cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Huquqiy axborot | Lotin

Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf

Show more
Advertising posts
6 397
Subscribers
-4224 hours
+1987 days
+10630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

03:22
Video unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
❗️Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida tegishli adliya organlari xabardor qilinishi lozim.
Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
NNT UZ (Fin) fHD.mp462.56 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Adliya_tabrigi Aziz yoshlar! Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go'zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo'lib kamol topishingizda tilakdoshmiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
#2024_yil_1_iyuldan
❗️Dorilar bilan bog'liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi
🔰Qonunchilikka ko'ra: 🔹 dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizasiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash uchun mas'ul bo'lgan tashkilot sifatida e'tirof etiladi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilanadi; 🔹dori vositalaridan foydalanish bilan bog'liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi; 🔹dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizasiya qiluvchi tashkilotlarda ularga berilgan lisenziya talablariga rioya etilishini bir yilda ko'pi bilan bir marotaba vakolatli organni xabardor etish orqali nazorat qilish tartibi joriy etiladi; 🔹dori vositalari va biologik faol qo'shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi; 🔹yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti – GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyuldan ✅ Qonunchilikka ko'ra, to'lov tizimi operatorlari va to'lov tashkilotlari faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko'rsatishi mumkin bo'ladi. ▶️ Shuningdek, ustav kapitalining eng kam miqdori to'lov tizimi operatorlari uchun 50 mlrd so'm, to'lov tashkilotlari uchun 10 mlrd so'm e'tib belgilanadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyuldan 🔍Qonunchilikka ko'ra, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyuldan 📌 Qonunchilikka ko'ra, xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan shaxslarga O'zbekiston tashqarisida ishga joylashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatganlik uchun haq undirishga ruxsat etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyuldan 📜Qonunchilikka ko'ra, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, jumladan boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun kuzatuv kengashiga bo'ysunadigan korporativ kotibiyat tashkil etiladi. 📁Shuningdek, korporativ boshqaruvning yangilangan qoidalari va axloq kodeksi joriy etiladi. 🔍 Bundan tashqari, kuzatuv kengashining bayonnomalarini masofadan axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron ovoz berish byulletenlari orqali rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyuldan ✔️ Qonunchilikka ko'ra, moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish orqali har bir fuqaro (oila) uchun belgilangan ijtimoiy to'lovlar, taqdim etilgan imtiyozlar, shu jumladan, subsidiyalar, xizmatlar va yordamlarning har bir fuqaro kesimida “Ijtimoiy himoya” ATda hisobi yuritiladi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochilgan davlat jamg'armalari va boshqa jamg'armalar integratsiya qilinadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️“Sud-ekspertiza sohasida so'ngi yillar davomida joriy etilgan yangi ekspertiza va tadqiqotlar hamda ularning ahamiyati” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi
🎙Suhbat spikerlari: ➖O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; ➖Ichki ishlar vazirligi; ➖Mudofaa vazirligi mutaxassislari. ⏰ Ovozli chat 28-iyun kuni soat 17:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi. 📥 Savollaringizni @huquqiy_gap telegram kanalida izohlarda qoldiring. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Xorijiy tilni C1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi
🔰Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan: 🔸Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy o'quv markazlarining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi; 🔸reyting natijalariga ko'ra olis va chekka hududlarda faoliyat ko'rsatuvchi eng yuqori ko'rsatkichga ega 100 ta xususiy o'quv markazining ta'lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to'lovi xarajatlarining bir qismi kompensasiya qilinadi. 🗓 2024–2026-yillarda oliy ta'lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida o'qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi. 🔍 2024/2025-o'quv yilidan ota-onalar va o'quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o'qitishni yo'lga qo'yiladi. 📘2025-yil 1-yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o'rgatish bo'yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yiladi hamda ularning xalqaro ta'lim standartlariga mos ta'lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.