviy formulasi: Tinimsiz o'rganish va tadqiqot. Siz ham ushbu "trend"ga qo'shiling va kelajakni yarating!
👇Siz bugun ilmning qaysi sohasiga ko'proq qiziqasiz? Izohlarda qoldiring!
#ilm #muvaffaqiyat #elonmusk #billgates #yoshmarifatchilar #talim #tadqiqot
Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
🎉 Bugun “Yosh ma’rifatchilar” ilmiy-tadqiqotlar markazi direktori, jamoamiz yetakchisi — Abdurahmonov Umidjon Mirzaolimovich tavallud topgan kun!
📑 Sizning markaz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz, ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissangiz alohida e’tirofga loyiq. Sizdagi liderlik qobiliyati, qat’iyat va keng fikrlash jamoamiz uchun mustahkam tayanchdir.
🔺 Hurmatli Umidjon Mirzaolimovich!
Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Boshlagan barcha ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin, yurtimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz yanada yuksalaversin!
🔍Sizning rahbarligingiz ostida markazimiz yanada katta marralarni zabt etishiga ishonamiz!Bizning sahifalarimiz: 🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebook
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Margʻilon shahridagi “Burhoniddin Margʻinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasining ochilish marosimidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на церемонии открытия научно-просветительского и туристического комплекса «Бурхониддин Маргинони» в городе Маргилане
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿 Xush kelibsiz, muhtaram Prezident!
⚡️ Farg‘ona viloyati bo‘ylab amalga oshirilayotgan bugungi tashrif — yangi marralar, yuksak bunyodkorlik va xalq bilan muloqotning yorqin namunasidir.
🤩 "Yosh ma’rifatchilar" ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ushbu xayrli ishlarda doimo kamarbasta!
#Prezident #Fargona #Tashrif #YangiUzbekistan #YoshMarifatchilar
Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi Qoʻqon shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshlandi.
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Ферганскую область началась с ознакомления с созидательной работой в жилом массиве «Янги Узбекистон» в городе Коканде.
#Mirziyoyev #safar #Fargona #massiv
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
⚡️ Keksalar e’zozda: Yoshlar va partiya faollari urush faxriysi xonadonida
💙 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo‘qon shahar kengashi hamda “Yosh ma’rifatchilar” ilmiy-tadqiqotlar markazi hamkorligida navbatdagi xayrli tashabbus amalga oshirildi.
📑 O‘zXDP Qo‘qon shahar kengashi raisi H.Ismoilov hamda “Yosh ma’rifatchilar” ilmiy tadqiqotlar markazi direktori U.Abdurahmonov boshchiligidagi bir guruh faol va tashabbuskor yoshlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, ayni paytda 106 yoshni qarshilagan muhtaram Rahimov Usmonjon ota xonadonida bo‘ldilar.
🔺 Uchrashuv davomida yoshlar otaxonning holidan xabar olib, dildan suhbat qurdilar. Shunchaki ziyorat bilan cheklanib qolmay, tashabbuskor yoshlar xonadondagi uy yumushlarida ham yaqindan ko‘maklashdilar.
🔺 Inson qadri ulug‘langan yurtda hech bir faxriy e’tibordan chetda qolmaydi!
#OʻzXDP #Qoʻqon #YoshMaʼrifatchilar #XotiraVaQadr #InsonQadri #Vatanparvarlik
Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
🎉 Bugun "Yosh ma'rifatchilar" ilmiy-tadqiqot markazi jamoasining eng yaqin maslakdoshi, o‘z bilimi va tajribasi bilan ko‘plarga yo‘l ko‘rsatib kelayotgan fidoyi inson — Ismoilov Husniddin Mo‘minovich tavallud topgan kun!
📑 Sizning ilm-fan yo‘lidagi tinimsiz izlanishlaringiz, yosh avlodning ma’rifatli bo‘lishi uchun qo‘shayotgan hissangiz tahsinga loyiq. Sizdagi kamtarlik va samimiyat jamoamizning har bir a’zosi uchun yuksak namunadir.
🔺 Hurmatli Husniddin Mo‘minovich!
Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ma’rifat ulashishdek xayrli ishlaringizda kuch-g‘ayrat Sizni hech qachon tark etmasin!
Bizning sahifalarimiz:
🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
XALQARO ILMIY-AMALIY ALMANAX UCHUN MAQOLALAR QABULI
🤩 “Yosh ma’rifatchilar” ilmiy-tadqiqotlar markazi AQSHning nufuzli nashriyotlari bilan hamkorlikda “Yangi davr yoshlari: fikr, tashabbus va natija” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy almanax uchun materiallar qabulini e’lon qiladi.
📑 Yo‘nalishlar: 🔺 Ilmiy maqolalar va tahliliy materiallar; 🔺 Badiiy ijod namunalari (she’riyat, hikoya); 🔺 Tasviriy san’at va dizayn ishlari; 🔺 Innovatsion g‘oyalar va startap loyihalar.📎 Imkoniyatlar: Saralangan ishlar almanax to‘plamiga kiritiladi va bosma nashr shaklida chop etilib, mualliflarga yetkazib beriladi yoki elektron shakilda taqdim etiladi. ⚡️ Muddati: 2026-yil 3-mayga qadar. 🔺 Barcha tadqiqotchilar, talabalar va ijodkor yoshlarni nufuzli nashrda o‘z ishlarini e’lon qilishga taklif etamiz. 🔗 Batafsil ma'lumot uchun: @Yoshmarifatchi Bizning sahifalarimiz: 🔹 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebookk
+3
#ADOLAT_SDP
#YOSH_ADOLATCHILAR_QANOTI
Taraqqiyotga xizmat qilganlar e’tirof etildi
Yurtimizda ilm-fan, ma’naviyat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida faol mehnat qilayotgan fidoyi insonlarni rag‘batlantirish ezgu an’anaga aylanmoqda. Ana shunday e’tiroflardan biri — “Taraqqiyot fidoyisi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yosh ma’rifatchilar” ilmiy-tadqiqotlar markazi tashabbusi bilan, qator nufuzli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda jamiyatning turli sohalarida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh ilg‘or va tashabbuskor mutaxassislar munosib taqdirlandi. Ular orasida taniqli jurnalistlar, davlat va jamoat arboblari, tadbirkorlar hamda san’at va madaniyat namoyandalari borligi tadbirning nufuzini yanada oshirdi.
BATAFSIL:https://www.facebook.com/share/p/179sjiAMXR/
📣 Namanganlik talaba-yoshlar, diqqat!
🤩 "Yosh ma'rifatchilar" ilmiy tadqiqot markazi viloyatimizning faol va tashabbuskor yoshlari uchun kutilayotgan muhim yangilikni e'lon qilish arafasida.
⚡️ Biz yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy loyihalarga yo‘naltirish va yangi marralarni zabt etishlari uchun maxsus imkoniyatlar ustida ishlamoqdamiz. Agar siz ham ilm-fanga qiziquvchi, izlanuvchan va yurtimiz rivojiga hissa qo‘shish istagidagi yoshlardan bo‘lsangiz, ushbu yangilik aynan siz uchun!
Tez kunda: 🔺 Yangi loyihalar taqdimoti; 🔺 Ilmiy va amaliy imkoniyatlar; 🔺 Yoshlar uchun maxsus dasturlar.🔺 Tayyormisiz? Bizni kuzatishda davom eting, batafsil ma’lumotlar tez orada rasmiy sahifalarimizda e’lon qilinadi. Bizning sahifalarimiz: 🔹 Telegram | 🔹 Instagram 🔹 Facebook
Repost from Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashi
+1
“Yosh Ma’rifatchilar” ilmiy-tadqiqotlar markazi tashabbusi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Xamraqulov Donyor Toxirovich “Taraqqiyot fidoiysi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tirof bilan Donyor Toxirovichni samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Repost from Mental arifmetika markazi
+2
🟡 Taraqqiyot fidoyilari e’tirof etildi
🔔 “Yosh Ma’rifatchilar” ilmiy-tadqiqotlar markazi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida “TARAQQIYOT FIDOYISI” esdalik nishoni bilan bir guruh fidoyi mutaxassislar munosib taqdirlandi.
Quvonarlisi, “Taraqqiyot fidoyisi” esdalik nishoniga loyiq deb topilganlar safidan Mental arifmetika o‘quv dasturini rivojlantirish markazi direktor o‘rinbosari Mahliyoxon Muhammadboqiyeva hamda Moliya va xo‘jalik ishlari bo‘limi boshlig‘i Mirzohidjon Anvarovlar ham o‘rin oldi.💛Ushbu e’tirof ularning ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar salohiyatini yuksaltirish hamda ilmiy-amaliy faoliyatdagi fidoyiligi va samarali mehnatining yorqin ifodasidir. 🗣Jamoamiz nomidan taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! Bizning sahifalarimiz: 📱 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook
