en
Feedback
Shohzod Polatov | ScaleUp

Shohzod Polatov | ScaleUp

Open in Telegram

Marketolog | Tadbirkor Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman Bog‘lanish: @shohzodpolatov

Show more
2 980
Subscribers
+424 hours
-147 days
-1830 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+27
in 1 channels
August '26
+174
in 5 channels
Get PRO
July '26
+932
in 14 channels
Get PRO
June '26
+746
in 5 channels
Get PRO
May '26
+37
in 0 channels
Get PRO
April '26
+491
in 1 channels
Get PRO
March '260
in 2 channels
Get PRO
February '260
in 1 channels
Get PRO
January '260
in 5 channels
Get PRO
December '250
in 3 channels
Get PRO
November '250
in 3 channels
Get PRO
October '250
in 7 channels
Get PRO
September '250
in 2 channels
Get PRO
August '250
in 2 channels
Get PRO
July '250
in 0 channels
Get PRO
June '250
in 0 channels
Get PRO
May '25
+14
in 0 channels
Get PRO
April '25
+40
in 0 channels
Get PRO
March '25
+66
in 2 channels
Get PRO
February '25
+497
in 5 channels
Get PRO
January '25
+652
in 5 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
10 September0
09 September+6
08 September+2
07 September+3
06 September+3
05 September+4
04 September+3
03 September+1
02 September+2
01 September+3
Channel Posts
Agar ko'proq daromad olishni istasangiz, shunchaki narxlarni oshirishni to'xtating - mijozlar darajasini oshiring. Men buni o
Agar ko'proq daromad olishni istasangiz, shunchaki narxlarni oshirishni to'xtating - mijozlar darajasini oshiring. Men buni o'z tajribamdan tushunib yetdim. Yillar davomida bir xil odamlarga qimmatroq sotishga harakat qildim. Doimiy ravishda bitimlarni yo'qotdim, mavjud mijozlarni ushlab qolish uchun doim chegirmalar berdim. Bir kuni bozorni tahlil qilib, men ishlayotgan mijozlar auditoriyasi mening mehnatimni qadrlaydiganlar emas, balki «eng arzonini olaman» deydiganlar ekanligini bildim. Siz xuddi muz so'rab kelganlarga limonad sotayotgandeksiz. Men narxlarga bo'lgan qarashimni butunlay o'zgartirdim, chunki deyarli hech kim sizga buni aytmaydi. $500 lik mijoz $50 uchun tortishadi. $50 000 lik mijoz esa $5 000 uchun hatto ko'z ham yumib qo'ymaydi. Gap nafaqat raqamlarda - gap qaysi stolda, ya'ni qaysi maqsadli mijozlar auditoriyasida ekanligingizda. Arzon mijozlar har doim ham imkoniyati yo'qligi sababli tejashmaydi. Shunchaki ularning butun yondashuvi ko'proq narsa yaratishga emas, balki tejashga qaratilgan. Boyroq mijozlar qarorni tezroq qabul qilishadi, chunki ularning vaqti ko'pincha puldan qimmatroq turishini tushunishadi. Siz bir turdagi mijozni shunchaki muzokaralar orqali boshqasiga aylantira olmaysiz. Siz shunchaki boshqa xonaga kirishingiz kerak. Shuning uchun muz uchun kelganlarga limonad sotishga urinishni to'xtating. Limonad ichayotganlarni toping va ularning muammosini hal qiling. Scaleup | @scaleupuz

2
2022-yilda ta’lim bozoriga kirganimda Abdulhamid va Humoyunni tanidim. Ular kichkina bo’lsa-da, kalla va ishga chanqoqligi bilan ajralib turardi. Ko’pincha ularni “maqsad yosh tanlamaydi” degan gapimning benchmarki sifatida gapiraman. Performance marketing mutaxassisi. U sohasidagi asosiy muammoni yozib chiqqan: ko’pchilik shuni bilmasligi tufayli loyihalarda kelishuvlardan norozi bo’lmoqda. https://t.me/abdulhamidyakubov/548
774
3
Farzandingiz 12 yoshga kirganda unga qaysi sohani maslahat berasiz? Men shu savolga javob topolmay yuribman. Qizim 6 yosh, o'g'lim 4. Ular soha tanlaydigan yoshga yetguncha 6–8 yil bor. Bu muddat menga uzoq tuyulmayapti, chunki o'z mutahassisligimda bir yil ichida nima o'zgarganini ko'rib turibman. Loyihalarimda 15ga yaqin AI-agent ishlayapti. Hisobot yig'adi, raqobatchini kuzatadi, mijozga birinchi javobni beradi, jadvalni tozalaydi. Bu ishlarni ikki yil oldin stajyorga berar edik. Endi stajyor kerak emas. Kelgan kunidan agent bilan ishlay oladigan, ko'nikmasi tayyor odam kerak. Korxonalarga kirish eshigi yopilmadi, lekin ancha yuqoriga ko'chdi. Bizni ota-onamiz esa eski eshik uchun tayyorlagan. Onam aytardi: o'g'lim, universitetga kir, bo'lmasa ishsiz qolasan. O'sha davr uchun to'g'ri maslahat edi. Men 20 yoshimda akam bilan otamning videostudiyasini qabul qilib olib, hunar o'rganganman. Hunar ortidan yillik 400,000$ pul aylantirganmiz - o'sha hunar bilan. Bugun o'sha ishning ko'p qismini AI menga bir necha daqiqada qilib beradi. O'zim sinab ko'rdim. Mana shu yerdan qo'rquv boshlanadi. Farzandim 3 yil hunar o'rgansa, tengquri esa shu 3 yilni AI bilan ishlab o'tkazsa - 12 yoshda ikkovining natijasini yonma-yon qo'yib ko'ring. Kim oldinda bo'ladi? Rostini aytsam, bilmayman. Har oy yangi model, yangi agent, gumanoid robot chiqyapti. Bugun to'g'ri deb o'ylagan yo'nalishim ikki yildan keyin eskirib qolishi mumkin. Lekin bitta narsani o'z loyihalarimizda aniq ko'ryapman. Agent tez, arzon, charchamaydi. Faqat mas'uliyatni o'ziga olmaydi. Qaysi savolni berish kerak, javob to'g'rimi, natija uchun kim javob beradi - bu hali ham odamning ishi va shu ishga bolani hech qanday dastur o'rgatmaydi. Buni faqat ota-ona o'rgatadi. Shuning uchun o'z burchimni qayta yozdim. Farzandimga soha tanlab berish mening ishim emas - 6 yildan keyin qaysi soha qolishini bilmayman. Mening ishim - u qaysi sohani tanlamasin, o'sha sohadagi eng yangi instrumentni qo'rqmay qo'liga oladigan qilib o'stirish. Bu 12 yoshda boshlanmaydi. Bu men kechqurun uyga kelib, telefonimda AI bilan qanday ishlayotganimni unga ko'rsatgan kundan boshlanadi. O'zim bu ko'nikmani egallamasam, farzandimga bera olmayman. 34 yoshdagi ota uchun bu eng ochiq va eng og'ir haqiqat. Oralaringizda 30 dan oshgan ota-onalar bormi ? Sizda ham shu savol turadimi, yoki o'ylashga vaqt bo'lyaptimi? Kommentga yozing. Farzandga hunar berish - otalarimizdan qolgan burch. Hunarni almashtira olishni o'rgatish - bizning avlodga tushgan yangisi. ScaleUp | @scaleupuz
942
4
AI davrida muvaffaqiyatning asosi - yuqori agentlik (high agency), ya'ni muammoni mustaqil payqash va uni AI yordamida hal qilish qobiliyatidir. Hozirda texnologiya bilan qurish xarajatlari keskin kamaygani sababli, asosiy to'siq "qanday qurish" emas, balki "nimani qurishni tanlash" bo'lib qoldi. Shu sababli, faqat buyruq kutuvchi ijrochilar emas, balki o'z vazifasi doirasidan tashqariga chiqib, tashabbus bilan qaror qabul qiladigan mutaxassislar eng katta qiymat yaratadilar. Kelajakda ierarxik tizimlardan ko'ra, xodimlariga avtonomiya va AI bilan tezkor ishlash imkonini beradigan kompaniyalar g'olib bo'ladi. ScaleUp | @scaleupuz
1 435
5
Biznesda eng xavfli gap bu: "Biz doim shunday qilib kelganmiz"! Ko'p kompaniyalar muammolarni tizim yo'qligidan emas, balki eski usullarga juda uzoq yopishib olgani uchun to'plashadi. Bir paytlar yaxshi foyda bergan reklama, g'oya yoki sotuv strategiyalari vaqt o'tib shubhasiz haqiqatga aylanib qoladi. Lekin bozor va mijozlar o'zgaryapti, texnologiyalar o'sib boryapti, eski ish uslubi esa o'sha-o'sha qolyapti. Oqibatda, oldin kompaniyani muvaffaqiyatli qilgan narsalar endi uni yiqita boshlaydi. Boshqacha yo'l tutib ko'ring: Birinchidan, yillar davomida o'zgarmagan ish usullaringizni qaytadan ko'rib chiqing. O'zingizga oddiy savol bering: "Agar bugun ishni noldan boshlaganimizda, yana shunday qilgan bo'larmidik?". Ikkinchidan, odatni natijadan ajratishni o'rganing. Ish uslubini faqat o'rganib qolganingiz uchun saqlab qolmang. Agar u hali ham eng yaxshi natijani berayotgan bo'lsa, shundagina uni qoldiring. Uchinchidan, yangilanishni ishning bir qismiga aylantiring. Har necha oyda bir marta nimani olib tashlash, qayerini avtomatlashtirish, soddalashtirish yoki almashtirish mumkinligini tekshirib turing. Eng katta xavf ishlayotgan narsani o'zgartirishda emas, balki u doimiy ishlayveradi deb o'ylashdadir. ScaleUp | @scaleupuz
1 486
6
93% konversiya raqamini men marketingning yutug'i deb aytolmayman. 234 tashrifdan 217 shartnoma - bu marketing, qabul va o'qi
93% konversiya raqamini men marketingning yutug'i deb aytolmayman. 234 tashrifdan 217 shartnoma - bu marketing, qabul va o'qituvchilar bir zanjirda ishlagani uchun chiqdi. Bitta bo'lim yolg'iz zo'r ishlasa - bu ko'rsatkich. Hamma bo'lim birga ishlasa - bu natija. 1-sentyabr: 1400 o'quvchi. O'yin hali tugagani yo'q. ScaleUp | @scaleupuz
1 417
7
Biznesni barbod qilishning eng tez yo‘li - unga to‘xtovsiz ravishda yangi KPI ko‘rsatkichlarini qo‘shishdir ! Ko‘pgina tadbirkorlar nazoratni kuchaytirish uchun raqamlar ko‘p bo‘lishi kerak deb xato o‘ylashadi. Natijada har bir bo‘lim o‘zining alohida maqsadiga intiladi: marketing ko‘proq odam olib kelishi, sotuv bo‘limi tushumni ko‘paytirishi, call-centre esa muammolarni tezroq yopishi kerak bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan xodimlar biznesning umumiy manfaatiga zarar yetkazsa ham, o‘z rejalarini bajarish yo‘lini topishadi. Marketing sotib olmaydigan sifatsiz mijozlarni yig‘adi, sotuvchilar katta chegirmalar hisobiga foydasiz bitimlar tuzadi, call-centre esa muammo hal bo‘lmasidan turib murojaatni yopib yuboradi. Hamma o‘z KPI ko‘rsatkichini bajaradi, lekin biznes baribir yutqazadi. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun quyidagilarga amal qiling: ⚪️Har bir KPI-ni biznesning real natijasiga bog‘lang. Shunchaki hisoblash oson bo‘lgani uchun quruq faollikni o‘lchamang. ⚪️Qarshi ko‘rsatkichni kiriting. Masalan, tushumni foyda bilan, yangi mijozlarni ularning sotib olish darajasi bilan, ish tezligini esa mijozning mamnunligi bilan birga baholang. ⚪️KPI xodimlarda qanday xulq-atvorni shakllantirayotganini kuzating. Odamlar siz nimani rag‘batlantirsangiz, aynan o‘sha narsani yaxshilashga intilishadi. Shuning uchun ko‘rsatkichning bajarilishi biznes uchun haqiqiy foyda keltirishi kerak. KPI - bu shunchaki raqam emas, balki jamoangizga nima aslida muhimligini ko‘rsatib beruvchi yo‘riqnomadir. ScaleUp | @scaleupuz
1 302
8
So'nggi paytlarda menga eng ko'p keladigan xabar shunday: «Aka, aylanma bor, oy oxirida pul qolmayapti, qayerga ketayotganini tushunmayapman». Har safar boshqa odam, boshqa soha, deyarli bir xil so'zlar. O'sha odam menga yozgunicha o'nlab post o'qigan, kurs ham ko'rgan. Natija bo'lmagan. Sababi oddiy: umumiy maslahat sizning raqamingizni ko'rmaydi. U o'rtacha odamga gapiradi. Oxirgi oylarda konsultatsiya so'rovlari ko'paydi, hammasiga ulgurmayman - individual ish bir vaqtda bitta odamga yetadi. Shuning uchun boshqacha qilaman. 1-sentyabrdan o'n kun davomida bepul ochiq razbor o'tkazaman. Nomi - ScaleUp Auditor. Har kuni bitta soha: sizning keysingiz va raqamlaringiz bilan ochiq tahlil. Ertasiga o'sha soha bo'yicha ishlaydigan insight va bitta instrument chiqaraman - o'z loyihalarimda sinaganimni. Izohga yozing, qolgan tafsilotni shaxsiy xabarda so'rayman. Nomingiz oshkor qilinmaydi. Joy atigi 10ta. O'n kundan keyin sizda ilhom emas, aniq tashxis va qo'lda ishlaydigan instrument qoladi. Ko'rinmagan muammo o'z-o'zidan tuzalmaydi. U shunchaki har oy pulingizni olib turaveradi. Namuna: Auditor Soha: Marketing agentligi Biznesi bor tanishingizga yuboring - o'sha 10 tadan biri u bo'lishi mumkin ! ScaleUp | @scaleupuz
180
9
Sotuvning birinchi qoidasi mijozga yoqish deb o’ylab yurdim. Yillar kerak bo’ldi tushunishimga: bu ikkinchi qoida ekan. Birinchisi boshqacha. Avval siz mijozni yoqtirasiz va buni unga sezdirasiz. Odam buni sezgan zahoti himoyasini o’zi tushiradi. Chunki bizni yoqtirgan odam bizga yomonlik qilmasligini ichimizda bilamiz. 2024-yil fevral. Katta korxonaga suhbatga chaqirishdi. Boshqalar bunday paytda kompaniyani o’rganadi, men esa rahbarni o’rgandim. Qaror qabul qiladigan odam u edi, kompaniya emas. Bitta narsa topdim. Biz bir mahalladan ekanmiz. Suhbat quruq boshlandi. Savol, javob. Bir payt gap aylanib kelganda shu narsani aytdim. Rahbarning yuzi o’zgardi. Yarim soatga belgilangan suhbat to’rt soat davom etdi. O’sha yerda ikki yil ishladim. Keyin bilsam, u kishi hech kim bilan bunaqa ochiq gaplashmas ekan. Meni boshqalardan ajratib turgani na diplom, na tajriba. Bitta umumiy nuqta. Faqat bir shartim bor. O’sha nuqta rost bo’lsin. Mahallani to’qisangiz, birinchi savoldayoq qulaysiz va ishonch o’rniga shubha olasiz. Katta uchrashuv oldidan taklifingizni emas, odamni o’rganing. Bitta rost umumiy nuqta yetadi. Odamlar mahsulotga ha demaydi. O’ziga o’xshagan odamga ha deydi. Muzokaraga tayyorlanayotgan tanishingizga yuboring. Scaleup | @scaleupuz
1 400
10
Iyunda 100 ga yaqin shartnoma. Iyulda 500. Avgustda 700 dan oshdi. Ko'pchilik bunday raqamni ko'rsa, birinchi bo'lib byudjetni so'raydi. Biz esa butun yoz davomida ikkita boshqa raqamni kuzatdik. Kelgan odamdan shartnomaga: iyunda 15%, iyulda 45%, avgustda 80%. Bir mijozning narxi: 1 250$, keyin 490$, keyin 92$. Bu yerda sehr yo'q. Iyunda biz ko'proq odam chaqirishga urinardik. Keyin savolni almashtirdik: nega kelgan odam ketib qolyapti. O'sha savolga javob topgan kunimizdan boshlab narx o'zi tusha boshladi. Mijoz narxi 13 barobar kamaydi. Endi rostini ayting. Sizda shu uchta raqam bormi. Oyma-oy, yozib qo'yilgan holda. Agar yo'q bo'lsa, siz biznesni boshqarmayapsiz, unga umid qilyapsiz. Bugun o'tiring va bitta oyni hisoblang. Bir soat yetadi. Ishoning, ko'rgan narsangiz sizni ancha vaqtga o'ylantiradi. O'sish ko'proq harakatdan emas, to'g'ri savoldan boshlanadi. Shu raqamlarni hali sanamagan tanishingizga yuboring. Scaleup | @scaleupuz
1 558
11
Ta'tilga chiqsangiz, biznesingiz necha kun mustaqil yashaydi? Javobni aytmang. Shunchaki bir raqam o'ylang - post oxirida unga qaytamiz. 20 yoshda akam bilan otamizning videostudiyasini qabul qilib oldik - keyinchalik u Shohona Creative Group bo'ldi. Aylanma o'sdi, jamoa kattalashdi. Lekin bitta narsa o'zgarmadi: har bir narx, har bir kelishuv men orqali o'tardi. Studiya o'sayotgandek tuyulardi. Aslida o'sayotgani men edim. Bu farqni Mustafa loyihamizni ochganimizda tushundim. Kafe men zalda bo'lsam ham, bo'lmasam ham ishlayveradi. Sodiq School'da ham shunday. Farq iste'dodda emas. Farq - tizimda. Mana bugun o'zingiz o'tkaza oladigan 4 ta tekshiruv: ⚪️Oxirgi haftada sizdan so'ralgan savollarni yozib chiqing: qaysi biri menga kelishi shart edi ? Yarmidan ko'pi shart bo'lmasa - sizda biznes emas, navbat bor. ⚪️Har bir bo'lim uchun bitta savol: natijasini kim o'lchaydi ? «Men» bo'lsa - bo'lim mustaqil emas. «Hech kim» bo'lsa - bo'lim umuman yo'q. ⚪️Ertaga bitta xodimingiz ketsa, o'rniga kelgan odam nimadan boshlaydi? «Men tushuntiraman» bo'lsa - jarayon sizning boshingizda. Bosh esa omborxona emas. ⚪️Ikki hafta aloqasiz ta'til. Qaytganingizda uch manzaradan biri bo'ladi. Hammasi to'xtagan. Hammasi eskicha ishlagan. Yoki bir nechta qaror sizsiz qabul qilingan va to'g'ri chiqqan. Uchinchisi - tizim ishlayotganining yagona isboti. Bu tekshiruvni doim qilaman. Har safar kamida bitta joyda «men» chiqadi - o'sha joy keyingi chorakning vazifasi bo'ladi. Endi boshidagi raqamingizga qayting. O'zgarmadimi ? Ishingizni shunday quringki, natija sizsiz ham o'ssin. Aks holda siz biznes qurmagansiz - o'zingizga ish o'rni ochgansiz. Scaleup | @scaleupuz
1 852
12
BYD Yevropa bozoriga eshikni kim orqali ochganini bilarmidingiz? 7-may kuni Xitoy kompaniyasi bu reklamani e'lon qildi va ko'
BYD Yevropa bozoriga eshikni kim orqali ochganini bilarmidingiz? 7-may kuni Xitoy kompaniyasi bu reklamani e'lon qildi va ko'p muhokamalarga sabab bo'ldi Xitoy tomoni uchun biz bilgan "ingliz 007 agenti" juda muvafaqqiyatli bo'ldi, pulini keragidan ortiq oqlagan bo'lishi kerak Lekin, Angliya va shu atrofdagilarda g'alati savollar uyg'ongan. Masalan ba'zilar: Reklama haqida to'liqroq Kreativ reklamalar kanalida: https://t.me/+EPB_wSpoBDYzM2Zi
1 743
13
Oxirgi paytlarda o‘zim ham, atrofimdagi ko‘pchilik ham bir narsani - tinimsiz yugurish, ish va majburiyatlar girdobida aslida nima muhim ekanini unutib qo‘yayotganimizni juda qattiq his qilyapman. Shu mavzuda o‘qib, yuragimdan o‘tgan bir haqiqatni sizlar bilan bo‘lishgim keldi. Avstraliyalik hamshira Bronnie Ware umrining oxirgi haftalarini yashayotgan insonlar bilan ishlab, ulardan bitta savol so‘ragan: Hayotingizda nimadan afsuslanasiz ? Psixologik nuqtai nazardan qaraganda ham, bu insonlarning oxirgi daqiqalardagi e’tiroflari - biz bugun yo‘l qo‘yayotgan eng katta xatolarimizning xaritasi. Mana o‘sha eng kuchli 5 ta afsus: ⚪️Boshqalar kutgan hayotni yashaganimiz. Eng katta og‘riq - o‘z orzularimizni chetga surib, jamiyat yoki yaqinlarimiz qoliplariga moslashib yashab o‘tish ekan. Odamlar ketish oldidan o‘z xohishlarini sinab ham ko‘rmaganidan kuyunishadi. ⚪️Haddan tashqari ko‘p ishlaganimiz. Buni parvarishdagi barcha erkaklar aytishgan. Hech kim o‘lim to‘shagida "ofisda ko‘proq o‘tirganimda edi" demagan. Aksincha, bolalarining ulg‘ayishini va yaqinlarining yonida bo‘lishni boy berganidan afsuslanishgan. ⚪️His-tuyg‘ularimizni ichimizga yutganimiz. Munosabatlar buzilmasligi, tinchlik bo‘lishi uchun ko‘p narsani aytmaganmiz. Lekin o‘sha bosilgan hissiyotlar oxir-oqibat insonni ichdan yeb bitiradi. ⚪️Do‘stlar bilan aloqani uzib yuborganimiz. Hayot qaynagan paytda ish va muammolar birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo so‘nggi daqiqalarda odamlar boylikni emas, yillar oldin yo‘qotgan qadrli do‘stlarini eslashadi. ⚪️Baxt tanlov ekanini kech anglaganimiz. Ko‘pchilik baxtni qandaydir shartlarga bog‘lab qo‘yadi. Aslida esa o‘ziga baxtli bo‘lishga ruxsat berish - bu har bir kunimizdagi ongli tanlov. Bu ma’lumotni o‘qib, o‘zimga ham to‘xtash kerakligini aytdim. Biz ko‘pincha ertangi kun uchun deb bugungi hayotimizni, yaqinlarimizni va eng asosiysi - o‘zimizni yo‘qotib qo‘yyapmiz. Siz oxirgi marta o‘zingiz xohlagandek, yuragingiz aytgandek yashaganingizni qachon his qildingiz ? Scaleup | @scaleupuz
1 866
14
Harakatda sabrsiz bo’l, natijada sabrli. Ko’pchilik teskari qiladi. Boshlashda sabrli: - Hozir emas; - Yana o’ylab ko’ray; - Jamoa to’liq bo’lsin; Natijada sabrsiz: reklama 3 kun ishladi - foydasi yo’q; kontent 2 hafta chiqdi - ishlamas ekan; Shu bitta almashuv yillaringni yeydi. To’g’ri tartib: reja 70% aniq bo’lsa - bugun boshla. Boshlagandan keyin - natijaga o’z muddatini ber. Reklama haftalarda, kontent oylarda, ishonch yillarda pishadi. Bu muddatni sabrsizlik qisqartirmaydi - faqat buzadi. Kechikkan harakat uchun o’zingni jazola. Kutilayotgan natija uchun o’zingga vaqt ber. Scaleup | @scaleupuz
1 621
15
So'rovnoma bitta narsani ko'rsatdi: bu bozor ikkiga bo'lingan. Bir tomonda - 28%. Ular 50$ dan arzon jalb qilyapti (yoki shunday deb o'ylayapti - bunga qaytaman). Ikkinchi tomonda - 22%. Ular umuman hisoblamaydi. Bu ikki guruh bir xil bozorda, bir xil ota-onalar uchun, ko'pincha bir xil ko'chada raqobatlashadi. Lekin ular boshqa-boshqa o'yin o'ynayapti. Birinchi guruh byudjetni boshqaradi. Ikkinchi guruh byudjetni sarflaydi. Bizniki: iyulda 173$, avgustning 20 kunida 97$. Byudjet kamaymagan - voronka o'zgargan. Nima o'zgarganini keyingi postda yozaman. Lekin bugun 28% ga bitta savolim bor, chunki men bu raqamga to'liq ishonmadim. Siz CAC ni qanday hisobladingiz? - Qayta shartnomalar ham shu raqamga kiryaptimi? - Marketing jamoasining maoshi ichidami? - Bu CAC mi yoki CPL mi? Bu uchta savol raqamni 5 barobar o'zgartiradi. Menikida: faqat yangi shartnomalar, faqat reklama byudjeti, maoshsiz. Agar shu bir xil metodologiyada sizniki biznikidan yaxshi bo'lsa - men sizdan o'rganishga tayyorman va buni ochiq aytaman. Scaleup | @scaleupuz
500
16
Qabul mavsumi yopilyapti, shuning uchun to'g'ridan-to'g'ri yozaman.
737
17
Mutaxassisning asosiy valyutasi: Ishonch Mutaxassis uchun eng qimmatli aktiv - bu ishonch. Odamlar nima uchun Google / AI dan emas, aynan sizdan maslahat so‘rashadi ? Chunki ular sizning haqqoniyligingizni, bilmagan narsangizni bilaman demasligingizni yaxshi bilishadi. Bu ishonch esa ertaga real natija va daromadga aylanadigan yagona kapitaldir. Ishonch qanday qozoniladi? CMO bo‘lib ishlagan davrimdagi bir voqea buni yaqqol ko‘rsatgan. Stolda 258.000$ reklama kampaniyasi loyihasi turardi. Rahbarga kirib aniq strategiyani aytdim: “Shu aktivlikni yoqsak, rejamizni 90% bajaramiz va asosiy hududlarda savdo ko’rsatkichlarini saqlab qolamiz.” Rahbar hisob-kitoblarga emas, ko‘zimga tikilib bitta savol berdi: “Agar effekt bermasa - zararga sherik bo‘lasanmi?” Bu moliyaviy xavfni o‘lchash emas, qat’iyatni sinash edi. Unga shunday javob berdim: “Zararga moddiy sherik bo‘lishim qiyin, lekin bir kvartal davomida loyihadan bir tiyin olmayman - tekinga ishlayman.” Rahbar ko‘zimdagi ishonchni ko‘rdi va loyiha tasdiqlandi. Natija ham kutilganidek chiqdi - chunki men mahsulotni shunchaki sotmagan, unga o‘zim ham 100% ishongan edim. Rahbarlar chiroyli slaydlarga emas, mas’uliyatni yelkasiga olishga tayyor mutaxassisga tayanadi. Biznesda "Skin in the game" - har qanday quruq hisobotdan kuchliroq argument. Ishonch bir soniyada qanday yo‘qoladi? Aksincha, media loyihamning so’nggi davrlarida imkoniyatimdan katta mas’uliyatni zimmamga olar edim. Ich-ichimdan resurs yetmasligini sezib tursam-da, mijozga: “Uddalaymiz”, - derdim. Bu sohadagi eng og‘ir xotiralarim aynan shu davrga to‘g‘ri keladi. Xatolarni tahlil qilib, kuchli va zaif taraflarimni qayta ko‘rib chiqish kerak. Lekin bitta qoidani umrbod angladim: yo‘qotilgan ishonchni qaytarish ikki karra emas, o‘n karra ko‘p mehnat talab qiladi. Yillar davomida ter to‘kib yig‘ilgan obro‘ bitta yengiltak va’da tufayli yo‘q bo‘lishi mumkin. E’tiqod va obro‘ga yolg‘on aralashdimi - u qadriyat emas, shunchaki pufakka (bubble) aylanadi. Ertami - kechmi u baribir yoriladi. Yorilgan pufakni esa qaytadan shishirib bo‘lmaydi. Scaleup | @scaleupuz
1 963
18
No text...
2 055
19
Eng qimmat qarorlaringiz qayerda tug’iladi? Oxirgi 5 yillik kuzatuvim: birorta ham strategik yechim operatsion shovqin ichida tug’ilmagan. Bironta ham. Menga tez-tez aytishadi: “Sizga mazza - shanba-yakshanba muammo bo’lsa ham yo’q bo’lib ketasiz.” Ha. Bir necha yildan beri ataylab shunday qilaman. Sabab oddiy: muammoning yechimini muammoning ichida turib topolmaysiz. Miya ham telefonga o’xshaydi - kesh to’lsa, qotadi. Xotira to’lsa, sekinlashadi. Farqi shundaki, telefonni tozalashni bilamiz, miyani esa yillab tozalamay ishlatamiz. Oxirgi 10 kunda ta’lim loyihalarimizda mutaxassislar bu mavsumda bozorni o’zgartirganimizni, og’riqni aniq topganimizni va natija ham shuni tasdiqlayotganini aytishdi. Ular bilmagan bitta narsa - bu g’oyalarning manbai qattiq mehnat emas, xotirjamlik edi. Ko’pchilik natijaga erisholmayotganining sababi mehnat kamligi emas. Xotirjamlik yo’qligi. 12 soat band miya bitta ham yangi fikr bermaydi. Formula sinalgan: strategiyaga kuniga 2-3 soat, haftada 5 kun - yetadi. Qolgan vaqt — nazoratga. Dam olish kunlari esa miyani loyihadan butunlay uzing. Aynan o’sha 2 kunda yechimlar o’zi kela boshlaydi. O’zingizga dam bering. Bu dangasalik emas - bu strategiya. Scaleup | @scaleupuz
2 114
20
Yangi tanishuvlarda shunchaki eslab qolingan emas, yodda qoladigan suhbatdosh bo'lish uchun bir nechta oddiy qoidalarga amal qilish yetarli: ⚪️ Hikoyani toping: Uchrashuvdan oldin suhbatdoshingizning rezyumesini emas, uni nima qiziqtirishini surishtiring. Suhbat bir joyda to'xtab qolsa, shu narsa qutqaradi. ⚪️Ko'proq tinglang: 80% tinglab, 20% gapiring. To'g'ri savollar yoqimli qiladi, o'zingiz haqingizda o'rinli gapirish esa yaqinlashtiradi. ⚪️100% e'tibor bering: Telefonni bir chetga surib, ko'z to'qnashtiring. Hayotda chinakam e'tibor ko'rganlar kam - shuning o'ziyoq esda qolishga yetadi. ⚪️Me'yorida ochiling: Qadriyat va qarashlaringiz haqida gapiring, lekin birinchi uchrashuvdayoq hamma sirni to'kib solmang. ⚪️Jonli javob bering: Quruq mutaxassisman deyish o'rniga, nima bilan shug'ullanasiz va buni nega yaxshi ko'rasiz - shu haqda ayting. Bu suhbatga yangi rang beradi. Hamma joyda ko'rinish boshqa, o'zgacha bo'lib esda qolish butunlay boshqa narsa. Yaqinlaringizga ulashib qo’ying ! Scaleup | @scaleupuz
2 099