uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 50 942 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 607-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 461-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 50 942 obunachiga ega bo‘ldi.

07 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -2 585 ga, so‘nggi 24 soatda esa -172 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 25.05% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 18.55% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 12 775 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 461 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 113 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 08 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

50 942
Obunachilar
-17224 soatlar
-1 4157 kunlar
-2 58530 kunlar
Postlar arxiv
⚡️Yaponiya shaharlaridan biridagi yo’lakda yurish tezligini ko’rish imkoniyati paydo bo’ldi. LED displey harakatlanish tezligini ko’rsatib turadi, uning yordamida boshqalar bilan yugurish bo’yicha raqobatlashish ham mumkin. 📟 DigiTech

📦 Amazon AQSh'da buyurtmalarni dron orqali yetkazib berish yangi xizmatini ishga tushirdi. Texaslik fuqaro ushbu havo orqali yangi yetkazib berish xizmatini sinab ko’rishga qaror qildi, ko’rib turganingizdek dron buyurtmani 2-3 metr balandlikdan shunchaki tashlab ketgan. Xizmat hozircha beta-test rejimida ishlamoqda: ehtimol, bunga qandaydir yechim topishar. 📟 DigiTech

⚡️ Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi. U 1200 ot k
+2
⚡️ Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi. U 1200 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan: 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi va nazariy jihatdan 400 km/soatgacha tezlasha oladi. Jami 20 dona chiqariladi, lekin hali taxminiy narx ham e’lon qilinmadi. 📟 DigiTech

⚡️Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda. K2-18b da tirik organizmlar tomonidan is
⚡️Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda. K2-18b da tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz borligi aniqlandi. Sayyora okeanlar bilan qoplangan va Yerdan «atigi» 120 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan deb taxmin qilinmoqda. Tadqiqotga rahbarlik qilgan Kembrij astrofizikining aytishicha, sayyorada gazning topilishi «uni shokka solgan va 1 hafta davomida uxlay olmagan». 📟 DigiTech

+1
🏠 Airbnb «Tepaga» multfilmidagi uchar uyni va «X-Odamlar» filmidagi saroyni qurishdi — endi ular ijaraga beriladi. Birinchisi cho’lda kranga osilgan va unga joylashganingizdan keyin 16 metr balandlikka ko’tariladi, ikkinchisi Nyu-Yorkda bo’lib, «X-Odamlar ‘97» dagi saroy uslubida jihozlangan. Yashash narxi bir xil — kishi boshiga bir kecha uchun taxminan 100 dollar. 📟 DigiTech

⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nu
⚡️Hume AI neyron tarmog’i og’zaki ingliz tilini yaxshilashga yordam beradi. U har qanday mavzu bo’yicha suhbat qila oladi, nutqni matnga tarjima qiladi va emotsiyalar shuningdek, intonatsiyani aniqlaydi. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi. Umumiy to’rtta
🚀 Kosmosga bitta chipta bervoring: SpaceX rasmiy veb-saytida kosmik parvozlar uchun joy band qilish ochildi. Umumiy to’rtta yo’nalish mavjud: Yer orbitasi, XKS, Oy va Mars. Parvozlar Dragon va Starship kosmik kemalarida amalga oshiriladi. Narxlar ko’rsatilmagan, ammo «Join A Mission» tugmasini bosib so’rov qoldirish mumkin. 📟 DigiTech

+3
🎥 Bular neyron tarmoqlar yordamida rang berilib, tiniqlashtirilgan 1890-yillardagi kadrlardir. Ko’rib turganingizdek kadrlar sifati ancha oshgan va ranglar to’g’ri qo’yilgan. Asl ko’rinishida bular aka-uka Lumyerlar tomonidan suratga olingan oq-qora tasvirlar bo’lgan. 1. Parij, Fransiya 2. Kyoto, Yaponiya 3. Nyu-York, AQSh 4. Moskva, Rossiya imperiyasi 📟 DigiTech

📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari
📱 Afsona qaytmoqda: Nokia 3210 25 yil deganda sotuvga chiqishi mumkin. Internetda telefonning reklama bannerlari tasvirlari tarqaldi. Mish-mishlarga ko’ra, 90-yillarning xit telefoni dizayni yangilandi: kamera qo’shildi, Bluetooth va 4G funksiyalari qo’shildi. To’liq taqdimot may oyida bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi. Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning g
⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi. Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning genetik profiliga asoslangan shaxsiy vaksinani olishmoqda. U tanaga saraton hujayralarini ovlashni va ularni yo’q qilishni «o’rgatadi» va kasallikning qaytishini oldini oladi. Vaksina allaqachon kasallik qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, u saratonning boshqa turlarini davolash uchun ham ishlatilishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan
⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan kalkulyatorga ega bo‘ladi. iPadOS 18 da kalkulyatorni AppStore'dan o’rnatish shart emas bo’ladi :) 📟 DigiTech

+3
🎥 Endi telefonda ham sifati Gollivudnikidan qolishmaydigan CGI grafikalarni yaratish mumkin. Simulon — haqiqiydan farqlash qiyin bo’lgan realistik CGI tasvirlarni va videolarini yaratish imkonini beruvchi dastur. Eng zo’r tomoni, undan foydalanish uchun smartfonni o’zi yetarli. Ilova tasvirlarni yaratish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, shu sabab qaysi grafika soxta, qaysi biri haqiqiy ekanligini ajratish juda qiyin. Ilova hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, ammo istagan odam undan foydalanish uchun ariza tashlashi mumkin. 👉 Beta-testda ishtirok etish uchun havola. 📟 DigiTech

📷 Yaqinda Huawei o‘zining Pura 70 flagman smartfonlarini chiqardi — uning kamerasi nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin. Uning kameralari obyekt soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham tiniq suratga olishi mumkin. Shuningdek, smartfon turli xil neyrotarmoqlar bilan ham jihozlangan. 📟 DigiTech

+3
🌪️ Yo’q, bu filmdagi kadrlar emas, balki Qo'shma Shtatlarda kecha sodir bo’lgan kuchli tornadolarning haqiqiy kadrlaridir. Bo’ronlar bugun ham bir vaqtning o’zida bir nechta shtatlarda — Nebraska, Ayova va Texasda bo’lmoqda. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Astribot kompaniyasi ovqat pishirish, changyutgichni ishlatish va har xil uy yumushlarini bajara oladigan epchil uy robotini namoyish etdi. Robot Tencent, Baidu va Gonkong politexnika instituti sobiq ishchilari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun pastki tanasi hali yo’q, yakuniy versiyasida u bo’ladi. Ular robotni takomillashtirib, sotuvlarni shu yil oxirigacha boshlashni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

👓 Ray-Ban Meta aqlli ko’zoynaklariga MetaAI neyron tarmog’i qo’shildi. Uning funksiyalari: – Oldingizda turgan narsalarni tanib olish; – Real vaqt rejimida yozuvlarni boshqa tilga tarjima qilish; – Ovozli so’rov bo’yicha fotosuratlar va videolar olish; – WhatsApp'da matnni aytib turish orqali xabarlar yozish; - Musiqani yoqish, video qo’ng’iroqni boshlash va har qanday ovozli yordamchi kabi savollarga javob berishi mumkin. Qurilma narxi — 299 dollar. 📟 DigiTech

🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi. Sakkizt
🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi. Sakkizta jamoa sport avtomobili marraga iloji boricha tezroq yetib borishi uchun sun’iy intellektni dasturlashi kerak bo’ladi. Mashinalarning o’zlari baholanmaydi, ularni hammasi bir xil. Sovrin jamg’armasi 2,25 million dollarni tashkil etadi, poygalar ertaga soat 20:00 da boshlanadi va jonli efirda translyatsiya qilinadi. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia bosh direktori Jensen Xuang yangi DGX H200 superkompyuterini birinchi xaridor — Sem Altmanga shaxsan yetkazib berdi.
⚡️Nvidia bosh direktori Jensen Xuang yangi DGX H200 superkompyuterini birinchi xaridor — Sem Altmanga shaxsan yetkazib berdi. U tarixdagi eng kuchli superkompyuter bo’lib, 1 eksaflop quvvat va 144 TB xotiraga ega — soniyasiga kvintillion (18 nolga ega raqam) amallarni bajara oladi. Bu RTX 4090 Ti dan 12 700 marta kuchliroq. Bu GPT-5 chiqarilishini ancha tezlashtiradi, uni nimalarga qodir bo’lishini tasavvur ham qilish qiyin. 📟 DigiTech

🥽 Kiberpank yaqinlashmoqda: braziliyalik jarroh Apple Vision Pro ko’zoynagini yechmasdan haqiqiy operatsiya o’tkazdi. U jarr
+1
🥽 Kiberpank yaqinlashmoqda: braziliyalik jarroh Apple Vision Pro ko’zoynagini yechmasdan haqiqiy operatsiya o’tkazdi. U jarrohlik kamerasidagi tasvirni ko’z oldiga «osib qo’ydi» va jarayon vaqtida suyaklarni 3D modellar bilan solishtirib turdi. Uning so’zlariga ko’ra, AR (to’ldirilgan reallik) bilan ishlash ancha qulayroq: jarroh ilgari Microsoft HoloLens'dan foydalangan, ammo u garnitura allaqachon eskirgan. 📟 DigiTech

📱Yangi Xiaomi 14 Ultra endi O’zbekistonda! Ushbu flagman kamerofonning 4 ta obyektivga ega kamerasi yuqori ranglar, kontrast
+2
📱Yangi Xiaomi 14 Ultra endi O’zbekistonda! Ushbu flagman kamerofonning 4 ta obyektivga ega kamerasi yuqori ranglar, kontrast va aniqlik bilan ajoyib suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi 📸 📷 Professional Leica Summilux optikasi; 🎥 Soniyasiga 4K 120 kadr va 8K formatda 30 kadr tezlikda video yozish; ✔️ Xiaomi nanotexnologik ekologik teri; ⚡️ Eng so'nggi Qualcomm Snapdragon 8 Gen 8 protsessori va 5000 mA/soat batareya. Smartfon ramkasi alyuminiy qotishmasidan yasalgan va 1,38 baravar mustahkamdir, Xiaomi Shield Glass himoya oynasi esa 10 baravar yuqori tushish qarshiligini ta'minlaydi📱 Yangi mahsulot mamlakatimizda 25 apreldan ikki rangda sotuvga chiqariladi: qora va oq 🚀 Shuningdek, 25-apreldan 24-mayga qadar ushbu smartfonni xarid qilgan har bir xaridorga Xiaomi TV A2 FHD 43 SOVG‘A sifatida beriladi 🎁 ✅Yangi smartfon haqida batafsil ma'lumotni HAVOLA orqali bilib oling. Reklama