en
Feedback
Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov

Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov

Open in Telegram

💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar 📚 Kitob tahlili 🎬 Kino taqriz Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov

Show more
424
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-2030 days
Posts Archive
#mutolaa Ushbu kitobda SSSR hamda AQSh da fuqarolar ega bo'lgan haq-huquqlari to'liq har jabhadan taqqoslab chiqilgan va G'ar
#mutolaa Ushbu kitobda SSSR hamda AQSh da fuqarolar ega bo'lgan haq-huquqlari to'liq har jabhadan taqqoslab chiqilgan va G'arb mediasida Sovet Ittifoqi haqida shakllangan imidj reallikka to'g'ri keladimi yoki yo'q - shu masalaga oydinlik kiritilgan. Kitob avvaliga haq-huquqlar turlarini to'liq tavsiflaydi, keyin esa Sovet Ittifoqining Markaziy Osiyoga hamda boshqa Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bo'lgan "munosabatini" kolonial bo'lganmi yoki yo'q, ayollar huquqlari, iqtisodiy huquqlar, va yana ko'plab masalalar haqida so'z yuritadi. Sovet Ittifoqi tarixiga qiziqqanlar, o'qib ko'rishiga arziydi. 13/30

“Agar bolani yomon xulqi uchun jazolab, yaxshi xulqi uchun mukofotlasangiz, u to‘g‘ri ishni faqat mukofot uchun qiladi. Va u dunyoga chiqib, yaxshilik har doim ham mukofotlanmasligini, yomonlik esa har doim ham jazolanmasligini ko‘rgach, u faqat bu dunyoda qanday qilib foyda ko‘rishni o‘ylaydigan, o‘z manfaatiga qarab to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ish qiladigan insonga aylanadi.” — Immanuil Kant, Ta’lim haqida

Yangi mavzuda post qoraladim, o'qiymizmi?

Odatda inson o'zi rostan xohlasagina o'rganadi. O'qituvchi sifatida Siz qiziqishni "qitiqlaysiz" xolos.

Repost from Bobil Kutubxonasi
Gapirishdan avval o’yla. O’ylashdan avval o’qi. Fran Leibowitz @bobil_kutubxonasi

Erix Frommning “Иметь или быть” kitobini o‘qib tugatib, yetmaganiga “Сцены из супружеской жизни” filmini ham ko‘rganimdan keyingi ayrim fikr-mulohazalarim Ijtimoiy tarmoqlardagi qo‘shtirnoq ichidagi “multimillioner” blogerlar bizni bir narsaga qattiq ishontirdi, ya’nikim go‘yo insonning qadri uning daromadi, mashinasi, kvartirasi, auditoriyasi va statusi bilan o‘lchanadi. Va bir kun kelib bizlar ham xuddi ular kabi “muvaffaqiyatli” insonlarga aylanishimiz mumkin. Eng xavflisi esa, asta-sekin shunaqa provakatsion chiqishlari bilan insonlarning oddiy hayotni qadrsizlantirib yuborishdi. Endi tinchgina o’z hayotini yashayotgan inson emas, balki doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda o‘sayotgan, ko‘payayotgan, “kuchayib borayotgan” inson obrazi idealga aylandi. Fromm bu holatni ancha oldin yozib ketgandi. Uning fikricha, zamonaviy kapitalistik jamiyat insonni “manili mavjud bo‘lish”dan uzoqlashtirib, “ega bo‘lish” rejimiga o‘tkazadi. Ya’ni inson yashamaydi, egalik qiladi. Sevmaydi, egallaydi. His qilmaydi, iste’mol qiladi. Hattoki bugun munosabatlar ham asta-sekin bozorga o‘xshab boryapti. Insonlar bir-birini turmush qurishdan oldin “mos keladimi?”, “statusi qanday?”, “daromadi qancha?” degan savollar orqali baholaydi. Yirik kompaniyalar va reklama industriyasi esa bizni ehtiyojlari hech qachon tugamaydigan mavjudotlarga aylantirdi. Aslida kerak bo‘lmagan narsalarni ham “hayot sifati”, “komfort”, “prestij” degan nom bilan ongimizga joylashtirdi. Inson o‘zining tabiiy ehtiyojlari bilan emas, sun’iy ravishda ishlab chiqarilgan yetishmovchilik hissi bilan yashay boshladi. Bergmanning o‘sha filmida bir epizod bor: bosh qahramon universitetda falsafadan dars beradigan professor tadqiqotchi psixolog bilan suhbati davomida kapitalizm an’anaviy nikoh institutini yemirayotganini aytadi. Menimcha, bu juda muhim nuqta. Chunki bugungi inson nikohni ham iqtisodiy loyiha sifatida ko‘ra boshladi. Bir vaqtlar G‘arb mamlakatlarida odamlarning juda kech turmush qurishini tanqid qilardik. Bugun esa aynan o‘sha model bizga ham kirib keldi. Sababi oddiy: endi o‘rtacha yashashning o‘zi ham yetarli emas. Yigit ham, qiz ham “minimum” standartni emas, ideal hayotni kutadi. Va bu idealning katta qismi internetdagi propaganda ta’sirida qurib berilgan illyuziya. Bugun oyiga 15 million topadigan odam ham o‘zini kambag‘aldek his qilishi mumkin. Chunki u endi o‘zini qo‘shnisi bilan emas, Dubaydagi blogerlar, muvaffaqiyat “gurulari”, status namoyish qilayotgan insonlar bilan solishtiradi. Kattalar esa: “Bizning davrimizda boshqacha edi” deydi. Ha, boshqacha edi. Chunki ularning davrida jamiyat bugungidek keskin tabaqalashmagan edi. Hamma deyarli bir xil yashardi. Status farqi bugungidek agressiv ko‘rinishda emasdi. Ijtimoiy tarmoqlar yo‘q edi. Inson har kuni yuzlab begonalar hayotini tomosha qilib, o‘zini ular bilan taqqoslamasdi. O’z hayotini sariq-chaqaga ham arzimasligini bu qadar his qilmasdi. Bugungi davrda esa inson o‘z hayotini yashamay qo‘ydi. U ko‘proq boshqalarning hayotini kuzatadi. Va asta-sekin o‘z mavjudligini yetarli emasdek his qila boshlaydi. Eng katta fojea ham shu yerda boshlanadi. Fromm aytganidek, zamonaviy insonning asosiy muammosi kambag‘allik emas, ichki bo‘shliqdir. Chunki iste’mol orqali to‘ldirilayotgan hayot hech qachon to‘liq qoniqish bermaydi. Bir ehtiyoj qondirilishi bilan boshqasi paydo bo‘ladi. Natijada inson yashashni emas, doimiy ravishda kalamushlar poygasida yugurishni o‘rganadi, xolos. Va ehtimol bugungi insonning eng katta tragediyasi ham shundadir, ya’ni u hayotni his qilishni unutib, uni doimiy ravishda “yaxshilash” o’yinini o’ynash bilan band. @islom_nurmurod

“Erkinlikni sevgan har bir inson Qizil Armiyaga shunday qarzdorki, bu qarzni hech qachon to‘lab bo‘lmaydi.” — Ernest Hemingue
“Erkinlikni sevgan har bir inson Qizil Armiyaga shunday qarzdorki, bu qarzni hech qachon to‘lab bo‘lmaydi.” — Ernest Heminguey

1955-yilda Mao Zedong Xitoyning AQShga "yetib olish va undan o'zib ketish" uchun 15 ta 5 yillik reja kerak bo'lishini aytgan. Eslatma: bu yil o'n beshinchi 5 yillik reja boshlandi

Sizlarga o'zim uchun juda katta og'riqli nuqta bo'lgan bir narsa haqida aytib bermoqchiman. Ancha-muncha o'quvchilarni o'qitib ko'rib, bir narsani ko'p guvohi bo'ldim, qiynaldim, siqildim... Xullas... Ko'p emas bunaqa o'quvchilar, lekin bor. O'quvchi yoki oddiy fikrlovchi sifatida qilishi kerak bo'lgan elementar majburiyatni ham Sizga yuklaydigan o'quvchilar bor. Masalan, oddiy bir mavzuda qandaydir savol chiqib qoldi. O'zi o'ylab ko'rish, javobni qidirib ko'rish degan "instinkt" yo'q. Darhol ustozga murojaat qiladi. Ustoz uchun bu muammo emas, faqat ayrim savollarni ko'rib, bu bola "Qaysi g'orda katta bo'lgan" degan savolni bervoradi-da kishi o'ziga. Bu elementar farosat. Avvaliga kel, o'zim bir fikrlab ko'ray. Muammo nimada? Uni qanday qidirib ko'rsam bo'ladi? Eng muhimi o'zim, ha O'ZIM nima qila olaman bu bo'yicha? Shuni qilib ko'ray, umuman o'xshamasa va boshi berk ko'chaga kirib qolsam, ana o'shanda ustozdan so'rash mantiqliroq bo'ladi, demaydi-da jin urgur anovi o'quvchi. Bir tarafdan ularni ham tushunishga harakat qilaman: nimadirni hato qilib qo'yishdan qo'rqib, mas'uliyatni birovga o'tkazishni xohlashar. Lekin, hayotda ko'p qiladigan ishimiz qandaydir muammoga yechim topishdan iborat; buni hisobga olsak, kontekst qanchalik mayda bo'lmasin, har xil narsalar sinab ko'rib, o'z tajribasini boyitish o'zingiz uchun qilishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi ishlardan biri-ku! Farosatni oshiraylik, o'rtoqlar. Atrofdagilarni azoblamanglar.

Video message00:20

#mutolaa Ushbu asarni ilk bor 20 yoshimda Sarvar akamning tavsiyasi bo'yicha o'qigandim. Rosa qiziqarli mutolaa bo'lgandi. Ma
#mutolaa Ushbu asarni ilk bor 20 yoshimda Sarvar akamning tavsiyasi bo'yicha o'qigandim. Rosa qiziqarli mutolaa bo'lgandi. Mana 6 yil o'tib, Adabiyot klub bahonasida qaytadan o'qib chiqdim. Umumiy ma'no-mazmun esimda bo'lsa-da, ko'plab mayda detallarni yanada yaxshiroq tushunib, eslab mazza qilib o'qidim. Chinakamiga maroq bilan o'qishlik asar. Har xil mavzular ko'tarilgan: muhabbat va nafrat, shaxsiyat, e'tiqod va hokazo. Badiiy asarlar orasida yetarlicha qadrlanmaydigan mumtoz asar, fikrimcha. Hayotingizda kamida bir martta o'qib ko'rish kerak bo'lgan asar. 12/30

Bir mavzu ustida fikrlash miyadagi ancha-muncha tartibsizlikni yo'qotadi.

1-may bilan tabriklayman! 🚩 Bugun — xalqaro mehnatkashlar birdamligi kuni. Dunyoning turli joylaridagi ishchilar bir maqsad yo‘lida — adolat, tenglik va o‘z haq-huquqlari uchun birlashadigan kun. Mehnat qilayotgan har bir inson hurmatga loyiq. Birligimiz kuchimizdir! Barchangizga mustahkam iroda, birdamlik va yorug‘ kelajak tilayman.

Repost from Shaha Dolimov
Texnologiya giganti Oracle yaqinda 30 ming kishini elektron xabar orqali bo’shatib yubordi. Tasavvur qiling, ertalab tursangiz ishingizni dab-durustdan olib qo’yishgan va buni sizga elektron pochta orqali aytishgan. Ajoyib-a? Eng qizig’i, shu hodisalar paytida, Oracle yangi Moliya direktoriga $29.7 millionlik yillik maosh berdi. $29,7 MILLION!!! Bundan haqiqat yoki mantiq izlashga harakat qilmang, foydasi yo’q. Oddiygina, korxona sizni oilangiz emasligini yodda tuting tamom. Ja sodiqlik qilgingiz kelsa, ayolingizga, farzandingizga, yoki yaqin do’stingizga qiling, korxonaga emas. Ishingizni vaqtida bajarib oylikni halol oling lekin ortiqcha qilishingiz shart emas. Eplay olsangiz, qo’shimcha daromad manbai qilib qo’ying. “Yo’q bizni rahbar yoki korxona unaqa emas” deb o’ylashingiz mumkin. Unda shunday ertakda yashashda davom eting. @shahadolimov

Ayrim davlat tomonidan moliyalashtiriladigan konkurs/musobaqalardan tashqari, har qanday ulkan yutuq va'da qilayotgan xususiy tashkilot Sizdan aynan o'sha katta yutuq qiymatidan ham ko'proq foyda oladi. Agar bunday bo'lmaganida edi, bu konkurs tashkil qilinmayotgan bo'lardi. Aynqisa bu tashkilot xususiy bo'lsa, maqsad deyarli hech qachon filantropik (manfaatsiz) bo'lmaydi.

Ish beruvchilar eng ko‘p qadrlaydigan kompetensiyalar Bu yozayotganlarim, asosan, xususiy sektor va natijaga qarab baholanadigan muhitlarga nisbatan. Ya’ni qog‘ozdagi diplomdan ko‘ra, amalda nima bera olishingiz muhim bo‘lgan joylar haqida gap ketadi. Bugungi davrda ko‘pchilik hali ham shunday fikrda, ya’ni muvaffaqiyat uchun faqat bilim kifoya va yoki tajriba bo‘lsa bas. Yo‘q. Bilim va tajriba muhim, albatta. Lekin ko‘p hollarda ular ikkilamchi bo‘lib qoladi. Chunki bilimli, lekin ishonchsiz odamdan ko‘ra, o‘rtacha bilimli, ammo tayanch bo‘la oladigan inson ko‘proq qadrlanadi. Hozirgi bozorda eng kuchli kapital - bu xarakter va ish odobidir. Eng qadrlanadigan ko‘nikmalar esa ko‘pincha shular: Birinchisi, intizom. Hech kim sizni har kuni itarib turmaydi. O‘zini boshqara oladigan odam boshqalardan oldinga chiqadi. Kechikmaydigan, va’dasida turadigan, kayfiyatiga qarab ishlamaydigan inson har doim ustun hisoblanadi. Ikkinchisi - bu mas’uliyat. Xatoni bo‘yniga ola bilish, ishni oxiriga yetkazish, topshirilgan vazifani egasiday ko‘rish - bu kamdan kam uchraydigan sifat, chunki ko‘pchilik sabab qidiradi, ozchilik esa yechim. Uchinchisi, vijdon. Ya’ni nazorat bo‘lmaganda ham to‘g‘ri ishlash. Hech kim ko‘rmayotganda ham halol qolish. Bu narsa rezyumeda yozilmaydi, lekin vaqt o‘tib hammadan balandroq baholanadi. To’rtinchisi, albatta xarizma. Bu faqat chiroyli gapirish emas. Bu energiya, muomala, odamlar bilan ishlay olish, kirgan joyida muhitga ta’sir qila olish. Ba’zan bir xil bilimdagi ikkita odamdan aynan shu sabab biri tanlanadi. Beshinchisi, esa moslashuvchanlik. Dunyo o‘zgaryapti. Tizimlar, bozor, texnologiya, talablar almashyapti. Eski usulga yopishib olgan konservativ odam buyog’iga yanada ortda qoladi. O‘rganishda davom etgan odam esa o’z sohasida o‘sadi. Oxirgisi, ambitsiya. Ko‘pchilik faqat oylik uchun ishlaydi. Ba’zilar esa o‘sish uchun ishlaydi. Farq yillar o‘tib juda katta ko‘rinadi. Ichida olovi bor insonni to‘xtatish qiyin. Bularni o’zimning shaxsiy kuzatuvlarim va subyektiv tajribalarimdan kelib chiqqan holda yozdim. Agar sizda shu sifatlar bo‘lmasa, qanchalik aqlli, bilimli yoki tajribali bo‘lmang, bir nuqtada ortda qolishingiz mumkin. Chunki zamonaviy ish bozori faqat “nima biladi?” deb emas, “kim o‘zi?” deb ham baholaydi. Bilim sizni eshik oldiga olib keladi. Xarakter esa ichkarida ushlab qoladi. Ko‘pchilik diplom yig‘adi. Kamchilik esa shaxsiyat quradi. Aynan ikkinchisi uzoqqa boradi. @islom_nurmurod

Nimagadir yozay desam mavzu yo'q, xuddi hozirda mavzu kamroqdek tuyilyapti. Lekin, manimcha ko'p narsaga e'tibor bera olmayapman, yoki bersam ham bu bo'yicha fikr bildirish shart emas deb o'zimni ko'proq tiyishni boshladim. Bu qaysidir ma'noda yaxshi o'zgarish, fikrimcha. Chunki, har bir narsaga fikr bildiraverishga majbur emasmiz, bunga alohida energiya sarflashning ham hojati yo'q. Yana bir sababi, menimcha, jismoniy toliqish oxirgi paytlarda ko'proq bo'lyapti - shunga ham nimadir haqida batafsil yozish erish tuyilayotgandir. Nimadir mavzu bo'lsa, mindeee o'rtaga tashlanglar, balkim ilhomim kelib ketib, yozvorarman :)

Repost from Politeconom_uz
Бугун инсоният тарихида энг катта из қолдирган (тарихда биринчи бор бойлар эмас, мехнаткашлар хокимиятига, яъни асл демократи
Бугун инсоният тарихида энг катта из қолдирган (тарихда биринчи бор бойлар эмас, мехнаткашлар хокимиятига, яъни асл демократияга асосланган державага асос солиб), аммо ўша бойлар пропагандаси орқали хусусан бизнинг ахоли онгидан ушбу изи ўчирилган инсон — ВЛАДИМИР ИЛЬИЧ ЛЕНИННИНГ туғилган куни.
«...Биз утопист эмасмиз. Биз биламизки, ҳар қандай қора ишчи ёки ҳар қандай ошпаз ҳозироқ давлат бошқарувига киришишга қодир эмас. Бу масалада биз кадетлар билан ҳам, Брешковская билан ҳам, Церетели билан ҳам фикрдошмиз. Аммо бизнинг бу фуқаролардан фарқимиз шундаки, биз давлатни бошқариш, бошқарувнинг кундалик, одатий ишларини юритиш фақат бойлар ёки бой оилалардан чиққан амалдорларнинггина қўлидан келади, деган янглиш фикрдан зудлик билан воз кечишни талаб қиламиз. Биз давлат бошқаруви ишини ўргатишни онгли ишчилар ва аскарлар олиб боришини ҳамда бу ўқитиш ишлари зудлик билан бошланишини, яъни бундай ўқишга барча меҳнаткашларни, бутун камбағал қатламни ҳозироқ жалб қилишни талаб қиламиз...»

"Bosim" va "Melanxoliya" Isomiddin Eshonqulov
+1
"Bosim" va "Melanxoliya" Isomiddin Eshonqulov