cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IHMA Xorazm viloyati

Show more
Advertising posts
800
Subscribers
+924 hours
+207 days
+6630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

02:35
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko’ra joriy yil 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 1-oktabrdan boshlab esa Respublikaning qolgan barcha hududlaridagi markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etilishi belgilangan edi. Shunga muvofiq viloyatimizda tinchlantirish xonalari tashkil etildi. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida shoshilinch qabul bo‘limlarining birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etilgan bo’lib, jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi. 💻 instagram 🎞 youtube 📝 telegram 🎖 www.ihma.uz 📝 facebook 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
TAZYIQQA_UCHRAGAN_AYOLLAR_UCHUN_BIRLAMCHI_KO'MAK_XONALARI_TASHKIL.mp425.26 MB
👍 1
⏺live Siyosiy-ma'rifat soati. 🧮 Bugungi, siyosiy-ma'rifat soatida dastlab, yurtimiz hayotida ro'y bergan muhim siyosiy voqealar tafsilotiga to'xtalindi. - O'zbekiston respublikasi Prezidentining Qurbon hayitini nishonlash to'g'risidagi qarori imzolandi; - Chet davlatlar vakillari bilan uchrashuvlar haqida; - jahon miqyosida ro'y bergan voqealar tafsiloti; - "Buxoroi sharifga munosib ma'rifat maskani" ruknida chop etilgan maqola haqida; - Manfaatlar to'qnashuvi nima? - Dayjest; - "Bir chimdim ma'naviyat" rukni ishtirokchilar e'tiboriga havola etilmoqda. 💻 instagram 🎞 youtube 📝 telegram 🎖 www.ihma.uz 📝 facebook 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👥 "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari psixologlari uchun tashkil etilgan seminar-treningning uchinchi kuni ham juda qiziqarli va foydali bo'ldi. Treningda asosiy urg'u art-terapiyaga berildi. Art-terapiya - sanʼat va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan psixoterapiya va psixologik korreksiyaning yoʻnalishlaridan biri. Art-terapiya odatda mijozning psixoemotsional holatiga taʼsir koʻrsatishga qaratilgan vizual art terapiyani anglatadi. Art-terapiyaning asosiy maqsadi oʻzini namoyon qilish va oʻzini oʻzi bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uygʻunlashtirishdir.
Trenerlar : Urganch shahridagi 10-son umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologlari Intizor Xudayberganova hamda Aziza Yusupova.
💻 instagram 🎞 youtube 📝 telegram 🎖 www.ihma.uz 📝 facebook 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
01:04
Video unavailableShow in Telegram
Agar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bo‘lsangiz, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari sizning yoningizda. 90 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar, 4800 dan ortiq ijtimoiy xodimlar va 2300 nafar ijtimoiy xodim assistentlari farovon hayotingiz uchun qayg‘urishmoqda. Markazlar orqali siz tibbiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya, parasportga yo‘llanma olish va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin. Har qanday murakkab vaziyatda, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi sizga yordam berishga tayyor. Batafsil ma'lumot: 1140 qisqa raqamlari ihma.uz sayti orqali 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
INSON_UZB_CALL_CENTRE_1.mp417.09 MB
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
12-iyun butun dunyoda Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni. 🎖 Butunjahon mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 152 milliondan ortiq voyaga yetmagan bolalar majburiy mehnatga jalb qilingan bo‘lib, ulardan 72 millioni xavfli mehnatga aksariyat hollarda o‘z istagiga qarshi majburan ishlashga majburdirlar. 👫 Bunday bolalar ko‘pincha yolg‘iz qolib, yaqinlari va oilalaridan uzoqda ishlaydilar. Ularga ish vaqtining ortishi va yanada og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga duch kelish xavfi juda ham yuqori. 💟 Bugun Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning farovonligini ta’minlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bolalar mehnati bolalarni baxtli bolalikdan, ta’limdan va kelajagidan mahrum qiladi. 🧠 Barchamiz birgalikda har bir bolaning xavfsiz jamiyatda ulg'ayishi, ularning intilishlarini qo'llab-quvvatlovchi muhitda voyaga yetishiga va rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga birdek mas'ulmiz. 🇺🇿 Har bir O‘zbekiston farzandi baxtli bolalik, bilim olish va huquqlari himoyalanishiga ega bo‘lishi kerak. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida shoshilinch qabul bo‘limlarining birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etilgan.
🧮 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, viloyatimiz shahar va tumanlarining shoshilinch qabul bo'limlarida "birlamchi ko'mak" xonalari tashkil qilindi. Birlamchi ko'mak xonalari tazyiq va zo'ravonlikka uchragan ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlari olib kelinadigan xonalar hisoblanadi. 🟢 Bu yerga olib kelingan fuqarolarga birinchi navbatda tez tibbiy yordam ko'rsatiladi. Ular bilan psixoterapevt suhbatlashadi. Keyinchalik tor doiradagi mutaxassislar tomonidan tibbiy ko'riklar o'tkaziladi. Tibbiy ko'riklar natijalariga qarab kasallik aniqlansa davolanishlar olib boriladi. Aniqlanmagan holda reabilitatsiya markaziga yuboriladi. 💻 instagram 🎞 youtube 📝 telegram 🎖 www.ihma.uz 📝 facebook 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
👍 4🔥 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli fuqarolar! Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning 12-14 iyun kunlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida profilaktik ishlab olib borilayotganligi sabab tizimda uzilishlar kuzatilishi mumkin. Axborot tizimi 15-iyun, shanba kunidan boshlab odatiy rejimda ish yuritadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun shifoxonalarda tun-u kun ishlaydigan “Birlamchi ko’mak xonalari” tashkil etildi 👥 “Birlamchi ko’mak xonalari” ga ayollar va ularning bolalari 3 sutka davomida birlamchi ruhiy-psixoterapevtik yordam uchun profilaktika inspektori dalolatnomasi yoki “Inson” markazi yo’llanmasi asosida joylashtiriladi. 🖋 Bugungi kun holatiga ko'ra, Navoiy, Xorazm, Jizzax viloyatlarida “Birlamchi ko‘mak xonalari”ga jami 44 nafar fuqaro, ulardan 15 nafari xotin-qizlar, 29 nafari 18 yoshga yetmagan farzandlari qabul qilindi. Ularga tibbiy, psixologik va yuridik yordamlar ko’rsatildi. ☺️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar "Ishonch telefoni 1146" ga , “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga, yoki ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. Ma'lumot uchun: “Birlamchi ko‘mak xonalari” 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 1-oktyabrdan boshlab Respublika bo’ylab tashkil etiladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 1
“Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga start berildi Bellashuvda Respublika bo‘ylab 80 nafardan ortiq ijtimoiy xodim va ijtimoiy xodim assistentlari ishtirok etishmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillaridan iborat hakamlar hay'ati ishtirokchilarning ijtimoiy ish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Eslatib o‘tamiz, tanlov ertaga 12-iyun kuni ham davom etadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
#radioda_biz_haqimizda 📻FM 106.7 to'lqini "Xorazm radiosida" efirga uzatilgan "Inson aziz" eshittirishining navbatdagi soni. Tinglashingiz mumkin.
Dastur mehmoni - SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari uyushmasining Xorazm viloyati filiali, ijtimoiy xodimi Ibodullayeva Maxfuza Marimovna.
💻 instagram 🎞 youtube 📝 telegram 🎖 www.ihma.uz 📝 facebook 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.
Show all...
INSON AZIZ (JONLI).mp336.65 MB
Go to the archive of posts