cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

pavel durov dog#FREEDUROV
avatar

Jalilov. Qaydlar

Fikrlar. Kuzatishlar. Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot

Show more
Advertising posts
2 959
Subscribers
-524 hours
-37 days
-3530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Gazeta.uz dan Uchinchi Renessansga qadam qoʻygan Yangi Oʻzbekistonda inson qadri haqida reportaj. "Rahbarlar Boysunning xalqi to‘g‘risida qiziqmayapti. Mayli, biz yoshimizni yashaganmiz, lekin bolalar-chi?" "Kofirunga yaqin Rabot degan shaharchada ahvol juda yomon. Aholi evakuatsiya qilinmagan, qanday himoyalanish kerakligi haqida ham ogohlantirilmagan". "Kofirundan 10 kilometr uzoqda turamiz. Ahvol yomon. Ko‘chib ketaylik desak, sharoitimiz yo‘q. Davlat hali odamlar bilan qiziqqani yo‘q. Umuman, ekologiya buzilib ketgan, sog‘lig‘imizga jiddiy zarar yetkazyapti". "Davlat tomondan hech qanday choralar ko‘rilgani yo‘q. “Mana bunday ehtiyot choralarini ko‘ringlar, mana bu dorilarni ichinglar, niqob taqinglar”, degan tavsiyalar, ogohlantirishlar ham berilmadi".
Show all...
“Ahvol yaxshi emas”. Boysunliklar — gaz konidagi portlashdan keyingi vaziyat haqida

Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli quduqda 1-sentabr kuni avariya bo‘lib, atrofga oltingugurt gazi tarqalishi boshlangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, gaz hidi anqishi hali to‘xtamagan va odamlar salomatligiga ta’sir qilyapti. Aholi vaziyat borasida rasmiy va aniq axborot berilishini so‘rayapti.

🔥 6😢 3
Repost from N/a
#таълим #мактаб Нажот – таълимда Болам 1-синфни Канада мактабларидан бирида бошлаганига хурсандман, рости. “Дарё”, gazeta.uz’да ишлаган пайтларим дарсликлар, ўзбек болалар адабиёти муаммоларини кўпроқ ёритардим, жонкуяр таълим эксперти Комил Жалилов, янги авлод дарсликлари муаллиф-муҳаррирлари билан суҳбатлар тайёрлагандим. Вазият яхшиланаман деб турганида бирдан ўзгарганди: мактабларда таълим сифати тушишдан тўхтамади (ҳозирам ўнгланмаган), дарсликлар ёзиш-чиқариш “каттаконлар” қўлига ўтди, хатоларига кўз юмилиб ўқув дастурлари қабул қилинди, аввал Финландия, кейин Сингапур тажрибаси олинди, ўқитувчи ишига аралашадиганлар камаймади – ўртада ўқувчи сарсон, ота-оналар вазиятга ноилож кўнди, менимча. Ривожланган давлатлар тажрибаси бизда ҳам иш берди, деган гапни эшитмадим шу чоққача. Аксинча, креатив (ижодий) фикрлашини баҳоловчи PISA-2022 халқаро тадқиқоти натижаларида Ўзбекистон энг охирги ўнталикдан жой олди. Бошқа рейтингларда ҳам қуйидамиз. Охиридан биринчи/ўнинчи дейди-ку... ------------------ Майли, яхши хабарларга ўтадиган бўлсам, бугун мактаб директоримиз имейл юборибди. 18 сентябрда Garneau мактаби жамоаси билан ота-оналар танишуви бўларкан. Болаларимиз синфхонасини кўздан кечириб, кейин актив залда директор, мактаб кенгаши, Garneau жамияти аъзолари, волонтёр ота-оналар билан саломлашарканмиз. Менга энг ёққани: бу йил Эдмонтон давлат мактабларида янги провинциал ўқув дастури (new provincial curriculum) жорий этилибди. Илм-фан (science) билан, ижтимоий фанлар (пилот режимда) чуқурроқ ўқитиларкан. Синов-тажриба сифатида олиб кирилаётган ижтимоий фанлар кейинги ўқув йилига тўлиқ жорий этилишидан аввал барча фикр-мулоҳаза, таклифлар кўриб чиқиларкан. Шу хабарни ўқидиму, яқинда Комил Жалиловнинг: “Вазир Ҳилола Умарова бошчилигидаги иккинчи тўлиқ ўқув йили аниқ таълим мақсадларисиз ва аниқ curriculum’сиз бошланмоқда” деган пости эсимга тушди. Болалар тақдири, таълими ўйин қилиниши ачинарли... Суриштирилса, тепадаги “каттаконлар”нинг боласи оддий мактабда ўқимайди: ё хусусий, ёки ихтисослашганда савод чиқаради. Аммо репетитор, хусусий мактаб, қўшимча дарс, махсус машғулотларга ҳаммадаям баравар имкон йўқ. Халқ болалари эса сифатли, асоси пухта ўрта таълимни олишга ҳақли. @chnizomiddinova
Show all...
👍 13🔥 3
Men "yoʻq" deyman.
Show all...
bakiroo

​Кулфатга айланадиган АЭСга йўқ, дейишни унутманг Шимолдан тўдалашиб келганлар атом электр станцияси қурилиш майдончасида ишларни бошлаш тўғрисида баённома имзолашипти. Имзолаш маросимида биздан АЭС вазири Ахмедходжаев, шимолликлардан санкциялар остидаги Спасский дегани иштирок этган. Бу маросим билан улар гўёки ҳаммаси режадагидек кетаётганини кўрсатмоқчидек. Албатта, биронта нормал ўзбек ва ўзбекистонлик эртага бутун Марказий осиё учун кулфатга айланадиган АЭС қурилишига ўз хоҳиши билан рози бўлмайди. Эртага фарзандларимиз бўйнидаги иқтисодий, сиёсий, ижтимоий ва экологик бўйинтуруққа айланадиган бу АЭС бўйича қарор қабул қилишдан четлаштирилган ўзбеклар ва ўзбекистонликлар, яъни кучсизларнинг кучи ҳам шунда: Йўқ, дейишни канда қилмасликда. Фарқи йўқ, бизнинг устимиздан биз ҳақимизда қарор қабул қилувчилар ўрис томонига ўтиб олишган бўлса ҳам.

👍 22🤯 1
Министерства энергетики Узбекистана и России договорились о присоединении российского «Системного оператора» к Объединенной энергосистеме (ОЭС) Центральной Азии. Новый партнер будет контролировать перетоки между странами, сообщает ТАСС. Oʻsha "peretok"larni Markaziy Osiyo davlatlari oʻzlari Rossiyasiz nazorat qila olmaydimi?
Show all...
Узбекистан поддержал присоединение российского оператора к энергосистеме Центральной Азии

Министерства энергетики Узбекистана и России договорились о присоединении российского «Системного оператора» к Объединенной энергосистеме (ОЭС) Центральной Азии. Новый партнер будет контролировать перетоки между странами, сообщает ТАСС.

😢 12👍 1🤯 1
Shimolliklar Oʻzbekistonni ham sanksiyalar girdobiga tortmoqchimi? Rossiya Oʻzbekistonda dronlar yigʻishni yoʻlga qoʻymoqchi. Bu haqda Rossiyaning sanksiyalar ostidagi RT telekanali xabar bermoqda. Sanksiyalar ostida boshqalar bilan birga oʻtirish qiziqroqmi deyman ...
Show all...
Мишустин: Россия может локализовать в Узбекистане выпуск гражданских БПЛА

Россия может локализовать в Узбекистане выпуск гражданских беспилотных авиационных систем и их компонентов, заявил российский премьер-министр Михаил Мишустин.

🤬 15🔥 3🤔 3👍 2😱 2😢 2👏 1
O'zbekistonda jurnalist bo'lish qiyin. "Tepa"dagilar jurnalist "milliy kontent" yaratishi, "olamshumul islohotlar"ni yoritishi, "axborot siyosati" bo'yicha maxsus tayinlangan amaldor(lar)ning ma'ruzalarini tinglab, u(lar)ning yo'l-yo'rig'iga amal qilishi kerak deb hisoblashadi. Haqiqiy jurnalist esa o'z vazifasini jamiyatni qiynayotgan muammolar haqida signal berishda, rasmiylarni so'roqqa tutishda, jamiyatdagi jarayonlarni tahlil qilishda deb biladi. Mana shu bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi qarashlar shundoq ham oson bo'lmagan ishni yanada qiyinlashtiradi: 404lar, anjumanlarda savol bermaslik iltimoslari yoki savol berilganda konkret javob ololmaslik, davlat organlari va amaldorlarining faqat "tanlangan" jurnalistlarga ma'lumot berishni xush ko'rishi ... O'zbekistonda jurnalist bo'lishday qiyin ishni uddalayotganlar ham bor. Ko'p emas, lekin bor. Ular turli nashrlarda ishlashadi, lekin ularni shu jamiyat ertasi uchun qayg'urish birlashtirib turadi. Men shaxsan taniydigan, hurmat qiladigan va materiallarini kuzatib boradigan jurnalistlardan biri - kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva o'zining telegram kanalini yurita boshlabdi. Agar ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qiziqsangiz, kanalni kuzatib borishni tavsiya qilaman. Umid qilamanki, unda o'ziga xos tahlilllar, rakurslar, kimlardir uchun "noqulay" savollar bo'ladi. Zero, turfa ovozlarning, "axborot siyosati"ning rasmiy chegaralaridan chiqadigan tahlillar, "noqulay" masalalarni ko'tara oladigan va "noqulay" savollarni bera oladigan ovozlarning kamdan ko'ra ko'proq bo'lgani yaxshi.
Show all...
Dilshooda

Bu – jurnalist Dilshoda Shomirzayevaning kanali. Unda muallif materiallarida berolmagan fikr, kuzatuv va tahlillarini yozadi. Postlar asosan ijtimoiy-siyosiy mavzularda bo'ladi. Instagram: instagram.com/dshomirzayeva Twitter:

https://x.com/Dilshooda

👍 8🔥 3
Oldinroq "Novda"ning ayrim darsliklari xatoliklar sabab qayta chop qilinayotgani, o'quvchilar esa o'quv yilini darsliklarsiz boshlashga majbur bo'layotgani haqida yozgan edim. Ta'limni rivojlantirish markazi shunday qayta chop eti(ayot)gan darsliklardan biri - ta'lim rus tilida olib borilayotgan maktablarning 3-sinfi uchun o'qish darsligining dastlabki bir nechta darslarini e'lon qilibdi. Bu darslik o'tgan yili O'zbekistondagi tarixiy obidalar nomlarini chalkashtirgani bilan mashhur bo'lgan edi. Darsliklarning bu yilgi, "2-chi, qayta ishlangan" nashridagi e'lon qilingan darslarni o'tgan yili e'lon qilingan darslar bilan solishtirib, metodika yoki mazmunda jiddiy o'zgarishlar ko'rmadim (obidalar nomlari tog'rilanganini hisobga olmasa). Masalan, darslikning boshidagi she'r - Abdulla Oripovning "O'zbekiston" she'ri tili va badiiy xususiyatlari jihatdan bu yoshdagi o'quvchiga umuman to'g'ri kelmaydi, she'rdan keyin (6-betda) berilgan savollarga javob berish uchun (masalan, "she'rda shoir qanday badiiy tasvir vositalarni ishlatgan?") o'quvchida oldingi bilimlar ("prior knowledge") yetishmaydi, lekin shunga qaramasdan she'r ham, savollar ham almashtirilmagan. O'sha savol: o'tgan yili shundoq ham defitsitli byudjetdan 1,3 trln ajratilib chop etilgan darsliklarni (yoki ularning bir qismini) bir-yil o'tar-o'tmas qayta chop qilish xarajatlari kimning gardanida? "Novda"ningmi yoki soliq to'lovchilarning?
Show all...
👍 13😢 8
Photo unavailableShow in Telegram
Masalan, agar mana bu tarqalib ketgan surat haqiqatdan ham 5-sinf darsligining mundarijasi bo'lsa, nazarimda, bu yerda yuqorida aytilgan "sxemalar nazariyasi" va oldingi bilimlarni yangi bilimlarni bog'lash tamoyili buzilgan. Mundarijadagi ayrim asarlarni tushunish va tahlil qilish uchun 5-sinf o'quvchilarida yetarlicha "oldingi bilim" ("prior knowledge") mavjud emas. Bu, albatta, IMHO.
Show all...
Oxirgi paytlarda ayrim ta'lim sohasi vakillari bilan gaplashib, shunday xulosaga kelyapman: umumiyat-la olganda bizning pedagogika, metodika haqidagi qarashlarimiz qandaydir subyektiv qarashlarga asoslangan. Aksar hollarda bu qarashlar shunchaki kimningdir hech qanday valid empirik tadqiqotga asoslanmagan fikri, lekin bu fikrni ilgari surgan yoki surayotganlarning "vazni" katta bo'lgani uchun unga e'tiroz bildirilmaydi, fikri savol ostiga qo'yilmaydi. Bu fikr kimningdir subyektiv fikri bo'lib qolsa-ku, mayli, lekin ba'zan bu fikrlar asosida ta'lim dasturlari tuziladi, darsliklar yaratiladi, o'qitish tizimi yo'lga qo'yiladi. Va eng yomoni - bu "vazni og'ir" kazolar butun dunyoda o'z isbotini topgan va pedagogik tafakkurda qabul qilingan tushunchalarni shunchaki "xorijning qarashlari bizga to'g'ri kelmaydi" deb inkor qilishadi. Keyin esa "nega o'quvchilarimiz oddiy narsalarni tushunmayapti" deb o'tiramiz. Axir, pedagogikaning oddiy ilmiy qonuniyatlari hisobga olinmagandan keyin, tuzilgan dasturlar yoki ilgari surilgan metodikalar ish bermasligi tayin-ku. Bu xuddi, deylik, fizikaning bazaviy qonuniyatlarini hisobga olmay yaratgan mashinangiz o'rnidan siljimasligiday bir gap. Ilgariroq "sxemalar nazariyasi" haqida yozgandim. Undan keyin oldingi bilimlarning o'rganish jarayonidaghi ahamiyati haqida yozdim: yangi bilim samarali o'zlashtirilishi uchun mos, yetarli va to'g'ri oldingi bilimlar bo'lishi va ular faollashtirilishi kerak. Shunga o'xshash fikrni yana bir olim ilgari surgan: Amerika psixologi Devid Ozbel. "1000 kitob" loyihasi doirasiga tarjima qilinayotgan "Ways of Learning" kitobidan olingan parchaga e'tibor bering: ma'noli o'rganish hosil bo'lishi uchun biz yangi bilimlarni kognitiv strukturamizdagi (sxemalarimizdagi) mavjud bilimlar bilan bog'lay olishimiz kerak. Bunday fikrlar, nazariyalar yo'q joydan paydo bo'lmagan - ular empirik tadqiqotlar natijasi bo'lib, insonning qanday o'rganishini tasvirlaydigan bazaviy qonuniyatlar sifatida qabul qilingan. Ularni "bu xorijniki, bizning kontekstga to'g'ri kelmaydi, bizning millliy pedagogikamiz (o'zimizga xos, o'zimizga mos yo'limiz) bor" deb inkor qilish mumkin, lekin bundan faqat o'zimiz va o'quvchilarimiz ziyon ko'ramiz, xolos.
Show all...
👍 7
O'zbekiston - ijtimoiy davlat? O‘zbekistonda samarasiz foydalanilayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari xususiy sektorga DXSH asosida berilishi mumkin. Prezident qaroriga ko'ra, samarasiz foydalanib kelinayotgan respublikadagi yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlarini (shu jumladan, madaniyat saroylari, stadionlar, konsert zallari, istirohat bog‘lari) xatlovdan o‘tkazadi. Shundan so‘ng, ularni xususiy sektorga DXSH asosida o‘tkazish bo‘yicha hukumatga taklif kiritadi. Qarorda samarasiz foydalanish deganda aniq nima nazarda tutilgani ko‘rsatilmagan. Bunday yondashuvning xavotirliligi nafaqat qarorqa "samarasiz"likning mezonlariga oydinlik kiritilmaganida emas. Darhaqiqat, "samarasizlik" deganda nima nazarda tutilmoqda? Bunday obyektlarning iqtisodiy foyda keltirmayotganimi? Lekin, shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari - ijtimoiy obyektlar. Ular soliq to'lovchilar hisobidan moliyalashtiriladi va "ayni damda va shu yerda", ko'zga ko'rinadigan iqtisodiy foyda keltirishini kutish mantiqsizlikdir. Masalan, Harvard universitetida iqtisodiyot bo'yicha doktorlikni yoqlagan Botir Qobilov istirohat bog‘lari va yashil maydonlarni qisqartirish aholi o‘rtasida tengsizlikni kuchaytirishi, aholini nosog‘lomroq, baxtsizroq va kambag‘alroq qilishi haqida yozgan edi. Agar "samarasiz" deganda bunday obyektlar ko'rsatayotgan xizmat sifatining pastligi nazarda tutilgan bo'lsa ham ularni xususiy qo'llarga berish yechim emas. To'g'ri, investor bu obyektlardagi xizmat sifatini yaxshilashi mumkin, lekin har qanday investorning maqsadi - sarflangan sarmoyani qaytarish, demak, bu obyektlardan hamma ham foydalana olmaydi va yana o'sha - kambag'allik va tengsizlik muammosi, Bunday yondashuvning menda xavotir uyg'otishiga yana bir sabab: davlat "samarasizlik" bahonasi bilan o'zining fuqarolar oldidagi majburiyatini zimmasidan soqit qilmoqchi. Yaqindagina as'asa-yu dabdaba bilan yangilgangan Konstitutsiyaning birinchi moddasida O'zbekiston ijtimoiy davlat ekanligi belgilab qo'yildi. Bu shunchaki chiroyli so'z emas, davlat bu bilan o'z zimmasiga kuchli majburiyatlarni oldi. Bu majburiyatlar bajarilishi kerak. Demak, ijtimoiy obyektlarni xususiy qo'llarga berib ulardan qutulish emas, ularni samarali ishlatish - davlatning fuqarolar, soliq to'lovchilar oldidagi majbriyati. Tasavvur qiling, bugun "samarasiz ishlayapti" bahonasi bilan kasalaxonalar, sport inshootlari va istirohat bog'larini sotvorsak, ertaga maktablar va bog'chalarni (axir ta'lim ham samarasiz ishlayapti-ku), ertaga madaniy meros obyektlarini ... Qolaversa, ko'plab ijtimoiy obyektlarga, Bakiroo aytmoqchi, oligarxiyaning "tamshanib" turishi - bu obyektlarning ijtimoiy qiymatida emas, balki "yog'li" joylarda joylashganida ... Asosiy vazifasi O'zbekistonda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning (qonun, qaror, farmonlar) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo'lgan Konstitutsiyaviy sud nima deydi?
Show all...
Samarasiz foydalanilayotgan bog‘, shifoxona, madaniyat va sport saroylari DXSHga berilishi mumkin

O‘zbekistonda samarasiz foydalanilayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari xususiy sektorga DXSH asosida berilishi mumkin. Qolaversa, 'sotib olish yoki to‘lab berish' shartnomalarida davlat majburiyatlarining yuqori chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda.

🔥 9😢 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.