en
Feedback
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashi

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashi

Open in Telegram

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari: Facebook: facebook.com/bagdodkengash Instagram: instagram.com/bagdodkengashi/ Youtube: youtube.com/@bagdodkengash E-pochta: bagdodkengashi1@gmail.com

Show more
541
Subscribers
-124 hours
-107 days
-4830 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+4
in 1 channels
August '26
+12
in 2 channels
Get PRO
July '26
+18
in 2 channels
Get PRO
June '26
+186
in 1 channels
Get PRO
May '26
+303
in 1 channels
Get PRO
April '26
+6
in 3 channels
Get PRO
March '26
+799
in 2 channels
Get PRO
February '26
+395
in 3 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September0
08 September0
07 September+2
06 September0
05 September+2
04 September0
03 September0
02 September0
01 September0
Channel Posts
#24_masala ✍️ Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “13-Muqimiy” saylo
+4
#24_masala ✍️ Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “13-Muqimiy” saylov okrugi deputati R.Yegitaliyev tomonidan “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi. 🔴O‘rganishlar davomida “Nurafshon” hamda "Yangihayot" ko‘chalarida yashovchi fuqarolar bilan uchrashilib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi. 🔴Suhbat davomida fuqarolar tomonidan “Nurafshon” hamda "Yangihayot" ko‘chalarining 2,5 kilometr qismini asfaltlash masalasida murojaat bildirildi. 🔴Mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etilib, uning ijobiy hal etilishini ta'minlash maqsadida deputatlik nazoratiga olindi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani KengashiTelegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz

2
#deputat_soʻrovi ✉️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI. 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Xamrakulov Doniyor Toxiro
#deputat_soʻrovi ✉️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI. 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Xamrakulov Doniyor Toxirovich tomonidan Bag‘dod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Boltaboyevga 72-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi. 📊 Deputat so‘rovida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, “Karimbobo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borilgani qayd etildi. ✅O‘rganish davomida “Karimbobo” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati ko‘zdan kechirilib, tibbiyot muassasasida Wi-Fi internet tarmog‘i mavjud emasligi aniqlandi. Mazkur holat tibbiyot xodimlarining elektron axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishida ayrim qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. ✅Shuningdek, oilaviy shifokorlik punkti binosining ichki qismida foydalanish uchun zarur suv ta’minoti mavjud emasligi aniqlanib, bu holat tibbiyot xodimlari uchun zarur sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlashda noqulayliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi. ✅Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovida “Karimbobo” oilaviy shifokorlik punktini barqaror internet tarmog‘i bilan ta’minlash hamda binoning ichki qismida zarur suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
89
3
#24_masala 📚 Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi. 🔼 Xalq deputatlari Bag‘dod t+3
#24_masala 📚 Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi. 🔼 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-"Chekmirzaobod" saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov tomonidan "Chekmirzaobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 41-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 🗣O‘rganish davomida muassasaning 1978-yilda qurilgani va 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, ayni paytda 210 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim-tarbiya olayotgani, ularga esa atiga 7 ta achko'li hojatxona xizmat ko‘rsatayotgani aniqlandi. Mazkur holat bolalar o‘rtasida navbat kutish holatlariga sabab bo‘lib, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. 🗣Shu munosabat bilan muassasada zamonaviy talablarga javob beradigan qo‘shimcha hojatxona qurish yuzasidan murojaat bildirildi. ✍️ Mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etilib, uning ijobiy hal etilishini ta'minlash maqsadida deputatlik nazoratiga olindi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
56
4
🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz+3
🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
1
5
✉️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “9-Tuvadoq” saylov okrugi deputati D.Kari
✉️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “9-Tuvadoq” saylov okrugi deputati D.Karimova tomonidan “Mustaqillik” ko‘chasidan oqib o‘tuvchi zovurni to‘liq tozalash, o‘zanini tartibga keltirish hamda hududda yuzaga kelayotgan noxush holatlarning oldini olish yuzasidan 2026-yil 28-avgust kuni 69-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi. 💬 Mazkur deputat so‘roviga tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Xalimov tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi. 🟡 Javob xatida deputat so‘rovida ko‘rsatilgan masala yuzasidan tuman suv xo‘jaligi va melioratsiya bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgani ma’lum qilindi. 💬O‘rganishlar davomida “Mustaqillik” ko‘chasidan oqib o‘tuvchi zovur “KK-8” ichki kollektori ekani aniqlangan. Mazkur kollektor qariyb 15 yildan buyon tozalanmaganligi sababli hududda noxush hidlar va ayrim xonadonlarning tomorqa yerlarida zaxlik yuzaga kelayotgani qayd etilgan. 🔴Farg‘ona viloyati Meliorativ ekspeditsiyasining Bag‘dod tumani bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnomaga asosan, “KK-8” kollektorini to‘liq tozalash ishlari 2027-yil davlat dasturiga kiritilgani ma’lum qilindi. 🇺🇿Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
73
6
#sessiya_masala SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA O‘RGANILDI 😎Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “11-Chekmirzaobod” s+1
#sessiya_masala SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA O‘RGANILDI 😎Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “11-Chekmirzaobod” saylov okrugi deputati A. Sirojiddinov tomonidan “Chekmirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida sessiya kun tartibidan o‘rin olgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. 📊O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, shuningdek, Bag‘dod tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari ko‘rib chiqildi. ➡️ Xususan, Farg‘ona viloyati va Bag‘dod tumani komissiyalari tomonidan jami 2 086 ta geografik obyekt — ko‘cha, berk ko‘cha va tor ko‘chalarni nomlash hamda qayta nomlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. ➡️ Shuningdek, “Chekmirzaobod” mahallasidagi ko‘chalarga nom berish bilan bog‘liq masalalar ham joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mavjud holat yuzasidan tegishli takliflar bildirildi. ✍️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha sessiya kun tartibidagi masalani ko‘rib chiqish uchun tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
72
7
🇺🇿Yettinchi chaqiriq хalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi 2026-yil 11-sentabr kuni soat
🇺🇿Yettinchi chaqiriq хalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining yigirma yettinchi sessiyasi 2026-yil 11-sentabr kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi. 🔽Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi. 🔴2026-yil 2-mavsum jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar to‘g‘risida. 🔴O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida Bag‘dod tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha tuman komissiyasining takliflari to‘g‘risida. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
1 255
8
#Kengash_qarori_ijrosi ✍️ Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔼Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “15-Cho‘rindi”+6
#Kengash_qarori_ijrosi ✍️ Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔼Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “15-Cho‘rindi” saylov okrugi deputati A.Sharipov hududidagi “Cho‘rindi” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 💬Mazkur qaror bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. 🔴 Qaror ijrosi doirasida "Cho‘rindi" mahalla fuqarolar yig‘ini "Yoshlarobod" ko‘chasining 250 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chaga shag‘allar to‘kilib tekkizlov ishlari amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
86
9
#24_masala #Kotibiyat_mudiri 55-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI 😎 Xalq dep+5
#24_masala #Kotibiyat_mudiri 55-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI 😎 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. 🔴O‘rganish davomida maktab binosining qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining texnik holati, mavjud isitish vositalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, sinfxona va boshqa xonalarning mavsumga mosligi hamda xavfsizlik talablari ko‘rib chiqildi. 🔴Shuningdek, o‘rganish jarayonida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligida ayrim kamchiliklar mavjudligi, jumladan, katyo‘l holati talab darajasida emasligi va ayrim isitish vositalarining soz holatga keltirilishi lozimligi aniqlandi. ⏺Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimlarini mavsum boshlanguniga qadar to‘liq shay holatga keltirish, o‘quvchilar va xodimlar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 🔴Kuz-qish mavsumini betalofat va barqaror o‘tkazish, ta’lim muassasasida issiqlik ta’minotining uzluksizligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilab olindi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
92
10
#doimiy_komissiya 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtiso+3
#doimiy_komissiya 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🗣Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari, ekspert guruhi a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 🗣Yig‘ilish kun tartibidan 2026-yil 2-mavsumda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi masala o‘rin oldi. 🔴Mazkur masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Azimjonovning hisoboti tinglandi. Masala doimiy komissiya a’zolari va deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar ko‘rib chiqildi. 🔴Yig‘ilish yakunida ekspert guruhi a’zolari va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar inobatga olinib, ko‘rib chiqilgan masalani navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
82
11
#doimiy_komissiya 🔴 Ayni paytda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish
#doimiy_komissiya 🔴 Ayni paytda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 📊Kun tartibidagi masala2026-yil 2-mavsum jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i 1-o‘rinbosari M.Azimjonovning hisoboti tinglanmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
55
12
#Biriktirilgan_loyiha #kotibiyat_mudiri PQ-393-SONLI QAROR ASOSIDA AMALGA OSHIRILGAN LOYIHA O‘RGANILDI 📌 O‘zbekiston Respubl+7
#Biriktirilgan_loyiha #kotibiyat_mudiri PQ-393-SONLI QAROR ASOSIDA AMALGA OSHIRILGAN LOYIHA O‘RGANILDI 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan loyihalardan biri o‘rganildi. ✔️ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan Ultarma mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi. ✔️ Mazkur loyiha “BONIY QURUVCHI” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 4 mlrd 957 mln so‘mni tashkil etadi. ✔️ Loyiha doirasida maktabning mavjud 180 o‘rinli o‘quv binosi mukammal ta’mirlanib, ta’lim muassasasi uchun qo‘shimcha ravishda 210 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etilgan. ✔️ O‘rganish davomida amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, loyiha hujjatlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda binolarning foydalanishga tayyorlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. ✔️ Amalga oshirilgan ishlar natijasida maktabning moddiy-texnik imkoniyatlari kengaytirilib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish imkoniyati oshgan. ✔️ Yangi o‘quv binosining barpo etilishi maktabda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda ta’lim muassasasining mavjud quvvatini kengaytirishga xizmat qilmoqda. ✔️ O‘rganish yakunida obyektni samarali foydalanishga topshirish, yaratilgan imkoniyatlardan maqsadli foydalanish va bajarilgan ishlarning sifatini kelgusida ham ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
109
13
#doimiy_komissiya 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masa+4
#doimiy_komissiya 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔴 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi deputatlari, ekspert guruhi a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 🔴 Yig‘ilish kun tartibidan “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori talablariga muvofiq, Bag‘dod tumani hududidagi ko‘cha nomlarini davlat reyestriga kiritish masalasi o‘rin oldi. 🔴 Mazkur masala yuzasidan Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha Bag‘dod tumani hokimining maslahatchisi D.Abduqodirovaning axboroti tinglandi. Masala doimiy komissiya a’zolari va deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan fikr-mulohaza hamda takliflar ko‘rib chiqildi. ✅ Yig‘ilish yakunida ekspert guruhi a’zolari va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar inobatga olinib, ko‘rib chiqilgan masalani navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
59
14
🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz+4
🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
1
15
#doimiy_komissiya 🔴 Ayni paytda doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibidagi masala “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘ris+1
#doimiy_komissiya 🔴 Ayni paytda doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibidagi masala “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq, Bag‘dod tumani hududidagi ko‘cha nomlarini davlat reyestiriga kiritish to‘g‘risida Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha Bag‘dod tuman hokimining maslahatchisi D.Abduqodirovaning axboroti yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
55
16
#doimiy_komissiya 🔴 Ayni paytda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va
#doimiy_komissiya 🔴 Ayni paytda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 📊Kun tartibidagi masala “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq, Bag‘dod tumani hududidagi ko‘cha nomlarini davlat reyestiriga kiritish to‘g‘risida Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha Bag‘dod tuman hokimining maslahatchisi D.Abduqodirovaning axboroti tinglanmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
58
17
#24_masala #Kotibiyat_mudiri ✍️ 52-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI 🔽Xalq d+3
#24_masala #Kotibiyat_mudiri ✍️ 52-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI 🔽Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulovlar tomonidan 52-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. ➡️ O‘rganish jarayonida ta’lim tashkilotining mavsumga tayyorgarligi, xususan, isitish tizimlarining texnik holati, isitish vositalarining sozligi, yoqilg‘i zaxirasi, bino va xonalarning qish mavsumiga mosligi hamda xavfsizlik talablari ko‘rib chiqildi. ➡️ O‘rganish davomida tashkilotning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligida ayrim kamchilik va muammolar mavjudligi, mavjud holatni yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi aniqlandi. ➡️ Shuningdek, sovuq mavsumda tarbiyalanuvchilar va xodimlar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, isitish tizimlarining uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
110
18
#Biriktirilgan_loyiha #kotibiyat_mudiri PQ-393-SONLI QAROR ASOSIDA AMALGA OSHIRILGAN LOYIHA O‘RGANILDI 📌 O‘zbekiston Respubl+8
#Biriktirilgan_loyiha #kotibiyat_mudiri PQ-393-SONLI QAROR ASOSIDA AMALGA OSHIRILGAN LOYIHA O‘RGANILDI 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori asosida amalga oshirilgan loyihalardan biri Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan o‘rganildi. 📊 O‘rganish davomida Ultarma mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. 🔹Mazkur loyiha doirasida maktabning mavjud 120 o‘rinli binosi mukammal ta’mirlangan, shuningdek, zamonaviy talablarga javob beradigan qo‘shimcha 120 o‘rinli o‘quv binosi hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish maqsadida 12×30 metr o‘lchamdagi sport zali barpo etilgan. 🔹O‘rganish jarayonida obyekt doirasida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, loyiha talablarining bajarilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda obyektning belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. 🔹Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha natijasida maktabning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada yaxshilanib, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim olish sharoitlari yaratildi. 🔹Yangi o‘quv binosi va zamonaviy sport zalining foydalanishga topshirilishi maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularning jismoniy faolligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda. 🔹O‘rganish yakunida obyektning foydalanish samaradorligini ta’minlash, yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlarning sifatli saqlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
113
19
#24_masala #biriktirilgan_tashkilot 🇺🇿 FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining+4
#24_masala #biriktirilgan_tashkilot 🇺🇿 FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI. 📌 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “14-A.Ikromov” saylov okrugi deputati D.Xamraqulov hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan joriy yilning 27-avgust kuni “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Temir yo‘lchi” ko‘chasida navbatdagi “ko‘chama-ko‘cha” o‘rganish ishlari olib borilgan edi. 🔴 O‘rganishlar davomida mazkur ko‘chada yashovchi fuqaro T.Meliboyeva tomonidan yo‘lning bir qismida MAN rusumli yuk avtomashinasi shag‘al to‘kish jarayonida yo‘lga botib qolganligi, transport vositasini chiqarish jarayonida esa yo‘l qoplamasi kovlanib, natijada yo‘lning harakatlanish qismi to‘silib qolganligi ma’lum qilinib, ushbu muammoni bartaraf etish hamda transport vositalari harakatini tiklashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan edi. 🔴 Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etilib, aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga yo‘naltirildi. 🔴 Murojaat yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tegishli amaliy ishlar olib borilib, yo‘lning to‘silib qolgan qismi ochildi va harakatlanish uchun zarur sharoit yaratildi. Natijada mazkur hududda transport vositalarining erkin va xavfsiz harakatlanishi tiklandi. 🔴 Fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan muammo ijobiy hal etilib, murojaatchiga amaliy yordam ko‘rsatildi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
146
20
#Kengash_qarori_ijrosi ✍️ Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔽 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “16-Qo‘shchin+5
#Kengash_qarori_ijrosi ✍️ Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔽 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “16-Qo‘shchinor” saylov okrugi deputati F.Sarimsaqov hududiga kiruvchi “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengashning 2026-yil 6-iyundagi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi ta'minlanmoqda. 🔴 Mazkur qaror bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. 🔴 Qaror ijrosi doirasida "Qo‘shchinor" mahalla fuqarolar yig‘ini "G‘ayrat" ko‘chasining 700 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chaga shag‘allar to‘kilib tekkizlov ishlari amalga oshirilmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi ✅Telegram |✅ Facebook |🌐 Instagram |📹Youtube |🌐 kengash.gov.uz
85