en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 53 006 subscribers, ranking 2 504 in the Technologies & Applications category and 1 382 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 53 006 subscribers.

According to the latest data from 27 June, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -4 302 over the last 30 days and by -267 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 25.69%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.58% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 632 views. Within the first day, a publication typically gains 9 858 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 121.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 28 June, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

53 006
Subscribers
-26724 hours
-2 6567 days
-4 30230 days
Posts Archive
⚡️Google Chrome'da nihoyat ochilgan sahifalarning foydalanuvchilar uzoq vaqtdan beri so‘rab kelayotgan vertikal ro’yxati paydo bo‘ldi. Yangi ko‘rinishga o‘tish uchun ochilgan sahifalar panelida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, «Ochiq sahifalarni vertikal ko‘rsatish»ni tanlash kerak. Yangilanish bosqichma-bosqich chiqarilmoqda, shuning uchun bu funksiya hali hammada ham mavjud emas. 📟 DigiTech

+3
💡Xitoyliklar har qanday o‘simlikni qorong‘ida yoritishni o‘rganishdi va endi shaharlar uchun tungi yoritish tizimini yaratishmoqchi. «Magicpen Bio» biotexnologik startapi allaqachon 20 dan ortiq o‘simlik turini, jumladan, orxideya, kungaboqar va xrizantemalarni genetik modifikatsiya qildi. Buning uchun ularga yaltiroq qo‘ng‘izlar va bioluminessent zamburug‘larning genlari kiritildi. Kelajakda bu o‘simliklar bog‘lar va boshqa jamoat joylariga ekilishi mumkin. 📟 DigiTech

🌒 Quyosh tutilishi koinotdan shunday ko‘rinadi: hodisa Artemis II missiyasining Oy yonidan uchib o‘tishi paytida tasvirga ol
+1
🌒 Quyosh tutilishi koinotdan shunday ko‘rinadi: hodisa Artemis II missiyasining Oy yonidan uchib o‘tishi paytida tasvirga olingan. Bundan tashqari, odatda hech kim ko‘rmaydigan Oyning orqa tomonidan Yerni ham ko‘rsatishdi. 📟 DigiTech

♟️Amerikalik dizayner shaxmat taxtasini «qayta ixtiro qildi». U taxtada bir yo‘la uch xil usulda o‘ynash mumkin: klassik usulda, maydondagi donalarni aralashtirgan holda, shuningdek, 3D formatda. Qolaversa, donalarni kubiklar ichiga qulay tarzda yashirib qo‘ysa ham bo‘ladi. 📟 DigiTech

+3
🌓 NASA astronavtlari yarim asr ichida birinchi marta insonning Oy atrofini aylanib chiqishini muvaffaqiyatli yakunlashdi va Yerdan 406 700 km uzoqlashib, koinotda parvoz masofasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Ayni paytda kosmik kema «erkin qaytish» trayektoriyasi bo‘ylab Yerga qaytib kelmoqda. U tortishish kuchi hisobiga harakatlanyapti — dvigatellar yoqilmagan (ular faqat holatni to‘g‘rilash uchun ishlatiladi). Kosmik kemaning AQSh qirg‘oqlari yaqinida Tinch okeaniga qo‘nishi reja bo‘yicha 10-aprel kuni amalga oshiriladi. 📟 DigiTech

📲 Bu YouTube tarixidagi eng kulgili mualliflik huquqi shikoyati bo‘lsa kerak. Italiyaning La7 telekanali Nvidia'ning DLSS 5
📲 Bu YouTube tarixidagi eng kulgili mualliflik huquqi shikoyati bo‘lsa kerak. Italiyaning La7 telekanali Nvidia'ning DLSS 5 taqdimoti aks etgan rasmiy videoni YouTube’da bloklashga muvaffaq bo‘ldi. Telekanal uddaburonlik bilan Nvidia'ning rasmiy kadrlarini «o‘zlashtirib» oldi. Avvaliga La7 Nvidia taqdimotidagi kontentni olib, o‘z materiallarida foydalangan, shundan so‘ng YouTube’ning avtomatik tizimi asl manba aynan La7 telekanaliga tegishli degan qarorga kelgan. Shu sababli Nvidia'ning rasmiy videosi bloklandi. 📟 DigiTech

⚡️Fransiyalik milliarder oyiga 20–30 yevro evaziga dunyoning 135 dan ortiq mamlakatida, jumladan, O’zbekistonda ham cheksiz i
+1
⚡️Fransiyalik milliarder oyiga 20–30 yevro evaziga dunyoning 135 dan ortiq mamlakatida, jumladan, O’zbekistonda ham cheksiz internet taqdim etuvchi Free Max tarifli eSim'ni chiqardi. Bunda raqam kodi Fransiyaniki bo’ladi — nazariy jihatdan internet Fransiya tarmog‘i orqali ishlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Google Chrome’da saytlar yuklanishini tezlashtiradigan va tarmoq trafigini tejaydigan funksiya paydo bo‘ladi. Yaqin orada G
⚡️Google Chrome’da saytlar yuklanishini tezlashtiradigan va tarmoq trafigini tejaydigan funksiya paydo bo‘ladi. Yaqin orada Google Chrome va Chromium asosidagi boshqa brauzerlar, jumladan, Edge va Vivaldi, video va audio uchun kechiktirilgan yoki «sust yuklanish» (lazy loading) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Bu foydalanuvchilarga o‘z tarmoq trafigini tejash hamda eng ko‘p resurs talab qiladigan veb-sahifalarni ham tezda ochish imkonini beradi. 📟 DigiTech

⚡️Koinotdagi internet tezligi o‘nlab barobar oshirildi: NASA «Artemis II» missiyasida lazerli aloqa tizimiga o‘tdi. Endi ma’l
⚡️Koinotdagi internet tezligi o‘nlab barobar oshirildi: NASA «Artemis II» missiyasida lazerli aloqa tizimiga o‘tdi. Endi ma’lumotlar an’anaviy radioto‘lqinlar o‘rniga lazer nuri yordamida uzatilmoqda. Ma’lumot uzatish tezligi soniyasiga 260 Mbitgacha yetdi. Bu usulda allaqachon 100 GB dan ortiq ma’lumot, jumladan, yuqori sifatli fotosuratlar ham yuborilgan. Barcha suratlarni havola orqali ko‘rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🚢 Yaponlar foydalanishdan chiqarilgan kemalarda sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar markazlarini joylashtirishn
🚢 Yaponlar foydalanishdan chiqarilgan kemalarda sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar markazlarini joylashtirishni boshlaydi. Bunday kemalarni qayta jihozlash quruqlikda bino qurishdan arzonroq va tezroq bo’ladi, qo’shimchasiga esa sovutish uchun suvdan oson hamda «cheksiz» foydalanish imkoniyati mavjud. Agar hammasi rejaga muvofiq ketsa, ilk bunday ma’lumotlar markazi 2027-yildayoq ishga tushiriladi. 📟 DigiTech

⚡️Google o’z neyron tarmog‘ini mahsulotlarni reklama qiladigan videolar yaratishga o‘rgatdi, unga raqamli avatarlar qo’shildi. Neyroblogerlarning yuzlari va mahsulot joylashuvi kadrlar almashsa ham, o‘zgarishsiz qoladi. 📟 DigiTech

📲 Kosmosda iPhone'da videolar suratga olindi. Artemis 2 missiyasi ekipaji Oyga nafaqat ilmiy uskunalar, balki yangi iPhone 17 Pro Max bilan ham birga uchib ketgan. Missiya allaqachon muhim marrani zabt etdi: NASA 1972-yildan beri odamlar ilk bor sayyoramiz orbitasini rasman tark etganini tasdiqladi. «Orion» kosmik kemasi asosiy manyovrni muvaffaqiyatli amalga oshirib, xavfsiz qaytish trayektoriyasiga o‘tdi. 📟 DigiTech

🔋 Xitoy powerbank'lar uchun yagona xavfsizlik standartlarini joriy etadi. Bu narxlarning taxminan 30 foizga oshishiga olib k
🔋 Xitoy powerbank'lar uchun yagona xavfsizlik standartlarini joriy etadi. Bu narxlarning taxminan 30 foizga oshishiga olib kelishi mumkin. 2027-yil 1-apreldan boshlab barcha yangi powerbank’lar igna bilan teshib ko‘rilganda yonmasligi, bir soat davomida 135°C haroratga bardosh berish, shuningdek, tushib ketish va boshqa mexanik shikastlanishlarga chidamlilik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilishi shart bo‘ladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklangan batareyalardan foydalanish taqiqlanadi. 📟 DigiTech

🧠 Fotografik xotirani mashq qilamiz: rangni eslab qolib, qayta takrorlash kerak bo‘lgan bepul brauzer o‘yini chiqdi. Jahon r
🧠 Fotografik xotirani mashq qilamiz: rangni eslab qolib, qayta takrorlash kerak bo‘lgan bepul brauzer o‘yini chiqdi. Jahon reytingi, bir nechta o‘yin rejimi va kun rangi bor. Shuningdek, oddiy yoki professionallar uchun murakkablik darajasini tanlash mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️ChatGPT nafaqat dasturchilar, balki fermerlar, uchuvchilar, shifokorlar va barcha «haqiqiy» kasb egalarining o‘rnini egalla
⚡️ChatGPT nafaqat dasturchilar, balki fermerlar, uchuvchilar, shifokorlar va barcha «haqiqiy» kasb egalarining o‘rnini egallashga tayyorlanmoqda. OpenAI Handshake AI startapi orqali turli sohalardan 4000 nafar frilanserni ishga yolladi. Ular sun’iy intellektga o‘z sohalarida qanday to‘g‘ri ishlash kerakligini tushuntirishmoqda: hujjatlar, ssenariylar berib, real ish vazifalarini bajarishga o‘rgatishyapti. Noyob tajriba uchun mo‘may haq to‘lanmoqda: to’lov soatiga 50 dollardan boshlanadi, eng malakali mutaxassislarga esa soatiga 500 dollargacha to‘lashyapti. 📟 DigiTech

⚡️«Microsoft» hatto koinotda ham ishdan chiqyapti. Artemis II Oy missiyasi jamoasi parvozdan bir necha soat o‘tib, Outlook pochtasi buzilib qolganini ma’lum qildi. Hozirda servisni tiklashga harakat qilishmoqda. Bundan oldin esa, kosmik kema uchishi bilanoq parvozning barcha 10 kuniga mo‘ljallangan yagona hojatxona buzilib qolgan edi. Yaxshiyamki, NASA uni tuzatilgani haqida allaqachon hisobot bergan. Ko‘rinishidan, insoniyat og‘ir kosmik kunlarga hali to‘liq tayyor emas. 📟 DigiTech

+2
🚀 Insoniyat yana Oyga parvoz qildi: o‘tgan tun NASA so‘nggi 54 yildagi ilk boshqariladigan parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 10 kunlik missiya doirasida uch nafar AQSh va bir nafar kanadalik astronavt «Orion» kemasida Oyni aylanib chiqib, ortga qaytishadi. Shuningdek, ular Yerdan taxminan 410 000 km masofaga uzoqlashib, «Apollon-13»ning tarixiy rekordini yangilashadi. Missiyaning asosiy maqsadi – 2028-yilga rejalashtirilgan Oy yuzasiga qo‘nish oldidan tayyorgarlik holatini sinovdan o‘tkazishdir. 📟 DigiTech

📲 Telegram navbatdagi yirik yangilanishni chiqardi — ilova 12.6-versiyagacha yangilandi. Eng asosiysi, bepul foydalanuvchilar ham sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgan sun’iy intellektga asoslangan xabar tahrirlash funksiyasi paydo bo‘ldi. Bundan tashqari: › Telegramning norasmiy (Telega kabi) ilovalari foydalanuvchilari haqida ogohlantirish paydo bo‘ldi; › So‘rovnomalar uchun 10 dan ortiq yangi funksiya qo‘shildi; › Live va Motion formatidagi fotosuratlar nativ tarzda qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi; › Endi iPhone'da o‘rnatilgan hujjatlar skaneri mavjud; › Telegram Bot API yangilandi. 📟 DigiTech

⚡️Apple 50 yilligini nishonlamoqda! 1976-yil 1-aprelda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan kompani
+2
⚡️Apple 50 yilligini nishonlamoqda! 1976-yil 1-aprelda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan kompaniya kamtarona «garajdagi» startapdan dunyodagi eng qimmat korporatsiyalardan biriga aylanishgacha bo‘lgan aqlbovar qilmas yo‘lni bosib o‘tdi.
Aynan Apple kompaniyasi qulay shaxsiy kompyuterlar, raqamli musiqa, sensorli ekranlar va planshetlarni ommalashtirdi. Bugun texnogigant o‘zining ARM-protsessorlari bilan yangi trendlarni yaratmoqda va kino sanoatini muvaffaqiyatli zabt etyapti. Tim Kuk esa kompaniyani uning afsonaviy asoschisi Stiv Jobsdan ham uzoqroq vaqt davomida boshqarib kelmoqda.
📟 DigiTech

📲 Gmail'dagi pochta manzilini endi almashtirish mumkin — Google bu imkoniyatni AQSh'dagi foydalanuvchilar uchun rasman ishga tushirdi. Barcha eski xatlaringiz avtomatik tarzda yangi pochtaga o‘tkaziladi. Agar kimdir eski manzilga yozsa, xatlar baribir yangi pochtaga kelib tushadi. Manzilni jami 3 marta o‘zgartirish mumkin, lekin yiliga bir martadan ko‘p emas. Keyinchalik bu funksiya boshqa mamlakatlarda ham joriy etilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech