fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 53 369 مشترک است و جایگاه 2 480 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 370 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 53 369 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 25 ژوئن, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 955 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -312 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 24.94% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.01% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 13 372 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 654 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 132 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 ژوئن, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

53 369
مشترکین
-31224 ساعت
+2 0507 روز
+95530 روز
آرشیو پست ها
♟️Amerikalik dizayner shaxmat taxtasini «qayta ixtiro qildi». U taxtada bir yo‘la uch xil usulda o‘ynash mumkin: klassik usulda, maydondagi donalarni aralashtirgan holda, shuningdek, 3D formatda. Qolaversa, donalarni kubiklar ichiga qulay tarzda yashirib qo‘ysa ham bo‘ladi. 📟 DigiTech

+3
🌓 NASA astronavtlari yarim asr ichida birinchi marta insonning Oy atrofini aylanib chiqishini muvaffaqiyatli yakunlashdi va Yerdan 406 700 km uzoqlashib, koinotda parvoz masofasi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Ayni paytda kosmik kema «erkin qaytish» trayektoriyasi bo‘ylab Yerga qaytib kelmoqda. U tortishish kuchi hisobiga harakatlanyapti — dvigatellar yoqilmagan (ular faqat holatni to‘g‘rilash uchun ishlatiladi). Kosmik kemaning AQSh qirg‘oqlari yaqinida Tinch okeaniga qo‘nishi reja bo‘yicha 10-aprel kuni amalga oshiriladi. 📟 DigiTech

📲 Bu YouTube tarixidagi eng kulgili mualliflik huquqi shikoyati bo‘lsa kerak. Italiyaning La7 telekanali Nvidia'ning DLSS 5
📲 Bu YouTube tarixidagi eng kulgili mualliflik huquqi shikoyati bo‘lsa kerak. Italiyaning La7 telekanali Nvidia'ning DLSS 5 taqdimoti aks etgan rasmiy videoni YouTube’da bloklashga muvaffaq bo‘ldi. Telekanal uddaburonlik bilan Nvidia'ning rasmiy kadrlarini «o‘zlashtirib» oldi. Avvaliga La7 Nvidia taqdimotidagi kontentni olib, o‘z materiallarida foydalangan, shundan so‘ng YouTube’ning avtomatik tizimi asl manba aynan La7 telekanaliga tegishli degan qarorga kelgan. Shu sababli Nvidia'ning rasmiy videosi bloklandi. 📟 DigiTech

⚡️Fransiyalik milliarder oyiga 20–30 yevro evaziga dunyoning 135 dan ortiq mamlakatida, jumladan, O’zbekistonda ham cheksiz i
+1
⚡️Fransiyalik milliarder oyiga 20–30 yevro evaziga dunyoning 135 dan ortiq mamlakatida, jumladan, O’zbekistonda ham cheksiz internet taqdim etuvchi Free Max tarifli eSim'ni chiqardi. Bunda raqam kodi Fransiyaniki bo’ladi — nazariy jihatdan internet Fransiya tarmog‘i orqali ishlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Google Chrome’da saytlar yuklanishini tezlashtiradigan va tarmoq trafigini tejaydigan funksiya paydo bo‘ladi. Yaqin orada G
⚡️Google Chrome’da saytlar yuklanishini tezlashtiradigan va tarmoq trafigini tejaydigan funksiya paydo bo‘ladi. Yaqin orada Google Chrome va Chromium asosidagi boshqa brauzerlar, jumladan, Edge va Vivaldi, video va audio uchun kechiktirilgan yoki «sust yuklanish» (lazy loading) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlay boshlaydi. Bu foydalanuvchilarga o‘z tarmoq trafigini tejash hamda eng ko‘p resurs talab qiladigan veb-sahifalarni ham tezda ochish imkonini beradi. 📟 DigiTech

⚡️Koinotdagi internet tezligi o‘nlab barobar oshirildi: NASA «Artemis II» missiyasida lazerli aloqa tizimiga o‘tdi. Endi ma’l
⚡️Koinotdagi internet tezligi o‘nlab barobar oshirildi: NASA «Artemis II» missiyasida lazerli aloqa tizimiga o‘tdi. Endi ma’lumotlar an’anaviy radioto‘lqinlar o‘rniga lazer nuri yordamida uzatilmoqda. Ma’lumot uzatish tezligi soniyasiga 260 Mbitgacha yetdi. Bu usulda allaqachon 100 GB dan ortiq ma’lumot, jumladan, yuqori sifatli fotosuratlar ham yuborilgan. Barcha suratlarni havola orqali ko‘rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🚢 Yaponlar foydalanishdan chiqarilgan kemalarda sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar markazlarini joylashtirishn
🚢 Yaponlar foydalanishdan chiqarilgan kemalarda sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar markazlarini joylashtirishni boshlaydi. Bunday kemalarni qayta jihozlash quruqlikda bino qurishdan arzonroq va tezroq bo’ladi, qo’shimchasiga esa sovutish uchun suvdan oson hamda «cheksiz» foydalanish imkoniyati mavjud. Agar hammasi rejaga muvofiq ketsa, ilk bunday ma’lumotlar markazi 2027-yildayoq ishga tushiriladi. 📟 DigiTech

⚡️Google o’z neyron tarmog‘ini mahsulotlarni reklama qiladigan videolar yaratishga o‘rgatdi, unga raqamli avatarlar qo’shildi. Neyroblogerlarning yuzlari va mahsulot joylashuvi kadrlar almashsa ham, o‘zgarishsiz qoladi. 📟 DigiTech

📲 Kosmosda iPhone'da videolar suratga olindi. Artemis 2 missiyasi ekipaji Oyga nafaqat ilmiy uskunalar, balki yangi iPhone 17 Pro Max bilan ham birga uchib ketgan. Missiya allaqachon muhim marrani zabt etdi: NASA 1972-yildan beri odamlar ilk bor sayyoramiz orbitasini rasman tark etganini tasdiqladi. «Orion» kosmik kemasi asosiy manyovrni muvaffaqiyatli amalga oshirib, xavfsiz qaytish trayektoriyasiga o‘tdi. 📟 DigiTech

🔋 Xitoy powerbank'lar uchun yagona xavfsizlik standartlarini joriy etadi. Bu narxlarning taxminan 30 foizga oshishiga olib k
🔋 Xitoy powerbank'lar uchun yagona xavfsizlik standartlarini joriy etadi. Bu narxlarning taxminan 30 foizga oshishiga olib kelishi mumkin. 2027-yil 1-apreldan boshlab barcha yangi powerbank’lar igna bilan teshib ko‘rilganda yonmasligi, bir soat davomida 135°C haroratga bardosh berish, shuningdek, tushib ketish va boshqa mexanik shikastlanishlarga chidamlilik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilishi shart bo‘ladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklangan batareyalardan foydalanish taqiqlanadi. 📟 DigiTech

🧠 Fotografik xotirani mashq qilamiz: rangni eslab qolib, qayta takrorlash kerak bo‘lgan bepul brauzer o‘yini chiqdi. Jahon r
🧠 Fotografik xotirani mashq qilamiz: rangni eslab qolib, qayta takrorlash kerak bo‘lgan bepul brauzer o‘yini chiqdi. Jahon reytingi, bir nechta o‘yin rejimi va kun rangi bor. Shuningdek, oddiy yoki professionallar uchun murakkablik darajasini tanlash mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️ChatGPT nafaqat dasturchilar, balki fermerlar, uchuvchilar, shifokorlar va barcha «haqiqiy» kasb egalarining o‘rnini egalla
⚡️ChatGPT nafaqat dasturchilar, balki fermerlar, uchuvchilar, shifokorlar va barcha «haqiqiy» kasb egalarining o‘rnini egallashga tayyorlanmoqda. OpenAI Handshake AI startapi orqali turli sohalardan 4000 nafar frilanserni ishga yolladi. Ular sun’iy intellektga o‘z sohalarida qanday to‘g‘ri ishlash kerakligini tushuntirishmoqda: hujjatlar, ssenariylar berib, real ish vazifalarini bajarishga o‘rgatishyapti. Noyob tajriba uchun mo‘may haq to‘lanmoqda: to’lov soatiga 50 dollardan boshlanadi, eng malakali mutaxassislarga esa soatiga 500 dollargacha to‘lashyapti. 📟 DigiTech

⚡️«Microsoft» hatto koinotda ham ishdan chiqyapti. Artemis II Oy missiyasi jamoasi parvozdan bir necha soat o‘tib, Outlook pochtasi buzilib qolganini ma’lum qildi. Hozirda servisni tiklashga harakat qilishmoqda. Bundan oldin esa, kosmik kema uchishi bilanoq parvozning barcha 10 kuniga mo‘ljallangan yagona hojatxona buzilib qolgan edi. Yaxshiyamki, NASA uni tuzatilgani haqida allaqachon hisobot bergan. Ko‘rinishidan, insoniyat og‘ir kosmik kunlarga hali to‘liq tayyor emas. 📟 DigiTech

+2
🚀 Insoniyat yana Oyga parvoz qildi: o‘tgan tun NASA so‘nggi 54 yildagi ilk boshqariladigan parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 10 kunlik missiya doirasida uch nafar AQSh va bir nafar kanadalik astronavt «Orion» kemasida Oyni aylanib chiqib, ortga qaytishadi. Shuningdek, ular Yerdan taxminan 410 000 km masofaga uzoqlashib, «Apollon-13»ning tarixiy rekordini yangilashadi. Missiyaning asosiy maqsadi – 2028-yilga rejalashtirilgan Oy yuzasiga qo‘nish oldidan tayyorgarlik holatini sinovdan o‘tkazishdir. 📟 DigiTech

📲 Telegram navbatdagi yirik yangilanishni chiqardi — ilova 12.6-versiyagacha yangilandi. Eng asosiysi, bepul foydalanuvchilar ham sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgan sun’iy intellektga asoslangan xabar tahrirlash funksiyasi paydo bo‘ldi. Bundan tashqari: › Telegramning norasmiy (Telega kabi) ilovalari foydalanuvchilari haqida ogohlantirish paydo bo‘ldi; › So‘rovnomalar uchun 10 dan ortiq yangi funksiya qo‘shildi; › Live va Motion formatidagi fotosuratlar nativ tarzda qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi; › Endi iPhone'da o‘rnatilgan hujjatlar skaneri mavjud; › Telegram Bot API yangilandi. 📟 DigiTech

⚡️Apple 50 yilligini nishonlamoqda! 1976-yil 1-aprelda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan kompani
+2
⚡️Apple 50 yilligini nishonlamoqda! 1976-yil 1-aprelda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan kompaniya kamtarona «garajdagi» startapdan dunyodagi eng qimmat korporatsiyalardan biriga aylanishgacha bo‘lgan aqlbovar qilmas yo‘lni bosib o‘tdi.
Aynan Apple kompaniyasi qulay shaxsiy kompyuterlar, raqamli musiqa, sensorli ekranlar va planshetlarni ommalashtirdi. Bugun texnogigant o‘zining ARM-protsessorlari bilan yangi trendlarni yaratmoqda va kino sanoatini muvaffaqiyatli zabt etyapti. Tim Kuk esa kompaniyani uning afsonaviy asoschisi Stiv Jobsdan ham uzoqroq vaqt davomida boshqarib kelmoqda.
📟 DigiTech

📲 Gmail'dagi pochta manzilini endi almashtirish mumkin — Google bu imkoniyatni AQSh'dagi foydalanuvchilar uchun rasman ishga tushirdi. Barcha eski xatlaringiz avtomatik tarzda yangi pochtaga o‘tkaziladi. Agar kimdir eski manzilga yozsa, xatlar baribir yangi pochtaga kelib tushadi. Manzilni jami 3 marta o‘zgartirish mumkin, lekin yiliga bir martadan ko‘p emas. Keyinchalik bu funksiya boshqa mamlakatlarda ham joriy etilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda bir kishi ishlaydigan kompaniyalar trendga chiqdi — qolgan barcha ishlarni sun’iy intellekt agentlari bajarishmoqda
⚡️Xitoyda bir kishi ishlaydigan kompaniyalar trendga chiqdi — qolgan barcha ishlarni sun’iy intellekt agentlari bajarishmoqda. Alibaba ma’lumotlariga ko‘ra, platformadagi sotuvchilarning 30-40 foizini bitta xodimdan iborat kompaniyalar tashkil etadi. Mahsulot kartochkalarini yaratish, mijozlar bilan muloqot, ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish kabi vazifalarni sun’iy intellekt bajaradi. Bunday startaplar soni kundan-kunga ortib bormoqda, tadbirkorlar ta'kidlashlaricha bu ancha foydali bo’lyapti — maosh to‘lagandan ko‘ra obuna uchun to‘lash ancha arzonroq tushadi. Bunday kompaniyalarda korporativlar qanday bo’larkin :) 📟 DigiTech

🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi o’zining yangi sportkari Denza Z elektromobilini chiqardi, uni shaxsan Jeyms Bond namoyish etdi.
+4
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi o’zining yangi sportkari Denza Z elektromobilini chiqardi, uni shaxsan Jeyms Bond namoyish etdi. Kapoti ostida 1000 ot kuchiga ega uchta motor joylashgan bo‘lib, bu seriyali Porsche 911 Turbo S (650 ot kuchi) dan kuchliroqdir. Ajralib turadigan xususiyatlaridan biri — magnitoreologik osma tizimi: ya'ni amortizatorlar yo‘lga moslashib, o‘z qattiqligini juda tez o‘zgartira oladi. Shuningdek, yonlama harakatlanish va parkovka drifti ham qo‘shilgan. Reklama kampaniyasining yuzi avval Aston Martin'ni reklama qilgan Deniel Kreyg bo’ldi. «Porsche 911 qotili» shu yozda sotuvga chiqadi. 📟 DigiTech

Chinor Click’ga Cleo assistenti uchun sifat nazoratini avtomatlashtirish va o‘zbekcha nutqni aniqlashda qanday yordam beradi
Chinor Click’ga Cleo assistenti uchun sifat nazoratini avtomatlashtirish va o‘zbekcha nutqni aniqlashda qanday yordam beradi Click bilan hamkorlik doirasida Chinor jamoasi o‘zbek nutqini aniqlash va koll-markazdagi muloqot sifatini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish uchun nutq texnologiyalarini joriy etdi. Loyiha natijalari: — dialektlarni hisobga olgan holda yuqori aniqlikdagi nutqni aniqlash (Cleo AI-assistentida) — muloqot sifatini avtomatlashtirilgan nazorat qilish — shaffof va obyektiv baholash tizimi — biznes vazifalariga moslashuvchan platforma Erishilgan aniqlikka qaramay, Click real foydalanish ssenariylariga moslashish uchun muntazam ravishda model qo‘shimcha o‘qitmoqda va takomillashtirmoqda. 🔎 Batafsil Reklama