en
Feedback
Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi

Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi

Open in Telegram

Тошкент вилоят адлия бошқармасининг мурожаат боти! ✉️ @TVA_adliya_bot Коррупсияга оид мурожаатлар учун: @antikorbot

Show more
2 153
Subscribers
-124 hours
+1 0917 days
+1 05730 days
Posts Archive
⚖️ Davlat hisobidan yuridik yordam: kechagi muammolardan bugungi raqamli tizimgacha Fuqaroning huquqini himoya qilish imkoniy
⚖️ Davlat hisobidan yuridik yordam: kechagi muammolardan bugungi raqamli tizimgacha
Fuqaroning huquqini himoya qilish imkoniyati uning moddiy ahvoliga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
〰️Bugun davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtirilmoqda. “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatni tanlash, ko‘rsatilgan xizmatni qayd etish, uni tasdiqlash va haq to‘lash jarayonlari yagona tizimga birlashtirilgan. 📊 2026-yilning birinchi yarim yilligida tizimga 39 656 ta so‘rov kelib tushgan, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2 517 nafar advokat bilan shartnoma tuzilgan.
Xo‘sh, yangi tizim avvalgi muammolarni qay darajada bartaraf etmoqda? Advokatlarni tasodifiy elektron tanlash qanday ishlaydi? Davlat mablag‘larining sarflanishi qanday nazorat qilinmoqda? Va eng muhimi — bu islohotlar fuqaroning huquqiy himoyasiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
👉 Batafsil ushbu maqola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (480-son, 08.09.2026-y.) bilan “Davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. 🔰 Mazkur Vaqtinchalik nizom davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibini belgilaydi. ⏳ Mazkur Vaqtinchalik nizom 2028-yil 31-dekabrgacha amal qiladi. 📜 Nizomga ko‘ra, davlat buyurtmachisi: 🤓 davlat xaridlari uchun ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishi, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishdan ko‘rilgan foyda (naf), ularning sifati va qiymati o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashi; 🤓 davlat xaridlarining maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashda uning xususiyatlari, shuningdek, davlat xaridlarini o‘tkazish xarajatlarini va tovar (ish, xizmat) qiymatining asoslanganini hisobga olgan holda amalga oshirishi; 🤓 har bir davlat xaridini amalga oshirishda xarid predmetining o‘rtacha bozor narxini o‘rganishi shart. 🕰 Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishdan oldin davlat buyurtmachisi narxlar moduli orqali xarid predmetining o‘rtacha bozor narxini shakllantirishda oxirgi 90 kunda shakllangan bozor narxlari bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanadi. 📖 Xarid predmetining o‘rtacha bozor va boshlang‘ich narxi elektron ma’lumotnomasi belgilangan namunaviy shaklda shakllantiriladi va unda quyidagilar aks ettiriladi: ▪️ xarid predmeti; ▪️ o‘rganilgan manbalar, shu jumladan, tovarlar (ish, xizmatlar) haqidagi ma’lumotlar; ▪️ xarid predmetining o‘rtacha bozor va boshlang‘ich narxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

😎😎😎😎😎😎 #Adliya_xabari ❗️ “Bu bizning vakolatimizga kirmaydi” Davlat organlari mazkur asos bilan murojaatni rad etishi mumkinmi? 👉 Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=-V3VrUey9WI

#adliya_yoshlar “Rahbar va yoshlar”: sun’iy intellekt bilan kelajak sari 📍 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Pi
+3
#adliya_yoshlar “Rahbar va yoshlar”: sun’iy intellekt bilan kelajak sari 📍 Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Piskent tumani 1-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 🤖 Uchrashuv doirasida “Sun’iy intellekt bilan kelajak sari” mavzusida master-klass o‘tkazilib, yoshlarga sun’iy intellektning imkoniyatlari, undan ta’lim va kundalik faoliyatda samarali foydalanish usullari tushuntirildi. 💻 Amaliy mashg‘ulotlarda sun’iy intellekt yordamida ma’lumot izlash va tahlil qilish, matn hamda tasvirlar yaratish imkoniyatlari namoyish etildi. 🎯 Tadbir yakunida yoshlarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish va sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram

⚖️ E'LON 📣 HURMATLI FUQAROLAR! 🗓 Joriy yilning 11-sentyabr kuni soat 09:30 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani "Navro‘z" MFY binosida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Dadajonov Abdumutalib Karimovich tomonidan navbatdagi "Sayyor qabul" o‘tkaziladi. 📖 Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan huquqiy muammolar, qonunchilik ijrosi hamda adliya organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin. 📍 Manzil: Bo‘stonliq tumani, "Navro‘z" MFY binosi. 🕘 Vaqti: 2026-yil 11-sentyabr, soat 09:30. ☎️ Ma'lumot uchun: (71) 501-02-50 (2524) 🤝 Barcha yurtdoshlarimizni sayyor qabulga taklif etamiz! Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram

https://lex.uz/docs/-6764454#-6765602 Yo‘l uchastkalarini ta’mirlash bo‘yicha ishlar bajarilayotganda mazkur uchastkalardagi qatnov qismining ko‘pi bilan qancha qismi cheklanishi mumkin?
Anonymous voting

#Adliyadan_qulaylik NAVBATLAR TARIXDA QOLDI — ENDI HUJJAT DEB YUGURMAYSIZ
Farzand tug‘ilsa, ilgari 6 ta idoraga borishga to‘g‘ri kelardi. Bunga 3–4 kun vaqt ketardi. Bugun esa ism tanlashdan tortib, ro‘yxatga qo‘yish va nafaqa rasmiylashtirishgacha — barchasi elektron tarzda. Ota-onaga esa eng yoqimli tashvish qoldi — farzandiga ism tanlash. Kecha ovoragarchilik edi, bugun esa bir necha bosish kifoya.
Avval va hozir — farqini rolikda ko‘ring! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Akademiyaga o‘qishga qabul qilish va kadrlar tayyorlash jarayoniga yangi mexanizmlar joriy etiladi
🔰 Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tartibi va kadrlar tayyorlash jarayoniga quyidagi mexanizmlar joriy etiladi: ➖ vazirlik, respublika va xalqaro miqyosdagi xakaton hamda startap loyihalari g‘olibi bo‘lgan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari o‘quvchilari Akademiya bakalavriati ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shakliga dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng belgilangan qabul kvotalari doirasida o‘qishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi; ➖ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining 2-bosqichini tamomlagan talabalar Akademiya bakalavriati ta’lim yo‘nalishining kunduzgi ta’lim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yo‘nalishiga “2+2” dasturi (davlat granti) asosida maqsadli tanlov orqali o‘qishga qabul qilinishi mumkin; ➖ ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi va kursantlar 1-kursdan boshlab Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari hamda hududiy bo‘linmalariga biriktiriladi. Bunda bitiruvchi kurs kursantlariga o‘qishni yakunlaguniga qadar “katta serjant” maxsus unvoni beriladi; ➖ ta’lim dasturini o‘zlashtirmaganligi uchun kursantlar safidan chetlashtirilgan shaxslar ichki ishlar organlari tegishincha safdorlar yoki serjantlar tarkibidagi lavozimlarda xizmatni o‘tashga yo‘naltiriladi hamda ularga 1 yildan 3 yilgacha muddatda qayta tiklanish imkoniyati yaratiladi; ➖ har yili professor-o‘qituvchilar, ilmiy-pedagogik va o‘quv-uslubiy tarkibdagi xodim (xizmatchi)larning kamida 50 nafari “Yangi O‘zbekiston” universitetida malaka oshirishi (stajirovka o‘tashi), shuningdek, 30 nafarini xorijiy ta’lim tashkilotlariga maqsadli malaka oshirishga yuborish tizimi joriy etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlashning yaxlit va uzluksiz tizimi yaratiladi
“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–303-son, 26.08.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo mintaqaviy o‘quv markazlari yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (Institut)ning Farg‘ona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiali (filiallar) sifatida qayta tashkil etiladi. Bunda: 🤑 2027-yil 1-yanvardan tashkil etilayotgan filiallar boshliqlari, xodimlari va o‘qituvchilari uchun tegishlicha Institut boshlig‘i o‘rinbosari, xodimlari va o‘qituvchilari lavozimlariga belgilangan pul ta’minoti tartibi va miqdorlari qo‘llanadi; 💚 Institutning Nukus filiali kasbiy tayyorgarlik fakulteti Malaka oshirish instituti Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazi sifatida qayta tashkil etiladi; 💚 vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qo‘riqlash bo‘linmalari mutaxassislarini Institut va uning filiallarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida (1 nafar tinglovchi uchun 1 akademik soatga BHMning 12 foizi miqdorida) amalga oshiriladi. 🏛 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (Akademiya) ta’lim jarayoni bosqichma-bosqich dunyoning top–1000 talik reytingga kirgan universitetlari hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida quyidagi tartibda tubdan takomillashtiriladi: 🔸 Akademiyada “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” integratsiyasini ta’minlash hamda kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xalqaro akademik modellar asosida tashkil etish maqsadida maktablar (school) tizimi joriy etiladi; 🔸 Akademiya fakultetlari va kafedralari maqbullashtirilib, ular negizida maktablar va sho‘balar tashkil etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Adliya_xabari ⚖️ Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi ✅Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-
#Adliya_xabari ⚖️ Intellektual mulk sohasiga munosib hissa qo‘shganlar rag‘batlantiriladi ✅Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-sentabrdagi 471-son qarori bilan “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. 📣 Ko‘krak nishoni mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash hamda jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladi. 📌Nomzodlarni baholashda quyidagilar inobatga olinadi: ✔️ intellektual mulk sohasini rivojlantirishga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdagi ishtiroki; ✔️ intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati; ✔️ intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini ta’minlashdagi faol ishtiroki; ✔️ jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qo‘shgan hissasi; ✔️ intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishdagi ishtiroki. 😅 Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa 1-aprelga qadar qabul qilinadi, taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq esa 20-aprelga qadar rasmiylashtiriladi.
🖥 Ko‘krak nishoni har yili 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
🔘 Taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti beriladi. Shuningdek, taqdirlanganlar ro‘yxati Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. ✅ Bir shaxs mazkur ko‘krak nishoni bilan faqat bir marta taqdirlanadi. Intellektual mulkni rivojlantirishga qo‘shilgan munosib hissa e’tiborsiz qolmaydi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Gidlarga (gid-tarjimonlarga) malaka toifasini berish tartibi belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasida ekskursiya xizmatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (468-son, 04.09.2026-y.) qabul qilindi. ✅ Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-dekabrdan: 🔸 Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga (Institut) gidlarga (gid-tarjimonlarga) ularning xohishiga ko‘ra havaskor, ixtisoslashgan va professional malaka toifasini berish vakolati beriladi; 🔸 malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi; 🔸 gid sifatida so‘nggi 2 yil davomida faoliyat yuritmagan shaxslar malaka imtihonini qayta topshiradi. 🧾 Qaror bilan “Gidlarga (gid-tarjimonlarga) malaka toifasini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🏛 Nizomga ko‘ra, malaka toifasi ixtiyoriy asosda beriladi hamda uning mavjud emasligi gidlarning (gid-tarjimonlarning) qonunchilikda belgilangan tartibda olingan malaka sertifikati asosida faoliyat yuritish huquqini cheklamaydi. 📄 Gidlarga (gid-tarjimonlarga) quyidagi malaka toifalari beriladi: ▫️ havaskor gid malaka toifasi; ▫️ ixtisoslashgan gid malaka toifasi; ▫️ professional gid malaka toifasi; ▫️ oltin fond gidi malaka toifasi. ✉️ Malaka toifasi berishda quyidagilar inobatga olinadi: ➖ kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalar; ➖ ekskursiya xizmatlarini tashkil etish va o‘tkazish mahorati; ➖ ekskursiya obyektlari bo‘yicha bilim darajasi; ➖ turistlar bilan muloqot madaniyati; ➖ xorijiy tillarni bilish darajasi; ➖ kasb etikasi qoidalariga rioya qilinishi. ✉️ Talabgorga malaka toifasini berish kasbiy imtihonni topshirish natijalarining eng kam ko‘rsatkichi quyidagicha belgilanadi: 💚 56 foizdan 70 foizgacha – havaskor gid malaka toifasi; 💚 70 foizdan va 85 foizgacha – ixtisoslashgan gid malaka toifasi; 💚 86 foizdan yuqori va 100 foizgacha – professional gid malaka toifasi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Tayinlov Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi Adliya vazirining tegi
#Tayinlov Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatov Mirsaid Azamatovich Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Mirsaid Raxmatov 1990-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2013-yilda Samarqand davlat universitetini, 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati: ➖ 2015–2017-yillarda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali inspektori; ➖ 2017-yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi katta maslahatchisi; ➖ 2017–2021-yillarda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi yetakchi maslahatchisi; ➖ 2021–2022-yillarda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i; ➖ 2022–2025-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i; ➖ 2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i; ➖ 2026-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, M. Raxmatov joriy yilning may oyida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida o'tkazilgan tanlovda eng namunali xodim sifatida g‘oliblikni qo'lga kiritgan edi. Adliya vazirligi jamoasi Mirsaid Raxmatovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchilar soni necha nafardan oshmasligi lozim?
Anonymous voting

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat muassasasining maqomi belgilandi
Hukumat qarori (460-son, 04.09.2026-y.) bilan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat muassasasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 📖 Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining (Akkreditatsiya markazi) maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 📜 Nizomga ko‘ra, quyidagilar Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari hisoblanadi: 🔹 muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 🔹 xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish va boshqalar. 📚 Akkreditatsiya markazi o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: 🔸 vakolati doirasiga kiradigan masalalarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish; 🔸 o‘z vakolati doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistika axborotini statistika organlaridan bepul olish va boshqalar. 🏛 Akkreditatsiya markazining faoliyatiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

📌 NOTARIAT SOHASIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI Toshkent viloyati adliya boshqarmasida notariuslar ishtirokida nota
+2
📌 NOTARIAT SOHASIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI Toshkent viloyati adliya boshqarmasida notariuslar ishtirokida notariat sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi. 🔐 Seminar davomida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ijro xatini ijroga qaratish, ijro xatini rasmiylashtirish, yerga bo‘lgan ijara huquqini qayta ijaraga berish hamda notariat sohasiga oid qonunchilik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. 💬 Shuningdek, notariuslar tomonidan amaliyotda uchrayotgan muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Bildirilgan takliflar asosida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 🤝 Seminar sohadagi amaliy masalalarni muhokama qilish, mavjud muammolarga yechim topish hamda notarial xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratildi. Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Profilaktika inspektorlarining huquqiy mavqei va xizmat mas’uliyati oshiriladi
🧾 Qarorga ko‘ra, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi bilan yaqindan ishlash bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasini manzilli tashkil etishda quyidagi tartib o‘rnatiladi: 🔸 profilaktika inspektori kasbiy faoliyatining ustuvor maqsadi unga nisbatan aholi ishonchining yuqori darajasiga erishish hamda xizmat joyida jinoyatchilikni jilovlash etib belgilanadi; 🔸 profilaktika inspektorlariga ularning kasbiy faoliyatiga doir vazifalardan tashqari qo‘shimcha vazifalar belgilanishi, shuningdek, bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq bo‘lmagan boshqa rahbarlar tomonidan topshiriq va ko‘rsatmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 🔸 aholi tomonidan ovoz berish tartibida profilaktika inspektorining kasbiy faoliyatiga nisbatan “ishonchsizlik tashabbusi”ni bildirish tizimi joriy etiladi hamda natijada unga nisbatan ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatishgacha bo‘lgan jazo chorasi qo‘llanilishiga asoslar yaratiladi; 🔸 sudlar tomonidan profilaktika inspektorlarining elektron shaklda yuritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlari bo‘yicha zaruratsiz qo‘shimcha ravishda qog‘oz shaklidagi hujjatlarni talab etishga oid amaliyot bekor qilinadi. 📖 Profilaktika inspektorining xizmat joyidagi kasbiy faoliyati natijadorligini baholash quyidagi ustuvor mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi: 🔹 aholining profilaktika inspektoriga ishonchi darajasi; 🔹 xavf guruhiga kiruvchi shaxslar tomonidan (aholining huquqbuzarliklar sodir etishga moyil toifasi) yoki ularga nisbatan (huquqbuzarlikdan jabrlanish xavfi bo‘lgan toifasi) jinoyat sodir etilishi darajasi; 🔹 shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklarni qayta sodir etish darajasi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

#Adliya_xabari 🌱 “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda 🔹Adliya organlari va muassasalarida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda. 🔹Mazkur tashabbus doirasida har oyning ikkinchi dushanba kuni hujjatlar almashinuvi va ish yuritish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda tashkil etish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🔹Ekoaksiya davomida xodimlar tomonidan elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 📌 “Qog‘ozsiz bir kun” tashabbusi ekologiyani asrash, zamonaviy ish yuritish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi. Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling 🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining har yilgi umumiy yig‘ilish kalendar yil tugaganidan keyin qancha muddatdan kechiktirmay chaqirilishi lozim?
Anonymous voting

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-eksper
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi Batafsil:👇 https://sudex.uz/?p=7066

#Adliya_xabari “Mualliflik huquqi – ijod himoyasi” 👥 “Yoshlar va rahbar uchrashuvi” doirasida Toshkent viloyati Adliya boshq
+4
#Adliya_xabari “Mualliflik huquqi – ijod himoyasi” 👥 “Yoshlar va rahbar uchrashuvi” doirasida Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlari himoyasi sho‘basi xodimlari va soha vakillari tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida mualliflik huquqiga hurmat madaniyatini yuksaltirish va o‘z ijodiy mehnati natijalarini qonuniy himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. 📚 Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tomonidan: 🔹 mualliflik huquqi obyektlari va ular egasiga tegishli huquqlar; 🔹 eng ko‘p uchraydigan huquqbuzarliklar — plagiat, kontrafakt mahsulot va noqonuniy nusxa ko‘chirish hamda ularning oqibatlari; 🔹 asarlarni ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tkazish (deponentlash) tartibi; 🔹 internet tarmog‘ida musiqa, video va matnli kontentdan qonuniy foydalanish qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Youtube Telegram