Bahodir | Telegram Ads
Telegram Ads orqali raqamlarni gapirtiraman Real keyslarim, xatolarim va oʻta shaxsiy fikrlarimni yozaman. Eng och va ahmoq inson bo'lish yo'lidaman. Hamkorlik va reklama uchun: @Bahodir_Mexriddin
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Bahodir | Telegram Ads
Channel Bahodir | Telegram Ads in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 15 125 subscribers, ranking 680 in the Marketing & PR category and 5 224 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 15 125 subscribers.
According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -3 978 over the last 30 days and by -50 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 12.68%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 5.24% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 923 views. Within the first day, a publication typically gains 794 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 24.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Telegram Ads orqali raqamlarni gapirtiraman
Real keyslarim, xatolarim va oʻta shaxsiy fikrlarimni yozaman. Eng och va ahmoq inson bo'lish yo'lidaman.
Hamkorlik va reklama uchun: @Bahodir_Mexriddin”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Marketing & PR category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
| 2 | ⚠️ Telegram Ads'da budjetinguzni yoʻqotadigan eng katta 5 ta xato
Budjetning koʻp qismi shu 5 joyda yoʻqotadi. Har biriga — nima uchun va nima qilish kerak.
1. CPM'ni "tez chiqsin" deb baland qoʻyish
Telegram Ads — auksion. Siz qoʻygan CPM — 1000 koʻrsatuv uchun maksimal narx. Boshida CPM'ni 2–3 barobar oshirib qoʻysangiz, reklama tez chiqadi, lekin har koʻrsatuvga ortiqcha toʻlaysiz va shu narxda hech qanday CTR sizni qutqarmaydi.
Toʻgʻri: minimal CPM'dan boshlang, 24 soat kuting. Koʻrsatuv kam boʻlsa — 10–15% ga oshiring, yana kuting. Kerakli hajmga yetganda toʻxtang. Obunachi narxini CTR emas, aynan shu qadam belgilaydi.
2. Katta "umumiy" kanallarga yoqish
Yangiliklar, hazil, musiqa kanallari — arzon prosmotr beradi, lekin u yerdagi odam sizning mahsulotingizni qidirmayapti. CTR past, kirgan odam obuna boʻlmaydi, boʻlsa ham chiqib ketadi.
Toʻgʻri: auditoriyangiz oʻqiydigan tor mavzuli 20–40 ta kanalni qoʻlda yigʻing (raqobatchilar, yondosh mavzular). CPM bu yerda balandroq, lekin obunachi narxi umumiy kanallarga qaraganda ancha past chiqadi — chunki CVR (kanalga kirgandan obunaga oʻtish) bir necha barobar yuqori. Har kanalni alohida kampaniya qilib chiqing — qaysi kanal qancha narxda obunachi berayotganini shundagina koʻrasiz.
3. Reklama matni — 160 belgi, lekin hamma joyi "sifatli, arzon, tez"
Telegram Ads matni 160 belgi. Bunda "eng yaxshi kurs, chegirma, shoshiling" deb yozish — belgini yoʻqotish. Moderatsiya ham buni yoqtirmaydi: katta harflar, ortiqcha undov, "bosing", "faqat bugun" — rad etilish sababi.
Ishlaydigan matn: bitta aniq auditoriya + bitta aniq natija + bitta aniq keyingi qadam. "Xususiy maktab egalari uchun: Telegram Ads orqali 1 oyda 300+ ota-ona lidi. Keys kanalda." Matn kimga ekanini birinchi 5 soʻzda aytsin — shunda notoʻgʻri odam bosmaydi, siz bekor bosishga toʻlamaysiz.
4. Kanalga olib kelib, kanalni tashlab qoʻyish
Odam reklamani bosdi — bu hali hech narsa emas. U kanalda 5–10 soniya turadi va qaror qiladi. Oxirgi post 10 kun oldingi, opisaniye boʻsh, pin yoʻq — chiqib ketadi. Ads pulini kanal ichida yoʻqotasiz.
Toʻgʻri: Ads yoqishdan oldin pin post (kanal nima haqida, kimga, nima beradi), soʻnggi 5 postda kamida 2 ta natija/keys, opisaniyeda aniq vaʼda. Iloji boʻlsa, reklamani kanalga emas, aniq bir postga olib boring — konteksti tayyor odam obuna boʻladi.
5. Kabinetga bir hafta qaramaslik va prosmotrga ishonish
Ads statistikasi har kuni yangilanadi va sizga kanal kesimida CTR, xarajat, koʻrsatuv beradi. Buni oʻqimasangiz, yomon kanal budjetni yaxshi kanal bilan bir xil yeb ketadi.
Har kuni 3 ta savolga javob toping:
1) qaysi kanalda CTR eng past — pauza;
2) qaysi kanal eng arzon obunachi beryapti — CPM'ni sal oshirib, hajmni oʻsha yerga;
3) xarajat ÷ yangi obunachi = bugungi narx, kechagidan qimmatmi?
Prosmotr soni — xarajat koʻrsatkichi, natija emas. Natija — obunachi narxi va undan keyingi sotuv.
Eng koʻp uchraydigan xulosa: "Ads ishlamayapti". Aslida CPM baland, kanal notoʻgʻri, matn umumiy, kanal tayyor emas, statistika oʻqilmagan — beshtasi birga. Bittasini tuzatsangiz ham farqni koʻrasiz.
Sizda shu 5 tadan qaysi biri boʻlgan:
😎 — hech biri
🤓 — 1–2 tasi
🥹 — hammasi
🌚 — endi qilaman:)
Telegram Ads'chi Bahodir yozdi
@ozbekchayoz | 871 |
| 3 | No text... | 1 112 |
| 4 | Telegramda target yoqish boʻyicha mentorligimiz darslarni oʻzgartirdik
Oʻquvchilar platformada hamma nazariyani toʻliq oʻrganadi. Amaliyotni esa jonli qilamiz.
Mentorlik darslarimiz birga bir, onlayn jonli tashkil qilinadi.
Platformada geymfikatsiya ham bor, darslarni koʻrib, mavzu boʻyicha testlardan oʻtib, alohida ball yigʻib, borishadi.
Ancha ishimiz yengillashdi. Mentorlik 2.0 dagilarni qadami barakali keldi)
@ozbekchayoz | 1 706 |
| 5 | Saxiylikda bellashing
https://tp.uz/uz oʻting, kerakli joyga yetkazmoqchi boʻlgan summangizni yetkazing.
Tarqating, kiring, ulashing, qoʻllab-quvvatlang.
@ozbekchayoz | 1 844 |
| 6 | Telegram Ads'da eng qiyin loyihalarimdan bittasi BAD loyihalari.
Oxiri moderatordan o'tkazib, lidlar olishni boshladik.
Hozircha natijalarimiz testoviy holatda, 3-5 kun atrofida vaziyatga qaraymiz.
Jarayondan yaxshi o'tsak, 10-15k lik budjet bilan kiramiz nasib.
#jarayon #keys
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
@ozbekchayoz | 2 354 |
| 7 | Sheplarim hammaga mustaqillik muborak
Hayoti davomida endi ota-onasini duosini olib, oʻqishga kirgan talaba uka/singilllarimga mustaqillik muborak.
Bugun dunyoga ilk yigʻisi bilan qalblarga quvonch ulashgan 363 ming chaqaloqlarga mustaqillik muborak.
Oflaynda doimiy bir xil ish rejimidan zerikib, oxiri oʻzimga oʻzim xoʻjayin boʻlaman deb ish boshlagan tavakkulchilarga mustaqillik muborak.
Endi 1-sinfga chiqadigan, maktabga olgan yangi kiyimlarni har kuni qayta kiyib oʻzidan faxrlanayotgan 363 mingdan ziyod kichkintoylarga mustaqillik muborak.
Uylansam, baraka kiradi, hammasi oʻzini rizqi bilan keladi deb shu yil uylanvoraman degan aka/ukalarga mustaqillik muborak.
Hammaga mustaqillik muborak shepim 😎
Telegram Ads'chi Bahodir yozdi.
@ozbekchayoz | 3 568 |
| 8 | Qayta eslatyapman, vaqtiz bormi?
Yuqoridagi Sanjarbekning Uzum Market kursi uchun 13-patogiga oldindan qabul boshlangan.
Oʻzi nimalarni oʻrgatadilar:
• Uzum'da savdo qilishni noldan oʻrganasiz
• Pul qiladigan tovarni tanlash (eng muhim ko'nikma)
• Eng asosiysi, shaxsan o'zi optom bozorlarga olib chiqib, o'zini eng ishonchli optomchilari bilan tanishtiradi va tovar analiz qilishni o'rgatadi.
Va hammani ham "dux"i yetmaydigan kafolat — natijaga rasmiy shartnoma. Natija bo'lmasa, pul to'liq qaytariladi.
✅ Pastdagi Google Formani toʻldirib yuborsangiz, sizga 10% chegirma berishadi.
👉 Formani to'ldiring: https://forms.gle/N7hJR65KHSQmiq596 | 665 |
| 9 | Noldan bir ishni qilib, mutaxassis boʻlgan odamdan ish oʻrgansa boshqachada
Sanjarbek akam Uzum Marketda 3 yildan beri savdo qilib, yaxshi aylanma, eng muhimi sof foyda qilib kelarkan.
Demak, ustoz topdik ✅
Shogirdlari ham 100 dan oshiq, aynan har xil sohadan chiqishgan.
Demak, natija qilishimiz yuqori ✅
Kanallaridan toʻliq maʼlumot olasiz:
https://t.me/+_QeIo1Nl_RAxZmUy
https://t.me/+_QeIo1Nl_RAxZmUy
https://t.me/+_QeIo1Nl_RAxZmUy | 740 |
| 10 | Bu qaysi biznes model ekan-a)
Talabalar, uy bekalari va ozgina qoʻlida puli boʻlganlarga ham mos keladi deyishyapti ✅
Qiziqmi? 🤓 | 720 |
| 11 | 🗣 Telegram Ads’da CPM narxlari tushdi — yangi imkoniyatlarni test qilish vaqti!
Bu hafta Telegram Ads’da bir nechta yaxshi yangilanishlar bo‘ldi. Eng katta o‘zgarish — Search, Bot va Kanallarda minimal CPM €1 dan €0.15 gacha tushdi
Oldin bu joylashuvlarda minimal CPM €1 edi. Rasm yoki Custom Emoji bilan esa €2 dan boshlanib, amalda o‘rtacha CPM €3+ chiqardi
Hozir esa (targeting by channel):
• Oddiy matn — €0.15 dan
• Rasm bilan — €0.27 dan
• Hozirgi o‘rtacha CPM — ~€0.35 (targeting sozlamalariga qarab o‘zgaradi)
Foydalanuvchilar bo‘yicha targetingda (targeting by users) narx o‘zgarmadi — minimal CPM hali ham €0.01 dan boshlanadi
🔎 Search Ads uchun endi TON kabinetga o‘tishga hojat yo‘q. EUR kabinetlarda ham CPM ancha tushdi va Search Ads’ni bemalol EUR kabinetdan ishga tushirish mumkin
🤖 Botlarda reklama qilishni ham test qilish uchun yaxshi vaqt. Telegram’da katta auditoriyaga ega botlar juda ko‘p, lekin ko‘pchilik bizneslar hali bu imkoniyatdan foydalanmayapti. Hozircha bu yo‘nalishda asosan fast food kompaniyalari faol
🎓 Xususiy maktab va universitetlar uchun ayni vaqt: raqobatchilaringizning Telegram kanallarida reklama berib, ularning auditoriyasiga chiqishingiz mumkin. CPM tushgani sababli buni test qilish ham ancha arzonlashdi
😎 Yana bir kichik, lekin yoqimli yangilik — Telegram Ads’da Dark Mode ham paydo bo‘ldi 😄
Yangi CPM narxlari bilan Search, Bot va kanallardagi reklamalarni qaytadan test qilib ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat 🚀 | 2 393 |
| 12 | 10 mln so‘m budjetni man 5/5 qilib bo‘lmasdim
O‘tgan so‘rovnomada ko‘pchilik 50/50 variantini tanlabdi.
Mantiqan to'g'ri: bittasi ishlamasa, ikkinchisi tortib ketadi.
Faqat bitta shart bor — bu mantiq ikkala manba ham allaqachon test qilingan bo‘lsagina ishlaydi.
Test qilinmagan ikkita manbaga 5 mln dan berish riskni kamaytirmaydi. Bu — pul yo‘qotish ehtimolini ikkala tomonga teng bo'ladi.
O'zi man nima qilgan bo'lardim?
Avval 1–2 mln. Faqat test uchun.
Telegram Ads’da bir vaqtning o‘zida bir nechta kreativ va target gipotezasini tekshiraman. Kanallardan reklama olsam, hamma pulni bitta katta kanalga bermayman — auditoriyasi bir-biridan farq qiladigan bir nechta mos kanalni tanlayman.
Har bir joylashuv uchun alohida havola. Aks holda qaysi manbadan qanday auditoriya kelganini keyin ajratib bo‘lmaydi. Bu — eng ko‘p uchraydigan va eng qimmatga tushadigan xato.
Va har bir gipotezaga xulosa chiqarish uchun yetarli ma’lumot to‘planishini kutaman. 40 ta klik bilan aytilgan “bu kreativ ishlamadi” — xulosa emas, taxmin.
Testdan keyin men faqat obunachi narxiga qaramayman
CTR — kreativ e’tiborni tortdimi? CVR (klikdan obunaga) — kanal kelgan odamni ushlab qoldimi? CPA — bitta obunachi qanchaga tushdi? 24–72 soat — yangi kelganlar chiqib ketmadimi? Keyingi 3–5 post qamrovi — obunachi soniga mos ravishda o‘sdimi? Ariza yoki sotuv — eng oxirgi va eng muhim raqam.
Bu raqamlar alohida emas, birgalikda o‘qiladi
CTR yuqori, CVR past → kreativ odamni qiziqtirgan, lekin kanalning o‘zi — nomi, avatari, tavsifi, oxirgi postlari — uni obunaga aylantira olmagan. Muammo reklamada emas, kanalda.
CPA arzon, lekin kelganlar ikki kunda chiqib ketgan yoki keyingi postlarni ko‘rmayapti → bu yaxshi natija emas, bu shunchaki arzon raqam. Siz obunachi emas, statistika sotib olgansiz.
Auditoriya qoladi, postlarni o‘qiydi, lekin ariza bermaydi → muammo trafikda emas. Taklifda yoki sotuv voronkasida.
Shuning uchun darrov “Telegram Ads ishlamadi” yoki “kanallardan reklama yurishmadi” deb umumiy xulosa qilmayman. Avval voronkaning aynan qaysi bo‘g‘inida uzilish borligini topaman.
Qolgan 8 mlnni taqdiri shundan keyin hal bo‘ladi)
Bir tomon ancha kuchli chiqsa, baribir 50/50 qilmayman. Kerak bo‘lsa 80/20 qilaman.
Ikkalasi ham ishlamasa, qolgan pulni sarflashga shoshilmayman. Avval kreativni, kanalni yoki taklifni tuzataman.
Mutaxassisni ishi pul aynan qayerda va nima sababdan yo‘qolayotganini raqamlarda ko‘rsata olish.
Keyingi postda arzon obunachi qanday qilib eng qimmat obunachiga aylanishini real misolda ko‘rsataman.
Oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz — bitta 😎 bosib keting shepim)
Telegram Ads'chi Bahodir yozdi.
@ozbekchayoz | 2 351 |
| 13 | 10 mln so‘m budjetni 5/5 qilib bo‘lmasdim
O‘tgan so‘rovnomada ko‘pchilik 50/50 variantini tanlabdi.
Mantiqi bor: bittasi ishlamasa, ikkinchisi tortib ketadi.
Faqat bitta shart bor — bu mantiq ikkala manba ham allaqachon test qilingan bo‘lsagina ishlaydi.
Test qilinmagan ikkita manbaga 5 mln dan berish riskni kamaytirmaydi. Bu — pul yo‘qotish ehtimolini ikkala tomonga teng yoyish.
Budjet taqsimoti testdan oldingi qaror emas. Testdan keyingi xulosa.
Men bu 10 mlnni qanday bo‘lardim
Avval 1–2 mln. Faqat test uchun.
Telegram Ads’da bir vaqtning o‘zida bir nechta kreativ va target gipotezasini tekshiraman. Kanallardan reklama olsam, hamma pulni bitta katta kanalga bermayman — auditoriyasi bir-biridan farq qiladigan bir nechta mos kanalni tanlayman.
Har bir joylashuv uchun alohida havola. Aks holda qaysi manbadan qanday auditoriya kelganini keyin ajratib bo‘lmaydi. Bu — eng ko‘p uchraydigan va eng qimmatga tushadigan xato.
Va har bir gipotezaga xulosa chiqarish uchun yetarli ma’lumot to‘planishini kutaman. 40 ta klik bilan aytilgan “bu kreativ ishlamadi” — xulosa emas, taxmin.
Testdan keyin men faqat obunachi narxiga qaramayman
CTR — kreativ e’tiborni tortdimi? CVR (klikdan obunaga) — kanal kelgan odamni ushlab qoldimi? CPA — bitta obunachi qanchaga tushdi? 24–72 soat — yangi kelganlar chiqib ketmadimi? Keyingi 3–5 post qamrovi — obunachi soniga mos ravishda o‘sdimi? Ariza yoki sotuv — eng oxirgi va eng muhim raqam.
Bu raqamlar alohida emas, birgalikda o‘qiladi
CTR yuqori, CVR past → kreativ odamni qiziqtirgan, lekin kanalning o‘zi — nomi, avatari, tavsifi, oxirgi postlari — uni obunaga aylantira olmagan. Muammo reklamada emas, kanalda.
CPA arzon, lekin kelganlar ikki kunda chiqib ketgan yoki keyingi postlarni ko‘rmayapti → bu yaxshi natija emas, bu shunchaki arzon raqam. Siz obunachi emas, statistika sotib olgansiz.
Auditoriya qoladi, postlarni o‘qiydi, lekin ariza bermaydi → muammo trafikda emas. Taklifda yoki sotuv voronkasida.
Shuning uchun men “Telegram Ads ishlamadi” yoki “kanallardan reklama yurishmadi” deb umumiy xulosa qilmayman. Avval voronkaning aynan qaysi bo‘g‘inida uzilish borligini topaman.
Qolgan 8 mln shundan keyin hal bo‘ladi
Bir tomon ancha kuchli chiqsa, men baribir 50/50 qilmayman. Kerak bo‘lsa 80/20 qilaman.
Ikkalasi ham ishlamasa, qolgan pulni sarflashga shoshilmayman. Avval kreativni, kanalni yoki taklifni tuzataman.
Budjet ajratilgani — uni oxirigacha ishlatib yuborish majburiyati emas.
Mutaxassisning ishi trafik quyish emas. Pul aynan qayerda va nima sababdan yo‘qolayotganini raqamlarda ko‘rsata olish.
Keyingi postda arzon obunachi qanday qilib eng qimmat obunachiga aylanishini real misolda ko‘rsataman.
Oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz — bitta 😎 tashlab keting.
Oxirigacha o'qigan bo'lsangiz, bitta 😎
Telegram Ads'chi Bahodir yozdi | 1 |
| 14 | Sizga 1 oy uchun 10 mln budjet ajratilgan. Oʻrtacha 5-10K auditoriya yigʻishingiz kerak.
Qaysi ishni qilasiz?
Telegram Ads orqali olib kelaman - 🥹
Kanallardan adminga yozib, reklama olaman - 🤓
Yarmini Telegram Ads'ga, yarmini adminlarga - 😎 | 2 019 |
| 15 | Telegram reklamasi atrofida haligacha mish-mishlar ko‘p — ayniqsa, uning byudjeti, samaradorligi va format imkoniyatlari haqida. Keling, eng keng tarqalganlarini tahlil qilib, amalda hammasi qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz ⬇️
1-mif: Telegram reklamasini o‘lchash qiyin
Haqiqat: bu yerda odatiy digital-metrikalardan foydalanish mumkin: kliklar, CPC, CTR va konversiyalar. Masalan, 2026-yil iyun oyida O‘zbekistonda o‘rtacha CPC 0,64 dollarni, CTR esa 0,16 foizni tashkil etdi.
2-mif: Ishga tushirish uchun katta byudjet kerak
Haqiqat: mo‘tadil summalar bilan ham boshlash mumkin. Masalan, Yandex’ning O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan taxminiy ssenariysiga ko‘ra, oyiga 500 dollar byudjet bilan taxminan 989 mingta ko‘rsatuv va 1 180 ta klikka erishish mumkin. Haqiqiy natija sozlamalar, kategoriya va kreativlarga bog‘liq.
3-mif: Telegramdagi reklama — bu albatta qo‘lda sotib olish degani
DAVOMINI O‘QISH | 2 381 |
| 16 | Oxirgi Open budjet loyihamizda natijalar
Sezon boshlandi.
Xalq birlashsa, nima boʻlishini koʻrib lolman:)
@ozbekchayoz | 666 |
| 17 | Shu keysimizni boshidan oxirigacha, yutuqlar va kamchiliklari bilan ochib beraman
Qoʻshimchasiga loyihangiz uchun konsultatsiya ham olishingiz mumkin.
Joyingizni band qilish uchun sizga zoʻr imkoniyat berdik.
Bosing shepim 👇
https://t.me/Kvadrat_loyihabot
https://t.me/Kvadrat_loyihabot
https://t.me/Kvadrat_loyihabot | 2 673 |
| 18 | Kvadrat — katta jamiyat!
4 mutaxassis 8 kun. Bu muddatda sizga kerakli bilimlarni beramiz.
Bahodir Mexriddin, Shahboz Muhammadiyev, Eldorjon Baxriddinov va Muhammadyusuf Yoqubov kabi mutaxassilardan 8 kun davomida bepul darslar bo'lib o'tadi.
Blog boshlashdan - professional bo'lishgacha ⚡️
Jamiyatga qo'shiling, kvadrat bo'lagi bo'ling 👇 | 2 666 |
| 19 | Shepim shettamisiz)
Bir yangilik tayyorlanayotganimiz haqida aytgan edim. Nihoyat bugun ana shu loyiha uchun qabul ochiladi.
Ishtirok etish tekin. Albatta siz uchun foydali bo’lishiga ishonamiz.
Kuzatib, qo’llab-quvvatlab turing, sekin-asta ma’lumotlarni ochiqlaymiz.
😎 Reaksiya ham esdan chiqmasin | 2 386 |
| 20 | ❕Diqqat, o’rtoqlar!
Bir yangilikka tayyorlanayotganimiz haqida aytgan edim. Nihoyat bugun ana shu loyiha uchun qabul ochiladi.
Ishtirok etish bepul! Albatta siz uchun foydali bo’lishiga ishonamiz. Kuzatib, qo’llab-quvvatlab turing, sekin-asta ma’lumotlarni ochiqlaymiz!
🐳 Reaksiya ham esdan chiqmasin | 1 |
