cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Urganch tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xorazm viloyati Urganch tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi

Show more
Uzbekistan39 448The language is not specifiedMedicine
Advertising posts
236
Subscribers
No data24 hours
+47 days
+430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#sanatoriy 🥹 Sanatoriylarga yo’llanma quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi: ⚡️ Bir yilda bir marotaba — navbat asosida: ✔️urushda nogironlikni orttirgan shaxslarga tenglashtirilgan fuqarolar; ✔️Respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar; ✔️Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga; ✔️yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga; ✔️o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga; ⚡️ Ikki yilda bir marotaba — navbat asosida: ✔️urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga; ✔️halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga); - I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironligi bor shaxsni kuzatib boruvchi fuqaroga; ⚡️Uch yilda bir marotaba — navbat asosida ✔️ yoshga doir pensiya oluvchilarga.
Ma’lumot uchun Respublika bo‘ylab Agentlik tasarrufidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarni qabul qilishning bir vaqtdagi qabul quvvati 1722 nafar, yillik quvvati 51 660 nafarni tashkil etadi. Shu o'rinda, bugungi kunda sanatoriyga yo'llanma uchun navbatda turgan shaxslar umumiy soni 352 000 dan ziyod.
📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 1
01:49
Video unavailableShow in Telegram
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarida fuqarolarga quyidagi tartibda xizmat ko'rsatiladi. ▫️"Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga kelgan mijoz reseption xodimi tomonidan xizmatlar bilan tanishtiriladi va elektron navbat olinadi; ▫️Navbat olingach mijoz operator chaqirig'i orqali qabul qilinadi; ▫️operator mijozning murojaatini qabul qiladi va uning yechimi yuzadan to'liq konsultatsiya berishi lozim; ▫️agarda, operator bilan suhbat davomida mijozning ijtimoiy holati qo'shimcha o'rganish talab qiladigan bo'lsa, sho'balarga yo'naltiriladi; ▫️psixolog va huquqiy maslahatchi xizmatlaridan foydalanish ham mumkin; instagram telegram youtube www.ihma.uz 🗞 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 3
Bugun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Mansurbek Olloyorov Xorazm viloyatida bo’lib, ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Birinchi manzil Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi bo’lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 2023 yili monomarkaz 161 nafar nogironligi bolgan tinglovchilarni sartaroshlik, tikuvchilik, hamshiralik, oshpazlik kurslarida o’qitgan bo’lsa ularning 32 nafari davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan foydalanib, subsidiya olib o’z tadbirkorligini yo’lga qo’ygan. Uchrashuv davomida nogironligi bo’lhan shaxslarni ish bilan ta’minlash darajasini yanada oshirish yuzasidan IHMA Xorazm viloyati boshqarma boshlig’i Sherzod Berdiyev taqdimot o’tkazib, sohada mavjud kamchiliklarga to’xtalib, o’z takliflarini berdi. M.Olloyorov shuningdek, har bir tinglovchilar bilan suhbat o’tkazib ularning fikrlari, takliflari va qiynayotgan masalalari bilan ham tanishdi. Shu bilan birga, “Urganch” milliy tikuvchilik oilaviy korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Korxonada jami 16 nafar ayollar mehnat qilsa, ularning 12 nafarini nogironligi bor. Uchrashuvda nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni safini yanada kengaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratish boyicha fikr almashildi. Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlik qilish va nogironligi bor shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning jamiyatga integratsiyalashuvi yuzasidan kelishib olindi. Tashrif davomida ishchi guruh, IT Park binosida, Xorazm viloyatining tuman va shahar Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻba mudirlari, SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi va oilaviy bolalar uylari rahbarlari ishtirokida, SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi Xorazm viloyati oilaviy bolalar uylari va SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi muhokamasi bo’lib o’tdi
Show all...
👍 15
🏢 MONOMARKAZDAGI JTIMOIY HIMOYAGA OLINGAN TINGLOVCHILAR BILAN SUHBAT TASHKIL ETILDI Urganch tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari tomonidan Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazidagi nogironligi boʻlgan shaxslar bilan suhbat tashkil etildi. ♿️ Uchrashuv davomida monomarkazda kasb o'rganayotgan nogironligi bo'lgan tinglovchilar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati va ijtimoiy sharoitlari bilan tanishildi. 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Telegram
Show all...
👍 6
01:58
Video unavailableShow in Telegram
#ChegarasizsanInson -Bolaligimdagi orzuyimni amalga oshirishga harakat qilmoqchiman! Rahimov Eldor. 🧑‍🦽Bugungi qahramonimiz Urganch tuman “Arablar” mahallasida yashovchi Rahimov Eldor. Qahramonimiz Eldorga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironlik aravachasi topshirildi. Endilikda uning maqsadi etikdo’zlik kasbini mukammal o’rganib mahallasidagi qiziquvchi yoshlarga o’rgatish. 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Telegram
Show all...
👍 2 1
🔊 Urganch tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mutaxassislari tomonidan mahallalarda nogironligi bo’lgan shaxslar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil qilindi. Ilk ochiq muloqot 12-13-hududlardagi nogironligi bo’lgan shaxslar bilan bo’lib o’tdi. 🧑‍🦽Ushbu uchrashuvdan maqsad ishga va o’qishga layoqatli nogironligi bo’lgan shaxslarni ishlash va o’qish hohishlarini o’rganib ularni maxsus kasb-hunar markazlariga o’qishga hamda nogironligi bo’lgan shaxslar uchun mo’ljallangan bo’sh ish o’rinlariga joylashtirish. 📌 Eslatib o’tamiz: ushbu ochiq muloqot uchrashuvi Urganch tuman mahallalarida davom etmoqda. 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Telegram
Show all...
👍 2👏 2
01:21
Video unavailableShow in Telegram
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlanish tartibidan xabardormisiz? Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda, mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurib, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori nomiga ariza bilan murojaat qilinadi. Batafsil videoda tomosha qiling. #ijtimoiyto’lovlar #nafaqa 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi:
1️⃣ Yoshga oid nafaqa; 2️⃣ Boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi; 3️⃣ O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa; 4️⃣ Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta); 5️⃣1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa; 6️⃣ Kam ta'minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi; 7️⃣ Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam; 8️⃣ Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”); 9️⃣ Dafn qilish uchun nafaqa (“Dafn puli”). Bunda, ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi taribi saqlab qolingan holda, endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to'lovlar bilan bog'liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin ekanligini ma’lum qilamiz. #ijtimoiyto’lovlar #nafaqa 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 2
01:08
Video unavailableShow in Telegram
#Chegarasizsan_Inson - Uyda boʻsh vaqtim koʻp edi, ijtimoiy xodimni yordami tegdi… Axmedova Nargiza . 📌 Bugungi qahramonimiz Urganch tumani “Bogʻdorchi” mahallasida yashovchi Axmedova Nargiza. Bugungi kunda Xorazm viloyat “Ishga marhamat” Monomarkazida Oshpazlik yoʻnalishida bepul kasb-hunar oʻrganmoqda. 🌐 Instagram 🌐 Facebook 🌐 Telegram
Show all...
👍 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
1 январдан аҳолининг ижтимоий ҳимояси бўйича бир қатор ўзгаришлар кучга кирди Эндиликда қуйидагилар Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги тасарруфига ўтказилди: ➖ Ёшга оид нафақа; ➖ Боқувчисини йўқотганлик нафақаси; ➖ Ўзгалар парваришига муҳтож ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларнинг парвариши билан банд бўлган қонуний вакилига нафақа; ➖ Болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга нафақа (1 ва 2-гуруҳ, 18 ёшдан катта); ➖ 1 ва 2-гуруҳ ногиронлари учун нафақа; ➖ Кам таъминланган оилалар учун болалар нафақаси; ➖ Кам таъминланган оилаларга моддий ёрдам; ➖ Фарзанд туғилганда бериладиган бир марталик нафақа (“Суюнчи пули”); ➖ Дафн қилиш учун нафақа (“Дафн пули”) . Бунда ижтимоий тўловлар учун ариза бериш, уларни кўриб чиқиш, тайинлаш ва тўлашнинг амалдаги тартиби сақлаб қолинади. Мазкур ижтимоий тўловлар билан боғлиқ барча мурожаатларни туман ёки шаҳарлардаги "Инсон" ижтимоий хизматлар марказлари қабул қилади.
Show all...
👍 3