Yugurik xayollar
Open in Telegram
Tuyqus kelgan fikrlar, xayollar va yengilroq postlarimni shu yerda ulashaman. Soyalar g‘oyadan ko‘proq bo‘ladi. Asosiy kanal: G‘oyalar va soyalar — https://t.me/khurshidyuldosh
Show moreUzbekistan54 197The category is not specified
446
Subscribers
No data24 hours
+37 days
+530 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
April '25
April '25
+435
in 1 channels
March '250
in 1 channels
Get PRO
February '25
+13
in 5 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 23 April | 0 | |||
| 22 April | +1 | |||
| 21 April | 0 | |||
| 20 April | 0 | |||
| 19 April | +1 | |||
| 18 April | +1 | |||
| 17 April | +1 | |||
| 16 April | +1 | |||
| 15 April | +2 |
Channel Posts
Ba’zan taklifnomalarda o‘qib qolaman: "Biz sizni tadbirimizga lutfan taklif qilamiz". Yoki podkastlarda mehmonni tanishtirayotganda "lutfan taklif qildik" deyishadi. Bunda so‘z xato qo‘llanmoqda. "Lutfan taklif qilaman" degani, men senga marhamat, iltifot ko‘rsatyapman, senga yaxshilik qilib, taklif qilyapman deganidir. Podshoh bir tabaasiga shunday aytsa to‘g‘ri bo‘lar. Aslida aksincha bo‘lishi lozim: "Lutfan tashrif buyuring" yoki savol berilsa, "lutfan javob bering". Bunda bizga lutf ko‘rsatib, tadbirimizga keling ma'nosidagi kamtarona murojaat bor.
@khurshidyuldosh_lite
| 2 | Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q deyishadi. Oldingdan oqqani uchun emas, doim oqqani uchun qadrsiz.
Nimanidir qadrsizlantirish uchun uni mo‘l-ko‘l qilib qo‘yish kifoya. Deylik, doim erkin yashagan odam erkinlik, doim tinch yashagan odam tinchlik qiymatini pastroq baholaydi. Nima bor ko’paysa ham qiymati tushmaydigan?
Iqtisodchilar tilida aytganda, bunda marginal utility tushib boraveradi, u xoh moddiy, xoh ma’naviy ne’mat bo‘lsin. Biror narsamni ko‘paytirsam, baxtim to‘kis bo‘ladi deganlar yanglishishi ehtimoli katta. Odam har qanday mo‘llikka moslashadi va avvalgi kayfiyati yana qaytadi.
X ga erishsam, mendan baxtli odam yo‘q deb o‘ylaydi, erishganda esa X ning qiymati tushishni boshlaydi. X ga erishgan emas, unga intilayotgan odam baxtliroq bo‘lishi ham mumkin.
Demak, erishilgan maqsad emas, balki maqsadning doim borligi hayotni qiziq, demakki, baxtliroq qiladi. Turg‘un natija emas, prosess qiziq.
@khurshidyuldosh_lite | 1 692 |
| 3 | Uch yashar o‘g‘lim bir gal savol bergandi, hech esimdan chiqmaydi:
— Yomon odamni yomon ko‘rish kerakmi?
— Ha.
— Yomon odam yaxshilik qilsa-chi, unda ham yomon ko‘rish kerakmi?
— … Xo‘o‘sh, nima desam ekan, yaxshi odamga aylanayotgani uchun yaxshi ko‘rish kerak.
— Hmm…
Aslida javobimdan ko‘nglim to‘lmagan. Uning yaxshi odamga aylanayotganini qanday bilamiz? O‘zi umuman odamni nega yomon ko‘rish kerak, qilayotgan biror ishi uchunmi, xarakteri uchunmi, niyati uchunmi? Qilayotgan ishi shunchaki adashish, xarakteri esa tug‘ma bo‘lishi mumkin. Niyatni esa doim ham bilib bo‘lmaydi. Yaxshi niyatda qilingan yomon ishlar, yomon niyatda qilingan yaxshi ishlar ozmi? Siz kimnidir yomon ko‘rsangiz, buning sababini jiddiy va xolis o‘ylab ko‘rasizmi?
@khurshidyuldosh_lite | 1 146 |
| 4 | El nomidan gapiradigan “Eltuz” degan nashrni mutlaqo jiddiy qabul qilmayman. Fantaziya va reallik qorishmasi. Ayniqsa, shaxsan guvoh bo’lganim va bevosita bilganim holat haqidagi yozganlaridan keyin. Kimgadir tuhmat qilib yozilgan negativ ruhdagi xabarlar ishonchlidek, uni yozgan odam esa haqgo‘ydek ko‘rinaveradi. Zaif nuqtamiz bu.
Biror jurnalist yoki bloger qasddan yolg’on tarqatganiga bir marta guvoh bo’ldingizmi, uni manbalaringiz ro‘yxatidan o‘chirib tashlayvering, ikkinchi marta aldashiga imkon bermaslik kerak. | 1 030 |
| 5 | Ammo tanqidiy qarashning ham chegarasi bor. Qovun va tarvuzga tanqidiy qarashni tezda o‘zlashtirish mumkin, ammo kamdan-kam odam dorixonada biror dori tarkibini o‘qib, unga tanqidiy qaray oladi. Buni o‘zlashtirishga ko‘p vaqt va mehnat kerak. Demak, tanqidiy qarashning ma’qul chegarasi hammada har xil. Juda cheklab tashlansa, ko‘r-ko‘ronalikka, oshirvorilsa o‘zboshimchalikka aylanadi.
Xullas, hamma tanqidiy qarashlarning boshi: o‘z imkoniyatimiz va malakamizga tanqidiy qarashdir. | 1 160 |
| 6 | Bozorda qovun-tarvuz sotib olayotganda tekshirasiz-ku, ko’tarib ko’rasiz, hidlaysiz, urasiz, chertasiz… ana shuni “tanqidiy qarash” deyiladi. Qo’lingizga berilganni ko‘tarib ketmaysiz, avval tekshirasiz. Biror fikr yoki xabarga tanqidiy qarash ham shu - tekshir, so‘ng qabul yoki inkor qil. Tanqidiylikni qoralash, yomonlash deb tushunish esa xato. Mahsulotini tekshirganingizdan sotuvchi xafa bo‘ladimi? Bo‘lishi mumkin, agar sifatsiz molini o‘tkazmoqchi bo‘lsa.
@khurshidyuldosh_lite | 991 |
| 7 | Abror Muhtor Ali bir podkastda gapiryapti: “Aristotel fikricha, Yer yassi bo‘lgan, nimaningdir ustida turibdi deb o’ylagan, falsafa borasida kuchli shu faylasuf shunaqa deb o’ylagan”.
Shunaqa emish.
Kitobini o’qing demayman, ChatGPTni ochib so’rang, Aristotel nima deb o’ylaganini. Odam o’zi bilmagan narsa haqida bunaqa ishonch bilan gapirmagani ma’qul.
Nafaqat Aristotel, balki u bilan zamondosh ko’plab faylasuflar Yerni sfera deb taxmin qilishgan. Milodiy 2-asrda Eratosfen Quyosh nuri soyasi burchagi turli joylarda qanday o’zgarishiga qarab, Yer aylanasi uzunligini o’sha davr uchun katta aniqlikda o’lchagan hatto.
Oy tutilganda tushadigan soya Yernikiligini bilishgan va bu soya aylana ko’rinishdaligini ham kuzatishgan.
Geosentrik nazariya va osmon sferalari haqidagi o‘sha eski tasavvurlar ham Yerning sfera bo’lganini nazarda tutadi.
Yerni yassi deb aslida kim o’ylaganini o‘zingiz toping 😊
@khurshidyuldosh_lite | 1 945 |
| 8 | Meningokokka qarshi vaksina so‘rab, vaksinatsiya markazlariga qo'ng'iroq qilsam, aksariyatida bir narsani so'rashyapti: Umraga ketyapsizmi? Sertifikat qilib berishimiz mumkin. Bilishimcha, vaksina olmasa ham, soqqasini to'lasa, sertifikat qilib berishadi. Faqat bittasi emlatmasdan sertifikat olmoqchi bo‘lsangiz, unaqasi yo‘q bizda dedi.
Meningokokk jiddiy infeksiya, vaksina olmay quruq sertifikat olayotganlar avvalo o'zini, yuqtirib kelsa, boshqalarni ham xavfga qo'yadi. Umra ziyoratini yolg'on bilan boshlash to'g'rimikan? Bilishimcha, meningitga qarshi emlash talabini Saudiya tomoni qo'ygan. Ular shuni talab qilgan bo‘lsa, demak, xavf darajasi oshgan.
@khurshidyuldosh_lite | 1 468 |
| 9 | Yashik-yashik aroq sotib olib, keyin uni sindirib, videoga oladiganlar minglab aroqxo‘rlarga tuzukroq narsa ichlaring demoqchi bo’ladi.
@khurshidyuldosh_lite | 1 212 |
| 10 | Энг катта мифлардан бири: “Кўз ёшлар алдамайди”. Кўз ёш ҳам, самимийдек кўринган кулгу ҳам алдайди, қаттиқ алдайди. Аслида йиғи қудратли манипуляция қуроли.
@khurshidyuldosh_lite | 2 755 |
| 11 | Bolaligimda velosiped minishni o‘rganayotganimda bir marta ham yiqilmaganman (yoki eslolmayman buni), ammo o‘rganib bo‘lgach, ko‘p yiqilganman. Yuk mashina tagida qolib ketishimgayam oz qolgan.
Menimcha, o‘z mahoratiga ishonib yuborish va ehtiyotkorlik darajasi teskari nisbatda o‘zgarsa kerak.
Birinchi bosqich: uquvsizlik va ehtiyotkorlik
Ikkinchi bosqich: uquvlilik va ehtiyotsizlik
Uchinchi bosqich: o‘zni bosib olish. Shungacha yetib borganlar yashab ketadi. 😊
@khurshidyuldosh_lite | 1 105 |
| 12 | Kundalik hayotimizdagi o‘zgarishlarni qarang, 2-3 yil oldin ko‘chada kofe sotib olib ketavermasdingiz, unaqa joylar kam edi. Odamlar uchtasi birdani qaynagan suvga solib, shuni kofe deb ichishardi.
Qaniydi, boshqa joylar ham shunaqa o‘zgarsa… Masalan, odamlar o‘zgarsa, chehralar o‘zgarsa… Ana shunday zamonlarni ko‘rdik, yashadik deb ko‘p gapira olsak, shukrlar aytsak…
@khurshidyuldosh_lite | 1 103 |
| 13 | Aleksandr Dugin haqida eshitgandim. Bir gal X’da yozganini ochib o‘quvdim, keyin nuqul postlarini ko’rsataversa-da. Oxiri uning sassiq chol ekaniga meni ishontirdi. ) O‘ngchining ayniganidanam, so‘lchining ayniganidanam o‘zi asrasin!
@khurshidyuldosh_lite | 1 152 |
| 14 | Shu online do‘konlarning bir yomon tomoni borda: ko‘p o‘ylab o‘tirmay sotvolaqolasiz. Narigi tomon ham, bir ikki soat o‘ylavolishingizga qo‘ymay, otni qamchilaydi — shartta kartadan pulni yechadi qo‘yadi. 😊 Do‘konga borguncha aynib qolish, o‘ylavolish yo‘q. Ilgari shopagolik desa, do‘konlarni kezib yuradigan odam tasavvurga kelardi, o‘tdi-ketdi u zamonlar ham.
@khurshidyuldosh_lite | 1 247 |
| 15 | O‘qituvchi deganda tasavvuringizga ayol keladimi yo erkak? Menda ayol keladi. Ko’pchilikda shu deb o’ylayman. O‘qituvchi va ayol assotsiatsiya bo’lib qolgan. Ana shunaqa assotsiatsiyalar kasb tanlashda zimdan ta’sir o’tkazsa kerak, garchi kasb va jins o’rtasida aniq zaruriy bog’liqlik bo’lmasa ham.
O’qituvchilar orasidagi bunday gender disbalansning salbiy ta’siri o’ylaganimizdan kattaroq bo’lishi mumkin, bu taxminim. Tadqiq qilinganmikan-a shu masala? 🤔
@khurshidyuldosh_lite | 1 468 |
| 16 | Maqtovi ham, tanqidi ham zarracha tosh bosmaydigan odamga aylanishni istamasak, maddoh (lagan) bo’lmaslik kerak. O‘ziga ishonchi past, ruhan zaif odam esa atrofiga maddohlarni to’playdi, alda meni, aldangani o’zim yaxshi deb. 😊
@khurshidyuldosh_lite | 1 774 |
| 17 | Juma kuni qiz bolalar maktablarga milliy kiyimda borishi majburiy bo‘lganmishmi? Bu faqat qizlarga tegishlimi? Balki o‘g‘il bolalar yaktak, qizlar paranjida borar-a? Milliy libos-ku!
Atlasli miniyubkada borsa-chi? Atlasdan tikilsa, milliy bo’lib qoladimi?
@khurshidyuldosh_lite | 1 551 |
| 18 | Kimda voyaga yetmagan farzandi bo’lsa, shu kitobni o’qishni tavsiya qilaman. Juda zarur kitob. Nasib qilsa, o’zbekchada ham chiqaramiz.
@khurshidyuldosh_lite | 1 594 |
| 19 | Kimningdir haykali ishlansa, surati chizdirilsa, unda shaxs xarakterining, g‘oyalarining musavvir yoki haykaltarosh tasavvuridagi qiyofasi aks etishi kerak va bu qiyofa o‘sha odamning asl suratiga mos kelishi shart emas. Aks holda, bu san’at asari emas, ma’nosiz nusxa, kopiya xolos. Shahar ko‘chalaridagi haykallar, portretlarning aksari san’at emas. Jadidlarning pasportga tushgan suratidan nusxa ko‘chirib qo‘yishadimi-ey, shu ham san’atmi? Oq saroy oldidagi Karimov haykaliga qarang, fotodan shunchaki nusxa ko‘chirib qo‘ya qolgan.
Sovet davridagi ishlarda qaytanga ma’no bor.
@khurshidyuldosh_lite | 1 349 |
| 20 | Илгари кино кўриш учун ТВда қачон кўрсатишаркин деб кутардик, ҳозир интернетга кирамиз-у кўрамиз.
Илгари бирор китобни топиш учун танишлардан сўраларди, кутубхоналарга бориларди, ҳозир интернетда зумда аудио ёки электронини топамиз.
Илгари бирор ашулани эшитиш учун радиода беришларини кутиб ўтиришарди. Кассеталарда ҳам нари борса 15 та ашула бўларди. Униям қўшнилар бир-биридан олиб туриб эшитарди…
Хуллас, ҳамма нарса тезлашди ва мўллашди, аммо ҳар бирининг қадри пасайди.
Бир ҳафта кутиб кино кўрган одамнинг эътибори бир дақиқада топиб кўраётганникидан кучлироқ бўлса керак.
Осон топиладиган нарсага эътибор ҳам ўзига яраша бўлади. Танқисликнинг ҳам ўз жозибаси ва нафи бор.
@khurshidyuldosh_lite | 1 322 |
