Shohzod Polatov | ScaleUp
الذهاب إلى القناة على Telegram
Marketolog | Tadbirkor Marketingni biznesga aylantirish haqida yozaman Bog‘lanish: @shohzodpolatov
إظهار المزيد2 959
المشتركون
+1624 ساعات
+6677 أيام
+84830 أيام
جاري تحميل البيانات...
القنوات المماثلة
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
أغسطس '26
أغسطس '26
+4
في 0 قنوات
يوليو '26
+932
في 13 قنوات
Get PRO
يونيو '26
+746
في 5 قنوات
Get PRO
مايو '26
+37
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+491
في 1 قنوات
Get PRO
مارس '260
في 2 قنوات
Get PRO
فبراير '260
في 1 قنوات
Get PRO
يناير '260
في 5 قنوات
Get PRO
ديسمبر '250
في 3 قنوات
Get PRO
نوفمبر '250
في 3 قنوات
Get PRO
أكتوبر '250
في 7 قنوات
Get PRO
سبتمبر '250
في 2 قنوات
Get PRO
أغسطس '250
في 2 قنوات
Get PRO
يوليو '250
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '250
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '25
+14
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+40
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '25
+66
في 2 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+497
في 5 قنوات
Get PRO
يناير '25
+652
في 5 قنوات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 01 أغسطس | +4 |
منشورات القناة
+9
$2 yoki $41 ?
Ikkalasi ham bir o'quv markazga bir mijoz narxi. Bir xil platforma, bir xil bozor.
Stomatologiyada: $6.7 yoki $150.
Maktabda: $11 yoki $313.
Ko'chmas mulkda: $71 yoki $4 200.
Farq 20 baravar. Va bu byudjetdan emas - kreativ, taklif va sotuv tezligidan.
O'zbekiston bozori bo'yicha 10 ta soha uchun Meta Ads benchmark.
Best case va normal.
Raqamlaringizni oching va solishtiring.
Agar sizniki normal dan ham baland bo'lsa - siz reklama bermayapsiz, pul yoqyapsiz.
Biznes egasiga va soha mutaxasisslariga yuborib qo’ying !
Scaleup | @scaleupuz
| 2 | Raqobatchilarni tahlil qilish ilgari bir hafta olardi. Endi soat 8:00 da stolimda turadi.
Ilgari bu ish odamga bog’langan edi. Xodimga topshirasiz, u bir hafta, ba’zan bir oy yig’adi. Natijada qo’lingizga qalin prezentatsiya keladi. Ochasiz - ma’lumot allaqachon eskirgan.
Endi men kunimni raqobatchilar hisoboti bilan boshlayman. Har kuni, ertalab soat 8:00 da. Buni menga agent tayyorlab beradi.
U nima qiladi? Raqobatchilar kanaliga kirib savol beradi. Yangi offerlarini o’rganadi. Hammasining taklifini solishtiradi. Va oxirida aytadi - bugun aynan qaysi nuqtaga e’tibor berishim kerak.
Bugungi hisobotdan nima chiqdi, ko’rsataman.
6 ta raqobatchi maktab. 143 ta yangi post. 895 ta post baholandi. Va 147 ta soxta taktika belgisi topildi.
Soxta deganda nima? Uydirma taqchillik. Sotib olingan ijtimoiy dalil. Ichi bo’sh avtoritet. Bitta raqobatchida kontentning 33 foizi shunday. Bizda 8 va 10 foiz.
Lekin eng qimmat topilma boshqa joyda edi.
Agent barcha raqobatchilarni 30 ta psixologik instrument bo’yicha xaritaga soldi. Kim nimaga tayanadi. Va bitta bo’shliq ochildi: hech kim yo’qotish og’rig’i va to’lov og’rig’i bilan ishlamayapti.
Hammasi avtoritet va taqchillikni takrorlayapti, bir xil qatorda turibdi.
Demak o’sha maydon bo’sh. Va u bo’sh turganini bilgan odam u yerga birinchi bo’lib kiradi.
Shu bitta xulosa uchun ilgari bir oy kerak edi. Bugun u ertalabki kofegacha stolimda turgan.
Endi asosiy fikr.
Bozorda eng katta byudjetli yutmaydi. Eng ko’p gapiradigan ham yutmaydi. Bozorda diqqati, fokusi va tahlili bor odam yutadi. Chunki qolganlar taxmin qiladi, u esa biladi.
Raqobatchingiz bugun nima qildi?
Qaysi offerni chiqardi?
Nimani takrorlayapti va qayerni bo’sh qoldiryapti?
Bu savollarga javobingiz bo’lmasa, siz bozorda emas, o’z tasavvuringizda ishlayapsiz.
Scaleup | @scaleupuz | 1 135 |
| 3 | Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument
Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol.
⚪️Yakor effekti
⚪️Decoy (aldov varianti)
⚪️Yo'qotish og'rig'i
⚪️Egalik effekti
⚪️Ijtimoiy dalil
⚪️Taqchillik
⚪️Veblen effekti
⚪️IKEA effekti
⚪️To'lov og'rig'i
⚪️Eksklyuzivlik
⚪️Tanlov falaji
⚪️Ramka effekti
⚪️Von Restorff
⚪️Avtoritet
⚪️Qarz hissi
⚪️Yoqimli kutilmaganlik
⚪️Charm pricing (9 effekti)
⚪️Default effekt
⚪️Zeigarnik effekti
⚪️FOMO
⚪️Pratfall effekti
⚪️Yangilik effekti
⚪️Aniqlik effekti
⚪️Halo effekti
⚪️Kognitiv yengillik
⚪️Kontrast prinsipi
⚪️Maqsad yaqinligi
⚪️Hikoya ustunligi
⚪️Goodhart tuzog'i
⚪️30 ta instrumet bitta promptda
Faqat bitta shart bor. O'qib qo'yish yetmaydi. Ochib, bittasini bugun o'z biznesingizga qo'llash kerak. Bitta instrument, bitta hafta, bitta o'lchov. Keyin ikkinchisi.
Bilim natija bermaydi. Qo'llangan bilim beradi.
Ushbu ro'yxatni o'zingizga saqlang va marketing bilan shug'ullanadigan tanishingizga yuboring - unga aynan shu kerak.
Scaleup | @scaleupuz | 15 265 |
| 4 | +1 30/30
Yakuniy post: 30 instrument - bitta qurol!
30 kun oldin va'da bergandim: 30 kun, 30 instrument. Bugun oxirgisi. Lekin ro'yxat bilan xayrlashmayman - sizga o'z ish qurolimni beraman.
Bu 30 instrumentni men ikki joyda ishlataman: raqobatchilar tahlilida va yangi offer yaratishda. Ilgari qo'lda, kunlab qilar edik, endi AI bilan, bir soatda. Quyida o'sha qurolning o'zi.
Ikkita narsa olasiz.
Instruktsiya - Claude Cowork yoki Project'ga bir marta o'rnatasiz, u doimiy marketing strategingizga aylanadi.
Tayyor prompt - istalgan AI'ga tashlab, darrov offer olasiz. Ikkalasi inglizcha, lekin xotirjam bo'ling, u siz bilan o'zbekcha gaplashadi.
Ishlatishdan oldin 5 qoida:
1. To'liq nusxalang. Har instrumentning chegarasi yozilgan. Aynan chegaralar xato natijadan asraydi.
2. Ma'lumotni aniq bering. Ayniqsa mijozingizning uyqusiz kechasini - butun offer shundan quriladi.
3. Birinchi javobga qanoat qilmang. AI 7 instrument tanlaydi. Har biridan "nega?" deb so'rang. Siz 30 kun o'qidingiz, endi tekshira olasiz.
4. Ethics Check'ni o'chirmang. Soxta taqchillik, yolg'on raqam, tuzoq - hammasi tekshiriladi. Bir marta yolg'onda ushlangan brend qaytib turmaydi.
5. Ovozni o'zingiz bering. AI struktura beradi, ohang sizniki. Instrument o'zgarmaydi, ovoz sizniki bo'lsin.
Endi promptning ichiga qarang. Birinchi qadam - raqobatchilar qatorini topish, bu Von Restorff. Faqat 7 instrument tanlashi - Tanlov falajini o'zimizga qo'llash. Narxda Yakor, Aldov, Kontrast, 9 effekti. Matnda Kognitiv yengillik, Aniqlik, Hikoya.
Bitta promptning ichida butun seriya yotibdi. 30 instrument - nayranglar to'plami emas, bitta tizim. Isboti shu.
Scaleup | @scaleupuz | 1 993 |
| 5 | +1 30/30
Yakuniy post: 30 instrument - bitta qurol!
30 kun oldin va'da bergandim: 30 kun, 30 instrument. Bugun oxirgisi. Lekin ro'yxat bilan xayrlashmayman - sizga o'z ish qurolimni beraman.
Bu 30 instrumentni men ikki joyda ishlataman: raqobatchilar tahlilida va yangi offer yaratishda. Ilgari qo'lda, kunlab qilar edik, endi AI bilan, bir soatda. Quyida o'sha qurolning o'zi.
Ikkita narsa olasiz.
Instruktsiya - Claude Cowork yoki Project'ga bir marta o'rnatasiz, u doimiy marketing strategingizga aylanadi.
Tayyor prompt - istalgan AI'ga tashlab, darrov offer olasiz. Ikkalasi inglizcha, lekin xotirjam bo'ling, u siz bilan o'zbekcha gaplashadi.
Ishlatishdan oldin 5 qoida:
1. To'liq nusxalang. Har instrumentning chegarasi yozilgan. Aynan chegaralar xato natijadan asraydi.
2. Ma'lumotni aniq bering. Ayniqsa mijozingizning uyqusiz kechasini - butun offer shundan quriladi.
3. Birinchi javobga qanoat qilmang. AI 7 instrument tanlaydi. Har biridan "nega?" deb so'rang. Siz 30 kun o'qidingiz, endi tekshira olasiz.
4. Ethics Check'ni o'chirmang. Soxta taqchillik, yolg'on raqam, tuzoq - hammasi tekshiriladi. Bir marta yolg'onda ushlangan brend qaytib turmaydi.
5. Ovozni o'zingiz bering. AI struktura beradi, ohang sizniki. Instrument o'zgarmaydi, ovoz sizniki bo'lsin.
INSTRUKTSIYA.md file da
TAYYOR PROMPT.md file da
Endi promptning ichiga qarang. Birinchi qadam - raqobatchilar qatorini topish, bu Von Restorff. Faqat 7 instrument tanlashi - Tanlov falajini o'zimizga qo'llash. Narxda Yakor, Aldov, Kontrast, 9 effekti. Matnda Kognitiv yengillik, Aniqlik, Hikoya.
Bitta promptning ichida butun seriya yotibdi. 30 instrument - nayranglar to'plami emas, bitta tizim. Isboti shu.
@scaleupuz | 51 |
| 6 | Raqamlarini ko’rmayotgan biznes pulini shunchaki yo’qotadi.
Jamoa bilan dashboardni tugatdik. Tayyor shablon emas - har bir biznesga alohida yig’iladi.
Nimalar bor:
⚪️Hamma raqam bitta ekranda, har minutda yangilanadi
⚪️AI o’zi aytadi: nima yomon ketyapti, qayerdan pul chiqadi
⚪️Sotuvchilar kim qanday ishlayapti, lidlar qayerda qotib qolgan
⚪️Instagram, Telegram, YouTube, SEO, reklama - qancha berdingiz, qancha odam keldi
⚪️Open Day: yozildi → keldi → shartnoma qildi, qayerda yo’qotyapsiz
⚪️Kun, oy, chorak, yil bo’yicha ko’rish
O’quv markazlar, til markazlar va xususiy maktablar uchun juda mos.
Pulingiz qayerga ketayotganini bilmasangiz - u ketaveradi.
Izohga “DASHBOARD” deb yozing.
Scaleup | @scaleupuz | 1 499 |
| 7 | 29/30
Goodhart tuzog'i
Tanish suhbat. Rahbar so'raydi, bu oy natija qanday? Marketolog javob beradi, zo'r, 50 ming yangi obunachi, million ko'rish, like'lar rekord urdi. Rahbar ikkinchi savolni beradi, sotuv qancha oshdi?
Jimlik.
Mana shu jimlikning nomi bor. Goodhart qonuni. Iqtisodchi Charlz Gudxart aytgan: o'lchov maqsadga aylansa, u yaxshi o'lchov bo'lishdan to'xtaydi.
Gapning ma'nosi oddiy. Ko'rsatkich aslida termometr. U holatni ko'rsatishi kerak. Lekin siz termometrni maqsad qilsangiz, odamlar isitmani emas, termometrni tuzatishni boshlaydi.
Bemor kasal, lekin gradusnik chiroyli raqam ko'rsatyapti.
Hayotdan olaylik, hammamiz ko'rgan manzaralar.
Telegramda konkurs. iPhone yutib oling, obuna bo'ling. Obunachi ikki hafta ichida 100 mingga chiqadi. Rahbariyat xursand, jamoa mukofot oladi. Uch oydan keyin qarasangiz, postlarni uch ming odam ko'radi. Qolgan 97 ming - sovg'a ovchilari, o'lik auditoriya. O'lchov chiroyli edi, biznes bo'sh chiqdi.
Call-markaz. KPI - kuniga 40ta qo'ng'iroq. Operator nima qiladi? Har suhbatni tezroq tugatishga o'tadi. Mijoz muammosi hal bo'lmadi, lekin qo'ng'iroqlar soni bajarildi. Termometr yaltiraydi, lekin ...
Sxema hamma joyda bir xil. O'lchov maqsadga aylandi, odamlar natijani emas, raqamni ishlab chiqara boshladi. Va eng achinarlisi, hech kim yolg'on gapirmayapti. Hamma o'ziga qo'yilgan o'yinni halol o'ynayapti. Xato odamlarda emas, o'yin qoidasida.
Endi yechim, va u kutilganidan sodda.
Har bir ko'rsatkichdan pulgacha zanjir chizing. Like nimaga olib boradi? Obunachiga. Obunachi nimaga? Lidga. Lid nimaga? Uchrashuvga. Uchrashuv nimaga? Shartnomaga. Agar zanjir uzilmasdan pulgacha yetib borsa, bu ko'rsatkichni o'lchash mumkin. Agar biror joyda uzilsa, siz o'lchov emas, bezak o'lchayapsiz.
Va KPI ni doim zanjirning pulga yaqin nuqtasiga qo'ying. Marketologga lid soni emas, sifatli lid, ya'ni uchrashuvgacha yetgan lid. Operatorga qo'ng'iroq soni emas, hal bo'lgan muammo. Kanalga obunachi soni emas, o'qiydigan va sotib oladigan auditoriya. Raqam baribir kerak, faqat to'g'ri raqam.
O'zingizga ham bir savol. Hozir har kuni qaraydigan asosiy ko'rsatkichingiz qaysi? Va u pulga ulanganmi? Agar javob berolmasangiz, siz ham chiroyli termometrga qarab o'tirgan bo'lishingiz mumkin.
Raqamlar yolg'on gapirmaydi, lekin noto'g'ri tanlangan raqam butun jamoani yolg'on yo'lga boshlaydi. O'lchovni maqsaddan ajrating. Maqsad bitta - mijoz va undan keladigan qiymat. Qolgan hamma raqam faqat shu yo'ldagi belgilar.
30/30 katta yakun. 30 kun. 30 instrument. Oxirgi postda hammasini bitta xaritaga joylayman: mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, qaysi bosqichda qaysi instrument ishlaydi. Bu post seriya emas, qo'llanma bo'ladi. Saqlab qo'yasiz, va'da beraman.
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup | @scaleupuz | 1 599 |
| 8 | Energiya topilmaydi. U ishlab chiqariladi.
2 hafta sportdan dam oldim (kichik operatsiyadan keyin shunday tavsiya berildi). Soatim tiklanishni 100% deyapti. Soatga ishonamiz - kelasi haftadan sportga qaytaman.
Tanaffusdan oldingi jadvalim shunday:
⚪️tennis: kun ora, ertalab 5:00–6:00 (haftasiga 4 soat)
⚪️fitnes: qolgan kunlari, 18:00–20:00 (6 soat)
Jami - 10 soat.
Bu menga nima beradi ?
Javobdan oldin bitta savol: energiya, kayfiyat, ishga ishtiyoq qayerdan keladi ?
Ko'pchilik ularni ertalab o'z-o'zidan paydo bo'ladigan narsa deb o'ylaydi: bo'lsa - «bugun formadaman», bo'lmasa - «kayfiyat yo'q».
Aslida tanamiz bu zavod. Har bir vazifa uchun aniq bo'limi bor: kayfiyatga gormonlar, energiyaga yurak va mushaklar, fokusga miya. Bu bo'limlar o'z-o'zidan ishga tushmaydi. Ularni uchta tugma yoqadi: iroda, kuch, intizom.
Bahonalarni ko'p eshitaman: «ishim ko'p», «o'tirishlarim ko'p», «ulgurmayman».
Jadvalimga qaytib qarang: ertalabki 5:00 — hech kimning ish vaqti emas. Kechki 18:00–20:00 esa ko'pchilikda baribir telefonga ketadi. Vaqt sizda yetarli. Yetishmayotgani - xohish.
Kafolat beraman: shu intensivlikni tizimga aylantirsangiz - suhbatlarda ko'proq kuladigan, ishida muammo emas, imkoniyat ko'radigan, jismoniy va aqliy o'sishni har hafta his qiladigan odamga aylanasiz.
Xuddi shu soatlarni vertikal videolarga bersangiz natija teskari: hammada hamma narsa bordek, sizda esa hech narsa yo'qdek tuyulaveradi. Bu ham energiya, faqat minus ishorasi bilan.
Intizomni kuchaytiring, tizimli intensivlikni yo'lga qo'ying - qo'ygan maqsadingizga yetasiz.
Energiyasi baland odamlar omadli emas. Ular shunchaki o'z zavodini ishga tushirib qo'ygan.
Scaleup | @scaleupuz | 1 535 |
| 9 | 28/30
Hikoya ustunligi
Va'da qilgandim. Mana sizga ikkita narsa.
Birinchisi, jadval. Maktabimizda 1,400 o'quvchi. Bitiruvchilar nufuzli universitetlarga kirgan. Natijalar yuqori.
Ikkinchisi, hikoya. Uch yil oldin bir ota o'g'lini olib keldi. Bola o'qishni xohlamas, ko'zida uchqun yo'q edi. Otasi ham deyarli umidini uzgan. Bugun o'sha bola olimpiada g'olibi va meni har ko'rganda, ustoz, endi o'zim o'qishni xohlayman, deydi.
Rostini ayting. Bir yildan keyin qaysi birini eslaysiz? Raqamlarnimi yoki ko'zida uchqun yo'q bolanimi?
Mana shu Hikoya ustunligi. Miya faktni saqlamaydi, hikoyani saqlaydi. Hikoya ichida aytilgan ma'lumot quruq faktdan yigirma barobar yaxshi eslab qolinadi. Yigirma barobar. Bu kichik farq emas, boshqa qurol.
Sababi chuqur. Hikoya eshitganda miyada faqat til markazi emas, his, harakat, tasvir markazlari ham yonadi. Siz hikoyani eshitmaysiz, unda yashaysiz. Fakt esa bitta xonada qoladi va eshik yopilishi bilan o'chadi.
Yana bir siri bor. Faktga odam bahslashadi. Eng yaxshisimiz desangiz, mijoz ichida isbotla deydi. Hikoyaga esa bahslashib bo'lmaydi. Bir ota o'g'lini olib keldi deganingizda, mijoz e'tiroz bildirmaydi, tinglaydi. Hikoya himoya devorini aylanib o'tib, to'g'ri yurakka boradi.
Endi og'riqli joyi. Ko'p biznes o'zida oltin hikoyalar borligini bilmaydi. Sizda yillik mehnat, qulagan va turgan paytlar, o'zgargan mijozlar taqdiri bor. Lekin saytingizda nima yozilgan? Sifatli mahsulot, professional jamoa, individual yondashuv. Quruq jadval. Eng qimmat boylik omborda chang bosib yotibdi.
Bir narsani aniq aytaman. Mijoz mahsulot sotib olmaydi, mahsulot haqidagi hikoyani sotib oladi. Soat vaqt ko'rsatadi, lekin odam soatni emas, uning tarixini taqadi.
Chegara ham bor. Hikoya rost bo'lsin. To'qilgan hikoya bir kun ochiladi va o'shanda hech qanday jadval sizni qutqarolmaydi. Sizga yolg'on to'qish kerak emas, sizda bor hikoyani topish kerak. Har bir biznesda u bor.
Faktlar ishontiradi, hikoyalar esda qoladi va sotadi. Raqamni tashlamang, uni hikoya ichiga joylang. Bir ota, bir bola, bir o'zgarish va oxirida bitta raqam. Mana shu formula yodda qoladi.
Mutaxassislar uchun instrument - uchta hikoya zaxirasi. Bugun o'tirib uchta rost voqeani yozing. Mijoz o'zgargan voqea. Siz xato qilib o'rgangan voqea. Nega bu ishni boshlaganingiz. Har birini to'rt qismda yozing: qahramon, muammo, burilish, natija. Har biriga bitta aniq raqam qo'shing. Keyin reklamada, uchrashuvda, saytda quruq fakt o'rniga shularni ishlating. Bir oyda qaysi kontent ko'proq eslab qolinganini o'zingiz ko'rasiz.
Ertaga 29/30 Goodhart tuzog'i - marketologlar uchun eng og'riqli gap. Like ko'p, ko'rish million, obunachi o'syapti. Lekin sotuv nol. Qayerda xato? O'lchov maqsadga aylanganda butun tizim qanday buziladi ?
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup | @scaleupuz | 1 587 |
| 10 | Bu reels shunchaki reklama emas - pozitsiya. Nodavlat maktablar bozori ‘rus sinfisiz o’quvchi yig’ilmaydi’ qo’rquvida yashaydi. Biz shu qo’rquvni his emas, raqam bilan yengishga qaror qildik: mutaxassislik tili allaqachon ingliz, qadriyat esa faqat ona tilida singadi.
Bozorga emas, faktga ergashing.
Scaleup | @scaleupuz | 2 207 |
| 11 | @scaleup_uz
@scaleup_uz
@scaleup_uz
@scaleup_uz
Qiziq karusel postlari faqat Instagram sahifasida. Kuzatib boring. Obuna bo'ling! | 243 |
| 12 | Teambuilding - pul sarflash emas. Buni menga 6 yashar qizim isbotladi.
Bir kuni uyga kelsam, qizim jizzaki. Ataylab men o'tirgan xonaga kirib, jahlini ko'rsatib chiqib ketdi. Nima qilsam ham norozi.
Birinchi kuni ozgina jahlim chiqdi: "Ada ishdan kelganda bunaqa qilmaydi". Ertasiga yana o'sha holat. Bu safar qattiqroq gapirdim. Ish tig'iz edi, tanganing ikkinchi tomonini ko'rolmadim.
Ishga borib o'tirdim, lekin ichim notinch. Xatolarimni tahlil qila boshladim. Tarbiyami muammo? Yoshi shunaqami? Hamma tahlillarim bitta eshikka olib bordi:
Oxirgi marta qizim bilan ikkimiz - faqat u va men - qachon vaqt o'tkazganimni eslolmadim.
O'sha kuni ishxonadan chiqib ketdim. Bog'chasidan o'zim oldim. Yuzidagi kulguni ko'rsangiz edi - ichidan to'lib chiqdi. Navigatorlikni to'liq unga topshirdim: qayerga boramiz, nima qilamiz - hammasini u hal qildi.
Shundan keyin o'sha "jizzakilik" boshqa qaytmadi.
Muammo tarbiyada emas edi. Muammo e'tiborda edi.
Endi savol: bu voqeaning teambuildingga nima aloqasi bor?
To'g'ridan-to'g'ri. Xodim ham xuddi shunday e'tibor kutadi. Berilmagan e'tibor ortidan kelib chiqadigan nizolar, norozilik, sababsiz ketishlar - hammasi o'sha jizzakilikning katta versiyasi.
Xodim ishning ko'pligidan yoki KPI bajargani uchun kompaniyani sevib qolmaydi. Kompaniyani ishdan tashqaridagi suhbatlar, hissiyotlar va insoniy munosabat sevdiradi. Teambuilding - aynan shu muhitni yaratadigan instrument. Bu bonus emas, havo va suvdek zarur.
Bizdagi kichik va o'rta korxonalar madaniyatida esa rahbarlar ko'pincha bu muammoni ko'rmaydi.
Xodim ketadi - "yoshlar chidamsiz" deymiz.
Nizolar chiqadi - "jamoa yomon" deymiz.
Qizim menga bitta darsni o'rgatdi: bola yomon bo'lmaydi, e'tibor yetmaydi. Xodim ham.
Balki siz kompaniyada yaxshi "ota" bo'lmayotgandirsiz. Xatoni avval o'zingizdan qidiring.
Jamoangiz bilan oxirgi marta ishdan tashqari qachon o'tirgansiz ?
Scaleup | @scaleupuz | 1 313 |
| 13 | 27/30
Maqsad yaqinligi (Goal Gradient)
Va'da qilgandim, javob beraman. Nega marafonchi eng charchagan paytida, oxirgi kilometrda tezlashadi?
41 kilometr yugurgan odamda kuch qolmasligi kerak. Lekin marra ko'ringan zahoti oyoqlar o'zi tezlashadi. Kuch qayerdan keldi? Hech qayerdan. Kuch o'zgarmadi, masofa o'zgardi.
Mana shu Goal Gradient. Miya maqsadga yaqinlikni sezadi va yaqinlashgan sari ko'proq kuch ajratadi. Uzoq maqsad sust harakat beradi, yaqin maqsad zo'r berib intilish beradi.
Ommalashgan kofe kartangizni eslang. Yoki avto yuvish servisidagi kataklarni. Birinchi katakni bosdirishga hafta ketadi, karta sumkada yotadi. Lekin sakkizinchi katakdan keyin ataylab yo'lni o'zgartirib bo'lsa ham o'sha kofexonaga, avto yuvish shahobchasiga borasiz. Oxirgi ikki katak eng tez to'ladi. Kofe o'zgarmadi, siz maqsadga yaqinlashdingiz.
Bir tajriba buni chiroyli isbotlagan. Bir guruhga o'n katakli bo'sh karta berilgan. Ikkinchisiga o'n ikki katakli, lekin ikkitasi oldindan bosilgan. Ikkalasida ham o'nta xarid kerak, hisob bir xil. Lekin ikkinchi guruh kartani sezilarli tezroq to'ldirgan. Chunki ular noldan boshlamadi, allaqachon yo'lda edi.
Instrumentning butun siri shu ikki nuqtada. Mijozga progressni ko'rsating, ko'rinmagan yo'lda hech kim tezlashmaydi. Va mijozni noldan boshlatmang, birinchi qadamni siz qo'yib bering.
Amalda: sodiqlik kartasida ikki katakni oldindan bosing. Kursda birinchi darsni ro'yxatdan o'tishdayoq oching, profilingiz 20 foizga to'ldi deb ko'rsating. Mantiq bitta - odam o'zini yo'lning boshida emas, o'rtasida his qilsin.
Yana bir nozik joyi. O'nta xarid qiling deyish zaif. To'rttasi to'ldi, oltitasi qoldi deyish kuchli. Raqam emas, masofa harakatga keltiradi.
Chegara ham bor. Maqsad erishiladigan bo'lsin. Yigirma besh katakli karta bersangiz, mijoz masofani ko'rib umidini uzadi. Juda uzoq maqsad harakatga emas, taslim bo'lishga olib keladi.
Odam maqsadga yaqinlashgani sari tezlashadi. Mijozga yo'lni ko'rsating, masofani ko'rsating va birinchi qadamni sovg'a qiling. Noldan boshlagan sekin yuradi. O'rtadan boshlagan yugurib boradi.
Mutaxassislar uchun instrument - ikki katak qoidasi. Mijozingiz bosib o'tadigan har qanday yo'lni oling va uchta savol bering. Progress ko'rinadimi? Ko'rinmasa, ko'rsating. Nechta qadam qolgani aniqmi? Aniqmas bo'lsa, raqam qo'ying. Mijoz noldan boshlayaptimi? Bo'lsa, birinchi ikki qadamni oldindan bering. Bir oyda yakunlash foizini o'lchang. Eng katta o'sish odatda eng arzon o'zgarishdan keladi - ikkita bosilgan katakdan.
28/30 Sizga ikkita narsa beraman. Bitta jadval va bitta hikoya. Ikkalasida bir xil ma'lumot. Lekin bittasini ertagayoq unutasiz, ikkinchisini bir yildan keyin ham gapirib yurasiz. Qaysi biri va nega? O'tkazib yubormang.
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup | @scaleupuz | 1 018 |
| 14 | Hozirgi xususiy maktablardagi qabul jarayoni menga nimani eslatyapti, aytaymi ?
Ob-havo mayin. Yomg'ir maydalab yog'yapti, qo'lda issiq kofe va shu havoda kimdir konditsioner sotishga urinyapti. Shunday emasmi ? 😅
Bir suhbat esimga tushdi. Saidolimxon degan do’stim bor, texnika sohasida ishlagan, korporativ madaniyatni menga ko'p tushuntirgan. Bir gapi yodimda qolgan.
Konditsioner qachon sotiladi, bilasanmi, degandi. Odam kechasi havo yetmay uyqusi buzilganda. Ertalab turadi-yu, tushgacha uyiga o'rnatib oladi. Qolgan payt bu mahsulot esiga ham kelmaydi.
Kofe ustida shuni esladim va ichimda bir narsa yondi.
Maktab ham konditsioner-ku.
Ota-ona maktab haqida yil bo'yi o'ylamaydi. U qo'shnisining bolasi imtihondan yiqilganda o'ylaydi. Farzandining ko'zida zerikishni ko'rganda o'ylaydi. Kechasi uyqusi qochib, shu bolam katta bo'lib kim bo'ladi degan savol ichini kemirganda o'ylaydi.
Yo'l ikkita. Og'riq cho'qqisini poylash - qabul mavsumi, natijalar chiqqan kunlar, sentyabr oldidagi xavotir haftalari. Butun kuch shu nuqtalarga. Va og'riq yo'q paytda sotmaslik, lekin esda qolish. Toki o'sha uyqusiz kecha kelganda, ota-onaning miyasida birinchi bo'lib sizning nomingiz chiqsin.
Issiq kunni kutgan konditsionerchi yutadi. Lekin faqat kutgani uchun emas. Salqin kunlarda ham uni tanib turishgani uchun. Mijozingizning uyqusiz kechasini toping.
Sotuvni o'sha yerga qo'ying. Ishonchni - qolgan hamma kunga.
Scaleup | @scaleupuz | 4 233 |
| 15 | 26/30
Kontrast printsipi
Bir tajriba qiling. Bir qo’lingizni sovuq suvga, ikkinchisini issiq suvga soling. Keyin ikkalasini bitta iliq suvga tiqing. G’alati narsa bo’ladi. Bitta suv bir qo’lga issiq, ikkinchisiga sovuq tuyuladi. Suv o’sha suv. O’zgargan narsa - undan oldin nima bo’lgani.
Mana shu Kontrast printsipi. Miya hech narsani o’z holicha baholamaydi. Har doim oldingisiga solishtirib baholaydi. Ikkinchi ko’rsatilgan narsaning qiymati birinchisiga bog’liq.
Kiyim do’konida tajribali sotuvchi avval kostyumni sotadi, keyin ko’ylakni. Nega? Uch millionlik kostyumdan keyin uch yuz minglik ko’ylak arzimas tuyuladi. Teskari tartibda ko’ylak qimmat ko’rinardi va mijoz ikkilanardi. Mahsulot bir xil, narx bir xil, tartib boshqa - natija boshqa.
Uy sotuvchilar buni yillar oldin o’zlashtirgan. Avval qimmat va o’rtacha uyni ko’rsatishadi, keyin asosiy variantni. Oldingi ikkitadan keyin u ham arzon, ham chiroyli tuyuladi. Mijoz o’zi tanladim deb o’ylaydi. Aslida tanlovni tartib qilib berdi.
Yakor va Aldov bilan adashtirmang. Yakor - birinchi raqam idrokni belgilaydi. Aldov - yonma-yon turgan variantlar. Kontrast esa tartib haqida. Nima birinchi, nima keyin. Uchalasi bir oilada, lekin har birining o’z quroli bor.
Muzokarada bu oltin qoida. Katta so’rovdan boshlang. Rad etilsa, asl niyatingizni ayting. Birinchisining fonida ikkinchisi kichik va oqilona ko’rinadi, rozi bo’lish osonlashadi.
Chegara ham bor. Kontrast asl qiymatni bo’rttirish uchun emas, adolatli ko’rsatish uchun ishlatilsin. Yaroqsiz mahsulotni yomonroq fonda chiroyli qilib sotish bir marta o’tadi. Mijoz uyga borib solishtirganda hammasi ochiladi va siz bir sotuvga umrlik ishonchni almashgan bo’lasiz.
Mijoz narxga emas, farqqa qaraydi. Nimadan keyin nimani ko’rsatishingiz - sotuvingizning ko’rinmas ssenariysi. Uni tasodifga qoldirmang, o’zingiz yozing.
Mutaxassislar uchun instrument - tartib testi. Asosiy taklifingiz mijozga qaysi ketma-ketlikda yetib borishini yozing. Undan oldin mijoz nimani ko’radi? Hech narsa bo’lmasa, kontrast nuqtasi yarating: avval to’liq paket, keyin asosiysi. Avval muammoning narxi, keyin yechimning narxi. Bir hafta faqat tartibni o’zgartirib sinang, boshqa hech narsaga tegmang. Keyin konversiyani solishtiring.
Ertaga 27/30 Maqsad yaqinligi. Nega marafonchi eng charchagan paytida, oxirgi kilometrda tezlashadi? Mijozni harakatga keltiradigan ko’rinmas tortishish kuchini ochaman.
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup | @scaleupuz | 1 199 |
| 16 | Xato bo’ldi. Uchta savol bor:
⚪️Bu xato birinchi martami ?
Unda bu tasodif.
⚪️Uchinchi martami ?
Unda bu tizim muammosi.
⚪️Kim tekshirishi kerak edi ?
Javob hech kim bo’lsa, aybdor topildi.
U - siz.
Odam lunjni tishlash - tasodif.
Har kuni tishlash - muammo tishda !
Scaleup | @scaleupuz | 1 063 |
| 17 | 25/30
Kognitiv yengillik
Ikkita e'lonni o'qing.
- "Kompaniyamiz innovatsion yechimlar orqali biznes jarayonlarini optimallashtirish va samaradorlikni maksimallashtirishga ixtisoslashgan."
-"Biz xarajatingizni kamaytiramiz. Bir oyda."
Qaysi biriga ishondingiz? Ikkinchisiga. Birinchisi aqlliroq eshitiladi-ku. Mana shu yerda katta sir yotibdi.
Miya oson tushungan narsani rost deb qabul qiladi. Qiynalib tushunganini shubhali deb belgilaydi.
Bu Kognitiv yengillik. Tushunish oson bo'lsa, ichkarida yashil chiroq yonadi - tanish, xavfsiz, ishonsa bo'ladi.
Qiyin bo'lsa, qizil chiroq - ehtiyot bo'l, bu yerda nimadir bor.
E'tibor bering, gap matnning rostligida emas. Gap o'qilish osonligida. Miya bu ikkisini ajratmaydi. Oson o'qildi - rost.
Qiyin o'qildi - shubhali. Adolatsiz.
Lekin har kuni shunday ishlaydi.
Hayotdan olaylik. Shifokor tashxisni lotincha atamalar bilan tushuntirsa, qo'rqasiz va boshqa shifokor izlaysiz. Oddiy tilda tushuntirsa, ishonasiz va davolanasiz. Bilim bir xil, farq tilda. Yoki shartnoma. Mayda shrift, chalkash bandlar. O'qiyotib ichingizda nima deysiz ?
Bu yerda meni aldashmoqchi. Hujjat halol bo'lishi mumkin, lekin murakkablikning o'zi aybdorlik taassurotini beradi.
Endi eng og'riqli joyi. Ko'p mutaxassis aqlli ko'rinish uchun ataylab murakkab yozadi. Chet atamalar, uzun jumlalar, jargon. Qancha murakkab gapirsam, shuncha ekspert ko'rinaman deb o'ylaydi. Aslida teskarisi. Mijoz tushunmagan joyda ishonmaydi. Ishonmagan joyda sotib olmaydi. Siz aqlli ko'rindingiz - lekin mijozsiz qoldingiz.
Haqiqiy ekspertlik murakkab gapirish emas. Murakkab narsani oddiy qilib berish. Buni faqat mavzuni chuqur bilgan odam qila oladi. Chala bilgan atamalar ortiga yashirinadi.
Bu faqat matn emas. Sayt uch bosqichda ochilsa - mijoz ketadi. Narx jadvali chalkash bo'lsa - mijoz arzonini emas, tushunarlisini tanlaydi. Menyu o'qish qiyin bo'lsa - mehmon tanish taomga qochadi. Qonun bitta: qaysi yo'l oson, mijoz o'sha yo'ldan yuradi.
Lekin chegara bor. Oddiylik sayozlik emas. Chuqur fikrni sodda aytish - mahorat. Bo'sh gapni murakkab qilib berish - firibgarlikning eng eski usuli.
Mijoz eng aqlli taklifni emas, eng tushunarli taklifni tanlaydi. Matningiz, saytingiz, narxingiz bitta imtihondan o'tadi: tushunish osonmi? Oson - ishonch keladi. Qiyin - mijoz buni aytmaydi, shunchaki ketadi.
Mutaxassslar uchun instrument. Asosiy sotuv matningizni sohadan uzoq odamga o'qiting va bitta savol bering: bu yerda nima taklif qilinyapti? Bir jumlada ayta olmasa - matn aybdor, u emas. Har chet atamani oddiy so'zga almashtiring, har uzun jumlani ikkiga bo'ling. Keyin konversiyani solishtiring. Ko'p hollarda sotuvni oshirish uchun byudjet emas, tarjimon kerak - o'z tilingizdan mijoz tiliga.
26/30 Kontrast printsipi.
Hech narsani o'zgartirmaysiz - narxni ham, mahsulotni ham. Faqat ko'rsatish tartibini o'zgartirasiz va sotuv o'sadi. Qanaqasiga?
27/30 Maqsad yaqinligi
Nega marafon yuguruvchisi oxirgi kilometrda tezlashadi, holbuki eng charchagan payti ? Mijozni harakatga keltiradigan ko'rinmas tortishish kuchini ochaman.
28/30 Storytelling ustunligi
Sizga ikkita narsa beraman: bitta jadval va bitta hikoya. Ikkalasida bir xil ma'lumot. Lekin bittasini ertagayoq unutasiz, ikkinchisini bir yildan keyin ham gapirib yurasiz. Qaysi biri va nega ?
29/30 Goodhart tuzog'i.
Ertaga marketologlarning eng og'riqli mavzusi. Like ko'p, ko'rish million, obunachi o'syapti. Lekin sotuv nol. Qayerda xato? O'lchov maqsadga aylanganda nima buziladi - ertaga ochiq gaplashamiz.
30/30 Katta yakun: "30 instrument, 1 tizim".
30 instrument. Oxirgi postda hammasini bitta xaritaga joylayman: mijoz eshikdan kirganidan qaytib kelgunicha qaysi bosqichda qaysi instrument ishlaydi. Bu postni saqlab qo'yasiz, va'da beraman.
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup | @scaleupuz | 1 296 |
| 18 | Marketolog uchun 5 ta sehrli kalit:
1. Chunki. Har taklifga sabab qo’shing. “Chegirma beryapmiz, chunki yangi filial ochdik.” Sababsiz chegirma shubha uyg’otadi. Sababli chegirma - ishonch.
2. Siz. “Biz 7 yildan beri bozordamiz” - bu siz haqingizda. “Siz 15 daqiqada natija ko’rasiz” - bu mijoz haqida. Odam matndan o’zini qidiradi, sizni emas.
3. Ism. Call-markazimizda qoida bor: operator mijoz ismini suhbatda kamida 2 marta aytadi. Ism - quloqqa eng yoqimli tovush. U skriptni suhbatga aylantiradi.
4. Tasavvur qiling. “Farzandingiz 1-sentabr kuni shu sinfda o’tiribdi, deb tasavvur qiling…” Tasavvur qilgan odam miyasida allaqachon egalik qildi. Endi siz sotmayapsiz - u sotib olyapti.
5. Bepul. 100 so’m bilan 0 so’m orasida jar bor. Lekin asosiy mahsulotga “bepul” yopishtirsangiz - qadrini o’zingiz o’ldirasiz. Bepul qarmoq bo’lsin, mahsulot emas.
Bitta shart: bu kalitlar faqat rost eshikni ochadi. Yolg’onga “chunki” qo’shish - marketing emas, manipulyatsiya.
Trigger haqiqatga suyangandagina halol ishlaydi.
Saqlab qo’ying - keyingi skript yozganingizda shu ro’yxat qo’l keladi. | 1 164 |
| 19 | 24/30
Halo effekti
Rostini aytaylik. Restoranga kirdingiz, hojatxonasi toza ekan. Ichingizda nima deysiz ? Demak oshxonasi ham toza. Lekin oshxonani ko’rmadingiz-ku.
Yoki teskarisi. Maktabga bordingiz. Darvozasi qiyshiq, hovlisi qarovsiz. Ta’lim haqida hali bir og’iz gap eshitganingiz yo’q, lekin qaroringiz allaqachon tayyor. Bu yerda o’qitish ham shunaqadir.
Mana shu Halo effekti. Miya bitta detaldan umumiy hukm chiqaradi. Bitta yaxshi belgi hammasini yoritadi. Bitta yomoni hammasiga chek qo’yadi. Eng alam qiladigani, bu hukm uch soniyada chiqadi. Keyin o’zgartirib bo’lmaydi. Miya o’z hukmini himoya qiladi, unga qarshi dalilni ko’rmaydi.
Nega bunday? Chunki miyaning hammasini tekshirishga vaqti yo’q. U bitta ko’ringan narsadan qolgan hammasini taxmin qilib qo’ya qoladi. Chiroyli kiyingan odam aqlli tuyuladi. Sekin ochilgan sayt sifatsiz xizmatga aylanadi. Ofitsiantning tabassumi oshxona tozaligiga kafolat bo’lib qoladi.
Mantiq bormi bunda? Yo’q.
Ishlaydimi? Har safar.
Endi og’riqli joyi. Siz mahsulotga million sarflaysiz. Yillab sifat ustida o’tirasiz. Mijoz esa bularning birortasini ko’rmaydi. U eshikni ko’radi. Telefonga kim qanday javob berganini eshitadi. Saytingiz necha soniyada ochilganini sezadi. Va shu uch-to’rtta mayda narsadan butun mehnatingizga baho qo’yib qo’yadi.
Mijoz mahsulotni sotib olmaydi. U mahsulot haqidagi birinchi ishorani sotib oladi. Ishora yaxshi bo’lsa, kamchilikni ham kechiradi. Yomon bo’lsa, mukammal mahsulotni ham ko’rmay o’tib ketadi.
Kuchli brendlar buni yaxshi biladi. Bank zali bejizga hashamatli emas, pulingiz xavfsizligiga birinchi dalil o’sha zal. Klinika qabulxonasi bejizga yaltiroq emas, bemor jarrohni emas, avval qabulxonani ko’radi. Bu bezak emas. Bu ishonchning birinchi g’ishti.
Lekin bir chegara bor. Halo faqat eshik. Ichkarida haqiqiy sifat bo’lmasa, chiroyli birinchi taassurot ikkinchi kelishgacha yetmaydi. Yaltiroq qadoqdan bo’sh quti chiqsa, mijoz ikki barobar qattiq ranjiydi.
Mijoz sizni o’rganib o’tirmaydi, bitta detaldan hukm chiqaradi. Demak o’sha detal tasodifiy bo’lmasin. Uch soniyalik hukmni tasodifga topshirdingizmi, butun biznesni tasodifga topshiribsiz.
Mutaxassislar uchun instrument - birinchi uch soniya auditi.
Mijoz siz bilan birinchi to’qnashadigan beshta nuqtani yozing. Reklama, sayt, telefon, eshik, birinchi salom. Har biriga begonaning ko’zi bilan qarang, iloji bo’lsa tanishingizdan so’rang. Eng zaifini toping va shu hafta faqat o’shani tuzating. Katta pul kerak emas, e’tibor kerak. Bir oydan keyin o’zingiz ko’rasiz, sotuvni oshirgan narsa yangi reklama emas, tuzatilgan birinchi taassurot bo’ladi.
25/30 Kognitiv yengillik. Bitta sir aytaman. Miya oson tushungan narsani rost deb qabul qiladi. Murakkab jumla, mayda shrift, chalkash sayt, hammasi miyaga bitta signal beradi: shubhali. Nega eng aqlli matn emas, eng oson matn sotadi? Ertaga o’qib, o’z matnlaringizga boshqacha qaraysiz.
Qiziq bo’lsa 🔥 yondirib yuboringlar, keyingilari ham ancha qiziq.
Scaleup | @scaleupuz | 1 044 |
| 20 | Bir yosh katta
Maktab paytlarim, kimdir mendan yoshimni so’rasa, har doim o’zimni bir yosh katta qilib ko’rsatardim.
Nega?
Chunki tengqurlarim menga har doim yosh, kichkina, dunyoqarashi tor bolalardek tuyulardi. Men esa o’zimni ulardan oldinda his qilardim.
Bir yosh -bu men uchun bir bosqich yuqori turish edi.
O’sha bola shoshib kattalikka intilardi.
Oradan yillar o’tdi.
Endi kimdir mendan yoshimni so’rasa, 34 ga to’lishimga bir oy qolgan bo’lsa ham, 32-33 da deb aytish odatga aylandi. O’zimdan bir-ikki yosh kamaytirib qo’yaman - o’sha vaqtdagi bolaning teskarisi.
O’shanda kattalikka shoshgan bola, endi yoshlikni ushlab qolmoqchi.
Bu nima bilan bog’liq ekan, deb o’yladim. O’zbekistondagi o’rtacha yoshga yaqinlashganimdanmi, yoki ko’ngil hech qachon qarilikni tan olishni istamasligidanmi :)
Bu nega esimga keldi bilasizmi?
O’g’limning tennis treneri unga dedi: “Sen kichkinasan, 4 yoshli bolani o’rgata olmayman.”
O’g’lim jahli chiqib: “Man aka!” dedi. Kimdir uni “kichkina” desa, “katta” deb turib olardi.
O’zimni ko’rdim unda.
O’sha bir yosh katta ko’rsatgan bolani.
Eh, bolalik…
Aslida odam butun umr shu bir yosh bilan kurashar ekan - yoshligida tezroq katta bo’lishga oshiqadi, kattalikda esa bir yilni bo’lsa ham orqaga qaytarishga urinadi.
Faqat yo’nalishi o’zgaradi. Kurash esa hech tugamaydi.
#Hayrlikech
Scaleup | @scaleupuz | 1 031 |
