en
Feedback
Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov

Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov

Open in Telegram

💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar 📚 Kitob tahlili 🎬 Kino taqriz Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov

Show more
424
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-2030 days
Posts Archive
Omina Shenglikoglu va kapitalizm so'zlarini yonma-yon ko'raman, deb hech o'ylamagandim 🗿
+1
Omina Shenglikoglu va kapitalizm so'zlarini yonma-yon ko'raman, deb hech o'ylamagandim 🗿

Oddiy qilib aytganda, kapitalizm munosabatlarni tovarlashtiradi degani — insonlar o‘rtasidagi aloqalar asta-sekin foyda va qiymat asosida baholanayotganini anglatadi. Bu esa munosabatlarni yuzaki va hisob-kitobga asoslangan qilib qo‘yishi mumkin. Biroq har bir inson baribir tanlovga ega: u boshqalarni vosita sifatida ko‘radimi yoki ularni chinakam inson sifatida qadrlaydimi?

Bu mavzuni har xil kontekstda oddiyroq tushuntirishga harakat qilaman: Kapitalizm — bu narsalar, xizmatlar va hatto g‘oyalar ham sotib olinadigan va sotiladigan qiymatga ega bo‘lgan tizimdir. Dastlab bu faqat moddiy mahsulotlarga taalluqli bo‘lib tuyuladi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu yondashuv insoniy aloqalarga ham o‘ta boshlaydi. “Kapitalizm munosabatlarni tovarlashtiradi” deganda, odamlar o‘rtasidagi bog‘liqlik samimiylikdan ko‘ra foyda va almashinuvga asoslanib borayotgani tushuniladi. Aslida, tovarlashtirish — bu nimanidir mahsulot sifatida ko‘rish, unga qiymat belgilashdir. Bu tushuncha munosabatlarga qo‘llanganda, insonlar shunchaki inson sifatida emas, balki qandaydir foyda manbai sifatida baholanadi. Ya’ni, “Men bu odamni yoqtiraman, chunki u yaxshi inson” degan fikr o‘rnini asta-sekin “Bu odam menga nima bera oladi?” degan yondashuv egallaydi. Bu o‘zgarish ko‘pincha sezilmaydi, ammo kundalik hayotimizda turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarni olaylik. Instagram va TikTok kabi platformalarda odamlar ko‘pincha o‘zlarini boshqalarga yoqadigan tarzda namoyish etadi. Ularning asosiy maqsadi — ko‘proq layk, obunachi va e’tibor yig‘ish. Natijada, ayrim do‘stliklar ham strategik tus oladi: kimdir kimnidir qo‘llab-quvvatlaydi, chunki bu uning o‘z sahifasiga foyda keltiradi. Bu esa insoniy aloqalarni samimiy bog‘liqlikdan ko‘ra o‘zaro manfaatli kelishuvga aylantiradi. Shunga o‘xshash holatni zamonaviy tanishuv ilovalarida ham ko‘rish mumkin. Tinder kabi platformalarda odamlar bir-birini tezkor baholaydi: tashqi ko‘rinish, qisqa tavsif va umumiy taassurot asosida qaror qabul qilinadi. Bu jarayon deyarli mahsulot tanlashga o‘xshaydi. Odamlar o‘zlarini “bozorbop” qilishga harakat qiladi — yaxshi suratlar, qiziqarli bio, status va boshqalar orqali. Natijada, savol shunday bo‘lib qoladi: “Men qanchalik jozibador va tanlanishga loyiqman?” Bu muammo "Materialistlar" filmida ham qiziqarli yoritilgan; unda zamonaviy sevgi va tanishuv madaniyati iqtisodiy mantiqqa o‘xshab ketayotgani, insonlar bir-birini deyarli mahsulot kabi baholay boshlagani tanqid qilinadi. Bundan tashqari, bugungi kunda keng tarqalgan “networking” tushunchasi ham munosabatlarning tovarlashuviga misol bo‘la oladi. Ko‘plab zamonaviy biznes murabbiylari va “guru”lar insonlarga doimiy ravishda “to‘g‘ri odamlar bilan tanish”, “aloqalarni kengaytir”, “har bir kontakt — bu imkoniyat” kabi maslahatlar beradi. Bu fikrlar ma’lum darajada foydali bo‘lsa-da, ular odamlarni boshqalarga shunday qarashga o‘rgatadi: “Bu inson menga qanchalik foyda keltiradi?” Natijada, insoniy aloqalar oddiy do‘stlik emas, balki resurs yoki vositaga aylanib qoladi. Yana bir qiziqarli misol — sovg‘a berish madaniyati. Aslida, sovg‘a mehr va e’tibor ifodasi bo‘lishi kerak. Biroq ko‘pincha u ham hisob-kitobga asoslanadi. Masalan, kimdir sizga qimmat sovg‘a bersa, siz ham unga shunga yaqin qiymatda sovg‘a berishga majbur bo‘lib qolgandek his qilasiz. O‘zbek jamiyatida bunga yaqqol misol — to‘ylarda beriladigan to‘yona. To‘yona ko‘pincha eslab qolinadi va keyinchalik qaytarilishi kutiladi. Bu esa sovg‘ani samimiylikdan ko‘ra ijtimoiy majburiyat va balans tizimiga aylantiradi. Kapitalizm yana bir muhim tushunchani — “vaqt puldir” degan qarashni ham kuchaytiradi. Natijada, odamlar o‘z munosabatlarini ham samaradorlik nuqtai nazaridan baholay boshlaydi. “Bu inson bilan vaqt o‘tkazish foydalimi?”, “Bu aloqadan nima yutaman?” kabi savollar paydo bo‘ladi. Agar foyda sezilmasa, munosabatlar osongina uzilishi mumkin. Bu esa insoniy aloqalarni oddiy bog‘liqlikdan ko‘ra investitsiyaga o‘xshatib qo‘yadi. Shunga qaramay, barcha munosabatlar ham bunday emas. Kapitalizm odamlarni shu yo‘nalishga undashi mumkin, ammo bundan "saqlanayotganlar" bor. Hali ham chinakam samimiy munosabatlar mavjud: insonlar bir-biri bilan hech qanday manfaat kutmasdan do‘stlashadi, yordam beradi va vaqt o‘tkazadi. Bunday aloqalar tovarlashtirilmagan, ya’ni haqiqiy insoniy qadriyatlarga asoslangan bo‘ladi.

Mobi Dik tarjima qilinyapti ekan.

Repost from Zabarjad Mediа
👩‍💻Tarjima jarayoni qaysi kitob ustida bormoqda ❓ Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!
👩‍💻Tarjima jarayoni qaysi kitob ustida bormoqda Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Repost from Politeconom_uz
Куни кеча янги хабар келди — Ротшильдлар (ха, ўша дунёга машхур капитал акулалари) Ўзбекистон халқи мулкларининг навбатдаги талон-тарожи хусусийлаштирилиши жараёнида "ёрдамлашишар" экан. Бу дегани, Ўзбекистон капитали бўлак-бўлаклаб бошқа давлатлар тасарруфига ўтиш жараёни янада кучаяди. Бу борада хозир хамманинг оғзида бўлган Эрон тарихи ўта ибратли мисол. Эслатаман, 1900-йилларнинг бошида Эрон шохлари Буюк Британия компанияларга ўзининг бўлажак ва мавжуд нефть конларини арзимаган пулга тақдим қилган. 1950-йилларга келиб, қашшоқликка ботган Эрон халқини "тепиб қолган", унинг нефтидан келаётган даромадларнинг деярли хаммаси тўғри Британияга оқиб кетаётгани. Ушбу норозилик фонида демократик равишда 1951 йилда сайланган Эрон премьер-министри Мухаммад Мусаддиқ ушбу сохани националлаштириш, яъни Эрон халқи тасарруфига қайтариш харакатини бошлаган.  Бунга жавобан, Британия ва унга ёрдамга келган АҚШ (ЦРУ ва Ми-6 тандемида) Мусаддиқ ва унинг хукуматига қарши тўнтариш уюштириб, Мусаддиқнинг ўзини қамаб, ўрнига ўзларининг буткул қўғирчоғи бўлган харбий диктаторни "шох" эълон қилиб, Эрон тахтига ўтказишган. Табиийки, Эрон нефти энди нафақат Британияни, балки яна АҚШ, Франция ва Голландия нефть корхоналарини бойитишда давом этган. Эрон халқи 1979 йилда яна бир бор бош кўтариб, қўғирчоқ шох хокимиятини ағдариб, диний каста — аятоллалар хокимияти ўрнатилган. Ушбу тизим Ғарб корхоналарини хайдаб чиқариб, Эрон нефтини национализация қилган. Ана шундан кейин Эрон АҚШ ва бошқа Ғарб давлатлари томонидан "террорчи давлат" деб эълон қилиниб, 57 йилдан бери санкциялар орқали бўғиб келинмоқда, хар қандай ривожланиш ва ўсишнинг олдини олиб. Хозир эса ракеталар билан бомбардимон қилиняпти. Қиссадан хисса — йирик халқаро капиталистик корпорацияларни мамлакатингизга бир марта киритиб, махаллий бойликлардан бир шингил тотишга бердингизми, тамом — қандайдир "мустақиллик", мустақил (халқ фойдасига қаратилган) сиёсат деган нарсаларни унутаверишингиз мумкин. Ўз қўлингиз билан мамлакатингизни колонияга айлантираётган бўласиз. Айни дамда ички сиёсатимиз уже Халқаро Валюта Фонди "маслахатлари" билан шакллантириляпти. Шу нарсага ИАКнинг ақли етган (мен унинг хаёти давомида хеч қачон мухлиси бўлмаган бўлсамам, буни тан олиш керак), бугунгилар эса биринчи ўринда "Любая бизнес хараша" мантиғида харакат қилишяпти.

Repost from Yugurik xayollar
“All the world’s a stage..” Hayotni sahnaga o’xshatish Shekspirdan boshlanmagan. Stoiklar ham uni sahnaga o’xshatishgan. Seneka:
Hayot spektakl kabidir: uning qancha davom etishi emas, balki qanchalik yaxshi ijro etilgani muhim. Qayerda undan chiqib ketishing ahamiyatsiz. Istagan joyingda to‘xta, faqat yakuni xayrli bo‘lsin.
Sahnadan tushmasam bo‘lgani deb, unda eshak rolini ijro etish ham mumkin.

Repost from Kino ekrani
Denzel Vashington nafaqat zo'r aktyor balki sal kam faylasuf ham. Doim intervyulariga duch kelsam, biror bir fikrni aniq-tini
Denzel Vashington nafaqat zo'r aktyor balki sal kam faylasuf ham. Doim intervyulariga duch kelsam, biror bir fikrni aniq-tiniq ifoda qilib beradi. Xullas unga savol berishyapti: -Nima uchun filmga qora tanli rejissyor tanlangan, oq tanli rejissyor bu filmni suratga ololmagan bo'larmidi ? -Bu odam tanasining rangi bilan emas, uning madaniyati bilan bog'liq narsa. Stiven Spilberg "Shindler ro'yxati"ni suratga olgan, Martin Skorseze "Yaxshi oshnalar"ni suratga olgan, to'g'rimi ? Spilberg "Yaxshi oshnalar" filmini bemalol ishlay olardi. Ishonchim komil, Skorseze ham "Shindler ro'yxati"ni yaxshi film qila olardi. Lekin bu yerda madaniy o'ziga xoslik bilan bog'liq farq bor. Stiven aka Spilberg yahudiy, bir intervyusida aytgandi maktabda o'qib yurganimda yahudiy bo'lish juda qiyin edi deb. U yahudiy madaniyatni his qilgan odam, shunday ekan "Shindler ro'yxati"ni ham ich-ichidan his qilib ishlagan. Martin Skorseze esa agar filmlarga qiziqib, o'qishga kirmaganida aniq gangster yoki mafiya bo'lib ketardi. Nyu-York ko'chalarini changitib yurgan hamma gangterlarni yoddan tanigan, eng xavfli hududlarda bolaligi o'tgan. U mana shu gangstercha madaniyat havosidan nafas olib o'sgan. Denzel Vashingtonning javobi esa nima uchun qora tanli rejissyorlar ko'proq qoralar haqida film ishlashini tushuntirib bergan. Madaniyat, urf-odat, qadriyatlar. @kinoekrani

Kitobimiz va nihoyat olib ketildi!

Video message00:22

Adabiyot klubimiz bilan Etel Lilian Voynichning "So'na" asarini o'qishni boshladik bugundan. Kitobni o'qigani 3 hafta vaqt olyapmiz. Agar kimdir mutolaaga qo'shilmoqchi bo'lsa, taklif qilib qolamiz. Muhokama 5-may kuni o'tkaziladi.

Sizlarni ham "Черновик" yozuvi bilan bezor qilib tashlashmadimi kanllarda?

Ushbu postda tasvirlangan hodisaga duch kelishda davom etarkanman, buning sabablari haqida ko'p o'ylandim. Shu haqida qarashlarim: Avvaliga bu tarbiyaga bog'liqmikan degan hayol keldi. “Demak, ularni to‘g‘ri o‘rgatishmaganmikin?" savol tug'iladi. Lekin vaqt o‘tib tushundimki, bu masala unchalik sodda emas. Odamlar ko‘pincha rostakamiga bajaraman deb o‘ylab va’da beradi. O‘sha paytda ular samimiy bo‘ladi. Faqat keyin hayot aralashadi: charchoq, boshqa ishlar, kayfiyat, yangi imkoniyatlar. Inson o‘zining kelajakdagi holatini haddan tashqari yaxshi tasavvur qiladi — go‘yo ertangi “men” bugungidan kuchliroq, tartibliroq bo‘ladi. Ammo ertaga kelganda, u o‘sha-o‘sha odam bo‘lib chiqadi. Bundan tashqari: odam o‘zini yomon ko‘rishni xohlamaydi. Va’dani buzganini tan olish og‘ir. Shuning uchun ichimizda kichkina ovoz paydo bo‘ladi: “aslida bu unchalik muhim emas edi”, “men majbur emasdim”, “sharoit shunaqa bo‘lib qoldi”. Shu tarzda inson o‘zini oqlab, ichki tinchlikni saqlab qoladi. Va asta-sekin bu odatga aylanadi. Lekin bu faqat individual masala emas. Jamiyat ham bu yerda katta rol o‘ynaydi. Agar atrofingdagi odamlar ham xuddi shunday qilsa, bu narsa odatiy bo‘lib qolishi osonroq, menimcha. Hech kim ajablanmaydi, hech kim tanqid qilmaydi. Aksincha, ba’zan “moslashuvchanlik” deb qaraladi. Odamlar “yo‘q” deyishni noqulay deb biladi, shuning uchun “ha” deb qo‘yadi, keyin esa shunchaki yo'qolib qolishadi. Go‘yo vaqt o‘tib ketgach, muammo o‘zi yo‘qoladigandek. Bolalik ham o‘z ta’sirini qoldiradi, albatta. Agar bola ulg‘ayayotganda kattalar va’dani yengil qabul qilganini ko‘rsa, bu holat uning uchun norma bo‘lib qolishi mumkin. Lekin baribir hamma narsani tarbiyaga bog‘lab qo‘yish yetarli emas. Chunki bugungi hayotning o‘zi ham odamlarni shunaqa qilib qo‘yadi. Hozirgi hayot juda tez. Hamma band, hamma charchagan. Odamlar ko‘pincha o‘ylamasdan va’da beradi, chunki o‘sha paytda “ha” deyish osonroq. “Yo‘q” deyish esa darhol noqulaylik tug‘diradi. Qiziq tomoni shundaki, va’dani buzish esa ko‘pincha hech qanday darhol seziladigan jazoga olib kelmaydi. Shuning uchun inson miyasi oddiy yo‘lni tanlaydi: hozir qulay bo‘lganini qiladi. Agar bunga chuqurroq qarasak, hatto bu holatni iqtisodiy tizim bilan ham bog‘lash mumkin. Zamonaviy jamiyatda vaqt ham, munosabatlar ham go‘yo hisob-kitobga aylangandek. Odamlar ko‘pincha o‘zaro aloqalarni ham foyda va imkoniyat nuqtai nazaridan ko‘radi. Agar yaxshiroq variant chiqib qolsa, oldingi va’da ahamiyatini yo‘qotadi. Bu yerda va’da endi axloqiy majburiyat emas, balki shunchaki moslashuvchan kelishuvga o‘xshaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik o‘zini aybdor his qilmaydi. Chunki ham ichki, ham tashqi tizim bunga qarshi ishlamaydi. Hech kim jazolamaydi, hech kim ajratib ko‘rsatmaydi. Va eng muhimi — insonning o‘zi ham buni katta xato deb qabul qilmaydi. Ba’zan o‘ylab qolaman: balki muammo faqat ularda emasdir. Balki menda kutuvlarim boshqacharoqdir. Balki men uchun va’da — bu jiddiy narsa, ular uchun esa oddiy gap. Shu farq esa ichki norozilikni tug‘diradi. Lekin baribir ichimda bir narsa aniq: agar insonning so‘zi qadrli bo‘lmasa, u holda munosabatlar ham mustahkam bo‘la olmaydi. Ishonch juda sekin quriladi, lekin juda tez buziladi. Va’dalar esa aynan shu ishonchning poydevori. Shuning uchun, balki, bu savolning eng muhim qismi boshqalarda emas. Balki u savol shunday: men qanday odam bo‘lishni tanlayman? Va mening so‘zim men uchun nimani anglatadi? P.S Yuqorida keltirib o'tilgan hech qaysi sabab gapiga javob bermaslikni oqlamaydi. Baribir bu yomon illat. Buni yo'qotish kerak.

Olijanob inson gapida kamtar bo'ladi-da, uning o'rniga amali balandroq gapirishini ta'minlaydi.

Bu turishda ertalab Barsachi o'quvchilarim bilan boshqacha bir so'rashedigan bo'lyapman😁

#mutolaa Roger Keeran va Thomas Kenny yozgan "Socialism Betrayed" (Sotsializmga xiyonat) kitobi Sovet Ittifoqi qulashiga bosh
#mutolaa Roger Keeran va Thomas Kenny yozgan "Socialism Betrayed" (Sotsializmga xiyonat) kitobi Sovet Ittifoqi qulashiga boshqacha rakursdan baho beradi. Ular odatda aytiladigan “tizim o‘zi baribir qular edi” degan fikrni rad etib, asosiy tezis sifatida Gorbachevning islohotlari va uning siyosiy "impotentligi"ni olg'a surishadi. Kitobning eng kuchli joyi shundaki, u odatda Sovet Ittifoqi parchalanishiga sabab qilib keltiradigan qarashlarni birma-bir tahlil qilib, ilmiy asosga ko'ra rad etib, tarix faqat tizimlar emas, balki odamlarning tanlovlari bilan ham shakllanishini eslatadi. 1991-yil 31-dekabrda SSSR davlati rasmiy parchalanib ketganida davlat bosh vaziri Nikolay Rijkov bu hodisani "XX asrning eng buyuk fojiasi" deb ataydi. 11/30

Xususiy maktablar ko'payishi ta'limni rivojlantiradimi? Men xususiy maktabda ishlayman, shuning uchun bu masalani nazariya sifatida emas, ichidan turib ko‘raman. Buni oddiy, kundalik vaziyatlarda sezaman. Masalan, bir o‘quvchi bor — u boshqalardan aqlliroq bo‘lgani uchun emas, balki doimo qo‘llab-quvvatlanganligi sababli o‘ziga ishonadi. Yana biri bor — u ham kam emas, lekin ichida bir oz ikkilanish bor, go‘yo tizim uni allaqachon pastroq joyga qo‘ygandek. Bu farqlar faqat iqtidor bilan bog‘liq emas. Bu farqlar bolalar maktabga kelishidan ancha oldin ularga nima berilganiga bog‘liq. Odamlar "davlat maktablarida sifat rasvo, shuning uchun xususiy ta’lim biz uchun eng to‘g‘ri yo‘l" deyishganda, men ularni tushunaman. Hech bir ota-ona farzandining kelajagini tajriba qilishni xohlamaydi. Qaysi yo‘l xavfsizroq ko‘rinsa, o‘shani tanlaydi. Men ham ehtimol shunday qilgan bo‘lardim. Lekin bir oila uchun to‘g‘ri bo‘lib ko‘ringan qaror, ko‘pchilik tomonidan qabul qilinganda butunlay boshqa natija berishi, ya'ni jamiyatga boshqacha ta'sir qilishi mumkin. Xususiy maktab ichidan turib qaraganda, muvaffaqiyat aynan shu yerda yaratilayotgandek tuyuladi. Natijalar yaxshi, o‘quvchilar faol, o‘qituvchilar ham motivatsiyaga to'la(dek). Lekin diqqat bilan qaralsa, ko‘p narsa dars boshlanishidan oldin hal bo‘lib bo‘lganini ko‘rish mumkin. Bu yerga kelayotgan o‘quvchilar (avvaldan) odatda ko‘proq e’tibor, vaqt va yordam olganlar bo‘ladi. Maktab mavjud narsani sayqallaydi. Uni noldan qurmaydi. Demak, xususiy maktablar natija yaratadi, deyish ham mutlaq to'g'ri gap emas. Va bu yerda bo‘lmagan o‘quvchilar ham bor, ya'ni davlat maktabida o'qiydiganlar. Ular aqlli emasligi uchun emas, balki imkoniyati yo‘qligi sababli bu tizimga kira olmaydi. Ular davlat maktablarida qoladi — bu maktablar esa jamiyatning barcha yukini ko‘taradi: turli muhitlar, turli qiyinchiliklar, turli darajadagi tayyorgarlik. Odamlar asta-sekin bu tizimdan chiqib ketgan sari, u o‘zgarmay qolmaydi. U yanada zaiflashadi. Eng kuchli o‘quvchilar ketadi, faol ota-onalar kamayadi, hatto yaxshi o‘qituvchilar ham boshqa joyga o‘tadi. Qolgan tizim esa yanada og‘irroq vazifani kamroq imkoniyat bilan bajarishga majbur bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan, bolalar turli ta’lim olamlarida ulg‘ayadi. Bu olamlar bir-biri bilan deyarli kesishmaydi. Bir guruh imkoniyatni odatiy hol deb qabul qiladi, boshqasi esa o‘z chegaralariga moslashishni o‘rganadi. Buni hech kim ochiq aytmaydi, lekin bu seziladi. Bu o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan qarashida, urinish darajasida va orzularida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun xususiy ta’limga tayangan holda muammoni hal qilish fikri menga noto‘g‘ri tuyuladi. Bu buzilgan tizimni tuzatmaydi; faqat kim undan qochib qutula olishini o‘zgartiradi. Bu yechim emas — bu muammodan qochish yo‘li, lekin hamma uchun emas. Va biz shu yo‘lga qanchalik ko‘p suyansak, asl tizimni tuzatishga shunchalik kam bosim va umid qoladi. Kuchli ta’lim tizimini alohida, istisno holatlarga tayanib qura olmaymiz. U oddiy maktablarda, turli xil o‘quvchilar yaxshi ta’lim oladigan joylarda shakllanadi. Bunday tizimni qurish qiyinroq, sekinroq. U tashqaridan qaraganda darhol sezilarli, o'lchab bo'ladigan natijalar bermaydi. Ammo butun jamiyatni oldinga olib chiqadigan yagona yo‘l ham shu. Ta'lim sifati oshishi deganda umumiy o'sishni nazarda tutishimiz kerak, faqatgina imkoniyatlari super bo'lgan 5-10% qatlamni emas. Ba’zida davlat ta’lim tizimini tuzatish juda qiyin, hatto imkonsizdek tuyuladi. Lekin agar biz "ha, bu tizimni tuzatish imkonsiz, xususiyni rivojlantiraveraylik" desak, yana bir narsani ham qabul qilishimiz kerak — sifatli ta’lim hamma uchun emas, faqat ba’zilar uchun bo‘lishini. Bu esa shunchaki ta’lim muammosi emas. Bu qanday jamiyatda yashashni tanlash masalasidir.

“Agar 25 yoshga kelib hech narsaga erishmagan bo‘lsangiz, yoshlikning eng xavfli illyuziyasidan qutilibsiz.” 2021-yilda Garva
“Agar 25 yoshga kelib hech narsaga erishmagan bo‘lsangiz, yoshlikning eng xavfli illyuziyasidan qutilibsiz.” 2021-yilda Garvardlik psixolog auditoriyani kutilmagan gap bilan hayratda qoldirdi: “Agar 25 yoshga kelib katta yutuqlarga erishmagan bo‘lsangiz, ehtimol yoshlikdagi eng katta illyuziyalardan biridan qochib qutulgandirsiz.” Avvaliga hamma kuldi. U hazillashmayotgan edi. Erta muvaffaqiyat illyuziyasi 20 yoshlarning boshida inson miyasi tez natija ko‘rishni xohlaydi — mavqe, e’tibor, tezkor yutuqlar. Ammo psixologlar ogohlantiradiki, juda erta tan olinishga intilish odamni o‘zi ongli ravishda tanlamagan yo‘lga “qamalib qolishiga” olib kelishi mumkin. Ular juda erta qaror qilishadi… va keyin yillar davomida uni tuzatishga harakat qilishadi. Izlanish bosqichi Kasbiy rivojlanish bo‘yicha tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 30 yoshgacha ko‘proq izlangan odamlar uzoq muddatda mustahkamroq yo‘l topishadi. G‘oyalarni sinab ko‘rish. Xatolarni ochiq qilish. Yo‘nalishni o‘zgartirish. 25 yoshda bu chalkashlikdek ko‘rinadi… lekin 35 yoshga borib bu ko‘pincha aniqlikka aylanadi. 20 yoshlarining o‘rtalarida o‘zini “orqada qolayotgandek” his qiladigan odamlar boshqalarda bo‘lmaydigan narsalarga ega bo‘lishadi: Kengroq qarash (perspektiva). Sabr. Va o‘zlari uchun haqiqatan muhim bo‘lgan narsalarni aniqroq tushunish. Bu poydevor keyinchalik yaxshiroq qarorlar qabul qilishga olib keladi. Qisqasi... “Siz 25 yoshda hayotingizni to‘liq tushunib yetishingiz shart emas.” “Siz kim emasligingizni anglab olishingiz kifoya.”