AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 369 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 480,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 370 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 369 名订阅者。
根据 25 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 955,过去 24 小时变化为 -312,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.94%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.01% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 372 次浏览,首日通常累积 9 654 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 132。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 26 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 369
订阅者
-31224 小时
+2 0507 天
+95530 天
帖子存档
53 369
53 369
🌓 NASA astronavtlari yarim asr ichida birinchi marta insonning Oy atrofini aylanib chiqishini muvaffaqiyatli yakunlashdi va Yerdan 406 700 km uzoqlashib, koinotda parvoz masofasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi.
Ayni paytda kosmik kema «erkin qaytish» trayektoriyasi bo‘ylab Yerga qaytib kelmoqda. U tortishish kuchi hisobiga harakatlanyapti — dvigatellar yoqilmagan (ular faqat holatni to‘g‘rilash uchun ishlatiladi).
Kosmik kemaning AQSh qirg‘oqlari yaqinida Tinch okeaniga qo‘nishi reja bo‘yicha 10-aprel kuni amalga oshiriladi.
📟 DigiTech
53 369
📲 Bu YouTube tarixidagi eng kulgili mualliflik huquqi shikoyati bo‘lsa kerak.
Italiyaning La7 telekanali Nvidia'ning DLSS 5 taqdimoti aks etgan rasmiy videoni YouTube’da bloklashga muvaffaq bo‘ldi. Telekanal uddaburonlik bilan Nvidia'ning rasmiy kadrlarini «o‘zlashtirib» oldi.
Avvaliga La7 Nvidia taqdimotidagi kontentni olib, o‘z materiallarida foydalangan, shundan so‘ng YouTube’ning avtomatik tizimi asl manba aynan La7 telekanaliga tegishli degan qarorga kelgan. Shu sababli Nvidia'ning rasmiy videosi bloklandi.
📟 DigiTech
53 369
53 369
⚡️Google Chrome’da saytlar yuklanishini tezlashtiradigan va tarmoq trafigini tejaydigan funksiya paydo bo‘ladi.
Yaqin orada Google Chrome va Chromium asosidagi boshqa brauzerlar, jumladan, Edge va Vivaldi, video va audio uchun kechiktirilgan yoki «sust yuklanish» (lazy loading) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Bu foydalanuvchilarga o‘z tarmoq trafigini tejash hamda eng ko‘p resurs talab qiladigan veb-sahifalarni ham tezda ochish imkonini beradi.
📟 DigiTech
53 369
⚡️Koinotdagi internet tezligi o‘nlab barobar oshirildi: NASA «Artemis II» missiyasida lazerli aloqa tizimiga o‘tdi.
Endi ma’lumotlar an’anaviy radioto‘lqinlar o‘rniga lazer nuri yordamida uzatilmoqda. Ma’lumot uzatish tezligi soniyasiga 260 Mbitgacha yetdi.
Bu usulda allaqachon 100 GB dan ortiq ma’lumot, jumladan, yuqori sifatli fotosuratlar ham yuborilgan. Barcha suratlarni havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
📟 DigiTech
53 369
🚢 Yaponlar foydalanishdan chiqarilgan kemalarda sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar markazlarini joylashtirishni boshlaydi.
Bunday kemalarni qayta jihozlash quruqlikda bino qurishdan arzonroq va tezroq bo’ladi, qo’shimchasiga esa sovutish uchun suvdan oson hamda «cheksiz» foydalanish imkoniyati mavjud.
Agar hammasi rejaga muvofiq ketsa, ilk bunday ma’lumotlar markazi 2027-yildayoq ishga tushiriladi.
📟 DigiTech
53 369
⚡️Google o’z neyron tarmog‘ini mahsulotlarni reklama qiladigan videolar yaratishga o‘rgatdi, unga raqamli avatarlar qo’shildi.
Neyroblogerlarning yuzlari va mahsulot joylashuvi kadrlar almashsa ham, o‘zgarishsiz qoladi.
📟 DigiTech
53 369
📲 Kosmosda iPhone'da videolar suratga olindi.
Artemis 2 missiyasi ekipaji Oyga nafaqat ilmiy uskunalar, balki yangi iPhone 17 Pro Max bilan ham birga uchib ketgan.
Missiya allaqachon muhim marrani zabt etdi: NASA 1972-yildan beri odamlar ilk bor sayyoramiz orbitasini rasman tark etganini tasdiqladi. «Orion» kosmik kemasi asosiy manyovrni muvaffaqiyatli amalga oshirib, xavfsiz qaytish trayektoriyasiga o‘tdi.
📟 DigiTech
53 369
🔋 Xitoy powerbank'lar uchun yagona xavfsizlik standartlarini joriy etadi. Bu narxlarning taxminan 30 foizga oshishiga olib kelishi mumkin.
2027-yil 1-apreldan boshlab barcha yangi powerbank’lar igna bilan teshib ko‘rilganda yonmasligi, bir soat davomida 135°C haroratga bardosh berish, shuningdek, tushib ketish va boshqa mexanik shikastlanishlarga chidamlilik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilishi shart bo‘ladi.
Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklangan batareyalardan foydalanish taqiqlanadi.
📟 DigiTech
53 369
53 369
⚡️ChatGPT nafaqat dasturchilar, balki fermerlar, uchuvchilar, shifokorlar va barcha «haqiqiy» kasb egalarining o‘rnini egallashga tayyorlanmoqda.
OpenAI Handshake AI startapi orqali turli sohalardan 4000 nafar frilanserni ishga yolladi. Ular sun’iy intellektga o‘z sohalarida qanday to‘g‘ri ishlash kerakligini tushuntirishmoqda: hujjatlar, ssenariylar berib, real ish vazifalarini bajarishga o‘rgatishyapti.
Noyob tajriba uchun mo‘may haq to‘lanmoqda: to’lov soatiga 50 dollardan boshlanadi, eng malakali mutaxassislarga esa soatiga 500 dollargacha to‘lashyapti.
📟 DigiTech
53 369
⚡️«Microsoft» hatto koinotda ham ishdan chiqyapti. Artemis II Oy missiyasi jamoasi parvozdan bir necha soat o‘tib, Outlook pochtasi buzilib qolganini ma’lum qildi.
Hozirda servisni tiklashga harakat qilishmoqda. Bundan oldin esa, kosmik kema uchishi bilanoq parvozning barcha 10 kuniga mo‘ljallangan yagona hojatxona buzilib qolgan edi. Yaxshiyamki, NASA uni tuzatilgani haqida allaqachon hisobot bergan.
Ko‘rinishidan, insoniyat og‘ir kosmik kunlarga hali to‘liq tayyor emas.
📟 DigiTech
53 369
🚀 Insoniyat yana Oyga parvoz qildi: o‘tgan tun NASA so‘nggi 54 yildagi ilk boshqariladigan parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
10 kunlik missiya doirasida uch nafar AQSh va bir nafar kanadalik astronavt «Orion» kemasida Oyni aylanib chiqib, ortga qaytishadi. Shuningdek, ular Yerdan taxminan 410 000 km masofaga uzoqlashib, «Apollon-13»ning tarixiy rekordini yangilashadi.
Missiyaning asosiy maqsadi – 2028-yilga rejalashtirilgan Oy yuzasiga qo‘nish oldidan tayyorgarlik holatini sinovdan o‘tkazishdir.
📟 DigiTech
53 369
📲 Telegram navbatdagi yirik yangilanishni chiqardi — ilova 12.6-versiyagacha yangilandi. Eng asosiysi, bepul foydalanuvchilar ham sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgan sun’iy intellektga asoslangan xabar tahrirlash funksiyasi paydo bo‘ldi.
Bundan tashqari:
› Telegramning norasmiy (Telega kabi) ilovalari foydalanuvchilari haqida ogohlantirish paydo bo‘ldi;
› So‘rovnomalar uchun 10 dan ortiq yangi funksiya qo‘shildi;
› Live va Motion formatidagi fotosuratlar nativ tarzda qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi;
› Endi iPhone'da o‘rnatilgan hujjatlar skaneri mavjud;
› Telegram Bot API yangilandi.
📟 DigiTech
53 369
+2
⚡️Apple 50 yilligini nishonlamoqda!
1976-yil 1-aprelda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan kompaniya kamtarona «garajdagi» startapdan dunyodagi eng qimmat korporatsiyalardan biriga aylanishgacha bo‘lgan aqlbovar qilmas yo‘lni bosib o‘tdi.
Aynan Apple kompaniyasi qulay shaxsiy kompyuterlar, raqamli musiqa, sensorli ekranlar va planshetlarni ommalashtirdi. Bugun texnogigant o‘zining ARM-protsessorlari bilan yangi trendlarni yaratmoqda va kino sanoatini muvaffaqiyatli zabt etyapti. Tim Kuk esa kompaniyani uning afsonaviy asoschisi Stiv Jobsdan ham uzoqroq vaqt davomida boshqarib kelmoqda.📟 DigiTech
53 369
📲 Gmail'dagi pochta manzilini endi almashtirish mumkin — Google bu imkoniyatni AQSh'dagi foydalanuvchilar uchun rasman ishga tushirdi.
Barcha eski xatlaringiz avtomatik tarzda yangi pochtaga o‘tkaziladi. Agar kimdir eski manzilga yozsa, xatlar baribir yangi pochtaga kelib tushadi. Manzilni jami 3 marta o‘zgartirish mumkin, lekin yiliga bir martadan ko‘p emas. Keyinchalik bu funksiya boshqa mamlakatlarda ham joriy etilishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
53 369
⚡️Xitoyda bir kishi ishlaydigan kompaniyalar trendga chiqdi — qolgan barcha ishlarni sun’iy intellekt agentlari bajarishmoqda.
Alibaba ma’lumotlariga ko‘ra, platformadagi sotuvchilarning 30-40 foizini bitta xodimdan iborat kompaniyalar tashkil etadi. Mahsulot kartochkalarini yaratish, mijozlar bilan muloqot, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish kabi vazifalarni sun’iy intellekt bajaradi.
Bunday startaplar soni kundan-kunga ortib bormoqda, tadbirkorlar ta'kidlashlaricha bu ancha foydali bo’lyapti — maosh to‘lagandan ko‘ra obuna uchun to‘lash ancha arzonroq tushadi.
Bunday kompaniyalarda korporativlar qanday bo’larkin :)
📟 DigiTech
53 369
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi o’zining yangi sportkari Denza Z elektromobilini chiqardi, uni shaxsan Jeyms Bond namoyish etdi.
Kapoti ostida 1000 ot kuchiga ega uchta motor joylashgan bo‘lib, bu seriyali Porsche 911 Turbo S (650 ot kuchi) dan kuchliroqdir. Ajralib turadigan xususiyatlaridan biri — magnitoreologik osma tizimi: ya'ni amortizatorlar yo‘lga moslashib, o‘z qattiqligini juda tez o‘zgartira oladi.
Shuningdek, yonlama harakatlanish va parkovka drifti ham qo‘shilgan. Reklama kampaniyasining yuzi avval Aston Martin'ni reklama qilgan Deniel Kreyg bo’ldi. «Porsche 911 qotili» shu yozda sotuvga chiqadi.
📟 DigiTech
53 369
Chinor Click’ga Cleo assistenti uchun sifat nazoratini avtomatlashtirish va o‘zbekcha nutqni aniqlashda qanday yordam beradi
Click bilan hamkorlik doirasida Chinor jamoasi o‘zbek nutqini aniqlash va koll-markazdagi muloqot sifatini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish uchun nutq texnologiyalarini joriy etdi.
Loyiha natijalari:
— dialektlarni hisobga olgan holda yuqori aniqlikdagi nutqni aniqlash (Cleo AI-assistentida)
— muloqot sifatini avtomatlashtirilgan nazorat qilish
— shaffof va obyektiv baholash tizimi
— biznes vazifalariga moslashuvchan platforma
Erishilgan aniqlikka qaramay, Click real foydalanish ssenariylariga moslashish uchun muntazam ravishda model qo‘shimcha o‘qitmoqda va takomillashtirmoqda.
🔎 Batafsil
Reklama
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
