cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy sahifasi 👉Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz https://ijtimoiyhimoyaagentligi.taplink.ws @insonmarkazlari @ziyotaratamiz 🤖 @IHMA_1140

Show more
Advertising posts
17 410
Subscribers
+1524 hours
+2497 days
+74630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:10
Video unavailableShow in Telegram
🧠 🍇 Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Uzum Market” milliy marketpleysi bilan muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari (POM) va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (RTV) bilan ta‘minlash maqsadida Agentlik Uzum Market bilan hamkorlikda yangi tizim ishga tushirilgan edi. 🦽 Ushbu tizim orqali bepul tarzda POM va RTV mahsulotlari yetkazib berilishidan xabardormisiz? 🎬 Batafsil ma’lumot olish uchun videoni tomosha qiling. 🧮 Taqdim etiladigan POM va RTV mahsulotlari ro’yxati 1.Son, boldir, qo‘l va ko‘krak bezi protezlari 2.Apparatlar, tutorlar, korsetlar va bandajlar 3.Murakkab ortoped poyabzal va protezga poyabzal 4.Raqamli eshitish moslamalari 5.Elektr yuritmali kreslo-aravachalar va yurish moslamalari 6.Mexanik kreslo-aravachalar, hassalar va qoʻltiq tayoqlar 7.Ovozli tonometr, termometr va boshqa turdagi moslamalar ✅ Batafsil maʼlumot: 1140 📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🎖 Sayt
Show all...
👍 20 4🔥 4🙏 3
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyoda inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy direktori Mixal Rutkovski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 👥 Uchrashuvda Agentlik va Jahon banki oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va ijtimoiy himoya sohasida istiqboldagi rejalar muhokama etildi. 👫 Xususan, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga ko'rsatilayotgan parvarish xizmatlari sifatini oshirishga texnik yordam ko'rsatish bo'yicha grant loyihalarini jalb etish, "INSON" IXM loyihasining amalga oshirilish jarayonlari, shuningdek, ijtimoiy sug'urta koʻrsatish xizmatlarini yaxshilash boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. 🤝 Tomonlar uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish ishlarini faollashtirishda o'zaro ko‘maklashish hamda hamkorlik aloqalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 17🤝 3
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda "Sirdaryoda ruhiy nosog‘lom ayol masxara qilindi" sarlavha bilan tarqalgan videolavha bo‘yicha quyidagilarni maʼlum qilamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish uchun tuzilgan ishchi guruh aʼzolari surishtiruvi natijasida maʼlum bo‘lishicha, ushbu videolavha 2024 yilning 26-aprel kuni taxminan soat 17:30dan 18:00lar atrofida Sirdaryo tumani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar “Muruvvat” internat uyi oshxonasida “Innovation-Outsorsing-Service” MCHJ ishchilari O.Sh. va M.X.lar tomonidan tasvirga olingan. Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan S.Ya. ni shifokor, hamshira va kichik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oshxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib mazax qilishgan. Mazkur olingan videolavha oshxonada ishlovchi xodimlarning Telegram‘dagi guruhiga tashlangan. Maʼlumot o‘rnida, o‘tkazilgan tender tanlovlari asosida MCHJ tomonidan mazkur “Muruvvat” internat uyiga outsorsing xizmatlari ko‘rsatilib kelinadi. S.Ya. da aqli zaiflikning og‘ir darajasi sababli xulq atvor buzilishi bilan kechuvchi ruhiy holat tez-tez kuzatiladi (yaʼni doimiy ravishda yaqin qarindoshlarini eslab uyimga jo‘nating yoki chaqirib bering deb yig‘lash holatlari yuzaga keladi). Aniqlangan holat bo‘yicha firma rahbari Iskandar Salimovga o‘z vaqtida xabar berilib chaqirtirildi va ishchi xodimlar yig‘ilib, majlis o‘tkazildi. 2024 yil 17-may kuni mazkur holat yuzasidan tuman IIBga murojaat qilinib, autsorsing xodimlari O.Sh. va M.X.larning xatti-harakatiga O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi” Qonuning 3 va 4-moddalari yuzasidan qonuniy chora ko‘rishlik bo‘yicha murojaat qilingan. Shundan so‘ng, O.Sh. va M.X.lar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod qilingan. Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlanib, MCHJ ishchilari O.Sh. va M.X.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining 202/2 moddasi 1-MJTK moddasi 1-qismiga muvofiq, eng kam ish xaqqining 10 barobari miqdorida jarima to‘lash jazosi belgilangan. Shuningdek, “Innovation-Outsorsing-Service” MCHJ firmasi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun firma rahbari Iskandar Salimov nomiga ogohlantirish xati chiqarildi. Taʼkidlash lozimki, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining huquqlarini himoya qilish, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish yuzasidan “Muruvvat” uyi xodimlari o‘rtasida bu kabi holatlarning takrorlanmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Show all...

👍 71🔥 23 20👏 12🤝 2
03:04
Video unavailableShow in Telegram
#haftalik_dayjest Ijtimoiy himoya milliy agentligining hafta davomidagi faoliyati jamlangan qisqa dayjest 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 20 4🔥 4🙏 2
01:43
Video unavailableShow in Telegram
🦿Protez va ortopedik moslamalar hamda reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini qanday olishni bilmayabsizmi? 🖋 Ushbu xizmat Vazirlar mahkamasining 2024-yil 30-aprel kunida qabul qilingan 253-sonli qaroriga muvofiq Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan amalga oshiriladi. 🦻 Ushbu xizmatdan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali ro’yxatdan o’tib ariza yuborish orqali foydalanish mumkin. 🎬 POM va RTV mahsulotlarini olish haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin. 📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🎖 Sayt
Show all...
👍 22 5🔥 4🙏 3
Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) ijtimoiy himoya siyosatiga masʼul Vazirlarning birinchi yigʻilishi muvaffaqiyatli yakunlandi Tadbir doirasida tashkilotga aʼzo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari oilaviy qadriyatlarni himoya qilish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator dolzarb mavzularni muhokama etgan holda ijtimoiy himoya muhtoj aholi qatlamlarining farovonligi taʼminlashga qaratilgan masalalarda soʻz yuritdilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov TDT ning hamkorlik sohalariga “Ijtimoiy siyosat” masalasini qoʻshish borasidagi tashabbuslarini eʼtirof etgan holda yigʻilish ishtirokchilariga bugungi kunda mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar samarasi yuzasidan maʼlumot berib, davlatimiz rahbarining “Oila bu kichik vatan, oila baxtli, tinch va farovon bo‘lsa, vatan tinch va farovon bo‘ladi” hamda “Ta’lim-tarbiyasiz yaxshi oila bo‘lmaydi, oilalarni qutqara olmasak, yo‘limizni yo‘qotamiz”degan doimiy iboralari bugun o‘z isbotini topib kelayotganligini ta’kidlab o’tdi.
“Oila va oilaviy qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar global muammolarga chidamli boʻlishga, shu tariqa turli “kasalliklar”ga “immunitet”ni shakllantirishga yordam beradi, bu esa sogʻlom xalq va kuchli davlatni vujudga keltirishiga ishonamiz”,- dedi Mansurbek Olloyorov.
Mazkur yigʻilish yakunlari doirasida, shuningdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻan delegatsiyalari rahbarlari va Bosh kotib – elchi Kubanichbek Oʻmuraliyevni qabul qildi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 31 2
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarga zo‘ravonlik holatlarini kamatirish va uni oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi 14 yoshli fuqaro A.Q. onasi tufayli ta’lim va jamiyatdan ajralib qolganligi aniqlandi. Aniqlanishicha, A.Q. 2023-yil 17-oktyabr sanasidan boshlab maktabdagi darslarga onasining asossiz qarshiligi sabab bormay qo’ygan hamda onasi S.G. tomonidan A.Q. uyda jamiyatdan to‘laqonli uzib qo‘yilgan. Shuningdek onasi tomonidan turli xil do‘konlarda mayda o‘g‘irliklar qilishga majburlab kelingan. "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimlari hamda mahalla profilaktika inspektori hamkorligida ushbu holatga chek qo‘yildi. Bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 16-may kuni Toshkent shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayni vaqtda Agentlik tomonidan fuqaro A.Q. ga huquqiy maslahatlar vа zarur yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 31 5🙏 4👏 2
Istanbulda bo'lib o'tayotgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) ijtimoiy himoya siyosatiga mas'ul Vazirlarning birinchi yig'ilishi doirasida delegatsiyalar vakillari ishtirokida TDT ning oila va ijtimoiy siyosat masalalari bo'yicha birinchi Vazirlar yig'ilishining deklaratsiyasi ishlab chiqildi.
Deklaratsiyada oila “jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” sifatida e’tirof etilgan holda, oilaning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti, barcha oila a’zolarining baxt-saodati, farovonligi va har tomonlama rivojlanishida muhim rol o‘ynashi alohida belgilanmoqda.
Deklaratsiyani imzolash oilaviy qadriyatlarni himoya qilish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan qo'shma dasturlar va loyihalarni yaratishda muhim qadam bo'ladi. 🤝 Delegatsiya vakillari TDT ning a'zo davlatlar o'rtasidagi birodarlik munosabatlarini mustahkamlash va kengaytirishda muhim rolini ta'kidladilar. __________ В рамках Первого заседания министров, ответственных за политику социальной защиты Организации Тюркских Государств (ОТГ), проходящего в Стамбуле, разработана Декларация первого совещания министров по вопросам семьи и социальной политики ОТГ с участием представителей делегаций.
Декларация, признавая семью "главным звеном общества", особо подчеркивает, что она играет важную роль в устойчивом социально-экономическом развитии, благополучии всех членов семьи.
Подписание Декларации будет важным шагом в создании совместных программ и проектов, направленных на защиту семейных ценностей и улучшение качества жизни населения. 🤝 Представители делегации подчеркнули важную роль ОТГ в укреплении и расширении братских отношений между государствами-членами. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 32👏 3🤝 2 1
Подписан Меморандум о взаимопонимании с Министерством по делам семьи и социальных услуг Турции Делегация Национального агентства социальной защиты Республики Узбекистан во главе с Мансурбеком Оллоёровым директором агентства принимает участие в первом заседании министров, ответственных за политику социальной защиты стран-членов организации тюркских государств, которое проходит 16-17 мая т.г. в Стамбуле.
Мероприятие на тему "Против глобализированных мировых угроз: наша семья - наше будущее" проводится в целях обсуждения и выработки совместных действий, которые лягут в основу декларации в ответ на глобальные и региональные социальные вызовы.
В рамках визита Руководитель Агентства провел встречу с Махинур Оздемир Гукташ, Министром по делам семьи и социальных услуг Турции, в ходе которой затронуты вопросы улучшения качества жизни граждан, защиты прав детей, женщин и пожилых людей, а также расширения доступа населения к социальным услугам и помощи. По итогам был подписан Меморандум о взаимопонимании между органами социальной защиты двух стран.
Документ закрепляет намерения сторон сотрудничать в области социальной защиты, обмена опытом и реализации совместных проектов. Особое внимание уделено использованию информационных технологий для оптимизации процессов социальной помощи.
Динамичная совместная работа в области социальной защиты и обмен опытом подчеркивают важность международного сотрудничества, открывая новые горизонты для совместных инициатив между Узбекистаном и другими странами региона. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 23👏 6 3🔥 2🤝 1
Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligidagi delegatsiyasi 16-17 may kunlari Istanbulda boʻlib oʻtayotgan Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlarning ijtimoiy himoya siyosati uchun masʼul vazirlarining birinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda.
“Globallashgan dunyo xavflariga qarshi: bizning oilamiz bizning kelajagimiz” mavzusidagi tadbir global va mintaqaviy ijtimoiy muammolar yechimiga bagʻishlangan deklaratsiyaning asosini tashkil etadigan qoʻshma harakatlarni muhokama qilish va rivojlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Tashrif davomida Agentlik rahbari Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O'zdemir Go'ktash bilan uchrashuv oʻtkazib fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, bolalar, ayollar va qariyalarning huquqlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy xizmatlar va yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, ikki mamlakat ijtimoiy himoya idoralari oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat tomonlarning ijtimoiy himoya sohasida tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish istiqbollarini mustahkamlaydi. Bunda ijtimoiy yordam jarayonlarini optimallashtirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy himoya sohasidagi oʻzaro hamkorlikdagi loyihalar va tajriba almashish xalqaro hamkorlikning muhimligini koʻrsatib, Oʻzbekiston va mintaqadagi boshqa mamlakatlar oʻrtasidagi qoʻshma tashabbuslar uchun yangi zamin yaratmoqda. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Show all...
👍 35👏 4🔥 3 2