Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Open in Telegram
💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar 📚 Kitob tahlili 🎬 Kino taqriz Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov
Show more426
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-2030 days
Posts Archive
Bugun "lyuboy" odamni "lyuboy" gapiga har ehtimolga qarshi ikki martta o'ylanib ishonilar)
Repost from Islom Nurmurod | Philosopher
Hozirgi kapitalizm o’zining pik nuqtasiga yetgan bir davrda, insondan asosan bir xil narsa talab qilinadi, ya’ni hayotda o‘z o‘rnini topish, noldan qurish, oyoqqa turish, natija ko‘rsatish. Bu go‘yo tabiiy va yagona yo‘l sifatida taqdim etiladi. Aslida esa bu hamma uchun mos kelavermaydigan, lekin hammaga majburan yuklatilgan bir model. Inson faqat yashamaydi, u doimiy ravishda o‘zini isbotlashi kerak bo‘lgan mavjud tizim ichida doimiy kurash olib boradi.
Jamiyat bosimi ochiq buyruqlar orqali emas, balki ko‘rinmas mexanizmlar orqali ishlaydi. Stereotiplar, kutilmalar, solishtirishlar va hokazo. Ayniqsa 20–30 yosh oralig‘ida bu bosim eng keskin seziladi. Chunki bu davrda insondan bir vaqtning o‘zida ham moddiy, ham ijtimoiy, ham shaxsiy jihatdan “tayyor” bo‘lish talab qilinadi. Erkaklar uchun esa bu bosim yanada murakkab. Ular nafaqat o‘zini, balki kelajakni, barqarorlikni, ta’minotni ham zimmasiga olishi kerak bo‘lgan subyekt sifatida qaraladi. Natijada “yashash” asta-sekin “bardosh berish”ga aylanadi.
Shu fon ichida insonning ichki dunyosida nozik, lekin hal qiluvchi bir jarayon boshlanadi. Hammasi nisbatan joyida bo‘lishi mumkin. Yo‘l bor, harakat bor, ma’lum natijalar ham mavjud. Ammo ayni paytda hayotda bitta yetishmayotgan nuqta paydo bo‘ladi. Va inson tafakkuri paradoksal tarzda aynan o‘sha yo‘q narsaga yopishib oladi. Natijada mavjud 99 ta sabab, ya’ni davom etish, shukr qilish, barqaror qolish uchun berilgan imkoniyatlar o‘z vaznini yo‘qota boshlaydi. Ong resurslari bor narsani emas, yo‘q narsani markazga chiqaradi. Bu esa ichki disbalansni kuchaytiradi.
“Bir kam dunyo” degan ibora aynan shu mexanizmni ifodalaydi. Bu shunchaki xalqona tasalli emas, balki inson ongining ishlash prinsipiga tegishli kuzatuvdir. Yetishmovchilik ongda mavjudlikdan kuchliroq rezonans beradi. Shuning uchun inson ba’zan yo‘q narsani emas, aynan o‘sha yo‘q narsaga bo‘lgan munosabatini ko‘tara olmaydi.
Zamonaviy insonning asosiy ziddiyati ham aynan mana shu yerda. Tashqi tizim uni doimiy harakatga majbur qiladi, ichki holat esa ba’zan to‘xtashni, qayta muvozanatlanishni talab qiladi. Ammo bu to‘xtash ko‘pincha “orqada qolish” sifatida qabul qilinadi. Natijada inson o‘z tabiiy ritmiga qarshi harakat qiladi. Bu esa charchoqni, ichki qarshilikni va oxir-oqibat ma’nosizlik hissini kuchaytiradi.
Sharq tafakkuri, xususan dao falsafasi bu ziddiyatga boshqacha yondashgan. U kurashni inkor qilmaydi, lekin majburlashni rad etadi. Daoizmning markaziy g‘oyalaridan biri “wu wei”, ya’ni zo‘ravonliksiz harakat. Bu harakatsizlik emas, balki ichki qarshiliksiz, ortiqcha zo‘riqishsiz harakat qilishdir. Inson oqimga qarshi suzmaydi, lekin oqim uni olib ketishiga ham befarq qarab turmaydi. U oqimni his qilib, unga moslashadi.
Daoistik yondashuv har qanday qarshilikni kamaytirishni taklif qiladi. Ya’ni, “bo‘lishi kerak edi” degan ichki talab real vaziyat bilan to‘qnashganda paydo bo‘ladigan qarshiliklarni. Bu taslim bo‘lish emas, balki ongli ravishda qabul qilishdir. Ba’zi narsalar vaqt talab qiladi, ba’zilari umuman boshqa yo‘lga tegishli bo‘lishi mumkin. Har bir yetishmovchilik darhol to‘ldirilishi shart emas. Ba’zi bo‘shliqlar jarayonning bir qismi bo’lsa, ba’zi bo’shliqlar bir umrlik.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, hayot faqat to‘ldirish emas, balki muvozanatni saqlash jarayonidir. Inson hamma narsaga erishganida emas, balki o‘zidagi bor va yo‘q o‘rtasida ichki muvozanat topganida barqarorlashadi.
Oxir-oqibat masala hamma narsaga ega bo‘lish yoki bo‘lmaslikda emas, balki inson o‘zidagi yetishmovchilikni qanday talqin qilishida. Agar unga qarshi kurashsa, real holatni qabul qilmasa yokida unga dramatik tus bersa u ichki bosimga aylanishda davom etadi.
@islom_nurmurod
Kasbiy mahorat ustida ishlash davom etadi...
Kitoblar uchun @alifnashr ga rahmat!
Agar pul meni insoniy hayot bilan bog‘lovchi rishta bo‘lsa, jamiyatni men bilan tutashtirsa, meni tabiat va boshqa insonlar bilan bog‘lasa — unda u barcha rishtalarning eng oliy rishtasi emasmi? U istalgan bog‘liqlikni parchalab yuborishga ham, yana qayta tiklashga ham qodir emasmi? Demak, u ajratishning ham eng umumiy va qudratli vositasi emasmi?
- Karl Marks, 1844 yil qo'lyozmalari
Repost from Oʻzbek mafkurasi: nihoyasiz dekonstruksiya
1.
Tiriklar, ko‘pincha, o‘lik avlodlar yukini ko‘taradilar.2.
Insonlar o‘z tarixlarini o‘zlari yaratadilar, biroq o‘zlari tanlagan sharoitlarda emas, balki bevosita mavjud, va avvalgi davrdan o‘tgan sharoitlarda.3.
Hayotni ong belgilamaydi, aksincha, inson ongini hayotning ijtimoiy shart-sharoitlari belgilaydi.— Karl Marks, “Lui Bonapartning 18-bryumeri”.
#mutolaa
Adabiyot klubimizda navbatdagi asar - Uilyam Goldingning "Vorislar" romani. Oldin Goldingdan faqatgina "Pashshalar hukumdori"ni o'qib ko'rganman va anchagina qiziq asar deb bemalol ayta olaman.
"Vorislar" ham avval boshdanoq o'z mavzusi bilan bizni qiziqtirgan - tarixdagi ma'lum bir davrni jonlantirish, desak ham bo'lar. Asar voqealari asosan Neandertallar va ularning Homo Sapiens vakillari bilan "uchrashuvi" haqida.
Asar Neandertallar hayoti va kommunikatsiyasini o'quvchi yetkazib berish uchun biroz farqliroq, ba'zi paytlarda chunarsizroq tilda yozilgandek tuyilar ekan. Ammo qamrab olingan mavzular, voqealar tafsiloti garchi tarixiy faktlar bilan 100% to'g'ri kelmasa ham o'quvchida juda katta taassurot qoldiradi.
O'qishga tavsiya qilaman, albatta!
10/30 ✅
Repost from Bek Olimjon
Soqqa ortidan quvib, salomatlik haqida unutayotganlar juda ko'p.
Bu kelajakda katta afsuslarga sabab bo'ladi.
Afsuski buni juda ko'pchilik 40 yoshgacha anglab yetmaydi.
Bek Olimjon
25.03.26
Norvegiya
Agar mabodo o'zilarni hayotga pushti ochki bilan qaravaroyapman manimcha deb o'ylaselar, Spotlight (2015) filmini ko'rvolilar. Ochkilarni yechtirib, dunyodagi ayrim narsalarni yaqqol ko'rsatib, Sizni "pufagingiz"dan chiqarib yuboradi.
Barcha bayram nishonlayotganlarga Hayit muborak! 🎆
Barcha ezgu tilaklar Sizlar uchun!
#mutolaa
Adabiyot klubimiz doirasida Tomas Harrisning "Qizil ajdarho" romanini o'qib chiqdik. Detektiv janrida shohasarga aylanib ulgurgan va bir necha har xil kinoadaptatsiyalariga ega asar.
Deyarli har qanday detektiv asar singari, "Qizil ajdarho" ham juda tez o'qiladi - voqealar rivoji anchagina tez va shiddatli. Qahramonlar psixologiyasi, empatiya, yovuzlikning "yaralishi", shaxsiyat va ko'plab mavzular bo'yicha fikrlashga undaydi.
2002-yilda suratga olingan "Qizil ajdarho" kino kartinasini ham tomosha qildim kitobni tugatishim bilanoq. Umuman olganda sifatli film, lekin baribir kitob bergan emotsiya va kitob his qildira oladigan mayda detallarni ekranga ko'chirishni iloji bo'lmagan. Kitobni o'qish ko'proq zavq beradi bu holatda.
Tavsiya qilaman!
9/30 ✅
Repost from Bir kuni Afandi
Begzod bilan shu mavzuda ohirgi paytlar köp gaplaşdik. Lao tzi xorirça man tarafda)
Fuqarolik erkinliklari va umumiy saylov huquqi ko‘pincha demokratik jamiyatning asosiy belgisi sifatida ko‘riladi va barcha avtoritar davlatlar shunday tizimga o'tishi kerak deb bong uriladi, va hattoki ko'rib turganingizdek majburan kuch ishlatib tuzum o'zgartirishga harakat ketishi mumkin.
Biroq aslida esa, bu huquqlar faqat rasmiy darajada mavjud bo‘lib qolishi mumkin. Ya’ni, odamlar ovoz berishi va o‘z fikrini erkin bildirishi mumkin, ammo bu huquqlar amalda aholining ko‘pchiligi uchun haqiqiy iqtisodiy va mulkiy tenglikni ta’minlashga xizmat qilmasa, tizim ularni saqlab qoladi. Agar siyosiy erkinliklar real iqtisodiy o‘zgarishlarga olib kelmasa, ular hukmron tuzum uchun xavf tug‘dirmaydi.
Shu nuqtai nazarga ko‘ra, odamlar boylikni qayta taqsimlash yoki boylarning mulkini ishchi qatlam foydasiga o‘tkazish haqida gapirishlari mumkin, ya'ni "so'z erkinligi"ni ishlatishlari mumkin. Ammo bu g‘oyalar keng ommaga ta’sir qilmayotgan va mavjud iqtisodiy tuzumni jiddiy o‘zgartirish xavfini tug‘dirmayotgan paytgacha ruxsat etiladi. Demak, erkinlik mavjuddek ko‘rinsa-da, u iqtisodiy kuch va boylik taqsimotiga real ta’sir ko‘rsatmasa, bu real erkinlik emas. Bu cheklangan erkinlik.
