Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov
Open in Telegram
💬 Shaxsiy fikrlar va qarashlar 📚 Kitob tahlili 🎬 Kino taqriz Murojaat uchun: @javokhir_makhkamov
Show more424
Subscribers
-124 hours
No data7 days
-2030 days
Posts Archive
Menimcha, davlat korxonalari va muassasalari iqtisodiyotda juda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pchilik davlat sektorini samarasiz deb hisoblaydi, biroq uning eng muhim vazifalaridan biri mehnat bozorida ish haqlari uchun ma’lum bir standart yaratishdir. Agar davlat o‘z xodimlariga munosib maosh to‘lasa va bu maoshlarni inflyatsiyaga mos ravishda muntazam oshirib borsa, bu nafaqat davlat xizmatchilarining, balki xususiy sektorda ishlovchilarning ham manfaatlariga xizmat qiladi.
Masalan, tasavvur qilaylik, davlat maktablarida o‘qituvchilar oyiga o‘rtacha 12 million so‘m maosh oladi. Bunday vaziyatda xususiy maktablar malakali o‘qituvchilarni jalb qilish uchun bundan ham yuqoriroq maosh taklif qilishga majbur bo‘ladi. Aks holda, o‘qituvchilar davlat sektorida qolishni afzal ko‘radilar. Natijada davlat sektori xususiy sektor uchun maoshlar bo‘yicha o‘ziga xos “pastki chegara” vazifasini bajaradi. Davlat har yili maoshlarni inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilsa, xususiy ish beruvchilar ham ishchi kuchini saqlab qolish uchun maoshlarni oshirishga majbur bo‘ladilar.
Biroq ayrim sohalar to‘liq xususiylashtirilsa, vaziyat boshqacha tus olishi mumkin. Agar davlat bu sohalardan butunlay chiqib ketsa, xususiy kompaniyalar, ayniqsa yirik va monopol mavqega ega bo‘lganlari, maoshlarni past darajada ushlab turish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, o‘qituvchilarga 7 million so‘m maosh belgilab, uni bir necha yil davomida oshirmasliklari mumkin. Bu orada inflyatsiya tufayli narxlar muntazam oshib boradi va ishchilarning real daromadi kamayadi. Nominal maosh o‘zgarmagan bo‘lsa ham, uning xarid qobiliyati yildan-yilga pasayib boradi.
Shuning uchun men davlat muassasalari va korxonalarining saqlanib qolishi muhim deb hisoblayman. Bundan tashqari, davlat sektoridagi maoshlar xususiy sektordagidan kam bo‘lmasligi va har yili inflyatsiyaga mos ravishda indeksatsiya qilinishi kerak. Ishchilar esa o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalari orqali birlashishlari va munosib mehnat sharoitlari hamda adolatli ish haqlari uchun kurashishlari lozim. Fikrimcha, aynan shunday yondashuv aholining turmush darajasi pasayib ketishining oldini olishga yordam beradi.
Iqtisod haqida gap ketganda ko‘pchilik eng muhim tushunchalar sifatida inflyatsiya, ishsizlik yoki bozor qonunlarini eslaydi. Lekin buxgalterlar juda yaxshi biladigan, ammo keng omma orasida kamroq muhokama qilinadigan bir muhim tamoyil bor. Bu — ikki tomonlama yozuv (double-entry accounting) prinsipidir.
Uning mohiyati juda oddiy: iqtisodda hech qanday pul havodan paydo bo‘lmaydi va yo‘qolib ham ketmaydi. Kimningdir xarajati, boshqa birovning daromadiga aylanadi. Agar bir joyda “minus” paydo bo‘lsa, boshqa joyda shunga teng “plyus” yuzaga keladi. Shu sababli buxgalteriyada har bir operatsiya ikki tomondan qayd qilinadi va barcha plyuslar hamda minuslarning yig‘indisi oxir-oqibat nolga teng bo‘lishi kerak.
Buni oddiy misol bilan tushunish mumkin. Aytaylik, siz do‘kondan 50 ming so‘mlik non va boshqa mahsulotlar sotib oldingiz. Sizning hamyoningizda 50 ming so‘mlik kamayish, ya’ni “minus” yuzaga keladi. Biroq do‘kon uchun aynan shu 50 ming so‘m daromad, ya’ni “plyus” hisoblanadi. Pul g‘oyib bo‘lib ketmadi, u shunchaki bir qo‘ldan boshqasiga o‘tdi.
Xuddi shu holat bankdan kredit olishda ham kuzatiladi. Fuqaro uchun kredit — bu qo‘shimcha mablag‘, ya’ni “plyus”. Bank uchun esa bu mablag‘ qarz sifatida qayd etiladi. Keyinchalik mijoz kreditni qaytarganda, bank uchun foyda, mijoz uchun esa xarajat paydo bo‘ladi. Ya’ni iqtisodiy munosabatlarda har doim ikki tomon ishtirok etadi.
Bu prinsip nafaqat alohida odamlar, balki butun jamiyat miqyosida ham ishlaydi. Masalan, bir mamlakat ichida gaz yoki elektr narxlari keskin oshdi, deb tasavvur qilaylik. Natijada aholining katta qismi avvalgiga qaraganda ko‘proq mablag‘ sarflashga majbur bo‘ladi. Odatda odamlar “hamma zarar ko‘ryapti” degan fikrni aytadilar. Aslida esa, ikki tomonlama yozuv prinsipiga ko‘ra, bu qo‘shimcha to‘lovlar kimningdir qo‘liga daromad sifatida borib tushadi. Ya’ni aholining ortiqcha xarajatlari boshqa bir guruhning qo‘shimcha foydasiga aylanadi.
Buni oddiyroq misol bilan tasavvur qilish mumkin. Qishloqda 100 ta xonadon yashaydi. Agar gaz narxi oshishi natijasida har bir oila bir oyda qo‘shimcha 100 ming so‘m to‘lasa, jami 10 million so‘mlik qo‘shimcha xarajat yuzaga keladi. Bu 10 million so‘m havoga uchib ketmaydi. U gaz kompaniyasiga, uning aksiyadorlariga, davlat byudjetiga yoki ushbu tarmoq bilan bog‘liq boshqa subyektlarga daromad bo‘lib o‘tadi. Demak, bir guruhning “minusi” boshqa guruhning “plyusi”ga aylanadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, iqtisodiy siyosat natijalari jamiyatning turli qatlamlariga turlicha ta’sir qiladi. Ba’zi qarorlar ko‘pchilik uchun qo‘shimcha xarajat bo‘lsa, ayrim guruhlar uchun qo‘shimcha daromad manbaiga aylanadi. Siyosiy iqtisodda aynan mana shu manfaatlar to‘qnashuvi sinfiy kurash deb ataladi. Ya’ni gap faqat g‘oyalar yoki qarashlar to‘qnashuvi haqida emas, balki turli ijtimoiy guruhlarning iqtisodiy manfaatlari haqida ketadi.
Albatta, real hayot bundan murakkabroq. Pulning bir qismi xorijga chiqib ketishi, davlat soliqlari yoki yangi mahsulotlar yaratilishi kabi omillar ham mavjud. Lekin asosiy g‘oya o‘zgarmaydi: iqtisodda ko‘pincha birovning xarajati boshqa birovning daromadiga aylanadi. Shuning uchun har qanday iqtisodiy qarorni baholashda “Kim zarar ko‘ryapti?” degan savol bilan bir qatorda, “Buning hisobiga kim yutyapti?” degan savolni ham berish muhimdir.
Chunki iqtisod faqat raqamlar to‘plami emas. U — turli odamlar va guruhlar o‘rtasidagi manfaatlar tizimidir. Va ikki tomonlama yozuv qonuni bizga bir muhim haqiqatni eslatib turadi: iqtisodda deyarli hech narsa izsiz yo‘qolmaydi, bir yerdagi minus boshqa yerdagi plyus bilan bog‘liq bo‘ladi.
Repost from Jalilov. Qaydlar
"Ursa odam bo'ladi"...mi?
UCL (University College London, Pedagogika (Ta'lim) bo'yicha QS reytingida dunyoda 1-o'rinni egallab kelayotgan universitet) e'lon qilgan tadqiqotda jismoniy jazo hamda bolaning imtihondagi yutuqlari va xulq atvori o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, jismoniy jazo va bolaning imtihon natijalari hamda xulq-atvori yomonlashishi o'rtasida bog'liqlik borligi aniqlangan.
Xususan, 3, 5 va 7 yoshlarida jismoniy jazo berilgan bolalarning GCSE (maktab o'quvchilari 16-yoshida topshiradigan imtihonlar) natijalari, xususan, ingliz (ona) tili va matematika natijalari jismoniy jazo qo'llanilmagan o'quvchilarga nisbatan pastligi, shuningdek, bunday bolalarda boshqalarga nisbatan tazyiq (bullying) va boshqalarni urish, itarish kabi salbiy xatti-harakatlar ko'proq kuzatilishi aniqlangan.
Tadqiqotning yetakchi muallifi Dr Anja Heilmann so'zlariga ko'ra, tadqiqot jismoniy jazo bolaning rivojlanishi va farovonligiga salbiy ta'sir qilishini yana bir bor isbotlab berdi. Tadqiqot hammuallifi Dr Becca Lacey esa bolaga nisbatan jismoniy jazo o'rta va uzoq istiqbolda yomon akademik ko'rsatkichlar va g'ayriijtimoiy xulq-atvor kabi salbiy oqibatlarga olib kelishini ta'kidlaydi.
Toshent shahar Mirzo Ulug'bek tumanidagi maktablardan birida yaqinda bo'lib o'tgan mojaro esa O'zbekistonda aksar pedagoglar hozirgi bolalarni urish (jismoniy jazo qo'llash) tarafdori ekanliklarini ko'rsatdi. Mojaroda o'quvchi sog'ligiga zarar yetkazgan pedagog o'z kasbi sha'nini himoya qilgan deb topildi, mojaroni xolis yoritgan va har ikki tomonga so'z berishga harakat qilgan jurnalist esa bir necha soat ichki ishlar organlarida ushlab turildi.
Repost from Islom Nurmurod | Philosopher
Bilim insonni o‘zgartirmaydi.
Agar bilimning o‘zi insonni o‘zgartira olganida, reels ko‘rib ulg‘ayayotgan avlod allaqachon o‘zgarib ketgan bo‘lardi. Axir har kuni ularga muvaffaqiyat formulalari, intizom sirlari, boylik qonunlari va motivatsion nutqlar uzluksiz uzatilmoqda.
Agar bilimning o‘zi yetarli bo‘lganida, qanday boyish haqidagi kitoblarni o‘qiganlarning barchasi boyib ketgan bo‘lardi. Psixologiya haqidagi kitoblarni o‘qiganlar ruhiy sog‘lom, falsafa o‘qiganlar dono, din o‘qiganlar esa komil insonlarga aylangan bo‘lardi.
Agar bilimning o‘zi insonni harakatga keltira olganida, mening postlarimni o‘qigan odamlar ham allaqachon o‘zgarib ketgan bo‘lardi.
Lekin bunday emas.
Inson ko‘pincha haqiqatni biladi, lekin unga amal qilmaydi.
Chekish zarar ekanligini chekuvchidan ko‘ra yaxshi biladigan odam kam. Shunga qaramay u chekishda davom etadi. Dangasalikning oqibatlarini dangasa odamning o‘zi ham biladi. Shunga qaramay ertaga qoldirishda davom etadi. Ba’zan inson qilayotgan ishining xato ekanligini ham biladi, lekin baribir o‘sha yo‘ldan qaytmaydi.
Shunda savol tug‘iladi: agar bilim insonni o‘zgartirmasa, unda insonni nima o‘zgartiradi?
Menimcha, insonni bilim emas, boshidan kechirgan tajribasi o‘zgartiradi.
Ba’zan bitta muvaffaqiyatsizlik yuzta kitobdan kuchliroq ta’sir qiladi. Ba’zan bitta ayriliq butun boshli kutubxonadan ko‘proq narsani o‘rgatadi. Ba’zan esa inson yillar davomida eshitgan haqiqatini faqat boshiga kelgandan keyingina tushunadi.
Shuning uchun ham odamlar argumentlar bilan kam o‘zgaradi. Siz kimningdir qilayotgan ishini mutlaqo mantiqiy va inkor qilib bo‘lmaydigan dalillar bilan xato ekanligini isbotlab berishingiz mumkin. Lekin bu uning o‘zgarishini kafolatlamaydi. Chunki inson mantiq bilan emas, ko‘pincha ichki ehtiyojlari, qo‘rquvlari, odatlari va ehtiroslari bilan yashaydi.
Falsafada qadimdan ma’lum bir paradoks bor, ya’ni inson haqiqatni bilishi mumkin va shu bilan birga o’sha bilgan haqiqatga muvofiq yashamasligiyam mumkin.
Muammo bilimning yetishmasligida emas. Muammo insonning o‘zida. Ba’zan odamlar o‘zgarishni istamaydi. Ba’zan esa o‘zgarish uchun hali yetarlicha azob chekmagan bo‘ladi.
Shuning uchun insonni bilim emas, zarurat o‘zgartiradi. Og‘riq o‘zgartiradi. Yo‘qotish o‘zgartiradi. Hayotning o‘zi o‘zgartiradi. Qolgan hamma narsa esa ko‘pincha shunchaki biz bilgan ma’lumot bo‘lib qolaveradi.
@islom_nurmurod
Bugungi O'zbekiston o'yini haqida
Yomon o‘yin bo‘lmadi, ayniqsa ilk uchrashuv uchun natija qoniqarli. Standart vaziyatlarda ancha qiynaldik, shu tarafni albatta yaxshilash kerak. Menimcha, bir marta katta natija qilib, keyin yana uzoq vaqt ko‘rinmay qolishdan ko‘ra, sekin-sekin tajriba yig‘ib, jamoani kuchaytirib borish muhimroq. Hozir eng asosiysi — barqarorlik. O‘z uslubimiz, o‘z maktabimiz shakllansa, natija o‘zi keladi. Kannavaroga qo‘yilgan vazifa rostan ham shunday bo‘lsa, yanvardagi Osiyo kubogiga yaxshilab tayyorlanib, o‘sha yerda yaxshi natija qilishga urg‘u berish mantiqli. Baribir hamma narsa birdan bo‘lib qolmaydi, kuchli jamoalar ham yillar davomida shakllangan. Muhimi, har safar oldinga qadam tashlab borish va ortga ketmaslik.
Bugun birinchi martta IELTS topshirganimga roppa-rosa 9 yil bo'libdi.
Mas'uliyat
O'qituvchilik qilishimni bu yerda deyarli hamma bilsa kerak. O'quvchilar bilan ishlash davomida bir kichik kundalik muammoga ko'p duch kelganman: o'quvchilar darsga ruchka olib kelmaydi/kelishni xohlamaydi.
Shu muammoni qaysidir ma'noda hal qilish uchun xonamdagi shkafga idish qo'yib, ruchka bilan to'ldirib qo'yganman va o'qvuchilarga tushuntirish berganman: "Ustoz, ruchka berib tura olasizmi?" deb so'rashning hojati yo'q. Agar ruchkangiz yo'q bo'lsa, olib ishlatavering, faqat keyin qaytarib joyiga qo'yib qo'yinglar, deyman.
Ana bo'ldi, muammo bo'lmaydi endi, demoqchi bo'lsangiz, Sizlar ham menga o'xshab adashasizlar. Aksariyat o'quvchilarda ruchka bilan qo'shib, yana bir muhim narsa yo'q: mas'uliyat. Deyarli har haftaning oxirida ruchka idishi bo'shab qoladi.
Ha, mayli. Kichik narsa-ku, esidan chiqqandir, deyishingiz mumkin va ha, to'g'ri bu kichik matoh. Lekin, mas'uliyat katta kichik kontekst tanlamasligi kerak, deb hisoblayman. Esdan chiqib qolgan, odam kamida keyingi darsga qaytarib olib kelsaa bo'ladi.
Ko'plab o'zini va boshqalarni hurmat qilgan insonlar Siz bilan muloqotda, aloqada bo'lish/bo'lmaslikni mas'uliyatingizga qarab hal qilishi mumkin/ehtimoli katta. Menimcha, chinakamiga sifatli ish joyi uchun Sizni ishga olishda diplomingizdan ko'ra mas'uliyatingiz qiziqroq.
Kichikdan to katta konstekstgacha mas'uliyatli bo'lsangiz, hurmatda bo'lasiz!
Men ketdim, ruchka idishini to'ldirib qo'yishim kerak...
Keyingi semestrda o'qiydigan fanlarim;
Art History bilan Intro to Biology'ga alohida ishtaha saqlayapman 😀
Nima uchun ta'lim va tibbiyot xususiylashib, tabaqalashmasligi; davlatning roli tabaqalashishning oldini olish va hamma uchun teng imkoniyatlarni ta'minlashi kerakligi haqida ilmiy tahlil:
https://www.gazeta.uz/oz/2026/06/01/poverty-education/
Bolalar iqtidorini ro‘yobga chiqarish bir qancha omillarga bog‘liq. Bunda oila daromadlari masalaning faqat boshlanish nuqtasidir. Masala haqida fikrlaganda, maktab sifatidagi farq, ta’lim xarajatlarining oila budjetidagi yuki va bolalarning ishga jalb etilishi kabi omillar hisobga olinishi kerak. Kolonka.
+1
Hozir o'qiyotgan kitobimda bir narsa qiziq tuyildi:
Unda aytilishicha, tarixdagi ko‘plab tabaqalashgan jamiyatlarda din tengsizlikni yaratmagan bo‘lishi mumkin, lekin uni saqlab qolish va oqlashda muhim rol o‘ynagan. Ya’ni hokimiyat va elitalar o‘z mavqeini shunchaki kuch bilan emas, balki “bu tartib muqaddas”, “bu ilohiy iroda” degan g‘oyalar orqali ham mustahkamlagan.
Menga eng qiziq tuyulgan joyi shuki, mualliflar har qanday barqaror ijtimoiy tizim o‘zini oqlovchi bir mafkuraga muhtoj bo‘lishini ta’kidlaydi. O‘tmishda bu ko‘pincha din bo‘lgan. Bugun esa bu vazifani boshqa g‘oyalar bajarayotgan bo‘lishi mumkin.
Savol shundaki: hozirgi zamonda mavjud tartibni oqlash uchun qaysi g‘oyalar ishlatilmoqda? O'zgarish katta emasooov.
Manba: How The World Works by Paul Cockshott
Assalomu alaykum, barchaga!
Bayramni nishonlayotgan barchani Qurbon hayiti bilan tabriklayman. 🎆
Bu kun sizga yaqinlar davrasida iliqlik, qalbingizga xotirjamlik va ko‘nglingizga unutilmas yaxshi lahzalar olib kelsin 🌿
Sizlarga qaynoqqina podkast olib kelyapman; ko'plab o'quvchilar kerak bo'lsa ota-onasi bilan ko'rishi kerak, deb hisoblayman
https://youtu.be/nPuPCU0PSx8
Yangi katta asar mutolaasini boshlab yubordim, shu diselar)
Kimga qiziq bo'lsa, shu haftadan yangi BEGINNER guruh boshlayapman; anchadan beri faqat IELTS o'qitayotgan edim. Endi CELTA bo'yicha bilimlarni amaliyotda qo'llash uchun yangi 0 dan guruh ko'tarmoqchiman.
Seshanba/Payshanba/Shanba kunlari soat 16.00 da!
Qiziqqanlar bo'lsa, aloqaga chiqaverasizlar.
P.S Kurs offline formatda Farg'onada Registon o'quv markazida bo'ladi
