en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 50 625 subscribers, ranking 2 617 in the Technologies & Applications category and 1 466 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 50 625 subscribers.

According to the latest data from 08 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -2 546 over the last 30 days and by -168 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 25.51%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.55% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 12 969 views. Within the first day, a publication typically gains 9 429 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 114.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

50 625
Subscribers
-16824 hours
-1 3757 days
-2 54630 days
Posts Archive
⚡️Apple yangi iPad modelini namoyish etdi — 14 Air. Yangilangan qurilmada old kamera gorizontal tomonga o’tdi, protsessor ham
+1
⚡️Apple yangi iPad modelini namoyish etdi — 14 Air. Yangilangan qurilmada old kamera gorizontal tomonga o’tdi, protsessor ham yangilandi. Tanlovga ikkita variant mavjud: 11 dyuymli 599 dollar va 13 dyuymli 799 dollar. 📟 DigiTech

🧑‍🚀 SpaceX o’zining EVA skafandrini namoyish etdi. Kompaniya orbitaga chiqadigan birinchi sayyohni mana shu skafandrda jo’natmoqchi. Kostyum yangicha matodan tayyorlangan bo’lib, skafandr ichidagi haroratni nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, unda proyektsiyali ekran va kamera mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Shu yozdan AQShda «elektrolyotlar» sotuvlari boshlanadi, uni boshqarish uchun uchuvchi litsenziyasi shart emas. Qurilma Piv
+2
⚡️Shu yozdan AQShda «elektrolyotlar» sotuvlari boshlanadi, uni boshqarish uchun uchuvchi litsenziyasi shart emas. Qurilma Pivotal startapi tomonidan Google boshqaruvchisi Larri Peyj ko’magida yaratilgan: u 100 km/soat tezlikka chiqa oladi va bir zaryadda 32 km masofagacha uchadi. Ularning aytishicha, uni boshqarish dronni boshqarishdek oson, har ehtimolga qarshi ballistik parashyut ham bor. Narxi — 190 000 dollardan boshlanadi. Bu narxga o’qitish va uni olib yurish uchun treyler ham kiradi. 📟 DigiTech

+3
🚘 Ferrari yangi 12Cilindri superkarini namoyish etdi — bu gibrid yoki elektromobil emas, balki bugungi kunda kamdan-kam chiqayotgan benzinda yuruvchi avtomobildir. Unga 830 ot kuchiga ega V12 dvigateli o’rnatilgan: 2,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi, maksimal tezligi esa 340 km/soat dan yuqori. Narxi 395 000 yevrodan boshlanadi. Izohlarda dizayniga baho bering. 📟 DigiTech

🎵 Stability AI o’zining musiqa generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ining yangi modelini chiqardi — Stable Audio 2. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Yaponiya shaharlaridan biridagi yo’lakda yurish tezligini ko’rish imkoniyati paydo bo’ldi. LED displey harakatlanish tezligini ko’rsatib turadi, uning yordamida boshqalar bilan yugurish bo’yicha raqobatlashish ham mumkin. 📟 DigiTech

📦 Amazon AQSh'da buyurtmalarni dron orqali yetkazib berish yangi xizmatini ishga tushirdi. Texaslik fuqaro ushbu havo orqali yangi yetkazib berish xizmatini sinab ko’rishga qaror qildi, ko’rib turganingizdek dron buyurtmani 2-3 metr balandlikdan shunchaki tashlab ketgan. Xizmat hozircha beta-test rejimida ishlamoqda: ehtimol, bunga qandaydir yechim topishar. 📟 DigiTech

⚡️ Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi. U 1200 ot k
+2
⚡️ Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi. U 1200 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan: 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi va nazariy jihatdan 400 km/soatgacha tezlasha oladi. Jami 20 dona chiqariladi, lekin hali taxminiy narx ham e’lon qilinmadi. 📟 DigiTech

⚡️Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda. K2-18b da tirik organizmlar tomonidan is
⚡️Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda. K2-18b da tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz borligi aniqlandi. Sayyora okeanlar bilan qoplangan va Yerdan «atigi» 120 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan deb taxmin qilinmoqda. Tadqiqotga rahbarlik qilgan Kembrij astrofizikining aytishicha, sayyorada gazning topilishi «uni shokka solgan va 1 hafta davomida uxlay olmagan». 📟 DigiTech

+1
🏠 Airbnb «Tepaga» multfilmidagi uchar uyni va «X-Odamlar» filmidagi saroyni qurishdi — endi ular ijaraga beriladi. Birinchisi cho’lda kranga osilgan va unga joylashganingizdan keyin 16 metr balandlikka ko’tariladi, ikkinchisi Nyu-Yorkda bo’lib, «X-Odamlar ‘97» dagi saroy uslubida jihozlangan. Yashash narxi bir xil — kishi boshiga bir kecha uchun taxminan 100 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nu
⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nutqni matnga tarjima qiladi va emotsiyalar shuningdek, intonatsiyani aniqlaydi. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi. Umumiy to’rtta
🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi. Umumiy to’rtta yo’nalish mavjud: Yer orbitasi, XKS, Oy va Mars. Parvozlar Dragon va Starship kosmik kemalarida amalga oshiriladi. Narxlar ko’rsatilmagan, ammo «Join A Mission» tugmasini bosib so’rov qoldirish mumkin. 📟 DigiTech

+3
🎥 Bular neyron tarmoqlar yordamida rang berilib, tiniqlashtirilgan 1890-yillardagi kadrlardir. Ko’rib turganingizdek kadrlar sifati ancha oshgan va ranglar to’g’ri qo’yilgan. Asl ko’rinishida bular aka-uka Lumyerlar tomonidan suratga olingan oq-qora tasvirlar bo’lgan. 1. Parij, Fransiya 2. Kyoto, Yaponiya 3. Nyu-York, AQSh 4. Moskva, Rossiya imperiyasi 📟 DigiTech

📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari
📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari tarqaldi. Mish-mishlarga ko’ra, 90-yillarning xit telefoni dizayni yangilandi: kamera qo’shildi, Bluetooth va 4G funksiyalari qo’shildi. To’liq taqdimot may oyida bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi. Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning g
⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi. Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning genetik profiliga asoslangan shaxsiy vaksinani olishmoqda. U tanaga saraton hujayralarini ovlashni va ularni yo’q qilishni «o’rgatadi» va kasallikning qaytishini oldini oladi. Vaksina allaqachon kasallik qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, u saratonning boshqa turlarini davolash uchun ham ishlatilishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan
⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan kalkulyatorga ega bo‘ladi. iPadOS 18 da kalkulyatorni AppStore'dan o’rnatish shart emas bo’ladi :) 📟 DigiTech

+3
🎥 Endi telefonda ham sifati Gollivudnikidan qolishmaydigan CGI grafikalarni yaratish mumkin. Simulon — haqiqiydan farqlash qiyin bo’lgan realistik CGI tasvirlarni va videolarini yaratish imkonini beruvchi dastur. Eng zo’r tomoni, undan foydalanish uchun smartfonni o’zi yetarli. Ilova tasvirlarni yaratish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, shu sabab qaysi grafika soxta, qaysi biri haqiqiy ekanligini ajratish juda qiyin. Ilova hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, ammo istagan odam undan foydalanish uchun ariza tashlashi mumkin. 👉 Beta-testda ishtirok etish uchun havola. 📟 DigiTech

📷 Yaqinda Huawei o‘zining Pura 70 flagman smartfonlarini chiqardi — uning kamerasi nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin. Uning kameralari obyekt soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham tiniq suratga olishi mumkin. Shuningdek, smartfon turli xil neyrotarmoqlar bilan ham jihozlangan. 📟 DigiTech

+3
🌪️ Yo’q, bu filmdagi kadrlar emas, balki Qo'shma Shtatlarda kecha sodir bo’lgan kuchli tornadolarning haqiqiy kadrlaridir. Bo’ronlar bugun ham bir vaqtning o’zida bir nechta shtatlarda — Nebraska, Ayova va Texasda bo’lmoqda. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Astribot kompaniyasi ovqat pishirish, changyutgichni ishlatish va har xil uy yumushlarini bajara oladigan epchil uy robotini namoyish etdi. Robot Tencent, Baidu va Gonkong politexnika instituti sobiq ishchilari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun pastki tanasi hali yo’q, yakuniy versiyasida u bo’ladi. Ular robotni takomillashtirib, sotuvlarni shu yil oxirigacha boshlashni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech