ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 50 942 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 607,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 461

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 50 942 名订阅者。

根据 07 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 585,过去 24 小时变化为 -172,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.05%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.55% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 12 775 次浏览,首日通常累积 9 461 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 113

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 08 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

50 942
订阅者
-17224 小时
-1 4157
-2 58530
帖子存档
⚡️Yaponiya shaharlaridan biridagi yo’lakda yurish tezligini ko’rish imkoniyati paydo bo’ldi. LED displey harakatlanish tezligini ko’rsatib turadi, uning yordamida boshqalar bilan yugurish bo’yicha raqobatlashish ham mumkin. 📟 DigiTech

📦 Amazon AQSh'da buyurtmalarni dron orqali yetkazib berish yangi xizmatini ishga tushirdi. Texaslik fuqaro ushbu havo orqali yangi yetkazib berish xizmatini sinab ko’rishga qaror qildi, ko’rib turganingizdek dron buyurtmani 2-3 metr balandlikdan shunchaki tashlab ketgan. Xizmat hozircha beta-test rejimida ishlamoqda: ehtimol, bunga qandaydir yechim topishar. 📟 DigiTech

⚡️ Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi. U 1200 ot k
+2
⚡️ Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi. U 1200 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan: 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi va nazariy jihatdan 400 km/soatgacha tezlasha oladi. Jami 20 dona chiqariladi, lekin hali taxminiy narx ham e’lon qilinmadi. 📟 DigiTech

⚡️Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda. K2-18b da tirik organizmlar tomonidan is
⚡️Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda. K2-18b da tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz borligi aniqlandi. Sayyora okeanlar bilan qoplangan va Yerdan «atigi» 120 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan deb taxmin qilinmoqda. Tadqiqotga rahbarlik qilgan Kembrij astrofizikining aytishicha, sayyorada gazning topilishi «uni shokka solgan va 1 hafta davomida uxlay olmagan». 📟 DigiTech

+1
🏠 Airbnb «Tepaga» multfilmidagi uchar uyni va «X-Odamlar» filmidagi saroyni qurishdi — endi ular ijaraga beriladi. Birinchisi cho’lda kranga osilgan va unga joylashganingizdan keyin 16 metr balandlikka ko’tariladi, ikkinchisi Nyu-Yorkda bo’lib, «X-Odamlar ‘97» dagi saroy uslubida jihozlangan. Yashash narxi bir xil — kishi boshiga bir kecha uchun taxminan 100 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nu
⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nutqni matnga tarjima qiladi va emotsiyalar shuningdek, intonatsiyani aniqlaydi. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi. Umumiy to’rtta
🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi. Umumiy to’rtta yo’nalish mavjud: Yer orbitasi, XKS, Oy va Mars. Parvozlar Dragon va Starship kosmik kemalarida amalga oshiriladi. Narxlar ko’rsatilmagan, ammo «Join A Mission» tugmasini bosib so’rov qoldirish mumkin. 📟 DigiTech

+3
🎥 Bular neyron tarmoqlar yordamida rang berilib, tiniqlashtirilgan 1890-yillardagi kadrlardir. Ko’rib turganingizdek kadrlar sifati ancha oshgan va ranglar to’g’ri qo’yilgan. Asl ko’rinishida bular aka-uka Lumyerlar tomonidan suratga olingan oq-qora tasvirlar bo’lgan. 1. Parij, Fransiya 2. Kyoto, Yaponiya 3. Nyu-York, AQSh 4. Moskva, Rossiya imperiyasi 📟 DigiTech

📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari
📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari tarqaldi. Mish-mishlarga ko’ra, 90-yillarning xit telefoni dizayni yangilandi: kamera qo’shildi, Bluetooth va 4G funksiyalari qo’shildi. To’liq taqdimot may oyida bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi. Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning g
⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi. Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning genetik profiliga asoslangan shaxsiy vaksinani olishmoqda. U tanaga saraton hujayralarini ovlashni va ularni yo’q qilishni «o’rgatadi» va kasallikning qaytishini oldini oladi. Vaksina allaqachon kasallik qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, u saratonning boshqa turlarini davolash uchun ham ishlatilishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan
⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan kalkulyatorga ega bo‘ladi. iPadOS 18 da kalkulyatorni AppStore'dan o’rnatish shart emas bo’ladi :) 📟 DigiTech

+3
🎥 Endi telefonda ham sifati Gollivudnikidan qolishmaydigan CGI grafikalarni yaratish mumkin. Simulon — haqiqiydan farqlash qiyin bo’lgan realistik CGI tasvirlarni va videolarini yaratish imkonini beruvchi dastur. Eng zo’r tomoni, undan foydalanish uchun smartfonni o’zi yetarli. Ilova tasvirlarni yaratish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, shu sabab qaysi grafika soxta, qaysi biri haqiqiy ekanligini ajratish juda qiyin. Ilova hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, ammo istagan odam undan foydalanish uchun ariza tashlashi mumkin. 👉 Beta-testda ishtirok etish uchun havola. 📟 DigiTech

📷 Yaqinda Huawei o‘zining Pura 70 flagman smartfonlarini chiqardi — uning kamerasi nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin. Uning kameralari obyekt soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham tiniq suratga olishi mumkin. Shuningdek, smartfon turli xil neyrotarmoqlar bilan ham jihozlangan. 📟 DigiTech

+3
🌪️ Yo’q, bu filmdagi kadrlar emas, balki Qo'shma Shtatlarda kecha sodir bo’lgan kuchli tornadolarning haqiqiy kadrlaridir. Bo’ronlar bugun ham bir vaqtning o’zida bir nechta shtatlarda — Nebraska, Ayova va Texasda bo’lmoqda. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Astribot kompaniyasi ovqat pishirish, changyutgichni ishlatish va har xil uy yumushlarini bajara oladigan epchil uy robotini namoyish etdi. Robot Tencent, Baidu va Gonkong politexnika instituti sobiq ishchilari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun pastki tanasi hali yo’q, yakuniy versiyasida u bo’ladi. Ular robotni takomillashtirib, sotuvlarni shu yil oxirigacha boshlashni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

👓 Ray-Ban Meta aqlli ko’zoynaklariga MetaAI neyron tarmog’i qo’shildi. Uning funksiyalari: – Oldingizda turgan narsalarni tanib olish; – Real vaqt rejimida yozuvlarni boshqa tilga tarjima qilish; – Ovozli so’rov bo’yicha fotosuratlar va videolar olish; – WhatsApp'da matnni aytib turish orqali xabarlar yozish; - Musiqani yoqish, video qo’ng’iroqni boshlash va har qanday ovozli yordamchi kabi savollarga javob berishi mumkin. Qurilma narxi — 299 dollar. 📟 DigiTech

🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi. Sakkizt
🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi. Sakkizta jamoa sport avtomobili marraga iloji boricha tezroq yetib borishi uchun sun’iy intellektni dasturlashi kerak bo’ladi. Mashinalarning o’zlari baholanmaydi, ularni hammasi bir xil. Sovrin jamg’armasi 2,25 million dollarni tashkil etadi, poygalar ertaga soat 20:00 da boshlanadi va jonli efirda translyatsiya qilinadi. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia bosh direktori Jensen Xuang yangi DGX H200 superkompyuterini birinchi xaridor — Sem Altmanga shaxsan yetkazib berdi.
⚡️Nvidia bosh direktori Jensen Xuang yangi DGX H200 superkompyuterini birinchi xaridor — Sem Altmanga shaxsan yetkazib berdi. U tarixdagi eng kuchli superkompyuter bo’lib, 1 eksaflop quvvat va 144 TB xotiraga ega — soniyasiga kvintillion (18 nolga ega raqam) amallarni bajara oladi. Bu RTX 4090 Ti dan 12 700 marta kuchliroq. Bu GPT-5 chiqarilishini ancha tezlashtiradi, uni nimalarga qodir bo’lishini tasavvur ham qilish qiyin. 📟 DigiTech

🥽 Kiberpank yaqinlashmoqda: braziliyalik jarroh Apple Vision Pro ko’zoynagini yechmasdan haqiqiy operatsiya o’tkazdi. U jarr
+1
🥽 Kiberpank yaqinlashmoqda: braziliyalik jarroh Apple Vision Pro ko’zoynagini yechmasdan haqiqiy operatsiya o’tkazdi. U jarrohlik kamerasidagi tasvirni ko’z oldiga «osib qo’ydi» va jarayon vaqtida suyaklarni 3D modellar bilan solishtirib turdi. Uning so’zlariga ko’ra, AR (to’ldirilgan reallik) bilan ishlash ancha qulayroq: jarroh ilgari Microsoft HoloLens'dan foydalangan, ammo u garnitura allaqachon eskirgan. 📟 DigiTech

📱Yangi Xiaomi 14 Ultra endi O’zbekistonda! Ushbu flagman kamerofonning 4 ta obyektivga ega kamerasi yuqori ranglar, kontrast
+2
📱Yangi Xiaomi 14 Ultra endi O’zbekistonda! Ushbu flagman kamerofonning 4 ta obyektivga ega kamerasi yuqori ranglar, kontrast va aniqlik bilan ajoyib suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi 📸 📷 Professional Leica Summilux optikasi; 🎥 Soniyasiga 4K 120 kadr va 8K formatda 30 kadr tezlikda video yozish; ✔️ Xiaomi nanotexnologik ekologik teri; ⚡️ Eng so'nggi Qualcomm Snapdragon 8 Gen 8 protsessori va 5000 mA/soat batareya. Smartfon ramkasi alyuminiy qotishmasidan yasalgan va 1,38 baravar mustahkamdir, Xiaomi Shield Glass himoya oynasi esa 10 baravar yuqori tushish qarshiligini ta'minlaydi📱 Yangi mahsulot mamlakatimizda 25 apreldan ikki rangda sotuvga chiqariladi: qora va oq 🚀 Shuningdek, 25-apreldan 24-mayga qadar ushbu smartfonni xarid qilgan har bir xaridorga Xiaomi TV A2 FHD 43 SOVG‘A sifatida beriladi 🎁 ✅Yangi smartfon haqida batafsil ma'lumotni HAVOLA orqali bilib oling. Reklama